{"id":153019,"date":"2024-12-30T12:01:31","date_gmt":"2024-12-30T09:01:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153019"},"modified":"2024-12-30T12:01:35","modified_gmt":"2024-12-30T09:01:35","slug":"abu-hanifa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abu-hanifa\/","title":{"rendered":"Abu Hanifa"},"content":{"rendered":"\n<p>Abu Hanifa \u2013 Abu Hanifa Nu\u2019mon ibn Sobi al-Kufiy [699 (hijriy 80), Kufa-767 (hijriy 150), Bag\u2019dod] buyuk faqih, muhaddis, ulug\u2019 imom, hanafiylik mazhabi asoschisi. Abu Hanifa-kunyasi. Imom A\u2019zam (buyuk imom)-ulug\u2019ligi e\u2019tirof etilib berilgan unvoni. O\u2019ziga to\u2019q, boy oilada tavallud topgan bo\u2019lib, yoshligidayoq diniy va dunyoviy ilmlarni zo\u2019r mahorat bilan egallab, sahobalar suhbatidan bahramand bo\u2019lgan. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo\u2019lida sarf etgan. Yoshligidayoq Qur\u2019onni yod olgan. Kalom ilmi va mantiqni o\u2019rgangan. 22 yoshida iroqlik ulug\u2019 alloma Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib, undan 18 yil ta\u2019lim olgan. Ustozining vafotidan keyin 10 yil davomida uning ta\u2019limotini davom ettirgan. Kufa va Basraning eng obro\u2019li faqihi bo\u2019lib yetishgan va o\u2019zi shogirdlar tarbyalagan. Kamtar, mehribon va o\u2019ta saxovatli, nihoyatda taqvodor inson sifatida hurmat qozongan Uning 55 marta haj qilgani haqida rivoyat bor. 747-48 yillarda Abu Hanifa Iroq hokimi Ibn Hubayra ta\u2019qibidan qochib, Makkaga ketgan. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib savdogarlik, ulamolik faoliyatini davom ettirgan. Xalifa Mansur (754-75) unga yangi poytaxt Bag\u2019dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimni taklif qilgan. Biroq Abu Hanifa bu taklifni qat\u2019iyan rad etgan. Shunda Mansur uni qamab, turli qiynoqlarga slogan. Abu Hanifa ko\u2019p o\u2019tmay vafot etgan. Mansur Abu Hanifaga zahar ichirgan va u shu sababdan shahid bo\u2019lgan, degan rivoyat ham bor. Abu Hanifa fiqhiy ilmni birinchi bo\u2019lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga solgan va kitob shakliga keltirgan. Abu Hanifaning kalom ilmi, fiqh, hadis, sarfga oid bir necha kitoblari [\u201cKitob as-salot\u201d (\u201cNamoz ahkomlari kitobi\u201d), \u201cKitob al-Manosik\u201d (\u201cHaj kitobi\u201d), \u201cKitob ash-shurut\u201d (\u201cShartnomalar haqida kitob\u201d), \u201cKitob al-faroiz\u201d (\u201cMeros ilmi haqida kitob\u201d), \u201cKitob al-olim val-mutallim\u201d (\u201cUstoz va shogird haqida kitob\u201d), \u201cKitob al-fiqh al-akbar\u201d (\u201cKatta fiqh kitobi\u201d), \u201cKitobi al-vasiya\u201d (\u201cVasiyatnoma kitobi\u201d) va boshqalar]. Abu Hanifa faqihlarning ustozi, Imom Shofiiy ta\u2019biri bilan aytganda, \u201cbarcha odamlar fiqhda uning boqimandlari\u201d edi. Hech qanday shubhaga o\u2019rin qolmaydigan darajadagi aniq hujjat va dalillar asosida hukm chiqaradigan olim bo\u2019lgan. Abu Hanifaning hadis sohasida ham asarlari mavjud. O\u2019rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy Abu Hanifa musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, 1907 yilda Misrda hop etilgan bu kitoblar zamonlar osha musulmonlar tayanadigan ilmiy manba va asos bo\u2019lib kelmoqda. Abu Hanifadan ta\u2019lim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari bo\u2019lib yetishgan. Ulardan biri Abu Yusuf Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn Hasan, o\u2019z navbatida, Imom Shofiiyga ta\u2019lim bergan. Hadislarni saralashda nihoyatda mohir va har bir masalani dalil bilan isbotlay oladigan Zufar ibn Huzayl ham Abu Hanifaning mashhur izdoshlaridan. Yana bir shogirdi Hasan ibn Ziyod Abu Hanifaning \u201cAl-Mujarrad\u201d, \u201cQozining odobi\u201d, \u201cNafaqalar\u201d, \u201cFaroiz\u201d (\u201cMeros ilmi\u201d), \u201cHissatlar\u201d kabi asarlarini yozib tugatgan. Abu Hanifaning o\u2019g\u2019li Hammod va nabirasi Ismoil ham shar\u2019iy ilmlar borasida yetuk alloma bo\u2019lgan, turli shaharlarda qozilik mansabida ishlagan. Xurosonda birinchi bo\u2019lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham Abu Hanifadan ta\u2019lim olgan. Movarounnahrdagi mamlakatlarda va dunyoning boshqa ko\u2019pgina joylarida musulmonlar Abu Hanifa mazhabi qoidalari asosida ibodat qilishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Hanifa \u2013 Abu Hanifa Nu\u2019mon ibn Sobi al-Kufiy [699 (hijriy 80), Kufa-767 (hijriy 150), Bag\u2019dod] buyuk faqih, muhaddis, ulug\u2019 imom, hanafiylik mazhabi asoschisi. Abu Hanifa-kunyasi. Imom A\u2019zam (buyuk imom)-ulug\u2019ligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abu-hanifa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[977],"tags":[],"class_list":["post-153019","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-islomga-oid-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153019","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153019"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153019\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153020,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153019\/revisions\/153020"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153019"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153019"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153019"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}