{"id":14918,"date":"2022-01-20T11:14:14","date_gmt":"2022-01-20T08:14:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14918"},"modified":"2025-10-29T12:17:51","modified_gmt":"2025-10-29T09:17:51","slug":"erkin-vohidov-1936-2016-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/erkin-vohidov-1936-2016-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Erkin Vohidov (1936-2016) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Vohidov Erkin Vohidovich (1936.28.12, Farg\u2018ona viloyati Oltiariq tumani \u2014 2016.30.05, Toshkent) \u2014 shoir, dramaturg, jamoat arbobi. O\u2018zbekistan xalq shoiri (1987), O\u2018zbekiston Qahramoni (1999).<\/p>\n\n\n\n<p>ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1960). \u00abYosh gvardiya\u00bb nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960\u201463; 1975\u201482), G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963\u201470), direktor (1985\u2014 87), \u00abYoshlik\u00bb jurnali bosh muharriri (1982-85) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk she\u2019riy to\u2018plami \u2014 \u00abTong nafasi\u00bb 1961 yilda nashr etilgan. \u00abQo\u2018shiqlarim sizga\u00bb (1962), \u00abYurak va aql\u00bb (1963), \u00abMening yulduzim\u00bb (1964), \u00abMuhabbat\u00bb (1976), \u00abKelajakka maktub\u00bb (1983), ikki jildli saylanma (\u00abMuhabbatnoma\u00bb va \u00abSadoqatnoma\u00bb, 1986), \u00abKuy avjida uzilmasin tor\u00bb (1991), \u00abYaxshidir achchiq haqiqat\u00bb (1992) asarlariga kirgan doston va she\u2019rlarida zamondoshlarimiz hayoti, quvonch-iztiroblari to\u2018g\u2018risidagi haqiqat yuksak samimiyat va mahorat bilan tarannum etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent zilzilasi voqealari bilan bog\u2018liq \u00abPalatkada yozilgan doston\u00bb (1966)da xalqning sabot-matonati, ruhiy olamining go\u2018zalligi, xalqlar do\u2018stligi ifodalangan. \u00abYoshlik devoni\u00bb (1969)da mumtoz adabiyotining eng yaxshi an\u2019analarini davom ettirdi, ko\u2018hna g\u2018azalga yangi, zamonaviy ruh bag\u2018ishladi. 70-yillarning oxiri \u2014 80-yillarning boshida hayotda ro\u2018y bergan o\u2018zgarishlar, yangilanishlar shoirning \u00abTirik sayyoralar\u00bb (1978), \u00abSharqiy qirg\u2018oq\u00bb (1982), \u00abBedorlik\u00bb (1985) kabi to\u2018plamlariga kirgan she\u2019rlarida o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidov she\u2019riyatida 20-asrning 2-yarmining ma\u2019naviy muhiti badiiy tahlil etiladi. Uning she\u2019ri hayot go\u2018zalligi ma\u2019rifatini kashf qilib boradi. Ziddiyatli, murakkab dunyoda insonning asil o\u2018rni va yashamoqning asil ma\u2019no-mazmunini aniqlaydi. Erkin Vohidov she\u2019riyatida inson shunisi bilan qimmatliki, u hayotning achchiq haqiqatlaridan, qarama-qarshiliklaridan, hayot dialektikasidan aslo ko\u2018z yummaydi, yuz o\u2018girmaydi, balki shu tinimsiz harakatdagi dialektika ichida hayot oqimiga, atrof muhitga, o\u2018zini qurshagan borliqqa dadil, matonat bilan faol ta\u2019sir ko\u2018rsatishga intiladi. Shoirning she\u2019riyatida davrning bezovta, izlovchan ruhi o\u2018ziga xos, takrorlanmas obrazlarda aks etadi. Iztirobli o\u2018ylar, o\u2018tkir publitsistik ruh, keskin kinoyali ohang bilan to\u2018liq yetuk asarlarida o\u2018z davrining adolatsiz tuzumidan norozilik, ijtimoiy turg\u2018unlik, egasizlik, qulchilik, mash\u2019um yakka hukmronlik va makkorona ko\u2018rinishdagi istibdod nayranglariga qarshi isyonkor va tug\u2018yonli so\u2018zini aytadi. Millatning uyg\u2018onishi, o\u2018zini tanishi, ma\u2019rifatli olamda boshqa ilg\u2018or xalqlar qatoridan o\u2018z tarixiy o\u2018rnini topishi uchun qayg\u2018uradi. Ozodlik, ziyolilik va haqiqat Erkin Vohidov ijodining yetakchi g\u2018oyalaridir. Bu jihatdan Erkin Vohidov Behbudiy, Cho\u2018lpon, Avloniy, Qodiriy singari ma\u2019rifatparvarlarning 60-yillardagi ijodiy davomchisi sifatida maydonga chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidovning \u00abOrzu chashmasi\u00bb, \u00abNido\u00bb (1964), \u00abQuyosh maskani\u00bb (1970), \u00abBaxmal\u00bb (1974), \u00abRuhlar isyoni\u00bb (1978\u2014 79), \u00abToshkent sadosi\u00bb (1983) kabi asarlari o\u2018zbek dostonchiligining yetuk namunalaridandir. \u00abRuhlar isyoni\u00bbda otashin bengal shoiri Nazrul Islom siymosi orqali vatan ozodligi va milliy istiqlol g\u2018oyalari tarannum etilgan. \u00abO\u2018zbegim\u00bb qasidasi (1968) kommunistik mustabid tuzum davrida milliy uyg\u2018onishimizga barakali ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. \u00abDonishqishloq latifalari\u00bb turkum she\u2019riy asarlari sotsial satiraning yorqin namunasi bo\u2018lib, ularda xalqchil Matmusa siymosi orqali davr va hayotning ma\u2019lum bir hodisalariga o\u2018tkir kulgili, hajviy munosabat bildirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston milliy mustaqillikni qo\u2018lga kiritganidan so\u2018ng mamlakatda boshlangan ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy yuksalish davrida Erkin Vohidov she\u2019riyatining ahamiyati yanada ortib, yorug\u2018 kelajakka ishonch, milliy qadriyatlarga hurmat hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma\u2019naviy omil bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Erkin Vohidov dramaturg sifatida ham elga tanilgan (\u00abOltin devor\u00bb, 1969; \u00abIstanbul fojiasi\u00bb, 1985; va b.). \u00abOltin devor\u00bb komediyasida turli komik holatlar tasvirlanadi, inson ruhiyatining turfa xil tovlanishlari yengil kulgi qilinadi, \u00abIstanbul fojiasi\u00bbda asar qahramonlarining qismati davrning eng muhim voqealari \u2014 2-jahon urushi, urushdan keyingi ijtimoiy-ma\u2019naviy hayotdagi o\u2018zgarishlar, muammolar bilan bog\u2018liqlikda yorqin va ta\u2019sirli ifodalangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidovning \u00abShoiru she\u2019ru shuur\u00bb (1987), \u00abIztirob\u00bb (1992) kitoblariga kirgan maqolalari, suhbatlari, mumtoz va hozirgi adabiyotimiz namoyandalari ijodini tahlil etuvchi tadqiqotlari o\u2018zbek publitsistikasi va adabiyotshunosligi rivojiga munosib hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi.<\/p>\n\n\n\n<p>U I. Gyotening \u00abFaust\u00bb asarini, S. Yeseninning she\u2019rlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashr ettirgan. Bundan tashqari F. Shiller, Iqbol, Ulfat, R. Hamzatov, L. Ukrainka, A. Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidov asarlari chet el (nemis, frantsuz, rus, ingliz, urdu, hind, arab va b.) hamda qardosh turkiy xalqlar tillarida (\u00abOltin devor\u00bb, \u00abSaylanma\u00bb, \u00abNido\u00bb va b.) nashr etilgan. Asarlari (\u00abOltin devor\u00bb, \u00abIstanbul fojiasi\u00bb) Hamza teatri, viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan, \u00abOltin devor\u00bb komediyasi Pokistonning Laxor shahri teatrida qo\u2018yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidov O\u2018zbekiston Oliy Kengashi deputati (Oshkoralik masalalari qo\u2018mitasi raisi; 1990\u201495); 1995 yildan O\u2018zbekistan Oliy Majlisi deputati va Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo\u2018mitasi raisi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Vohidov \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).<\/p>\n\n\n\n<p><em>Rahmatulla Inog\u2018omov, Ibrohim G\u2018afurov.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vohidov Erkin Vohidovich (1936.28.12, Farg\u2018ona viloyati Oltiariq tumani \u2014 2016.30.05, Toshkent) \u2014 shoir, dramaturg, jamoat arbobi. O\u2018zbekistan xalq shoiri (1987), O\u2018zbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1960). \u00abYosh gvardiya\u00bb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/erkin-vohidov-1936-2016-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14931,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14918"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162523,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14918\/revisions\/162523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14931"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}