{"id":15349,"date":"2022-01-22T20:31:59","date_gmt":"2022-01-22T17:31:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15349"},"modified":"2022-01-22T20:32:02","modified_gmt":"2022-01-22T17:32:02","slug":"baroqxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baroqxon\/","title":{"rendered":"BAROQXON"},"content":{"rendered":"\n<p>BAROQXON (to&#8217;liq ismi \u2014 Baroqxon ibn eson Tuva ibn Mutugen ibn Chig&#8217;atoy) (? \u2014 1271) \u2014 Chig&#8217;atoy ulusi xoni (1266\u2014 71). Jamol Qarshiyning yozishicha, 1266 yil Ohangaron vodiysida Chig&#8217;atoy avlodlaridan birinchi bo&#8217;lib Islomga kirgan Muborakshoh o&#8217;zini Chig&#8217;atoy ulusi xoni deb e&#8217;lon qiladi. Shu tariqa birinchi marta Chig&#8217;atoy ulusiga mo&#8217;g&#8217;ullar davlati oliy hukmdori tayinlamagan kishi xon bo&#8217;ladi. Bundan g&#8217;azablangan oliy hukmdor Xubilay Baroqxonni Turkistonga jo&#8217;natadi. U dastlabki vaqtlarda o&#8217;zining xon qilib yuborilgani xususidagi yorliqni yashirib, go&#8217;yo boshpana izlab kelgandek Surxondaryoga \u2014 qarindoshlari huzuriga boradi va asta-sekin mo&#8217;g&#8217;ullardan qo&#8217;shin to&#8217;play boshlaydi. 1266 yil sentabrda Baroqxon Muborakshoh qo&#8217;shini bilan jang qilib, uni asir oladi va O&#8217;zganda o&#8217;zini Chig&#8217;atoy ulusi xoni deb e&#8217;lon qiladi. Ammo, Baroqxon tez orada Xubilay qoonga itoat qilmay qo&#8217;yadi. Shu bois Xubilay unga qarshi qo&#8217;shin yuboradi, Baroqxon Sharqiy Turkistonda Xubilay qo&#8217;shinini tor-mor keltiradi. Shu vaqt chingiziylardan Xaydu Markaziy hokimiyat bilan Baroqxon o&#8217;rtasidagi qarama-qarshiliklardan foydalanib Yettisuv va Sirdaryoning sharqidagi yerlarni bosib olish taraddudiga tushadi. Natijada 1268 yil har ikki tomon qo&#8217;shinlari to&#8217;qnashib, Baroqxon yengiladi. Ammo, Xaydu uni ta&#8217;qib etmay, kelasi yili bahorda qurultoyga kelishni va o&#8217;rtadagi raqobatga chek qo&#8217;yib, sulh tuzishni taklif qiladi. 1269 yil bahorida qurultoy chaqirilib, unda sulh tuziladi va Xaydu bilan Baroqxon tasarrufidagi yerlar chegarasi aniq belgilab olinadi. Baroqxon vafot etgach, o&#8217;rniga o&#8217;g&#8217;li Tuva (Duva) taxtga o&#8217;tiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>BAROQXON (haqiqiy ismi Navro&#8217;z Ahmadxon) (? \u2014 1556, Samarqand) \u2014 Shayboniylar sulolasidan bo&#8217;lgan xon. Abulxayrxonnmng nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxo&#8217;jaxonning kichik o&#8217;g&#8217;li. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1525 \u2014 51), so&#8217;ngra Movarounnahr (1551 \u2014 56) xoni. Baroqxon yoshligida Vosifiydan she&#8217;riyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan ta&#8217;lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko&#8217;proq mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Baroqxon o&#8217;z saltanatini kengaytirish uchun ko&#8217;p harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan keyin 1551 yil Samarqand taxtiga o&#8217;tirgan va Navro&#8217;z Ahmadxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. Baroqxon obodonchilik ishlariga e&#8217;tibor bergan, madrasalar qurdirgan. Hofiz Tanish Buxoriyning &#171;Abdullanoma&#187; asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556 yil Zarafshon daryosidan boshlangan Darg&#8217;om kanalining bosh inshooti \u2014 Ravotxo&#8217;ja to&#8217;g&#8217;onini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda to&#8217;satdan vafot etgan. Baroqxon davrida Movarounnahr bilan yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir o&#8217;rtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAROQXON (to&#8217;liq ismi \u2014 Baroqxon ibn eson Tuva ibn Mutugen ibn Chig&#8217;atoy) (? \u2014 1271) \u2014 Chig&#8217;atoy ulusi xoni (1266\u2014 71). Jamol Qarshiyning yozishicha, 1266 yil Ohangaron vodiysida Chig&#8217;atoy avlodlaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baroqxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15349","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15349","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15349"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15349\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15350,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15349\/revisions\/15350"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15349"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15349"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15349"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}