{"id":14919,"date":"2022-01-20T11:11:22","date_gmt":"2022-01-20T08:11:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14919"},"modified":"2025-10-29T12:17:58","modified_gmt":"2025-10-29T09:17:58","slug":"ergash-jumanbulbul-ogli-1868-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ergash-jumanbulbul-ogli-1868-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li (1868-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo\u2018shrabot tumani Qo\u2018rg\u2018on qishlog\u2018i \u2014 1937.12.5, Qo\u2018shtamg\u2018ali qishlog\u2018i) \u2014 o\u2018zbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqon dostonchi oilasida tug\u2018ilgan. Uning yetti ota-bobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchi-shoir o\u2018tgan (Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, Yorlaqab va boshqalar 17\u201419-asrlarning taniqli dostonchilari bo\u2018lganlar).<\/p>\n\n\n\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018lining ulkan shoir-dostonchi bo\u2018lib yetishuvida oilasi va qishlog\u2018idagi boy adabiy muhit katta rol o\u2018ynagan. Dostonchilik ta\u2019limini otasi Jumanbulbuldan olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asli savodsiz bo\u2018lgan Jumanbulbul o\u2018z o\u2018g\u2018li Ergashning o\u2018qish-o\u2018rganishi, bilim olishiga katta e\u2019tibor bergan. 1884\u201486 yillarda Buxoro madrasalaridan birida o\u2018qib, fors tilini o\u2018rgangan, arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil, Mashrab, Mahtumquli asarlarini mutolaa etgan. Biroq moddiy qiyinchilik va otasining vafoti (1886) tufayli o\u2018qishni davom ettira olmagan. Qishlog\u2018iga qaytib, mustaqil o\u2018qish, dostonchilikda mahoratini oshirish bilan shug\u2018ullangan, ma\u2019lum muddat maktab ustozi va qaynotasi O\u2018tamurod xatibning yordami bilan dehqonlardan kafsan yig\u2018uvchi bo\u2018lgan. 1887\u201489 yillarda Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li Buxoro amirligiga qarashli Nurota bekligining amlokdorlaridan biri Qo\u2018zibekka mirza (kotib) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018lkada boshlangan qahatchilik, chigirtka va vabo tarqalishi natijasida shoirning yaxshigina dostonchi bo\u2018lib yetishayotgan ukalari Abduxalil va Abdujalillar, singillari va farzandlari birin-ketin vafot etadi. Bunday g\u2018am-alam, tashvishda qolgan shoir kuylashni ham tashlab, taxminan 1904\u201405 yillardan darbadarlikda hayot kechirgan. 1912\u201422 yillarda Bulung\u2018ur, G\u2018allaorol, Urgut tumanlari, Jizzax va Panjakent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qissaxonlik, she\u2019rxonlik qilib yurgan, ba\u2019zan dostonlar kuylagan. 1923 yilda qishlog\u2018iga qaytgan. 1924 yil Qorakisa qishlog\u2018ida bir xonali maktab ochgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li 1925 yil Samarqandga kelgan. 1926\u201428 yillarda Bulung\u2018ur tumani Qirqshodi qishlog\u2018ida Po\u2018lkan shoir, Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li bilan birgalikda yod bilgan dostonlarini yozdirish va o\u2018zi yozib qoddirish bilan shug\u2018ullangan. 1929\u201436 yillarda Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li o\u2018z qishlog\u2018ida, asosan, dehqonchilik ishlari bilan mashg\u2018ul bo\u2018lgan, dostonchilikda shogirdlar yetishtirishni davom ettirgan. 1936 yilda Toshkentga kelib, 1937 yil apreligacha folklorshunos H.T. Zarifov uyida yashagan. 1937 yil aprel oxirlarida qishlog\u2018iga qaytib vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018lining ijodi, repertuari boy va rang-barang. Shoir \u00abKuntug\u2018mish\u00bb, \u00abYakka Ahmad\u00bb, \u00abAlibek bilan Bolibek\u00bb, \u00abDalli\u00bb, \u00abRavshan\u00bb, \u00abQunduz bilan Yulduz\u00bb, \u00abXushkeldi\u00bb, \u00abXoldorxon\u00bb, \u00abQiz Jibek\u00bb, \u00abGo\u2018ro\u2018g\u2018lining tug\u2018ilishi\u00bb, \u00abHasanxon\u00bb, \u00abAvazxon\u00bb, \u00abAvazning Farangga safari\u00bb, \u00abNurali\u00bb, \u00abXiromon\u00bb (\u00abJahongir\u00bb), \u00abAlpomish\u00bb, \u00abYusuf bilan Ahmad\u00bb, \u00abTulumbiy\u00bb, \u00abQironxon\u00bb, \u00abQumri\u00bb, \u00abOshiq G\u2018arib\u00bb, \u00abVomiq bilan Uzro\u00bb, \u00abVarqa bilan Gulshoh\u00bb, \u00abMahtumquli\u00bb kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda ko\u2018p termalarni yod bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta doston, \u00abOysuluv\u00bb dostonining mazmuni, ko\u2018pgina an\u2019anaviy va zamonaviy termalar, o\u2018zidan avval o\u2018tgan baxshilar va dostonchilik san\u2019ati haqida ma\u2019lumotlar Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018lining o\u2018zidan yozib olingan. Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li xalq dostonlarining barcha janrlaridan namunalar bilgan. Dostonlarning g\u2018oyaviyligi, xalqchilligi, badiiy go\u2018zalligi uchun kurashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li an\u2019anaviy doston va termalarni kuylab kelish bilan birga o\u2018zi ham barakali shkod qilgan. Uning \u00abTarjimai hol\u00bb dostoni, \u00abKeldim\u00bb, \u00abToshkent ta\u2019rifida\u00bb, \u00abQizil\u00bb, \u00abTursunoy\u00bb, \u00abOxunboboyev\u00bb, \u00abG\u2018ozi Olim\u00bb, \u00abOtajon Hoshim\u00bb, \u00abShoirlarga rahbar Hodi\u00bb, \u00abEshon\u00bb, \u00abAsov qizlar\u00bb, \u00abBir hafta xo\u2018p bo\u2018dtsi yog\u2018in\u00bb kabi termalari e\u2019tiborga molik.<\/p>\n\n\n\n<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018lining merosi keng ravishda o\u2018rganilmoqda: shoir haqida kitoblar nashr etildi, hujjatli film yaratildi. 1972 yil mayda shoir tug\u2018ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Nurota tumani markazida unga byust o\u2018rnatildi. Qo\u2018rg\u2018on qishlog\u2018ida maqbarasi, haykali va uy-muzeyi bor. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li, Islom shoir, Po\u2018lkan shoir va Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018liga kompleks haykal o\u2018rnatilgan. Nurota tumanida bog\u2018, Qo\u2018shrabot tumanida maktab, Toshkent va Samarqand shahrilarida ko\u2018chalar shoir nomi bilan atalgan.&nbsp;<em>(To\u2018ra Mirzayev)<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo\u2018shrabot tumani Qo\u2018rg\u2018on qishlog\u2018i \u2014 1937.12.5, Qo\u2018shtamg\u2018ali qishlog\u2018i) \u2014 o\u2018zbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqon dostonchi oilasida tug\u2018ilgan. Uning yetti ota-bobosigacha, shuningdek, amaki va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ergash-jumanbulbul-ogli-1868-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14922,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14919","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14919","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14919"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14919\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162526,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14919\/revisions\/162526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14922"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14919"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14919"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14919"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}