{"id":14843,"date":"2022-01-20T09:48:32","date_gmt":"2022-01-20T06:48:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14843"},"modified":"2025-10-29T12:36:40","modified_gmt":"2025-10-29T09:36:40","slug":"charxiy-1900-1979-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/charxiy-1900-1979-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Charxiy (1900-1979) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an\u2019analarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali o\u2018g\u2018li Charxiy Qo\u2018qonda 1900 yil 23 fevralda tavallud &nbsp;topdi. Boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan she\u2019r yozishni o\u2018rgandi. Bo\u2018lg\u2018usi shoir Hofiz, Sa\u2019diy, Navoiy, Bedil g\u2018azallarini mehr bilan o\u2018qidi. Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho\u2018qandiy kabi qo\u2018qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o\u2018rgandi, ko\u2018proq hajviyotga moyillik ko\u2018rsatdi.&nbsp; Asqarali Oktyabr to\u2018ntarishidan keyin Charxiy taxallusi bilan she\u2019rlar yozib yurgan bo\u2018lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e\u2019lon qilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Charxiy 1938\u20141939 yillardan boshlab Qo\u2018qonda chop etilgan \u00abYangi Farg\u2018ona\u00bb gazetasida, \u00abMushtum\u00bb jurnalida faol qatnashdi. Shoir \u00abShirin va achchiq\u00bb (1959), \u00abShe\u2019rlar\u00bb (1966), \u00abAlixo\u2018ja va Xo\u2018jali\u00bb (1970), \u00abDevon\u00bb (1972) nomli kitoblarini o\u2018quvchilarga taqdim etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Charxiy ijodida lirik she\u2019rlar bilan bir qatorda, hajviy she\u2019rlar ham alohida o\u2018rin tutadi. Ayniqsa, u yaratgan qo\u2018shiqlar o\u2018zining ohangrabosi va nafisligi, hayo va andishaga limmo-limligi bilan tinglovchi qalbini o\u2018ziga rom etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni \u2014 aruz sistemasida va she\u2019riyatimizning turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rivojlantirgan iste\u2019dodli shoirdir. U ko\u2018p yillar davomida Qo\u2018qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo\u2018lib ishlab, Muqimiy adabiy merosini to\u2018plash va avaylab asrash ishiga munosib hissa qo\u2018shgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1975 yilda Charxiyga O\u2018zbekiston xalq shoiri degan faxriy unvon berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Charxiy iste\u2019dodli g\u2018azalnavis, ajoyib qo\u2018shiqchi-shoir, jonkuyar ma\u2019rifatchi sifatida ixlosmandlari xotirasida o\u2018chmas iz qoldirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1979 yil 18 dekabrda Qo\u2018qonda vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an\u2019analarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali o\u2018g\u2018li Charxiy Qo\u2018qonda 1900 yil 23 fevralda tavallud &nbsp;topdi. Boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/charxiy-1900-1979-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14845,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14843","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14843","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14843"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14843\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162559,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14843\/revisions\/162559"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14845"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14843"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14843"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14843"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}