{"id":153354,"date":"2025-09-15T08:56:48","date_gmt":"2025-09-15T05:56:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153354"},"modified":"2025-09-15T08:56:48","modified_gmt":"2025-09-15T05:56:48","slug":"abadiy-yoq-bolib-ketgan-dinozavrlar-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abadiy-yoq-bolib-ketgan-dinozavrlar-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abadiy yo\u2018q bo\u2018lib ketgan dinozavrlar haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Dinozavrlar zamondoshlarimiz uchun juda begona, uzoq vaqt avval yo\u02bbq bo\u02bblib ketgan narsa timsoliga aylangan. Darhaqiqat, ular hozir Yer yuzida yashaydigan hayvonlarga umuman o\u02bbxshamaydi. Biroq bu unchalik to\u02bbg\u02bbri emas. Gigant kaltakesak (albatta, qadimgi kaltakesakdan ancha kichik) hali ham Zond arxipelagi orollarida uchraydi. U taxminan 170 million yil davomida Yer yuzida hukmronlik qilgan maxluqlarning xususiyatlarini bizgacha yetkazib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular taxminan 200\u2013240 million yil oldin paydo bo\u02bblgan va bo\u02bbr davrining oxirida, ya\u02bcni miloddan 70 million yil avval qirilib ketgan. Bir vaqtlar Yerda yashagan barcha turlarning 99% dan ortig\u02bbi butunlay yo\u02bbq bo\u02bblib ketgan. Buning sabablari haligacha ma\u02bclum emas. Bu borada turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ularning, xususan, dinozavrlarning ham o\u02bblimini Yerda sodir bo\u02bblgan tog\u02bb hosil bo\u02bblishi va vulqon faoliyati kabi halokatli jarayonlar bilan bog\u02bblaydi. Boshqalari esa iqlimning keskin o\u02bbzgarishi va kosmik nurlanish, uchinchilari \u2014 meteoritlar tushishi bilan. Katta ehtimol bilan, ular Yer yuzidagi o\u02bbzgargan yashash sharoitlariga moslasha olmagan va o\u02bbrnini yanada rivojlangan organizmlarga bo\u02bbshatib bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Dinozavrlar yashagan o\u02bbsha uzoq o\u02bbtmishda sayyoramizda fantastik dunyo bo\u02bblgan. Bir maromdagi iqlim yumshoq va issiq bo\u02bblgan. Suv ulkan maydonlarni to\u02bbldirgan. Daryolar ignabargli qalin o\u02bbrmonlarni kesib o\u02bbtgan. Yer yuzasini ulkan sarv daraxtlari, daraxtsimon paporotniklar, qirqbo\u02bbg\u02bbin va plaunlar (sporali o\u02bbrmon o\u02bbsimliklaridan biri), sagovniklar (biroz palmaga o\u02bbxshash, lekin yetti metrli qalin yaltiroq bargli daraxt) qoplagan. Dengiz va daryolar qirg\u02bbog\u02bbini barglari ulkan yelpig\u02bbichlarga o\u02bbxshash ginkgo o\u02bbrmonlari o\u02bbrab turgan. Xushbo\u02bby hidli birinchi gulli o\u02bbsimliklar paydo bo\u02bblgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yam-yashil muhitda barcha davrlarning eng katta sudralib yuruvchilari bo\u02bblgan ulkan ninachi, toshbaqa, kaltakesak va haybatli dinozavrlar yashagan. Ular hamma joyda, barcha qit\u02bcalarda hukmronlik qilib, o\u02bbzlarini Yerning \u201cxo\u02bbjayinlari\u201d kabi his qilgan. Shoxlari, tikanlari va zirhi bo\u02bblgan birinchi dinozavrlarning uzunligi ko\u02bbpincha deyarli 25\u201330 metrga yetgan. Ular kuchli oyoqlarida harakatlangan. Chamasi, eng qadimgilari quruqlikdagi yirtqichlar bo\u02bblgan. Keyin o\u02bbtxo\u02bbrlari paydo bo\u02bblgan. Ularning ba\u02bczilari keyinchalik suvda yashay boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyin uzunligi qariyb 35 metr, balandligi 9 metr va og\u02bbirligi 60 tonnaga yetgan brontozavr va braxiozavrlar paydo bo\u02bblgan. Ular dengiz va katta ko\u02bbllar qirg\u02bboqlarida yashagan o\u02bbtxo\u02bbr jonivorlar bo\u02bblgan. Uzunligi 17 metr, balandligi 9 metr va vazni 10 tonnadan ortiq tiranozavr esa yirtqich bo\u02bblgan. Orqa oyoqlarida harakatlangan bu maxluq, aftidan, Yer yuzida yashagan barcha yirtqichlarning eng dahshatlisi bo\u02bblgan.<br><br>Manba: <a href=\"https:\/\/sinaps.uz\/bilasizmi\/26045\/\">https:\/\/sinaps.uz\/bilasizmi\/26045\/<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dinozavrlar zamondoshlarimiz uchun juda begona, uzoq vaqt avval yo\u02bbq bo\u02bblib ketgan narsa timsoliga aylangan. Darhaqiqat, ular hozir Yer yuzida yashaydigan hayvonlarga umuman o\u02bbxshamaydi. Biroq bu unchalik to\u02bbg\u02bbri emas. Gigant kaltakesak &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abadiy-yoq-bolib-ketgan-dinozavrlar-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-153354","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153354","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153354"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153354\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153355,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153354\/revisions\/153355"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153354"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153354"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153354"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}