{"id":14407,"date":"2022-01-16T08:36:28","date_gmt":"2022-01-16T05:36:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14407"},"modified":"2022-01-16T08:36:29","modified_gmt":"2022-01-16T05:36:29","slug":"bakterial-kasalliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bakterial-kasalliklar\/","title":{"rendered":"BAKTERIAL KASALLIKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BAKTERIAL KASALLIKLAR, bakteriozlar (o&#8217;simliklarda) \u2014 o&#8217;simliklarda bakteriyalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar ta&#8217;sirida o&#8217;simlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, to&#8217;qima va hujayralarning fiziologik funktsiyasi hamda tuzilishi o&#8217;zgaradi. G&#8217;o&#8217;za, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, bodring, piyoz, sabzi, g&#8217;alla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va qishloq xo\u2019jaligiga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish (to&#8217;qimalarning yumshab, qurishib, parchalanib ketishi, ildiz chirishi); dog&#8217;lar (barg yoki yosh novdalar va mevalarda dog&#8217;lar paydo bo&#8217;lishi); kuyish (gul, tuguncha, barg va novdalarning qo&#8217;ng&#8217;ir tusga kirib, qorayishi); bakterial rak (ildiz, poya yoki novdalarda shish hamda yaralar paydo bo&#8217;lishi); shira oqishi (gommoz). Bakteriyalar o&#8217;simlik ichiga barg og&#8217;izchalari, nektar ajratuvchi bez teshiklari yoki jarohatlangan joylardan kirishi mumkin. Bakteriya organizm ichiga kirgach, hujayralararo to&#8217;siqni eritib, to&#8217;qimalararo yo&#8217;llar bilan tarqaladi. Natijada to&#8217;qima chirigan kartoshka va sabzi ildizmevasi kabi yumshab qoladi. Kasallikning bunday kechishi parenximatoz (to&#8217;qima kasalligi) deb ataladi. Boshqa tur bakteriyalar o&#8217;simlikning o&#8217;tkazuvchi nay tutam (tomir)larida tarqalib, tomirlar bakteriozini qo&#8217;zg&#8217;atadi. Bunda o&#8217;simlik faqat naylarning tiqilib qolishi tufayli emas, balki bakteriyalar ajratgan zaharli moddalar \u2014 toksinlar ta&#8217;siridan ham so&#8217;liydi. Kasallangan o&#8217;simlik qoldiqlari bor tuproq asosiy infektsiya (yuqum) manbai hisoblanadi. Bakteriozlar urug&#8217;lik, kasallangan o&#8217;simlik qoldiqlari, shamol, shuningdek atmosfera yog&#8217;inlari, hasharotlar va boshqalar bilan tarqalishi mumkin. Do&#8217;l barg va poyalarni shikastlab, bakteriozning tezda avj olishiga sabab bo&#8217;ladi. Kurash choralari: hosil yig&#8217;ib olingach, o&#8217;simlik qoldiqlarini ildizi bilan birga yo&#8217;q qilish, shuningdek qabul qilingan almashlab ekish qoidalariga rioya qilish; kasalliklarga chidamli navlarni ekish. Agrotexnika choratadbirlari kutilgan natijani bermasa, unda maxsus kimyoviy preparatlar \u2014 pestisidlardan foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAKTERIAL KASALLIKLAR, bakteriozlar (o&#8217;simliklarda) \u2014 o&#8217;simliklarda bakteriyalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar ta&#8217;sirida o&#8217;simlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, to&#8217;qima va hujayralarning fiziologik funktsiyasi hamda tuzilishi o&#8217;zgaradi. G&#8217;o&#8217;za, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bakterial-kasalliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14407","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14407","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14413,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14407\/revisions\/14413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}