{"id":14788,"date":"2022-01-20T07:38:59","date_gmt":"2022-01-20T04:38:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14788"},"modified":"2022-01-20T07:39:00","modified_gmt":"2022-01-20T04:39:00","slug":"ozbekiston-ashula-va-raqs-ansambli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-ashula-va-raqs-ansambli\/","title":{"rendered":"&#171;O&#8217;ZBEKISTON&#187; ASHULA VA RAQS ANSAMBLI"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;O&#8217;ZBEKISTON&#187; ASHULA VA RAQS ANSAMBLI \u2014 M. Qoriyoqubov nomidagi Xalq badiiy jamoalar direktsiyasi qoshidagi badiiy jamoa. 1936 yil XKS qaroriga binoan, O&#8217;zbekiston ashula va raqs katta ansambli nomi bilan O&#8217;zbek davlat filarmoniyasi tarkibida tashkil etilgan (rahbari T. Jalilov, 120 kishidan iborat). 1968\u2014 97 yillarda &#171;Shodlik&#187; ashula va raqs ansambli nomi bilan faoliyat ko&#8217;rsatgan. 1997 yildan hozirgi nomda. Tarkibida xonanda, raqqos(a) va sozandalar (jami 70 kishidan iborat) guruhlari mavjud. Ansamblning ko&#8217;p qirrali repertuaridan yirik kompozitsiyalar (&#171;Jon O&#8217;zbekiston&#187; vokal- xoreografik syuitasi, &#171;Navro&#8217;z&#187; teatrlashtirilgan tomoshasi va boshqalar), o&#8217;zbek mumtoz (&#171;Rok&#187;, &#171;Soqiynomai savti Kalon&#187;, &#171;Abdurahmonbegi&#187; kabi) va turli vohalarga xos xalq ashula, qo&#8217;shiq va raqslari (&#171;Surxondaryo termalari&#187;, &#171;Norinnorin&#187;, &#171;Farg&#8217;ona ruboiysi&#187;, &#171;Buxoro naqshlari&#187; va boshqalar), N. Hasanov, M. Mirzayev, Ts. Zokirov, B. Aliyev, T.Otaboyev kabi o&#8217;zbek kompozitor va bastakorlarining asarlari o&#8217;rin olgan. Jamoa chet mamlakatlarda o&#8217;tkazilgan O&#8217;zbekiston madaniyat kunlari, o&#8217;zbek san&#8217;ati va adabiyoti dekadalari, turli tanlov va festivallar, &#171;Navro&#8217;z&#187;, &#171;Mustaqillik&#187; kabi milliy va boshqalar bayram va tantanalarning doimiy qatnashchisi. Ansambl O&#8217;zbekistonning barcha viloyatlarida muntazam kontsertlar uyushtirib, turli qurilishlar, 2-jahon urushi jangchilari huzurida madaniy xizmat qilgan. U, shuningdek, Osiyo, Yevropa, Shimol va Janubiy Amerika, Afrika mamlakatlari va Avstraliyada gastrolda bo&#8217;lgan. Ansambl tarkibida badiiy va musiqa rahbarlari D. Zokirov, H.Yamshoyaov, M.Mirzayev, N.Hasanov, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar K. Otaboyev, S. Yo&#8217;ldoshevlar, balet- meysterlar I. Oqilov, L. Petrosova, Q. Mo&#8217;minov, D. Jabborova, raqqos(a)lar Q. Mirkarimova, Q. Do&#8217;stmuhamedova, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist N. Shermatov, xonanda va sozandalar E. Yo&#8217;ldoshev, F. Umarov,Sh. Jo&#8217;raev, G&#8217;. Yoqubov, N. Haydarov, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar D. Islomov, G&#8217;. Azimov, so&#8217;z ustalari G&#8217;. Tojia&#8217;loev, O&#8217;.Siddiqov va boshqalar san&#8217;atkorlar faoliyat ko&#8217;rsatgan. Hozirda O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar T. Otaboyev musiqa rahbari, bosh baletmeysteri \u2014 G. Shirinova. Yetakchi ijrochilari \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artistlar H. Azimov, S. Mo&#8217;minov, M. Sohibov, H.Rasulov, shuningdek, A. Sharipov, S. Mansurxo&#8217;jaeva, N. Olimovalar. Ansambl bir necha kino va telefilmlarda suratga tushgan (&#171;Shashmaqom&#187;, 1972; &#171;Ali bobo va 40 qaroqchi&#187;, 1980 va boshqalar). Avaz Vahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;O&#8217;ZBEKISTON&#187; ASHULA VA RAQS ANSAMBLI \u2014 M. Qoriyoqubov nomidagi Xalq badiiy jamoalar direktsiyasi qoshidagi badiiy jamoa. 1936 yil XKS qaroriga binoan, O&#8217;zbekiston ashula va raqs katta ansambli nomi bilan O&#8217;zbek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-ashula-va-raqs-ansambli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14788","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14788","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14788"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14788\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14792,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14788\/revisions\/14792"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14788"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14788"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14788"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}