{"id":153349,"date":"2025-09-15T08:19:43","date_gmt":"2025-09-15T05:19:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153349"},"modified":"2025-09-15T08:19:43","modified_gmt":"2025-09-15T05:19:43","slug":"xvii-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqandning-siyosiy-tarixi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xvii-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqandning-siyosiy-tarixi\/","title":{"rendered":"XVII-XIX asrning birinchi yarmida Samarqandning siyosiy tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ashtarxoniylar sulolasining birinchi qudratli xoni aslida Boqi Muhammad (1599-1605) bo\u2019ldi. Uning o\u2019limidan keyin ukasi Vali Muhammad bir oz (1605-1611) hukmronlik qilgan davrda ularning jiyani Imomqulixon (1611-1642) toj-taxtni egallab oldi. Vali Muhammad Eronga qochdi va u yerdan shoh qo\u2019shinlarini boshlab keldi, ammo bu qo\u2019shinlar tor-mor qilindi. Ko\u2019p o\u2019tmay, Imomqulixon qozoqlar ustidan g\u2019alaba qozonib, Toshkentni ulardan tortib oldi. U qoraqalpoq va qalmoqlarning sardorlarini ham yengdi. Xon o\u2019z urug\u2019lari va feodallarning bir tomonlama sulh tuzish mayllariga ustalik bilan monelik ko\u2019rsatdi va qattiq hokimiyat o\u2019rnatdi. Nogiron bo\u2019lib qolgan Imomqulixon toj-taxtdan voz kechgach, uni Nodir Muhammadxon egalladi (1642-1645). Davlatda yana nizo-janjallar boshlandi. Fitna natijasida Nodir Muhammadning o\u2019g\u2019li Abdulaziz (1645-1680) Buxoro taxtiga chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand tarixi XVII asrning birinchi yarmi shahar hokimi, olchin urug\u2019idan chiqqan o\u2019zbek harbiy-feodal zodagonlarining yirik vakili Yalangto\u2019sh Bahodirning faoliyati bilan bog\u2019liqdir. U qo\u2019shni yurtlarni talash bilan davrug\u2019 chiqardi. Yalanto\u2019sh juda katta boylik va 3000 tacha qulga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nizo-janjallardan foydalangan xivaliklar Movarounnahr tuprog\u2019iga bir necha bor bostirib kirib, elni talashdi va asirlar olib ketishdi. Buxoroda taxtni akasidan tortib olgan Subxonquli (1680-1702) xivaliklarning bosqinlaridan foydalandi. Anushaxon (1663-1687) boshliq Xiva qo\u2019shinlari Movarounnahrni vayron qilib, 1685 yilda Samarqandni ishg\u2019ol qildi. Shunisi qiziqki, shahar zodagonlari Xiva xonining hokimiyatini ixtiyoriy tan olib, uning nomini tangaga zarb eta boshladi. Xivaliklar shaharning bor-budini taladi. Keyinchalik xivaliklar quvilgach, Subxonqulixon shaharga yuz qabilasidan harbiy otryad yuborib, samarqandliklardan katta tovon undirib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Subxonqulixon xivaliklar bosqinini vaqtincha to\u2019xtatib turishga muvaffaq bo\u2019ldi va Xiva Buxoro hokimiyatini e\u2019tirof etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Subxonqulixon hukmronligining so\u2019nggi yillari o\u2019zaro urushlar kuchayib ketganligi va xon hokimiyatining bo\u2019shashib qolganligi bilan ajralib turadi. Qabilalarning markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko\u2019tarishlarlari va o\u2019zaro urushlari Buxoro xonini bir necha bor ularga qarshi qo\u2019shin tortishga majbur qildi, lekin bu hamlalar ko\u2019pincha xon lashkarlarining mag\u2019lubiyati bilan tamom bo\u2019lardi. Feodal urushlar keng xalq ommasiga ziyon yetkazar, ulardan faqat feodal zodagonlargina naf ko\u2019rishardi. Bunday urushlar O\u2019rta Osiyoning ko\u2019chmanchi va o\u2019troq aholisi o\u2019rtasidagi iqtisodiy aloqalarga ham putur yetkazardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1702-1711 yillarda hukmronlik qilgan Ubaydullo II amirlar qo\u2019lida bamisoli qo\u2019g\u2019irchoq edi. U isyonchi vassallar bilan hadeb urushaverib, davlatni xarob qildi. Uning davrida Samarqandda bir-biriga kek saqlagan va xon qo\u2019shinlari tarkibiga kirgan o\u2019zbek qabilalari \u2013 nayman bilan saroy o\u2019rtasida to\u2019qnashuvlar bo\u2019lib o\u2019tdi. Ubaydullaxon tartib o\u2019rnatish uchun 1709 yil may oyida qo\u2019shin tortib keldi. U Buxoroga qaytib borganin keyin (1711yil) fitnachilar tomonidan o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodal tarqoqligi, markaziy hokimiyatning haddan tahqari bo\u2019shashib ketganligi, yirik feodallarning toj-taxt talashlari Ashtarxoniylar sulolasining so\u2019nggi namoyandasi bo\u2019lgan Abulfayzxon zamonida (1711-1747) ayniqsa avj olib ketdi. Pyotr I ning elchisi Florio Beneveni yozganidek, Abulfayzxonni xon qilib ko\u2019tarish to\u2019polonsiz bo\u2019lmadi\u2026 \u201cFitnadan xabatr topgan Abulfayz fitnachilarining hammasini o\u2019z huzuriga mehmonga chaqirdi va o\u2019z navkarlariga ularni qilichdan o\u2019tkazishni buyurdi. Taklif qilinganlarning ko\u2019plari o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1711 yilda Abulfayzxon qattiqo\u2019l Farxodbiyni Samarqand viloyatiga hokim qilib tayinladi. 1713 yilda Samarqandda Farxodbiyning zulmiga qarshi xalq katta qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Bu qo\u2019zg\u2019olonda aholining eng kambag\u2019al tabaqalari va hunarmandlar bilan birga savdogarlar va amaldorlar ham qatnashdi. \u201cTarixi Abulfayzxon\u201d degan solnomada Farxodbiy bunday ta\u2019riflagan: \u2026 U zulm va zo\u2019rlik ila tabaalarining uylarini istibdod o\u2019tida yondirdi. Uning adolatsizligi daragi markaziy hukumatga yetgan bo\u2019lsa-da, lekin u tiyin qo\u2019yilmadi va Movarounnahrda tartibsizlik yuz berdi. 1125 (1713) yili jami sardorlar Buxoroda yig\u2019ilib kengashdi va Farhodbiyning zulmi barcha meyordan o\u2019tib ketdi deyishdi. Shu bahona bilan u taxtdan tushirildi va Samarqandni boshqarish Muhammad Rahimbiyga topshirildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1714 yil Samarqandda yana isyon ko\u2019tarildi. Bu safar xalq qo\u2019zg\u2019oloni yangi hukmdor Muhamamd Rahimbiyga qarshi qaratildi. U shafqatsizlikda Farhodbiydan qolishmasdi. Tarixchi Abdurahmon Toliyning yozishicha, Muhammad Rahimbiy va uning yordamchisi Sulton to\u2019qsoba kenogas (shahrisabzlik) \u201c\u2026 tinch oilalarga zulm va zo\u2019rovonlik qila boshladi. Garchand bu hol bir necha bor markaziy hukumat axborotiga yetkazilgan bo\u2019lsa-da, ammo haq joyida qaror topmadi. Yuri axiyri umum qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi va Sulton to\u2019qsobani Samarqanddan haydadi\u2026 Muhamamd Rahimbiy Buxoroga yo\u2019l oldi\u2026\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida zikr etilgan Farhodbiy 1717 yili Samarqandning navbatdagi hokimi Nodirbiy qo\u2019shinlarini yengib, shaharni zabt etdi. Farhodbiyning vahshiyona zulmi, zolimlik siyosati samarqandliklarning sabr kosasini to\u2019ldirdi. 1720 yili shahar ahli qo\u2019zg\u2019olon qilib, Farhodbiy tag\u2019in tushirildi. Abdurahmon Toliyning so\u2019zlariga qaraganda Farhodbiy \u201c\u2026 Samarqand hokimi bo\u2019lgan kezlari\u2026 kunda eldan bo\u2019lar-bo\u2019lmasga pul talab qilaverdi. Yoniga xalq keldi deguncha, pul undirardi. U\u2026 Samarqandni xonavayron qilayotganidan tap tortmasdi\u2026 Xullas, u Samarqandda mustabid hokim edi\u2026\u201d. 1722 yilda Farhodbiy o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>172 yilda mang\u2019itlar sulolasidan bo\u2019lgan Muhammad Hakimbiy poytaxtga otaliq qilib tayinlandi. Mang\u2019itlar hukmronligi o\u2019zbek zodagonlarining nafsoniyatiga tegdi. O\u2019sha yildayoq Samarqand hokimligiga mang\u2019itlar tarafdori Ne\u2019matulla tayinlandi. U shaharda atigi sakkiz oy hukmronlik qildi. 1721 yilda Ne\u2019matulla o\u2019lgandan keyin, yana mang\u2019itlar tarafdori bo\u2019lgan Avazbiy uning o\u2019rnini egalladi va 1722 yil oxirigacha hukmronlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urug\u2019lar o\u2019rtasidagi kurash oqibatida 1722 yilning dekabrida kenagas Ibrohimbiy Samarqandni bosib oldi va mang\u2019it odamlarini shafqatsiz jazoladi. Karmana hukmdori Abdulkarim, miyonqal\u2019alik aka-uka Koppon qipchoqlar va Zarafshondagi ayrim rayonlarning isyonchi hokimlari Ibrohimbiyga qo\u2019shildi. Hammalari Ibrohimbiyning qarindoshi \u2013 Rajab sultonni xon qilib ko\u2019tarishga qaror qildi. Ibrohimbiy Abulfayzxonni yiqitib, sultonlar avlodidan bo\u2019lgan Rajabni nomigagina xon qilib ko\u2019tarmoqchi, xonlikni aslida o\u2019zi boshqarib turmoqchi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodallar o\u2019rtasidagi va kenagaslarning (Ibrohimboy boshchiligida) Ashtarxoniylar (Abulfayzxon) hamda mang\u2019itlar (Muhammad Hakimbiy boshchiligida) bilan bo\u2019lgan urug\u2019chilik kurashidagi soxta shaxs \u2013 Rajab sulton 1722 yil 23 dekabrda Samarqand xoni qilib saylandi. Ibrohimbiy esa \u201camirlar amiri\u201d (amirul umaro) bo\u2019lib qoldi. Rajab sultonning xon deb e\u2019lon qilinishi va Samarqand xonligining tuzilishiga yirik feodallarning mahalliy hokimiyatga qarshi olib borgan kurashidan bir lavha deb qaramoq kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>1723 yilda Rajabxon Buxoroga qo\u2019shin tortdi, Samarqand saltanatining o\u2019rnatilishini yoqlab chiqqan bir guruh feodallar uni qo\u2019llab-quvvatladi. Rajabxon bilan Abulfayzxon o\u2019rtasidagi urushda dam u tomon, dam bu tomon baland kelib turdi, lekin pirovardida \u201c\u2026 qo\u2019zg\u2019olonchi qo\u2019shindagi nifoq va murosasizlik tufayli buxoroliklar g\u2019olib chiqishdi va muxolif talonchilik qilib orttirgan hamma boyliklarini g\u2019oliblarga qoldirib, o\u2019zi to\u2019zib ketdi. Bu gal ancha qo\u2019zg\u2019olonchi yakson qilindi, ko\u2019pi ochlikdan qirilib ketdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mag\u2019lubiyatga uchragan Rajabxon o\u2019z hukmronligini tan olishni va birgalikda Abulfayzga qarshi kurashishni so\u2019rab, ko\u2019pgina amirlarga murofaat qildi. AYni vaqtda u dam xayr-ehsonlar va\u2019da qildi, dam o\u2019ch olish bilan qo\u2019rqitdi. Ammo, Abdurahmon Toliyning fikricha, \u201cular bunga hech parvo qilishmadi\u201d. Ana shu Rajabxon qozoq feodallaridan madad so\u2019radi, ularga bosib olinadigan viloyatlardan ko\u2019p o\u2019lja va\u2019da qildi. Bundan foydalangan qozoq feodallari Samarqand viloyatini taladilar va xonavayron qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu davrda chigirtkalarning yopirilishi va Darg\u2019om to\u2019g\u2019onini suv yubib ketishi Samarqand va uning atrofidagi joylarning ahvolini yanada og\u2019irlashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning og\u2019ir ahvolda qolganligini Muhammad Yoquv Buxoriy \u201cGulshan al-mulk\u201d kitobida shunday bayon qiladi: \u201cMovarounnahrda ochlik paydo bo\u2019ldi\u2026 Hamma joyda kishilar boshpanalarini tashlab, boshi oqqan tomonga tarqab ketishdi. Samarqand shahri bamisoli sahroga o\u2019xshab qoldi\u2026\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Rajabxon 14724 yilda ko\u2019chmanchi oqsuyak qozoqlar ko\u2019magi bilan Buxoroni qurshab oldi va uni uch kun talashga buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1725 yil yozida Vobkent rayonida Abulfayzxon bilan Rajabxon qo\u2019shinlari o\u2019rtasida hal qiluvchi jang bo\u2019lib, bu jang Rajabxonning mag\u2019lubiyati bilan tugadi. O\u2019zi o\u2019g\u2019li bilan asir tushdi va ular Buxoro arkiga olib kelindi. Abulfayzxon ota-bolani minoradan tashlatmoqchi edi, lekin xalq \u201cqo\u2019liga tayoqlar olib, ularni (o\u2019lguncha) savalashdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asrning 20-yillaridagi urushlar, nizo-janjallar natijasida Samarqandning vayron bo\u2019lishi va xarobazorga aylanishi shu qadar dahshatli ediki, odamlar 1730 yildan boshlabgina Samarqand qal\u2019asiga qaytib kelib, o\u2019ziga uy-joy qura boshlashdi. Ammo oradan yana o\u2019n yil o\u2019tgandan keyin ham shaharda aholi kame di va ko\u2019chmanchilar qish faslida o\u2019z mollarini Registonning huvullab qolgan madrasasida boqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eronlik istilochi Nodirshoh (1736-1747) Buxoro xonligining siyosiy tarqoqligidan foydalandi. Uning bosqinchilik yurishlari vaqtida Marv shahri aosiy tayanch bo\u2019ldi. Nodir qo\u2019shinlarining bostirib kelayotganligidan qo\u2019rqqan Abulfayz 1740 yil 12 sentabrda Nodirshohning qarorgohiga kelib, uning hukmronligini tan oldi. Nodirshoh \u201caholini tinchlantirish uchun xonlikning turli tomonlariga ayrim otryadlarini yubordi. Bu otryadlar mahalliy aholiga ko\u2019pgina ziyon-zahmat yetkazishdi\u201d. Lutf Alixon boshchiligidagi 200 kishilik otryad Samarqandga yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xivada bo\u2019lgan Gladishev va Muravinning bergan xabariga ko\u2019ra, o\u2019sha vaqtda Abu Salomxon boshchiligida \u201cmustaqil Samarqand xonligi\u201d mavjud edi. Abu Salomxon eronliklarning Samarqand viloyatini bosib olishlariga qarshilik ko\u2019rsatish maqsadida Qo\u2019qon xonligi bilan aloqa bog\u2019lagan edi. Nodir qo\u2019shinlari Samarqandni bosib olgandan keyin 1740 yil sentabr oyining oxirida Abu Salomxon va shaharni himoya qilgan ko\u2019pgina kishilar yovuzlarcha o\u2019ldirilgdi. Eronlik bosqinchilar Samarqandga yetti yil (1740-1747) hukmronlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1753 yili Muhammad Rahim mang\u2019it rasmiy ravishda Buxoro taxtiga o\u2019tirdi. U mamlakat hayotini izga solishga va ayrim feodallar o\u2019rtasidagi nizolarni bartaraf etishga harakat qildi. Markazlashgan hokimiyatni mustahkamlash uchun Muhammad Rahim kuchli armiya tuzdi va ikki yil Miyonqal\u2019aning isyonchi feodallarga, ayniqsa kenagas, baxrin, yetti urug\u2019 qabilalari va boshqa qabilalarning zodagonlariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Nihoyat, bularni markaziy hokimiyatga bo\u2019ysundirdi. Shunday qilib, Buxoroda so\u2019nggi sulolaning hukmronligi boshlandi, bu sulola 1920 yil sentabrda ro\u2019y bergan xalq revolyutsiyasi tufayli ag\u2019darib tashlandi. Samarqand Rossiyaga qo\u2019shilgunga qadar (1868 yil may) Buxoro xonligi tarkibida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Rahimxon vafotidan keyin (1758) bir qator viloyatlar Buxorodan ajralib chiqdi. O\u2019ratepa va Xo\u2019jand hokimi Fazilbiy yuz Buxoroni ham egallash va butun mamlakatga hukmron bo\u2019lish niyatida Jizzax, Xatirchi, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Samarqandni bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Buxoro taxtiga chiqqan Doniyorbiy otaliq (1758-1785) 1758 yili Samarqandni qamal qildi va Samarqand amirini barcha qarindosh-urug\u2019lari va yaqinlari bilan birga asir tushirdi. XVIII asrning 60-70-yillarida Buxoro xonligining markaziy hokimiyati Samarqand viloyatini bir necha bor o\u2019ziga bo\u2019ysundirdi. 70-yillarning o\u2019rtalarida Shohmurod (Doniyorbiy otaliqning o\u2019g\u2019li) Samarqand noibi qilib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Doniyorbiyning vafotidan keyin Shohmurod amir deb e\u2019lon qilindi (1785-1800); ayni vaqtda u Samarqand hokimi ham edi. Shohmurod to\u2019rtta islohot \u2013 moliyaviy, ma\u2019muriy, sud va harbiy islohotlarni amalga oshirgan hamda ba\u2019zi bir \u201cshariatga zid soliqlar\u201d ni bekor qilgan deb ko\u2019rsatiladi. Ammo Shohmurod o\u2019zining bosqinchilik yurishlari vaqtida ming-minglab kishilarni qirib tashladi, shahar va qishloqlarni xonavayron qildi. U ilgari xonlikka itoat qilmagan viloyatlarni ham bo\u2019ydundirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019shni viloyatlarni hamda Toshkent, Jizzax, O\u2019ratepa, Xo\u2019jand shaharlarini bosib olish uchun XIX asrning butun birinchi yarmi davomida amir Haydar (1800-1826) vaqtida Buxoro, Qo\u2019qon va Xiva xonliklari o\u2019rtasida urushlar bo\u2019lib turdi. Toj-taxt va boylik orttirish uchun kurash qonli urushlarga sabab bo\u2019ldi. Xonlarning shasiy ginaxonliklar iko\u2019pincha butun-butun viloyatlar aholisining taqdirini hal qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu kurashda XIX asrning birinchi choragida kuchlar nisbati Qo\u2019qon xonligi tomonida edi, chunki Buxoro amirligining harbiy kuchlari ochlik va 1810 yilda bo\u2019lgan g\u2019alayonlar (Urgut beklari, Shahrisabz hokimining o\u2019zboshimcha harakatlari va boshqalar) natijasida bo\u2019shashib qolgan edi, XIX asrning ikkinchi yarmida, ayniqsa amir Nasrullo muntazam armiya tuzishga kirishib, to\u2019pchilar batalonini tashkil qilganidan keyin kuchlar nisbati Buxoro amiri tomoniga o\u2019tdi. U piyoda qo\u2019shinlarning dastlabki muntazam armiyasini tuzdi. Bu armianing soldatlari (sarbozlar) urush vaqtida forma (qizil kamzul va oq ishton) kiyib yurishar edi. 50-yillarning o\u2019rtalariga kelib, 2,5 ming sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to\u2019pponchaga ega edi. Asir tushgan ruslar Buxorodagi muntazam qo\u2019shinlarning dastlabki insturkorlari edi. O\u2019zaro urushlarga Samarqand ham tortilib turdi. Amir Haydar taxtga o\u2019tirgach, Davlatbiy qushbegini (o\u2019zining tug\u2019ishgan akasi Muhammad Husaynbek o\u2019rniga) Samarqand viloyatiga hokim qilib tayinladi. Davlatboy qushbegi Samarqandni 1814 yilgacha boshqardi. Davlatbiydan keyin Samarqand viloyatiga amir Haydar safdoshlaridan to\u2019rt kishi: Ayozbiy, Muhammadbiy, Muhammad Safarbiy, Ibrohim Dodxohlar hokim qilib tayinlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ashtarxoniylar sulolasining birinchi qudratli xoni aslida Boqi Muhammad (1599-1605) bo\u2019ldi. Uning o\u2019limidan keyin ukasi Vali Muhammad bir oz (1605-1611) hukmronlik qilgan davrda ularning jiyani Imomqulixon (1611-1642) toj-taxtni egallab oldi. Vali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xvii-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqandning-siyosiy-tarixi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153349","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153349"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153349\/revisions\/153350"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153349"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153349"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}