{"id":153341,"date":"2025-09-15T08:13:55","date_gmt":"2025-09-15T05:13:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153341"},"modified":"2025-09-15T08:13:56","modified_gmt":"2025-09-15T05:13:56","slug":"samarqand-xiv-xv-asrlar-movarounnahrda-ilmiy-tafakkurning-markazi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-xiv-xv-asrlar-movarounnahrda-ilmiy-tafakkurning-markazi\/","title":{"rendered":"Samarqand \u2013 XIV-XV asrlar Movarounnahrda ilmiy tafakkurning markazi"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019rta Osiyo xalqlarining madaniyati o\u2019z rivojlanish tarixida mashaqqatli yo\u2019lni bosib o\u2019tdi. Bu madaniyat murakkab sharoitda: ajnabiy bosqinchilarning tez-tez bo\u2019lib turgan va ko\u2019pgina madaniyat boyliklarini nobud qilgan hujumlari, deyarli uzluksiz bo\u2019lib turgan o\u2019zaro urushlar, mehnatkashlarning mahalliy va ajnabiy ekpluatatorlarga qarshi olib borgan kurashi jarayonida rivojlandi. Xalqning asrlar davomida vujudga keltirgan buyuk ijodi-moddiy madaniyat boyliklari ba\u2019zan xarobazorga va kultepaga aylandi, juda oz miqdorda saqlanib qolganlarigina yangidan madaniyat kurtaklari yoza boshladi. Xalqning eng yaxshi farzandlari ularni ardoqlab o\u2019stirdilar, ijod qildilar, o\u2019z o\u2019tmishdoshlarning progressive an\u2019analarini davom ettirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davlatining tashkil topish jarayonini tasvirlash bizning vazifamizga kirmaydi. Faqat shu narsani ta\u2019kidlab o\u2019tish kerakki, Temur davlatining tashkil bo\u2019lishiga asosan shundan oldin uzoq vaqt davom etgan sinfiy kurash, uning keskinlashuvi, shuningdek, hukmron sinf \u2013 feodallar o\u2019rtasidagi isyonlar yordam berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahondagi eng qadimiy shaharlardan biri bo\u2019lgan Samarqand Sharqda yirik savdo markazi sifatida mashhur edi. Hindiston, Xitoy, Eron va Sharqiy Yevropa bilan bo\u2019lgan savdo munosabatlari Samarqandning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur o\u2019z poytaxtiga muhim siyosiy ahamiyat berib, uni go\u2019zal va ulug\u2019vor shahar qilishga intildi. Lekin u ruhoniylarning juda katta ta\u2019sirini nazarda tutdi, bu esa qurilishning asosiy yo\u2019nalishini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriylar hukmronlik qilgan davr muhtojlikda kun kechirgan xalq ommasini ayovsiz ezish davri edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yer va suvga egalik qilish huquqi ham mansabli, ham mansabsiz feodal zodagonlariga mansub edi. Shuning uchun ham katta yer egaligi feodallarning moddiy bazasini tashkil qilardi. Yer odatda feodal hokimiyati namoyandalariga \u201csuyurg\u2019ol\u201d sifatida merosiy mulk qilib berilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodal mulkdorlar ko\u2019p soliqlar va mehnat majburiyatlari bilan dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilardi; jumladan, mehnatkash dehqonlar butun hosilning 0,4 qismigacha \u201cxiroj\u201d tariqasida xazinaga topshirishga majbur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning juda katta feodal davlati \u201cSohibqiron\u201d \u2013 \u201cZamon hukmdori\u201dning qattiqqo\u2019lligi tufayligina saqlanib tutardi. Temur hukmdorligining tashqi dabdabasi va go\u2019zalligi uning ichdan zil ketayotgan sinfiy qarama-qarshiliklarini yashirib turardi, chunki mamlakat ichida jamiyatning turli tabaqalari o\u2019rtasida kurash qizg\u2019in tus olgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur 1405 yil fevral yurishlardan birida kasal bo\u2019ladi va O\u2019tror shahrida vafot etadi. Uning o\u2019limidan keyin hokimiyat uchun kurash boshlanadi va to\u2019rt yil davom etadi. Bu kurashda Temurning o\u2019g\u2019li Shohruh g\u2019olib chiqadi. U ikkita mustaqil davlat: markazi Hirotda bo\u2019lgan Xuroson davlati, unga Shohruhning o\u2019zi boshchilik qiladi va markazi Samarqand bo\u2019lgan Movarounnahr davlatini tuzadi va unga Shohruhning o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek sulton qilib tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek hukmronlik qilgan davrdagi yurishlar qisqa muddatli bo\u2019lib, Temur zamonidagi yurishlari nisbatan butunlay boshqacha xarakterda edi: ba\u2019zi hollarni istisno qilganda, bunday yurishlar juda zararli bo\u2019lgan, urushqoq qo\u2019shinlari tomonidan xavf tug\u2019ilgan taqdirgagina amalga oshirilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019nggi marta u 1427 yilda shahzoda Buroqqa qarshi yurishga otlandi. Shahzoda asossiz ravishda Sirdaryogacha bo\u2019lgan yerlarga egalik qilishni da\u2019vo qilib chiqdi. Shundan keyin Ulug\u2019bek yigirma yil mobaynida, hatto, Sirdaryo yoki Mo\u2019g\u2019uliston tomonidan u hukmronlik qilayotgan davlat chegarasiga bostirib kirgan vaqtda ham biror marta harbiy yurish qilmadi. Ulug\u2019bek davrida harbiy yurishlar juda oz bo\u2019lib, hammasini birga qo\u2019shib hisoblaganda ikki yil va ko\u2019pi bilan uch yildan oshmaydi. Qolgan vaqtlarda Ulug\u2019bek harbiy ishlar bilan shug\u2019ullanmay, fanga berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek boshqa ko\u2019pgina hokimlardan farqli o\u2019laroq davlat arbobi sifatida emas, balki asl olim sifatida ajralib turar edi. Buning ustiga Ulug\u2019bekning fan bilan qiziqizishi uning davlat faoliyatiga ma\u2019lum darajada salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek davrida qurilish ishlari rivojlana bordi; bir tomondan, yangi-yangi imoratlar qad ko\u2019tardi, ikkinchi tomondan, ungacha boshlang\u2019ich qurilishlar nihoyasiga yetkazildi. Ulug\u2019bek o\u2019z dushmanlarini uzil-kesil tinchitib ulgurmasida, 1417 yildayoq uning farmoniga binoan Buxoroda, Samarqandda (1420 yil) va G\u2019ijduvonda (1432-1433 yillar) madrasalar, Marvda diniy mahkamalr (Abdurazzoq) qurildi. Ulug\u2019bek madrasasining yonida sultonning amri bilan katta hammom bunyod etildi. Samarqandda mashhur rasadxona qad ko\u2019tardiki, bu haqda keyinroq batafsil gapirib beramiz. Bibixonim masjidi, Go\u2019ri Amir maqbarasi qurilishi tugallandi, Shohizinda ansambli poyoniga yetkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek shaxsiy hayotida ham, siyosiy faoliyatida ham islom dini aqidalariga yopishib olgan o\u2019z otasi Shohruxdan tamomila boshqacha yo\u2019l tutgan. Shohruh Hirotda din peshvolari bilan o\u2019ralashib qolgan, har haftaning juma kuni muntazam ravishda masjidga borib nomoz o\u2019qigan, man etilgan bazmlarni qattiq ta\u2019qib qilgan bir sharoitda, Ulug\u2019bek Samarqandda olimlar va shoirlar doirasida bo\u2019lib, ko\u2019pincha din aqidalariga zid ishlar qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Ulug\u2019bekning faoliyati uning o\u2019tmishdoshlari faoliyatidan ko\u2019p jihatdan farq qilar edi va, shubhasiz, bu hol o\u2019sha zamonda, ayniqsa, fan sohasida progressiv rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 Navoiy bunday degan edi: \u201c\u2026 Ulug\u2019bekning butun qarindosh-urug\u2019lari vafot etib ketdi. Bizning zamonamizda ularni kim eslayapti? Ammo Ulug\u2019bek fanga qo\u2019l uzatib, ko\u2019pgina narsalarga erishdi\u201d. Darhaqiqat, bizning davrimizda, masalan, uning otasi Shohruxni kim eslaydi? Hatto olimlarning asarlari bag\u2019ishlangan hokimlarning nomlari ham tez orada unutilib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fanga bo\u2019lgan zo\u2019r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug\u2019bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e\u2019tirof etildi, shuhratga sazovor bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zo\u2019r qobiliyat, o\u2019tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to\u2019plash shunga olib keldiki, Ulug\u2019bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug\u2019bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o\u2019z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida o\u2019zining ko\u2019pgina zamondoshlaridan o\u2019zib ketdi. Shunday qilib, oldin o\u2019tgan ajdodlar \u2013 O\u2019rta Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug\u2019bek bilimlarining asosiy manbai bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi, ana shu sohaga oid ajoyib asarlarning yozilishi va nihoyat, buyuk astronomlar va matematiklar bilan yaqin munosabatda bo\u2019lishi Ulug\u2019bek ilmiy faoliyatining asosiy yo\u2019nalishini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek zamonasida \u201cSolnomalar qaymog\u2019i\u201d nomli ajoyib asarning avtori tarixchi Lutfulla Hofizi Abro\u2019 (1431 yilda vafot etgan), falsafiy tasavvuf xarakteridagi \u201cAt-tarifati Jurjoniy\u201d risolasining muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy (1413 yilda vafot etgan), mashhur medik Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy (1412 yilda vafot etgan), Xayoliy Buxoriy (1449 yilda vafot etgan), 1409-1410 yillarda yozilgan \u201cYusuf va Zulayho\u201d dostonining muallifi Badaxshiy Durbek, qasida jarining asoschisi Sakkokiy (1465 yoki 1468 yilda vafot etgan) va boshqa fan, adabiyot va san\u2019at namoyandalari yashab ijod qildilar. Mashhur xattotlar Abdurahmon Xorazmiy va uning o\u2019g\u2019illari Abdurahim va Abdulkarimlar Samarqandda yashadilar. Ular xusnixat san\u2019atining ajoyib turlarini va yangi shakllarini yaratdilarki, bular hozirgi kunda ham qadimiy yodgorliklarni bezab turibdi (qo\u2019lyozmalar yog\u2019ochga, marmarga, metallga o\u2019yib yozilgan xatlar va hokazo).<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi tomondan, reaktsion ruhoniylar tarafidan ta\u2019qib qilingan fan va madaniyat arboblari o\u2019zlarining progressiv g\u2019oyalarini ochiq-oydin aytishdan qo\u2019rqdilar. Biroq o\u2019zbek xalqinign ilg\u2019or namoyandalari har qanday qiyinchiliklarga qaramay, haqiqat uchun kurashdilar, ishladilar va ijod qildilar, jahon fani va madaniyati xazinasiga o\u2019z hissalarini qo\u2019shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek o\u2019zini ilmiy ishga bag\u2019sihlab va o\u2019z imkoniyatlaridan foydalanib, Samarqandda madrasa qurdirdi, bu madrasa Ulug\u2019bekning katta harakati tufayli o\u2019z davrining ilg\u2019or oliy o\u2019quv yurti sifatidagina emas, balki ilmiy muassasa sifatida ham shuhrat qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adabiyot, san\u2019at va fan namoyandalari Ulug\u2019bek atrofiga to\u2019plangan edi. Ular orasida astronomlar yetakchi, faxrli o\u2019rin egallardi. Ulug\u2019bekning faol ishtiroki bilan va uning rahbarligi ostida ilmiy ish muvaffaqiyatli rivojlandi. Astronomiya bilan muntazam shug\u2019ullanish muqarrar suratda tegishli kuzatishlarga hamda aftidan astrolyabiya, parallaktik chizgilar, quyosh soati va boshqa shu kabi asboblar yordamida eng soda astronomic o\u2019lchovlarga olib keldiki, bu esa rasadxona qurish uchun zarur zamin bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek madrasa qurgandan keyin unda ta\u2019lim beradigan olimlarni o\u2019zi tanladi. Ulug\u2019bek avval olimlar bilan suhbatlashib, ularning ilmiy malakasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qilgach, ishga tayinladi. Jumladan, \u201cmadrasa binosi bitishga yaqinlashganda, u yerdagi odamlar Ulug\u2019bekdan madrasaga kimni mudarris qilib tayinlamoqchisiz, deb so\u2019raganda, Ulug\u2019bek, barcha fanlardan xabardor bo\u2019lgan biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu yerda g\u2019ishtlar orasida iflos kiyimda o\u2019tirgan mavlono Muhammad Ulug\u2019bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o\u2019rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin Ulug\u2019bek uni imtihon qila boshlab, uning chinakam bilimdon odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to\u2019g\u2019risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida leksiya o\u2019qigan; mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan leksiyasini Ulug\u2019bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug\u2019bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G\u2019oyat bilimli bo\u2019lgan bu olimni zamondoshlari \u201cO\u2019z davrining Aflotuni\u201d deb ataganlar. U Samarqandda dafn etilgan bo\u2019lib, Qozizodaga yuksak baho bergan Ulug\u2019bekning farmoniga ko\u2019ra, uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Bu maqbara Shohizinda maqbaralari yaqinida joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek maktabi tarixida muhim rol o\u2019ynagan boshqa yirik matematik va astronomlardan biri G\u2019iyosuddin Jamshid ibn Ma\u2019sud edi. U 1416 yildayoq astronomic asboblar to\u2019g\u2019risida risola yozgan edi. Bu asboblarning ko\u2019pidan Ulug\u2019bek rasadxonasida foydalanilgan. Biz bu haqda keyinroq gapiramiz. U matematika va astronomiyaga oid bir qancha asarlarning avtori hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek maktabida ish olib borgan Muiniddin, uning o\u2019g\u2019li Mansur Koshiy va Koshiyning shogirdi, Ulug\u2019bek asarlarining sharhchisi Ali ibn Muhammad Birjondiylar ham taniqli astronomlar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek asarlarining sharhchisi, Qozizoda va Ulug\u2019bekning iste\u2019dodli shogirdi, samarqandlik matematik va astronom Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchini ham eslatib o\u2019tish kerak. U \u201co\u2019z davrining Ptolemeyi\u201d deb nom olgan. Ali Qushchi ilmiy ishda Ulug\u2019bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug\u2019bek maktabi namoyandasi sifatida, Ulug\u2019bek asarlarining sharhchisi, Qozizodaning Nabi Miram Chalabiy nomi ham diqqatga sazovordir.<\/p>\n\n\n\n<p>Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug\u2019bekning o\u2019zi ham astronomiya bo\u2019yicha lektsiyalar o\u2019qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash \u2013 Ulug\u2019bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan bir bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq bu yerda masalaning printsipial tomoni muhimdir. Gap shundaki, \u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d, ya\u2019ni Ulug\u2019bekning astronomic jadvallari, boshqacha so\u2019z bilan aytganda, \u201cZiji Ko\u2019rag\u2019oniy\u201dning ajoyib sharhchisi, astronom Birjondiyning yozishicha, yuqoridagi masalani hal qilish (ya\u2019ni uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan masalani hal qilish) usullaridan biri Jamshiga, ikkinchisi esa zahmatkash sulton Ulug\u2019bekka mansubdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek olimlar, rasadxona xodimlarining yig\u2019ilishlarida bir necha bor nutq so\u2019zlagan, ular bergan savollarga javob qaytargan. Masalan, Sediyo qo\u2019lyozmada qayd qilingan ana shunday voqealardan birini keltiradi. Samarqanddagi astronomla maktabining vakili, Samarqanddagi astronomlar maktabining vakili, \u201cZiji Ko\u2019ragoniy\u201d asarining shahchisi, astronom Chalabining bu qo\u2019lyozmasida bunday deyiladi: \u201cBizning mullamiz G\u2019iyosuddin Jamshid bir necha sulton, shahzoda amaldorlari ishtirok etgan yig\u2019ilishda shu jadvallarning muallifidan nima uchun astronimiyaga oid risolalarda apogey va perigeyda hech qanday tenglama yo\u2019q deb aytilgan, vaholanki, biz ularni aniqlashni jadvallardan topib olamiz\u201d, deb so\u2019ragan. Hazrat oliylari (ya\u2019ni Ulug\u2019bek) bunday javob bergan: \u201cMening jadvallarimda ana shu ikki nuqta uchun tenglama belgilab berish vazifamga kirmaydi\u201d. \u201cG\u2019iyosuddinga, &#8212; berilgan bu javob, deb yozadi Chalabiy \u2013 to\u2019g\u2019ri, chunki shundan keyin biz o\u2019z sharhlarimizda bu fikrlarni bayon qilib berdik\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, hatto G\u2019iyosuddin Jashshid singari yirik matematik va astronom ham Ulug\u2019bekning maslahatlariga muhtoj bo\u2019lgan, ilmiy masalalari bilan unga murojaat qilgan va batafsil javoblar olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bekning faoliyati reaktsion ruhoniylar mutaassibligiga qarshi olib borilgan murakkab kurash sharoitida rivojlandi. Gap shundaki, o\u2019rta asrlardagi hukmron dunyoqarash ilohiyatga asoslangan edi \u2013 tabiatdagi barcha hodisalar va jamiyatdagi munosabatlar ollo-taoloning amri bilan bo\u2019ladi deb qaralardi. \u201cCherkov dogmatlari, &#8212; deb yozadi F.Engels, &#8212; ayni vaqtda siyosiy aksioma bo\u2019lib qoldi\u2026 Aqliy faoliyatning barcha sohasida hukmron bo\u2019lgan bu diniy qarash o\u2019sha davrda shuning uchun ham zarur ediki, cherkov mavjud feodal tuzumning eng yuqori hokimiyati va qonun chiqaruvchi organi bo\u2019lib hisoblanardi\u201d. Bu qoida o\u2019rta asr O\u2019rta Osiyoga ham to\u2019la talluqlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha davrda rasmiy ideologiya islom aqidalariga asoslanar edi. Islom aqidalarig ko\u2019ra, jahondagi hamma narsaning taqdiri oldindan belgilab beriladi. Ruhoniylar tomonidan bunday reaktsion ta\u2019limot har qanday xurofotning ravnaq topishi uchun zamin bo\u2019lib xizmat qildi. Do\u2019zax oldidagi qo\u2019rquv, \u201cnarixi dunyo\u201d (\u201cbihisht\u201d) dagi huzur-halovatga umid bog\u2019lash mehnatkashlar dunyoqarashining shakllanishida katta rol o\u2019ynardi. Islom diniga zid bo\u2019lgan har qanday ta\u2019limot shakkoklik deb hisoblanar va qattiq ta\u2019qib qilinar edi. Shuning uchun ham olimlar ba\u2019zan o\u2019zlarining ijodiy ishlarida, zohiran bo\u2019lsa-da, islom aqidalariga bo\u2019ysunishga majbur bo\u2019lardilar va o\u2019z asarlaridagi progressiv fikrlarni din niqobi ostida yashirardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyoning geotsentrik sistemasi Ulug\u2019bek maktabi astronomik ishlarining negizini tashkil etadi. Lekin geliotsentrik qarash ham uning maktabi namoyandalari uchun yot emas edi, deb taxmin qilish uchun ba\u2019zi asoslar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz yuqorida aytib o\u2019tganimizdek, Ulug\u2019bek madrasasida o\u2019qitilgan fanlar orasida astronomiya muhim o\u2019rinni egallardi. Ulug\u2019bek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta\u2019lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan ta\u2019minlangan namunali rasadxona qurish kerak degan fikrga olib keldi. Ulug\u2019bek yuqorida aytib o\u2019tilgan madrasani qurdirganidan keyin oradan to\u2019rt yil o\u2019tgach, ana shu g\u2019oyani amalga oshirishga kirishdi. Tarixiy manbalar ana shundan dalolat beradi. \u201cMirzo Ulug\u2019bek o\u2019z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to\u2019rt yil o\u2019tgach, Qozizoda Rumiy, mavlono G\u2019iyosuddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, Ko\u2019hak etagida, Obirahmat soyining bo\u2019yida rasadxona binosini qurdirdi. Bu binoning atrofida baland hujralar qurildi, rasadxona joylashgan tepalik etaklarida ajoyib bog\u2019 barpo etildi. Ulug\u2019bek o\u2019zining ko\u2019pgina vaqtini shu bog\u2019da o\u2019tkazar edi. Bobir asarlarida ham xuddi shunday ma\u2019lumotni o\u2019qish mumkin. \u201cYana bir oliy imorati Pushtan Ko\u2019hak domanasida rasaddurkim, zich bitmakning olatidur. Uch oshiyonliqdur\u201d. Shuni ham aytish kerakki, 1259 yilda Marag\u2019oda Nasriddin Tusiy tomonidan qurilgan rasadxona XIV asrning birinchi yarmidayoq xaroba holiga kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq tarixiy manbalarda ko\u2019rsatilganiga qaramay, Ulug\u2019bek rasadxonasi qayerga joylashgachligi uzoq vaqt noma\u2019lum bo\u2019lib keldi. Faqat 1908 yilda samarqandlik arxeolog V.L.Vyatkin xarobalar ostidan uning qoldiqlarini topishga muyassar bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rasadxona qoldiqlari topilgan tepalik yer sathidan balandligi taxminan 21 m, sharqdan g\u2019arbga cho\u2019zilgan uzunligi 170 m keladigan tabiiy toshli balandliklardan iborat. Tepalikdan turib qaraganda chor atrofda keng va ajoyib tabiat manzarasi namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qazishma ishlari olib borilgan vaqtda turli rangdagi ko\u2019pgina koshin g\u2019ishtchalar, shuningdek, mozaika bo\u2019laklari ham topildi. Masalan, Samarqanddagi Ulug\u2019bek madrasasi ana shunday koshinlar bilan bezatilgan edi. Rasadxona binosi o\u2019sha davrda hukmron bo\u2019lgan arxitektura uslubiga asosan bezatilgan bo\u2019lsa kerak. Tarixiy manbalardan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, devordagi suratlarda osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylashishi va o\u2019zaro munosabati, sayyoralarning orbitalari, qo\u2019zg\u2019almas yulduzlar, dengizlar, okeanlar, tog\u2019lar bo\u2019yicha iqlim mintaqalariga bo\u2019lingan yer kurasi va hokazolar tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar uch oshiyonali rasadxona binosining baland tepalikda viqor bilan qad ko\u2019tarib turganini ko\u2019z oldimizga keltiradigan bo\u2019lsak, u vaqtda rasadxona kishilarda naqadar ulug\u2019vor taassurot qoldirganini tushunish qiyin emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Rasadxonaning ulkanligini shundan ham bilsa bo\u2019ladiki, birinchidan, bu yerda qurilish chiqindilarining juda katta uyumi topildi; ikkinchidan, rasadxonadagi asosiy o\u2019lchov asbobi juda katta bo\u2019lgan, qazish vaqtida uning bir qismi topilgan. XVII-XVIII asrlarga oid adabiyotlarda Ulug\u2019bek rasadxonasi haqida gapirilib, unign ulkanligi va ulug\u2019vorligi ko\u2019rsatib o\u2019tiladi, jumladan, yuqorida tilga olingan asbobning balandligi Istanbuldagi mashhur Aya Sofiya ibodatxonasining balandligiga teng bo\u2019lgan deyiladi (ya\u2019ni taxminan 50 metr).<\/p>\n\n\n\n<p>Bu asbobni o\u2019rnatish masalasi ham muvaffaqiyatli hal etilgan edi. Bu asbob yoyining bir qismi meridian yo\u2019nalishida qariyb 2 metr kenglikda qazilgan chuqurga joylashtirilgan edi. Uning chuqurda saqlanib qolgan qismi oralig\u2019i 51 sm bo\u2019lgan ikkita parallel to\u2019siqdan iborat. U pishiq g\u2019ishtdan urilgan bo\u2019lib, ganch bilan suvalgan va marmar bilan pardozlangan. Asbob har 70,2 sm oralatib bo\u2019lingan. Bu esa bir gradusga to\u2019g\u2019ri keladi. Devor ustki tomonidagi marmar plitalarda o\u2019yilgan chiziq bo\u2019lib, u kuzatishlar olib borish uchun zarur bo\u2019lgan asbobni o\u2019rnatish va uni surib turish uchun mo\u2019ljallangan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d yoki \u201cZiji Ko\u2019ragoniy\u201d deb atalgan astronomik jadvallar Ulug\u2019bek va uning xodimlari ilmiy ishlarining eng muhim natijasidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Dastlab \u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d fors-tojik tilida yozilgan edi. Gap shundaki, arab xalifaligining inqirozga yuz tutishi va O\u2019rta Osiyo territoriyasida mustaqil davlatlarining paydo bo\u2019lishi natijasida mahalliy adabiy tillar, ayniqsa, o\u2019zbek, fors-tojik tillarining roli sekin-asta ortga bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019ri, o\u2019rta osiyoli ba\u2019zi olimlar hamon arab tilida yozardilar, lekin bunday olimlar tobora kamayib borardi. Musulmon Sharqida ham shunday ahvolni ko\u2019ramiz. Bu yerda aslida tojik adabiy tiliga o\u2019xshash bo\u2019lgan fors tilidan tez-tez foydalan boshlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun ham Ulug\u2019bek o\u2019zining \u201cZiji\u201dni fors-tojik tilida yozishga jazm qilganligi o\u2019sha davrda batamom tabiiy va qonuniy bir holder. Deyarli butun musulmon Sharqida qaror topgan tarixiy sharoitlarga ko\u2019ra, fors-tojik tili keng tarqalgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Ulug\u2019bek vatanida fors-tojik tilidagi \u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d saqlanib qolgan; bu asar shu tilde butun dunyoga tarqaldi, o\u2019z vaqtida, undan yuz yildan ko\u2019proq ilgari uning Muqaddimasi fransuz tiliga tarjima qilindi. Nihoyat, Marag\u2019oza Nasriddin Tusiyaning \u201cZiji\u201d, Hindistonda Savayjay-Singx va Abu-Mulla Farid Dehlaviyning \u201cZiji\u201d ham fors-tojik tilida yozildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d asari Muqaddima (nazariy qismi) va Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan Ulug\u2019bek jadvallaridan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d asari Muqaddimasi Ulug\u2019bek tomonidan kuzatishlar to\u2019plangunga qadar yozilgan bo\u2019lib, so\u2019ngra G\u2019iyosuddin Jamshid uni fors-tojik tilidan arab tiliga tarjima qilgan. Buni XVIII asrga oid bo\u2019lgan va hozirgi vaqtda O\u2019zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan \u201cZiji ta\u2019rifi Sulton\u201d qo\u2019lyozmasidan ham ko\u2019rish mumkin. Arab tilida yozilgan shu qo\u2019lyozmaning oxirida bunday deyilgan. \u201cRisolani Samarqandda kuzatuv ishlari olib borgan mavlono as-Sulton ibn as-Sulton Ulug\u2019bek ibn as-Sulton Shoxrux ibn as-Sulton Temur Ko\u2019ragoniy yozib tugalladi, u esa Samarqandda kuzatishlar o\u2019tkazgan Ulug\u2019bekdir. Buyuk olim G\u2019iyosuddin Jamshid uni yaxshilab tahrir qilib, arab tiliga tarjima etdi\u201d. Bu risolaning arabcha teksti tojikcha tekstiga aynan o\u2019xshamaydi: unga, masalan, kalendar bo\u2019yicha ozgina qo\u2019shimchalar ham kiritilgan. Biroq bunday holda masalaning prinsipial tomoni muhim ahamiyatga ega: boshda kuzatishlarning natijalari to\u2019plangunga qadar \u201cZiji Ulug\u2019bek\u201d asarining nazariy asosi tojik tilida yozilgan bo\u2019lib, so\u2019ngra u Jamshid tomonidan arab tiliga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, Samarqand astronomiya maktabi namoyandalarining ko\u2019pgina asarlari bizgacha yetib kelmagan: ularning ayrimlari yo\u2019qolgan, boshqalari esa o\u2019z vaqtida reaktsion ruhoniylar tomonidan yo\u2019q qilib yuborilgan. Qo\u2019lyozmalarning bizgacha yetib kelgan ozgina qismi dunyodagi bir necha yirik kutubxonalarda saqlanmoqda. Ulug\u2019bekning eng ko\u2019zga ko\u2019ringan xodimlaridan biri G\u2019iyosuddin Jamshid quyidagi asarlarning muallifidir: 1. \u201cZiji Xoqoniy dar takomili ziji Elxoniy\u201d. Bu astronomik jadvalga Nasriddin Tusiy rahbarligida Marog\u2019a rasadxonasida tuzilgan jadvallar asos bo\u2019lgan. Jamshid bu jadvallarni sinchiklab tanqidiy tahlil qilgan, tuzatgan, shuningdek, yangi ma\u2019lumotlar bilan to\u2019ldirgan. Asar fors-tojik tilida yozilgan; uning bir nusxasi Aya Sofiyadagi katta kutubxonada saqlanmoqda, sarlavhasidan ko\u2019rinib turganidek, asar Xoqonga (ya\u2019ni sultonga) bag\u2019ishlangan. 2. \u201cBog\u2019lar sayri\u201d asari. Bu asarda astronomiyadagi ba\u2019zi bir amaliy masalalarni hal qilish uchun, jumladan, osmon yoritqichlarining geografik kengligi va uzunligini aniqlash uchun avtor ixtiro qilgan astronomik asbobning bayoni berilgan. Bu risola qo\u2019lyozmasining bir nusxasi Londondagi \u201cIndio affice\u201d kutubxonasida (MS 210) mavjud. 3. \u201cOsmon narvoni\u201d. Aran tilida yozilgan bu asarda osmon jismlarini o\u2019lchash masalalari bayon etilgan. Risolaning ayrim nusxalari Yevropadagi ba\u2019zi kutubxonalarda, jumladan, Leyden kutubxonasida va Oksford kutubxonasida saqlanmoqda. 4. \u201cXorda va sinuslar haqida risola\u201d bo\u2019lib, bu asar bir gradusli yoyning sinusini hisoblab chiqish metodiga bag\u2019ishlangan. 5. \u201cHisob kaliti\u201d asari bo\u2019lib, bunda hisob va algebraning ba\u2019zi bir eng muhim masalalari qarab chiqilgan. 6. \u201cDoira haqida risola\u201d bo\u2019lib, bu asarda doiraning diametriga nisbatini belgilash metodi ko\u2019rsatib berilgan. \u201cHisob kaliti\u201d risolasida, jumladan, Jamshid tomonidan kashf etilgan o\u2019nlik kasrlar, endilikda Rufini \u2013 Gorner nomi bilan yuritilayotgan ildiz chiqarishning umumiy usuli, shuningdek, har qanday natural ko\u2019rsatkich uchun Nyuton binomi formulasini qo\u2019llash singari g\u2019oyat muhim masalalar qarab chiqilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida eslatib o\u2019tilgan Ulug\u2019bek rasadxonasining xodimi Salohiddin Musa ibn Mahmud Qozizodaning asarlari diqqatga sazovordir. U quyidagi asarlarni yozgan: 1. \u201cArifmetikaga oid risola\u201d. Arab tilida yozilgan bu asarning o\u2019zi va noma\u2019lum avtor tomonidan unga yozilgan sharhlar Istanbuldagi Aliposhsho kutubxonasida saqlanardi. 2. Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag\u2019miniyning \u201cAstronomiyaning mohiyati\u201dga izohlar. Bu asar astronomiyani o\u2019rganayotgan kishilar orasida keng tarqalgan, jumladan, astronom talabalarning eng zarur kitobi bo\u2019lgan. Bu asarning bir nusxasi (arab tilida yozilgan) O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida mavjud. 3. Shamsuddin Samarqandiyning \u201cShakllar asosiga sharh\u201d asari bo\u2019lib, bu asarda muhim geometrik masalalar bayon etilgan. 4. \u201cSinus haqida risola\u201d. Bunda G\u2019iyosuddin Jamshid tomonidan taklif etilgan metodga asoslanib, bir gradus yoyining sinusini aniqlashning yangi soda variant berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu maktabning yana bir iste\u2019dodli namoyandasi, Ulug\u2019bekning shogirdi Ali Qushchidir. Ali Qushchi quyidagi asarlarning avtori: 1. \u201cArifmetikaga oid risola\u201d. Bu asar tojik tilida yozilgan va uch qismdan iborat bo\u2019lib, hind matematikasiga va astronomiyaning ba\u2019zi masalalariga bag\u2019ishlangan. Uning ayrim nusxalari Leyden kutubxonasida va O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 2. \u201cAstronomiyaga oid risola\u201d. Bu asarning eng qadimgi nusxasi Aya Sofiyadagi katta kutubxonada, shuningdek, Toshkentda, O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 3. \u201cOysimon shakllarni hal etish to\u2019g\u2019risida risola\u201d. 4. \u201cMuhammadiya risolasi\u201d. Bu asarda arifmetika va algebra masalalari qarab chiqilgan. Ulug\u2019bek fojiali halok bo\u2019lganidan keyin Ali Qushchi Istanbulga ko\u2019chib ketadi. Bu yerda ushbu risolani tojikchadan arabchaga tarjima qiladi va uni Sulton Muhammad II ga taqdim etadi. Shuning uchun u \u201cMuhammadiya\u201d deb ataladi. Risolaning muallif o\u2019z qo\u2019li bilan arab tilida yozgan nusxasi Aya Sofiyadagi katta kutubxonada mavjuddir. 5. \u201cFathiya\u201d \u2013 astronomiya bo\u2019yicha arab tilida yozilgan risola. Asarning ayrim nusxalari Parijda va Istanbulda saqlanmoqda. 6. \u201cUlug\u2019bek jadvallariga sharhlar\u201d yoki \u201cKo\u2019ragoniy jadvallariga sharhlar\u201d. Adabiyot ma\u2019lumotlari bo\u2019yicha ma\u2019lum bo\u2019lgan bu asar bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Ali Qushchi 1474 yilda Istanbulda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qozizodaning nabirasi, Miram Chalabiy nomi bilan ko\u2019proq mashhur bo\u2019lgan Mahmud ibn Muhammad ham Ulug\u2019bek maktabining ajoyib namoyandalaridan biri edi. Bu olimning qalamiga quyidagi asarlar mansubdir: \u201cUlug\u2019bek jadvallariga sharh\u201d \u2013 bu katta asar turk sultoni Boyazid II ning iltimosiga ko\u2019ra tojik tilida yozilgan bo\u2019lib, Yevropa mamlakatlarining ba\u2019zi kutubxonalarida, jumladan, Parijda va Istambulda saqlanmoqda. 2. Ali Qushchining astronomik \u201cFathiya risolasiga sharh\u201d. Bu asar Parijda mavjud. 3. Qibla azimuti masalalariga bag\u2019ishlangan asarlar, shu jumladan, \u201cQibla azimutini tadqiq qilishga oid risola\u201d. Bu asar Istanbulda saqlanmoqda. 4. \u201cSinus haqida to\u2019la risola\u201d yoki \u201cSinus haqida mukammal to\u2019plam\u201d. Bu asar yoy sinusiga doir masalalarni tahlil qilishga bag\u2019ishlangan. 5. \u201cAlmuqantarot haqida risola\u201d (aniqrog\u2019i, almuqantarotning chorak qismi haqida asar).<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand maktabi astronomlari orasida eslatib o\u2019tilgan Muiniddin va uning o\u2019g\u2019li Mansur Koshiyni ham ta\u2019kidlab o\u2019tish kerak. Lekin Koshiyning shogirdi Abdulla ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy alohida diqqatga sazovordir. U quyidagi asarlarni yozgan: 1. \u201cKo\u2019ragoniy jadvallariga sharh\u201d, ya\u2019ni Ulug\u2019bek jadvallariga batafsilroq sharh. Ko\u2019pgina shakllari bo\u2019lgan va 929 yilda \u2013 hiyriy (1522) yilda yozilgan deb ko\u2019rsatilgan va qo\u2019lyozma tarzida juda yaxshi saqlangan tojik tilidagi bu asar O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda, unda muallifning dastxati bor. 2. Qozizodaning \u201cChag\u2019miniy astronomik risolasi\u201dga yozgan va yuqorida eslatib o\u2019tilgan sharhlarning izohlari; bu asar Yevropa kutubxonalarida, jumladan, Leningrad mavjud. 3. Nasriddin Tusiy arab tiliga tarjima qilgan \u201cAlmagest\u201dga sharh; bu asar O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 4. Nasriddin Tusiyning uturlob (astrolyabiya) risolasiga shahr. Asar Britaniy muzeyida, Istanbulda, Leningradda va Toshkentda \u2013 O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Birjandiy yigirma bobdan iborat bu asarda astrolyabiyani batafsil tasvirlaydi, nazariy jihatdan asoslab beradi va uni astronomiyaning turli masalalari uchun qo\u2019llash lozimligi haqida gapiradi. 5. Tojik tilida yil hisobiga oid risola, bu asar Oksfordda saqlanmoqda. 6. Tojik tilida astronomiyaga oid risola, bu asarning birdan-bir nusxasi Oksfordda mavjuddir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bekning yulduzlar katalogi 1665 yilda Oksfordda bosib chiqarildi, so\u2019ngra G.Sharpe tomonidan 1767 yilda va Baily tomonidan 1843 yilda Londonda ko\u2019chirib bosildi. Ulug\u2019bekning astronomik jadvallariga yozgan Muqaddimasi 1853 yilda Parijda tarjima qilindi va nashr etildi. Ulug\u2019bekning yulduzlar katalogi tadqiqoti 1917 yilda Amerikada nashr etildi. So\u2019ngra Ulug\u2019bek qalamiga geografik jadvallar ham mansub bo\u2019lib, bu jadvallar Nasriddinning geografik jadvallari bilan birga I.Greaves tomonidan 1652 yilda Londonda nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida bayon qilingan fikrlarimiz Ulug\u2019bek astronomiya maktabi nihoyatda shuhrat qozonganligini ko\u2019rsatuvchi yorqin dalillardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yulduzlar katalogini tuzish nihoyatda qunt bilan ishlashni talab qiladi. Bu kataloglar katta ilmiy ahamiyatga ega bo\u2019lib, turli davrlarda yoritqichlarning osmon gumbazida taqsimlanishi to\u2019g\u2019risida tasavvur beribgina qolmay, balki eng muhimi \u2013 osmon jismlarinig harakatini o\u2019rganish uchun ajoyib material bo\u2019lib ham hisoblanadi. Chunonchi, garchi hozirgi vaqtda pretsessiya hodisasi vaviloniyalik astronomlar tomonidan ixtiro qilingan deb taxmin qilishga asos bo\u2019lsa ham, biroq bu narsa birinchi marta Gipparxning katalogi tufayli batafsil isbotlab berildi. Olim o\u2019z katalogini tuzarkan, uni Aristill va Timoxaris tomonidan ungacha 150 yil ilgari olingan kuzatish natijalari bilan taqqoslab ko\u2019rdi. Ma\u2019lum bo\u2019lishicha, yulduzlarning hamma geografik uzunligi ko\u2019paygan, kengligi esa o\u2019zgarmay qolavergan, yil davomidagi bahorgi teng kunlik nuqtasi esa ekliptika bo\u2019yicha g\u2019arbga tomon 36 gradus surilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Gipparxdan keyin yulduzlarning puxta katalogini tuzgan ikkinchi astronom Ulug\u2019bek bo\u2019ldi. Uning katalogi \u201ckatta ilmiy qimmatga egadir, chunki u Samarqand rasadxonasida aniqlangan yulduzlarning vaziyatga asoslangandir. U aslida o\u2019n olti asr mobaynida ikki jiddiy katalog hisoblanadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bekning yulduzlar katalogi shu jihatdan qimmatliki, bu katalog bevosita kuzatishlar natijasida tuzilgan. \u201cBu ish chinakamiga original ish, biz shu vaqtgacha uchratgan barcha asarlar Ptolemeydan olingan, hech bo\u2019lmasa koordinatalar haqidagi ma\u2019lumotlar undan olingan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Laplas ham taxminan xuddi shunday fikrni aytadi. U Ulug\u2019bekni \u201culug\u2019vor kuzatuvchi\u201d deb ataydi. \u201cU Samarqandda, &#8212; deydi Laplas, &#8212; o\u2019z el-yurti poytaxtida yulduzlarning yangi katalogini va astronomik jadvallarni tuzdiki, bular \u201cTixo Bragegacha mavjud bo\u2019lgan katalog va jadvallardan yaxshidir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1446 yilda Boysunqurning o\u2019g\u2019li Sulton Muhammad G\u2019arbiy Eronda o\u2019z bobosi Shohruhga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Qo\u2019zg\u2019olonni bostirish uchun Shohruh o\u2019sha yiliyoq yurish boshladi. Ulug\u2019bekning o\u2019g\u2019li Abdullatif va Shohruhning rafiqasi Gavharshod qo\u2019shinlar bilan birga edi. Boysunqurning ikkinchi o\u2019g\u2019li Alouddavla esa Hirotda esa. Shohruh qiyinchiliksiz qo\u2019zg\u2019olonni bartaraf qildi. Oradan ko\u2019p o\u2019tmay, 1447 yil 12 martda keksa Shohruh o\u2019zining qishki qarorgohida kasal bo\u2019lib vafot etdi. Toju taxt haqidagi masala u hayot vaqtida hali uzil-kesil hal etilmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Gavharshod reining siyosiy ishlariga katta ta\u2019sir ko\u2019rsatar va Shohruh davrida haqiqatan ham hokimiyat uning qo\u2019lida edi. Shuning uchun ham Shohrux o\u2019limidan keyin Gavharshod ilgaridan o\u2019ylab qo\u2019ygan rejasini amalga oshirishga zudlik bilan kirishdi. Gap shundaki, Boysunqurning o\u2019g\u2019li Alouddavla malika Gavharshodning arzandasi edi. Malika yashirin tarzda Shohrux hukmronlik qilib turgan vaqtdayoq uni toj-taxt egasi qilishga mo\u2019ljallab qo\u2019ygan edi. Shohrux esa o\u2019z taxtini Balx hokimi bo\u2019lib turgan o\u2019g\u2019li Muhammad Jo\u2019qiga berish niyatida edi. Gavharshod o\u2019zining Ulug\u2019bekka nisbatan bo\u2019lgan salbiy munosabatini ustalik bilan yashirib, uning o\u2019g\u2019li Abdullatifga Shohrux qo\u2019shinlariga boshchilik qilishni o\u2019z qo\u2019liga olishni taklif qildi va ayni vaqtda yashirin tarzda Hirotga Alouddavla huzuriga chopar yubordi. Abdullatif qo\u2019shinlarga boshchilik qilishni o\u2019z zimmasiga olgach, u ham o\u2019z navbatida Ulug\u2019bek huzuriga chopar yubordi. O\u2019sha vaqtda Muhammad Jo\u2019qining o\u2019g\u2019li Mirzo Abubakr Amudaryodan kechib o\u2019tdi. U otasiing vafotidan keyin Balxning bir qismiga hukmronlik qila boshladi. Shohruxning tirik qolgan o\u2019g\u2019illaridan biri bo\u2019lgan Ulug\u2019bek ana shu davrda Balxni egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu vaqtda Abdullarif qo\u2019shinlari orasida sarosima boshlandi. Boysunqurning o\u2019g\u2019li Abulqosim Bobir va Muhammad Jahongirning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton Xurosonga qochib ketishdi, shuni ham aytish kerakki, Abulqosim Bobir Mozandaronni, Alouddavla esa Mashhadni egalladi. Abdullatif qo\u2019shinlarining qolgan qismida tartib o\u2019rnatib va malika Gavharshodni qamoqqa olib o\u2019z qo\u2019shini bilan sharqqa qarab yo\u2019l oldi va Nishopurgacha yetib bordi. Bu yerda o\u2019sha yilning aprelida Alouddavla qo\u2019shinlari to\u2019satdan Abdullatifga hujum qildi. Abdullarif Hirotdagi Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamab qo\u2019yildi. Nihoyat sulh tuzildi. Bu bitimga ko\u2019ra, Murg\u2019ob havzasi chegara joyi deb hisoblandi. Abdullatifning o\u2019zi esa otasining oldiga qo\u2019yib yuborildi va Balx hokimi qilib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1448 yil bahorida Tarnobda Alouddavla bilan Ulug\u2019bek o\u2019rtasida, katta jang bo\u2019lib o\u2019tdi. Bu jangda Abdullatif Ulug\u2019bek tomonida turib qattiq jang qildi. Jang Ulug\u2019bekning g\u2019alabasi bilan tugadi. Oradan bir oz vaqt o\u2019tgach, Ulug\u2019bek Abdullatifni Hirotda qoldirib, o\u2019zi u yerdan jo\u2019nab ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarnobda bo\u2019lgan jangda qo\u2019shinlarning chap qanotiga Abdullatif, o\u2019ng qanotiga esa Ulug\u2019bekning kichik o\u2019g\u2019li Abdulaziz qo\u2019mondonlik qildi. Ammo g\u2019alaba yorlig\u2019i yolg\u2019iz Abdulaziz nomidan e\u2019lon qilindi. Bu hol Abdullatifning izzat-nafsiga qattiq tegdi. Ulug\u2019bek dushmanlari, ayniqs, uni yoqtirmaydigan reaktsion ruhoniylar bundan foydalandi. Ular Abdullatif bilan Ulug\u2019bek o\u2019rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirish uchun butun choralarni ko\u2019rdi. Ulug\u2019bek Abdullatifning Hirotdagi Ixtiyoriddin qal\u2019asida saqlanayotgan qimmatli mol-mulklarini davlat mulki deb e\u2019lon&nbsp; qilganida, ota bilan o\u2019g\u2019il o\u2019rtasida adovatni yanada kuchaytirib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bekning ashaddiy dushmanlari \u2013 reaktsion ruhoniylar tomonidan qo\u2019llab-quvvatlangan Abdullatif qat\u2019iy harakat qilishga tayyorgarlik ko\u2019ra boshladi. Abdullatif qo\u2019shinlari 1449 yil kuzida Samarqand yaqinida Ulug\u2019bek qo\u2019shiniga hujum qilib, uni tor-mor keltirdi. Ulug\u2019bekka qarshi kayfiyatda bo\u2019lgan Samarqand hokimi bu fursatdan tezda foydalandi: U darvozani yopib qo\u2019yib, Ulug\u2019bek bilan Abdulazizni Samarqand qal\u2019asiga kiritmadi, Ulug\u2019bek va Abdulaziz shimol tomonga, Shohruhiya qal\u2019asiga yo\u2019l olishdi, lekin qal\u2019a boshlig\u2019i Ulug\u2019bekning mag\u2019lubiyatga uchraganligidan xabardor bo\u2019lib, unga boshpana berish o\u2019rniga, uni qo\u2019lga tushirishga va Abdullarifga topshirishga harakat qildi. Ana shunda Ulug\u2019bek o\u2019z farzandining adashganligini shaxsan tushuntirishga harakat qilib, u bilan&nbsp; muzokaralar olib borish uchun Samarqandga qaytib keldi. Ammo muzokaralar befoyda bo\u2019ldi. Aksincha, Ulug\u2019bekning dushmanlari tomonidan qurshab olingan Abdullatif jirkanch yo\u2019lda turib oldi \u2013 u otasi Ulug\u2019bekni yo\u2019qotushga qaror qildi. Ulug\u2019bekni o\u2019ldirishning xoinona rejasi ishlab chiqildi. Ruhoniylarning maslahati bilan Ulug\u2019bekka \u201co\u2019z gunohlarini yuvish uchun\u201d Makkaga jo\u2019nab ketish taklif etildi. Ulug\u2019bekning maqsadi va rejalari aslida qanday bo\u2019lganligi noma\u2019lum, ammo u bu taklifni qabul etishga majbur bo\u2019ldi. Ayni vaqtda Ulug\u2019bekdan yashirincha uning ustidan hukm chiqarildi va fotiha berildi, ya\u2019ni shariat bo\u2019yicha uni o\u2019ldirishga qaror qilindi. Bu fotihaga qozi Shamsuddin Muhammad Miskindan tashqari ruhoniylarning barcha vakillari o\u2019z muhrini bosdi.&nbsp; Miski&nbsp; g\u2019ayri qonuniy bo\u2019lgan bu hukmga o\u2019z imzosini chekishdan bosh tortdi. Bu ishlarning hammasi go\u2019yo Abdullatifning ruxsatisiz qilinganday bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kechki paytda Ulug\u2019bek kichik karvon bilan Makkaga qarab yo\u2019l oldi. Lekin tez orada orqasidan maxsus yuborilgan chopar yigit tomonidan to\u2019xtatildi. U Ulug\u2019bekka karvonning anjomlarini to\u2019ldirish va sobiq hokimga sayohat qilish uchun munosibroq sharoit yaratib berish uchun uni to\u2019xtatganligini aytdi. Ulug\u2019bek ana shu yerdagi qishloq uylaridan birida qo\u2019nishga majbur bo\u2019ldi. Bu yerda uning uchun chinakam tuzoq tayyorlangan edi. Oradan ko\u2019p o\u2019tmay, bu yerda Abbos degan kimsa paydo bo\u2019ldi. Go\u2019yo uning otasi bir vaqtlar Ulug\u2019bekning farmoniga asosan qatl etilgan emish. Ulug\u2019bek Abbosni ko\u2019rishi bilanoq xoinlik borligini sezdi, lekin endi kech edi. Abbos va uning yo\u2019ldoshlari qo\u2019lga tushgan Ulug\u2019bekning qo\u2019l-oyoqlarini bog\u2019ladilar. Ulug\u2019bekni hovliga olib chiqib, daryo bo\u2019yida yoniga turgan chiroqning yoniga olib kelganlaridan keyin, Abbos qilich bilan Ulug\u2019bekning boshini tanasidan judo qildi. Shunday qilib, jahonga mashhur bo\u2019lgan olim, ajoyib astronom va matemaik, o\u2019sha davrdagi rasadxona va astronomiya maktabiga asos slogan buyuk inson 1449 yil 27 oktabrda 56 yoshida vaxshiylarcha o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek o\u2019ldirilganidan keyin feodallarning nizolari, o\u2019zaro urushlari eng yuqori nuqtaga chiqdi. Ruhoniyla va feodal zodagonlar Abdullatif siymosida o\u2019z homiylarini topdilar. Xalq uchun yanada og\u2019ir kunlar boshlandi, chunki Abdullatif mamlakatda zulmni avj oldirdi, o\u2019z dushmanlarini o\u2019q va qilich bilan bostirdi. Ayrim tabaqalar o\u2019rtasida ixtiloflar kuchaydi. Sinfiy kurash yanada keskinlashdi. 1450 yil 8 mayda harbiy fitna natijasida Abdullatifning o\u2019zi ham o\u2019ldirildi. Uning kesilgan boshi Registon maydonidagi Ulug\u2019bek madrasasining peshtoqiga osib qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullarif tomonidan yaqindagina qamoqqa olingan shahzoda Mirza Abdulla bo\u2019shatildi va taxtga o\u2019tqazildi. Buxoro qamog\u2019ida yotgan Temuriylardan biri \u2013 Abu Said ham Abdullatifning o\u2019limidan keyin tez orada ruhoniylar tomonidan ozod qilinib, Abulxayron bilan birgalikda Abdullaga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. 1451 yilda Bulung\u2019urda bo\u2019lgan jangda Abdullaning qo\u2019shinlari tor-mor qilindi. Uning o\u2019zi esa o\u2019ldirildi. G\u2019oliblar Samarqandga kirishdi. Abu Said toj-taxtni egalladi, Abulxayr Samarqandni Abu Saidga qoldirib, o\u2019zi cho\u2019lga jo\u2019nab ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Said o\u2019z atrofiga ruhoniylarning eng reaktsion unsurlarini to\u2019pladi. Avvalo, u Toshkentdan Samarqandga Xo\u2019ja Ahrorni chaqirtirib oldi. U Abu Said yotqazayotgan siyosatning ideologiya va haqiqiy rahbari bo\u2019ldi. Reaktsiya avj oldi. Masalan, 1455 yilda Abu Saidning taklifiga binoan, Shayxulislom Burhoniddin Hirotdan Samarqandga qaytarib keltirildi. U Abdullaning o\u2019lganligi to\u2019g\u2019risidagi xabarni bir vaqtlar eshitib Samarqandni tark etib ketgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullatif o\u2019ldirilgandan keyin Ulug\u2019bekning jiyani Abulqosim Bobir tez orada \u2013 1452 yilda Xurosonni bosib oldi. Abulqosim Bobirning o\u2019limidan keyin (1457 yil) Abu Said butun Temuriylar davlatinign hokimi bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1461 yilda Shohruhiya mamlakatining hokimi Muhammad Jo\u2019qi Abu Saidga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi, lekin 1463 yil kuzda shahar uzoq vaqt qamal qilinganidan keyin taslim bo\u2019ldi. Hirotning Ixtiyoriddin qal\u2019asidagi zindonga tashlangan Muhammad Jo\u2019qi o\u2019sha yili o\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1468 yil fevral oyining oxirida Abu Said G\u2019arbiy Eronni bosib olish uchun yurish boshladi va 1469 yilda turkmanlarning Oqquyunlu sulolasiga qarshi olib borilgan jangda halok bo\u2019ldi. Hirotdagi toj-taxt Sulton Husayn qo\u2019liga, Samarqandda esa Abu Saidning o\u2019g\u2019li Sulton Ahmad qo\u2019liga o\u2019tdi. Sulton Ahmad uzoq vaqt (1469-1494) hukmronlik qilsada, aslida hokimiyat shayx Xo\u2019ja Ahrorning qo\u2019lida qolaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayxulislom Burxoniddin tez orada Samarqandni tark etib, Hirotdagi madrasalardan birida osoyishta hayot kechirishga qaror qildi. Xo\u2019ja Ahror Abu Saidning vorisi deb hisoblangan Mirzo Sulton Ahmad bilan birga Samarqandda qolaverdi. Sulton Ahmad kaltabin va maishatparast kishi edi. Shuning uchun Samarqandda hukmronlik ilgarigidek Xo\u2019ja Ahrorning qo\u2019lida qolaverdi. Buning natijasida Samarqandda Ulug\u2019bek davrida yuz bergan madaniyat ravnaqi asta-sekin dini jaholatparastligi bilan o\u2019rin almashdi. Madaniy markaz roli asta-sekin Hirotga ko\u2019chdi. Bu yerda adabiyot va san\u2019at (arxitektura, muzika, hattotlik, miniatyura) keng rivojlana boshladi. Samarqandda taxsil ko\u2019rgan buyuk Navoiy va Jomiydek mashhur shoirlardan: Xotifiy, Hiloliy, Binoiylar, \u201cSharqning Rafaeli\u201d deb nom olgan ajoyib rassom Behzod Hirotda yashadi va ijod etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019rta Osiyo xalqlarining madaniyati o\u2019z rivojlanish tarixida mashaqqatli yo\u2019lni bosib o\u2019tdi. Bu madaniyat murakkab sharoitda: ajnabiy bosqinchilarning tez-tez bo\u2019lib turgan va ko\u2019pgina madaniyat boyliklarini nobud qilgan hujumlari, deyarli uzluksiz bo\u2019lib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-xiv-xv-asrlar-movarounnahrda-ilmiy-tafakkurning-markazi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153341","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153341"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153343,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153341\/revisions\/153343"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}