{"id":14622,"date":"2022-01-16T16:02:55","date_gmt":"2022-01-16T13:02:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14622"},"modified":"2022-01-16T16:02:56","modified_gmt":"2022-01-16T13:02:56","slug":"balujiston","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balujiston\/","title":{"rendered":"BALUJISTON"},"content":{"rendered":"\n<p>BALUJISTON \u2014 Pokistonning Janubiy-g&#8217;arbidagi viloyat. Balujiston tarixiy viloyatning 1947 yilda Pokiston tarkibiga kirgan Sharqiy qismi. Maydoni 347 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4,6 million kishi (1983). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Kvetta shahri. Shimolda Afg&#8217;oniston, g&#8217;arbda Eron, Sharqda Pokistonning Sind va Panjob, shimoli-Sharqda shimoliy-g&#8217;arbiy viloyat bilan chegaradosh, Janubda Arabiston dengiziga tutash. Yer yuzasining katta qismini o&#8217;rtacha balandlikdagi (2000 metrgacha) va baland tog&#8217;lar egallagan. Eng shimolda Tobakakor (3096 metr) tog&#8217; tizmasi joylashgan. Bu tog&#8217;lardan janubga Makron tog&#8217;lari cho&#8217;zilgan. Eng baland joyi 3593 metr. Dengiz bo&#8217;yi kambar pasttekislik. Viloyatning g&#8217;arbiy qismidagi botiqlarda sho&#8217;rxoklar, sho&#8217;r ko&#8217;llar bor. Daryolari mayda, mavsumiy. Balujiston Alp-Himolay faol seysmik mintaqasida joylashgan. Temperatura yanvarda tekisliklarda 8-16\u00b0, iyulda 24 \u2014 32\u00b0. Tog&#8217;larda qish sovuq, sershamol. Yillik yog&#8217;in 100 \u2014 200 millimetr, ko&#8217;p qismi dekabr va Fevral oylarida yog&#8217;adi. Tuproqlari subtropik mintaqaga xos bo&#8217;z tuproq, shimoli-g&#8217;arbida cho&#8217;l qo&#8217;ng&#8217;ir, sho&#8217;r, qum tuproqlar. Cho&#8217;l qismida saksovulzor va butazorlar bor. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlari siyrak o&#8217;rmon, butazor. Aholisi balujlar bilan pushtular. Qishloq xo\u2019jaligida yaylov chorvachiligi yetakchi o&#8217;rinda (qo&#8217;y, echki, tuya boqiladi). Tog&#8217; oralig&#8217;idagi vodiylarda voha dehqonchiligi bilan shug&#8217;ullaniladi, tekislik erlarda don yetishtiriladi. Oltingugurt, osh tuzi, qung&#8217;ir ko&#8217;mir, tabiiy gaz qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik, tsement, yog&#8217;ochsozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Dengiz bo&#8217;yida baliq ovlanadi. Hunarmandchilik rivojlangan: qo&#8217;lda gilam to&#8217;qish, yog&#8217;och buyumlar yasash, kashta tikish va boshqalar. Kvetta shahrida me&#8217;moriy yodgorliklar saqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>BALUJISTON \u2014 Osiyodagi tarixiy viloyat, Eron yassitog&#8217;ligining Janubi-Sharqda. Maydoni 0,5 million kilometr kvadratdan ko&#8217;proq. Sharqiy Balujiston (347 ming kilometr kvadrat) Pokiston hududida, G&#8217;arbiy Balujiston esa Eron hududidadir. Qadimda Balujiston hududida Maka, gedrosiy va boshqa xalqlar yashagan. O&#8217;rta asrlarda Balujiston avval Arab xalifaligi, so&#8217;ngra G&#8217;aznaviylar, Saljuqiylar, Hulokuiylar, Temuriylar davlatlari tarkibida bo&#8217;lgan. 17-asr boshlarida Balujiston hududida bir necha hokimliklar vujudga kelib, ularning hokimlari Safaviylar va boburiylarga qaram bo&#8217;lgan. Bu hokimliklardan eng qudratlisi bo&#8217;lgan Kolot hokimligi hokimi (Sharqiy Balujiston) Nosirxon baluj (1750 \u2014 95) butun Balujiston hududini o&#8217;z qo&#8217;l ostiga olib, o&#8217;zini afg&#8217;on shohlari \u2014 Durroniylar vassali deb e&#8217;lon qilgan. 19 &#8212; asr boshlaridan Balujistonga Angliya o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkaza boshladi. 1854, 1876 va 1879 yillarda Kolot va Qobul hokimlariga majburan qabul qildirilgan shartnomalarga ko&#8217;ra, Sharqiy Balujiston Angliyaga bo&#8217;ysundirildi va Britaniya Balujistoni hamda baluj hokimliklari federatsiyasiga (Kolot, Xaron, Makron, Las-Bela) bo&#8217;lib tashlandi. G&#8217;arbiy Balujiston 1849 \u2014 57 yillarda Eron tarkibiga qo&#8217;shildi. 1947 yil avgustda Britaniya Balujistoni Pokiston tarkibiga kirdi. Baluj hokimliklari federasiyasi esa 1948 yil martida Pokistonga qo&#8217;shildi. Sharqiy va G&#8217;arbiy Balujiston o&#8217;rtasidagi chegara 1956 yil 29 oktabrdagi Eron-Pokiston bitimi asosida belgilandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALUJISTON \u2014 Pokistonning Janubiy-g&#8217;arbidagi viloyat. Balujiston tarixiy viloyatning 1947 yilda Pokiston tarkibiga kirgan Sharqiy qismi. Maydoni 347 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4,6 million kishi (1983). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Kvetta shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balujiston\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14622","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14622","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14622"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14622\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14622\/revisions\/14628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14622"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14622"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14622"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}