{"id":14985,"date":"2022-01-20T14:04:21","date_gmt":"2022-01-20T11:04:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14985"},"modified":"2022-01-20T14:04:22","modified_gmt":"2022-01-20T11:04:22","slug":"ozbekiston-milliy-kutubxonasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-milliy-kutubxonasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI, Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi \u2014 O&#8217;zbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston Respublikasining ilmiy uslubiy markazi. Respublikaning ma&#8217;naviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning ma&#8217;naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro qutubxonalar assosiasiyasiga a&#8217;zo. Toshkent shahrida 1870 yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886 yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919 yildan Turkiston xalq qutubxonasi deb atalgan. 1925 yildan O&#8217;zbekiston davlat kutubxonasi, 1929 yildan O&#8217;rta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934 yildan O&#8217;zbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002 yildan hozirgi nomda. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948 yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasi Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va O&#8217;zbekiston milliy kitob palatasini o&#8217;zida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 millionga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 million kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 millopn ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida o&#8217;zbek va sharq mumtoz adabiyoti namunalari (to&#8217;plami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 o&#8217;rinli 9 ta qiroatxona, 20 o&#8217;rinli Internet Markaz, media markaz, 10 o&#8217;rinli internetga ulangan o&#8217;quv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning o&#8217;rtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 million nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega bo&#8217;lgan ma&#8217;lumotlar berish amalga oshiriladi. O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasida quyidagi bo&#8217;limlar mavjud: kitobxonlarga xizmat ko&#8217;rsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar bo&#8217;limi, kitob saqlash; ilmiyuslubiy; milliy bibliografiya; axborot; o&#8217;smirlar bo&#8217;limi; madaniyat va san&#8217;at bo&#8217;yicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; Nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazorat-dispetcher, ma&#8217;muriy xo&#8217;jalik bo&#8217;limi. O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat ko&#8217;rsatish, yig&#8217;ilgan axborotni kitobxonga yetkazish, o&#8217;tmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy g&#8217;oyalarga to&#8217;la asarlarni to&#8217;la o&#8217;rganishga yordam berishdir. Uning o&#8217;ta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar to&#8217;plamining faxri bo&#8217;lib, unda 15 mingdan ortiq Nnodir kitoblar va qo&#8217;lyozmalari bo&#8217;lgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida O&#8217;rta Osiyoning 20-asr boshigacha bo&#8217;lgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob entsiklopediya \u2014 &#171;Turkiston to&#8217;plami&#187;, A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni o&#8217;z ichiga olgan 4 qismli &#171;Turkiston albomi&#187;, Sh. Ibrohimov tuzgan &#171;Taqvim&#187; (1871), davriy nashrlar, &#171;Ostrog Injili&#187; (1581), &#171;arifmetika&#187; (1703), &#171;9 nemis Injili&#187; (1489), &#171;Sharq kutubxonasi&#187; (1697) va boshqalar mavjud. O&#8217;zbek adabiyotining yirik vakillari Cho&#8217;lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari kata ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan o&#8217;rtacha 15-20 ming nusxa nashrlar oladi. Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003 yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qog&#8217;ozda, xoh elektron ko&#8217;rinishida bo&#8217;lsin) valyuta mablag&#8217;i bilan ta&#8217;minlangan. 1956 yildan xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSh (dissertasiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar o&#8217;rnatilgan. Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferentsiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan O&#8217;zbekistondagi Germaniya, AQSh, Shveytsariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamg&#8217;arma va tashkilotlar (AQSh elchixonasi axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini to&#8217;ldirish, turli anjumanlar o&#8217;tkazish, kitob ko&#8217;rgazmalari, chet tillarni o&#8217;rganish, malaka almashish, ma&#8217;rifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va to&#8217;plamlarni saqlashda o&#8217;z samaralarini bermoqda. 1998 yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999 yildan Vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000 yilda O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targ&#8217;ibotining turli an&#8217;anaviy va noan&#8217;anaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitobrasmli ko&#8217;rgazmalar, adabiy-badiiy kompozisiyalar, tasviriy san&#8217;at asarlari ko&#8217;rgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qo&#8217;llanmalari, ko&#8217;rsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yo&#8217;riqnoma qo&#8217;llanmalari (&#171;Mustaqil O&#8217;zbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasi madaniy hayoti ko&#8217;rinishi&#187;, &#171;Kutubxonachilik dunyosi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston madaniyati va san&#8217;ati&#187;ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi. Ad.: Gosudarstvennaya biblioteka Uzbekistana imeni Alishera Navoi (1870-1970), T., 1977; Korniliysin A.I., Sudba knig. T., 1994; Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston milliy kutubxonasi (eslatma), T., 2003. Abdusalom Umarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI, Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi \u2014 O&#8217;zbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya bo&#8217;yicha O&#8217;zbekiston Respublikasining ilmiy uslubiy markazi. Respublikaning ma&#8217;naviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-milliy-kutubxonasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14985","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14985","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14985"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14985\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14987,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14985\/revisions\/14987"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14985"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14985"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14985"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}