{"id":153105,"date":"2025-09-08T12:25:21","date_gmt":"2025-09-08T09:25:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153105"},"modified":"2025-09-08T12:25:22","modified_gmt":"2025-09-08T09:25:22","slug":"ilk-feodalizm-davrida-samarqand-ijtimoiy-va-siyosiy-vaziyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilk-feodalizm-davrida-samarqand-ijtimoiy-va-siyosiy-vaziyat\/","title":{"rendered":"Ilk feodalizm davrida Samarqand. Ijtimoiy va siyosiy vaziyat."},"content":{"rendered":"\n<p>Kushan davlatini zaiflashuvi va halokatga uchrashining asosiy sababi uning ichki ijtimoiy-siyosiy ahvolidadir. X asrda tarixchisi Muhammad Jarir at-Tabariy dehqonlar (katta siyosiy qudratga ega bo\u2019lgan qadimgi avlodga mansub oqsuyak dehqonlar) ning ijtimoiy-siyosiy tabiatini xarakterlab, bir rivoyat keltiradi. Uning yozishicha, go\u2019yo juda qadim zamonda afsonaviy shoh Manuchehr mamlakat qishloqlarini dehqonlarga biriktirib qo\u2019ygan va barchaga ularning qishloq mehnatkashlari amri-farmonlarini bajo keltirish vazifasi yuklangan emish. Shohning nomi afsonaviy bo\u2019lishiga qaramay, rivoyat tarixiy haqiqatga mosdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Zodagon dehqonarning jamoa yerlarini egallash va sobiq erkin jamoa dehqonlari ustidan \u2013 hokimiyat o\u2019rnatish uchun olib borgan kurashi butun bir davrni o\u2019z ichiga oladi. Yangi sharoitda, sug\u2019oriladigan dehqonchilik, hunarmandchilikning yuksak darajada rivojlanishi, yerni sun\u2019iy o\u2019g\u2019itlash keng joriy qilingan, paxtachilik madaniyati, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlariga jahon bozoridagi talabning o\u2019sishi, shaharlarning savdo-hunarmandchilik va madaniy markazlar sifatida ravnaq topishi va eng muhimi \u2013 dehqonlar iqtisodiy va siyosiy ahvolining yaxshilanishi ularni qullar ham, korandalar ham endi qanoatlantirmaydi. Dehqonlar kam unumli qul mehnatidan (qul mehnati ayniqsa uy xo\u2019jaligida yo\u2019qolmagan bo\u2019lsa ham) voz kechib, qishloq jamoalarini o\u2019zlariga bo\u2019ysundirishga erishadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qishloq jamoasining a\u2019zolari, quldor dehqonlar va qullardan iborat bo\u2019lgan jamiyat antagonistic sinflarga asoslangan boshqa jamiyatga o\u2019z o\u2019rnini bo\u2019shatib berishi lozim edi. Bu jamiyatda yangi dehqonlar qishloqlar, jamoa va dehqonning shaxsiy qaramog\u2019idagi kadivorlarni egallab olgan edi. Oliy hokimiyat avvalgi qudratidan mahrum bo\u2019ladi. Dehqonlar bilan eski tartib tarafdorlari o\u2019rtasidagi to\u2019qnashuvlar kuchayadi, dehqonlar bilan ularni asoratga soluvchi jamoa dehqonchiligi o\u2019rtasidagi kurash tobora qizg\u2019in tus oladi. Ana shunday murakkab vaziyatda quldorlik tuzumining negizlari zaiflashib qoladi va yangi feudal tuzumning shakllanishi uchun shart-sharoit vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Antik jamiyatning yangi feudal tuzumi bilan bunday ulkan o\u2019rin almashinishi qariyb ikki asr davom etdi va erksevar jamoa dehqonlari bilan yer egasi bilan oqsuyak dehqonlar o\u2019rtasida katta kurash ketdi. Bu qadimiy termin eski dehqonlar tarix maydonidan tushgan, rivoj topgan feodalizm davridagina dehqonlarning barcha tabaqalari uchun umumiy bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Voqealarga boy bo\u2019lgan bu davr tarixiy ma\u2019lumotlarda deyarli aks ettirilmagan. Arxeologik materiallarda milodiy IV-V asrlar tushkunlik davri, eski shaharlar deyarli bo\u2019shab qolgan, xalqaro savdo, hunarmandchilik susaygan, qaynoq hayot qishloq joylariga o\u2019tgan, sug\u2019oriladigan yerlar kamayib ketgan davr sifatida ifodalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi tarixiy axborotlarda aslzoda dehqonlar bilan ular tomonidan asoratga solingan jamoat a\u2019zolari \u2013 qadimvorlar o\u2019rtasida sinfiy janglarning aftidan so\u2019nggi ikki epizodi to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar saqlangan. Ana shu qurolli qo\u2019zg\u2019olonlardan birinchisi VI asrda Eronda Mazdak boshchiligida ko\u2019tarildi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar dehqonlarni mag\u2019lub etib, ularning yerlarini tortib oldilar, g\u2019alla omborlarini egallab uylariga o\u2019t qo\u2019ydilar, o\u2019ldirdilar yoki ularning Erondan chiqib ketishga majbur qildilar. Hukmdorlar kibr-havoli aslzoda dehqonlar bilan munosabatni yaxshi yo\u2019lga qo\u2019ymagan bo\u2019lmasa ham, lekin harakatning bundan keying rivojlanishidan cho\u2019chib, qo\u2019zg\u2019olon rahbarlarini xiyonatkorlik bilan o\u2019ldirib, so\u2019ngra esa qo\u2019zg\u2019olonni kuch bilan bostirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>VI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda Abro\u2019 yo\u2019lboshchiligida ana shunday harakat boshlandi. Bu yerda ham dehqonlarni talab, ularni o\u2019ldirdilar va mol-mulkini tortib oldilar. Dehqonlarning bir qismi Yettisuvga \u2013 turklar mamlakatiga qochib qutuldi. Qochoq dehqonlar Buxoroda qo\u2019ldan boy berib qo\u2019yilgan hokimiyatni qaytarib olish uchun yordam so\u2019rab turk xoqoniga murojaat qildilar. U bu voqealardan foydalanib, Movarounnahrni bosib oldi va Abro\u2019ni o\u2019ldirdi. Dehqonlar yana hokimiyat tepasiga chiqdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning hammasi dehqonlarning feudal yer egaligi uzil-kesil qaror topganligini va sobiq qishloq jamoa a\u2019zolarining qaram kadivorlarga aylanganligi bildirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda shahar hayoti milodning taxminan V va VI asri boshlarida qayta tiklanadi. Bu davrda ham bir voha martabasi baland dehqonlardan iborat o\u2019z shohlari bilan mustaqil siyosiy hayot kechirar edi. Shohliklar turlicha nomlarda yuritilardi. Buxoro vohasida \u2013 buxor xudotlar va vardan xudotlar, Miyonqal\u2019ada \u2013 dabushohlar, Samarqandda \u2013 ixshidlar, Usrushonda \u2013 afshinlar, Shoh (Toshkentda) esa xudonlar deb atalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoh atrofiga qishloqlar, asoratga solingan dehqonlar \u2013 kadivorlar, qullar va chaqirlar (shaxsiy qurolli drujinalar)ga ega bo\u2019lgan badavlar dehqonlar to\u2019plangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sosoniylar Eronning tajovuziga qarshi kurashda Samarqnad ixshidlar va boshqa shohliklar VI-VIII asrlarda eftalitlar va G\u2019arbiy turk xoqonligi bilan siyosiy, harbiy savdo-iqtisodiy aloqalar o\u2019rnatdi. Ular shohliklarning ichki ishlariga aralashmay, o\u2019zlarining ustunliklarining e\u2019tirof qilinishiga erishib, har yili sovg\u2019alar olib turishgan. Shohlar Eron chegarasida lashkari bo\u2019lgan Turk xoqonligi qarorgohi borib turar edilar. Ular O\u2019rta Osiyoda yashab kelayotgan turk qabilalarining turli sulolalariga mansub kishilar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohliklar orasida Samarqand ixshidlari eng qudratli bo\u2019lib, ularning ustunligi boshqalari ham tan olar edi. So\u2019g\u2019d savdogarlari va hunarmandlari azaldan, ehtimol. Kushan podsholigi davridan buyon Toshkent-Isfijob (Sayram yaqinida), Chu daryosi vodiysidagi Taraz (Jambul yaqinida) va Sharqiy Turkiston shaharlari orqali o\u2019tadigan yo\u2019llar orqali Xitoy bilan savdo-sotiq ishlarini yaxshi yo\u2019lga qo\u2019yishgan. Bu yo\u2019llardagi shaharlarda asosan ko\u2019chib borgan so\u2019g\u2019dlar joylashgan. O\u2019tmishda bu shaharlar \u201cSo\u2019g\u2019d koloniyalari\u201d deb atalar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mol ortgan so\u2019g\u2019d karvonlari Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Eron, Suriya, Misr va Vizantiya imperiya shaharlariga borar edi. So\u2019g\u2019d savdogari Maniyax VI asrda turk xoqonligi bilan Vizantiya imperiyasi o\u2019rtasidagi xalqaro ipak savdosining asosiy tashabbuskori bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019d ixshidlarining markazi Samarqandda joylashgan edi. VI-VII asrlarda shohlar shaharni g\u2019oyat mustahkamlaganlar, uning ichki qismida hashamatli saroylar, ibodatxonalar va boshqa binolar qurdirganlar. Afrosiyobda topilgan va devorlarida ko\u2019plab rasmlari bo\u2019lgan mustasham binolarning qoldiqlari, shubhasiz ixshidlar tomonidan shahar ichida barpo etilgan saroylardan birining varyonlaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandlik ixshidlarning ham buxor xudotlar va boshqa hokimlar singari shahar tashqarisida o\u2019z turar-joylari \u2013 rezidentsiyalari bor edi. Bunday joylar ba\u2019zan shahardan ancha uzoqda joylashgan bo\u2019lardi. A.Yu.Yakubovskiy rahbarligida Samarqanddan 60-70 km janubi-sharqda joylashgan Panjikentda o\u2019tkazilgan qazishmalar vaqtida ibodatxonalar, boylar va katta amaldorlarning uy-joylari qoldiqlaridan iborat shahar kvartallari topildi. Panjikent qoldiqlariga ko\u2019ra, Samarqand ixshidlarining shahar tashqarisidagi rezidentsiyasi xuddi shu yerda bo\u2019lgan. Chunki shahar tog\u2019lardan Zarafshon daryosi bo\u2019ylab Samarqandga boriladigan strategik jihatdan eng qulay yerda joylashganligi va uning iqtisodiy jihatdan Samarqandga bog\u2019liqligi tufayli Revdoddagi kabi bu yer ham rezidentsiya bo\u2019lgan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kushan davlatini zaiflashuvi va halokatga uchrashining asosiy sababi uning ichki ijtimoiy-siyosiy ahvolidadir. X asrda tarixchisi Muhammad Jarir at-Tabariy dehqonlar (katta siyosiy qudratga ega bo\u2019lgan qadimgi avlodga mansub oqsuyak dehqonlar) ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ilk-feodalizm-davrida-samarqand-ijtimoiy-va-siyosiy-vaziyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153105","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153105","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153105"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153105\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153106,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153105\/revisions\/153106"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153105"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153105"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153105"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}