{"id":153108,"date":"2025-09-08T12:33:46","date_gmt":"2025-09-08T09:33:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153108"},"modified":"2025-09-08T12:33:47","modified_gmt":"2025-09-08T09:33:47","slug":"shaharning-istilochilar-tomonidan-zabt-etilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shaharning-istilochilar-tomonidan-zabt-etilishi\/","title":{"rendered":"Shaharning istilochilar tomonidan zabt etilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Arablar Eronda Sosoniylar hokimiyati qulagach, VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Marvni o\u2019z qo\u2019llariga oldi. Bu yerdan Amudaryoning narigi tomonida joylashgan viloyatlarga, ya\u2019ni Movarounnahrga bosqinchilik qila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir-biriga dushman bo\u2019lgan aristocrat hukmdorlar o\u2019zlarining zaifligini ko\u2019rsatdi. Hukmron suloladan xafa bo\u2019lgan ba\u2019zi zodagon dehqonlar bosqinchilardan yordam va madad kutadi. Xalq va mamlakat manfaatlariga xiyonat qilgan bunday kishilar arablarga yordam ko\u2019rsatdi. Zodagon dehqonlarning ikkinchi bir guruhi o\u2019z hokimiyati va mamlakatini himoya qilib chiqdi, ularga esa xalq ommasi madad va yordam berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Istilovchilar yirik badavlar dehqonlar o\u2019rtasidagi dushmanlikni payqab, ularning bir qismini o\u2019z tomoniga ag\u2019darib oldilar va yaxshi qurollangan, jangovar chaqirlar ustidan g\u2019olib chiqdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xurosonlik birinchi noib Ubaydulla ibn Ziyod (673-675) 673 yilda Zarafshon vodiysiga yurdi va boy o\u2019lja bilan Marvga qaytib keldi. O\u2019sha yiliyoq Said ibn Usmon Buxoro va Samarqand ustiga yurdi. Bu yurishda payg\u2019ambar amakivachchasi Qo\u2019sam ibn Abbos ibn Abdul Mutallib ishtirok etdi va janglardan birida o\u2019ldirdildi. Afsonalarga ko\u2019ra, Qo\u2019sam ibn Abbos jasadi Samarqanddagi Shohizinda mozoriga ko\u2019milgan emish.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Samarqandda katta o\u2019lja 30000 asir va juda ko\u2019p qimmatbaho buyumlarni qo\u2019lga kiritdi. U shahardan jo\u2019nay turib, shoh urug\u2019laridan 50 zodagon dehqonni garov tariqasida o\u2019zi bilan birga olib ketdi va Amudaryodan kechib o\u2019tgandan keyin ularni qaytarib yuborishni va\u2019da qildi. Biroq u o\u2019z va\u2019dasi ustidan chiqmadi. U Arabistonga kelganidan so\u2019ng garov tariqasida olingan kishilarni qul qilish maqsadida ularning ustidagi qimmatbaho kiyimlar va oltin kamarlarni yechib olishni buyurdi. Biroq so\u2019g\u2019dlik zodagon dehqonlar Saiddan o\u2019ch olish niyatida uning saroyiga bostirib kirib, uni o\u2019ldirdilar hamda o\u2019zlarini o\u2019zlari ham halok qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson noibi Qutayba ibn Musib (705-715) Iroq noibi al-Xojjajning buyrug\u2019i bilan Movarounnahrni uzil-kesil bosib olishga va uni \u201cmusulmonlar amrining (amir al-mo\u2019minunna) bog\u2019iga\u201d aylantirishga intildi.<\/p>\n\n\n\n<p>705 yili Qutayba Balxni bosib oldi, 706 yilda esa Poykandga hujum qilib, qattiq qarshilikka uchradi. Samarqand ixshidi \u2013 shohi Tarxun boshchiligidagi so\u2019g\u2019dlar poykandliklarga yordamga yetib kelib, arablarni qurshab oldilar. Natijada Iroq noibi al-Xojjaj qariyb ikki oy mobaynida Qutaybadan hech qanday darak ololmadi. Biroq so\u2019g\u2019dlar orasida yagona rahbarlikning yo\u2019qligi va o\u2019zaro kelishmovchiliklar sababli arablar qurshovdan chiqib olib, Poykandni ham bosib olishga va ktta o\u2019ljani qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablar 707 va 708 yillarda Movarounnahrga Vardana xudotiga qarshi yurish qiladi. Lekin Qutayba So\u2019g\u2019ddan uloqtirib tashlanadi. 709 yilda u Vardanaga yana hujum qiladi. Samarqand shohi Tarxun, shuningdek, mahalliy shohlar va ko\u2019chmanchi turklar unga qattiq qarshilik ko\u2019rsatadi. 709 yilning kuzida So\u2019g\u2019d shohi Tarxun, Xunik xudot, Vardana xudotining birlashgan kuchlari hamda Qarmaganun boshchiligidagi turk xoqonining 40 ming, kishilik qo\u2019shinlari Buxoro chegaralaridagi Tarob, Xunbun va Romitan qishloqlari o\u2019rtasida Qutaybani qurshab oldilar. Qutayba hiyla ishlatadi va Tarxun huzuriga Xayon an-Nabotiyni yuborib, uning arablarni tor-mor keltirishga harakat qilmasligini, chunki arablarning qishga borib, albatta. Marvga qaytib ketishi, lekin turklarning shu yerda qolib taxtni egallashini aytishni unga topshiradi. Bu gaplar ittifoqchilar va so\u2019g\u2019dlar o\u2019rtasida ixtilof tug\u2019diradi. Xayon Qutayba nomidan Tarxunga uning uchun qulay shartlarda sulh tuzishni va\u2019da beradi. Tarxun kechasi Qutayba qarorgohiga sovg\u2019alar va ikki million dirham pul yuboradi va buning evaziga sulh shartnomasining tekstini oladi. Tarxun chekinishi va Samarqandga qaytib borishi, arablarga al-Xojjajdan madad kuchlari kelyapti degan mish-mishlarni tarqatishi kerak edi. Tarxun bu bilan o\u2019z ittifoqchilari safida sarosima tug\u2019diradi, natijada ular yurtlariga ketib qoladilar. Shunday qilib, Tarxun Samarqandda o\u2019z hokimiyatini saqlab qolish niyatida arablarning qurshovdan chiqishiga emas, balki hatto Movarounnahrni bosib olishiga ham ko\u2019maklashdi. Tarxunning siyosati samarqandliklar orasida norozilik tug\u2019dirdi. Shartnomaga ko\u2019ra, So\u2019g\u2019d aholisidan juzya solig\u2019i olish maqsadida 710 yilda Qutayba ibn Muslimning ukasi Abdurahmon Samarqandga kelganida xalq qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Tarxun taxtdan ag\u2019darildi va Tarxunning ukasi G\u2019urak (710-737) So\u2019g\u2019d shohi Samarqand afshini deb e\u2019lon qilindi. Zindonga tashlangan Tarxun bu yerda o\u2019zini o\u2019zi o\u2019ldirdi. Boshqa ma\u2019lumotlarga qaraganda, u G\u2019urak tomonidan o\u2019ldirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba Samarqandga darhol hujum qilishga va erksevar so\u2019g\u2019dlarni jazolashga jur\u2019at etmadi. Qutayba 712 yilda Xorazm shohi Choganga yordam berish bahonasi bilan Xorazmda mustahkamlanib olgan Xurzodga (Xorazm shohining ukasi) qarshi yurish boshladi. U orqasiga qaytayotganida Buxoroga kirib, bu yerdan esa kutilmaganda Samarqandga qarab harakat qildi va Xorazm hamda Buxorodan 20000 kishilik harbiy otryad olib keldi. G\u2019urak arablar bilan Arbinjonda to\u2019qnashib, Qutaybani uloqtirib tashlay olmadi va u \u201co\u2019z dushmanining aka-ukalari va qarindosh-urug\u2019lari\u201d tufayligina g\u2019alaba qozonmoqda deb ta\u2019na qildi. G\u2019urak chekinib Samarqand devorlari orasida mustahkamlanib oldi hamda Shoh shohi, Farg\u2019ona ixshidi, turk xoqonlariga xat yuborib, arablarga qarshi kurash olib borishda ulardan yordam kuta boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shosh shohi, Farg\u2019ona ixshidi va turk xoqoni yuborgan otryadlar Samarqandga yetib kelolmadi. Qutayba ularning yaqinlashib kelayotganini payqab, katta otrya bilan kechasi hujum qilib, batamom qirib tashladi. Arablar shahar devoriga 300 manjaniqni yaqinlashtiradi, lekin samarqandliklar shaharni mudofaa qilishni davom ettiradi. Nihoyat, arablar shahar devorlarini yorib o\u2019tishib, Samarqandning shahristoniga bostirib kirdi. Uzoq vaqt qamalda azob chekkan samarqandliklar sulh tuzishni iltimos qildi va o\u2019zlari uchun qiyin shartlarga ham rozi bo\u2019lishdi. Shartnomaga muvofiq Qutayba G\u2019urakni o\u2019sha vaqtda tarkibiga Kesh va Nasaf shaharlari bilan birga Qashqadaryo vodiysi ham kirgan So\u2019g\u2019d shohi sifatida e\u2019tirof etdi va unga uch ming qul, ellik ming misqol oltin (ibodatxonalar xazinasi), ikki ming kishilik dibo deb atalgan gazlama va ikki yuz ming dirham pul yuborish majburiyatini yukladi. Buning ustiga G\u2019urak arablarga har yili ikki yuz ming dirham miqdorida o\u2019lpon to\u2019lash, qul, gazlama va shu kabilaarni yuborib turishga va\u2019da berdi. Qutaybaning G\u2019urrakka qarshi olib borgan kurashida ko\u2019pgina buxorolik va xorazmliklarning mahalliy otryadlari aktib qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shartnoma shartlariga zid tarzda Qutayba o\u2019z qo\u2019shinlarining bir qismini Samarqand aholisi uylariga joylashtirdi. Uning bu tadbiri aholi o\u2019rtasida norozilik tug\u2019dirdi va yana qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarildi. So\u2019g\u2019d shohi G\u2019urak Samarqand qal\u2019asini arablar garnizoni ixtiyoriga berib, o\u2019z qarorgohini Ishtixon shahriga ko\u2019chirdi. Movarounnahrning boshqa shaharlaridagidek, samarqandliklar ham uy-joylarinigina emas, balki ekin maydonlarining ham bir qismini istilochilarga berishga majbur edi. Arablar samarqandliklarga qurol olib yurishni taqiqladilar va kechasi shahar darvozalarini yopib qo\u2019yishga majbur etdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutayba Samarqanddan Marvga qayta turib, bu yerda ukasi Abdurahmon ibn Muslimni yaxshi qurollangan katta garnizon bilan qoldirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandliklar 713 yilning qishida qo\u2019shni turklar yordamida arablarga qarshi chiqdilar. Garnizon qal\u2019a devorlari orqasida yashirinib oldi va ro\u2019y bergan ahvolni Qutaybaga ma\u2019lum qildi. Qutayba esa o\u2019sha yili bahorda so\u2019g\u2019dlarga qarshi yurish uyushtirdi hamda qo\u2019zg\u2019olonchilarni bostirish uchun Kesh, Nasaf va Buxoro hokimlariga yigirma ming jangchi to\u2019plash to\u2019g\u2019risida buyruq berdi. Qo\u2019zg\u2019olonni bostirib Qutayba egallagan shaharlarning aholisini o\u2019z uylarining yarmini arablarga berish, samarqandliklarni esa, ba\u2019zi naqllarga ko\u2019ra, shahristonni butunlay qoldirib chiqib ketishga majbur etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>715 yilda Qutayba vafotidan so\u2019ng arablarning Movarounnahrdagi hokimiyati mavqei ancha bo\u2019shashdi. Xuroson noibi Jarroh (717-719 yil) musulmonlikni qabul qilgan kishilarga nisbatan qattiqqo\u2019l edi. Sulaymonning vafotidan keyin xalifa bo\u2019lgan Umar ibn Abdulaziz (717-719 yillar) xalifalikning hamma viloyatlarida arablar hokimiyatning mavqeini ko\u2019tarish maqsadida moliyaviy islohot o\u2019tkazdi. Bu islohotga muvofiq musulmonlikka kirganlardan arab musulmonlari kabi juzya ham, xiroj olish ham bekor qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar II arablarga bo\u2019ysungan Movarounnahr shohlariga maktub yuborib, ularga islom dinini qabul qilishni taklif etib, buning evaziga ularni xiroj to\u2019lashdan ozod etishni va\u2019da qildi. Umar II mahkamasida ba\u2019zi feudal arablar turli yo\u2019llar bilan xiroj yerlarini egallab, zo\u2019ra berib boylik orttira boshladi, xalifa xazinasining daromadlari esa borgan sari kamaydi. Xiroj yerlarini davlat mulki sifatida saqlashga harakat qilgan Umar II arablarning o\u2019z yer-mulklarini ko\u2019paytirishini taqiqladi va hijriy yuzinchi (719 yil) yildan keyin sotib olingan xiroj yerlarining hammasini qaytarib berishni, aks holda ushr emas, balki xiroj to\u2019lashni buyurdi. O\u2019sha yilga qadar sotib olingan yerlarni xiroj solig\u2019idan ozod qilish va bunday yerlarga ushr solig\u2019i, ya\u2019ni hosilning o\u2019ndan bir ulushini to\u2019lashni buyurdi. Umar II ning yer islohotini ma\u2019qullagan Samarqandning mahalliy oqsuyaklari uning huzuriga vakillar yuborishdi. Ular Umar II dan Samarqand shahristonini qayib berish to\u2019g\u2019risida farmoyish chiqarishni iltimos qildi, chunki shahristonda ularning bir vaqtda ibn Muslim Qutayba tomonidan adolatsiz ravishda tortib olingan yerlari bor edi. Umar Sulaymon ibn Abu Sariyaga xat yozib, samarqandliklarning shikoyatini ko\u2019rib chiqishni mahalliy qoziga topshirishni so\u2019radi. Arablar esa o\u2019zlari egallagan yerlarni ilgarigi egalariga qaytarib berishni istamas edilar. Bu voqea Qutayba tomonidan yuzinchi yilgacha o\u2019tkazilgan tadbir bo\u2019lganligi uchun qozi ishni ko\u2019rib, Qutayba imzolagan sulh shartnomasini bekor qilish va arab qo\u2019shinlarini Samarqanddan olib chiqib ketish to\u2019g\u2019risida qaror chiqardi. Bu esa urush boshlanib ketishiga olib kelar edi. Lekin samarqandliklar arab qo\u2019shinlarining kuchini hisobga olib, o\u2019z da\u2019volaridan voz kechishga majbur bo\u2019lishdi. Umar II ning maktubiga qaramay, Jarroh musulmonlikka kirganlardan, hatto arab qo\u2019shinlari tarkibida musulmon davlatining chegaralarini ko\u2019chmanchi turklardan himoya qilishda qatnashgan musulmonlardan ham xiroj va juzya olishni davom ettirdi. Buni 717 yilda xalifa saroyiga kelgan vakillar shikoyatidan ham ko\u2019rish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson noibi musulmonlar islom diniga sodiq ekanliklarini ko\u2019rsatishlari uchun sunnat qilishi hamda Qur\u2019on suralarini o\u2019qishni o\u2019rganib olishlarini talab qildi. Uning bu choralari islom dinini qabul qilishni istovchilarni cheklab qo\u2019yar edi. Arab noibining siyosati zabt etilgan mamlakat xalqlarini musulmon bo\u2019lmaganlar to\u2019lashi lozim bo\u2019lgan xiroj va juzyani to\u2019lashga majbur qilishga qaratilgan edi. Bu cheklash asosan qishloq sinflari uchun joriy qilingan bo\u2019lib, noib ilgari surgan shartlar ular uchun og\u2019ir va kamsitadigan bir hol edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arablar Eronda Sosoniylar hokimiyati qulagach, VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Marvni o\u2019z qo\u2019llariga oldi. Bu yerdan Amudaryoning narigi tomonida joylashgan viloyatlarga, ya\u2019ni Movarounnahrga bosqinchilik qila boshladi. Bir-biriga dushman bo\u2019lgan aristocrat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shaharning-istilochilar-tomonidan-zabt-etilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153108","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153108","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153108"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153108\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153109,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153108\/revisions\/153109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153108"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153108"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153108"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}