{"id":153517,"date":"2025-09-17T09:37:57","date_gmt":"2025-09-17T06:37:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153517"},"modified":"2025-09-17T09:37:58","modified_gmt":"2025-09-17T06:37:58","slug":"fevral-burjua-demokratik-revolyutsiyasi-davrida-samarqand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fevral-burjua-demokratik-revolyutsiyasi-davrida-samarqand\/","title":{"rendered":"Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi davrida Samarqand"},"content":{"rendered":"\n<p>Rossiya proletariatining bolsheviklar rahbarligidagi revolyutsion kurashi, Rossiya harbiy-feodal imperializmining krizisini chuqurlashtirib yuborgan jahon urushi, Rossiya imperiyasidagi mazlum xalqlarning milliy ozodlik harakati podsho hukumatini halokatga olib keldi. 1917 yil fevralida Rossiya burjua-demokratik revolyutsiyasi amalga oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fevral revolyutsiyasining g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risidagi xabar yashin tezligida butun mamlakatga tarqaldi. Podsho hukumati ag\u2019darilgan kunning ertasiyoq telegraf ana shu tarixiy voqea haqida Toshkent, Samarqand va Turkiston o\u2019lkasining boshqa shaharlariga xabar berdi. Podsho ma\u2019muriyati monarxiyani qayta tiklashga umid bog\u2019lab va yangi revolyutsion hamda milliy ozodlik kurashidan xavfsirab, bu xabarni xalqdan yashirish uchun harakat qildi. Mustamlakachi ma\u2019murlar chorizm ag\u2019darilgandan keyin oradan to\u2019rt kun o\u2019tgandan so\u2019nggina mamlakatda yuz bergan voqealar to\u2019g\u2019risida matbuotda xabar berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand mehnatkashlari podsho monarxiyasining ag\u2019darib tashlanganligi haqidagi xabari zo\u2019r xursandchilik bilan kutib oldi. Bu voqeani ishchilar, soldatlar, eski shahar kambag\u2019allari katta namoyish o\u2019tkazish bilan nishonladilar. 1917 yil 5m artda eski va yangi shaharning ko\u2019p ming kishilik koloniyalari qizil bayroqlar va revolyutsion shiorlar ko\u2019tarib, namoyishga chiqishdi. Ular gornizonning harbiy qismlari bilan birga revolyutsion qo\u2019shiqlar aytib, Samarqandning asosiy ko\u2019chalardan o\u2019tishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oradan bir necha kun o\u2019tgach, qadimiy Samarqand yanada kattaroq umumxalq yurishlarining guvohi bo\u2019ldi. Turkiston o\u2019lkasining boshqa shaharlarida bo\u2019lgani singari bu yerda ham chor samoderjaviyesining ag\u2019darib tashlanganligi munosabati bilan 10 martda bayram o\u2019tkazildi. Mahalliy gornizon qo\u2019shinlari paradi va mehnatkashlar namoyishida 12 mingga yaqin kishi qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorizm ag\u2019darilganidan keyin dastlabki haftalar xalq ommasining Muvaqqat hukumatga ongsiz ravishda ishonishi bilan xarakterlanadi. Ular bu hukumatni soddadillik bilan revolyutsion hukumat edb hisobladi. Mensheviklar, eserlar va burjua millatchilari mehnatkashlarning \u201crevolyutsion xom xayolini\u201d zo\u2019r berib qo\u2019llab-quvvatldi. Samarqand mehnatkashlarining chorizm ag\u2019darilganligi munosabati bilan o\u2019tkazgan mitingi va yig\u2019ilishlarida Muvaqqat hukumatni qo\u2019llab-quvvatlashga qaratilgan rezolyutsiyalar tez-tez qabul qilindi. Ana shu xom xayollarning tarqalishi va burjua Muvaqqat hukumatining xalqqa qarshi mohiyatiga mehnatkashlar o\u2019z tajribalarida ishonch hosil qilishi, unga qarshi kurash yo\u2019liga aktiv kirishishi uchun muayyan vaqt talab qilinardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fevral revolyutsiyasi BUtun ROssiyadagi singari Turkiston ishchi va dehqonlarining ahvoliga ham jiddiy o\u2019zgartishlar kiritmadi. Ishlab chiqarish qurollari va vositalari hamda butun hokimiyat avvalgidek mulkdor sinflar qo\u2019lida qolaverdi. Sovetlrning talabi va ommaning tazyiqi ostida olib tashlamngan general-gubernator Kuropatkinning o\u2019rniga Tutkiston komiteti tuzildi. Bu komitet mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga, Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi mehnatkashlar ommasining siyosiy aktivligini yanada keng quloch yozdirdi. Ishchi deputatlari Sovetlari va soldat deputatlari Sovetlarining tuzilganligi ommaning ijodiy tashabbusi barq urganligining yorqin namunasi bo\u2019ldi. Keyinchalik bu Sovetlar hamma joyda birlashdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda ham Fevral revolutsiyasining dastlabki kunlaridayoq ishchi va soldat deputatlari Sovetlari paydo bo\u2019ldi. Podshoning ag\u2019darib tashlanganligi munosabati bilan namoyish o\u2019tkazilggan kuni yig\u2019ilish bo\u2019ldi. Bu yig\u2019ilishda ishchilar, revolyutsion soldatlar va eski shahar kambag\u2019allari Sovetlarga deputatlar sayladi. Saylangan deputatlardan 18 kishi esa shahar vakili edi. Ular orasida Abbosxo\u2019ja Oqilxo\u2019jayev, To\u2019laboy Jo\u2019rayev, Usta Qobil Hayitov va boshqalar bor edi. 117 yilning martida vujudga kelgan ishchi deputatlarining Samarqand Soveti, Samarqand gornizoni soldat va ofitser deputatlari Soveti va Samarqand stantsiyasi ishchi deputatlari Soveti dastlabki vaqtlarda alohida-alohi ish yuritishardi, aprel oyida esa ular soldat, ishchi va musulmon deputatlari Sovetiga birlashdi. Mamlakatdagi boshqa Sovetlar singari Samarqnad Soveti ham o\u2019sha davrda ishchilar sinfi bilan dehqonlarning revolyutsion demokratik diktaturasini ifoda etar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand Sovetidan keyin oblastning boshqa shaharlarida ham Sovetlar paydo bo\u2019la boshladi. 8 martda Xo\u2019jandda ishchi va soldat deputatlarining Soveti tuzildi. 1917 yilning bahorida Kattaqo\u2019rg\u2019on, Jizzax, O\u2019ratepada soldat deputatlari Sovetlari va Suluqga konida ishchi deputatlari Soveti tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Butun mamlakatda bo\u2019lgani singari Samarqand va oblastning boshqa shaharlaridagi Sovetlarda ham dastlabki paytlarda murosachilar \u2013 eserlar va va mensheviklar rahbarlik lavozimlarni egallab olgandi. V.I.Lenin Fevral revolyutsiyasi g\u2019alabasidan keyingi dastlabki davrda Sovetlarning sostavi to\u2019g\u2019risida gapirib, quyidagilarni ta\u2019kidlab o\u2019tgan edi: \u201cIshchi deputatlari Sovetlarning ko\u2019pida, burjuaziya ta\u2019siriga berilgan va proletariatga burjuaziya ta\u2019sirini o\u2019tkazadigan\u2026 barcha mayda burjua opportunist elementlarning blokiga nisbatan bizning partiyamiz ozchilik va hozircha juda ozchilik\u2026\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand va oblast uyezdlaridagi Sovetlar bilan bir qatorda Muvaqqat hukumatining mahalliy organlari \u2013 jamoat xavfsizligi ijroiya komitetlari tashkil etildi. Ular sostaviga rus va milliy burjua vakillari, ofitserlar, shuningdek, mensheviklar vea eserlarning vakillari kirshi. Shu tariqa Samarqandda ham ikki hokimiyat: bir tomondan, burjua Muvaqqat hukumatining mahalliy organi bo\u2019lgan jamoat xavfsizligi ijroiya komiteti va, ikkinchi tomondan, revolyutsion hokimiyat organi hisoblangan soldat, ishchi va musulmon deputatlari Soveti vujudga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jamoat xavfsizligi ijroiya komitetining butun faoliyati burjua Muvaqqat hukumat hokimiyaitni saqlab qolish va mustahkamlashga qaratilgan edi. Ijroiya komitet shahar militsiyasini tashkil etish, Muvaqqat hukumatning oblast va shahar komissarlarini saylash ishlarida juda aktiv qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish kerakki, boshda jamoat xavfsizligi ijrokomi shahar va oblastda eski, chor apparatinign daxlsizligini saqlab qolishga urinib ko\u2019rdi. Lekin xalq ommasi va Sovetning tazyiqi ostida u oblast harbiy gubernatorini vazifasidan bo\u2019shatishga majbur bo\u2019ldi, uning o\u2019rniga Muvaqqat hukumatning komissari polkovnik Slinkoni tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda omma orasida chinakam revolyutsion, eng ta\u2019sirchan tashkilot Muvaqqat hukumatning ijroiya komiteti emas, balki ishchi va soldat deputatlarining Samarqand Soveti edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil 7 martda Samarqandda sotsial-demokratik guppa tuzildi. Dastlabki vaqtlarda u birlashgan bo\u2019lib, unga bolsheviklar ham, mensheviklar ham kirgan edi. 1917 yilning yoziga kelib, RSDRP ning Samarqand tashkiloti safida 56 a\u2019zo bor edi. Boshda mahalliy sotsial-demokratlar eserlar bilan birga ishladi, ular bilan birga kundalik \u201cSvobodnoye slovo\u201d gazetasini chiqardi, so\u2019ngra u RSDRP Samarqand tashkilotining bolshevistik qanoti (A.I.Frolov, I.P.Fomenko, A.I.Teshayev, A.I.Ponomarev va boshqalar) tashkilotdagi menshevistik qismning murosachilik siyosatiga qarshi chiqa boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Armiya bolsheviklari: 731-Saratov drujinasining soldati, Samarqand bolsheviklarinign rahbarlaridan biri A.I.Frolov, 7-Sibir zapas o\u2019qchi polkining soldati I.P.Fomenko, ana shu polning praporshiklari Ponomerev va Teshayevlar soldatlar, ishchilar va mahalliy kambag\u2019allar orasida katta siyosiy va tashkilotchilik ishlarini olib bordilar. 1917 yil martida Ponomarev bilan Teshayev o\u2019z polkidagi soldatlar oldida so\u2019zga chiqib, Muvaqqaat hukumatning burjua mohiyati va urushning imperialistik harakatini fosh qilib tashladi. Samarqanddagi armiya bolsheviklari soldatlarinig 1917 yil aprelida o\u2019tkazilgan \u201cButun hokimiyat Sovetlarga!\u201d degan lenincha shiorlarni qattiq turib himoya qildilar. Frolovning Samarqand oblast ishchi va soldatlaridan 1 Butun Rossiya Sovetlarining s\u00fdezdiga deputat qilib saytlanganligi bolsheviklarning obro\u2019si oshganligidan dalolat berardi. Samarqand bolsheviklaridan bir gruppasi 1917 yil 1 mayda 7-Sibir polkida o\u2019tkazilgan yig\u2019ilishda so\u2019zga chiqib, imperialistik urushni qoralab gapirdi. Yig\u2019ilishda urushning to\u2019xtatilishini talab etuvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Urushga qarshi bunday rezolyutsiya Turkiston birinchi marta qabul etilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir haftadan keyin Samarqand oblast ishchi va soldat deputatlari Sovetining 1 s\u2019yezdida \u201cUrushga munosabat to\u2019g\u2019risida\u201d rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiya ba\u2019zi bir mudofaachilik qodalari (\u201cseparate sulh tuzmaslik\u201d, \u201cerkinlik zayomini qo\u2019llab-quvvatlash\u201d) bilan bir qatorda, \u201canneksiya va kontributsiyadan voz kechish\u201d, \u201cbarcha xalqlarning o\u2019z taqdirini o\u2019zi belgilash asosida sulh tuzish\u201d) talablari ham bor edi. Rezolyutsiya kapitalistlarni \u201curushning bevosita aybdorlari\u201d deb hisobladi va \u201curush keltirgan zarar va xarajatlarni kapitalistlar sinfisdan undirib olish\u201dni talab qildi. Rezolyutsiya \u201cbarcha mamlakatlarda imperizmga qarshi qaratilgan har qanday revolyutsion harakatni butun choralar bilan qo\u2019llab-quvvatlashga\u201d da\u2019vat etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand bolsheviklari Muvaqqat hukumat va uni qo\u2019llab-quvvatlagan mensheviklar hamda eserlar siyosatining xalqqa zid mohiyatini ommaga chidam va sabot bilan tushuntirdi, mehnatkashlarni o\u2019zlarinign siyosiy huquqlari va turmush sharoitlarini yaxshilash uchun uyushqoqlik bilan kurash olib borishga da\u2019vat etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar mahalliy kambag\u2019allar orasida zo\u2019r g\u2019ayrat bilan katta ish olib bordilar. Mahalliy millat mehnatkashlarining revolyutsion kayfiyatdagi vakillari \u2013 Xo\u2019ja Safo Jo\u2019raboyev, Shamsiddin Ibrohimov, Shirinboyev, Azimboyev, Yo\u2019ldoshev, Mirkomilov, Mahmudov va boshqa rus bolsheviklari tevaragiga sekin-asta jipslasha boshladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar Sovetda katta ish olib bordilar: ishchi va soldat deputatlarini birlashtiruvchi Samarqand Sovet sostaviga kirgan bolsheviklardan Frolov bilan Ponomaryov Sovetdagi kelishuvchi rahbarlarning sotqinligini fosh etdilar va Sovetni ommaning chinakam revolyutsion organiga aylantirishga harakat qildilar. Bolshevik deputatlarning tashabbusi va revolyutsion ommaning tazyiqi ostida Samarqand Soveti shahar va uyezddagi barcha lavozimdagi podsho ma\u2019muriyatini ag\u2019darib tashlash uchun birinchi bo\u2019lib kurash boshladi va uni amalga oshirdi. Samarqand Soveti shaharda revolyutsion tartibni saqlashga, aholini oziq-ovqat bilan ta\u2019minlashga, ishchilarning mehnat va turmush sharoitini yaxhilashga, mehnatkashlarni ma\u2019rifatli qilishga qaratilgan ta\u2019sirchan choralar ko\u2019rdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand Sovetining ijobiy faoliyatini va xalq ommasi orasida katta obro\u2019 qozonganligini burjua hokimiyati vakillari ham tan olishga majbur bo\u2019ldi. Samarqand okrug sudining prokurori Toshkent sud palatasinign prokuroriga yo\u2019llagan xatida quyidagilarni qayd qilib o\u2019tgan edi: Samarqanddagi jamoat tashkilotlaridan \u201csoldat va ishchi deputatlari Soveti obivatellar ko\u2019z o\u2019ngida eng obro\u2019li bo\u2019lib qoldi\u2026 Uning obro\u2019si shu qadar balandki, obivatellar unga turli masalalr bo\u2019yicha iltimos va shikoyat bilan, hatto er-xotinnig ajralishi to\u2019g\u2019risidagi iltimos bilan ham murojaat qilishadi. Ana shu tashkilotlarning (Sovetlarning \u2013 Muharrir) ishchi va soldatlar orasidagi ta\u2019siri juda katta va uning gapiga ishchilar ham, soldatlar ham bajonidil quloq soladilar, ularni qo\u2019llab-quvvatlashga doim tayyordilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar ishchilar sinfini uyushtirish borasida qizg\u2019in ish boshlab yubordilar. Ular proletariat va boshqa mehnatkashlarning ommaviy sinfiy tashkilotlari \u2013 kasaba soyuzlarini tashkil etishga alohida e\u2019tibor berdilar. Samarqnad bolsheviklarining xalq ommasini o\u2019zlariga qaratib olish yo\u2019lidagi kurashida shahar ishchilar sinfi, ayniqsa, uning ilg\u2019or otryadi \u2013 temiryo\u2019lchilar asosiy tayang bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda va butun Turkiston o\u2019lkasida kasaba soyuz harakati chorizm ag\u2019darib tashlanishi bilanoq Umumrossiya kasaba soyuz harakatining bevosita ta\u2019siri ostida va u bilan chambarchas bog\u2019langan holda rivojlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil 1 martda tashkil etilgan savdo-sanoat xizmatchilari soyuzi kasaba soyuzlari vujudga kela boshlagan davrdagi dastlabki soyuzlardan biri bo\u2019ldi. O\u2019sha yilning 18 martida Samarqand stansiyasi tarozibonlari va xizmatchilarning umumiy yig\u2019ilishida idra xizmatchilari va tarozibonlarning kasaba soyuzi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqanddagi \u201cMehnat soyuzi\u201d deb atalgan tashkilot ommaviy kasaba soyuz harakatini boshlab berdi; bu soyuz pravleniyasining birinchi tashkiliy yig\u2019ilishi 1917 yil 20 martda bo\u2019lib o\u2019tdi. \u201cMehnat soyuzi\u201d soyuzlararo birlashma rolini o\u2019ynadi va shahar kasaba soyuzlariga boshchilik qildi. \u201cMehnat soyuzi\u201dning birinchi majlisida soyuz ustavini ishlab chiqish komissiyasi, mehnat byurosi, shuningdek, madaniy-oqartuv, sanitariya, yuridik va moliya komissiyalari saylandi. 29 martda \u201cMehnat soyuzi\u201dning pravleniyesi Samarqand grajdanlariga qarata murojaat qabul qildi. Bu murojaatda soyuz tuzilganligi e\u2019lon qilindi va unga a\u2019zo bo\u2019lishga taklif etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMehnat soyuz\u201d tuzilganidan keyin Samarqandda kasaba soyuz harakati kuchayib ketdi. 1917 yilning bahorida hukumat muassasalari xizmatchilari, temiryo\u2019lchilar, pochta-telegraf xizmatchilari internatsionalist o\u2019qituvchilar va boshqa tashkilotlarning kasaba soyuzlari tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kasaba soyuzlari proletariatning burjuaziyaga qarshi iqtisodiy kurashini qo\u2019llab-quvvatlabgina qolmay, balki sotsialistik revolyutsiya ajv ola borgan sari siyosiy kurashning jiddiy maktabiga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda proletariatning sof sinfiy tashkilotlari bilan bir qatoda ishchilardan tashqari, eski shahar mada burjua elementlari \u2013 hunarmandlar, mayda savdogarlar, milliy ziyolilarning bir qismini birlashtirgan umumdemokratik tashkilotlar ham paydo bo\u2019la boshladi. Samarqand va Turkiston o\u2019lkasining boshqa shahar va rayonlari mahalliy millat mehnatkashlari o\u2019rtasida revolyutsion jarayon rivojlanishidagi muhim xususiyat ana shunda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cKambag\u2019allar yig\u2019ilishi\u201d deb atalgan tashkilot Samarqandning mahalliy aholisi o\u2019rtasida tashkil etilgan umumdemokratik tashkilotning yorqin namunasidir. Bu tashkilot 1917 yil 6-7 martda eski shaharning Qo\u2019shhovuz degan joyida tashkil etildi. Bu \u2013 mahalliy millat ishchilari va eski shahar kambag\u2019allarining to\u2019ng\u2019ich tashkiloti edi. Bitoq \u201cKambag\u2019allar yig\u2019ilishi\u201d, uning pravleniyesiga rahbarlik jadidlardan Akobir Shomansurov (rais), Bekbudiy, Shoymardonqul va Abduhalil Hasanxo\u2019jayevlar qo\u2019liga o\u2019tib qoldi. Yig\u2019ilish a\u2019zolari orasida mehnatkashlar ommasi ko\u2019pchilikni tashkil etganligi sababli va ularning tazyiqi ostida bu tashkilot eski shaharda chor hokimiyati organlarini tugatish bo\u2019yicha ba\u2019zi bir ishlarni amalga oshirdi. Masalan, yig\u2019ilish \u201cbarcha chor amaldorlarini ishdan bo\u2019shatish, chor apparatini tugatish, uning o\u2019rniga yangi shahardagi kabi 3 kishidan iborat komitet saylash\u201d to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. \u201cKambag\u2019allar yig\u2019ilishi\u201dning tashabbusi va aktiv ishtiroki bilan eski shaharda \u201cellikboshilar\u201d vazifasidan chetlashtildi va ularning o\u2019rniga uch kishidan iborat saylab qo\u2019yiladigan komitet tuzildi. Bu komitetlar tungi paytlarda eski shaharni qo\u2019riqlab turardi. \u201cKambag\u2019allar yig\u2019ilishi\u201dning sostavi turli kishilardan iborat bo\u2019lishi va uning tepasida turgan milliy burjuaziya ideologlari \u2013 jadidlarning ayniqsa ikkilanib ish ko\u2019rishi va og\u2019machiligi ishga jiddiy to\u2019siq bo\u2019ldi. Bir yarim osh ishlagandan keyin bu yig\u2019ilishning o\u2019z-o\u2019zidan tugab ketishiga asosiy sabablardan biri ham shu bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fevral revolyutsiyasi g\u2019alabasidan keyin burjua millatchilari va feodal-klerikal elementlar o\u2019z faoliyatini aktivlashtirdi. Mahalliy burjuaziya vakillari avj olgan milliy ozodlik harakatidan mehnatkashlar ustidan o\u2019z hukmronliklarini saqlab qolish va uni mustahkamlash uchun foydalanishga urinib ko\u2019rdi. Shu maqsadda ular reaktsion millatchilik tashkilotchilariga birlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil mart oyi boshlarida Toshkentda tashkil etilgan \u201cSho\u2019roi islomiya\u201d burjua millatchilik tashkiloti o\u2019lkada tuzilgan ana shunday dastlabki tashkilotlardan biri edi. Bu tashkilotga jadidlarning rahbari Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchilik qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yilning bahorida Samarqandda ham \u201cSho\u2019roi islomiya\u201d tuzildi. Unga musulmon ruhoniylari, milliy burjuaziya va amaldorlarning ko\u2019zga ko\u2019ringan vakillari: sudya Isoxon qozi, eshon Akobirxo\u2019ja, sobiq chor pristavlari Bahriddin va Abdug\u2019ulom savdogar va katta yer egasi Shamsiboy Mahsum, boylardan Hasan Zubaydullayev, Mamarayim, Mamadamin va boshqalar boshchilik qilardi. \u201cSho\u2019roi islomiya\u201d Samarqand tashkilotining shtabi shaharning So\u2019zangaron qismidagi Hovuz sang mahallasida joylashgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cShoroi islomiya\u201d bilan bir qatoda, Samarqandda \u201cIttihod\u201d deb atalgan panturkistik tashkilot ham ishlar edi. Asosan savdo-burjua ziyolilarini birlashtirgan bu tashkilotga asir olingan sobiq turk harbiy ofitserlari Afandizoda, Rizo Afandi, Doniyorbek va boshqalar boshchilik qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Fevral burjua-demokratik revolyutsiyasi Samarqand aholisi barcha tabaqalarini harakatga keltirdi, shahardagi ijtimoiy va siyosiy kuchlarining ajralishini belgilab berdi va yanada kuchaytirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorizm ag\u2019darib tashlangandan keyin o\u2019tgan dastlabki hafta va oylar shuni ko\u2019rsatdiki, chorizm o\u2019rniga kelgan Muvaqqat hukumat asosiy hayotiy muhim masalalar yuzasidan chorizmning ishini davom ettirdi. Burjua hukumati va burjualashgan pomeshchiklar xalq ommasining urushni to\u2019xtatish, xalqqa sulh, non, yer berish, farovon hayot yaratish to\u2019g\u2019risidagi talablarini bajara olmasligiga va bajarishni istamayotganligiga omma o\u2019z tajribasida asta-sekin ishonch hosil qildi. Samarqand mehnatkashlar ommasi bolsheviklar g\u2019oyasi va shiorlarining haqqoniyligini tushuna boshladilar, chorizm ag\u2019darilganidan keyin dastlabki kunlardagi \u201crevolyutsion xom xayollardan\u201d sekin-asta xoli bo\u2019la boshladilar va burjuaziyaga qarshi kurashni kuchaytirdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rossiya proletariatining bolsheviklar rahbarligidagi revolyutsion kurashi, Rossiya harbiy-feodal imperializmining krizisini chuqurlashtirib yuborgan jahon urushi, Rossiya imperiyasidagi mazlum xalqlarning milliy ozodlik harakati podsho hukumatini halokatga olib keldi. 1917 yil fevralida Rossiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fevral-burjua-demokratik-revolyutsiyasi-davrida-samarqand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153517","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153517","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153517"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153517\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153518,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153517\/revisions\/153518"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153517"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153517"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153517"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}