{"id":14926,"date":"2022-01-20T11:15:16","date_gmt":"2022-01-20T08:15:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14926"},"modified":"2025-10-29T12:16:21","modified_gmt":"2025-10-29T09:16:21","slug":"erkin-samandar-1935-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/erkin-samandar-1935-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Erkin Samandar (1935) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.3, Xiva tumani) \u2014 yozuvchi, dramaturg. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika institutining o\u2018zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1957).<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazm viloyat radioeshittirish qo\u2018mitasi o\u2018zbek eshittirishlari tahririyati muharriri (1959-61), O\u2018zbekiston KP Xorazm viloyat qo\u2018mitasida ishlagan (1963-67; 1990). O\u2018zbekiston televideniyesi \u00abYoshlik\u00bb studiyasi bosh muharriri (1967\u201469), Dasturlar direktori (1969\u201475), adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri (1975\u201477), \u00abXorazm haqiqati\u00bb gazetasida bo\u2018lim mudiri, bosh muharrir (1961\u201463; 1977\u201490). O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari (1990-93) bo\u2018lib xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi she\u2019riy kitobi \u2014 \u00abAmu jilolari\u00bb (1966). So\u2018ngra \u00abOsmon to\u2018la nur\u00bb, \u00abDunyoning yoshligi\u00bb (1970), \u00abVafo degan gavhar\u00bb (1975), \u00abSevgi fasllari\u00bb (1973), \u00abMening yigit vaqtim\u00bb (1979), \u00abQabul soatlari\u00bb (1980), \u00abSohildagi bolalar\u00bb (1982), \u00abSaylanma\u00bb, \u00abYurakka yo\u2018l\u00bb kabi o\u2018ndan ortiq she\u2019riy majmualarini e\u2019lon qilgan. Mazkur to\u2018plamlarga kirgan deyarli barcha asarlarda yaxshi odamlar, go\u2018zal tabiat, insoniy muhabbat, sevgi va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi, chuqur ma\u2019naviyat ildizlarini ochishga intilish seziladi. U yaratgan yuzdan ortiq qo\u2018shiqlar tinglovchilar qalbida ham muhrlanib qolgan. Uning \u00abFrantsiya daftari\u00bb, \u00abTo\u2018qson daqiqa\u00bb (sakkizliklar), \u00abShom qo\u2018shiqlari\u00bb kabi turkum she\u2019rlarida jahongashta shoirning hayot va odamlar haqidagi falsafiy xulosalari badiiy in\u2019ikosini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Erkin Samandar, shuningdek, \u00abOsmonning tosh tulpori\u00bb, \u00abOltin sandiq\u00bb, \u00abErk sadolari\u00bb, \u00abIshqiy maktublar\u00bb kabi dostonlar muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy mavzularda bir qancha sahna asarlari ham yaratgan (\u00abJavohir\u00bb, 1980; \u00abAjdodlar qilichi\u00bb, 1985; \u00abBashorat\u00bb, 1994; \u00abJaloliddin Manguberdi\u00bb, 1999; \u00abArabmuhammad Bahodirxon\u00bb, 2002). \u00abPahlavon Mahmud Piryorvaliy\u00bb (1995), \u00abSuyanch\u00bb (1996), \u00abMing otlilar diyori\u00bb (2003) singari qissa va badialari ham bor. \u00abDaryosini yo\u2018qotgan qirg\u2018oq\u00bb (1988), \u00abTangri qudug\u2018i\u00bb (1994) va boshqalar romanlari zamonaviy o\u2018zbek romanchiligi rivojida o\u2018ziga xos o\u2018rin tutadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.3, Xiva tumani) \u2014 yozuvchi, dramaturg. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika institutining o\u2018zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1957). Xorazm viloyat radioeshittirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/erkin-samandar-1935-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14933,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14926","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14926","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14926"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14926\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162522,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14926\/revisions\/162522"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14933"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14926"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14926"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14926"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}