{"id":153425,"date":"2025-09-16T09:19:54","date_gmt":"2025-09-16T06:19:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153425"},"modified":"2025-09-16T09:19:55","modified_gmt":"2025-09-16T06:19:55","slug":"yangi-yil-bayrami-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangi-yil-bayrami-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Yangi yil bayrami haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri bo\u02bblib, qadimgi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.m.wikipedia.org\/wiki\/Bobil\" class=\"\">Bobil<\/a>&nbsp;va qadimgi&nbsp;<a href=\"https:\/\/uz.m.wikipedia.org\/wiki\/Misr\" class=\"\">Misrda<\/a>&nbsp;miloddan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari ma\u02bclum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan bo\u02bblishiga qaramasdan, bayramning tub mohiyati bir xilligicha qolib kelgan, ya\u02bcni Yangi Yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va o\u02bbtgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan. Masalan, qadimgi Misrda Yangi Yil bayrami Nil daryosining eng to\u02bblib toshgan davriga, ya\u02bcni Sentyabr oylariga to\u02bbg\u02bbri kelgan bo\u02bblib, misrliklar uchun bu davr dehqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi hisoblanib, Ra xudosi sharafiga bayram o\u02bbtkazilib, qurbonliklar qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tug\u02bbilishi davriga to\u02bbg\u02bbri kelib, dehqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi bo\u02bblib, yangi yilda dehqonchilikning mo\u02bbl-ko\u02bbl bo\u02bblishini so\u02bbrab mabudlar sharafiga qurbonliklar qilinib bayram qilingan. Bizning qadimgi O\u02bbrta Osiyoda yangi yil\u00a0<a class=\"\" href=\"https:\/\/uz.m.wikipedia.org\/wiki\/Zardushtiylik\">zardushtiylik<\/a>\u00a0udumlariga ko\u02bbra bahorning dastlabki oylarida nishonlangan bo\u02bblib, ko\u02bbkalamzorlikning kelishi va tabiatning uyg\u02bbonishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navro\u02bbz bayramimiz ana shu zardo\u02bbshtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yo\u02bbqdir. Undan tashqari barcha davrlarda Yangi Yil bayrami turli xil dinlarga bog\u02bbliq holda nishonlanishiga qaramasdan, uning asli xristianlarga borib taqaladi. Ular o\u02bbzlarining ilohini (musulmon uchun payg\u02bbambar)\u00a0<a class=\"\" href=\"https:\/\/uz.m.wikipedia.org\/wiki\/Iso_Masih\">Isoni<\/a>\u00a0shu kunda archa daraxti tagida tug\u02bbilgan shuning uchun archa hamisha yashil rangda deb e\u02bctiqod qilishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixda birinchi marta rasmiy jihatdan Yangi Yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan mil.avv. 46-yilda ta\u02bcsis etilgan bo\u02bblib u 1-yanvar deb e\u02bclon qilingan. Bu bayramga asos qilinib qadimgi Rimdagi xudolardan biri Janus xudosi olingan bo\u02bblib, u yangi yilning boshi va eski yilning ohirida tug\u02bbilganligi aytiladi. Uning yuzi ikki tomonlama bo\u02bblib, bir yuzi eski yilga, ikkinchi yuzi yangi yilga qaratilgan bo\u02bblgan. 1-yanvar kuni qadimgi Rimda katta bayram tashkil etilgan bo\u02bblib Yanus xudosi sharafiga turli hil sovg\u02bba salomlar ulashilgan. Lekin shu o\u02bbrinda bir narsani ta\u02bckidlab o\u02bbtish lozim Rimliklar kalendari bo\u02bbyicha Yanvar oyi hozirgi dunyoda ishlatiladigan Grigorian kalendarining mart oyiga to\u02bbg\u02bbri kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rim imperiyasining qulashi va nasroniylikmning keng tarqalishi bilan Yangi Yil bayramini nishonlash har bir mamlakatda turlicha yo\u02bbnalish oladi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Fransiyada bu sana Paxsa bayrami haftasining birinchi kuniga to\u02bbg\u02bbri keladi, Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oralig\u02bbida har yilgi kalendarning o\u02bbzgarishiga qarab o\u02bbzgargan, Provaslav cherkovidagi xalqlarda (jumladan Ruslarda) yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi Yil Iso alayhsalomni tug\u02bbilgan kuni 25-dekabrda nishonlangan. Bu bayram xar bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab o\u02bbzgargan. O\u02bbrta Osiyo va Yaqin sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan bo\u02bblib, keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan ko\u02bbpchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan, O\u02bbrta Osiyo, Eron va boshqa Navro\u02bbz bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno.<\/p>\n\n\n\n<p>Islom dinida ham Yangi Yil mavjud bo\u02bblib u 15-16 iyul oylariga to\u02bbg\u02bbri kelib, Muharram deb ataladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aynan 622-yil 15 yoki 16 iyuldan boshlab Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida o\u02bbtkazilishi hamon bahsli bo\u02bblib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidat sifatida qaraladi. Lekin u ikkita mazhabdagi turli diniy yo\u02bbnalishlarga qarab o\u02bbzgarishi mumkin. Shuningdek Islom dini boshqa sivilizatsiyalar mahsuli bo\u02bblgan barcha Yangi Yil bayramlarini (1-yanvar, 21-mart, Xitoy yangi yili, Iso alayhisalom tug\u02bbilgan kuni) qatiyan rad qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1582-yilda Papa Grigorian, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi, unga ko\u02bbra yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigorianning tavsiyalari umuman yo\u02bbq, bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan, lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan. Lekin asta sekinlik bilan Yevropada uyg\u02bbonish davrining ohirlariga kelib Cherkovdan ajralish yaqqol sezila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatlardagi inqiloblarning boshlanishi bilan Katolik cherkovining obro\u02bbsi yemirilib, davlatlarning ichki siyosatiga ta\u02bcsirini deyarli yo\u02bbqotdi. XIX-asrning ohiri va XX-asrning boshlarida butun Yevropa davlatlari dunyoviy davlatlarga aylanib bo\u02bbldi. Undan tashqari Protestanizmning keng miqyosda yoyilishi bilan Katolik cherkovi butunlay nazoratni qo\u02bbldan chiqarib qo\u02bbydi. XX-asrning boshlaridan boshlab Yangi Yil bayrami nishonlanishi keng tarqaldi va Katolik cherkoviga qarama qarshi ravishda Iso masihning tug\u02bbilgan kuni bo\u02bblmish (rojdestvo) 25-dekabrga raqobatchi bayram sifatida 1-yanvar, Yangi Yil bayrami paydo bo\u02bbldi. O\u02bbrta Osiyoda Yangi Yil (Navro\u02bbz) har doim ham nishonlanib kelgan. Yangi Yilning bizning madaniyatimizga kirib kelishi Chor Rossiyasi bilan emas balki Sovet Ittifoqi bilan bog\u02bbliqdir. Garchi 1-yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699-yilda Yevropaga hayrihohlik munosabatida bo\u02bblgan Pyotr I tomonidan tayinlangan bo\u02bblsada u Rus Imperiyasida eng katta bayramlar sirasiga kirishga ulgurmagan edi. Keyinchalik Sovet Ittifoqi davriga kelib Yangi Yil ommaviy ravishda nishonlana boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirgi kunda 1-yanvar dunyoviy bayram bo\u02bblib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi, diniy qonunlarga asoslanib qurilgan jamiyatlar bundan mustasno.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri bo\u02bblib, qadimgi&nbsp;Bobil&nbsp;va qadimgi&nbsp;Misrda&nbsp;miloddan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari ma\u02bclum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan bo\u02bblishiga qaramasdan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yangi-yil-bayrami-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":148499,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-153425","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153425","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153425"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153425\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153426,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153425\/revisions\/153426"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/148499"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153425"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153425"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153425"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}