{"id":14577,"date":"2022-01-16T15:33:08","date_gmt":"2022-01-16T12:33:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14577"},"modified":"2022-01-16T15:33:09","modified_gmt":"2022-01-16T12:33:09","slug":"baliqchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baliqchilik\/","title":{"rendered":"BALIQCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BALIQCHILIK \u2014 xalq xo&#8217;jaligining suv havzalarida baliq zahirasini ko&#8217;paytirish va sifatini yaxshilash bilan shug&#8217;ullanuvchi sohasi; baliq o&#8217;stirish tadbirlari (baliqni sun&#8217;iy usulda ko&#8217;paytirish va uni yangi sharoitga o&#8217;rgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash) ning biologik asoslarini va asosiy baliq o&#8217;stirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar) ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchilik tabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sun&#8217;iy hovuz baliqchiligiga bo&#8217;linadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sun&#8217;iy urchitiladi, baliqpar tuxum qo&#8217;yadigan va yosh baliqchalar o&#8217;sadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qo&#8217;yadigan joylari tozalanadi, Daryo to&#8217;g&#8217;onlariga baliq yo&#8217;li yasaladi, sun&#8217;iy tuxum qo&#8217;yish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sun&#8217;iy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini ko&#8217;paytirish yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq o&#8217;stirish maqsadida suv omborlaridan foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham Baliqchilikning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va maxsus o&#8217;tlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni ko&#8217;paytirish uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham o&#8217;stiriladi. Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni iste&#8217;mol qilinadigan darajaga yetkazguncha bo&#8217;lgan jarayonlar amalga oshiriladi. O&#8217;zbekiston Respublikasining daryo va ko&#8217;llarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zog&#8217;ora baliq, do&#8217;ngpeshona, sudak, okcha, tobonbaliq, ilonbosh, cho&#8217;rtan, laqqa baliq, qizilko&#8217;z va boshqalar). O&#8217;zbekistonda Baliqchilikni sanoat asosida rivojlantirish 1937 yildan boshlangan. O&#8217;sha yili Toshkent viloyatining yuqori Chirchiq tumanida &#171;Toshkent baliq chavoqlari xo&#8217;jaligi&#187; tashkil etildi. Keyinchalik bu xo&#8217;jalik baliq chavoqlarini baliq xo&#8217;jaliklari va tabiiy suv havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946 yil O&#8217;zbekiston xalq xo&#8217;jaligi Kengashi huzurida baliqchilik xo&#8217;jaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946 yildan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq etishtirishga mo&#8217;ljallangan Damachi hovuz baliqchilik xo&#8217;jaligi tashkil etildi va ishga tushirildi. 1960 yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi ko&#8217;llar va Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga o&#8217;rtacha 25 \u2014 28 ming tonna). Respublikada faqatgina karp balig&#8217;i etishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 \u2014 18 sentner gektardan oshmas edi. 1961 yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan o&#8217;simlikxo&#8217;r baliqlardan oq do&#8217;ngpeshona, oq Amur, targ&#8217;il do&#8217;ngpeshona turlari bu er sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xo&#8217;jaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60\u2014 70% o&#8217;simlikxo&#8217;r. O&#8217;simlikxo&#8217;r oq amurdan kanal va kollektorlarni o&#8217;tlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. O&#8217;simlikxo&#8217;r baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, ko&#8217;paymoqda (ayrim do&#8217;ngpeshona baliqlarning og&#8217;irligi 80 kilogrammgacha boradi). Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda ma&#8217;lum ahamiyatga ega. Har yili To&#8217;dako&#8217;l suv omboridan 500, Chimqo&#8217;rg&#8217;on va Jizzax suv omborlaridan 70-100 tonnagacha baliq ovlanadi. Hozirgi &#171;O&#8217;zbaliq&#187; korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi Chirchiq &#171;Baliqchi&#187; tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Mo&#8217;ynoq, Xorazm va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpog&#8217;iston baliqchilik xo&#8217;jaliklari birlashmasi va boshqalar), 7 kombinat (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik kombinatlari), 10 baliqchilik xo&#8217;jaligi: Andijon, Namangan, Farg&#8217;ona, Beshariq, Gulbog&#8217; (Namangan viloyati), Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), uzun (Surxondaryo viloyati) xo&#8217;jaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Bo&#8217;stonliq tumani) xo&#8217;jaligi, Xorazm viloyatida To&#8217;rtko&#8217;l fermer xo&#8217;jaligi, baliq chavoqpari yetishtirish davlat xo&#8217;jaligi (Yangiyo&#8217;l), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari va boshqalar bor (1999). O&#8217;zbekiston Respublikasida umumiy maydoni 12 ming gektar bo&#8217;lgan sun&#8217;iy ko&#8217;l va hovuzlarda 22 ming tonna tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor. Yetishtiriladigan baliq turlarini ko&#8217;paytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, iqlimlashtirishda &#171;O&#8217;zbaliq&#187; korporasiyatsining suv havzalari jonivorlarini o&#8217;rganish instituti (&#171;Akvakultura&#187;) xo&#8217;jaliklarga yaqindan yordam beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALIQCHILIK \u2014 xalq xo&#8217;jaligining suv havzalarida baliq zahirasini ko&#8217;paytirish va sifatini yaxshilash bilan shug&#8217;ullanuvchi sohasi; baliq o&#8217;stirish tadbirlari (baliqni sun&#8217;iy usulda ko&#8217;paytirish va uni yangi sharoitga o&#8217;rgatish, yangi zot baliqlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baliqchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14577","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14577","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14577"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14577\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14588,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14577\/revisions\/14588"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14577"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14577"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14577"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}