{"id":153527,"date":"2025-09-17T13:32:49","date_gmt":"2025-09-17T10:32:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153527"},"modified":"2025-09-17T13:32:49","modified_gmt":"2025-09-17T10:32:49","slug":"samarqand-shaharning-suv-bilan-taminlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-shaharning-suv-bilan-taminlanishi\/","title":{"rendered":"Samarqand shaharning suv bilan ta\u2019minlanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>1220 yili Chingizxonning Samarqandga qilgan hujumi natijasida qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan Jui Arziz novasi vayron bo\u2019lganidan keyin shahar suvsiz qoldi va Afrosiyobni suv bilan ta\u2019minlaydigan qadimiy Sistema tez orada qurib qoldi. Garchi Afrosiyobda hayot tugagan bo\u2019lsa ham, ammo Samarqand yashayberdi. Oradan bir oz vaqt o\u2019tgach, Afrosiyobdan janubroqda joylashgan rabot territoriyasida Samarqand yangidan qurildi. To\u2019g\u2019ri, rabotda shahar hayoti X-XII asrlardayoq juda gavjum edi. Bu yerda Afrosiyob tashqarisidagi Samarqand rivojlanaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi yarmida Samarqand O\u2019rta Osiyodagina emas, balki butun Sharqda eng obod va boy shaharlardan biriga aylandi. Yangi turar-joylar va muhtsham saroylar bino qilinishi munosabati bilan sug\u2019orish kanallari barpo etildi va tashlab qo\u2019yilgan eski sug\u2019orish sistemalari tuzatildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand vohasining Ravotxo\u2019jadan janubiy va sharqi-janubiy qismida joylashgan tog\u2019 oldi rayonlarini sug\u2019orish uchun Zarafshon daryosidan ehtimol xuddi shu davrda Abbos va Koraunas kanallari o\u2019tkazilgan bo\u2019lsa kerka. Bu kanallar Temur vaqtida qurilgan Misr qishlog\u2019igacha yetib borgan edi. XVII-XVIII asrlarda Ashtarxoniylar va dastlabki mang\u2019itlar davrida Abbos kanali Jun Nav deb atalardi. Keyinchalik uni Yangiariq deb, Qoraunasni esa Qozanariq deb ataydigan bo\u2019lishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand va uning atrofidagi qishloqlar, avvalgidek, suvni Darg\u2019om kanalidan ichadi. \u201cSamariya\u201d asarining muallifi Abu Tohirxojaning yozishiga ko\u2019ra, \u201cDarg\u2019om arig\u2019i boshi Ko\u2019hak daryosidan ajralib, Samarqand shahrining ichi va toshi hamda Angor tumanlarini sug\u2019orib, ortiqchasi Ko\u2019hak daryosiga qo\u2019shiladi. Shahar bog\u2019lari va bo\u2019stonlari ushbu ariqdan yashil va tozadir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar shoxobchalarini suv bilan ta\u2019minlaydigan asosiy irrigatsiya magistrali Shavdor deb atalardi; u Darg\u2019omdan chiqarilgan edi. Kanal Jumabozor qishlog\u2019idan 4.5 kilometr quyidagi Keskanjar degan joydan boshlanar edi. Shavdor 6-7 kilometr davomida qirg\u2019oqlari baland va asta-sekin pasayib borgan chuqur jar ichidan oqar edi. Shavdordan bosh olgan joydan 20 kilometr quyida Samarqand va uning atrofidagi joylarni sug\u2019oradigan Dashtak va Mozor kanallari ajralib chiqar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dashtak Shavdor kanaliga qurilgan to\u2019g\u2019on yordamida suv bilan ta\u2019minlanib turardi. Dashtak yuqori qismida Mozor kanali yaqinidan o\u2019tar va undan tuproq damba bilan ajralib, so\u2019ngra Dashtak qishlog\u2019i orqali o\u2019tib, Kavarzor arig\u2019iga kelib quyilardi. Shundan kein Dashtak yana ham mayda shoxobchalarga bo\u2019linib ketar, bu shoxobchalarning ikkitasi esa Rajabamin va Kaptarxona qishloqlariga suv bo\u2019yiga Kavarzor arig\u2019i ustiga o\u2019rnatilgan ikki nova orqali oqib o\u2019tar edi. Dashtak asosan Samarqandga sharqi-janubiy tomondan tutashgan joylarni sug\u2019orar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mozor kanalidan chap tomonga Mazxin yoki Navbaxchiyon, o\u2019ng tomoniga esa Shaharariq oqardi. Shaharariqdan shaharning Arkariq, Qavolariq va Mulyonariq shoxobchalari ajralib chiqardi. Bu shoxobchalar Samarqandnigina emas, balki unga janub tomondan tutashgan rayonlarni ham sug\u2019orardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand va unga tutashib ketgan joylar Siyobdan chiqarilgan Obirahmat kanalidan ham suv bilan ta\u2019minlanar edi. \u201cSiyahob arig\u2019i boshlab bir talay buloqlardan paydo bo\u2019lib, Konigilgacha oqib keladi, &#8212; deb yozadi Abu Tohirxoja. \u2013 Unda ikkiga bo\u2019lib, birinchi bo\u2019lagi Ko\u2019hak daryosiga oqib ketadi va ikkinchi bo\u2019lagi ikki shoxobhachaga ajralib, birinchi butog\u2019ikim, Obirahmat ataladi. Samarqand shahrining shimolidan bog\u2019larga; Moturid, Bog\u2019i Baland va Bog\u2019i Maydonga sarf bo\u2019ladi\u201d. XVI asrda Obirahmat va bu kanal sug\u2019organ joylar rasadxona orqasida joylashgan Ulug\u2019bek bog\u2019ining nomi bilan Naqshi Jahon deb atalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu narsani qayd qilib o\u2019tish kerakki, bu joyning topografik sharoitlari tufayli Samarqandni suv bilan ta\u2019minlab turgan irrigatsiya sistemasi ko\u2019p asrlar mobaynida deyarli o\u2019zgarmadi. Samarqand tarixining turli davrlariga talluqli bo\u2019lgan ma\u2019lumotlar shundan dalolat beradi. Masalan, 1221 yilda, ya\u2019ni Chingizxon Samarqandni bosib olganidan keyin Samarqandda bo\u2019lgan xitoylik sayyoh Chanchunning so\u2019zlariga qaraganda, o\u2019sha vaqtda shahar shoxobchadan suv ichgan. Temur va Temuriylar hukmronlik qilgan davrda ham Samarqandni sug\u2019orish sistemasi ana shunday bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Suv janub tomondan shaharga ikki joydan: o\u2019sha vaqtda Qarizgoh deb atalgan Xo\u2019ja Ahror darvozasi yonidan va So\u2019zangaron darvozasi yonidan oqib kirgan. Qarizgoh shoxobchasi keyinchalik Xo\u2019jaariq deb ataladigan bo\u2019ldi, chunki u Xo\u2019ja Ahror darvozasi yonidan oqardi, shuningdek, u Samarqand arki nomi bilan Arkariq deb ham atalar edi. So\u2019zangaron shoxobchasi butun shahar orqali oqib o\u2019tib, Shaharariq, ya\u2019ni shahar kanali deb atalardi. Shubhasiz, shahar ichidan oqadigan ana shu ikki shoxobcha yana ham mayda sug\u2019orish irmoqlariga bo\u2019linib ketardi. Ular o\u2019z navbatida ko\u2019ptina hovuzlarni suv bilan to\u2019ldirdi. Shahar kanallari ba\u2019zi joylarda suv o\u2019tkazadigan usti yopiq galereyalar \u2013 pishiq g\u2019ishtdan ishlangan obi mo\u2019rilar orqali oqib o\u2019tardi. Ana shunday galereyalardan biri Arkariq o\u2019zani shaharga kiraveradigan joyda qurilgan bo\u2019lib, qal\u2019aning shimoli-sharqiy qismida Giftar mahallasi tomon o\u2019tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chashmasiyob, Novadon va Obsimashhad deb atalgan buloq suvlaridan hosil bo\u2019lgan chuqur jarlar ham Samarqandni suv bilan ta\u2019minlashda katta rol o\u2019ynardi. Bu soylar suv yig\u2019adigan kollektor va zovurlar sifatida foydalanilardi. Shaharning barcha shoxobchalaridan oqib keladigan suv soylardan Siyobga borib quyilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda suv ta\u2019minoti mahalliy hokim tayinlaydigan alohida suv ma\u2019muriyati tomonidan tartibga solib turilardi. Samarqandda suv ma\u2019muriyati shaharning bosh mirobi \u2013 Shavdor kanali suvini taqsimlovchi \u2013 mirobi shahr va yigirmata juybon \u2013 shahar sug\u2019orish shoxobchalarini nazorat qilib turuvchilardan iborat edi. Ular zimmasiga shaharga suv o\u2019tkazish va Shavdor bilan Angor tumanlarini sug\u2019oradigan shoxobchalarni nazorat qilib turish vazifasi yuklangan edi. Ayrim shoxobchalar bo\u2019yicha suv belgilangan navbatga muvofiq Shavdor irrigatsiya sistemasi mirobining nazorati ostida taqsim qilinar edi. Vegetatsiya davrida shahar suvni har kuni kunning birinchi yarmida olar edi. O\u2019sha vaqtda Juyichuqur va Kavarzor kanallaridan tashqari, Shavdor kanali bo\u2019yidagi barcha shoxobchalar boshidan to Dashtak va Mozor kanallarining suvi quyiladigan joylargacha hammasi yopib qo\u2019yilardi. Shahar mirobi va juybonlar \u2013 nazoratchilar Shavdor va Angor ariqlari atrofidagi joylarni kuzatib turganliklari uchun o\u2019z mehnatlariga ikki tangadan mirob puli olishar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand vohasining chap qirg\u2019oq qismini, shu jumladan, Samarqandni ham sug\u2019orishda Ravotxo\u2019jada Darg\u2019om, Yangi va Qozon kanallari boshi qurilgan to\u2019g\u2019on avvalgidek katta ahamiyatga ega edi. Samarqandlik hokimlar hamda Shavdor va Angor tumanlarining aholisi to\u2019g\u2019onni batartib saqlash to\u2019g\u2019risida alohida g\u2019amxo\u2019rlik qilishardi. Tarixiy manbalardan shu narsa ma\u2019lumki, Samarqand yoki Buxoro hokimlari Darg\u2019om to\u2019g\u2019onini tiklashda ba\u2019zan o\u2019zlari ham ishtirok etib, bu ishga boshchilik qilishardi. Masalan, \u201cAbdullanoma\u201d muallifi Hofiz Tanishning (XVI asr) yozishiga ko\u2019ra, Ravotxo\u2019jadagi to\u2019g\u2019onni tuzatish uchun 1556 yilda Samarqand hokimi Navro\u2019z Ahmadxonning o\u2019zi bu yerga kelgan. 1753 yili Buxoro hokimi Rahimbiy Darg\u2019om to\u2019g\u2019onini tuzattirgan. Samarqand hokimlari, ayniqsa feodal isyonlari va ajnabiy bosqinchilarning hujumlari, vaqtida Ravotxo\u2019ja Mavzaini va Darg\u2019om kanalining bosh inshootini o\u2019z qo\u2019llarida saqlab turishga katta e\u2019tibor berar edilar. Chunki bu joylar, yuqorida qayd qilib o\u2019tilganidek, Samarqandga kiraverishda muhim strategik ahamiyatga edi. Shuning uchun ham Samarqand hokimlari bu yerda ko\u2019pgina harbiy kuchlarni saqlab turishardi. Bobir davrida Ravotxo\u2019ja qal\u2019asida darg\u2019a \u2013 Shavdor tuamnligining harbiy boshlig yashar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni aytish kerakki, Samarqandning sug\u2019orish sistemasiga, ayniqsa, Darg\u2019omning suv bog\u2019lab oladigan asosiy inshootiga har yili ko\u2019pgina ishchi kuchi, binokorlik materiallari sar qilinar edi. O\u2019rta asrlarda barcha xo\u2019jalik ishlari, shu jumladan, kanallarga suv chiqarish va ularni shoxoblarga taqsimlash ishida suvdan foydalanuvchilarning deyarli hammasi ishtirok etar edilar. Samarqand vohasidagi yirik irrigatsiya sistemalaridan biri bo\u2019lgan Darg\u2019om kanali suv bog\u2019lab beradigan Vardsar to\u2019g\u2019onidan tashqari ko\u2019pgina dambalar (band), suv ayirg\u2019ichlar (kunda) va suv tashlag\u2019ichlar (nishtoq) o\u2019rnatilgan 122 shoxobchadan iborat edi. Zarafshon daryosi o\u2019zanida, Ravotxo\u2019jada joylashgan Darg\u2019omning bosh to\u2019g\u2019oni yog\u2019ochlar, shox-shabbalar, xashak, tosh vac him bosilgan hamda uzunligi 5-7 kilometr keladigan to\u2019siqdan iborat edi. Biroq bu to\u2019g\u2019on bahorgi va yozgi suv toshqinlari vaqtida tez-tez buzilib turardi. Zarafshon toshqinlari bu to\u2019g\u2019onni butunlay yuvib ketgan vaqtlar ham bo\u2019lgan. Ba\u2019zan toshqin Darg\u2019om to\u2019g\u2019onni bir yilda bir necha marta buzib ketar va har safar uni tuzatishlar yoki yangidan tiklashardi. Ana shunday davrlarda ekinlar oylab sug\u2019orilmay qolardi. Shuning uchun ham samarqandliklar Darg\u2019omni dardu g\u2019am deb atashardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu inshootni tuzatish ishlarini bajarish uchun Darg\u2019om irrigatsiya sistemasidan foydalanuvchilar har yili bahorda har qo\u2019sh yerdan ikki kishi hisobida (jami 856 mardikor) 15 kun ishlash uchun jaratilib, ular zarur miqdorda transport va qurilish materiallarini o\u2019zlari bilan olib borar edilar. Masalan, arxiv hujjatlarinign ma\u2019lumotlariga qaraganda, 1914 yilda Darg\u2019om to\u2019g\u2019onini tuzatish uchun 1436 kishi 12896 ishchi kuni ishlashgan, 53837 bog\u2019 shox-shabba va 13837 bog\u2019 xashak sarflangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand Rossiyaga qo\u2019shib olinganidan keyin Darg\u2019om to\u2019g\u2019onining ahamiyati yanada oshdi. Zarafshon vodiysining Samarqand bilan Buxoro qismlari o\u2019rtasida suv taqsimlashni tartibga solish uchun 1913-1917 yillarda Ravotxo\u2019ja suv ayirg\u2019ich to\u2019g\u2019oni barpo etildi. Bu esa O\u2019rta Osiyoda injenerlik tipidagi birinchi inshoot edi. Inshootning uzunligi 178.8 metr bo\u2019lib, yo\u2019g\u2019onligi 2 metr keladigan beton ustunlar bilan ajratilgan beshta darvozali edi. To\u2019g\u2019onning o\u2019ng tomonida suv oqimini to\u2019g\u2019rilab turadigan uzunligi 1785 metr keladigan damba qurildi. Bu damba shag\u2019al-tosh bilan ishlab chiqildi. To\u2019g\u2019on suvni tartibga solib turadigan inshootlari bilan birga har sekundda 60 kubometr suv o\u2019tkazishga mo\u2019ljallangan edi. Bu inshootni qurish uchun 700 ming so\u2019mdan ziyod pul sarflandi. 1921 yilda ro\u2019y bergan suv toshqini natijasida bu inshoot vayron bo\u2019ldi. Ko\u2019p asrlar mobaynida xalq ustalarining boy irrigatsiya tajribasi asosida yaratilgan Samarqandning o\u2019rta asr sug\u2019orish sistemasi, shu jumladan, Darg\u2019om sistemasi ham Sovet hokimiyati yillarida tamomila qaytadan qurildi. Buning natijasida Darg\u2019om irrigatsiya sistemasigina emas, balki butun Zarafshon daryosi vodiysining ham suv bilan ta\u2019minlanishi yaxshilandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1220 yili Chingizxonning Samarqandga qilgan hujumi natijasida qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan Jui Arziz novasi vayron bo\u2019lganidan keyin shahar suvsiz qoldi va Afrosiyobni suv bilan ta\u2019minlaydigan qadimiy Sistema tez orada qurib qoldi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/samarqand-shaharning-suv-bilan-taminlanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153527","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153527","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153527"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153527\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153528,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153527\/revisions\/153528"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153527"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153527"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153527"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}