{"id":153512,"date":"2025-09-17T08:38:51","date_gmt":"2025-09-17T05:38:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153512"},"modified":"2025-09-17T08:38:51","modified_gmt":"2025-09-17T05:38:51","slug":"birinchi-jahon-imperialistik-urushi-yillarida-samarqand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birinchi-jahon-imperialistik-urushi-yillarida-samarqand\/","title":{"rendered":"Birinchi jahon imperialistik urushi yillarida Samarqand"},"content":{"rendered":"\n<p>1914 yilning yozida boshlangan birinchi jahon imperialistik urushi Rossiya va uning milliy o\u2019lkalari hayotiga jiddiy o\u2019zgarishlar kiritdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush imperializmning ziddiyatlari keskinlashganligi natijasida, imperialistik davlatlar ikki yirik harbiy gruppirovkasining to\u2019qnashuvi natijasida kelib chiqdi. II Internatsionalning deyarli barcha partiyalari marksizm ishiga xiyonat qilib, \u201cmudofaachilik\u201d yo\u2019liga o\u2019tib oldilar, burjuaziyani va imperialistik urushni himoya qildilar. Mensheviklar va eserlar va vurjuaziyani himoya qilish pozitsiyasini tutdi.<\/p>\n\n\n\n<p>V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar partiyasigina marksizmga va proletar interiatsionalizmiga oxirigacha sodiq bo\u2019lib qoldi, imperialistik urushga qarshi kurash olib bordi. V.I.Lenin 1914 yil sentabrida yozgan RSDRP Markaziy Komitetning Manifestida urushning imperialistik, bosqinchilik xarakterini ko\u2019rsatib shunday yozgan edi: \u201cHozirgi urushning birdan-bir haqiqiy mazmuni, mohiyati va ma\u2019nosi \u2013 birovlarning yerlarini bosib olish va o\u2019zga millatlarni bo\u2019ysundirish, konkurensiya qiluvchi millatni xonavayron qilish, uning boyligini talash, Rossiya, Germaniya, Angliya va boshqa mamlakatlarning avj olgan ichki siyosiy krizislarida mehnatkashlar ommasining diqqatini chetga tortish, proletariatning revolyutsion harakatni susaytirish maqsadida ishlarni bir-biridan ajratish, ularni millatchilik bilan laqillatish va ishchilarning ilg\u2019or qismlarini yo\u2019q qilishdan iboratdir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar partiyasi imperiyalistik urushdan revolyutsion yo\u2019l bilan chiqish uchun kurash olib bordi. Xalq ommasiga behisob azob-uqubatlar va qirg\u2019inlar keltirgan jahon urushi ularni mavjud tuzumga qarshi yangi-yangi kurashlarda da\u2019vat etardi. V.I.Lenin yangi tarixiy vaziyatga asoslanib, partiyaning revolyutsion platformasini ishlab chiqdi va uni \u201cYevropa urushida revolyutsion sotsial-demokratiyanint vaziyafalari\u201d hamda RSDRP Markaziy Komitetning \u201cUrush va Rossiya sotsial-demokratiyasi\u201d degan Manifestida bayon qilib berdi. V.I.Lenin bolsheviklar partiyasining imperialistik urushni grajdanlar urushiga aylantirishdan iborat asosiy shiorini ilgari surdi va asoslab berdi. U rus hukumatining imperialistik urushda mag\u2019lubiyatga uchrashi, sharmandalarcha barbod bo\u2019lgan II Internatsional bilan aloqani uzil-kesil uzish va III Internatsionali tuzish shiorlarini ishlab chiqdi va asoslab berdi. Lenin shiorlari mehnatkashlarni pomeshchiklar va burjuaziyaga qarshi, imperialistik urushga qarshi kurash olib borishga va bu urushdan g\u2019olibona revolyutsion yo\u2019l bilan chiqishga ilhomlantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Voqealarning borishi bolsheviklar strategiyasi va taktikasi to\u2019g\u2019ri ekanligini tasdiqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1914 yil 24 iyulda chiqarilgan podsho farmoniga asosan Turkiston o\u2019lkasi \u201cfavqulodda saqlov\u201d holatida deb e\u2019lon qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushning dastlabki kunlarida Turkiston o\u2019lkasidagi rus aholining \u201czapasdagi quyi mansablaridan\u201d 22&nbsp;999 kishi olindi. 1915 yilning boshlariga kelib 70 ming kishi, shu jumladan, Samarqand oblastida 3&nbsp;585 kishi armiyaga chaqirildi. Safarbarlik juda qiyinchilik bilan olib borilardi. 1916 yil iyulida safarbar etilgan soldatlarning noroziliklari munosabati bilan xalq g\u2019alayonlari bo\u2019lib o\u2019tdi. Ana shunday katta g\u2019alayondan biri 27 iyulda Samarqandning yig\u2019ilish punktida bo\u2019ldi. Urushga qarshi nutq so\u2019zlagani uchun zapasdagi Vikentiy Ledzinskiy politsiya tomonidan qamoqqa olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yillarida sotsial va milliy zulm yanada avj oldi. Turkiston o\u2019lkasida 1914-1916 yillarda yer solig\u2019i 2 baravardan ziyod ko\u2019paydi va 14&nbsp;311&nbsp;711 so\u2019mga yetdi. Hunarmandlarga solinadigan soliq ham ancha oshdi (1&nbsp;149&nbsp;676 so\u2019mdan 2&nbsp;838&nbsp;240 so\u2019mga yetdi), bu soliqning asosiy og\u2019irligi mehnatkashlar, hunarmand-kosiblarning yelkasiga tushardi. Podsho hukumati har bir pud paxta tolasi uchun 2 so\u2019m 50 tiyin miqdorida qo\u2019shimcha harbiy soliq belgiladi. Bu esa dehqonlarning ahcolini yanada og\u2019irlashtirishga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zemstvo, yo\u2019l va boshqa soliqlar ancha ko\u2019paydi. Uyez boshlig\u2019i qo\u2019shimcha pud soliqlarini ko\u2019pincha zo\u2019rlik yo\u2019li bilan yig\u2019ib olar edi. Samarqand oblastining harbiy gubernatori N.S.Likoshin Turkiston general-gubernatori nomiga yuborgan ma\u2019lumotida (1914 yil dekabr) bunday deb yozgan edi: \u201cXalq indamay pud to\u2019layapti, ammo men aminmanki, soliq to\u2019lovchi har bir kishining ko\u2019nglida undan shuncha ko\u2019p pul olinayotganligi, shu bilan birga, kambag\u2019al bilan boylardan bir xilda soliq olinayotganligi uchun g\u2019azab va nafrat ortmoqda\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Volost boshqaruvchilari, oqsoqollari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan olinadigan soliqlar ham ko\u2019payib ketdi. \u201cXayr-ehson qilish\u201d, \u201curush ehtiyojlari uchun musodara qilish\u201d deb atalgan tadbirlar keng o\u2019tkazila boshlandi. Turkiston o\u2019lkasidan 70 ming ot-ulov, 13 mingdan ziyod o\u2019tov, 30 ming kvadrat arshindan ortiq namat, 300 ming tonna go\u2019sht, 3 million pud paxta moyi va shu kabilar yig\u2019ib olindi. Front orqasida transport sifatida foydalanish uchun 12 ming tuya ham tortib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sanoat, oziq-ovqat mollari va yoqilg\u2019ining narxi oshib ketdi. Korxona egalari narx-navoni o\u2019zlari belgilab, bundan juda katta foyda olar edilar. Samarqand shahri va Samarqand uyezdining aholisi Turkiston general-gubernatori nomiga yuborgan iltimosnomasida \u201csanoat va oziq-ovqat mollarining narxi 5-10 baravar ortib ketganligidan, buning natijasida savdogarlarning boyib borayotganligidan, shahar va qishloq kambag\u2019allari esa azob chekayotganligidan\u201d shikoyat qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush o\u2019lkaning ekonomikasiga halokatli ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Paxta, don va boshqa qishloq xo\u2019jalik ekinlarining hosili keskin kamayib ketdi. 1915 yilda oblast qishloq aholisining deyarli yarmiga non yetishmadi. Ko\u2019pgina kambag\u2019al ko\u2019chmanchilar 1915 yil yanvar oyidayoq barcha oziq-ovqat zapasini ishlatib bo\u2019lgan edi. Aholining bu tabaqasi g\u2019alla sotib olish uchun o\u2019zining mol-mulkini, chorva mollari, qishloq xo\u2019jalik asboblari, imoratlari va shu kabilarni sotishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1915 yilda podsho hukumati to\u2019qimachilik sanoati egalarining foydasini ko\u2019zlab, paxtaga juda kam haq to\u2019lash to\u2019g\u2019risida qonun qabul qildi. Sanoat mollari va ko\u2019pgina boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib borayotgan bunday sharoitda bu kabi choraning ko\u2019rilishi mehnatkashlarning og\u2019ir va ayanchli ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning hammasi Rossiya milliy chekka o\u2019lkalaridagi xalq ommasining chorizm siyosatidan noroziligini kuchaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya revolyutsion harakat kuchayib ketdi. Bu harakat mamlakatning asosiy sanoat rayonlariga yoyildi. Kostroma va Ivanovo-Voznesenskda bo\u2019lib o\u2019tgan katta zabastovkalar harbiy qismlarning kuchi bilan bostirildi. Ish tashlaganlardan qonli o\u2019ch olinganligi zo\u2019r norozilik tug\u2019dirdi. Petrograd, Moskva, Xarkov, Revel va Rossiyaning boshqa shaharlarida ommaviy zabastovkalar boshlanib, bular siyosiy namoyishlarga aylandi. 1915 yilning kuziga kelib ishchilarning revolyutsion harakati yanada keng quloch yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakat sanoat markazlari proletariatning siyosiy kurashi uning chekka o\u2019lkalariga ham revolyutsionlashtiruvchi ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Chunonchi, 1914 yil avgustda Suluqta ko\u2019mir konlarida rus va qirg\u2019iz ishchilarinig ish tashlashlari bo\u2019lib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushga qarshi harakatning tobora avj olishi revolyutsiya bo\u2019ronining yaqinlashib kelayotganligidan dalolat beradi. 1916 yilda Turkistonda bo\u2019lib o\u2019tgan xalq qo\u2019zg\u2019oloni mamlakatda revolyutsion krizisning yorqin namunalaridan biri bo\u2019ldi. Bu qo\u2019zg\u2019olon chorizm va Rossiya imperializmning butun sistemasi vujudga keltirgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy zaminga ega edi. O\u2019lkada rus bo\u2019lmagan aholini urush orqasidagi harbiy ishlarga safarbar qilish birinchi jahon urushi yillaridagi sotsial va milliy zulmni yanada kuchaytirib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBoshqa millat kishilarini\u201d safarbar qilish to\u2019g\u2019risidagi qonunni tayyorlash va joriy etish ishi zudlik bilan olib borildi. Ichki ishlar ministrligi keyinchalik, 1916 yil sentavrida tuzgan maxfiy spravkasida podshoning 25 iyundagi farmoni \u201cOliy bosh qo\u2019mondon shtabining armiya ehtiyojlari uchun katta kuchni shoshilinch suratda yuborish to\u2019g\u2019risidagi qattiq talabi tufayli harbiy ministrning iltimosi bilan chiqarilgan edi. Tegishli takliflar harbiy mahkamada nihoyatda shoshma-shosharlik bilan ishlab chiqildi,\u201d \u2013 deb tan olishga majbur bo\u2019ldi. Ma\u2019murlar safarbarlik qishloq xo\u2019jalik ishlarining eng qizg\u2019in davriga to\u2019g\u2019ri kelganligi bilan ham hisoblashmay, yuzlab va minglab kishilarni urush yaqinidagi joylarga imkon boricha tezroq olib borishga harakat qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblastlarning gubernatorlari naryadlarni o\u2019z bilganlaricha uyezdlar bo\u2019yicha taqsim qilishlari, uyezd boshliqlari esa volostlar bo\u2019yicha taqsimlab chiqishlari kerak edi. Naryadlarni volostlarda (qishloq va ovular bo\u2019yicha) taqsimlab chiqish vazifasi \u201cmahalliy\u201d ma\u2019muriyat zimmasiga yuklatildi. Mahalliy ma\u2019murlar shaxsiy boylik orttirish maqsadida naryadlarni ko\u2019paytirdi. Mardikor-ishchilar o\u2019zlari bilan yaroqli ish asboblari va kiyim-bosh olishlari kerak edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachi ma\u2019murlar safarbarlik o\u2019tkazayotganlarida ro\u2019y berishi mumkin bo\u2019lgan ikki variantni nazarda tutdi: birinchi variant safarbarlikning osoyishtalik bilan o\u2019tishiga, ikkinchisi esa aholining qarshilik ko\u2019rsatishga mo\u2019ljallangan edi. Ikkinchi variant ehtimolga yaqin edi. Turkiston general-gubernatori \u201charbiy sayillar o\u2019tkazish, tanishib chiqish maqsadida va joylarda jazo va majburlash choralari qo\u2019llash zarur bo\u2019lib qolgan taqdirda harakat yo\u2019llarini ishlab chiqish, shuningdek, hukumatning buyruqlariga itoat etmaydigan mahalliy aholining ongiga yaxshiroq ta\u2019sir etishni\u201d oldindan belgilab chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mardikorlikka olish siyosiy zaminga ega edi. Mustamlakachi ma\u2019murlar ekspluatator gruppalar va, xususan, \u201cmahalliy\u201d ma\u2019muriyat vakillarining manfaatlarini ko\u2019zlab, podsho farmonini izohlab beradigan qo\u2019llanmalar ishlab chiqdi. Ana shu qo\u2019llanmalarga asosan, volost boshliqlari va ularning yigitlari (qurollangan soqchilari), ruhoniylar, \u201cfaxriy grajdanlar\u201d deb atalgan kishilar va boshqa kategoriyadagi mulkdorlar mardikorlikdan ozod qilindi. Bundan tashqari, har bir \u201ctub yetlik\u201d kishi istagan odamini o\u2019z o\u2019rnini yollashi va naryad bo\u2019yicha yuborishi mumkin edi. Suiiste\u2019mol va o\u2019zboshimchalik qilishi ko\u2019zlagan ekspluatator zodagonlar bu ishdan ko\u2019proq foydalanishdi. Hatto, Turkiston general-gubernatori shu narsani ta\u2019kidlashga majbur bo\u2019ldiki, \u201ctegishli summani to\u2019lashdan bosh tortgan ayrim mahalliy kishilarni qamoqqa olishgacha borib yetgan ayanchli ko\u2019zbo\u2019yamachilik hollari yuz beryapti, vaholanki, soliq to\u2019lash bilan bundan qutulish mumkin edi\u201d, deb yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bularning hammasi mehnatkashlar ommasining podsho ma\u2019murlari, boshqaruvchilar, oqsoqollar va ekspluatator unsurlarga nisbatan qahr-g\u2019azabini kuchaytirdi. Turkiston soqchilik bo\u2019linmasining boshlig\u2019i o\u2019zini 1916 yil iyul oyining boshlarida yozgan ma\u2019lumotnomasida quyidagilarni xabar qilgan edi: \u201cMahalliy aholi o\u2019rtasida shunday shov-shuvlar keng tarqalganki, go\u2019yo badavlat kishilar va mahalliy ziyolilarga okop qazish ishlariga odam yuborish o\u2019rniga pul to\u2019lab qo\u2019ya qolish imkoni berilgan emish. Choyxonalar va boshqa joylarda mahalliy aholi agar boylar ham safarbarlikka olinmasa, u holda ko\u2019pgina tartibsizliklar qilishlari va hatto boylardan o\u2019ch olishga ham tayyor ekanliklarini aytmoqdalar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, podshoning 1916 yil 25 iyunda chiqargan farmoni xalq ommasinig tub manfaatlariga daxldor edi. Mehnatga layoqatli erkaklarning safarbar qilinishi kambag\u2019al oilalar uchun katta xavf tug\u2019dirar, ko\u2019pgina soliqlar va yig\u2019inlar to\u2019lash natijasida xonavayron bo\u2019lgan xalq boshiga og\u2019ir musibat keltirar edi. Bundan tashqari, imperialistik bosqinchilik urushi alq ommasiga mutlaqo yot edi, shu sabali mehnatkashlar o\u2019zlari tug\u2019ilib o\u2019sgan joylardan ketishni istamadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuning uchun ham ma\u2019murlarning \u201c19 yoshdan 31 yoshgacha bo\u2019lgan mahalliy erkaklar ro\u2019yxatini shoshilinch ravishda tuzib chiqish to\u2019g\u2019risid\u201dgi dastlabki farmoyishlariyoq mahalliy aholi o\u2019rtasida g\u2019azab uyg\u2019otdi. Samarqand oblast harbiy gubernatori general Likoshinning yozishicha, \u201cg\u2019alayon o\u2019sib boryapti, goh bir joyda, goh ikkinchi joyda to\u2019s-to\u2019polonlar va odam o\u2019ldirishlar bo\u2019lib turibdi. Mahalliy amaldorlarning o\u2019git-nasihatlari va tinchitishlari foyda bermayapti. Ularning va\u2019dalariga ishonmay qo\u2019yishdi, hozircha bu harakatlar rus hukumatiga qarshi ochiqdan-ochiq qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarishga aylangani yo\u2019q\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Farmon chiqqandan keyin tez orada Samarqandda va oblastda g\u2019alayonlar boshlandi. Samarqand uyezdi boshlig\u2019ining raportida ko\u2019rsatilishicha, Samarqand oblastining Xo\u2019jand shahrida dastlabki katta qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olon safarbarlik e\u2019lon qilinganidan keyin ko\u2019p o\u2019tmay stixiyali ravishda boshlangan. Shaharning politsiya pristavi, shtavs-kapitani Ustimovich uyezd boshlig\u2019ida ko\u2019rsatma olgach, 2-3 iyul kunlari shaharning mansabdor shaxslari, boylarini o\u2019z huzuriga chaqirib, olingan buyruqni ularga o\u2019qib eshittirdi. Mahalliy zodagonlar mardikorlikka olish ishini amalga oshirishda har tomonlama ko\u2019maklashishga va\u2019da berishdi. Mardikorlikka olish to\u2019g\u2019risidagi xabar shaharda va chekka qishloqlarga tezda yoyildi, xalq ommasining noroziligi va qahr-g\u2019azabini uyg\u2019otdi. Norozilik tobora orta bordi va 4 iyul ertalab oshkora qo\u2019zg\u2019olonga aylandi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar aktiv harakatga o\u2019tdilar: ular politsiya boshqarmasiga bostirib kirib, mahkamani qo\u2019riqlab turgan mirshablarga tashlandilar, ularni toshbo\u2019ron qildilar. Xo\u2019janddagi soqchilik komandasi politsiyaga yordam berish uchun yetib keldi va qurolsiz olomonga qarata o\u2019t ochdi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar tarqatib yuborildi, bir necha kishi o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa uyezdlarning boshliqlari ham xalq harakatining keng quloch yozayotganligi to\u2019g\u2019risida oblast gubernatoriga birin-ketin xabar berib turdi. Ana shu ma\u2019lumotlardan bezovta bo\u2019lgan harbiy gubernator \u201calohida farmon chiqarilmaguncha aholini mardikorlikka olishni to\u2019xtatish zarurligi to\u2019g\u2019risida\u201d ko\u2019rsatma berishga majbur bo\u2019ldi. Ammo bu chora tobora rivojlanib borayotgan qo\u2019zg\u2019olonni to\u2019xtata olmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>5 iyulda Urgut qishlog\u2019ida 2 mingga yaqin kishi ayrim qishloqlar bo\u2019yicha safarbar etishga tayyorlab qo\u2019yilgan odamlar ro\u2019yxatini yirtib tashlashni talab qilishdi. Pristav bu talabni bajarishdan bosh tortdi. Ana shunda qo\u2019zg\u2019olonchilar Urgun volosti bosqaruvchisi vazifasini ijro etib turgan Mulla Azim Qobilboyevning mahkamasiga bostirib kirdi va kuch bilan ro\u2019yxatini tortib olib, uni yirtib tashladi. Ba\u2019zi bir mirza va oqsoqollar kaltaklandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand uyezdining Dahbet volostida eng katta qo\u2019zg\u2019olon bo\u2019lib o\u2019tdi. Yig\u2019in o\u2019tkazish man etilganligiga qaramay, 7 iyulda Dahbet qishlog\u2019ining bozor maydoniga ko\u2019pgina xaloyiq to\u2019plana boshladi, ularning bir qismi tayoqlar bilan qurollangan edi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarga o\u2019zbek demokratik ziyolilarning vakili Usmon Abdurasulev boshchilik qildi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar volost boshqaruvchisining mirzasi Qobulovga tashlandi, so\u2019ngra esa volost boshqaruvchisining o\u2019ziga hujum qildi. To\u2019qnashuv vaqtida Qobulov Abdurasulevni bir necha joyidan yarador qildi. Ana shunda qo\u2019zg\u2019olonchilar Qobulovga tashlanib, uni o\u2019ldirdilar. Volost boshqaruvchisi qochishga harakat qildi, ammo qo\u2019zg\u2019olonchilardan biri uni og\u2019ir yarador qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonni bostirish uchun Dahbetga harbiy komanda yuborildi. U qo\u2019zg\u2019olonchilardan 30 kishini qamoqqa oldi. Soldatlar qishloqdagi aholini \u201cqo\u2019rqitish\u201d uchun 10 kundan ko\u2019proq shu yerda turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019murlar bir joydagi qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga ulgurmasdanoq, ikkinchi bir joyda u yana boshlanib turdi. Ko\u2019pgina kishilar safarbarlikdan yashirinib, Samarqandning tog\u2019lik joylariga ketib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>11 iyulda Samarqand eski shahar aholisidan bir necha yuz kishi oblast harbiy gubernatori Likoshinning uyi yoniga to\u2019planib, mardikor olishni bekor qilishni talab etdi. Natijada politsiya bilan to\u2019qnashuv bo\u2019lib o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mustamlakachi ma\u2019murlar bilan mahalliy ekspluatatorlarning birgalikda kuch-g\u2019ayrat sarflashi natijasida 1916 yilgi qo\u2019zg\u2019olon bostirildi. Dehqonlarning barcha qo\u2019zg\u2019olonlariga xos bo\u2019lgan stixiya va tarqoqlik, ishchilar sinfi tomonidan rahbarlikning yo\u2019qligi qo\u2019zg\u2019olonnign bostirilishiga asosiy sabab bo\u2019ldi. AYni shu vaqtda chor qo\u2019shinlari, jazo otryadlari, politsiya, quloqlar va boylar bilan bo\u2019lgan olishuv va janglarda ishtirok etish uchun O\u2019rta Osiyodagi mahalliy millat mehnatkashlari uchun yaxshi revolyutsion maktab bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1916 yilgi qo\u2019zg\u2019olon ezilgan xalq ommasi sotsial va milliy zulmdan proletariatning bevosita yordami va rahbarligi ostidagina qutulishi mumkin ekanligi haqidagi marksizm ta\u2019limotini yana bir bor isbotladi. Ikkinchi tomondan, V.I.Lenin yozganidek, \u201cTarix dialektikasi shundayki, imperializmga qarshi kurashda mustaqil factor sifatida kuchsiz bo\u2019lgan kichik millatlar imperializmga qarshi haqiqiy kuchning, chunonchi: sotsialistik proletariatning maydonga chiqishiga yordam beruvchi fermentlardan biri, batsillalardan biri rolini o\u2019ynaydi\u201d. Jumladan, O\u2019rta Osiyo xalqlarining ozodlik kurashi ana shunday ferment rolini o\u2019ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston qo\u2019zg\u2019oloni imperialistik urushni grajdanlar urushiga aylantirish to\u2019g\u2019risidagi lenincha g\u2019oyaning amalga oshishiga yordam bergan xalq stixiyali kurashining o\u2019ziga xos formalaridan biri bo\u2019ldi. Qo\u2019zg\u2019olon O\u2019rta Osiyo, shu jumladan, Samarqand mehnatkashlarining sotsial va milliy mustamlakachilik zulmiga qarshi yanada qat\u2019iy kurash olib borishlari uchun zamin tayyorladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1914 yilning yozida boshlangan birinchi jahon imperialistik urushi Rossiya va uning milliy o\u2019lkalari hayotiga jiddiy o\u2019zgarishlar kiritdi. Urush imperializmning ziddiyatlari keskinlashganligi natijasida, imperialistik davlatlar ikki yirik harbiy gruppirovkasining to\u2019qnashuvi natijasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birinchi-jahon-imperialistik-urushi-yillarida-samarqand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153512","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153512","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153512"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153512\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153513,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153512\/revisions\/153513"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153512"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153512"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153512"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}