{"id":14480,"date":"2022-01-16T09:33:58","date_gmt":"2022-01-16T06:33:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14480"},"modified":"2022-01-16T09:33:59","modified_gmt":"2022-01-16T06:33:59","slug":"balandlik-mintaqalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balandlik-mintaqalari\/","title":{"rendered":"BALANDLIK MINTAQALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>BALANDLIK MINTAQALARI &#8212; tog&#8217;larda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy o&#8217;zgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil bo&#8217;lish jarayonlari, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosi tarkibining o&#8217;zgarishida kuzatiladi. Balandlik mintaqalarining xususiyatlari yon bag&#8217;irlarning ekspozitsiyasi (ro&#8217;paraligi), ularning hukmron havo massalariga nisbatan joylashganligi va okeanlardan uzoqligi bilan aniqlanadi. Mintaqalar soni odatda baland tog&#8217;larda ekvatorga yaqinlashgan sari ortadi. Atmosfera bosimi troposferada 133 n\/m2 ga (har 11 \u2014 15 m balandlikda 1 mm simob ustuniga) pasayadi. Jami suv bug&#8217;ining yarmi 1,5 \u2014 2 kilometrdan quyida to&#8217;plangan bo&#8217;lib, yuqoriga ko&#8217;tarilgan sari bug&#8217;va havodagi chang kamayadi. Shunga ko&#8217;ra quyosh radiatsiyasining intensivligi tog&#8217;larda yuqoriga ko&#8217;tarilgan sari ortadi, tog&#8217;yon bag&#8217;irlari yuzasidan atmosferaga tushayotgan uzun to&#8217;lqinli nurlar va atmosferadan tushayotgan muqobil nurlar kamayadi. Atmosferada radiatsiyaning yutilishi va qaytarilishi sharoitlarida va havoning vertikal almashishida havo temperaturasi, odatda, troposferada har kilometr balandlikda o&#8217;rtacha 5 \u2014 6\u00b0 kamayadi. Kishilarning xo&#8217;jalik faoliyati tabiat bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lganligi sababli madaniy landshaft ham o&#8217;zgaradi. Tog&#8217;lardagi eng quyi mintaqa landshafti shu tog&#8217;joylashgan zona landshaftiga o&#8217;xshaydi. Masalan, cho&#8217;ldagi tog&#8217;larning quyi mintaqasi cho&#8217;lga o&#8217;xshash. Balandlik mintaqalari yuqoriga ko&#8217;tarilgan sari tekislik zonalari tabiati almashingan tartibda o&#8217;zgara borsa ham lekin aynan takrorlanmaydi. Masalan, tog&#8217;lardagi tundra va muzlik mintaqalarida qutb kun-tunlari bo&#8217;lmaydi, bu narsa tabiatning boshqa omillarida ham o&#8217;z aksini topadi. Mintaqalarning tabiatiga mahalliy sharoit, shamol, relef, tog&#8217;yon bag&#8217;irlari ham ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Balandlik mintaqalari ikki guruhga \u2014 dengiz bo&#8217;yi Balandlik mintaqalari va quruqlik Balandlik mintaqalariga bo&#8217;linadi. O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;larining etagida cho&#8217;l mintaqasi, so&#8217;ngra tog&#8217; dashtlari, undan yuqorida tog&#8217;o&#8217;rmonlari, so&#8217;ngra tog&#8217;o&#8217;tloqlari, yana ham yuqorida baland tog&#8217;cho&#8217;llari va, nihoyat, qor-muz mintaqalari joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALANDLIK MINTAQALARI &#8212; tog&#8217;larda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy o&#8217;zgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil bo&#8217;lish jarayonlari, o&#8217;simlik va hayvonot dunyosi tarkibining o&#8217;zgarishida kuzatiladi. Balandlik mintaqalarining xususiyatlari yon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balandlik-mintaqalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14487,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14480\/revisions\/14487"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}