{"id":14653,"date":"2022-01-17T19:13:35","date_gmt":"2022-01-17T16:13:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14653"},"modified":"2022-01-17T19:13:36","modified_gmt":"2022-01-17T16:13:36","slug":"balzak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balzak\/","title":{"rendered":"BALZAK"},"content":{"rendered":"\n<p>BALZAK (Balzac) Onore de (1799.20.5, Tur &#8212; 1850.18.8, Parij) &#8212; frantsuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzakning ko&#8217;pgina romanlari va povestlari umumiy g&#8217;oya asosida birlashtirilgan va &#171;inson komediyasi&#187; deb nomlangan ko&#8217;p jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzak o&#8217;z zamonasidagi frantsuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. &#171;Inson komediyasi&#187;ni muallif 3 qismga bo&#8217;lgan: &#171;Odatlar haqidagi etyudlar&#187;, &#171;Falsafiy etyudlar&#187;, &#171;Analitik etyudlar&#187;. O&#8217;ylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi &#171;Odatlar haqidagi etyudlar&#187;dir, unga 72 ta roman kirgan bo&#8217;lib, bular orasida \u2014 &#171;Gobsek&#187; (1830), &#171;Evgeniya Grande&#187; (1833), &#171;Gorio ota&#187; (1834), &#171;Yo&#8217;qotilgan orzular&#187; (1837-43) kabi asarlar bor. Balzak ijodida frantsuz realizmi o&#8217;zining yuksak pog&#8217;onasiga ko&#8217;tarildi. &#171;Inson komediyasi&#187; epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi frantsuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bog&#8217;langan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxo&#8217;r Gobsek, Kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o&#8217;ta boradi. Balzakning &#171;Inson komediyasi&#187; epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor bo&#8217;lgan. Balzakning &#171;Evgeniya Grande&#187;, &#171;Gorio ota&#187;, &#171;Gobsek&#187;, &#171;Sag&#8217;ri teri tilsimi&#187; asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Maxmudov va boshqalar tarjimasida turli yillarda o&#8217;zbek tilida nashr etilgan. Ad.: Azizov K, Qayumov O., Chet el adabiyoti tarixi, T., 1987.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BALZAK (Balzac) Onore de (1799.20.5, Tur &#8212; 1850.18.8, Parij) &#8212; frantsuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzakning ko&#8217;pgina romanlari va povestlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/balzak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-14653","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14653","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14653"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14660,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14653\/revisions\/14660"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14653"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14653"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}