{"id":153521,"date":"2025-09-17T12:08:35","date_gmt":"2025-09-17T09:08:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153521"},"modified":"2025-09-17T12:08:36","modified_gmt":"2025-09-17T09:08:36","slug":"mustamlaka-davrida-samarqand-samarqandni-qoshib-olish-oqibatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mustamlaka-davrida-samarqand-samarqandni-qoshib-olish-oqibatlari\/","title":{"rendered":"Mustamlaka davrida Samarqand. Samarqandni qo\u2019shib olish oqibatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>1868 yilda Samarqand Rossiyaga qo\u2019shib olindi. Keyinchalik Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019on bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. So\u2019ngra bu okrugga Panjikent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi tog\u2019li rayonlar qo\u2019shildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868 yil iyul oyining birinchi yarmida tuzilgan va general-gubernator Kaufman tomonidan tasdiqlangan Zarafshon okrugini boshqarish to\u2019g\u2019risida \u201cMuvaqqat nizom (qoida)\u201d darhol kuchga kirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMuvaqqat nizom\u201dning 1-paragrafiga muvofiq, alohida Zarafshon okrugi rasmiy jihatdan Rossiya imperiyasi sostaviga kirmas, lekin Turkiston o\u2019lkasining boshlig\u2019iga bevosita bo\u2019ysunar edi. Okrugning ikki bo\u2019limi \u2013 Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019on bo\u2019limlari o\u2019rtasidagi chegaralar Samarqand bilan Kattaqo\u2019rg\u2019on bekliklari o\u2019rtasidagi mavjud chegaralar asosida belgilangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMuvaqqat nizom\u201d bu yerda chop ma\u2019muriyatini tuzish bilan bir qatorda, \u201cnufuzli mahalliy kishilarni rus hokimiyatiga bog\u2019liq qilib qo\u2019yish\u201d maqsadida oqsoqollar va aminlarni qoldirib, boshqarishning eski sistemasini qisman saqlab qolishni ko\u2019zda tutar edi. Boshqarishning barcha organlari va vazifalari \u2013 ma\u2019muriyat, politsiya, soliqlar va yig\u2019inlarni undirib olish, aholining da\u2019volarini ko\u2019rib chiqish, sud ishlari general Golovachev o\u2019rniga tayinlangan okrug boshlig\u2019i general Abramovning ixtiyoriga berib qo\u2019yilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1868 yil sentabrida Zarafshon okrugi harbiy gubernatori huzurida mahkama tuzildi. Bu mahkama dastlabki vaqtlarda farmoyish beruvchi, xo\u2019jalik va buxgalteriya bo\u2019limlaridan iborat edi. 1869 yildan boshlab esa farmoyish beruvchi va xo\u2019jalik bo\u2019limlari qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alohida Zarafshon okrugi tashkil etilgandan keyin okrugi va uning ikki bo\u2019limining aniq chegaralarini belgilash uchun general Abramov raisligida komissiya tuzildi. Komissiyaning taklifiga binoan, Samarqand bo\u2019limi aholi yashaydigan 11 punktni o\u2019z ichiga olgan uch rayonidan iborat edi, Kattaqo\u2019rg\u2019on bo\u2019limi esa bitta rayondan iborat bo\u2019lib, uning sostaviga 16 qishloq kirar edi. Bo\u2019limlarni tashkil etish va ularni chegaralash ishlari ana shu rayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olmagan holda chor amaldorlari tomonidan o\u2019zboshimchalik bilan o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rayonlar va bo\u2019limlar o\u2019rtasidagi aniq ma\u2019muriy va territorial chegaralar bo\u2019lmaganligidan aholining manfaatlariga putur yetadi, chunki aholi ba\u2019zan ikki marta soliq to\u2019lashga majbur bo\u2019lar edi. Soliq to\u2019lovchilarga maosh o\u2019rniga mukofot tariqasida yig\u2019ilgan pulning umumiy miqdoridan 5-10 protsent berilar edi; shuning uchun ham ular soliq to\u2019lovchilardan ko\u2019proq pul undirish maqsadida suiste\u2019molga yo\u2019l qo\u2019yishar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u2019limlarning ma\u2019muriyatiga boshliqlar rahbarlik qilardi, harbiy kuchlar ham ularga itoat etardi. 1869 yildan boshlab Samarqand bo\u2019limi boshlig\u2019ining bu huquqi bekor qilindi va zarur hollarda u okrug harbiy general-gubernatori orqali ish ko\u2019radigan bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zarafshon okrugini boshqarish to\u2019g\u2019risida 1868 yilda chiqarilgan \u201cMuvaqqat nizom\u201d Samarqandni boshqarish organlarini tuzishni ko\u2019zda tutmas edi; shuning uchun Samarqand bo\u2019lim boshlig\u2019iga bo\u2019ysunar edi. Samarqand bo\u2019limining boshlig\u2019i huzurida maxsus xo\u2019jalik va jamoat boshqarmasi tashkil etilgan bo\u2019lib, bu boshqarma 1867 yilgi \u201cNizom\u201d loyihasiga asosan Toshkentda tuzilgan shahar mahkamasiga bir oz o\u2019xshab ketar edi. Shunga qaramay, Samarqand alohida ma\u2019muriy birlik sifatida ajralib chiqmagan, yuqorida eslatib o\u2019tilgan xo\u2019jalik-ma\u2019muriy boshqarma organlari Samarqand bo\u2019limi boshlig\u2019i yordamchilaridan birining rahbarligi ostida ish olib borar edi. 1887 yilda bu boshqarma organlari tugatilib, shahar hokimiyatining barcha vazifalari Samarqand uyezdinign ixtiyoriga topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1886 yil 12 iyunda \u201cTurkiston o\u2019lkasini boshqarish to\u2019g\u2019risida Nizom\u201dning qabul qilinishi bilan Zarafshon okrugi Samarqand oblastiga aylantirildi, okrug boshlig\u2019i lavozimi esa tugatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1887 yil yanvarda Samarqand oblasti to\u2019rt uyezdga: Samarqand, Kattaqo\u2019rg\u2019on, Xo\u2019jand va Jizzax uyezdlariga (Xo\u2019jand va Jizzax uyezdlari Sirdaryo oblasti sostavidan olib berildi) bo\u2019lindi. Samarqand oblastinign markazi bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Podsho hukumati Turkistonda asta-sekin boshqarish organlarini tuza borib, O\u2019rta Osiyo xalqlarini siyosiy va madaniy qoloqlikda tutib turish maqsadida Buxoro amirligi eski feodal-davlat nerarxi hokimiyatining ba\u2019zi organlarini saqlab qoldi yoki uning ko\u2019rinishini bi oz o\u2019zgartirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qozilik sudlari feodal davlat apparatining ana shunday organlaridan biri edi. Chor ma\u2019muriyati uni deyarli o\u2019zgartirmay qoldirdi, faqat buni okrug bo\u2019yicha o\u2019rnatilgan rejimga moslashtirdi, xolos. Bu o\u2019zgartirishlar sayab qo\u2019yishni joriy etishdan, \u201cxalq sudyalari\u201d s\u2019yezlarini chaqirishdan, qozilik sudlari chiqaradigan hukmlar (qarorlar) ning jazolari doirasini cheklab qo\u2019yishdan iborat edi. Tayinlab qo\u2019yilishi muayyan darajada saylovchilarga bog\u2019liq bo\u2019lgan qozilar o\u2019zlarining ilgarigi mavqeini sekin-asta yo\u2019qota boshladi. Ular daromad olish, boylik orttirish manbai bo\u2019lgan o\u2019z lavozimlarini saqlab qolish uchun saylovchilar va chor amaldorlari o\u2019rtasida ig\u2019vo tarqatish, ularni sotib olish taktikasini qo\u2019lladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus aholisi uchun uyezd sudyalari lavozimi joriy etildi. Ularning vakolati va ish hajmini ham Yevropa Rossiyadagidek edi. Uyezd sudyalari 1887 yil 1 yanvargacha ishlab keldi. 1886 yil 12 iyunda qabul qilingan nizomga asosan, uyezd sudyalari Samarqand oblastining uyezdlarida ham, shaharlarida ham kelishtiruvchi sudyalar bilan almashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1889 yil 14 mayda chiqarilgan tsirkulyarga asosan oblast boshqarmasiga bo\u2019ysunuvchi Samarqand oblast sudi Samarqand okrug sudiga aylantirildi va Rossiya imperiyasining boshqa gubernalarida qo\u2019llanilgan Sud ustavining umumiy asoslariga muvofiq ish olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy millat aholisiga o\u2019z ishlarining rus sudida ko\u2019rib chiqilish huquqi (ikki tomon ham rozi bo\u2019lgan taqdirda) berildi. Ammo ko\u2019pincha sud tegishli qaror qabul qilmay, balki harbiy gubernator yoki uyezd boshlig\u2019ining ma\u2019muriy aralashuvi bilangina kifoyalanib qo\u2019ya qolardi. Harbiy gubernator yoki uyezd boshlig\u2019i kishilarni sud hukmisiz ham turmaga qamab qo\u2019yar yoki ularni Sibirga surgun qilar edi. Ba\u2019zan mahbuslar ana shu tartibda turmalardan ham ozod qilinar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramay, yangi sistema Samarqand va uning okrugi uchun Buxoro amiri hukmronlik qilgan davrdagi sud va ma\u2019muriyat sistemasiga qaraganda birmuncha progressiv edi, chunki amirning qonli zulmi va og\u2019ir istibdodi hammaga yaxshi ma\u2019lum edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoda qulga egalik qilish va qul savdosining man etilishi Samarqandning Rossiyaga qo\u2019shib olinishining muhim sotsial oqibatlaridan biridir. Ana shunga qadar Buxoro va Samarqand qul savdosi avj olgan asosiy bozorlar hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir qancha manbalardagi ma\u2019lumotlarga qaraganda, qul mehnatidan uy-ro\u2019zg\u2019or ishidagina emas, balki qishloq xo\u2019jaligida ham foydalanilar edi. Masalan, Samarqandning Rossiyaga qo\u2019shilishi arafasida kattaqo\u2019rg\u2019onlik yirik feodal Alimboyning ixtiyorida 500 ga yaqin qul ishlar edi. Turkiston, shu jumladan, Samarqand imperiya sostaviga qo\u2019shib olganidan keyingina rus ma\u2019murlarining talabiga ko\u2019ra bu qullar ozod qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qulchilik va qul savdosining bekor etilishi Rossiya bilan Buxoro amirligi o\u2019rtasida 1868 va 1873 yillarda tuzilgan shartnomalar bilan mustahkamlandi. 1873 yil 28 sentabrda qabul qilingan shartnomaning 18-moddasida bunday deyilgan edi: \u201cinsonparvarlik qonunlariga zid bo\u2019lgan odamlar bilan savdo qilishdek sharmandali ishlar bundan buyon Buxoro amirligi territoriyasida abadiy to\u2019xtatiladi\u201d. Amir, beklarning zimmasiga shartnomaning ana shu qoidasiga qat\u2019iy rioya qilish vazifasi yuklatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyaga qo\u2019shilish bilan O\u2019rta Osiyoda doimo davom qilib kelgan o\u2019zaro urushlarga chek qo\u2019yildi, bunday urushlar mehnatkashlar xalqning ahvoliga og\u2019ir ta\u2019sir ko\u2019rsatar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ham progressiv ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Samarqand butun Turkiston singari Rossiya iqtisodiy rivojlanishining umumiy oqimiga ancha tez intila boshladi. Burjua munosabatlari asta-sekin shahar ekonomikasiga kirib bora boshladi: ayni vaqtda feodal-patriarxal munosabatlar tobora yemirila bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq dastlabki o\u2019n yilliklar davomida feodal munosabatlari o\u2019z ishlab chiqarishining natural xarakteri bilan shahar va oblastda hali ancha kuchli edi. Bunday hol shahar aholisining o\u2019sishiga to\u2019sqinlik qilardi. Chunki shahar aholining Samarqand oblasti aholisining umumiy sonidagi salmog\u2019i 1868-1870 yillarda atigi 1,3 protsenti, 1897 yilda esa 15,7 protsentini tashkil qilardi. Shunga qaramay, ijtimoiy mehnat taqsimoti shahar aholisi salmog\u2019ining o\u2019sishidagi ba\u2019zi o\u2019zgarishlardan dalolat berardi; Zakaspiy temir yo\u2019li ochilganidan keyin bu o\u2019zgarish ayniqsa sezilarli bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Statistikada (1897 yilgi aholi ro\u2019yxati materiallaridan tashqari) aholining mashg\u2019ulotlari to\u2019g\u2019risida noaniq, ko\u2019pincha qarama-qarshi bo\u2019lgan ma\u2019lumotlar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>1870-1872 yillarga doir ma\u2019lumotlarga qaraganda, Samarqandda ko\u2019pi bilan 20 ming aholi yashar edi. Aholining o\u2019ndan bir qismini imtiyozli sinf vakillari tashkil qilardi; aholining qolgan qismini esa dehqonlar, hunarmandlar va ma\u2019lum ish bilan shug\u2019ullanmagan kishilar tashkil etar edi. Zamondoshlarning aytishlariga qaraganda, 6 mingdan ziyod kishi och va qashshoq kun kechirar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya imperiyasining 1897 yilgi umumiy aholi ro\u2019yxatiga ko\u2019ra, Samarqand oblastining aholisi 860021 kishi bo\u2019lgan. Mahalliy millat aholisi 97,67 protsentni tashkil qilar edi. Oblastning umumiy aholisidan 194608 kishi, shu jumladan, 5545 xotin-qiz turli ishlarda ishlardi. Oblastdagi 147534 ta xo\u2019jalikdan 17149 tasi yoki barcha xo\u2019jaliklarning 11,9 protsenti yollanma ishchiga yoki xizmatkorga ega edi. Samarqandning o\u2019zida 55128 kishi yashab, shulardan 23394 nafari xotin-qizlar edi. 19735 erkak va 1883 xotin-qiz turli ishlar bilan band edi. Shahardagi 8798 xo\u2019jalikdan 1053 tasi (11,94 protsenti) yollanma ishchiga yoki xizmatchiga ega edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand oblastining 1897 yildagi butun aholisini quyidagicha taqsimlash mumkin (umumiy songa nisbatan protsent hisobida): qishloq xo\u2019jaligida ishlovchilar \u2013 80.1, savdo-sanoatda ishlovchilar \u2013 15.4, unumsiz ishlarda band bo\u2019lganlar \u2013 4.5. Bu ma\u2019lumotlar XIX asrning oxirida ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonining kuchayganligidan dalolat beradi. Ayni vaqtda ular umuman Turkiston o\u2019lkasi singari Samarqand oblasti ham bir tomonlama \u2013 kapitalistik Rossiya uchun asosan xom ashyo yetkazib beradigan qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishi (paxtachilik) hisobiga rivojlanib borganligini tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chorizmning agrar siyosati yerga bo\u2019lgan xususiy mulkchilikni mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi. 1913 yilda oblastda sug\u2019oriladigan barch yerlarning qariyb 90 protsenti xususiy yer egalari qo\u2019lida edi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e\u2019tiboran oblast rayonlarini xo\u2019jalik jihatidan ixtisoslashtirish jarayoni jadallashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand aholisining qariyb 80 protsenti savdo va hunarmandchilikdan tashqari, qishloq xo\u2019jaligi bilan ham shug\u2019ullanar edi. Dehqon xo\u2019jaliklarining tovar-pul munosabatlariga tortilishi tufayli ular o\u2019z yerlaridan mahrum bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Senator Palenning (1909-1912) reviziyasi shuni ko\u2019rsatdiki, Samarqand oblastining 7 rayonida yersiz va kambag\u2019al xo\u2019jaliklar oblast dehqon xo\u2019jaliklari umumiy yeri bo\u2019lgan o\u2019rta hol xo\u2019jaliklar 27 protsentni va 5 desyatinadan 30 desyatinagacha yeri bo\u2019lgan yirik xo\u2019jaliklar 14.4 protsentini tashkil qilar edi. Ana shu 7 rayondagi 13609 desyatina unumli yerdan 20.4 protsenti kambag\u2019al xo\u2019jaliklarga, 17.9 protsenti o\u2019rta hol xo\u2019jaliklarga va 61.7 protsentni iyrik xo\u2019jaliklarga qarashli edi.<\/p>\n\n\n\n<p>7 rayondagi 2&nbsp;428 dehqon xo\u2019jaliklari ish hayvonlari bilan quyidagicha ta\u2019minlangan edi: 568 xo\u2019jalik (23.9 protsent) bir boshdan molga, 397 xo\u2019jalik (16.1 protsent) ikki boshdan molga, 787 xo\u2019jalik (32.4 protsent) 3-4 bosh va undan ko\u2019proq molga ega edi. 676 xonadon (27.6 protsent) umuman hech qanday ish hayvoniga ega emas edi; bu gruppa asosan mardikorlar va chorakorlardan iborat edi. Renta miqdori katta bo\u2019lganligi sababli kambag\u2019allar va o\u2019rta hol dehqonlar o\u2019z oilasini boqish va xo\u2019jalikni yuritishga qodir emas, sanoat sust rivojlanganligi sababli shahardan ish topolmas edilar. Shuning uchun qishloq xo\u2019jaligidan ajralib keta olmagan bunday dehqonlar chorakorga, batrakka aylanar, boylar va sudxo\u2019rlarga qarzdor bo\u2019lib qolishardi. K.Marks qayd qilganidek, \u201cSudxo\u2019rlik ishlab chiqarish usulini o\u2019zgartirmaydi, lekin unga parazit singari mahkam yopishib olib, uni holdan toydirguncha madorini quritadi. U ishlab chiqarishning bor-yo\u2019g\u2019ini so\u2019rib oladi, uning tinkasini quritadi va tobota achinarli sharoitlarda takror ishlab chiqarishga amal qilishga majbur etadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Paxtachilikning o\u2019sishi bilan kreditning o\u2019ziga xos shakli \u2013 yer va undan olinadigan paxta hosili hisobiga qarz berib turish tez rivojlana boshladi. Samarqandning bank bo\u2019limlari paxta uchun kreditlar berib turdi. Komissionerlar firmalardan avanslar olib, ularni dehqonlarga berishardi. Protsent to\u2019lanishi lozim bo\u2019lgan veksellar butun summaga yozilardi, to\u2019lashda esa bo\u2019lib-bo\u2019lib to\u2019lanardi. Dehqon har safar pul to\u2019layotganida komissionerga yoki firmaning biron kichik xizmatchisiga alohida qo\u2019shimcha protsentni qo\u2019shib to\u2019lar edi. Aravakashlar, paxta tashuvchilar va sotib olish punktlaridagi qabul qiluvchilar ham paxtakorlar hisobiga yashar edilar. V.I.Leninning ta\u2019biri bilan aytganda, \u201cdehqonlarning pul egalariga qaramligi albatta tutqunlik shaklini oladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand Rossiyaga qo\u2019shilganidan keyin hayotning barcha sohalarida \u2013 ijtimoiy, maishiy, madaniy sohalarda yuzaki qaraganda uncha ko\u2019zga tashlanmaydigan, lekin kapitalizmning boshlang\u2019ich bosqichlari negizida shahar hayoti rivojlanishining ob\u2019yektiv qonunlariga bog\u2019liq bo\u2019lgan muhim o\u2019zgarishlar yuz berdi. Kapitalistik ishlab chiqarish usulining elementlari va unga muvofiq bo\u2019lgan kapitalistik munosabatlar shahar hayoti bag\u2019rida shakllana boshladi, ammo umuman Samarqand tipik feodal shahri bo\u2019lib qolaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandga temir yo\u2019l o\u2019tkazilgunga qadar hunarmandchilik ishi aholining keng iste\u2019mol mollarga bo\u2019lgan ehtiyojini ta\u2019minlovchi ishlab chiqarishning asosiy turi bo\u2019lib hisoblanar edi. Hunarmandlar uyda yoki bozor territoriyalarida, shuningdek, markaziy ko\u2019chalarda joylashgan do\u2019konlar va ustaxonalarda ishlar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Turli manbalarning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, O\u2019rta Osiyo Rossiyaga qo\u2019shib olingan dastlabki yillarda Samarqandda 1610 ta turli ustaxona, shu jumladan, 827 ta to\u2019qimachilik, 15 ta shoyi to\u2019qish, 42 ta bo\u2019yoqchilik, 162 ta etikdo\u2019zlik, 63 ta egar-jabduq ishlaydigan, 37 ta kulolchilik, 26 ta tikuvchilik, 42 ta duradgorlik, 77 ta duradgorlik va temirchilik, 12 ta cho\u2019yan qo\u2019yish, 4 ta g\u2019isht pishirish, 34 ta yog\u2019-sham va sovun pishirish, 30 ta ko\u2019n pishirish va boshqa ustaxonalari bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1888 yildayoq Samarqandda har yili 632698 so\u2019mlik mahsulot ishlab chiqaradigan 1130 ta o\u2019rta darajadagi hunarmandchilik ustaxonasi, 110&nbsp;240 so\u2019mlik mahsulot ishlab chiqaradigan 172 ta mayda ustaxona, 115050 so\u2019mlik mahsulot ishlab chiqaradigan 1969 ta mayda hunarmandchilik muassasasi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha yili Samarqand oblastida vino qiladigan, spirt tozalaydigan va pivo pishiradigan 6 ta zavod bo\u2019lib, shulardan 3 tasi shaharning o\u2019zida joylashgan edi. 28 ta g\u2019isht pishiradigan, 57 ta kulolchilik, 35 ta sovun pishiradigan, 27 ta sham tayyorlaydigan korxona va 270 ta qushxonadan Samarqandda turli tip va kattalikdagi 10 ta g\u2019isht zavodi, 10 ta kulolchilik, 20 ta sovun sovun pishiradigan, 10 ta sham tayyorlaydigan, 46 ta qushxona bor edi. Bu korxonalarning hammasi tova mahsuloti ishlab chiqarishar edi. V.I.Lenin: \u201cbu taraqqiyotga yordam bergan sharoit borgan sari kuchli ta\u2019sir qilgan bo\u2019lsa kerak, chunki keyingi har o\u2019n yilda korxonalar tobora ko\u2019proq ochilgan. Bu hol dehqonlar o\u2019rtasida tovar xo\u2019jaligining tarqqiy qilishi, dehqonchilikning sanoatdan ajralishi, umuman savdo-sotiq bilan sanoatning o\u2019sishi kuchli ekanligini yaqqol ko\u2019rsatib bermoqda. Biz: \u201cdehqonchilikning sanoatdan ajralish\u201d deymiz, bunga sabab shuki, bunday ajralish dehqonlarning sanoatchilardan ajralishlaridan oldin yuz beradi: bozorga mol ishlab chiqaradigan har qanday korxona dehqonlar bilan sanoatchilar o\u2019rtasida ayirboshlashning kelib chiqishiga sabab bo\u2019ladi. Demak, bunday korxona ochilishi bilan dehqonlar o\u2019z uylarida mol ishlab chiqarmay qo\u2019yadilar va demakki, bunday molni bozordan sotib oladigan bo\u2019ladilar, sotib olish uchun esa dehqon qishloq xo\u2019jalik mahsulotini sotmog\u2019i kerak. Shunday qilib, savdo-sanoat korxonalarining ko\u2019payishi bilan jamiyat o\u2019rtasida mehnat taqsimoti ham tezroq bo\u2019ladi, bu esa tovar xo\u2019jaligi va kapitalizmning umumiy negizidir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus va chet el kapitalining O\u2019rta Osiyoga, shu jumladan, Samarqandga ham kira borishi bilan hunarmandchilik ishlab chiqarishining ahvoli keskin o\u2019zgardi. Rossiya markaziy rayonlaridan fabrika-zavod buyumlarining Samarqandga ko\u2019plab keltirilishi natijasida hunarmandchilik ishlab chiqarishi sekin-asta siqib chiqarila boshladi. Masalan, mahalliy ustalarning igna ishlab chiqarishi tugatildi, mahalliy to\u2019qimachilik ishlab chiqarish hajmi ancha qisqardi. Yangi iste\u2019mol buyumlariga bo\u2019lgan talabning kuchayishi va yangidan-yangi ehtiyojlarning orta borishi natijasida mahalliy aholi zamshadan buyumlar tikadigan, soat sozlaydigan ustaxonalar, turli bo\u2019yoqlar ishlab chiqaradigan korxonalar, mebel-oboy tayyorlaydigan va darpardalar tikadigan ustaxonalar, rassomlik, rom, mebel ishlab chiqaradigan, bochkasozlik, slesarlik, oynasozlik ustaxonalari, taxta arralaydigan, ustaxonalar ocha boshlashdi; fotograf kabi kasblar paydo bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandchilik evolyutsiyasi bilan bir qatorda, uning markazlashish jarayoni ham yuz beradi. Masalan, 1888 yilda yillik ishlab chiqarish qiymati 1&nbsp;459&nbsp;305 so\u2019mga barobar bo\u2019lgan turli tipdagi 5605 ta hunarmandchilik korxonasidan barcha korxonalarning 52.4 protsenti va oblastda bir yilda ishlab chiqariladigan yalpi mahsulot qiymatining 29 protsenti yirik ustaxonalar va fabrika-zavod tipidagi korxonalar hissasiga to\u2019g\u2019ri kelar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1892 yilda hunarmandchilik ishlab chiqarishi mahsulotinign qiymati 3&nbsp;145&nbsp;620 so\u2019mga, fabrika-zavod korxonalari ishlab chiqargan yalpi mahsulotning qiymati esa 3&nbsp;054&nbsp;697 so\u2019mga yetdi. Binobarin, hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarishi barcha mahsulotlarining 51.2 protsenti fabrika-zavod tipidagi korxonalar hissasiga to\u2019g\u2019ri kelar edi. Lekin 1913 yildayoq ahvol keskin o\u2019zgardi. Endi hunarmandchilik korxonalari hissasiga atigi 1&nbsp;814&nbsp;377 so\u2019m (15.2 protsent), fabrika-zavod korxonalarining hissasiga esa 10&nbsp;129&nbsp;773 so\u2019m yoki butun oblast yillik mahsulotining 84.8 protsenti to\u2019g\u2019ri kelar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Metropoliya fabrika va zavodlariga jo\u2019natiladigan paxta, teri va boshqa mahsulotlarga dastlabki ishlov beradigan korxonalarning o\u2019sishi va rivojlanish jarayoni Zakaspiy temir yo\u2019li qurilganidan keyin kuchaydi. Bu yo\u2019l 1888 yilda Samarqandgacha yetkazilgan edi. V.I.Leninning so\u2019zlariga ko\u2019ra, Zakaspiy temir yo\u2019li \u201ckapital uchun O\u2019rta Osiyoni ocha boshladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1888-1896 yillar mobaynida Samarqand ana shut emir yo\u2019lning pirovard punkti bo\u2019lib, bu esa shaharning yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega edi. Temir yo\u2019l o\u2019tkazilishi tufayli o\u2019lkadagi boshqa shaharlar orasida Samarqand birinchi bo\u2019lib Butun Rossiya bozoriga borish yo\u2019liga ega bo\u2019ldi va Rossiya kapitalizmi doirasiga tezroq qo\u2019shila boshladi. Agar 1880 yilgacha Samarqand territoriyasida paxta, teri va uzumni dastlabki ishlaydigan atigi 5 ta zavod bo\u2019lgan bo\u2019lsa, 1914 yilga kelib sanoat korxonasi 55 taga yetdi, bularda 1820 ishchi ishladi. 1890 yilda oblastdagi 28 ta sanoat korxonasida hammasi bo\u2019lib 373 ishchi ishlagan bo\u2019lsa, 1914 yilda esa oblastning 117 korxonasida 2814 yollanma ishchi, shu jumladan, paxta tozalash zavodlarida 1002 kishi (35.6 protsent) ishlar edi. Oblastdagi vino ishlab chiqaradigan 28 ta zavoddan 20 tasi Samarqandda joylashgan bo\u2019lib, bularda 453 kishi ishlar edi. Ishchilarning asosiy qismini mahalliy millat kishilari tashkil qilar edi. Chunonchi, Turkiston o\u2019lkasidagi barcha vino zavodlarida ishlayotgan 2645 ishchidan 427 tasi ruslar edi, mahalliy millat kishilari 2150 kishini va boshqa millat vakillari 68 losjo tashkil qilar edi. Shahar korxonalaridan 230 ta xotin-qiz (shu jumladan, 107 kishi mahalliy millat xotin-qizlari) va 129 ta o\u2019smir ishlar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand ishchilarining turmush sharoiti juda og\u2019ir edi. Chunonchi, Samarqand oblastidagi paxta tozalash zavodlarining 1002 ishchisidan 331 tasi zavodlarning kazarmalarida yashar edilar. Bu joylarda elementar sanitariya va gigiyena sharoitlari ham yo\u2019q edi. Ish kuni sutkada 10-16 soatgacha davom etar edi. Ish haqi past bo\u2019lib, yiliga o\u2019rta hisobda 180 so\u2019mni tashkil qilar edi. Vaholanki, Rossiyada ish haqi yiliga 288 so\u2019mga yetar edi. Korxonalarda texnika xavfsizligiga rioya qilinmas, bu esa ko\u2019pincha baxtsiz hodisalarga olib kelardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XX asrning boshlarida, Rossiya imperialism bosqichiga qadam qo\u2019yganida, Turkiston o\u2019lkasida bir tomondan, sanoat ishlab chiqarishi rivojlana boshladi, ikkinchi tomondan esa uning asosiy ishlab chiqarishi rus kapitalistlari va mahalliy burjuaziya qo\u2019lida markazlasha boshladi. Masalan, Medvedchikovning Samarqanddagi pivo zavodida 1900 yilda 40 kishi ishlar edi. 1905 yilda 80 kishi, 1908 yilda 175 kishi, 1913 yilda 305 kishi (bulardan 190 kishi mavsumiy ishchi edi) ishladi. 1900 yilda bu zavod 99&nbsp;000 so\u2019mlik mahsulot ishlab chiqargan bo\u2019lsa, 1913 yilga kelib 400&nbsp;000 so\u2019mlik mahsulot tayyorladi. Samarqand oblastidagi 37 ta paxta tozalash zavodidan 3 tasi Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura aktsionerlik jamiyatiga, 3 tsi qog\u2019oz manufakturasi aksionerlik jamiyatiga, 2 tasi O\u2019rta Osiyo sanoat shirkatiga, bittasi Yu.Fayzulov va K<sup>o<\/sup> shirkatiga mansub edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Rossiyaga qo\u2019shilish natijasida Samarqandda burjua munosabatlari tarkib topdi va rivojlana boshladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti kuchaya borishi va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan hunarmandchilik ishlab chiqarishi asta-sekin tushkunlikka uchray boshladi. Xonavayron bo\u2019lgan kosiblar va hunarmandlar fabrika va zavodlarga, temir yo\u2019lga va konchilik sanoatiga borib ishlashga majbur bo\u2019ldi va ayni vaqtda proletariat saflarini to\u2019ldirdi. Butun Turkiston singari Samarqandning Rossiyaga qo\u2019shib olinishining ham progressiv tomoni shunda bo\u2019ldiki, Rossiya XX asrning boshiga kelib jahon proletariat revolyutsion kurashining markazi aylandi. Turkiston proletariati esa ishchilarning ilg\u2019or otryadi bo\u2019lgan bolsheviklar partiyasi rahbarligida rus revolyutsion proletariatidek o\u2019zining qudratli ittifoqchisiga ega bo\u2019ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1868 yilda Samarqand Rossiyaga qo\u2019shib olindi. Keyinchalik Samarqand va Kattaqo\u2019rg\u2019on bekliklari birlashtirilib, Zarafshon okrugi tuzildi. So\u2019ngra bu okrugga Panjikent va Zarafshon vodiysi yuqorisidagi tog\u2019li rayonlar qo\u2019shildi. 1868 yil iyul oyining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mustamlaka-davrida-samarqand-samarqandni-qoshib-olish-oqibatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153521","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153521","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153521"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153521\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153522,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153521\/revisions\/153522"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153521"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153521"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153521"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}