{"id":15161,"date":"2022-01-22T13:32:25","date_gmt":"2022-01-22T10:32:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15161"},"modified":"2022-01-22T13:32:26","modified_gmt":"2022-01-22T10:32:26","slug":"barg","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/barg\/","title":{"rendered":"BARG"},"content":{"rendered":"\n<p>BARG (lotincha folium, Yunoncha phyllon) \u2014 yuksak o&#8217;simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba&#8217;zi o&#8217;simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta&#8217;sirida shakli o&#8217;zgarib, oziq yoki suv g&#8217;amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo&#8217;shimcha funktsiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3-10 santimetr, ayrim o&#8217;simliklar (masalan, palma, banan) Barg 20 metrga yetadi. Bargning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi Barg bandi deyiladi. Bir qancha o&#8217;simliklar (bug&#8217;doydoshlar, ziradoshlar) Barg bandi kengayib, novdani o&#8217;rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba&#8217;zi o&#8217;simliklar (yalpizdoshlar)da Barg bandi bo&#8217;lmaydi, yaprog&#8217;i to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri novdaga birlashadi. Bunday Barg o&#8217;troq deyiladi. Bargning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog&#8217;liq. Yaproqning yassi bo&#8217;lishi Barg ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi. Barg oddiy va murakkab bo&#8217;ladi. Oddiy Barg bandida bitta, murakkab Barg bandida bir necha yaproq bor. Oddiy Barg yaprog&#8217;ining shakliga ko&#8217;ra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, to&#8217;g&#8217;ri chiziqli, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqalar; qirrasining tuzilishiga ko&#8217;ra tekis qirrali, tishli, kungurali; yaprog&#8217;ining bo&#8217;laklanishiga binoan patsimon qirqma, patsimon o&#8217;yma, panjasimon qirqma, panjasimon o&#8217;yma yoki bo&#8217;lakli bo&#8217;lishi mumkin. Murakkab Barg uch yaproqli, panjasimon, toq patsimon, juft patsimon, lirasimon va boshqa shakllarda bo&#8217;ladi. Barg poyada muayyan tartibda bittadan (ketma-ket), ikkitadan (qaramaqarshi), uch, to&#8217;rt yoki undan ko&#8217;proq (halqasimon) bo&#8217;lib joylashadi. Barg yashash sharoitiga moslashish tufayli qobiq (shumg&#8217;iya), tikan (kaktus, zirk), jingalak (no&#8217;xat, qovun) shaklga kirgan yoki shakli butunlay yo&#8217;qolib ketgan (zarpechak). Piyoz va karam ham oziq moddalar to&#8217;planishi tufayli shakli o&#8217;zgargan barglardan iborat. Barg ostki va ustki tomonidan bir qavat tiniq hujayralardan iborat yupqa epidermis bilan qoplangan. Barg osti epidermisi hujayralari orasida maxsus tirqishsimon teshikchalar \u2014 Barg og&#8217;izchalari bo&#8217;ladi. Har bir og&#8217;izchani ikkita labhujayralar (tutash hujayralar) o&#8217;rab turadi. Labhujayralar Barg og&#8217;izchalarining ochilib va yopilishi, ya&#8217;ni Bargda gaz almashinishini boshqarib turadi. Barg suvga to&#8217;yinganida hujayralar turgor holatiga o&#8217;tib, labhujayralar devori ochiladi. Barg hujayralarida suv kamayganda hujayralarning turgorlik xususiyati aksincha kamayadi, labhujayralar oralig&#8217;ida tirqish yopilib, og&#8217;izchalar orqali suv bug&#8217;lanishi va gaz almashinishi kamayadi. 1 millimetr kvadrat barg yuzasida og&#8217;izchalar soni 40 dan 500 gacha, ba&#8217;zan undan ham ko&#8217;proq bo&#8217;ladi. Og&#8217;izchalar ayniqsa sernam joylarda o&#8217;sadigan o&#8217;simliklar bargi kutikula, yog&#8217;simon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, ko&#8217;pincha etli; barg orqali suvning ko&#8217;p bug&#8217;lanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida Barg eti (mezofill) joylashgan. Barg eti ko&#8217;pchilik o&#8217;simliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 \u2014 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon to&#8217;qima va uning ostidagi g&#8217;ovak to&#8217;qimadan tashkil topgan. Barg eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon to&#8217;qima) Bargga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir bo&#8217;ladi. Barg etidan tomirlar o&#8217;tadi. Ular har xil shaklda bo&#8217;lib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali o&#8217;simliklar Barg to&#8217;rsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yog&#8217;ochlik tolalaridan hamda o&#8217;tkazuvchi va to&#8217;rsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini o&#8217;taydi. O&#8217;tkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga to&#8217;xtovsiz kelib turadi. Barg hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi to&#8217;rsimon naychalar orqali o&#8217;simlikning boshqa qismlari, ya&#8217;ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. Barg yuzasining keng bo&#8217;lishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, ko&#8217;p miqdorda suv bug&#8217;latishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab bo&#8217;ladi. I ga maydondagi yashil o&#8217;simliklar bir kecha-kunduzda 150 \u2014 500 kilogramm karbonat angidridni o&#8217;zlashtirib, 60 \u2014 400 kilogramm kislorod ajratadi va 100 tonnagacha suv bug&#8217;latadi. Bu jarayonda Barg 75 \u2014 250 kilogrammgacha organik modda hosil qiladi. Bargning yashash muddati ham turlicha bo&#8217;lib, ayrim o&#8217;simliklar Barg bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (masalan, lavr bargi 3 -4 yil, Yevropa archasi bargi 8-10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. Barg hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bog&#8217;liq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. Barg cheklangan o&#8217;sish xususiyatiga ega bo&#8217;lishi bilan boshqa o&#8217;simlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning o&#8217;sishi cheklanganligi, biroq Barg bandning o&#8217;sishi to&#8217;xtovsiz davom etaverishi tufayli Barg yaprog&#8217;i yorug&#8217;likka o&#8217;girilish xususiyatiga ega bo&#8217;ladi. O&#8217;ktam Po\u2019latov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BARG (lotincha folium, Yunoncha phyllon) \u2014 yuksak o&#8217;simliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba&#8217;zi o&#8217;simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta&#8217;sirida shakli o&#8217;zgarib, oziq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/barg\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15161","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15161","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15161"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15161\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15168,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15161\/revisions\/15168"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15161"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15161"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15161"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}