{"id":153499,"date":"2025-09-17T07:00:29","date_gmt":"2025-09-17T04:00:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153499"},"modified":"2025-09-17T10:31:20","modified_gmt":"2025-09-17T07:31:20","slug":"samarqandda-xiv-asr-oxiri-va-xv-asr-arxitekturasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqandda-xiv-asr-oxiri-va-xv-asr-arxitekturasi\/","title":{"rendered":"Samarqandda XIV asr oxiri va XV asr arxitekturasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Temur zafarli yurishlaridan so\u2019ng kengayib borayotgan o\u2019z davlati poytaxtini tanlashda ikkilanib qoldi. O\u2019sib ulg\u2019aygan va urug\u2019-avlodi yashagan Shahrisabz yoki uning siyosiy shuhrati boshlang\u2019ich Samarqand shaharlaridan qay birini poytaxt qilib olsin? Temur Shahrisabzga har doim mehr-muhabbat bilan qaragan va bu joy hamisha uning diqqa-e\u2019tiborida turgan bo\u2019lsa-da, Samarqandni poytaxt shahar deb e\u2019lon qildi. XIV asrning 70-yillaridan boshlab Samarqandda qurilish ishlari yanada yuksak sur\u2019atlar bilan boshlab yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning shahar plashtirishidagi asosiy elementar \u201cQal\u2019a\u201d arki, shahar mustahkamlangan territoriyasi \u2013 Hisordan iborat edi. Aftidan, hisor asosan Samarqandni mo\u2019g\u2019ullar egallab olgungacha bo\u2019lgan qadimiy devorlar o\u2019rnida tiklangan. Undan so\u2019ng shahar atrof mahallalari keyin esa qishloq joylari \u2013 tumanlar cho\u2019zilib ketgan edi. Temur tomonidan hijriy 773 yilda (1371-1372) shaharning mudofaa devorlari qurila boshladi. Ulardan hozir asar ham qolmagan bo\u2019lsa-da, XIV asr miniatyuralaridan ularning tashqi ko\u2019rinishi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Devorlar baland bo\u2019lib, atrofi xandaq bilan o\u2019ralgan. Ular asosan g\u2019isht va paxsadan qurilgan, devorlari kungurador, har burchagida burjlari va nishon tuynuklar bo\u2019lgan. O\u2019sha vaqtda asosiy shahar darvozalari qurilishiga alohida e\u2019tibor berilgan. Ular oltita bo\u2019lgan: Shimolda \u2013 Ohanki va Shayxzoda, g\u2019arbda \u2013 Chorsu, janubda \u2013 Korizgoh va So\u2019zangaron, sharqda \u2013 Feruza.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrga oid \u201cFathnoma\u201d nomli qo\u2019lyozmadagi nodir miniatyuralarning birida (O\u2019zbekiston SSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institute) Ohanin darvozasi tasvirlangan. Bunda baland toqlari bo\u2019lgan minoralari peshtoq tasvirlangan. Qal;aning devorlari kungurali qilib ishlanib, u yer-bu yerida soqchi va mudofaachi turadigan burjlar va nishon tuynuklar bor. Ulkan qoramtir darvozalar cho\u2019yandan quyilgan bo\u2019lishi kerak (Darvozai Ohanin \u201cTemir darvoza\u201d demakdir). Peshtoqning romlari, kunguralari, ark tokchalari ko\u2019k rangli koshinlar bilan bezalgan. Peshtoq ustidagi naqshlar orasida yozuvlar bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>34 ga maydonni o\u2019z ichiga olgan qal\u2019a Novadon arig\u2019idan g\u2019arbga qarab ko\u2019tarilib boradi. Ariq hisorni kesib o\u2019tib, qal\u2019ani o\u2019rab turgan xandaqlarga oqqan. Qal\u2019ada hukumat muassasalari, qurol-yarog\u2019 ustaxonalari, zarbxona, qamoqxona va ikkita saroy \u2013 Ko\u2019ksaroy va Bo\u2019stonsaroy bor. Ko\u2019ksaroyda Samarqandning asosiy davlat idoralari joylashgan bo\u2019lib, bu yerda toj-baxt uchun, toj-taxt uchun kurashlar, yashirin qotilliklar bo\u2019lib turgan. Saroy to\u2019rt oshiyonali bo\u2019lib, u ko\u2019k koshinlar bilan qoplangani uchun ham shu nomni olgan. Qal\u2019a ichidagi yodgorliklardan faqatgina bittasi \u2013 Ko\u2019k tosh saqlangan. Bu tosh hozir Go\u2019ri Amirning hovlisida turibdi. Bu tosh yirik paralleliped shaklida bo\u2019lib, o\u2019yma naqshlar tushirilgan va yonlariga guldor chiziqlar tortilgan kulrang marmardan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand qal\u2019asining chegarasida 1371-1372 yillarda mashhur shayx Nuriddin Basir yoki Kutbi Chahorduhum maqbarasi qurildi. Bu yodgorlik ham bizgacha yetib kelmagan. Rassom V.A.Vereshchaginning rasmi, qadimiy o\u2019lchovlar va uning fotografiyasi bu yodgorlikni tasavvur qilish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hisorni planlashtirish sxemasi quyidagicha: shahar darvozalaridan kelib taxminan Registon maydonida tutashuvchi olti asosiy magistral yo\u2019l bor. 1404 yilda Temur tomonidan bosh ko\u2019chalardan birinchi tuzatish va to\u2019g\u2019rilash ishlari amalga oshirilgan bo\u2019lib, bu aftidan Ohanin darvozasidan kelgan ko\u2019cha bo\u2019lsa kerak. Bu ishlarning shohidi bo\u2019lgan Klavixoning mazkur ko\u2019cha qurilishi haqidagi xotiralari yuqorida keltirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand xalqaro savdo va hunarmandchilik keng ko\u2019lamda rivojlangan shahar bo\u2019lgan. Shahardagi son-sanoqsiz bozor, do\u2019kon, ustaxonalar faqatgina asosiy ko\u2019chalarda emas, balki ikkinchi darajali ko\u2019chalarda ham joylashgan. Bu yerda yuzlab kichik do\u2019koncha va o\u2019nlab yirik savdo binolari \u2013 timlar, ko\u2019chalar kesishgan takya va chorsularda gumbazsimon binolar qurilgan. Uzoq mamlakatlardan bu yerga keluvchi savdogarlar uchun karvon saroylar, bozor ahli uchun son-sanoqsiz oshxona va choyxonalar, go\u2019zar machitlar bunyod etilgan. Turar joylarda ichkari va tashqi hovlilar, hovuz, daraxtlar, toklar bo\u2019lgan. Bular orasida Samarqandning hashamatli, go\u2019zal arxitektura inshootlari ko\u2019kka bo\u2019y cho\u2019zgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur davrida bunyod etilgan inshootlarning juda oz qismi shu kungacha saqlangan, ko\u2019pchiligi xaroba holida yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha vaqtlarda Afrosiyob tepaligining janubidagi Shohizinda ansambli kengayadi va qaytadan yuzaga keladi. Qo\u2019sam ibn Abbos mozoridan qadimiy devorning janubigacha bo\u2019lgan yo\u2019lakning yuqori qismida Temur safdoshlari \u2013 amirlar va uning oilasidagi malikalarga mo\u2019ljallangan maqbaralar gruppasi yuzaga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning opasi Turkan oq tomonidan qurilgan Shodimulk oqa (1372 yil vafot etgan) maqbarasi, Tug\u2019lu Tekinning o\u2019g\u2019li Amir Husayn (1376 yil) maqbarasi, Temurning singlisi Shirinbeka oqa maqbarasi (1386 yil) va Amirzoda maqbarasi (1386 yil) to\u2019rt daxmadan iborat gruppani tashkil etib, ular bir-biriga to\u2019g\u2019rima-to\u2019g\u2019ri joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019sam ibn Abbos mozoriga yondashgan gruppaga olib boruvchi bosh yo\u2019lakning g\u2019arbiy yo\u2019nalishida ikkita nomsiz maqbara (\u21161, \u21162) va Amir Burunduq maqbarasi bor. Yaqin yillardagi qazishma ishlari natijasida bu maqbaralar qarshisida yana bir daxma joylashganligi aniqlandi. Bular XIV asrning so\u2019nggi choragiga oid yodgorliklar bo\u2019lsa kerak, deb taxmin qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>1404\/5 yillarda Shohizinda yodgorliklarining shimoliy gruppasi qurilishi nihoyasiga yetkaziladi. Bu ishlar Temurning sevimli xotini Tuman oqa faoliyati bilan bog\u2019liq. Tuman oqa tomonidan maqbara, machit va ansamblning bosh qismiga olib chiquvchi chortoq quriladi. Uning maqbarasidan g\u2019arbda yana qandaydir daxmalar joylashgan bo\u2019lib, ulardan faqatgina chiroyli naqshli poydevor saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Barcha maqbaralar bir xonali, kiraverishi peshtoq va gumbazli, kattaligi jihatidan taxminan bir xildadir. Shu bilan birga ular bir-birini takrorlamaydi, ularning har biri tuzilishida o\u2019ziga xos xususiyatlar, yangi elementlar bor. Maqbaralarning qubbalari \u201cP\u201d shaklida bo\u2019lib, har xil usulda qurilgan. Ularning bezalishi ham turlicha, xilma-xil naqshlardan foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohizinda yodgorligi faqat me\u2019morlik san\u2019ati namunasigina emas, balki kulolchilik san\u2019ati namunasi hamdir. Ularda sopoldan ishlangan pardoz materiallari alohida ajralib turadi. Bu yodgorlik butun musulmon sharqida tengsiz hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cO\u2019rta gruppa\u201d dagi Shodimulk, Amir Husayn va Amirzoda maqbaralarida serjilo o\u2019yma naqshlar o\u2019zining go\u2019zalligi bilan ajralib turadi. Faqat ayrim joylarga rangli koshinlar ishlatilgan. Ularning naqshlari hanuz bilinib turibdi. Bunday koshinlar maqbaraning pastki qismidan to gumbazning ustigacha yopishtirilgan. Maqbaralarning nimqorong\u2019i interyerlari ham ana shu tarzda ishlangan. Maqbaralar naqsh rangli g\u2019ishtlardan yig\u2019ilgan mayda figuralarni yoki o\u2019simlik shoxlariga o\u2019xshash turli tasvirlarni eslatadi, ba\u2019zan esa \u201cko\u2019fiy\u201d shaklidagi geometrik yozuvlar boyagi o\u2019simlik tasviriga uyg\u2019unlashib ketadi. Bu bezaklarning hammasi XIV asr O\u2019rta Osiyo rassomchiligiga xos bo\u2019lgan naqshlardan iborat bo\u2019lib, ularda Qo\u2019sam ibn Abbos (1334 yil), Xo\u2019ja Ahmad va nomsiz maqbaralar (1360 va 1361 yillar) da, shuningdek, Shohizindaning yuqori gruppasidagi maqbaralar qurilishidagi Samarqand-Buxoro me\u2019morchilik maktabining uslublari davom ettirilgan. Shodimulk maqbarasining peshtoqida Badriddin va Shamsuddin degan ustalarning nomlari (nomining oldida qo\u2019shimchasi yo\u2019qligi ham ularning samarqandlik ekanligini ko\u2019rsatib turibdi) va buxorolik usta Zayniddinning nomi yozib qo\u2019yilganligi ham buni isbot etib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nomsiz maqbaralar va Shodimulk hamda Burunduq daxmalari orasida nomsiz maqbaralar Qashqadaryo me\u2019morchilik maktabining namunalariga stilistik jihatdan yaqin. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqot ishlarida bu maktab namunalari yaqqolroq ko\u2019rindi. Ana shu maqbaralarning biridagi ustunlarda Ali Nasafiy ismli ustaning (qarshilik) nomi saqlanib qolgan. Bu maqbaralarning bezak ranglari xilma-xil. Plitkalar havorang, yashil, oq ranglardan tashqari, sariq, och, ko\u2019k, to\u2019q qizil va zarhal ranglar bilan bezalgan. Bu bezaklarda umumiy motivlar bir-biiga yaqin ko\u2019rinsa-da, ular tasvirlar va yozuv naqshlari, xarakteri jihatidan yuqoridagilardan farq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shirinbeka oqa va Tuman oqa maqbaralari uchinchi gruppani tashkil qiladi. Ularda Eron me\u2019morchilik san\u2019atining stilistik belgilari aniq sezilib turadi. Maqbaralar qurilishida eronlik ustalar bevosita ishtirok etgan bo\u2019lishlari ham mumkin. Shuningdek, Shohizindaga olib boradigan yo\u2019lakka o\u2019rnatilgan ajoyib o\u2019yma naqsh solib ishlangan eshikka o\u2019ymakor Yusuf Sheroziy nomi yozib qo\u2019yilganligi ham bilvosita ana shundan dalolat beradi. Tuman oqa maqbaralaridagi kalligrafik yozuvlarni bajargan boshqa bir ustaning nomi ham saqlanib qolgan. Bundan tashqari koshin bezaklar usuli, unda Isfahon va Tabriz qurilishlarida qo\u2019llaniladigan o\u2019yma mozaikalarning ko\u2019pligi ham Eron me\u2019morchiligi ta\u2019siri borligini ko\u2019rsatadi. Naqsh elementlari alohida-alohida o\u2019yilib, keyin yig\u2019ilgan bu mozaikalarning tayyorlanishida ularni bir-biriga jpslashtirish mashaqqatli jarayon bo\u2019lib, ustadan aniq ishlashni talab qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shirinbeka oqa va Tuman oqa maqbaralari kompozitsiyasida avvalgi og\u2019ir va katta qubbalar o\u2019rniga ixcham va bejirim qubbalar ishlanganligini ko\u2019ramiz. Bu yogdorliklarning interyerlari avvalgilardan ko\u2019ra yorug\u2019roq. Chunki ularga gumbazdagi tuynuklardan yorug\u2019 tushib turadi. Bezaklar birmuncha ochiq rangda, faqat maqbara pastki qismi koshinkor plita bilan qoplangan (Bu koshinlar shakldor yoki olti burchakli bo\u2019lib, ularga zarhal yozuvlar bitilgan). Maqbaralar devorlaridagi rasmlar naqsh shaklida tushirilgan. Shuningdek, unda syujetli rasmlar ham tasvirlangan. Shirinbeka oqa maqbarasida esa (u yerdagi rasmlar bilinear-bilnimas) ariqdan oqayotgan suv va shoxlar qo\u2019ngan qushchalar tasvirlangan. Tuman oqa machiti koshinlar qilib ishlangan. Unda gumbazsimon konstruksiyalar sohasidagi yangi izlanishlar o\u2019z aksini topgan. Temur hukmronligining so\u2019nggi yillarida Shohizinda maqbarasining o\u2019rta qismi deyarli tugallangan ansambli tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar arxitektura ansambli XV asr Samarqand me\u2019morchiligida asosiy yo\u2019nalishlardan biri hisoblangan. Ularning kompozitsion uzellarini monumental ansambllar belgilagan va shahrdagi eng baland binolar shaharni bezash usuli deb hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Malikalar, shahzodalar, amirlar o\u2019zlarining shon-shuhratlarini ko\u2019z-ko\u2019z qilish uchun yirik binolar \u2013 Tuman oqa xonaqosi, Saroymulk xonim madrasasi, vaqifga berilgan Tuman oqa yerlari va boshqalarni qurishda musobaqalashganlar. Bu vaqtdagi eng yirik inshootlar Temurning amri bilan qurilgan. Samarqandda ikkita yirik arxitektura ansambli obidalari bizning kunlargacha saqlanib keldi. Ularning biri shahzoda Muhammad Sulton (1374-1403 yillar) nomi bilan bog\u2019liq. Muhammad Sulton Temurning sevimli nabiralaridan bo\u2019lib, unga Samarqand taxtini berish mo\u2019ljallangan. Muhammad Sulton O\u2019zbekiston avlodlaridan bo\u2019lgan Jahongir va Suyun oqaning o\u2019g\u2019lidir. Dastlabki bu kompleks ikki bino \u2013 madrasa va xonaqohdan iborat bo\u2019lgan. Ular to\u2019rt ayvonli to\u2019rtburchak hovli, unign to\u2019rt burchagidagi to\u2019rtta baland minora bir-biriga qo\u2019shilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu kompleks XIV asrning 90-yillarida \u2013 1387 yilda Isfahon bosib olingandan keyin qurilgan bo\u2019lsa kerak. Temur Isfahon yurishidan so\u2019ng o\u2019z poytaxtiga juda ko\u2019p boyliklar qatori mashhur ustalarni ham olib kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton madrasasi va xonaqosiga kiraverishdagi uzun ravoqqa shu kompleksni qurgan Muhammad ibn Mahmud Isfahoniyning nomi o\u2019yib yozilgan. Bu yerdagi minoralar Isfahon atrofidagi Boboso\u2019xta machiti minorasini eslatadi. Koshinkor bezaklar esa XIV asrdagi Isfahon yodgorliklari bezaklariga o\u2019xshab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton madrasasi kelajakda uning siyosatda va harbiy ishda safdoshi bo\u2019ladigan nufuzli oilalarning bolalarini tarbiyalash uchun mo\u2019ljallangan. Madrasa va xonaqolardan faqatsina poydevorning ayrim qismlari saqlangan. Ana shunga va XVII asr avtori Maleho Samarqandiyning yozishiga ko\u2019ra, madrasa iikki qavatli bo\u2019lib, unda hovli, 29 hujra va ikkita darsxona bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton 1403 yil Kichik Osiyoga yurish vaqtida to\u2019satdan vafot etdi. Shahzoda jasadi Sultoniyadagi payg&#8217;ambar Haydar mozoriga qo\u2019yiladi va 1404 yili Samarqandga olib kelinib, uning madrasagidagi vaqtinchalik dahmaga dafn etiladi. O\u2019sha 1404 yili Muhammad Sulton madrasasi va xonaqosini birlashtiruvchi hovlidagi janubiy ayvon oldida Temur buyrug\u2019iga ko\u2019ra katta maqbara Go\u2019ri Amir qurildi (bu yerda birinchi bo\u2019lib musulmon dinining ko\u2019zga ko\u2019ringan vakili Mirsaid Baraka dafn etilgan). Keyinchalik bino Temuriylarning oilaviy daxmasiga aylangan, bu yerga Temurning o\u2019zi ham dafn etilgan. Unga Temurning o\u2019g\u2019illari \u2013 Umarshayx, Mironshoh, Shohruh, nevaralari Muhammad Sulton va Ulug\u2019bek hamda ikki kichik yoshdagi chevaralarinign jasadi qo\u2019yilgan. Temuriylar avlodi XV asrda \u201cGo\u2019ri Amir\u201dga tutash bo\u2019lgan binoga hamda madrasaning janubi-g\u2019arbiy tomonidagi darsxonaga dafn etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Go\u2019ri Amir maqbarasis arxitekturasi dastlabki madrasa \u2013 xonaqo kompleksidan umumiy tasviriy qurilishi jihatidan farq qiladi. Madrasa \u2013 xohaqoda mutanosiblik va bezakning nozikligi ustun turadi. Maqbara esa kuchli arxitektura shakllarining soddaligi, naqsh motivlarining uyg\u2019unligi bilan ajralib turadi. Temur vafotidan so\u2019ng Mirsaid Baraka qabridan bir oz pastroqda marmar toshga o\u2019yib naqsh solingan mozorlar paydo bo\u2019ldi, ularga Temuriylar avlodi dafn etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qabrlarning turgan joyi Ulug\u2019bek davrida o\u2019ymakor marmar panjara bilan o\u2019raldi. 1424 yili uning buyrug\u2019i bilan maqbaraning sharq tomonida to\u2019rt qubbali galereya qurildi. Bu galereyadan maqbaraga kirish mumkin: maqbara interyerlarining asosi havorang, devorlariga esa naqshlar bitilgan. Go\u2019ri Amirning janub tomonidagi va g\u2019arb tomonidagi g\u2019ishtdan ishlangan bezaksiz katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi aniq emas. Ba\u2019zi tadqiqotchilar ular XVI-XVII asrlarga oid deb aytsalar, ba\u2019zilari Ulug\u2019bek tomonidan qurilgan deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton madrasa \u2013 xonaqosi va Go\u2019ri Amir kompleksi tosh yo\u2019l orqali shimolroqda azm daraxtlarga, hovuz va yozgi machit o\u2019rtasida jolashgan Ruhobod maqbarasi bilan bog\u2019langan. Ruhobodning hashamatli binosi XVI asrning 80-yillarida shayx Burhoniddin Sog\u2019arjiy qabri ustiga qurilgan, biroq u o\u2019zining arxitektura formasiga ko\u2019ra mo\u2019g\u2019ullar istilosigacha bo\u2019lgan qurilishining eski an\u2019analariga mos keladi. Maqbaraning arxitektura kompozitsiyasi oddiy; agar kiraverishdagi terrakotadan ishlangan bezakni hisobga olmasak, umuman naqsh yo\u2019q. Uzodan, maqbara bilan bir chiziqda yuqorida zikr etilgan Qutbi Chahorduhum maqbarasi ko\u2019zga tashlanadi. Bu yodgorlikning arxitektura jihatida bog\u2019liqligi mashhur shayx Nuriddin Basir va uning izdoshi Burhoniddin Sog\u2019arjiyning g\u2019oyaviy hamfikrligini qayd qilgandek, Sog\u2019arjiy Temur davrida Samarqand diniy hayotida muhim rol o\u2019ynagan.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning boshlarida Samarqandda Ohanin darvozasi yaqinida yana bir ulkan arxitektura ansambli barpo etildi. Bu Temurning Jome machiti edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1399 yili Temur tomonidan yangi machit qurilishi boshlab yuborildi va 1404 yili qurib bitkazildi. Machit qurilishi uchun 1399 yili Hindiston yurishida qo\u2019lga tushgan boylik sarf etildi. Bu yerda mohir ustalar va me\u2019morlar mehnat qildi. Machit Temurning yosh, suyukli xotini Bibixonim nomi bilan mashhur. Biroqq u noto\u2019g\u2019ri ravishda Temurning katta xotini Saroymulkxonim nomi bilan ataladi. Chunki o\u2019sha kezlarda Saroymulkxonim ham machit ro\u2019baro\u2019sida ulkan madrasa qurdirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ikki ulkan bino to\u2019la saqlanmagan bo\u2019lsa-da, bizgacha yetib kelgan xarobalar o\u2019zinign ulug\u2019vorligi bilan kishini hayratga solidi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning Jome machiti to\u2019rtburchak shaklida bo\u2019lib, bunda to\u2019rt ayvonli to\u2019g\u2019ri burchakli hovli, umumiy kirish yo\u2019li uchta qubbali bin ova 400 ta tosh ustunli to\u2019rt qubbali galereyalardan bo\u2019lgan. Amir Temur maschitni butun musulmonlar dunyosida eng katta qilib, jumladan, uni Dehlida hayratda qoldirgan machitdan katta qilib qurdirishni maqsad qilib olgan edi. Injenerlik-konstruktorlik yechimlari g\u2019oyatda murakkab bo\u2019lgan bu machitni me\u2019morlar qurilish jarayonida birmuncha o\u2019zgartirdi. To\u2019rt metrli poydevor va g\u2019isht bilan terilgan devorlar yerining cho\u2019kishi yoki Samarqandda tez-tez bo\u2019lib turadigan zilzilalarga bardosh berishi kerak edi. Shunday bo\u2019lsa-da, texnik vazifa qisman bajarildi. Zilzila vaqtida baland qilib qurilgan asosiy binolar birmuncha shikastlandi. Marmar ustunlarga asoslangan arkgumbazli galereyalar sistemasi zilzilaga umuman bardosh bera olmadi. Bino qurilgan yiliyoq uning tomlari buzilganligi o\u2019sha davr kishilari shohid bo\u2019lgan. Biroq devorlar, ustunlar, arxitektura bezaklarning qoldiqlari Samarqanddagi machitning dastlabki holatini tasavvur qilish imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Machitga kiraverishdagi peshtoq devorlari kulrang marmar bilan bezalgan. Bino peshtoqi o\u2019yma marmar bilan qoplangan bo\u2019lib, turli g\u2019ishtlar bilan geometrik hamda epigrafik naqshlar tushirilgan. Uchburchakli tokchalar toqlar \u201cP\u201d shaklidagi romlar va gorizontal lavhalarda turli naqshlar, suls xatidagi yozuvlar bor. Xuddi shu usulda, biroq boshqa variantlardagi bezaklar boshqa gumbazli binolarda uchraydi. Devorlarning ichki yuzalari, burchakli karnizlari, qubbalarning ichiga hal bilan naqsh qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Quruvchilar masjidning asosiy binosiga jiddiy e\u2019tibor berganlar. Hovliga qaragan peshtoq juda katta, hamma yerdan ko\u2019rinib turadigan mehrobga o\u2019xshardi. Baland peshtoqli ravoq asosi tepaga qarab ingichkalashib boradigan minoralar bilan o\u2019ralgan edi. Bu bino haqida o\u2019sha vaqtda Sharafuddin Ali Yazdiy shunday yozgan edi: \u201cUning gumbazi, agar somon gumbazi bo\u2019lmaganda, yakkayu yagona bo\u2019lur edi, arki ham agar Somon yo\u2019li bo\u2019lmaganda yakkayu yagona bo\u2019lib qolgan bo\u2019lur edi\u201d. Binoning dekorativ dekorativ bezaklari, naqshlari turli-tumanligi bilan kishini hayratga solidi: o\u2019yma marmar plitalar, sirlangan g\u2019ishtlardan terilgan naqshli devorlar, terrakota, mozaikadan qilingan qadamalar, frizlar, tokchalar, devoriy rasmlar, tasvirlar o\u2019zaro bir-biri bilan bog\u2019langan holda berilgan. Bibixonim machitini yaratgan ustalar o\u2019z maqsadlariga erishganlar \u2013 haqiqatan ham u butun musulmon dunyosida tengsiz bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Machit qarshisida bunyod etilgan Saroymulkxonim madrasasi xususida qazishma o\u2019tkazishdan oldin biron so\u2019z aytish qiyin. Faqatgina shuni aytish mumkinki, madrasaning kiraverish peshtoqi hashamatli bo\u2019lib, machit peshtoqidan baland bo\u2019lgan. Bu narsa Temurda g\u2019azab uyg\u2019otgan va u peshtoqni qaytadan qurdirishga buyruq bergan. Hozirda faqat Bibixonim deb nomlangan maqbara saqlangan, uning ham gumbazi yemirilgan. Saroymulkxonim onasiga qurilgan maqbara malikaning va uning oilasidagi bir qizning (qiz jasadi qoldiqlari yer ostidagi sag\u2019anadagi tosh tobutdan topilgan) daxmasiga aylandi. Maqbara aftidan madrasa tarkibiga kirib, darsxonalarning birining o\u2019rnida joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Maqbara mutanosib shaklga ega bo\u2019lib, uning asosi mozaika panellaridan tashkil topgan, devorlaridan esa nozik naqshlar topilgan, ular orasida Tuman oqa maqbarasidagi kabi peyzaj naqshlar uchraydi. Albatta, bular bir usta tomonidan bajarilgan bo\u2019lmasa-da, har holda bir maktabdagi ustalar tomonidan bajarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Jome machiti, Saroymulkxonim madrasasi, Ohanin darvozasining ulkan, peshtoqlari, minoralari, gumbazlari savdo joylaridagi ko\u2019p gumbazli timlar Samarqandga keluvchilarni bir umrga maftun etib, uning go\u2019zalligini ko\u2019z-ko\u2019z qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qal\u2019a tashqarisiga esa hokimlar va zodagonlar bog\u2019 va saroylar barpo etishgan. Ayniqsa, Temur bog\u2019-saroylari shuhrat qozongan. Yozma manbalar orqali ularning nomlari va qisqacha ta\u2019rif-tavsiflari bizgacha yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning 70-yillarida Cho\u2019ponota tepaligi etagida \u201cBog\u2019i naqshi jahon\u201d barpo etildi, undan narida esa \u201cBog\u2019i Baland\u201d joylashgan edi. Bu bog\u2019lardan g\u2019arbga Mironshohning qizi uchun 1397 yilda \u201cBog\u2019i Shamol\u201d, o\u2019n ikki yoshli Tuman oqaga \u201cBog\u2019u Bihisht\u201d bog\u2019lari, 1404 yili esa qal\u2019a devori yaqinida \u201cBog\u2019i Nav\u201d yuzaga keltirildi. Janubi-g\u2019arb tomonda \u201cBog\u2019i Chinor\u201d janubi-sharq tomonda \u201cBog\u2019i Dilkusho\u201d va 1397-1399 yillarda bunyod etilgan bog\u2019 va saroylar joylashgan edi. Ulardan keyin esa \u201cBog\u2019i Bo\u2019ldi\u201d va \u201cBog\u2019i Zog\u2019on\u201d bor edi. \u201cBog\u2019i amirzoda Shohruh\u201d bog\u2019ining joyi hanuzgacha aniqlanmagan. Bog\u2019 1394 yilda Temurning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Amirzodaning Zakavkazye yurishidan zafar bilan qaytishi sharafiga bunyod etilgan. Shahardan janubda \u201cBedana qo\u2019ruq\u201d zapovednigi bo\u2019lgan. Darg\u2019omdan narida Temurning Hindiston yurishidan 1399 yilda qaytib keladigan kuni sharafiga qurilgan. \u201cDavlat obod\u201d saroy-bog\u2019i joylashgan. \u201cBog\u2019i jahon numo\u201d deb nomlangan tabiiy zapovednik bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bog\u2019lar reja bilan qurilgan. Rejaga ko\u2019ra bog\u2019da markaziy xiyobon, ba\u2019zida chorbog\u2019li markaziy xiyobon bo\u2019lgan, tartibli ravishda manzarali va mevali daraxtlar o\u2019tkazilgan, gul ko\u2019chatlari, butazorlar, ariqlar, hovuz, favvora, shalolar bo\u2019lgan. Ularda O\u2019rta Osiyo dehqonchilik madaniyatining ming yillik tajribasi mujassamlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, Samarqandni bir vaqtlar qoplab turgan hashamatli saroy va bog\u2019lar saqlanmagan. Arxeologlar qidiruv paytida ularning qoldiqlarini topmoqdalar. Saroy va bog\u2019larning tuzilishini, tashqi ko\u2019rinishini o\u2019sha zamon miniatruralari va voqealar shohidi bo\u2019lgan kishilarning esdaliklari orqali bilib olish mumkin. Sharafuddin Ali Yazdiy \u201cBog\u2019i Dilkusho\u201d haqida quyidagilarni yozadi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTemur hijriy 799 yil (1397)ning kuzida xushmanzara Konigil vohasida yangi bog\u2019 barpo etishga buyruq berdikim, u o\u2019zinig go\u2019zalligi bilan mamlakatdagi barha bog\u2019lardan ajralib tursin. Munajjimlar bog\u2019 qurilishini boshlash uchun baxtli dam kelganligini aytdilar, me\u2019morlar esa xiyobon va o\u2019tloqlarning joylashish loyihasini chizib berdilar. Sangtaroshlar o\u2019z asboblarini ishga hozirladilar, mo\u2019yqalam sohiblari bo\u2019lajak saroylarning xomaki rasmlarini chizdilar. Samarqandda yashovchi O\u2019rta Osiyoning eng mohir me\u2019morlari tomonlari bir yarim ming gaz keladigan bog\u2019ning asosiy g\u2019ishtini qo\u2019ydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kirish yo\u2019llarini ajratdilar. Saroyning gumbazlari naqshlar bilan bezaldi, devorlar ustki koshinlar bilan qoplandi. Bog\u2019ning to\u2019rt burchagida katta san\u2019at va yuksakdid bilan ishlangan ajoyib bo\u2019yoqlar berilgan shiyponlar qurildi. Bog\u2019 chorqirra xiyobonlarga va turli xil shakldagi mo\u2019jaz bog\u2019chalarga bo\u2019lindi. Temir xiyobonlarining yo\u2019llari chetiga mevali daraxtlar, ba\u2019zilariga gul o\u2019tqazishni xohlardi. Bog\u2019 uning (Temurning) mayliga javob bergani uchun ham \u201cBog\u2019i Dilkusho\u201d deb ataldi. Bog\u2019ning o\u2019rtasida baland gumbazli uch oshiyonali saroy qurildi. Kishini maftun etuvchi saroy juda go\u2019zal va mustahkam qurilgan. Marmar ustunlar unga chiroy baxsh etgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Hozirda ozgina qismi saqlanib qolgan \u201cDavlatobod\u201d to\u2019g\u2019risida Klavixo mana bunday deb yozgan:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201c31 avgust (1404 yil) yakshanba ertalab elchilarni bu boqqa taklif etishdi. U joy devor bilan o\u2019ralgan\u2026 Bog\u2019lda limon va tsitrus o\u2019simliklaridan tashqari, turli xil mevali daraxtlar ko\u2019p, oltita hovuz, butun bog\u2019 bo\u2019ylab o\u2019tadigan ariq bor. Hovuz orasida soyali baland daraxtlar o\u2019sgan; yo\u2019lkalar o\u2019rtasidan tepaga chiqiladigan zinalar qurilgan. Bu yo\u2019lkalar bog\u2019ni kesib o\u2019tgan edi. Yo\u2019lkalar yana boshqa yo\u2019lchalarga ulanib ketadi. Bu yo\u2019lkalardan butun bog\u2019ni kuzatish mumkin. Tuproqni uyub qilingan tepalik ham bo\u2019lib, uning atrofi yog\u2019och qoziqlar bilan o\u2019ralgan. Uning o\u2019rtasida juda ko\u2019p xonali qasr bo\u2019lib, oltin va lojuvard toshlar, yaltiroq koshinlar bilan bezalgan. Kasr joylashgan tepalik atrofi xandaq bo\u2019lib, suv bilan to\u2019ldirilgan, bu yerga doimo suv kelib turadi. Qasr turgan tepalikka o\u2019tish uchun ikki tomonda ko\u2019prik, ko\u2019prikning narigi tomonidan esa eshik bo\u2019lib, tepalikka zinapoyalar orqali chiqiladi. Bog\u2019da podshoh buyrug\u2019i bilan keltirilgan kiyik va qirg\u2019ovullar bor edi. Bog\u2019da katta uzumzorga kirish yo\u2019li bo\u2019lib, u ham loy devor bilan o\u2019ralgan. Uzumzor devori bo\u2019ylab baland daraxtlar bo\u2019lib, ular ham juda chiroyli edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hofizi Abro\u2019 \u201cTemur Samarqandni \u201cg\u2019ishtin\u201d shaharga aylantirdi\u201d deb yozgan edi. Lekin, shahar go\u2019zalligi katta imperiyaning barcha yeridan zo\u2019rlik bilan Samarqandga ishlash uchun ko\u2019chirib kelingan yuzlab ustalar va me\u2019morlarning qadoq qo\u2019llari, ko\u2019z yoshlari bilan yuzaga keltirilganligini unutmaslik lozim. Mohir me\u2019morlar, g\u2019isht teruvchilar, o\u2019ymakorlik san\u2019ati ustalarining ijodiy mehnati Temur poytaxtini juda ko\u2019p muhtasham, go\u2019zal binolar bilan bezadi. Bu davrning muvaffaqiyatlari ulkan shahar qurilish vazifalari, murakkab kompleks binolarni bunyod etish masalalarini hal qilish, qurilish vazifalaridan kelib chiqadigan konstruktiv-texnik fikrlar rivoji, arxitektura bezash usullarini rivojlantirish va takomillashtirish, nihoyat o\u2019sha davr kishilari sezgan yangi arxitektura uslublarini vujudga keltirishga ta\u2019sir etdi. Bu yangi uslub tendentsiyasi XV asrning birinchi yarmida davom ettirildi. Ulug\u2019bek davrida esa u o\u2019zining klassik nihoyasiga yetkaziladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek davrida Samarqandda shaharning olti asosiy yo\u2019li kesishgan joyda Registon maydoni shakllandi. Bungacha maydonni savdo-sotiq, hunarmandchilik kvartallari o\u2019rab olgan va faqatgina Tuman oqa timi poytaxt shaharning eng muhim qismiga husn qo\u2019shib turardi. XV asrning 20-40-yillarida maydonni qaytadan planlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu joylar vaqfga topshirilgani uchun bozor timlari ko\u2019chirilib olindi va boshqa joyga o\u2019rnatildi. Maydonning g\u2019arbiy qismida dastlabki bino \u2013 Ulug\u2019bek madrasasi (1417-1420) qurildi. XV asrda Registonda qurilgan inshootlardan birgina Ulug\u2019bek madrasasi birmuncha xaroba holida bizgacha yetib kelgan. Ulug\u2019bek madrasasi arxitektura jihatidan musulmon sharqida ana shu tipdagi binolarning klassik namunasidir. Madrasa ikki qavatli xujralardan iborat bo\u2019lib, atrofi darsxonalar bilan o\u2019ralgan chor qirra ayvondan iborat. Ayvonlar yozgi auditoriya vazifasini bajargan. Burchaklarda darsxona joylashgan, g\u2019arbiy tomonida esa uzunchoq machit bor. Uchta eshik bo\u2019lib, bittasi asosiy ikkitasi hovliga olib kiradi. Asosiy sharqiy fasad maydonga qaragan bo\u2019lib, baland peshtoqli. Yon fasadlari silliq, yirik geomaetrik naqshlar bor. Ulug\u2019bek madrasasi naqshlarga boy, chiroyli arxitektura ko\u2019rinishiga ega. Oddiy g\u2019isht bilan rangli sirlangan g\u2019ishtlarni birga qo\u2019shib ishlatish mozaika va o\u2019yma marmarlar birlashib yagona badiiylikni tashkil etadi. Naqshlardagi yulduzsimon girixlar va yozuvlar Ulug\u2019bekning ma\u2019rifatparvar tendentsiyalari hamda astronomiya fani bilan qiziqqanligining ifodasi bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>1424 yili madrasa ro\u2019baro\u2019sida \u201cqo\u2019sh\u201d uslubida Ulug\u2019bek xonaqosi barpo etildi. Xonaqo madrasaning bosh fasadiga qaraganda qisqaroq bo\u2019lgan, chunki xonaqoning janubi-g\u2019arbiy qismida qadimdan ziyoratgoh bo\u2019lib kelgan Imom Ja\u2019far mozori joylashgandi. Madrasaning keng fasadi va hashamatli minorasi ro\u2019baro\u2019sida peshtoq va katta gumbazli xonaqo turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Registon maydonining shimoliy tomonida Mirzoyining karvon saroyi joylashgan. Unng planirovkasi Tillakori madrasasiga o\u2019xshar edi. Karvon saroy keng bostirma va hujrali hovlidan iborat bo\u2019lib, aftidan bosh fasadi peshtoqli va burchaklari minoralar bilan o\u2019ralgan bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>30-yillarda Shohruhning tarbiyachisi, ko\u2019zga ko\u2019ringan arbob Ko\u2019kaldosh mo\u2019g\u2019ullar istilosiga qadar bo\u2019lgan, keyinchalik buzilib ketgan machit o\u2019rniga yangi Juma machit qurdiradi. Machit to\u2019g\u2019riburchakli (taxminan 90&#215;60 metr) planda qurilgan bo\u2019lib, g\u2019isht va tosh ustunlarga tayangan 210 gumbazli galereyali uzun hovlidan iborat bo\u2019lgan. Maschit qoldiqlari 1936 yilda Registon xiyobonini barpo etish jarayonida topildi. Uning yaqinida \u201cMasjidi Muqatta\u201d (\u201cO\u2019yib ishlaganda\u201d) joylashgan. U ancha kichik bo\u2019lib, devor va shinlari o\u2019yib ishlangan yog\u2019ochdan qurilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turli xildagi bino (shuningdek, hovuz, daraxt, gulzorlr ham shunga kiradi) larning uyg\u2019unligi, nafisligi, ularning ma\u2019lum kompozitsiya g\u2019oyasiga bo\u2019ysunishi Temuriylar davri Samarqandida musulmon sharqida misli ko\u2019rilmagan markaziy arxitektura ansamblini shakllantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Binolarni ansambl uslubida qurish Shohizinda ansamblining barpo etilishida o\u2019z aksini topdi. Shohizinda ansambli Ulug\u2019bek davrida qurib bitkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohizindaning o\u2019rta qismida original maqbaralar qurildi. Ular gumbazli sakkiz qirrali rotunda shaklida bo\u2019lib, har bir burchagi chuqur yoysimon toqlardan iborat. Qachonlardir uning tepasida tashqi gumbaz bo\u2019lgan, biroq bu gumbaz saqlanmagan. Bezagi oddiy, ammo nafis \u2013 tashqi tomoni g\u2019ishtin va kesma koshinlar qoplangan, ichki tomonida esa yashilrang rasmlar tushirilgan. Biroq asosiy qurilish o\u2019rtadagi chortoqdan janub tomonda olib boriladi. 1434 yili Ulug\u2019bek o\u2019zinign kichik o\u2019g\u2019li Abdulaziz nomidan chortoqli peshtoq quriladi va unga birlashtirib masjid bino etiladi. Keyinchalik bu yerda (Afrosiyob tepaligi yonbag\u2019irida) qadimgi shahar devori o\u2019rnida buyuk astronom Qozizoda Rumiy maqbarasi quriladi (1437 yil).<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning nufuzli zodagon oilalari va avlodi maqbaralari orasida kelib chiqishi jihatidan aslzoda bo\u2019lmagan, biroq buyuk olimga daxma qurdirish uchun dadillik va jasorat kerak edi, albatta. Qozizoda Rumiy maqbarasi arxitektura jihatidan Shohizinda ansamblidagi eng ajoyib maqbaradir. Bu faqat bitta peshtoqli va gumbazga ega bo\u2019lgan maqbara emas, kompozitsion tuzilishi jihatidan ancha murakkab binodir. Maqbara peshtoqdan boshlanadi. Keyin ulkan gumbazli ziyoratxona. Uning ichki tomoni naqshlar bilan bezatilgan. Abdulaziz peshtoqidan o\u2019rta chortoqqa olib boradigan yangi binolar va baland zinalar Shohizinda ansambliga tugal go\u2019zallik baxsh etdi. Ansambl hozirga qadar shu ahvolda saqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek davridagi boshqa unchlik katta bo\u2019lmagan qabristonlarni yashil bog\u2019-rog\u2019larga aylantirish uslubi odat bo\u2019lgan. Samarqandning So\u2019zangaron qismidagi mozorga joylashgan Xo\u2019ja Abdu Dorun maqbarasi va XV asrda qurilgan xonaqo peshtoqi soyasi yuz yillik chinorlar bilan o\u2019ralgan qadimiy hovuzga tushib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Grajdan arxitekturasi qurilishlari orasida Ulug\u2019bek tomonidan qurilgan \u201cMirzo hammomi\u201d tilga olinadi. Hammomning ichi koshinkor toshlar bilan bezatilgan. \u201cBog\u2019i maydon\u201dda \u201cChil sutun\u201d (\u201cQirq ustun\u201d) saroyi barpo etilgan. Bu saroy ikki qavatli bo\u2019lib, uning burchaklarida minorachalar bo\u2019lgan. Saroyda tosh ustunli ayvonlar bo\u2019lib, bu ustunlarga o\u2019yib naqsh solingan. Ularning qoldiqlari 1941 yilda o\u2019tkazilgan arxeologik qidiruvlar vaqtida topildi. Qazuv vaqtida bog\u2019 shiyponlarinign maydonlari o\u2019rni, shiyponlardan birining panel qismi topildi. Ulug\u2019bek \u201cBog\u2019i maydon\u201d yaqinida alohida \u201cbog\u2019cha\u201d ajratdi. Bu yer keyinchalik \u201cChinni xona\u201d deb nom oldi. Darhaqiqat, bu yerda Xitoydan juda yuqori baholarda sotib olib keltiriladigan chinnilar bilan birga samarqandlik mahalliy ustalarning silikatdan yasagan koshinlari topilgan. Bu buyumlar bir oz mo\u2019rtroq bo\u2019lsa ham shaklan xitoy chinnisidan qolishmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek tomonidan 1428-1429 yillarda bunyod qilingan rasadxona eng nodir inshootlardan bo\u2019lib, uning arxitektura yechimi faqat astronomiya maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan Rasadxona, avvalo ulkan asbobdir. U uch oshiyonali bo\u2019lib aylana shakldadir (diametri 48 metr). Tashqi devorlar, ravoqlar va ustunlar koshinlar bilan bezalgan, ichida esa Abdurazzoq Samarqandiyning aytishicha, \u201cto\u2019qqiz qavat osmonning mislsiz surat va shakllari, harakatlanuvchi yetti yoritqichnig graduslarga, minutlarga, sekundlarga va sekundning o\u2019ndan bir ulushiga bo\u2019lingan doiralari shakli, harakatsiz yulduzlar, shuningdek, yetti iqlim, tog\u2019lar, daryolar, sahrolarni o\u2019z ichiga olgan yer kurasi tasviri tushirilmagan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek o\u2019ldirilgandan so\u2019ng rasadxona xaroba holga keldi, uning asboblari buzib tashlandi. Olimlar Samarqandni tark etdi. Fan uyining xarobaga aylantirilishi XV asrning ikkinchi yarmida Samarqadda avj olayotgan diniy reaktsiyaning yaqqol dalilidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu davrda barpo etilgan hashamatli binolar qatorida taxminan 1456 yilda qurilgan ikki qavatli madrasa tilga olinadi. Bu madrasa Xo\u2019ja Ahror mablag\u2019i hisobiga So\u2019zangaron ko\u2019chasining oxirida Samarqand hokimi Ahmad Hojibek tomonidan qurilgan, Ahmad Hojibek Alisher Navoiyning homiysi bo\u2019lgan. Shu vaqtda Navoiy ma\u2019rifatparvar shayx Abullaysiydan ta\u2019lim olib, shaharning sharqiy qismida joylashgan uning xonaqosida yashardi. Bir qator yangi inshootlar qurilishi Temuriylar faoliyatiga bog\u2019lanadi. Ulardan ikkitasi \u2013 Ishratxona (1464 yil) va Oqsaroy (XV asrning 70-yillari) maqbaralari xaroba holda saqlanib qolgan. Bu ikki maqbara katta qimmatga ega bo\u2019lib, O\u2019rta Osiyo me\u2019morchiligida yangi tendentsiyalarning rivojlanishini ko\u2019rsatib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ishratxona (xalq ta\u2019biri bo\u2019yicha \u201cShodlik uyi\u201d) Samarqandda yashagan Temuriylar xonadoniga mansub ayollar va bolalarning maqbarasi bo\u2019lgan. U Abu Said sultonnign rafiqasi Habiba Sulton begim tomonidan qurdirilgan. Bu yerga birinchi bo\u2019lib ularning qizi Sulton Xavandbeka dafn etilgan, lekin keyinchalik maqbaraning sakkiz qirrali sog\u2019onasi qabrlarga to\u2019lgan. Bino bog\u2019da joylashgan. Bog\u2019 murakkab plan asosida qurilgan bo\u2019lib, markazi ziyoratxona, miyonsaroy, janoza o\u2019qiladigan machit va bu yerda xizmat qiluvchi shaxslar va keluvchilar uchun ikki qavatda joylashgan hujralarni o\u2019z ichiga olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Planning uch o\u2019li qilib tuzilganligi Ishratxona fasadini arxitektura jihatidan ishlashda va uning hajm tuzilishida namoyon bo\u2019ladi. Balandligi jihatidan yon qanotlardan pastroq bo\u2019lgan tik peshtoq va uning yonidagi ikkita pesh ayvon, markaziy gumbaz binoga ajoyib ko\u2019rinish berib turibdi. Maqbaraning interyerlarida yangi gumbazsimon inshootlar ishlangan. Bunday konstruksiyalar XV asrning 30-40-yillarida Hirot va Samarqand arxitekturasida yaratilgan. Biroq u Ishratxona va Oqsaroy binolardagina uzil-kesil o\u2019z ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Konstruksion novatorlik arxitektura kompozitsiyalarini ham yangilash imkonini yaratdi. Bu jihatdan interyerlar qurilishi diqqatga sazovordir. Unda baland panellardan qurilgan devor ustiga mohirona egilgan yelkasimon gumbaz qo\u2019ndirilgan. Bu gumbazlar havoda muallaq turgadek ko\u2019rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi konstukriv yechimlar bilan bir qatorda yandi dekorativ usullar ham bunyodga keladi. Bu binolar Temur va Ulug\u2019bek davridagi qurilishlaridan o\u2019zining oddiyligi bilan ajralib turadi: g\u2019ishtlar qizil rangda bo\u2019lib ancha silliqlangan. Bu koshinlarning bo\u2019oqlari juda aniq va naqshlar o\u2019z go\u2019zalligi bilan zargarlik buyumlariga o\u2019xhab ketadi. Interyerlarni pardozlashda bezakning \u201ckundal\u201d usuli qo\u2019llaniladi. Bu bezaklar bo\u2019rtma naqshlar bo\u2019lib, hal ustiga yoki oq rangga hal bilan, yo bo\u2019lmasa zangori devor ustiga boshqa bo\u2019yoq bilan ishlangan. Naqshlar asosan o\u2019simliklar shaklidan, ba\u2019zan esa epigrafik yozuvlardan iborat. Bu arxitektura bezaklari Buxoro zarbof matolariga o\u2019xshagani uchun ham uni \u201ckundal\u201d deyishgani bejiz emas.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning o\u2019rtalaridan kelib Go\u2019ri Amir yangi maqbara sifatida qabrlarga to\u2019lib ketadi va samarqandlik Temuriylar qabrlari (erkaklar) uchun Oqsaroy quriladi. Oqsaroy keng ziyoratxona, uzunchoq miyon saroy burchaklardagi hujralar, marmar plitalar bilan qoplangan daxmalardan iborat. Bino tashqi tomondan dekorativ jihatdan to\u2019la ishlanmagan. Biroq ziyoratxona zarhal naqshlar bilan to\u2019lib ketgan. Devorlarning pastki qismi juda nozik naqshlar solingan koshinlar bilan qoplangan. Samarqandda madaniy hayot tushkunlikka uchragan vaqtlarda, ya\u2019ni XV asrning ikkinchi yarimlarida hashamatli qurilishlar anchagina cheklandi. Biroq shu davrdagi arxitektura g\u2019oyalarining yuksalishi ijodiy tafakkurning yanada rivojlanishiga sabab bo\u2019ldi hamda XVI asrda Buxoro arxitektura maktabining gullab-yashnashiga zamin yaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temur zafarli yurishlaridan so\u2019ng kengayib borayotgan o\u2019z davlati poytaxtini tanlashda ikkilanib qoldi. O\u2019sib ulg\u2019aygan va urug\u2019-avlodi yashagan Shahrisabz yoki uning siyosiy shuhrati boshlang\u2019ich Samarqand shaharlaridan qay birini poytaxt qilib olsin? &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqandda-xiv-asr-oxiri-va-xv-asr-arxitekturasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153499","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153499","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153499"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153499\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153520,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153499\/revisions\/153520"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153499"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153499"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153499"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}