{"id":153338,"date":"2025-09-15T08:12:29","date_gmt":"2025-09-15T05:12:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153338"},"modified":"2025-09-15T08:12:41","modified_gmt":"2025-09-15T05:12:41","slug":"hunarmandchilik-va-savdo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hunarmandchilik-va-savdo\/","title":{"rendered":"Hunarmandchilik va savdo"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV-XV asrlar oxirida Samarqand savdo-sotiq ishlari olib boriladigan yirik shahar bo\u2019lib, bu yerga Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Volga bo\u2019yi, Rus, Sibir va Uzoq Sharqdan: Yevropaning olis mamlakatlaridan turli tilde so\u2019zlashuvchi savdogarlar kelib turishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tevarak-atrofdagi qishloqlarning aholisi va bepoyon dastlardagi ko\u2019chmanchilar Samarqandga qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari tashib keltirardi. Samarqand atrofidagi hunarmandlar va dehqonlar o\u2019z tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva mollarini shu yerga olib kelishardi. Sayohatchilardan biri shahar atrofining ko\u2019lami to\u2019g\u2019risida XV asrning boshlarida quyidagilardan yozgan edi: \u201c(Samarqand shahri) devori tashqarisidagi qurilish ichidagiga qaraganda ancha ko\u2019p edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning oxiri va XV asrda Samarqand shahridagi hunarmandchilik ishlab chiqarishi shaharliklar va atrof qishloqlardagi aholining ehtiyojlarini qondirishga mo\u2019ljallangan edi; hunarmandchilik mahsulotlari xilma-xil turlarining bir qismi dashtlarda yashovchi ko\u2019chmanchi aholiga sotish uchun mo\u2019ljallab tayyorlanar edi. Bularning hammasi hunarmandchilik ishlab chiqarishini bir qadar rivojlantirishga yordam berdi. Buning natijasida ustalar soni ko\u2019paydi, ular chiqarayotgan mahsulot turlari ortib bordi, hunarmandchilik buyumlari sifati yaxshilandi, shuningdek, ularning ma\u2019lum buyumni ishlab chiqarish bo\u2019yicha ixtisos kuchaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV-XVI asrlarda yashagan tarixxhilar, yozuvchilar va shoirlarning ma\u2019lumotlari, O\u2019rta Osiyoga kelib ketgan chet mamlakat elchilarining diplomatik yozishmalari va kundaliklarida keltirilgan faktlar, hujjat materiallari va arxeologik topilmalarr asosida o\u2019sha davrdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishida xilma-xil tarmoqlarning bo\u2019lanligini aniqlash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi juda ko\u2019p ustalar ishlar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandchilik sohasida to\u2019qimachilik buyumlari ishlab chiqarish, metal ishlash, binokorlik va kulolchilik yetakchi o\u2019rin egallardi. To\u2019qimachilik ayniqsa keng rivojlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Markazlashgan davlatning qaror topishi bilan iste\u2019molchilar sonining ko\u2019payishi to\u2019qimachilikni yanada rivojlantirishga va to\u2019qimachilik buyumlari sifatini yaxshilashga olib keldi. Temur tobutining qopqog\u2019iga yopilgan guldor matolar, Go\u2019ri Amir maqbarasiga dafn etilgan Ulug\u2019bekning kiyim qoldiqlari Samarqanddagi temuriylar davriga ois Ishratxona maqbarasiga dafn etilgan bolalarining yarim chirigan kafanlari va ayniqsa Shohizinda arxitektura kompleksidan XV asrda bunyod etilgan maqbara dahmasini ochgan vaqtda aniqlangan va hozirgi vaqtda O\u2019zbekiston SSR Davlat madaniyat muzeyida (Samarqandda) saqlanayotgan yo\u2019l-yo\u2019l shoyi to\u2019n (bu gazlama mahalliy ishlab chiqarishga oid ekanligi aniqlangan emas) XIV asr oxiri va XV asrda gazmollar yuqori sifatli bo\u2019lganligidan hamda ularni pardozlash usullari texnikaviy va badiiy jihatdan yuksak darajada turganligidan, shuningdek, hunarmandlarning ko\u2019p yillik tajriba va boy xalq an\u2019analariga ega bo\u2019lganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019qimachilik ishlab chiqarish mahsulotlari, hunarmandchilik boshqa buyumlariga ko\u2019ra, katta bozorga ko\u2019proq yetkazib berilardi. Bu bozor mahalliy iste\u2019molchilarni ham, qo\u2019shni qishloqlar aholisini ham, dashtlarda yashaydigan ko\u2019chmanchi va yarim ko\u2019chmanchilarni ham o\u2019z ichiga olar edi. O\u2019rta Osiyoda to\u2019qilgan anchagina gazmollar olis mamlakatlarining aholisiga ham yetkazib berilardi. Shunday qilib, Smarqandning gazmol ishlab chiqaruvchi hunarmandlari mahalliy bozorlardan tashqari ancha uzoqdagi joylar bilan ham savdo aloqalari o\u2019rnatgan edi. Bu esa keyinchalik XVI asrda bo\u2019lgani singari, bu davrlarda ham to\u2019qimachilik ishla chiqarishi ko\u2019p darajada tovar xarakteriga ega bo\u2019lganini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV-XVI asrlarda yozma hujjatlarda va narrativ manbalarda Samarqandda ishlab chiqarilgan ip gazlama va shoyi gazlamalardan ancha-munchalarining nomlari uchraydi, jun gazlamalarning nomlari esa juda kam uchraydi. Masalan, Samarqandda turli xil gazlamalar: olacha, parcha, duxoba va boshqalarni ishlab chiqaradigan hunarmandlar bo\u2019lgan. Shuningdek, gazlamaga gul bosuvchi ustalar ham bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lkada yetishtiriladigan paxtadan tayyorlangan ip gazlamaga aholining talabi ayniqsa katta bo\u2019lgan. Turli navdagi karbas (o\u2019zbek tilida va boshqa turkiy tillarda bo\u2019z deb atalgan) gazmollar (oq vaa bo\u2019yalmagan sariq rangli dag\u2019al va nafis gazlama) keng tarqalgan bo\u2019lib, ular XIX asrning oxirigcha to\u2019qib chiqarilgan. XV-XVI asrlarda bu gazmol ko\u2019chmanchilarga ham yetkazib berilgan. Fazlulloh ibn Ro\u2019zbexon o\u2019zining \u201cMehmonnomai Buxoro\u201d degan asarida bu haqda: karbas gazmollarga bo\u2019lgan ehtiyojning g\u2019oyat o\u2019sganligi tufayli (o\u2019zbek xonlari va qozoq sultonlari o\u2019rtasidagi munosabatlar jiddiy keskinlashgan davrda) Dashti Qipchoq xonlari o\u2019zbek xoni Muhammad Shayboniy hukmronlik qilayotgan Movarounnahrga bostirib kirishga qaror qilganligini bildirganlar, &#8212; deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Katan deb atalgan gazmol ancha pishiq bo\u2019lgan. Undan qimmatbaho choponlar (jomai katani) tikishgan, ba\u2019zan bu choponlarni zarbof qilib va qimmatbaho toshlar bilan bezashgan. Katanni mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargani to\u2019g\u2019risida bizda hozircha ma\u2019lumotlar yo\u2019q. Samarqanddagi madrasalardan biriga berilgan sovg\u2019alar orasida Misr katanidan qilingan qabr ustiga yopiladigan mato borligi tilga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Navoiyning so\u2019zlariga qaraganda, bo\u2019z (karbas) Katanga qaraganda ancha arzon turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda to\u2019qilgan olacha gazmol ham aholi o\u2019rtasida keng tarqalgan. Samarqand olachasi boshqa shaharlarga olib borib sotilgani to\u2019g\u2019risida ancha keyingi davrlarga oid ma\u2019lumotlar bor. XV-XVI asrlarga oid manbalarda bu gazmolning boshqa navi, ya\u2019ni \u201cBuxoro olachasi\u201d tilga olinadi. Bu olachaning Samarqandda to\u2019qilgan olachadan farqi bo\u2019lgan bo\u2019lishi kerak, shuning uchun ham uni \u201cBuxoro olachasi\u201d deb atashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning tarixiy hujjatlarida futa (faqa) ip gazlamasi to\u2019g\u2019risida ham bi necha bor eslatib o\u2019tiladi. Bu gazmol asosan salla uchun ishlatilgan. Bundan tahqari, undan belbog\u2019 ham qilingan, usta bo\u2019lishga ahd qilganlarning beliga shuni bog\u2019latishgan; mashhur tarixchi va adib Zayniddin Bosifiy XV asrning oxiriga oid voqealar to\u2019g\u2019risida hikoya qilib, odatda kamtarona kiyingan Abdurahmon Jomiy futadan qilingan bebog\u2019 bilan belini bog\u2019lab yurganini aytadi. (Biroq shoirning biografi Abdulvose Jome o\u2019zining odatdagi xarajatlariga har yili 100 ming kebak dinor sarflaganligini yozadi). Shu bilan birga futa XV asr oxirida aslzoda yoshlar kiyimining bir qismi sifatida ham eslatib o\u2019tiladi. O\u2019sha davrda zardan tikilgan futa Xirotda 50 tanga turgan. Futa nomi ancha keyingi davrlarda Rossiyada ham uchraydi. Filipp Yefremov XVIII asrning 70-yillarida o\u2019zining to\u2019qqiz yillik sayohati to\u2019g\u2019risidagi xotiralarida quyidagilarni yozgan: \u201cO\u2019rta Osiyoda juda ko\u2019p paxta yetishtiriladi\u2026 undan ip yigiriladi, ipdan chodir, surp to\u2019qishadi, bizda (Rossiyada) esa bundan xom chit, gulli satin, doka, futa, burmet va boshqa matolar tayyorlanadi va bu narsalar chet ellarga ham yuboriladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxtadan to\u2019qilgan va har xil gular bosilgan matolardan biri chit deb atalgan. XVI asrga oid qozilik hujjatlarda samarqandlik chitgarlarning nomlari tilga olinadi va Samarqand bozorlarida bo\u2019ladigan chitning turli navlari sanab o\u2019tiladi. Bundan ko\u2019rinib turibdiki, shaharda chitga gul bosubchi mutaxassislar ko\u2019p bo\u2019\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kiyimlarning astariga malla, bo\u2019z, falga, vala kabi gazmollar ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy va chetdan keltirilgan xom ashyodan shoyi to\u2019qish keng tarqalgan edi. Chetdan keltirilgan xom ashyo ipak mahalliy ipak bilan bir qatorda turli nav shoyi gazmollar tayyorlash uchun ishlatilardi. Manbalarda atlas, kimxob, haro, misri, banoras va boshqa nomdagi shoyi va chala shoyi gazmollarning nomlari uchraydi. Pillakashlar ham eslatib o\u2019tiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur imperiyasining poytaxtida uch oyga yaqin yashagan Ryui Ganzales de Klavixoning qayd qilib o\u2019tishicha, Samaarqandning boyliklari \u201c\u00f6ziq-ovqatdangina iborat meas, balki u yerda shoyi gamollar \u2013 atlas, kimxob, sandal, tafta va tersenal ham ko\u2019plab ishlab chiqariladi\u201d. Shuni ham aytish kerakki, shoyi gazmollar zeb-ziynat buyumlari bo\u2019lib, uni feodallar va shahardagi boy kishilargina ishlatar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yevropalik boshqa sayyohning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, atlas va kimxob O\u2019rta Osiyoga Xitoydan keltirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Klavixoning yuqorida zikr etilgan so\u2019zlari singari Xofizi Abro\u2019 asarida keltirilgan ma\u2019lumotlarga asosan, O\u2019rta Osiyo territoriyasida ham kimxob to\u2019qib chiqarilgan. Xofizi Abro\u2019 Temur tomonidan o\u2019tkazilgan tantanalrda Hirotning hunarmandlari va savdo ahli ham qatnashganligini, ular turgan dastgohlarni ko\u2019rsatganligini tasvirlab, bunday deb yozadi: \u201cKimxob to\u2019quvchilar ko\u2019chma to\u2019qish dastgohini namoyish qilib, shu yerning o\u2019zidayoq to\u2019qishar edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shularning hammasi Samarqandda ham kimxob to\u2019qib chiqarilganligidan dalolat beradi. Kimxobdan tayyorlangan to\u2019nlar odatda Temur saroyiga kelgan elchilarga sovg\u2019a qilinardi. Xitoydan mahalliy bozorlarga keltirilgan kimxobdan farqli o\u2019laroq O\u2019rta Osiyoda kimxobning alohida navi to\u2019qilgan bo\u2019lsa kerak. Masalan, Rossiyada kimxobning boshqa mamlakatlardan keltirilgan zarvof, xitoyi va boshqa navlari ma\u2019lum edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon lashkarlari Hisorda qo\u2019lga tushirgan harbiy o\u2019ljalar orasidagi ajoyib gulli shoyi gazmol diba (diboj) deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV-XVII asrlarda Samarqandda duxobaning alohida navi ishlab chiqarilgan. \u201cSamarqand yana bir matoi qirmizi mahmaldirkim, &#8212; deb yozgan edi o\u2019z asarida Zahiriddin Bobir, &#8212; atrof va javonibqa eltarlar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Duxoba ishlab chiqarish o\u2019sha davr uchun texnika jihatidan ancha murakkab ish edi. Bu esa Samarqandda to\u2019qish san\u2019atining yuksak darajada bo\u2019lganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozma manbalarda gilamlardan har xil gulli va turli kattalikdagi qalin gilam, zilucha, shuningdek, devorga osib qo\u2019yiladigan gazlama gilamlar tila olinadi. Klavixo o\u2019zining kundaliklarida Samarqandda o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan, asosan, qizil gilamlar to\u2019g\u2019risida bir necha bor gapirib o\u2019tadi. Tarixchi Ibn Arabshoh Temur maqbarasining poliga yozib qo\u2019yilgan shoyi va baxmal gilamlar to\u2019g\u2019risida eslatib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatdagi ko\u2019pchilik aholi ro\u2019zg\u2019orida namat ishlatilib, uni ishlab chiqarish hunarmandchilik sohasida katta o\u2019rin egallagan. Shahar dushmanlardan mudofaa qilishgan vaqtda kamon o\u2019qlarini tutib qolishi uchun qal\u2019a devorlariga namat osib qo\u2019yishgan. Bosh kiyimlar tayyorlashda ham namat ishlatilgan. Chunonchi, janglardan birida Zahiriddin Bobir boshiga namat qoplangan shishak kiygan edi. Dushman uning boshiga urib, og\u2019ir yarador qiladi, ammo Bobirning yozishicha, \u201cshishaning birorta ipi ham uzilmagan\u201d. O\u2019zbek qo\u2019shinlarining XV-XVI asrlardagi harbiy harakatlarini tasvirlab, o\u2019sha voqealarning guvohi bo\u2019lgan kishilar shunday hikoya qiladilarki, qalqon va sovutlari bo\u2019lmagan lashkarlar namat vositasida himoyalanib jangga kirganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qimmatli qurol-yarog\u2019 buyumi bo\u2019lgan sovut faqat boy oilaga mansub lashkarlarda bo\u2019lar edi. Ayni vaqtda feodal aslzodalarning qurol-yarog\u2019larni taqib olishardi. Masalan, o\u2019zbek tilida yozilgan umumiy tarixning muallifi Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloning yozishicha Safaviylarning harbiy boshlig\u2019i Dono Muhammadning qurol-yarog\u2019i, kiyim-boshi va otining egari oltindan bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrda metal buyumlar yasash yuqori darajaga ko\u2019tarilgan edi. Bu sohada muayyan buyumni yasashga ixtisoslashish ko\u2019zga tashlanadi. Temirchilar (chilangaron, ohangaron) metal buyum yasovchilarning ko\u2019p sonli gruppsini tashkil etib, ketmon, belkurak, tesha, eshik zanjirlari va halqalari, boshqa kasbdagi hunarmandlar uchun xilma-xil qurollar \u2013 toshga (marmarga, nefritga), tayanchga, yog\u2019ochga naqsh soladigan asboblar hamda aholining uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari va mehnat qurollariga bo\u2019lgan talablarini ma\u2019lum darajada qondiradigan boshqa buyumlar shularning qo\u2019llar bilan tayyorlanar edi. XV asrdagi Samarqand shahrining olti darvozasidan biri bo\u2019lgan Ohain darvozasi o\u2019yma naqsh solinib temirdan yoki cho\u2019yandan qilinganligi ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Metall buyumlarni yasaydigan turli ustalar \u2013 mixchilar (mex chegaron), taqachilar (na\u2019lbandon), sim cho\u2019zuvchila (simkashon), pichoqlar (kardagaron) bo\u2019lgan. Ba\u2019zi pichoq dastalari qimmatbaho toshlar bilan bezatilardi. Ishratxona maqbarasidagi buyumlar orasida dastasi suyakdan va g\u2019ilofi kimxobdan qilingan pichoq bo\u2019lganligi eslatib o\u2019tiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rangli metallarni ishlash metalsozlik sanoatining muhim tarmog\u2019i edi. Bu yerda mis buyumlar yasash katta o\u2019rin egallardi. Misdan uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari va boshqa buyumlar tayyorlanar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oddiy mis idish-tovoqlarning paydo bo\u2019lganligi, uning shahar aholisi keng tabaqalarining turmushiga kirib borganligidan dalolat beradi. So\u2019nggi yillarda Sherdor madrasasidan sharqroqda o\u2019tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida XIV asrning oxiri va XV asrga oid metalldan yasalgan kichi qo\u2019ra topildi. Qo\u2019ra ustida bronzadan tayyorlangan bir qancha badiiy buyumlar bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Metalldan yasalgan buyum turlarining xilma-xilligi to\u2019g\u2019risida Samarqnaddagi Ishratxona maqbarasining 1464 yilda Amir Suhrobning qizi Habiba Sulton nomidan tuzilgan vaqf hujjati bo\u2019yicha ham fikr yuritish mukin. Maqbaraga hadya etilgan buyumlar ro\u2019yxatida turli qozonlar, ko\u2019zalar, mis langard, bronzadan yasalgan xulancha, oltin suvi yuritilgan oblastda, kumush bo\u2019yinli mashraba, tilla suvi yuritilgan mis jomlar, shuningdek temir, broza, kumushdan o\u2019yib ishlangan xilma-xil yog\u2019 chiroqlar, shamdonlar, misdan ishlangan va tilla suvi yuritilgan qandillar tilga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishratxona madrasasiga hadya qilingan uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlari orasida temir oyoqli mis manqal eslatib o\u2019tiladi. Bu manqalda toshko\u2019mir cho\u2019g\u2019ida ovqat pishirilgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlar Ermitaji madaniyat va san\u2019at tarixi bo\u2019yicha yodgorliklar kolleksiyasi orasida bronzadan qilingan katta qozon va ikkita shamdon bor.&nbsp; Ular shaxsna Temurning buyurtmasi bo\u2019yicha mohirona tayyorlangan. Shamdonda Temurning nomi hamda usta Izzaddin ibn Tojiddin Isfaxoniy nomi (1397 yil) o\u2019yib yozilgan. Tarixchi ibn Arabshoh Temur maqbarasiga o\u2019rnatilgan oltin va kumush qandillar haqida eslatib o\u2019tadi. Shuni aytish kerakki, Temur tomonidan keltirilgan ustalar o\u2019z texnikasini mexanik tarzda qo\u2019llab qolmasdan, o\u2019rta osiyolik ustalar mahoratidan ham foydalangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Metalldan tayyorlangan xilma-xil buyumlarning ro\u2019yxati, shuningdek, muzeylarda saqlanayotgan narsalarning namunalari temir buyumlar yasash texnikasining ancha rivojlanganligidan, rangli metallurgiya hunarmandchiligi ishlab chiqarish darajasining o\u2019sganligidan, cho\u2019kichlar, quyish, metallga naqsh solish bilan shug\u2019ullangan xalq ustalarinig og\u2019ir mehnatidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandlik mata buyum yasovchilar va ayniqsa, zargarlar orasida metallni badiiy ishlaydigan oltin, kumush va bronza qotishmalaridan quymalar ustalar bor edi. Temur davrida qurilgan Bibixonim masjidining eshiklari yetti xil metal qotishmasidan qilingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qimmatbaho metal (oltin va kumush) buyumlar yasash Samarqand hunarmandchilik ishlab chiqarishida katta o\u2019rin egalladi. Bu hunarning rivojlanishiga asosiy sabablardan biri shuki, Temur davlatining poytaxtida mahalliy feodal zodagonlarining vac het ellardan kelgan boy savdogarlarning katta qismi to\u2019plangan edi. Ular orasida xalq hunarmandlari tomonidan tayyorlangan qimmatbaho buyumlarga talab juda katta edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va Temuriylarning saroylarida oltin va kumush suvi yuritilgan, qimmatbaho tosh va marvaridlar qadalgan idishlar bo\u2019lgan. Ayrim tarixchilar va elchilar ko\u2019rishga muyassar bo\u2019lgan bu qimmatbaho idishlar zamondoshlarining asarlarida ba\u2019zan eslatib o\u2019tilgan. Ko\u2019zalar, kosalar va patnislarga juda nozik va xilma-xil naqshlar ishlanar, jimjimador yozuvlar bitilar, nur sochib turuvchi qimmatbaho toshlardan bezak qilinardi. Bu kabi badiiy naqshinkorlik bilan ishlangan metall buyumlar boylik hashamlari bo\u2019lib hisoblanardi va faqat boy tabaqalargagina mansub edi. Bunday qimmatbaho jihozlarni tayyorlovchi ustalar feodal zodagonlariga xizmat qilishar, ular bilan yaqindan aloqada bo\u2019lardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iste\u2019molchilarning katta qismi mis va bronzadan tayyorlangan xilma-xil jihozlarni va kumushdan tayyorlangan, ammo unchalik qimmat bo\u2019lmagan buyumlarni ko\u2019proq sotib olardi. Bunday keng iste\u2019mol buyumlarini ham mohir zargarlar tayyorlardi. Yuksak malakali ustalar tayyorlagan bilaguzuklar, ziraklar va uzuklar o\u2019rta tabaqadagi xotin-qizlarning bezak buyumlari hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiiy o\u2019ymakorlik san\u2019ati alohida tayyorgarligi va bilimi bo\u2019lgan ustalarning istisoslashib borishini talab qilardi. Muhr tayyorlaydigan mutaxassislar ham bilimli bo\u2019lishi kerak edi. XVI asrda yashagan samarqandlik hunarmandlar orasida muhr tayyorlagan ustalar \u2013 muhrkorlar ham bo\u2019lganligi eslatib o\u2019tiladi. Davlat Ermitajida Temuriylar va boshqa rasmiy shaxslarning nomlari yozilgan nefrit, xrizolit, serdolik va agatdan tayyorlangan muhrlar saqlanib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrda Samarqandda zarbxona bo\u2019lib, bu yerda tanga zarb etuvchi ustalar ishlashardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davrida keng avj olib ketgan va uning ba\u2019zi vorislari hukmronlik qilgan qurol-yarog\u2019 shafqatsiz davom etgan bosqinchilik urushlari qurol-yarog\u2019 yasashni ancha rivojlantirdi. Samarqand davlatining poytaxti sifatida qurol-yarog\u2019 markaz bo\u2019lib qoladi. Amir Temurning maxsus ustaxonalarida turli qurol-yarog\u2019lar: hujum va mudofaa qurollari \u2013 dubulg\u2019alar (ularning ba\u2019zi birlarida po\u2019lat to\u2019rlar bo\u2019lardi), sovutlar, o\u2019q yoylar tayyorlanardi, qilich va o\u2019q yoy jangchilarning asosiy hujum quroli bo\u2019lib qolaverdi. Feodal hokimlar va zodagonlar uchun mo\u2019ljallangan harbiy qurollar qimmatbaho toshlar va o\u2019yma naqshlar bilan chiroyli qilib bezatilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Muhammad Sulton xonaqosiga (madrasasiga) dafn etilganidan so\u2019ng (keyinchalik uning xoki Go\u2019ri Amirga ko\u2019chirildi), tarixchi ibn Arabshohning yozishicha, maqbaraning devorlariga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimboshlari, qurol-yarog\u2019lari va anjomlari osib qo\u2019yilgan. Podshoning bu kabi qimmatbaho bezaklari mamlakat aholisi uchun naqadar qimmatbaho bezaklari mamlakat aholisi uchun naqadar qimmatga tushganligini ana shu tarixchi keltirgan ma\u2019lumotlardan yaqqol ko\u2019rish mumkin: shu buyumlardan eng kichigining bahosi butun boshli bir viloyat solig\u2019iga teng edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba\u2019zi bir boshqa ixtisosdagi hunarmandlar singari qurolsozlar ham ayrim mahallalarda yashagan bo\u2019lsa kerak. Masalan, sovutsozlar mahallasi bo\u2019lganligi bizga ma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>Kulolchilik ishi hunarmandchilik ishlab chiqarishining eng rivojlangan va muhim tarmoqlaridan biri edi. Kulollar yasagan buyumlar (O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi, Tarix va arxeologiya institutida qora va yashil bo\u2019yoqlar bilan gul solib naqshlangan va XV asrga oid tovoqlarning bo\u2019laklari bor), ayniqsa, arzon sopol idishlar, loydan yasalgan yog\u2019chiroq va o\u2019yinchoqlar mamlakat aholisining keng tabaqalariga g\u2019oyat manzur edi. Bu esa kulolchilik ishini muttasil rivojlantirishga rag\u2019batlantirar edi. G.A.Pugachenkovaning fikricha, XV-XVI asrlardagi Samarqandning butun kulolchiligi singari XV asrning birinchi yarmida ishlangan sopol tovoqlar ham o\u2019zining silliq oq foni bilan \u201cTemuriylar Samarqandni zeb-ziynat keramikasi\u201d naqsh kompozitsiyasining aktiv elementini tashkil etar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kulollar xilma-xil turdagi idish-tovoqlar ishlab chiqarishdan tashqari, binokorlik materiallari, qoplama plitalar, koshinlar, pollarga yotqiziladigan plitalar, quvurlar va chig\u2019iriq uchun ko\u2019zachalar, shuningdek, tandirlar (tandirlar vaqf hujjatlaridan biridan eslatib o\u2019tiladi) va boshqa ro\u2019zg\u2019orbop buyumlar tayyorlanar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Juda ko\u2019p binolar, asosan, toshdan monumental binolar \u2013 timlar, saroylar, madrasalar, masjidlar, karvon saroylar, ko\u2019prik va suv omborlari qurilishi munoabati bilan ushbu davrda binokorlik va pardozlar ishlari uchun keramik ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etdi. Bu binolarning ma\u2019lum qismi zabt etilgan xalqlarni talash yo\u2019li bilan olingan mablag\u2019 hisobiga qurilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda Samarqandning istehkomli qismidagi uzunligi 7 km keladigan devorlari qayta qurildi, devorlarning ba\u2019zi joylari pishiq g\u2019isht bilan qoplanadi, Ulug\u2019bek hukmronlik qilgan davrda esa rasadxona qurildi. Bunda ham xilma-xil keramika materiallaridan foydalanildi. Ana shu davrda Samarqandda keng avj olib ketgan qurilish ishlari tufayli binokorlar roli oshib ketgan edi. O\u2019sha vaqtda binokorlar orasida me\u2019morlar, muxandislar, g\u2019isht teruvchilar, suvoqchilar, ganchga naqsh soluvchilar, naqsh san\u2019atinigina emas, balki badiiy gul solishni ham biluvchilar, tosh yo\u2019nuvchilar (sangtraroshi) va duradgorlar (najjroron) bor edi. Binokor ustalar kasblariga ko\u2019ra \u201cbanna\u201d va \u201custod\u201d deb atalardi. XV asrda binokor ishchilarning qattiq ekspluatatsiya qilinganligi ko\u2019pgina yozma manbalarda qayd qilib o\u2019tiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshga sayqal berish san\u2019ati kamolotga yetadi. Bizning davrimizgacha saqlanib kelgan Temurning nefrit bilan sayqallangan qabr toshi, Temuriylar zamonasidagi sag\u2019analarning qabr toshlari, Ko\u2019ksaroydagi taxt ostiga qo\u2019yilgan zamin \u2013 Ko\u2019ktosh. Bibixonim Jome masjidida Qur\u2019onni qo\u2019yish uchun o\u2019rnatilgan tosh kursi, Samarqandning XV asrdagi binosi peshtoqini aks ettirgan va o\u2019zbek xoni Muhammad Shayboniyning o\u2019limi munosabati XVI asrda o\u2019sha peshtoqqa o\u2019yib yozilgan marsiyalar va ko\u2019pgina boshqa yodgorliklar xalq ijodkorlarining yuksak badiiy buyumlari namunalari bo\u2019lib, bularda tosh yunuvchilarning mehnati ko\u2019pincha xattotning zo\u2019r mahorati bilan qo\u2019shilib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand\u2019lik o\u2019ymakorlar O\u2019rta Osiyodagi boshqa shahar hokimlarining buyurtmasini ham bajarganlar. Vosifiyning aytishicha, Toshkent hokimi Sulton Muhammad samarqandlik tosh yo\u2019nuvchilarga Suyunchxonning maqbarasi uchun marsiya va tarix yozib berishni topshirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning ba\u2019zi bir ko\u2019chalari va mahallalari o\u2019sha mahalla aholisining bir qismi shug\u2019ullangan hunar nomi bilan atalgan. XV-XVI asrlarda shaharda tosh yo\u2019nuvchilar \u2013 Sangtaroshon masjid ko\u2019chasi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XV-XVI asrning yozma manbalarida turli shakldagi shisha idishlar: ko\u2019zachalar, qadahlar, dori solinasigan idshlar, pardoz ashyolari va boshqa ro\u2019zg\u2019or buyumlari bo\u2019lganligi aytib o\u2019tiladi. Monumental binolar va badavlat shaharliklarning uylarini qurishda rangli oynalardan foydanalnilgan. Ishratxona maqbarasi deraza panjaralariga havorang, gunafsha, sariq, yashil va qizil rangli oynalardan ko\u2019z solingan. M.Ye.Massonning olib borgan arxeologik ishlari natijasida shu narsa aniqlandiki, Go\u2019ri Amir maqbarasida va Ulug\u2019bekning shahar chekkasidagi saroyida ham maxsus tayyorlangan rangli oynalardan foydalanilgan (SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya institutida (Moskva) XIV-XV asrning ikkinchi yarmiga oid O\u2019rta Osiyo deraza oynasi bor).<\/p>\n\n\n\n<p>Vosifit Samarqandning ko\u2019pgina ma\u2019rifatli kishilarini sanab o\u2019tar ekan, shishasoz Mavlono Muhammadning nomini ham tilga oladi. U Shayboniylar avlodidan bo\u2019lgan Fo\u2019lat Sultonga shishadan tayyorlangan bir necha ajoyib buyumlarni sovg\u2019a qilmoqchi bo\u2019lgan. Samarqand territoriyasida shishasozlar mahallasi bo\u2019lganligi ta\u2019kidlab o\u2019tiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yog\u2019ochsozlar xilma-xil yog\u2019och buyumlar \u2013 to\u2019qish dastgohlari, egarlar, ikki g\u2019ildirakli aravalar, sandiqlar (ulardan ba\u2019zilarining usti charm bilan yoki temir bilan qoplangan), qush qafaslari, taroqlar, hassalar tayyorlashgan. Ishratxona maqbarasiga hadya etilgan narsalar orasida yog\u2019ochdan qilinib, tilla suvi yuritilgan naqshli hassa ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng yaxshi ustalar yog\u2019och o\u2019ymakorligi bilan shug\u2019ullanishgan, badiiy naqshlar solingan eshiklar, panjaralar, ustunlar, toqi rovoqlar tayyorlashgan. Go\u2019ri Amirdagi naqsh solib, mohirlik bilan o\u2019yib ishlangan eshiklar (hozir bu eshiklarning naqshlari yo\u2019qolib ketgan) xalq ustalari tomonidan yog\u2019ochni badiiy ishlashning eng yaxshi namunalari hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019yib ishlangan yog\u2019och bilan binolarning ichki devorlari bezatilar edi. Zahiriddin Bobirning so\u2019zlariga qaraganda, Samarqandning bozor maydonida joylashgan (keyinchalik Registon nomi bilan mashhur bo\u2019lgan) Masjidi Muqatta\u2019ning devorlari va shiplari naqsh solingan ayrim yog\u2019och bo\u2019laklari bilan bezatilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qog\u2019oz ishlab chiqarish Samarqand hunarmandchiligida alohida o\u2019rin tutgan. Samarqand tevarak-atrofida qog\u2019\u2019oz ishlab chiqariladigan maxsus ustaxonalar bo\u2019lgan. Bular asosan, bir joyda \u2013 Siyob sohillarida markazlashgan edi. Vaqf hujjatlaridan birida saqlanib qolgan ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Shayboniylar xonadonining vakilasi Mehri Sultonxonim bergan maxsus dastgohda qog\u2019oz sayqallangan. Samarqand qog\u2019ozidan uning o\u2019zidangina emas, balki boshqa madaniy markazlarda ham keng foydalanilar va unga talab katta edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Teri oshlash va ishlash kasblari bi necha mayda tarmoqlarga bo\u2019lingan edi. XV-XVI asrlarda samarqandlik ko\u2019nchilar orasida maxsi (maxsiduzon) va kalish (kafshduzon) tikadigan ustalar, etikdo\u2019zlar (muzaduzon), egarchialr (sarrojon), yugan tayyorlaydigan ustalar (lajomduzon) bo\u2019lgan. Charm kamzullar tikadigan ustalar ham bo\u2019lgan bo\u2019lishi kerak. Zamondoshlardan birining tasvirlashicha, Amir Temur nabirasi Pirmuhammad Samarqand chekkasidagi bog\u2019da o\u2019tkazgan ziyofatda o\u2019z mahoratini ko\u2019rsatgan polvonlar yengsiz charm kamzullar kiyib yurgan. Doimiy bo\u2019lib turadigan feodal urushlari sharoitida kamon o\u2019qi uchun charmdan tayyorlangan o\u2019qdonlarga va kamon uchun charm g\u2019iloflarga talab juda ham katta edi. Eski poyabzallarni tuzatib beradigan yamoqchi ustalar etikdo\u2019zlar orasida alohida gruppani tashkil etardi. Boylar ularni \u201cpast\u201d kasb egalari deb hisoblardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u2019yra to\u2019qish Samarqand mehnatkash aholisi bir qismi uchun yashasha manbai edi. Qamishdan to\u2019qilgan bo\u2019yralar xalq turmushida keng qo\u2019llanar va qurilish ishida zarur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrda yashagan tarixchilar bo\u2019yra to\u2019qish ustalarining yuksak san\u2019atini qayd qilib o\u2019tishgan. Temurning Hindistonga qilgan yurishidan qaytib kelishi munosabati bilan o\u2019tkazilgan tantanalarda samarqandlik ustalar \u201cajoyib bo\u2019yralar\u201d to\u2019qishda o\u2019z mahoratlarini ko\u2019rsatganlar. Ibn Arabshohning yozishicha, mohir ustalar qamishdan kamon va qilich bilan qurollangan otliq askar haykalini yasaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Daraxt chiviqlaridan turli-tuman savatlar to\u2019qilgan. Miniatryuralarg qrab fikr yuritsaak, bu savatlardan binokorlik materiallarini tashish uchun, shuningdek, uzum solish (savatlarning hajmi to\u2019g\u2019risida Vosifiyning bergan ma\u2019lumotlariga qarab xulosa chiqarish mumkin. Uning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, shunday savatlardan biridagi uzumning tagiga bir kishi yashirinib olgan), non solish uchun va boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Samarqandda savat to\u2019quvchilarning bozori bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir toifa kishilar kitob muqovalash bilan shug\u2019ullanishgan. XV-XVI asrlarda jamiyatning oqsuyak tabaqalari uchungina emas, balki boy savdogarlar va aholining hunarmand qismi uchun mo\u2019ljallangan ko\u2019plab tarixiy va adabiy asarlar paydo bo\u2019la boshlagan edi. Shu munosabat bilan o\u2019sha davrda adabiy asarlarning muqovasini badiiy jihatdan bezatish, jumladan, muqovalash, san\u2019ati yanada rivoj topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kitoblarning bi qismi charm muqova bilan jildlanardi. Muqovalar kartondan ham qilinar edi, ularning yuz tomoni silliq qilib ishlanardi. Kitoblarning muqovsiga tilla yoki bo\u2019yoq bilan naqsh solinardi. Nodir kitoblar charm va qimmatbaho matodan qilingan g\u2019iloflarda saqlanar edi. Chunonchi, Ishratxona maqbarasiga topshirilgan buyumlar orasida charm muqovali qur\u2019on ham bor edi. Bu qur\u2019on charm g\u2019ilofga solinib, baxmalga o\u2019rab qo\u2019yilgan. Vosifiy o\u2019z asarlarida qog\u2019oz saqlash uchun mo\u2019ljallangan charmdan ishlanib naqsh solingan g\u2019ilof bo\u2019lganini eslatib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqovasozlarning ustaxonalari bozorlarda joylashgan edi. Masalan, Samarqanddagi Attaron bozorida muqovasoz Mullazodaning do\u2019koni bo\u2019lgan. Xonlar va amirlarning kutubxonalarida maxsus muqovachilar ishlagan. Ularning ba\u2019zilari xon saroyiga bo\u2019ysundirilgan shaharlardan olib kelingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019n, bosh kiyimlar, po\u2019stin tikish kasbi ham rivojlana bordi. Po\u2019stindo\u2019zlar po\u2019stinlarni, asosan, dashtli rayonlarda yashovchi aholiga sotish uchun tayyorlaydilar, qolaversa, yilning sovuq vaqtlarida ayrim tog\u2019li rayonlarning mahalliy aholisi ham po\u2019stin kiyishni yaxshi ko\u2019rardi. Zahiriddin Bobir sovuq qattiq bo\u2019lgan katta paytda unga eski mo\u2019yna po\u2019stin topib keltirishgani haqida yozadi. Zayniddin Vosifiy esa mo\u2019yna po\u2019stinlar haqida gapiradi. U ana shu po\u2019stinlarni Samarqandda bo\u2019lganida qor yog\u2019ib, haddan tashqari sovuq bo\u2019lgan paytda kambag\u2019al talabalarga bergan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning boshlarida Samarqandda Tim Telpakfurushon (bosh kiyimlar rastasi) qurildi. Bu yerda bosh kiyim tikadigan ustalarning ustaxonalari va savdo do\u2019konchalari joylashgan edi (keyinchalik o\u2019sha asrdayoq bu joy tekislanib, boshqa joyda yangi rasta qurildi).<\/p>\n\n\n\n<p>Zardo\u2019zlar zardan qimmatbaho kiyimlar va ularning ayrim bo\u2019laklarini tikishardi. Bunday buyumlar sultonlar, ularning oilalari va feodal zodagonlar uchun mo\u2019ljallanar edi. Temur saroyida turgan Klavixo saroydagi amaldorlarning zar bilan tikilgan, \u201cjuda chiroyli qilib\u201d marvarid, qizil yoqut va boshqa qimmatli toshlar qadalgan ajoyib to\u2019nlar kiyganligini qad etadi. Shu davrdagi ko\u2019pgina miniatyuralarda amaldorlarning zarbof to\u2019n kiyganligi ko\u2019rsatilgan. \u201cMuzakkir alasxob\u201d asarining muallifi Muhammad Badi\u2019 Malixoning (XVII asr boshlari) aytishicha, Samarqandda zardo\u2019zlar mahallasi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Gorkiy so\u2019zlari bilan aytganda san\u2019atning asoschilari kulollar, temirchilar, zargarlar, to\u2019quvchilar, g\u2019isht teruvchilar, duradgorlar, o\u2019ymakorlar, qurol yasovchilar bo\u2019lganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat poytaxtiga savdogarlar, shuningdek, qo\u2019shni qishloqlarning dehqonlari tez-tez kelib turar edilar. Dehqonlar bu yerga qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari olib kelar va o\u2019zlariga kerakli hunarmandchilik buyumlarini xarid qilishar edi. Bu yerda asosan buzorlar yoki ularga yonma-yon bo\u2019lgan territoriyada joylashgan ustaxonalarda ishlovchi ko\u2019pgina hunarmandlar bor edi, pazandachilil ham ancha rivoj topgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hujjatlarida bu yerda qovurilgan no\u2019xat sotadigan do\u2019konchalar, nonvoyxonalar, somsa do\u2019konlari va maxsus do\u2019konchalar borligi hamda kallapazlarning qo\u2019y kallasini pishirib sotganligi eslatib o\u2019tiladi. Xolvagar ustalar holva va turli shirinliklar tayyorlashardi, shu yerda, bozorning o\u2019zida go\u2019sht do\u2019konlarinig asosiy qismi joylashgan edi, oshpazlar esa yassiq ovqatlar tayyorlashardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixoning ta\u2019kidlab o\u2019tishicha, shaharda o\u2019tkazilgan tantanalarda hunarmandlar bilan bir qatorda oshpazlar, qassoblar va nonvoylar ham majburiy ravishda qatnashardilar. Uning so\u2019zicha, shaharda ko\u2019pgina maydonlar bo\u2019lib, bu joylarda \u201cqovurilgan, pishirilgan, dimlangan go\u2019sht, juda ozoda qilib pishirilgan tovuq va boshqa parranda go\u2019shtlari sotiladi, shuningdek, har xil nonlar va turli-tuman mevalar sotib olish mumkin ediki, bularning hammasi juda pokiza edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaqf hujjatlariga ko\u2019ra, madrasada xizmat qiluvchi shaxslar orasida odatda vaqf xo\u2019jalik boshqaruvchilari pul yoki don bilan (\u201cyoxud har ikkalasidan muayyan miqdorda\u201d) haq to\u2019lash evaziga yollagan oshpazlar ham bo\u2019lar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asr oxiri va XV asrlarda Samarqandning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarining kuchayish natijasida boshqa mamlakatlardan mol va hunatmandchilik mahsulotlari tashib keltirish ancha ko\u2019paydi. Ajnabiy ustalarning qimmatbaho buyumlarini asosan, ekspluatator sinf namoyandalari olishardi. Bunday mollar Samarqand bozorlaridagi mollarning ozgina qismini tashkil qilardi. Biroq chet ellardan keltirilgan mollar va hunarmandchilik mahsulotlarinign bir qismi aholining keng tabaqalari uchun mo\u2019ljallangan edi. Masalan, keltirilgan bo\u2019yoqlar, xom terilar, mo\u2019ynalar, mum va boshqa buyumlar hunarmandlarga material bo\u2019lib xizmat qilardi. Badavlat shaharliklar ehtiyojlarini qondirishga mo\u2019ljallab O\u2019rta Osiyo shaharlariga gazmollar va uy-ro\u2019zg\u2019or buyumlarining ba\u2019zi bir turlari keltirilardi. Chet eldan keltirilgan mollar mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulot miqdoridan ancha kam bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Biroq, shunga qaramay, chet eldan keltirilgan mollarning xilma-xil nomlari o\u2019sha asrlarda yozilgan ko\u2019pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqaro savdo markazi bo\u2019lgan Temuriylar imperiyasning poytaxti \u2013 Samarqandga ipak gazmollar tashib keltirilardi. O\u2019sha davrdagi tarixchilarning so\u2019zlariga qaraganda Samarqandda Hindiston, Rossiya, Tatariston, Xitoy va boshqa joylardan keltirilgan turli mollar, shuningdek, Samarqand podsholigining o\u2019zida ishlab chiqarilgan mollar har yili sotilardi. Samarqand podsholigi bunday mollarga \u201cjuda boy edi\u201d. XV asrda yashagan tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy farang gazmollari vac het el mollarini eslatib o\u2019tadi. Boshqa mualliflar \u201csakarlot\u201d movuti to\u2019g\u2019risida, xitoy chinnisi, hind quroli, cherkas pichoqlari haqida yozadi. Zayniddin Vosifiy o\u2019z asarida \u201cfarang pichog\u2019i\u201d bilan temir panjarani kesganligini eslaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Temuriylardan Abu Said saltanati davrida tantanali marosimlar o\u2019tkazib turilgan. Bu marosimlarda samarqandlik hunarmandlar majburiy ravishda xitoy kimxoblari va farang gazmollaridan turli-tuman kiyimlar tikishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yupqa, oq gazmol, nil, ziravorlar va xushhidli narsalar Samarqandga Hindistondan, surup va marvarid Erondan, mum, qimmatbaho mo\u2019yna va terilar Rusiya, Volga bo\u2019yi va Sibirdan keltirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqanddan chet mamlakatlarga olib borib sotiladigan narsalar orasida to\u2019qimachilik buyumlari, asosan, arzon ip gazlamalar salmoqli o\u2019rin egallardi. Shuningdek, duxoba, qimmatbaho shoyi gazmol, qog\u2019oz, meva, guruch, paxta ham tashqi bozorga chiqarilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Talonchilik harbiy yurishlar vaqtida katta boylik orttirgan Temur o\u2019z poytaxtini yanada vaqtida katta boylik orttirgan Temur o\u2019z poytaxtini yanada ko\u2019kka ko\u2019tarish va bezatish uchun, yangi savdo muassasalari&nbsp; qurish uchun ko\u2019plab mablag\u2019 sarflardi. U \u201csavdogarlar tufayli dunyo obod bo\u2019lgan\u201d deb hisoblar va dunyoning ko\u2019pgina mamlakatlari, shu jumladan, Ispaniya, Fransiya, Angliya bilan erkin savdo munosabatlarini olib borishga harakat qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning farmoni bilan yo\u2019llar obodonlashtirildi, saltanat poytaxtida gumbazli binolar, karvon saroylar, mol saqlanadigan omborlar qurildi. Klavixo Samarqandda hamma narsani tartib bilan sotishga katta joy bo\u2019lmagani uchun Temur shahar o\u2019rtasidan ko\u2019cha o\u2019tkazib, uning ikki oyiga rastalar qurishni buyurgani, bu ishning juda tezda amalga oshirilganligi haqida gapiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandchilikning rivojlanishi tufayli Samarqandda bozorlar ko\u2019paydi, ayrim xildagi buyumlar bilan savdo qiladigan rastalar paydo bo\u2019ldi. Bozorlarning har birida asosan bir xildagi mollar sotilar edi, bozor esa sotiladigan mollarning nomi bilan atalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharda ixtisoslashgan savdo binolari \u2013 timlar, do\u2019konlar, hunarmandchilik ustaxonalari ko\u2019p bo\u2019lib, ularning nomlariga ko\u2019ra, bu yerda hunarmandchilik mahsulotlarining muayyan turlari tayyorlanar va sotilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur hukmronlik qilgan yillarda Samarqandning hunarmand aholisi boshqa mamlakatlardan olib kelingan ustalar hisobiga ko\u2019payib bordi. Temur shaharlarni zabt etgan vaqtda o\u2019zi bilan birga mahalliy ustalarni ham olib kelar va ularni O\u2019rta Osiyo shaharlari hamda qishloqlarida, asosan, Samarqnadda joylashtirar edi. Sharafuddin Ali Yazdining fikricha, Temur barcha rassomlar va hunarmandlarni Samarqandga olib kelishni buyurgan. \u201cU ayniqsa turli kasbdagi ustalarni to\u2019plashga harakt qilardi\u201d, &#8212; deb yozgan edi Klavixo. A.Yu.Yakubovskiyning yozishicha, \u201cSamarqnadning ishlab chiqarish bazasini kuchaytirish maqsadida Temur Oltin O\u2019rda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Karmana, Messopotamiya va boshqa o\u2019lkalardan hunarmandlarni majburiy suratda ko\u2019chirib keltirgan edi\u201d. Podshoning maxsus xizmatkorlari ustalardan birontasi o\u2019z vataniga qochib ketmasligi uchun ularni nazorat qilib turishardi. Amudaryoning o\u2019ng sohilidan chap sohiliga maxsus ruxsatnomasi bo\u2019lgan odamlargina o\u2019tkazilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davrning tarixchilari Samarqand hunarmandlarining milliy sostavi turlicha bo\u2019lganligini ta\u2019kidlaydi. Ibn Arabshoh 1396 yilda shaharda bo\u2019lgan tantanalarni tasvirlab, jahondagi barcha mamlakatlarning hunarmandlari turli kiyimlarda o\u2019z mamlakatlarining urf-odatiga ko\u2019ra o\u2019z kasblari bo\u2019yicha noyob bezaklar ishlashganligini, har xil matolardan bayram kiyimlari tikishganligini aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hunarmandlari shahar ekonomikasida muhim rol o\u2019ynabgina qolmasdan, balki madaniy hayotda ham faol qatnashganlar. Bu esa madaniyatning yanada ravnaq topishiga samarali ta\u2019sir ko\u2019rsatgan. F.Engelsning o\u2019rta asr Yevropasi xususida aytgan quyidagi so\u2019zlari bu jihatdan xarakterlidir: \u201c\u2026Shahar aholisi sinf bo\u2019lib qoldi, bu sinf ishlab chiqarish va savdo munosabatlari, maorif, ijtimoiy va siyosiy muassalarni yanada rivojlantirishning jon-tani bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandlar O\u2019rta Osiyo shahrining madaniy tabaqasini tashkil etuvchi kishilar guruhiga kirar edi. XV-XVI asrlardagi shoirlar, muzikachilar, tarixchilarning bir qismi badavlat hunarmandlar va mayda savdogarlar orasidan yetishib chiqqan edi. Samarqandlik shoirlar \u2013 sovungarlar rastasining oqsoqoli Javhoriy, tikuvchi Mavlono Havofiy, shuningdek, shoirlar Mavlono Mir Arg\u2019un Hamado\u2019z (chodirdo\u2019z), Mavlono Kobuliy G\u2019azalfurush (kalavafurush), Mavlono Kamrdo\u2019z (tasmado\u2019z) va Bisotiy Samarqandiy (bo\u2019yra to\u2019quvchi usta) shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asr tarixchilarning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Samarqandning shimoli-sharqida joylashgan Konigil hokimlarning sayilgohi bo\u2019lgan. Bu yerda katta tantanalar, bazmlar o\u2019tkazilgan. Samarqanddan Konigilgacha bo\u2019lgan yo\u2019l bo\u2019yida, Konigilning o\u2019zida ham do\u2019konlar, rastalar, ayvonlar qurilgan bo\u2019lib, bularda hunarmandlarning xilma-xil buyumlari va savdogarlarning mollari qo\u2019yilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davrda bu manzarani o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan kishilarning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, hatto bayram tantanalarini o\u2019tkazgan vaqtda savdogarlar va hunarmandlar hokimlarning amri bilan sayilgoh joyiga borganlarida ham \u201char bir kasbga oid buyumlar alohida ko\u2019chaga joylashtirilgan edi\u201d, ya\u2019ni hatto do\u2019konlar va hunarmandchilik ustaxonalari biron joyga vaqincha ko\u2019chirilganida ham, ular o\u2019z ishlab chiqarish belgilariga qarab joylashtirilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har bir soha ustalari bir xil kasbdagi hunarmandlar rastasiga qarardilar. U barcha hunarmandlar va barcha kasb egalarini qamrab olmagan bo\u2019lsa kerak. Lekin XV asr tarixchilarining ma\u2019lumotiga qaraganda, yetakchi ishlab chiqarish sohalaridagi ustalarning ayrim tsexlarga birlashganliklari xarakterli voqeadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Garchi shahar va qishloq xo\u2019jalik hayoti uchun zarur bo\u2019lgan barcha narsalar hunarmandlarning kundalik mehnati bilan yaratilganiga, chinakam san\u2019at asarlari hisoblangan va ayrim nusxalari hozirgi vaqtda ham mamlakatimiz vac het el muzeylarida saqlanayotgan badiiy buyumlar xalq ustalarining qo\u2019li bilan barpo etilganiga qaramay, \u201cTemur tuzuklari\u201ddan ko\u2019rinib turganidek, Temur hukmronlik qilgan davrdagi qonunlarga binoan, hunarmandlar o\u2019n ikki tabaqaga bo\u2019lingan mamlakat aholisining o\u2019n birinchi tabaqasiga mansub bo\u2019lgan xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda hunarmandlarning o\u2019zlari ijtimoiy jihatdan butun bir tabaqani tashkil etmay, mulkiy va huquqiy jihatdan bir-birlaridan ajralib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishlab chiqarishning ba\u2019zi bir sohalarida ustalarning rahbarligi ostida yordamchi ishchilar ham ishlashardi. Qog\u2019oz ishlab chiqaradigan ustaxonalar va boshqa shunga o\u2019xshash korxonalarda ish og\u2019ir bo\u2019lib, yordamchi ishchila talab qilinar edi. Boshqa sohalarda usta faqat shogirdning mehnatidan foydalanardi. Klavixo Samarqand yaqinida o\u2019tkazilgan tantanalarda hunarmandlarning ishtirok etishini tasvirlab, savdogarlar va hunarmandlar ixtiyorida yordamchi ishchilar borligini qayd qiladi. \u201cHamma savdogarlar, &#8212; deb yozadi u, &#8212; o\u2019z mollari va ishchilari bilan shahardan chiqishib, O\u2019rdada har bir kasb egalari uchun ayrim ajratilgan ko\u2019chada joylashib oldilar\u201d. Zahiriddin Bobir XVI asrda yollanma asosda ishlovchi yordamchi ishchilar bo\u2019lganligini ta\u2019kidlab o\u2019tgan. Ko\u2019pgina hunarmandchilik ustaxonalarida muzdur deb atalavurchi yordamchi ishchilar yollanma asosda ishlashga faqat vaqtincha jalb qilingan bo\u2019lsa kerak. K.Marks o\u2019rta asr shahrini xarakterlab, \u201cshaharlarning kunbay asosida ishlashga bo\u2019lgan muhtojligi oddiy kishilarni vujudga keltirdi\u201d degan edi. Bu qoida o\u2019rta asr Samarqandi uchun ham xarakterli deb hisoblash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, hunarmand qullar ham bor edi. Ularni urushlardagina qo\u2019lga tushirib qolmay, balki bozorda ham sotib olardilar. XV-XVI asrlarda qul savdosi hujjatlardagi ma\u2019lumotlarda aks etgan. Biroq hunarmand qullarning soni erkin hunarmand aholi ommasiga nisbatan juda oz edi. O\u2019sha davrda qullar mehnati hunarmandchilik ishlab chiqarishida jiddiy rol o\u2019ynamas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandlar tabaqasi usta qo\u2019lida shogirdlik ta\u2019limni o\u2019tagan shogirdlar hisobiga (asosan bolalar va hunarmandlarning qarindosh-urug\u2019lari hisobiga) to\u2019lib bordi. Shogirdlarga hunar o\u2019rgatilibgina qolmasdan, balki ulardan ishlab chiqarish ustaxonasi va uy xo\u2019jaligida yordamchi ishchi kuchi sifatida ham foydalanilardi. Maslakali ustaga har qanday kishi ham shogird bo\u2019la olmas edi. Badavlat kishilarning bolalarigina o\u2019sha davrnign taniqli xatot va rassomlariga shogird bo\u2019lishlari mumkin edi. Malakali zargarlar, ganchga, toshga o\u2019yib gul soluvchi naqqoshlar va boshqa hunarmandlarga shogird tushish ishi ana shu ahvolda bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning o\u2019sa borishi mehnat unumdorligining oshishiga ta\u2019sir ko\u2019rsatdi, shaharlar chegarasini yanada kengaytirishga olib keldi, shahar hayoti bilan uzviy bog\u2019liq bo\u2019lgan Samarqand atrofida yashovchi aholini shahardagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga jalb eta bordi. Bularning hammasi savdo do\u2019konlari, hunarmandchilik ustaxonalari qurishni kuchaytirish va ko\u2019paytirishga, yangi bozorlar, savdo rastalari va karvon saroylarning paydo bo\u2019lishiga olib keldi. Lekin ishlab chiqarishning ixtisoslashish jarayoni hunarmandchilik buyumlariga bo\u2019lgan talabning orta borishi oqibatida, shaharning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi natijasida ro\u2019y berdi. Biroq hunarmandchilik ishlab chiqarishning kengayish va o\u2019sish jarayoni butun XV asr mobaynida bir tekisda borgan emas va hunarmandchilikning barcha sohalari bir xilda o\u2019z ichiga qamrab ola olmagan. Bu esa umumtarixiy shart-sharoitlarga bog\u2019liq edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV-XV asrlar oxirida Samarqand savdo-sotiq ishlari olib boriladigan yirik shahar bo\u2019lib, bu yerga Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Volga bo\u2019yi, Rus, Sibir va Uzoq Sharqdan: Yevropaning olis mamlakatlaridan turli tilde so\u2019zlashuvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hunarmandchilik-va-savdo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153338","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153338","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153338"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153340,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153338\/revisions\/153340"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}