{"id":153344,"date":"2025-09-15T08:15:29","date_gmt":"2025-09-15T05:15:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153344"},"modified":"2025-09-15T08:15:29","modified_gmt":"2025-09-15T05:15:29","slug":"adabiy-hayot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/adabiy-hayot\/","title":{"rendered":"Adabiy hayot"},"content":{"rendered":"\n<p> Temur va Temuriylar davrida Samarqand adabiy hayotning markazi bo\u2019lib qoldi. Bu tasodifiy emas edi, albatta. Bu yerda ilgarigi vaqtlarda ham adabiy nazariyasi bo\u2019yicha asarlar yaratilgan edi. Jumladan, Nizomiy Aruziy Samarqandiy (XII asr) ning \u201cChor maqola\u201d asarining ikkinchi bobi poetikaning eng muhim problemalariga bag\u2019ishlangan edi. Bu an\u2019ana XIV-XV asrlarda ham davom ettirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda O\u2019rta Osiyodagi mashhur filologlarning asarlari katta shuhrat qozongan edi: Yusuf Sakkokiy Xorazmiyning (XIII asr) \u201cMiftoh al-ulum\u201d (\u201cFanlar kaliti\u201d), Sa\u2019dadin Taftazoniyning (XIV asr) \u201cMiftoh al-ulum\u201d va \u201cMuxtasar al-maoniy\u201d asarlari: Said Sharif Jurjoniyning (XIV asr) poetikaga oid risolalari va boshqa ko\u2019pgina asarlar ma\u2019lum va mashhur edi. Ularning hammasi XV asrda Samarqandda adabiyotshunoslik va badiiy asarlarning paydo bo\u2019lishiga yordam bermay qolmadi: ajoyib olim Salohiddin Muso Qozizoda Rumiy (1360-1429) \u201cSharhi purra dar \u201cMiftox al-ulum\u201d ba Taftazoniy\u201d (Taftazoniyning \u201cMiftox al-ulum\u201d kitobiga to\u2019la izoh) asari va Ulug\u2019bekning iste\u2019dodli shogirdi-Ali Qushchi Samarqandiyning (1402-1474) \u201cSharhi \u201cMiftox al-ulumi\u201d Taftazoniy\u201d (Taftazoniyning \u201cMiftox al-ulum\u201d kitobiga izoh) asari, shuningdek, Abdulqosim Samarqaniyning \u201cRisola al-istiorot\u201d (metafora haqida risola), \u201cRisola al-istiorot\u201d (metafora haqida risola), \u201cRisola al-istiorot as-Samarqandiya\u201d (Metaforalar haqida Samarqand risolasi) kabi asarlar bosilib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu asarlarda xorazmlik olim Zamaxshariy va Abdulqohir Jurjoniylarning adabiy asarlari shakl va mazmunining birligi haqidagi fikrlari, shoir uslubining go\u2019zalligi va nafosati haqida \u201cAlmadxal\u201d va \u201cAsror al-balog\u2019a\u201d asarlarida bayon etilgan fikrlari qayd qilindi va yana rivojlantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ali Qushchi singari Abulqosim Samarqandiy ham o\u2019z asarlarida metaforaning asl mazmunini va uning turli-tuman shakllarini yoritib berdi, shoir mavlono Yusuf Andijoniy esa muammo (sharada) kabi adabiy janr haqida risola yozdi. Bu asar Alisher Navoiy tomonidan yuksak baholandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur davrning shoirlari adabiy ijodning turli nazariy problemalari bo\u2019yicha yaxshi bilimga ega edi. Bu esa, ayniqsa, klassik poeziyaning yirik vakillari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning ijodiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda Alisher Navoiy o\u2019zining adabiyotshunoslik sohasidagi qarashlarini yorqin va chuqur bayon qilib berdi va poeziya qalamkashlarining badiiy asarlarini batafsil analiz qilib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy Sharqning buyuk shoirlari \u2013 Firdavsiy va Nizomiyning ijodini, ularning epik asarlari \u201cShahnoma\u201d va \u201cXamsa\u201dni yuksak darajada taqdirladi. Alisher Navoiyning ana shu shoirlar to\u2019g\u2019risida aytgan fikrlari uning \u201cXasbi hol\u201d (\u201cTarjimai hol\u201d) asarida bayon qilingan. Bu asarda shu narsa yaqqol namoyon bo\u2019ladiki, Navoiy Fazlullo Abullaysiyda (Said Sharif Jurjoniyning shogirdi) \u2013 Sharq poetikasini chuqur bilgan mashhur stilistning qo\u2019lida ta\u2019lim olib, fikrning ijodiy ravnaqi, poetic so\u2019zning ravnaqi uchun poeziyaning epik imkoniyatlari naqadar katta ekanligiga qanoat hosil qildi. Navoiy Samarqandda bo\u2019lgan vaqtida \u201cXamsa\u201d yaratish fikri paydo bo\u2019ldi, ammo uning bu niyati o\u2019sha asrning 80-yillarida Hirotda amalga oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu davr adabiyotshunosligida poetikaning muhim problemalari ishlab chiqilibgina qolmay, balki adabiyot tarixi ham o\u2019rganila boshlandi. Samarqandlik Davlatshoh ibn Baxtishod (1494\/1495 yillarda vafot etgan) \u201cTazkirat ash-shuaro\u201d (Shoirlar antologiyasi\u201dni tuzib, unda X-XV asrlarda yashagan 160 shoir haqida ma\u2019lumot beradi. \u201cTazkira\u201d muqaddima, yettita asosiy bob va xulosadan iborat edi.&nbsp; Antologiyaning kirish qismida mashhur arab shoirlari nomi tilga olinadi, yetti bobida esa fors-tojik tilida asarlar yozgan (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy va boshqalar) shoirlarning tarjimai holi va asarlaridan namunalar keltiradi. Xulosada muallif o\u2019zining buyuk zamondoshlari \u2013 Alisher Navoiy, Shayxim Suxaliy va boshqalar to\u2019g\u2019risida gapiradi. Antologiya Sharqdagina emas, balki g\u2019arbda ham keng tarqalgan edi. O\u2019tgan asrda ko\u2019pgina G\u2019arb adabiyotshunoslari X-XV asrlar adabiyot tarixini yoritish vaqtida 1901 yilda Leydenda nashr etilgan Davlatshoh asari ustida to\u2019xtab o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va Temuriylar davrida asarlar asosan o\u2019zbek va tojik tillarida yaratilgan edi. Mavlono Sakkokiy, Bisoti Samarqandiy, Javhariy Xo\u2019ja So\u2019g\u2019diy Samarqandiy, Mirzabek, Vasfiy, Riyoziy va boshqa ikki tilni puxta bilgan adabiyot vakillari o\u2019tgan asrlarda yuksak badiiy adabiy asarlar yaratgan kishilarning ilg\u2019or an\u2019analarini davom ettirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019azal, ruboiy, qit\u2019a, muammo, masnaviy, qasida va boshqalar adabiyotning asosiy janrlari edi. Ayniqsa, Samarqand adabiy muhitida qasidalarnin ajoyib namuanalri ilk bor o\u2019zbek tilida paydo bo\u2019ldi. Bularning muallifi mavlono Sakkokiy edi. Shoirlarning tug\u2019ilgan yili va tarjimai holiga doir boshqa ma\u2019lumotlar hozircha noma\u2019lum. Sakkokiy uning adabiy taxallusi bo\u2019lib, u hunarmand \u2013 pichoqlar oilasidan chiqqanligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sakkokiyning bizgacha yetib kelgan to\u2019la bo\u2019lmagan Devoniga ko\u2019ra, shoir o\u2019zbek tilida ajoyib lirik she\u2019rlar (g\u2019azallar va qasidalar) yozgan, chin muhabbat va ajoyib yuksak insoniy fazilatlarni kuylagan. Sakkokiyning ijodi tilning soddaligi, uslubning nafisligi va mazmunning teranligi bilan ajralib turadi. Shoir Mirzo Ulug\u2019bek sharafiga bag\u2019ishlab bir necha qasidalar yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p><em>Salotin dunyoda ko\u2019p keldiyu kechdi seningdek bir,<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><em>Falomning gar tili bo\u2019lsa aytsunkim, qachon keldi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Sakkokiy bu o\u2019rinda haqlidir. Ko\u2019pgina sultonlar hukmronlik qilgan, ammo ularning birortasi ham Ulug\u2019bek singari olim sifatida dunyoga mashhur bo\u2019lmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning oxiri va XV asrning boshlarida yashagan shoir Bisotiy Samarqandiy (1412\/13 yillarda vafot etgan) o\u2019zining lirik asarlarini asosan fors tilida yozgan edi. Uning bu asarlari devon holida to\u2019plangan. Bisotiy Samarqandiyning g\u2019azallari va ruboiylarida shoirning axloqiy qarashlari tarannum etilgan. Bisotiyning lirikasi o\u2019z davrida mashhur bo\u2019lib, sharq antologiyasi avtorlari uning g\u2019azallari va ruboiylaridan parchalar keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandlik boshqa shoir \u2013 Javhariyning tarjimai holiga doir ma\u2019lumotlar noma\u2019lum. Alisher Navoiyning \u201cMajolis un-nafois\u201d asarlaridagi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, u sovungar hunarmandlar oilasidan chiqqan bo\u2019lib, sharq poetikasini, ayniqsa, aruz she\u2019r tuzilish nazariyasini yaxshi bilgan. Javhariy lirik asarlar bilan bir qatorda, \u201cSiyorun nabiy\u201d (\u201cPayg\u2019ambarning fazilati\u201d) poemasini yaratdi, biroq bu asr hozircha topilgani yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Iste\u2019dodli shoir Mirzabek o\u2019z davridagi adabiy muhitda katta obro\u2019ga ega edi. U samarqandlik bo\u2019lib, madrasada o\u2019qidi va ajoyib lirik she\u2019rlar yozdi. Biroq shoirning bevaqt o\u2019limi natijasida uning asarlari devon holiga keltirilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzabekning vafoti uning do\u2019sti Alisher Navoiyga qattiq ta\u2019sir qildi. Alisher Navoiy o\u2019z do\u2019stiga bo\u2019lgan sadoqatini bildirib, uning baytlaridan birini davom ettirdi va o\u2019zbek tilida ajoyib g\u2019azal yaratdi \u2013 bu samarqandlik yosh shoirga qo\u2019yilgan adabiy haykaldir.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning ilmiy va adabiy hayot markazi sifatidagi shon-shuhrati Sharqqa keng tarqalgan edi. Shaharga mashhur olimlargina emas, balki turli shoirlar, Badaxshondan (Muhammad Badaxshiy), Qarshidan (Mavlono Mir Qarshiy), Andijondan (Mavlono Yusuf Badoiy Andijoniy), Buxorodan (Xayoliy, Ismati Buxoriy), Toshkentdan (A\u2019loyi Shohiy), Sherozdan (Said Qo\u2019raza), Hirotdan (Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhaliy va Alisher Navoiy) kelib turishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mashhur shoir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Sanarqabdda uch marta bo\u2019lgan edi. Ilk bor u Samarqandga XV asrning yigirmanchi yillarida kelgan va Ulug\u2019bek madrasasida ta\u2019lim olgan. Bu yerda ajoyib astronomlar Qozizoda Rumiy, Alouddin Samarqandiy va Ulug\u2019bek leksiyalarini zo\u2019r e\u2019tibor bilan tinglagan. Ulug\u2019bek madrasasida Samarqandda talaba sifatida o\u2019qigan yillari Jomiyning ilmiy dunyoqarashi va adabiy ijodining shakllanishi hamda rivojlanishida chuqur iz qoldirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jomiy Samarqandga ikkinchi marta elliginchi yillarda olimlarning taklifiga ko\u2019ra Ulug\u2019bek madrasasiga mudarris sifatida taklif etildi. Ana shu madrasaning sobiq talabasi bo\u2019lgan Jomiy o\u2019z tinglovchilariga fan asoslarini zo\u2019r muhabbat bilan o\u2019rgatdi. U samarqandlik shoirlar va olimlar (Xo\u2019ja Xisrov, A\u2019loyi Shohiy, Fazlullo Abullaysiy, Riyoziy Samarqandiy, Javhariy va boshqalar) bilan yaqindan aloqa bog\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jomiy Samarqandga uchinchi marta yetmishinchi yillard Xo\u2019ja Ahrorning taklifiga binoan keldi. Bu safar Jomiy Samarqanddagina bo\u2019lib qolmay, balki Xo\u2019ja Ahror bilan birgalikda Jizzax, Xovos, Toshkent va Movarounnahrning boshqa shaharlarida ham bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 o\u2019zbek shoir va mutafakkiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi ham Samarqand bilan chambarchas bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Navoiy Samarqandda va Movaounnahrning boshqa shaharlarida 1465-1469 yillarda bo\u2019ldi. Navoiy Samarqandda bo\u2019lgan vaqtida astronomiya, geografiya, poetika, tarix, adabiyotshunoslik bo\u2019yicha o\u2019z bilimlarini yanada kengaytirib bordi. Bu borada uning madrasada ikki yil olgan ta\u2019limi katta rol o\u2019ynadi. Bu yerda u ajoyib olim, falsafa, mantiq, huquq, arab tili, adabiyot va poetikaning katta bilimdoni bo\u2019lgan Xo\u2019ja Fazlullo Abullaysiy Samarqaniyning leksiyalarini tingladi. Bu olim o\u2019sha davrda katta obro\u2019ga ega edi. Fazlullo poetic ijod bilan ham shug\u2019ullanardi, g\u2019azallar va muxammaslar yozardi. Alisher Navoiy Samarqand adabiy hayotining boshqa iste\u2019dodli vakillari (Xo\u2019ja So\u2019g\u2019diy, Xarimiy Qalandar, Riyoziy, Said Kutub, Mirzabek, Safoiy, Nidoiy, Badaxshiy, Vafoiy va boshqalar) bilan yaqindan tanishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu shoirlar davrasida bo\u2019ladigan adabiy mushoiralar Navoiyni adabiy-badiiy ijodning asl mag\u2019zi real hayotdan olinishi kerak degan xulosaga olib keladi. Navoiy turli shoirlar, jumladan, samarqandlik mavlono Riyoziy she\u2019rlarini tahlil etgan bu xulosa yanada tasdiqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy Samarqandda lirik she\u2019rlar, g\u2019azallar va masnaviylar yozdi. Bu she\u2019rlar g\u2019azalxonlar orasida keng tarqaldi. Mazkur asarlarda pok insoniy hislar, insonparvarlik, adolatsizlik va zo\u2019ravonlikka qarshi kurash g\u2019oyalari tarannum etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Movarounnahrning o\u2019sha davrdagi adabiy hayot markazi Samarqandda Alisher Navoiyning bo\u2019lishi, uning badiiy mahoratining kamol topishi, ijodi, adabiy-tanqidiy qarashlarining o\u2019sishida katta rol o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy o\u2019zining epik va ilmiy-tanqidiy asarlarida Samarqand va uning ajoyib joylari \u2013 Ulug\u2019bek madrasasi, Ko\u2019hak tepaligi, Zarafshon daryolari va boshqalarni katta mahorat bilan tasvirlaydi. Samarqand Temur va Temuriylar davrida adabiy hayot markazi sifatida o\u2019zbek xalqi va O\u2019rta Osiyoning boshqa xalqlari o\u2019rtasida muhim rol o\u2019ynadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temur va Temuriylar davrida Samarqand adabiy hayotning markazi bo\u2019lib qoldi. Bu tasodifiy emas edi, albatta. Bu yerda ilgarigi vaqtlarda ham adabiy nazariyasi bo\u2019yicha asarlar yaratilgan edi. Jumladan, Nizomiy Aruziy Samarqandiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/adabiy-hayot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153344","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153344","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153344"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153344\/revisions\/153345"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}