{"id":15004,"date":"2022-01-20T16:45:14","date_gmt":"2022-01-20T13:45:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15004"},"modified":"2022-01-20T16:45:15","modified_gmt":"2022-01-20T13:45:15","slug":"ozbekiston-musulmonlari-idorasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-musulmonlari-idorasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI \u2014 O&#8217;zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi Diniy tashkilot. 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda bo&#8217;lib o&#8217;tgan O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston musulmonlari qurultoyida ta&#8217;sis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992 yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan, 1996 yildan hozirgi nomi bilan ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora O&#8217;zbekistondagi musulmonlar o&#8217;rtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, Fatvolar beradi, masjidlarga Imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. Moddiy jihatdan Musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehson, yordamchi xo&#8217;jaliklar va boshqalar hisobiga ta&#8217;minlanadi. Idora rahbar organi \u2014 Oliy hay&#8217;at. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Idoraning huquqshunoslik, xalqaro aloqalar, ta&#8217;lim va kadrlar tayyorlash, masjidlar va fatvo bo&#8217;limlari bor. Toshkentdagi Imom Buxoriy nomidagi Islom institutida (1971) va o&#8217;nta o&#8217;rta maxsus Islom bilim yurti (shulardan 2 tasi xotin-qizlar bilim yurti)da kadrlar etishtiriladi. Idora muassisligida &#171;Hidoyat&#187; jurnali va &#171;Islom nuri&#187; gazetasi nashr etiladi. Idora tasarrufidagi &#171;Movarounnahr&#187; nashriyoti diniy adabiyotlar, diniy taqvim va boshqalarni chop etadi. Musulmonlar idorasi xorijiy mamlakatlardagi ko&#8217;pgina diniy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Har yili 3,5\u20144 ming kishining haj safarini uyushtirishda faol ishtirok etadi. Idora o&#8217;z faoliyatida O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, &#171;Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunga rioya qiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#171;Din sohasidagi ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy, ta&#8217;lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko&#8217;mak va imtiyozlar berish to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi 2003 yil 22 avgustdagi 364-son qaroriga asosan idora qoshida maxsus jamg&#8217;arma tashkil etildi. U Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini asrash, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xataridan himoya qilish, mamlakatimizda ijtimoiy-ma&#8217;naviy muhitni yanada sog&#8217;lomlashtirish hamda din sohasidagi ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy va ta&#8217;lim ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Idoraga turli yillarda Eshon boboxon Abdumajidxon o&#8217;g&#8217;li (1943\u2014 1957), Ziyovuddinxon Boboxonov (1957-1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982-1989), Muhammadsodiq Muhammadyusuf (1989\u2014 1993), Muxtorjon Abdullayev (1993\u2014 1997) raislik qilgan. Abdurashid qori Bahromov 1997 yildan raisdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI \u2014 O&#8217;zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi Diniy tashkilot. 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda bo&#8217;lib o&#8217;tgan O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston musulmonlari qurultoyida ta&#8217;sis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan. Bu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-musulmonlari-idorasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-15004","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15004","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15004"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15004\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15005,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15004\/revisions\/15005"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15004"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15004"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15004"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}