{"id":14888,"date":"2022-01-20T11:03:42","date_gmt":"2022-01-20T08:03:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14888"},"modified":"2025-10-29T12:19:51","modified_gmt":"2025-10-29T09:19:51","slug":"shuhrat-gulom-alimov-1918-1995-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shuhrat-gulom-alimov-1918-1995-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Shuhrat (G\u2018ulom Alimov) (1918-1995) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Sho\u2018ro davri o\u2018zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (G\u2018ulom Alimov) 1918 yil 19 aprelda Toshkentning Hazrati Imom (Xastimom) mahallasida hunarmand oilasida tug\u2018ildi. Eskicha va yangicha maktabda tahsil olgach, transport texnikumida o\u2018qiydi. Bu yerda Yunus Latif ta\u2019sirida she\u2019rlar yoza boshlaydi. So\u2018ng Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oladi (1936\u20141940).<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Shuhratning hayoti va faoliyati ancha sertashvish va notekis kechadi. 1937 yilning mudhish shamoli yosh Shuhratni ham chetlab o\u2018tmaydi. Uni: \u00abOtangiz savdogarlik qilgan ekan. O\u2018zingiz kosibdan chiqmagan ekansiz, xotiningiz eskicha, jiyakli lozim bilan atlas ko\u2018ylak kiyib yurarkan, bolangiz esa beshikda yotibdi. Yaqinda xatna qilar ekansiz, turish-turmushingiz eskicha. Bu narsa she\u2019rlaringizda ham aks etib turibdi\u00bb,\u2014 deb Yozuvchilar uyushmasidan haydashdi. Ikkinchi bor 50- yillar boshida \u00abUsmon Nosirning propagandisti, Abdulla Qodiriy bilan Cho\u2018lpon kitoblarini o\u2018qigan va targ\u2018ib qilgan\u00bblikda ayblanib, besh yil Sibiru Shimoliy Qozog\u2018istondagi qamoqxonalarda o\u2018tirib keladi. \u00abJannat qidirganlar\u00bb romani nashr etilgach (1968), ayrim kimsalar uni millatchilikda ayblashga urinadilar. Yana tashvish ustiga tashvish keladi. Ustozi Abdulla Qahhor tufayli esa yana bir bor turtki yeydi. Shularning hammasi uning sog\u2018lig\u2018iga putur yetkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir Yozuvchilar uyushmasining maslahat byurosida, nashriyotda muharrir bo\u2018lib ishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018z ijodini 1935 yilda she\u2019r yozish bilan boshlagan Shuhratning \u00abOrzu va qalb\u00bb dostoni hamda \u00abMehri\u00bb doston-ertagi 1940 yili bosildi. Shu yili harbiy xizmatga chaqirilgan Shuhrat Ikkinchi jahon urushi janglarida ofitser lavozimida ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>U urushdan keyin respublika gazeta va jurnallarida adabiy xodim bo\u2018lib ishlaydi. Shu yillarda uning \u00abHayot nafasi\u00bb (1947), \u00abQardoshlar\u00bb (1950) she\u2019riy to\u2018plamlari nashr etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>U umrining so\u2018nggi yillarida harbiy mavzuda \u00abFarzand\u00bb, \u00abSo\u2018lmas chechaklar\u00bb, \u00abOqibatli kishilar\u00bb kabi rang-barang janrlarda asarlar yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yosh avlodning axloq-odobini, mehnatsevarligini, jangovar jasoratini, ozodlik va tinchlik uchun kurashgan ota-bobolarga munosib vorislar bo\u2018lib yetishganini iftixor bilan tasvirlovchi \u00abBizning ko\u2018cha\u00bb, \u00abBalog\u2018at\u00bb (1957\u20141958), \u00abQuduq\u00bb (1973) asarlari yaratildi. Adibning \u00abSening sevging\u00bb (1961), \u00abIshqingda yonib\u00bb (1964) lirik kitoblari, \u00abKavkaz daftari\u00bb, \u00abQiz tabassumi\u00bb, \u00abBuyuk muhabbat\u00bb kabi she\u2019riy turkumlari, balladalarida vatan va inson, sevgi va muhabbat, qadr va qimmat, mehnat va mehnatsevarlik ulug\u2018lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hayotiy voqealarni keng ko\u2018lamda tasvirlash ehtiyoji ijodkorni roman janriga undaydi. Ikkinchi jahon urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribasi asosida xalqimizning jangovar hayoti, qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshliligi, kelajakka umidi haqida hikoya qiluvchi \u00abShinelli yillar\u00bb (1947\u20141957) asarini yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuhratning \u00abOltin zanglamas\u00bb (1967) asarida ma\u2019rifat sohibi \u2014 o\u2018qituvchi degan sharafli kasb ulug\u2018lansa, \u00abJannat qidirganlar\u00bb (1968) romanida vatangadolik fojealari o\u2018z badiiy ifodasini topgan. Shoirning hayot haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalangan she\u2019r va to\u2018rtliklardan iborat \u00abLirika\u00bb (1973) to\u2018plami, \u00abBesh kunlik kuyov\u00bb, \u00abQo\u2018sha qaringlar\u00bb komediyalari san\u2019atkorning o\u2018zbek adabiyoti rivojiga qo\u2018shgan munosib hissasi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning ko\u2018pgina asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>U O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1986). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1978)dir.<\/p>\n\n\n\n<p>G. Geyne, A.S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, A.Mitskevich, T. Shevchenko, M.Voqif asarlarini, shuningdek, yapon va vetnam, ozarbayjon shoirlarining she\u2019rlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<br>Vafotidan so\u2018ng \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (2003).<\/p>\n\n\n\n<p>Shuhrat 1995 yil 23 iyunda 76 yoshida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sho\u2018ro davri o\u2018zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhrat (G\u2018ulom Alimov) 1918 yil 19 aprelda Toshkentning Hazrati Imom (Xastimom) mahallasida hunarmand oilasida tug\u2018ildi. Eskicha va yangicha maktabda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shuhrat-gulom-alimov-1918-1995-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14907,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14888","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14888","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14888"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162534,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14888\/revisions\/162534"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14907"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}