{"id":152803,"date":"2024-12-29T09:35:02","date_gmt":"2024-12-29T06:35:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=152803"},"modified":"2024-12-29T09:35:06","modified_gmt":"2024-12-29T06:35:06","slug":"abu-sayid-abulxayr-mexnaiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abu-sayid-abulxayr-mexnaiy\/","title":{"rendered":"Abu Sayid Abulxayr (Mexnaiy)"},"content":{"rendered":"\n<p>Abu Sayid Abulxayr (Mexnaiy), Fazlullox ibn Abulxayr Axmad (967 &#8212; Xuroson &#8212; 1049) &#8212; tasavvufdagi Sharqiy (Xuroson) maktabning asoschilaridan biri. Otasi sufiylar bilan aloqador bo\u2019lib, o&#8217;g&#8217;lini ham shu davraga boshlab kelgan. Sufiylar yig&#8217;inlaridan birida uni shoir Qosim Bishr ibn Yosin (vafoti 990) bilan tanishtirgan. Shoir uning sufiylikdagi birinchi ustozi bo\u2019lgan. Keyinchalik Abu Sayid Abulxayr va&#8217;z-nasixatlarida doimo ustozining she&#8217;rlaridan foydalangan. O&#8217;smirlik chog&#8217;ida Marvga borib, besh yil mobaynida Abu Abdullox Muxammad Xusriy (vafoti 983-1000 yillar oralig&#8217;ida), sg&#8217;ngra shuncha yil Abu Bakr Abdullox Daffol (vafoti 1026)dan shofiiylik fiqxi bo&#8217;yicha ilm olgan; Saraxsda shofiiylik fakixi Abu Ali Zoxir ibn Axmad (vafoti 999) rahbarligida tafsir, xadis va kalomni o&#8217;rgangan. O&#8217;sha yerda (taxminan 997 yil) devonai Luqmon Saraxsiy Abu Sayid Abulxayrni Abul Muhammad Saraxsiyning xonaqoxiga boshlab kelib, uni iloxiyot fanlarini tashlashga ko&#8217;ndirgan. O&#8217;zi o&#8217;nta pir bulib, mayxona shaxriga qaytishni va faqat &#171;Allox&#187; deb zikr bajo etishni topshirgan. Abu Sayid Abulxayr Mayxonada 15 yil umr kechirgan, shuning deyarli yetti yilini to&#8217;liq uzlat (yolg&#8217;izlik)da o&#8217;tkazib, odamlar nigohidan chetda, yarim och holda yashagan. Bu davrda u chillai ma&#8217;kus (boshini pastga dilib osilgan xolda 40 kunlik ro&#8217;za davrida zikrni bajo etish)ni mashq qilgan, buni 40 yoshga to&#8217;lgunicha (xatto undan ham oshiq &#8212; 1016 yilgacha) bajo etgan. O&#8217;zining birinchi sufiylik xirqasini Nishopurda mashxur sufiy Abu Abduraxmon Sulamiydan, ikkinchisini &#8212; Omulda sufiy Abulabbos Axmad qassobdan olgan. Hayotining ikkinchi yarmini taniqli murshid sifatida o&#8217;tkazgan. U mayxonadagi o&#8217;z uyida, shuningdek, shahar chetidagi yolg&#8217;iz xujrasida, ba&#8217;zan Nishopurga borganda Adanikuban mahallasida o&#8217;zining ko&#8217;plab muridlariga va&#8217;z, pand-nasixatlar qilgan. Abu Sayid Abulxayr tomonidan zikri samo&#8217;ga musiqa, raqs va qo&#8217;shiqlarning kiritilishi unga nisbatan keskin tanqid qiluvchilarning ko&#8217;payishiga sabab bo&#8217;lgan va u shariat yulidan chekinishda va xatto diniy peshvolar tomonidan kofirlikda ayblangan. Abu Sayid Abulxayr xonaqohlarda yashovchi muridlari uchun axloq-odobning 10 moddasini ishlab chiqqan birinchi sufiy shayxdir. Bunga qo&#8217;shimcha tarzda u murshid va muridlar uchun zarur 10 xususiyat va sifatlarni ko&#8217;rsatib bergan. Abu Sayid Abulxayr tasavvufning mahalliy maktabiga asos solgan. Uning avlodlari keyinchalik bu qarashlarni o&#8217;zlari yashagan viloyat hududidan chetga tarqata olmagan. Bu mahalliy maktab 1154 yilgacha mavjud bulgan. Shu yili qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan urug&#8217;lari butun Xurosonni talon-toroj qilgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar mayxonani egallagan paytda Abu Sayid Abulxayr avlodlaridan bo&#8217;lgan 115 kishi qatl etilgan. Abu Sayid Abulxayrning qarashlari ziddiyatli bo&#8217;lib, &#171;Xudoning ishqi bilan mast&#187; so&#8217;fiylar g&#8217;oyasiga yaqindir. Unga xos xususiyat &#171;bechoralarga xizmat qilish&#187; bo&#8217;lib, malomatiya ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, qalandarlik bilan xayru exson to&#8217;plab, shogird va muridlarining, yon-atrofidagi aholining manfaat va extiyojlarini qondirishni o&#8217;ylagan. U yaratgan maktab amaliyoti Movarounnahrga ham tarqalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Sayid Abulxayr (Mexnaiy), Fazlullox ibn Abulxayr Axmad (967 &#8212; Xuroson &#8212; 1049) &#8212; tasavvufdagi Sharqiy (Xuroson) maktabning asoschilaridan biri. Otasi sufiylar bilan aloqador bo\u2019lib, o&#8217;g&#8217;lini ham shu davraga boshlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abu-sayid-abulxayr-mexnaiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[977],"tags":[],"class_list":["post-152803","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-islomga-oid-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/152803","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=152803"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/152803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":152804,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/152803\/revisions\/152804"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=152803"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=152803"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=152803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}