{"id":14283,"date":"2022-01-13T16:20:00","date_gmt":"2022-01-13T13:20:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14283"},"modified":"2022-01-13T16:20:01","modified_gmt":"2022-01-13T13:20:01","slug":"baynalmilalchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baynalmilalchilik\/","title":{"rendered":"BAYNALMILALCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BAYNALMILALCHILIK (Arabcha, &#171;baynalmilal&#187; \u2014 millatlararo) \u2014 jahondagi turli millat va irqlarga mansub kishilarning xalqaro birdamligi; ularning bir-birlarini tushunishlari va o&#8217;zaro ishonchining, madaniyatlar, qadriyatlar, bilim va texnologiyalar o&#8217;zaro singib borishining asosi; millatchilikning ziddi. Insoniyat tarixi turli millatlar va elatlar orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma&#8217;naviy aloqalar o&#8217;rnatilib, ularning tobora mustahkamlanib borishi jarayonidir, mazkur munosabatlarsiz esa ijtimoiy taraqqiyot amalga oshmaydi. 15-asr oxiridan boshlangan buyuk geografik kashfiyotlar, sanoat taraqqiyoti, fan va texnika sohasidagi olamshumul ixtirolar davlatlar va xalqlar orasida beqiyos darajada kengaygan iqtisodiy va siyosiy, madaniy, ma&#8217;rifiy hamda ma&#8217;naviy aloqalarning jadallashuviga olib keldi. Bu baynalmilal aloqalar milliy ong va o&#8217;z-o&#8217;zini anglash, milliy ozodlik hamda mustaqillik g&#8217;oyalarining shakllanishi va tarqalishiga; ilm-fan va texnika, madaniyat va ma&#8217;rifat sohalaridagi yutuqlarning ayirboshlanishiga keng yo&#8217;l ochib berdi. Mustabid sho&#8217;rolar tuzumi davrida Baynalmilalchilik bir tomonlama talqin qilindi. faqat ishchilar sinfi, uning partiyalari mafkurasi va siyosatining asosiy printsiplaridan biri, sosializm va kommunizm uchun kurashdagi birligi, degan ma&#8217;noda tushuntirilib, bunda &#171;proletar internasionalizmi&#187;gina ko&#8217;zda tutildi. Aslida esa Baynalmilalchilik umuminsoniy hodisa bo&#8217;lib, barcha xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyot sari harakatining, mustaqillik va milliy ozodlik kurashining g&#8217;oyat zo&#8217;r omilidir. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, o&#8217;z ichki va tashqi siyosatida Baynalmilalchilik g&#8217;oyalariga sodiq tarzda jahondagi barcha xalqlar va millatlar bilan do&#8217;stona aloqalarni o&#8217;rnatish hamda rivojlantirish yo&#8217;lidan bormoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi ilg&#8217;or mamlakatlar bilan barcha sohada hamjihatlik, hamkorlik va birdamlikni barqaror etishga intilmoqda, xalqaro munosabatlarning umum tan olgan qoida va tamoyillariga rioya qilmoqda. Mamlakatda barcha fuqarolarning, ular millati va irqidan qat&#8217;i nazar, o&#8217;zaro ishonchi hamda birdamligini mustahkamlash, milliy madaniy ne&#8217;matlarini o&#8217;zaro ayirboshlash yuzasidan izchil siyosat yuritilmoqda. O&#8217;zbekistonda jami 100 dan ziyod \u2014 rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg&#8217;iz, uyg&#8217;ur, tatar, qoraqalpoq, tojik, nemis, koreys va boshqa xalqlarning milliy-madaniy markazlari, respublika milliymadaniy markazi tashkil etilgan, barcha el-elatlarning ma&#8217;naviy yuksalishi uchun teng imkoniyatlar yaratilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAYNALMILALCHILIK (Arabcha, &#171;baynalmilal&#187; \u2014 millatlararo) \u2014 jahondagi turli millat va irqlarga mansub kishilarning xalqaro birdamligi; ularning bir-birlarini tushunishlari va o&#8217;zaro ishonchining, madaniyatlar, qadriyatlar, bilim va texnologiyalar o&#8217;zaro singib borishining asosi; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baynalmilalchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14283","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14283","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14283"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14283\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14290,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14283\/revisions\/14290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14283"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14283"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14283"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}