{"id":14984,"date":"2022-01-20T14:04:04","date_gmt":"2022-01-20T11:04:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14984"},"modified":"2022-01-20T14:04:05","modified_gmt":"2022-01-20T11:04:05","slug":"ozbekiston-milliy-bogi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-milliy-bogi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON MILLIY BOG&#8217;I"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY BOG&#8217;I, Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston milliy bog&#8217;i \u2014 O&#8217;zbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bog&#8217;i. Toshkent shahrining Markaziy qismida joylashgan; maydoni 69 gektar. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Toshkent shahrining yoshlari tashabbusi bilan hashar usulida qurilib ishga tushirilgan istirohat bog&#8217;i (1938) hamda bog&#8217; bilan Xalqlar Do&#8217;stligi saroyi oralig&#8217;idagi hududda loyiha asosida me&#8217;moriy majmua yuzaga keltirildi. Majmua markazida Favvorali aylana hovuz, amfiteatr shaklidagi tomoshabinlar joylari va sahna, kanallar ustidagi ko&#8217;priklar va tepalikda o&#8217;rnatilgan Navoiy haykali, amfiteatrning ikki yonida Oliy Majlis va &#171;Navro&#8217;z&#187; binolari joylashgan. Milliy bog&#8217;ning yangi qismi sharqona &#171;chorbog'&#187; uslubida loyihalangan muntazam tartibli keng va shinam yo&#8217;lkalardan iborat mumtoz kompozitsiyaga ega. Hududdagi tabiiy pasti balandliklardan oqilona foydalanib so&#8217;lim maskan, ajoyib manzara yaratilgan. Bog&#8217;ning muhim tarkibiy qismi Alisher Navoiy memorial majmuidir (me&#8217;morlar: V.Akopjanyan, D.Latipov; haykaltaroshlar: E.Aliev, N.Bandzeladze, V.Degtyarov). Bog&#8217;ning tepalik qismidagi ayvon (Rotonda) an&#8217;anaviy uslubda ishlangan: ustunlarga o&#8217;rnatilgan Feruza gumbaz, uning ostida Navoiyning mahobatli haykali qad ko&#8217;targan; poygumbaz muqarnaslar bilan, gumbaz ichi ganchkorlik bilan bezatilib, shoirning tinchlik va ezgulikni madh etuvchi misralari bitilgan. Memorial majmuaga marmar zinalar orqali chiqiladi. Milliy bog&#8217; hududidagi yirik jamoat binolari \u2014 Xalqlar do&#8217;stligi saroyi, Oliy Majlis binosi, &#171;Navro&#8217;z&#187; restorani, Abulqosim madrasasi, aylana shaklidagi sahna va amfiteatr uyg&#8217;unlikda yaxlit majmua hosil qiladi. Milliy bog&#8217;dagi suv havzalari, bog&#8217;dan oqib o&#8217;tgan kanallar (2 ta charxpalak o&#8217;rnatilgan), favvoralar, ko&#8217;kalamzorlar (terak, akasiya, archa, qarag&#8217;ay, tut, chinor va boshqalar, maysazor va gulzorlar) xushmanzara ko&#8217;rinishga ega. Milliy bog&#8217; Toshkent shahrining eng go&#8217;zal va so&#8217;lim maskanlaridan bo&#8217;lib, shahar aholisi va mehmonlari dam olishi, hordiq chiqarishi uchun qulayliklar yaratilgan; bog&#8217;da Navro&#8217;z (2000 yildan) va Mustaqillik (2005 yildan) bayramlarining bosh tantanalari hamda xalq sayillari o&#8217;tkaziladi, turli madaniy-ma&#8217;rifiy tadbirlar uyushtiriladi. Milliy bog&#8217; 2005 yilda qayta ta&#8217;mirlanib, yana ham ko&#8217;rkam qiyofaga kirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY BOG&#8217;I, Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston milliy bog&#8217;i \u2014 O&#8217;zbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bog&#8217;i. Toshkent shahrining Markaziy qismida joylashgan; maydoni 69 gektar. 1991 yilda Alisher &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-milliy-bogi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14984","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14984","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14984"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14984\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14986,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14984\/revisions\/14986"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14984"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14984"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14984"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}