{"id":153043,"date":"2024-12-30T13:29:19","date_gmt":"2024-12-30T10:29:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153043"},"modified":"2024-12-30T13:29:22","modified_gmt":"2024-12-30T10:29:22","slug":"abulfath-alouddin-muhammad-ibn-abdulhamid-ibn-umar-ibn-hasan-ibn-husayn-usmandiy-as-samarqandiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abulfath-alouddin-muhammad-ibn-abdulhamid-ibn-umar-ibn-hasan-ibn-husayn-usmandiy-as-samarqandiy\/","title":{"rendered":"Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy as-Samarqandiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy as-Samarqandiy &#8212; (1095 (hijriy 488), Samarqand, Usmanda qishlog\u2019i-1157) fiqh olimi. \u201cOlamning ustuni\u201d sifati bilan mashhur bo\u2019lgan. Arab tilida ijod qilgan. U Najmiddin Umar Nasafiyning \u201cAl-Manzuma fi ilm il-xilof\u201d nomli kitobiga \u201cHasr ul-masoil va qasr ud-daloil\u201d (\u201cMuayyan masalalar va qisqa dalillar\u201d) nomli sharh yozgan. Imom Sug\u2019diy, Abulmafoxir Muhammad ibn Mahmud Sudaysiy allomaning mazkur asariga bitgan sharhlari bor. Abulfath Alouddin Muhammadning \u201cTariqat ul-xilof fi-l-fiqh bayn al-aimmat il-aslof\u201d (\u201cO\u2019tgan allomalar o\u2019rtasida fiqh ilmidagi ixtiloflar\u201d) va \u201cBazl un-nazar fi-l-usul\u201d) \u201cFiqh asoslariga chuqur nazar\u201d) nomli asarlarida fiqh olimlarining qarashlari va fikr-mulohazalaridagi ixtiloflar bayon qilingan. Ushbu asarlar misrlik olim Muhammad Zakiy Abdulbarr tomonidan tadqiq etilib, Qohiradagi \u201cDor ut-turos\u201d matbaasida nashr etilgan (1990, 1992). Abulfath Alouddin Muhammadning \u201cTa\u2019liqa fi-l-fiqh\u201d (\u201cFiqh ilmida izoh\u201d) nomli ko\u2019p jildli asari fiqh ilmining furu\u2019 (tarmoqlari) masalalari haqida, \u201cAl-Amoliy fi-t-tafsir\u201d (\u201cTafsir ilmida imlo qilingan masalalar\u201d) asari esa Qur\u2019oni karimga bag\u2019ishlangan tafsir sanaladi. \u201cLubob ul-kalom\u201d (\u201cKalom ilmining javhari\u201d)ning 2 qo\u2019lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan bo\u2019lib, ular Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi. Olimning fiqh bo\u2019yicha \u201cMuxtalaf ur-rivoya\u201d, \u201cAl-Mu\u2019tarix va-l-muxtalif\u201d, usul ud-din bo\u2019yicha \u201cAl-Hidoya fi-l-kalom (fi usul il-e\u2019tiqod)\u201d nomli asarlari mavjud. Misrning \u201cDor al-kutub al-misriyya\u201d nomli kutubxonasida saqlanayotgan 297 varaqdan iborat qo\u2019lyozmaning microfilm nusxasida: \u201cMuxtalaf ur-rivoya\u201d Muhammad ibn Abdulhamid ibn al-Husyan ibn al-Hasanga tegishli\u201d, deb yozilgan. Asarning dastlabki betlari yo\u2019q. Hanafiy fiqhiga oid yana boshqa bir qo\u2019lyozmaning microfilm nusxasi \u201cMustafo Fozil\u201d kutubxonasida saqlanmoqda. Abulfath Alouddin Muhammadning Muhammad Shayboninyning \u201cKitob al-jome\u2019 al-kabir\u201d (\u201cKatta to\u2019plam\u201d kitobiga yozgan \u201cSharh ul-jomi\u2019 al-kabir\u201d (\u201cJomi\u2019 al-kabir\u201dning sharhi\u201d) nomli bir necha jildli asarining 1-jildi bizgacha yetib kelgan. U \u201cKitob ul-imon\u201d (\u201cImon haqida kitob\u201d), \u201cKitob un-nikoh\u201d (\u201cNikoh haqida kitob\u201d), \u201cKitob ush-shahodat\u201d (\u201cShahodat kitobi\u201d), \u201cKitob ul-qazo\u201d (\u201cHukm kitobi\u201d) kabi boblardan iborat. Asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361 yilda ko\u2019chirilgan nodir qo\u2019lyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo\u2019lyozmalari markazi fondida saqlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abulfath Alouddin Muhammad ibn Abdulhamid ibn Umar ibn Hasan ibn Husayn Usmandiy as-Samarqandiy &#8212; (1095 (hijriy 488), Samarqand, Usmanda qishlog\u2019i-1157) fiqh olimi. \u201cOlamning ustuni\u201d sifati bilan mashhur bo\u2019lgan. Arab tilida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abulfath-alouddin-muhammad-ibn-abdulhamid-ibn-umar-ibn-hasan-ibn-husayn-usmandiy-as-samarqandiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[977],"tags":[],"class_list":["post-153043","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-islomga-oid-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153043","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153043"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153043\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153044,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153043\/revisions\/153044"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153043"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153043"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153043"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}