{"id":14948,"date":"2022-01-20T11:29:18","date_gmt":"2022-01-20T08:29:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14948"},"modified":"2025-10-28T14:08:03","modified_gmt":"2025-10-28T11:08:03","slug":"yunus-rajabiy-1897-1976-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunus-rajabiy-1897-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Yunus Rajabiy (1897-1976) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yunus Rajabiy [1897.5(17).1\u2014Toshkent \u2014 1976.23.4] \u2014 bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o\u2018zbek musiqa merosini to\u2018plovchisi. O\u2018zbekiston xalq artisti (1953), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966).<\/p>\n\n\n\n<p>Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919\u201423), Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursi (1940\u201441)da ta\u2019lim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik o\u2018zbek mumtoz musiqa merosini Sh. Shoumarov, Hoji Abdulaziz, To\u2018ychi hofiz, Domla Halimlardan o\u2018rgangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa o\u2018qituvchisi (1923\u201425), Samarqand teatrining musiqa rahbari (1925\u201427), O\u2018zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg\u2018u asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholg\u2018ulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari (1927\u201442, 1945\u201459), Yangiyo\u2018l teatri musiqa rahbari (1942\u201445), O\u2018zbekiston teleradiosining \u00abMaqom\u00bb ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959\u201476) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yoshligidanoq shirali va ta\u2019sirchan ovozga ega bo\u2018lgan iste\u2019dodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari, \u00abGirya\u00bb, \u00abUshshoq\u00bb, \u00abKo\u2018cha bogi\u00bb, \u00abEshvoy\u00bb, \u00abKurd\u00bb, \u00abQalandariy\u00bb, \u00abGulyor\u2014Shahnoz\u00bb, \u00abBayot\u00bb, \u00abDugohi Husayniy\u00bb, \u00abChorgoh\u00bb, \u00abMiskin\u00bb, \u00abNasrulloyi\u00bb kabi ashula va kuy turkumlari o\u2018rin olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U bir qancha qadimiy o\u2018zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: \u00abSubhidam\u00bb, \u00abYolg\u2018iz\u00bb \u00abSayqal\u00bb, \u00abFig\u2018on\u00bb, \u00abOraz\u00bb, \u00abBegi Sulton\u00bb va boshqa Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy o\u2018zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo\u2018shgan. Dastlab \u00abFarhod va Shirin\u00bb (Xurshid, 1922\u201425, Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda), \u00abLayli va Majnun\u00bb (Xurshid, 1926), \u00abRustam\u00bb (U. Ismoilov, 1933), \u00abAvaz\u00bb (A. Hidoyatov, 1935), \u00abXolisxon\u00bb (Hamza, 1940) kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorliqda \u00abQasos\u00bb (A. Umariy, Uyg\u2018un, 1941), N. Mironov bilan \u00abQo\u2018chqor Turdiyev\u00bb (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan \u00abMuqanna\u00bb (H. Olimjon, 1943), O. Halimov bilan \u00abNodira\u00bb (S. Kosimov, Ya. Mamatxonov, 194243), B. Zeydman bilan \u00abO\u2018g\u2018il uylantirish\u00bb (H. Fylom, 1964), Sayfi Jalil bilan \u00abNavoiy Astrobodda\u00bb (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. U \u00abZaynab va Omon\u00bb operasi (1958; B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodikrvlar bilan) ning yozilishida ishtirok etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunus Rajabiy, shuningdek, \u00abFabrika yallasi\u00bb, \u00abBizning davron\u00bb, \u00abMirzacho\u2018lda tuy\u00bb, \u00abO\u2018zbekiston\u00bb, \u00abYangrasin Gulyor\u00bb, \u00abDugonalarga\u00bb, \u00abKadah\u00bb, \u00abKoshki\u00bb, \u00abGul sochar\u00bb, \u00abJudo\u00bb, \u00abRa\u2019nolanmasun\u00bb, \u00abChapandoz\u00bb, \u00abKuygay\u00bb kabi qo\u2018shiq va ashulalar, \u00abO\u2018yin Bayoti\u00bb, \u00abO\u2018yin Dugohi\u00bb, \u00abPaxta\u00bb singari raqs kuylari yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunus Rajabiyning, ayniqsa, o\u2018zbek musiqa merosini to\u2018plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq, kuy va ashulalarini notaga yoza boshlagan. Natijada Ye. Romanovskaya va Il. Akbarov tuzgan \u00abO\u2018zbek xalq qo\u2018shiqlari\u00bb (1939) to\u2018plamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o\u2018rin olgan. 1955\u201459 yillarda Yunus Rajabiy 5 jildli \u00abO\u2018zbek xalq musiqasi\u00bb (I. A. Akbarov tahririda) tuplamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o\u2018zbek (bir qancha tojik, uyg\u2018ur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg\u2018ona \u2014 Toshkent maqom yo\u2018llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlari (Hamza, K. Jabborov, N. Hasanov, S. Kalonov, F. Sodiqov, T. Jalilov, M. Mirzayev va boshqa)ning asarlari kiritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMaqom\u00bb ansambli bilan ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini (1966\u201474, F. Karomatov taxririda) hamda grammplastinka yozuvlar mukammal to\u2018plamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970-yillar) tayyorladi. T. Sodikrv, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodikrv, N. Hasanov, K. Jabborov, S. Kalonov, K. Mo\u2018minov, O. Imomxo\u2018jayev, B. Dovidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va boshqa san\u2019atkorlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunus Rajabiy Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971), \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni (2000) bilan mukofotlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi \u00abMaqom\u00bb ansambli, Jizzax musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti, Toshkentdagi ko\u2018chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag\u2018ishlangan \u00abYunus Rajabiy\u00bb (\u00abO\u2018zkinoxronika\u00bb studiyasi, 1967; \u00abO\u2018zbektelefilm\u00bb studiyasi, 1990), \u00abUmr daftari\u00bb (O\u2018zbekiston televideniyesi, 2001) filmlari suratga olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunus Rajabiy 1957\u201476 yillar yashab ijod etgan uy (Toshkent, Yunus Rajabiy ko\u2018chasi, 20)da 1997 yilda Rajabiy uy-muzeyi ochilgan. 2001 yil Yunus Rajabiy madaniyat markazi tashkil etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yunus Rajabiy [1897.5(17).1\u2014Toshkent \u2014 1976.23.4] \u2014 bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o\u2018zbek musiqa merosini to\u2018plovchisi. O\u2018zbekiston xalq artisti (1953), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966). Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yunus-rajabiy-1897-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14953,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14948","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14948"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162377,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14948\/revisions\/162377"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}