{"id":14837,"date":"2022-01-20T09:46:51","date_gmt":"2022-01-20T06:46:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14837"},"modified":"2025-10-29T12:37:35","modified_gmt":"2025-10-29T09:37:35","slug":"husniddin-sharipov-1933-2015-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/husniddin-sharipov-1933-2015-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Husniddin Sharipov (1933-2015) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Husniddin Sharipov (1933.10.2, Pop shahri \u2014 2015) \u2014 shoir. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1983), O\u2018zbekiston xalq shoiri (2012).<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent qishloq xo\u2018jalik institutining o\u2018rmon-melioratsiya fakultetini tugatgan (1949\u201454). \u00abNamangan xaqiqati\u00bb gazetasida adabiy xodim va mas\u2019ul kotib (1956\u201460), \u00abO\u2018zbekiston madaniyati\u00bb gazetasida adabiy kotib (1960-62), \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalida bo\u2018lim mudiri (1962-69; 1976-77; 1982-83), Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1984\u201493) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlabki to\u2018plami \u2014 \u00abNihol\u00bb (1956). Husniddin Sharipov \u00abKo\u2018ngil buyurgani\u00bb (1961), \u00abQuyoshga oshiqman\u00bb (1963), \u00abTuproqqa qasida\u00bb, \u00abErning qalbi\u00bb (1965), \u00abMen sizga aytsam\u00bb (1968), \u00abLirika\u00bb (1970), \u00abHayajonli daqiqalar\u00bb (1980), \u00abOh, go\u2018zal\u00bb (1981), \u00abXirmon\u00bb (1985), \u00abYana visol\u00bb (1987), \u00abYor istab\u00bb (1992) singari she\u2019riy kitoblar hamda \u00abDo\u2018stim Tojiddin\u00bb (2001) nomli voqeiy qissa muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Husniddin Sharipovning she\u2019riy ijodida onazaminga cheksiz muhabbat, o\u2018z mehnati va bunyodkorlik faoliyati bilan mamlakatning gullab-yashnashi yo\u2018lida ter to\u2018kayotgan zamondoshlarga hurmat, yuksak insoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg\u2018ulari tasviri ustuvorlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Husniddin Sharipovning she\u2019riy ijodida dostonnavislik muhim o\u2018rinni egallaydi. U, ayniqsa, 60\u201470-yillarda doston janrida samarali ijod qilib, shu davr o\u2018zbek dostonnavisligi taraqqiyot tamoyillarini belgilab bergan: \u00abQuyoshga oshiqman\u00bb (1961), \u00abBog\u2018 ko\u2018cha bolalari\u00bb (1962), \u00abTanovar\u00bb (1965), \u00abSotvoldidan salom\u00bb (1968), \u00abQilmish-qidirmish\u00bb (1976), \u00abInsof diyori\u00bb (1979), \u00abQaltis yurish\u00bb (1999) va b. Ilmiy-texnik taraqqiyot davrining ma\u2019naviy muammolariga bag\u2018ishlangan \u00abBir savol\u00bb (1972) she\u2019riy romani ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Husniddin Sharipovning \u00abSeni sevaman\u00bb (1958), \u00abOta o\u2018g\u2018li\u00bb (1964), \u00abAfsona\u00bb (1975), \u00abChollar va kampirlar\u00bb (1979), \u00abKarvon bexatar bo\u2018lmas\u00bb (1986), \u00abYor istab\u00bb (1993) singari pesalari respublikamizdagi musiqali drama teatrlarida sahnalashtirilgan. Bir qancha she\u2019rlari qo\u2018shiq bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan. \u00abMehnat shuhrati\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Husniddin Sharipov (1933.10.2, Pop shahri \u2014 2015) \u2014 shoir. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1983), O\u2018zbekiston xalq shoiri (2012). Toshkent qishloq xo\u2018jalik institutining o\u2018rmon-melioratsiya fakultetini tugatgan (1949\u201454). \u00abNamangan xaqiqati\u00bb gazetasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/husniddin-sharipov-1933-2015-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14841,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14837","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14837","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14837"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14837\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162560,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14837\/revisions\/162560"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14841"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14837"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14837"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14837"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}