{"id":153557,"date":"2025-09-18T10:05:07","date_gmt":"2025-09-18T07:05:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153557"},"modified":"2025-09-18T10:09:14","modified_gmt":"2025-09-18T07:09:14","slug":"amir-temur-oglining-olimi-haqida-rivoyat-qissa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-oglining-olimi-haqida-rivoyat-qissa\/","title":{"rendered":"AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA"},"content":{"rendered":"\n
Xurshid Davron. Amir Temur o’g’lining o’limi haqida rivoyat<\/strong><\/p>\n\n\n\n
1-rivoyat<\/p>\n\n\n\n
Qish bilan bahor jangi \u2013 ayamajuz avjiga chiqqan pallada men sizga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo\u2018limga qalam oldim.
Bu afsonani to\u2018qiganlar unga qanday nom berganlaridan bexabarman, men uni \u201cAmir Temur o\u2018g\u2018lining o\u2018limi\u201d deb atadim. Uni menga bir do\u2018stim gapirib bergan edi, do\u2018stimning aytishicha, bu qadim afsonani u talabalar shaharchasida yashagan afg\u2018onlardan eshitgan ekan.
Afsonani hikoya qilib berishdan avval, ikki narsa haqida biroz bo\u2018lsada, to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman. Eng avvalo, \u201cafsona o\u2018zi nima?\u201d, degan savolga javob izlamoqchiman. Odatimni kanda qilmagan tarzda, o\u2018zining nomukammalligi bilan mashhur \u201cO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201dga qarayman. Mana, lug\u2018atning 1 jild 63-betidagi \u201cAfsona\u201d so\u2018ziga yozilgan izoh: \u201c1. Avloddan avlodga, og\u2018izdan og\u2018izga o\u2018tib kelgan fantastik, ba\u2019zan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat, doston\u2026 2.Ko\u2018chma: asossiz gap, yolg\u2018on-yashiq uydirma\u2026 3. Ko\u2018chma: aql bovar qilmaydigan, aqlga sig\u2018maydigan mislsiz narsa, ish\u201d.
\u201cAfsonaviy\u201d so\u2018ziga oid izoh: \u201c1. Afsona janriga mansub bo\u2018lgan, fantastik. 2. Faqat afsonalarda mavjud bo\u2018lgan, odatda yo\u2018q, xayoliy. 3. Ko\u2018chma: Uydirma, to\u2018qima. 4. Ko\u2018chma: Aql bovar qilmaydigan,
aqlga sig\u2018maydigan, misli ko\u2018rilmagan, mislsiz\u00bb.
Agar e\u2019tibor bergan bo\u2018lsangiz, barcha izohlarga \u201cuydirma\u201d so\u2018zi asos qilib olingan. Aslida, shundaymikan? Bir o\u2018ris shoiri \u201cAfsona \u2013 bu haqiqatning siniq parchalaridir\u201d deb yozgan edi. Agar, \u201cafsona\u201d so\u2018ziga izoh bering desalar, men mana shu so\u2018zni takrorlagan bo\u2018lardim. Zero, har qanday xayoliy yoki to\u2018qima afsona ham aslida sodir bo\u2018lgani aniq, ma\u2019lum bir tarixiy shaxs hayoti bilan uzviy bog\u2018liq bo\u2018ladi. Bobil minorasining qurilishi, Nuh to\u2018foni yoki Samarqanddagi Shohizinda mozori bilan bog\u2018liq afsona bo\u2018lsin, ularning har birining asosida tarixiy dalil \u2014 haqiqat yotgan bo\u2018ladi. SHuning uchun ham juda ko\u2018p qadimiy bitiklarimiz quyidagi jumla bilan boshlangan: \u201cBul hikoyat agarchi afsona tusida ersa-da, haqiqatdan yiroq emasdur\u201d.
Ingliz adibi CHesterton bitganidek, afsona har qanday dalildan ham tarixiyroqdir. Dalil yolg\u2018iz bir odam haqida so\u2018z yuritsa, yoki u odamlar qatnashgan voqea haqida ma\u2019lumot bersa, afsona yuzlab va millionlab odamlar taqdiri haqida, voqeani yuzaga chiqargan odamlar haqida hikoya qiladi. Dalil ba\u2019zan zamon almashishi bilan o\u2018z mohiyatini, o\u2018z rangini o\u2018zgartirishi mumkin, ammo afsona abadiy o\u2018zgarmas haqiqatdir. Tarix faqat xalq xotirasi ramzi bo\u2018lmish asotirlar (afsona va rivoyatlar) yordamidagina moziy mohiyatini, demak uning yuragini kashf eta oladi. Xotirasiz inson yuragi ham quruq hujjatlar yig\u2018indisidan farq qilmaydi. Tarix vaqt haqida emas, vaqt mobaynida yashagan inson haqida hikoya qilmog\u2018i zarur. Demak, u vaqt hujjatlariga emas, inson xotirasiga suyangandagina haqiqatni ochadi. Inson xotirasi afsonalarga hamnafas bo\u2018lgandagina tirikdir. Faqat shundagina tarixiy dalil tiriladi. Afsona bilan hujjat (dalil)ning o\u2018zaro bog\u2018lanishi aslida inson bilan vaqt bog\u2018lanishidir. Tarix, deb yozadi Nikolay Berdyaev, tom ma\u2019nodagi afsonadir\u2026
To\u2018xtalmoqchi bo\u2018lgan ikkinchi masala men sizga so\u2018zlab bermoqchi bo\u2018lgan rivoyat Amir Temur hayotining qaysi to\u2018xtamida bo\u2018lib o\u2018tgan voqealar bilan bog\u2018liq bo\u2018lishi mumkin degan savolni oydinlashtirishdir. Tarixiy bitiklarning guvohlik berishicha, Amir Temurning to\u2018rt o\u2018g\u2018li bo\u2018lib, ularning ismlari: Jahongir mirzo (1356-1376), Umarshayx mirzo (1356-1394), Amironshoh (Mironshoh) mirzo (1367-1408), SHohruh mirzo (1377-1447) bo\u2018lgan. YAna shu narsa ma\u2019lumki, ulug\u2018 Sohibqiron tiriklik paytida, u olib borgan jangu jadalda uning yolg\u2018iz bir farzandi \u2013 Umarshayx mirzo 1394 yilning qishida SHom urushi paytida, Xarmatu qal\u2019asi ostonasida \u2013 tor bir darada o\u2018q tegib halok bo\u2018lgani haqida tarixiy dalil bor. To\u2018ng\u2018ich o\u2018g\u2018li bo\u2018lmish Jahongir mirzo o\u2018z ajali bilan 20 yoshida olamdan o\u2018tgan. Amir Temur vafotidan so\u2018ng uch yil o\u2018tgach, 1408 yilning ko\u2018klamida uning o\u2018rtancha o\u2018g\u2018li Mironshoh mirzo Qora YUsuf turkman bilan bo\u2018lgan janglarning birida, Tabriz yaqinida o\u2018ldirilgan.
Xo\u2018sh, Amir Temur o\u2018g\u2018lining o\u2018limi bilan bog\u2018liq afsona qaysi voqealar bilan bog\u2018liq bo\u2018lishi mumkin. Agar uni Umarshayx mirzo o\u2018limi bilan bog\u2018laydigan bo\u2018lsak, bu afsonani dalili bo\u2018ladigan voqealarni SHom yurishi bayonidan topolmadim. O\u2018ylashimcha, bu afsonani afg\u2018onlar orasida mavjud bo\u2018lishi bois, u Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi davomida ro\u2018y bergan voqealardan tug\u2018ilgan bo\u2018lishi kerak. Oxir oqibatda uzoq izlanishdan so\u2018ng \u201cTemur tuzuklari\u201dda bu afsonaga bevosita bog\u2018liq (bo\u2018lishi mumkin) ma\u2019lumotlarni topishga muvaffaq bo\u2018ldim. Biroq, ularni so\u2018zlab berishdan avval men Hindiston yurishi qanday boshlanganini muxtasar bo\u2018lsa-da, hikoya qilmoqchiman.
Hijriy sakkiz yuzinchi, melodiy 1398 yilning bahorida Amir Temur yangi bog\u2018i \u2013 Dilkushoda mislsiz tantanalar bilan Xizrxo\u2018jaxonning qizi To\u2018kalxonimni o\u2018z nikohiga qabul qildi. To\u2018y o\u2018choqlaridagi kul sovib ulgurmay, uning amri bilan Samarqand va Kesh oralig\u2018ida joylashgan Taxti Qoracha davoni osha o\u2018tadigan yo\u2018lni tuzatish va tog\u2018 etagida yana bir g\u2018aroyib bir bog\u2018 bunyod etish ishlari boshlandi. Sohibqironning o\u2018zi bo\u2018lsa Keshga yaqin bir o\u2018langda qurultoy chaqirdi. Maqsadi: Hindiston yurishi maslahatini o\u2018rtaga solish edi.
Saltanatning muhim tadbirlari, bo\u2018lajak harbiy yurishlar rejalari muhokama etiladigan qurultoy Amir Temur davlatining oliy kengashi edi. SHu bilan birga qurultoy mamlakatning bosh tantanasi bo\u2018lib, Sohibqiron qo\u2018li ostida birlashgan o\u2018lkalarni boshqarish bilan band amirzodalar va boshqa davlati arkonlar uchun xuddi jang maydoni bilan baravar, hatto undan-da yuqori turadigan o\u2018ziga xos sinov maydoni edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa, bu kengashda farosat va tadbirkorlik sinovdan o\u2018tardi. Bu sababdan bo\u2018lsa kerak, jang maydonida qo\u2018rquv nimaligini bilmagan ayrim amirlar va amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar, unda qaysi bir tadbir o\u2018rtada muhokama bo\u2018lishini bilish uchun bor vositalarni ishga solardilar. Inchunin, jahongir jang maydonida qilich chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda esa o\u2018ylab aytilgan so\u2018zni ma\u2019qul ko\u2018rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib chiqarishdan ham qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay maqsadda chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi.
Har galgidek qurultoy ko\u2018pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o\u2018tdi. Amir Temur odatdagi rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho\u2018zib o\u2018tirmay, Hindiston yurishi oldidan o\u2018g\u2018illari va amirlarning ko\u2018ngli, o\u2018y fikrlarini bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi. Turkiy sulolalarning azaliy tartibi va mukarram dasturi shunday edikim, katta og\u2018alari va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o\u2018tib saltanat taxtiga qadam qo\u2018yolmasdi. Mana shu bobolar odatiga binoan qurultoydayam yoshi ulug\u2018 shahzodalar birinchi fikr bildirish huquqiga ega edilar. SHuning uchun ham davrada Sohibqironning kenja o\u2018g\u2018li SHohruh mirzo o\u2018tirgan bo\u2018lsa ham, birinchi so\u2018zlash undan yosh jihatdan ulug\u2018 ikki amirzoda nabira: Muhammad Sulton bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir bobosiga bir qarab oldi-da, uning \u201cXo\u2018sh\u201d degandek sinchkov tikilib turganini ko\u2018rib gap boshladi:
\u2014 Olampanoh, Hindistonni olmoq er yuzida o\u2018tgan barcha podsholarning orzusi bo\u2018lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila etti iqlimni olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.
Tug\u2018ishgan birodarining gapidan keyin amirzoda Muhammad Sulton ham o\u2018rnidan turdi. U inisidan bir yosh ulug\u2018 bo\u2018lsa-da, qotmadan kelganligi sababli undan ancha yosh ko\u2018rinar, buni bilgan amirzoda ko\u2018proq ovoziga zo\u2018r berar, kattalarga xos mulohaza istagida har bir so\u2018zga alohida urg\u2018u berib gapirish lozim, deb o\u2018ylardi. Amir Temur og\u2018a-ini o\u2018rtasidagi bahsni maroq bilan kuzatar va bevaqt shahid bo\u2018lgan o\u2018g\u2018liga ko\u2018rsatolmagan mehr-marhamatini ulardan ayamasdi.
\u2014 Olampanoh, \u2014 deya ulug\u2018vorlik ila so\u2018z boshladi Muhammad Sulton, \u2014 inim Pirmuhammad Jahongir aytgani rostdur. Hind mulki bag\u2018oyat boy yurt. Ammo, siz bergan saboq hamisha yodimda. YA\u2019nikim har bir ishni qilishdan avval uning amalini o\u2018ylash joizdur. Kitoblardan ma\u2019lumdirkim, Hindiston yo\u2018li ko\u2018p mashaqqatlidur. Eng avvalo, bir necha qor bosib yotgan tog\u2018laru kechib o\u2018tish mushkul daryolar, undan keyin cheki yo\u2018q o\u2018rmonu to\u2018qayzorlar bordur. Ikkilamchi, maqsadga etguncha bebosh afg\u2018onlar bilan jang qilish ham zarur bo\u2018lg\u2018ay. YAna kitoblarda aytilmishkim, Hindistonda odamxo\u2018r fillar ham juda ko\u2018p bo\u2018larmish\u2026
Amir Temur inisinng mulohazalarini eshitgan Pirmuhammad Jahongir bezovtalana boshlaganini sezdi. Ammo buni bildirmay, nabirasining mulohazasi qanday taklif bilan tugashini kutdi. Qurultoy rasm-rusmi har bir so\u2018zni e\u2019tibor bilan eshitish lozimligini talab qilardi. Xo\u2018sh, qani, to\u2018ng\u2018ich nabirasi nima demoqchi ekan, shuni bilsinchi? Ammo Muhammad Sulton ham inisining ahvolini sezgan bo\u2018lsa kerak, odatiga xilof ravishda shoshib so\u2018zini yakunladi:
\u2014 Bu mulohazalarim ila Hindiston yurishiga puxta tayyorgarlik ko\u2018rish lozim demoqchiman. Men urushga shaymen. \u2013 U so\u2018zini tugatib, inisining yonidan joy olarkan, uning yuzidagi mamnuniyatni sezib, ko\u2018ngli joyiga tushdi.
SHundan so\u2018ng sohibqironga qizidan tug\u2018ilgan nabira bo\u2018lmish amirzoda Sulton Husayn navbat oldi. Amir Temur qizi Og\u2018abegim va malika Tuman og\u2018oning birodari amir Muhammad ibn Muso farzandi bo\u2018lmish bu amirzoda bag\u2018oyat mard, ammo beoqibat bo\u2018lib voyaga etganini yaxshi bilsa-da, har gal qizining so\u2018zini qaytarolmay, bu badbaxt yigitning gunohidan o\u2018tib kelardi. O\u2018z o\u2018g\u2018illari va ularning farzandlariga bag\u2018oyat qattiq turgan Sonibqiron bu hovliqma amirzodani jazosiz qoldirib kelayotganini hamma bilar, ammo sababidan bexabar edilar. Nahotki, qizdan tug\u2018ilgan nabira o\u2018g\u2018illardan suyukliroq bo\u2018lsa? Amir Temurning bu nabirasiga loqaydligini uning qiziga ko\u2018rsatgan karami bo\u2018lmay, balki Sulton Husaynning saltanat taxtiga o\u2018tirishga loyiq bo\u2018lmaganlar toifasiga kirishidan edi.
\u2014 Hazrat Sohibqiron, \u2014 dedi tantanavor ohangda Sulton Husayn. \u2013 Agar biz Hindistonni ilgimizga kirita olsak, to\u2018rt iqlimga \u2013 Turkistonu Turon, Eronu Hindga hukmron bo\u2018lurmiz. Qolg\u2018on uch iqlim: Rum, SHom, CHinni esa olmoq qiyin emasdur, albat olg\u2018aymiz.
Sulton Husayn sanab o\u2018tgan iqlimlarni xuddi o\u2018zi oladigandek, allaqanday ichki kibr bilan davradagilarga ko\u2018z tashlab, o\u2018rnini egalladi. Bobosi vafotidan so\u2018ng mana shu kibr uning boshiga ko\u2018p g\u2018avg\u2018olar solishidan u hali bexabar edi.
Amir Temur so\u2018z navbatini olgan kenja o\u2018g\u2018li SHohruh mirzoga diqqat bilan tikildi. Bu farzandi boshqa zuryodlariga qaraganda, kitobga o\u2018ch chiqdi. Unga kitob bo\u2018lsa bas, qilich chopqilashni unutadi. Ammo kitobxonligidanmi, so\u2018zi, mulohazalari pishiq, o\u2018zi ham ko\u2018pni ko\u2018rgan qariyadek bosiq edi. Aytadiganini puxtalab olmasa, og\u2018iz ochmasdi.
\u2014 Padari buzruk, hazrati Sohibqiron, \u2014 deya gap boshladi SHohruh mirzo shoshmasdan. Uning hatto gapirayotgan paytidayam nimalarnidir o\u2018ylayotganini sezib Amir Temurning g\u2018ashi keldi. \u2013 Men ajdodlarimiz bo\u2018lmish turklarning qonunlari bitilgan kitoblarda o\u2018qigan edimki, jahonda beshta shon shavkatli podshoh bo\u2018larkan. Rivoyat qilg\u2018aylarkim, bu podshohlarning ulug\u2018ligini alohida ta\u2019kidlab, ularning nomlarini atamay, laqablarini olib aytg\u2018onlar. YA\u2019nikim Hind podshosini \u2013 roy, Rum podshosini \u2013 qaysar, CHunu Mochin podshosini \u2014 fag\u2018fur, Turkiston podshosini \u2013 hoqon, Eronu Turon podshosini \u2013 shahonshoh ataydilar. Biz hukm yurgizgan yurt hukmdori, ya\u2019nikim shahonshoh hukmi hamisha Hindiston mamlakatlariga joriy etilmish. Tokim Eronzaminu Turonzamin bizning ilkimizda ekan, Hindistonni ham o\u2018zimizga tobe etmog\u2018imiz joizdur\u2026
Amir Temur kenja o\u2018g\u2018lining so\u2018zlarini tinglar ekan, bir zum so\u2018nggi paytlarda yuragini tunu kun bezovta qilgan valiahd tashvishiga berildi. To\u2018rt o\u2018g\u2018lidan ikkisi bevaqt ko\u2018z yumdi. SHohruh bunaqa, Mironshoh bo\u2018lsa, o\u2018ylamay ish qiladiganlar toifasidan. Mast bo\u2018lib, otdan yiqilib kallasi lat egandan buyon uning betayin qilmishlari yana oshdi. Suyukli kelini Xonzodabegim yaqinda erining zulmidan dod urib, unga bosh urib keldi. Mironshohning valiahd bo\u2018lishi mamlakatni vayron bo\u2018lishi demakdir. Bunga esa aslo yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydi. Nobakor o\u2018g\u2018ilni jazolashni ko\u2018ngliga tuggan sohibqiron bu tadbirni Hindiston yurishidan keyinga qoldirishga majbur edi.
Amir Temur sekin Pirmuhammad Jahongirga ko\u2018z qirini tashladi. Ha, bu nabirasi havas qilgulik bahodir bo\u2018ldi. O\u2018ziyam quyib qo\u2018ygandek bobosining o\u2018zi: qaddi qomati barvasta, elkador, boshiyam bobosinikidek, humdek keladi. Qoshi-chi, qoshi? Ariq chetidagi ajriqdek qalin, ko\u2018zlari qilich damidek tovlanadi. Fe\u2019l-atvoriyam, bobosiniki, na yog\u2018iydan, na o\u2018limdan qo\u2018rqadi. \u201cYOpiray, \u2014 derdi ba\u2019zan kamdan-kam hayratlanadigan sohibqiron. \u2013 Meni tirikligimda Alloh taolo yana qaytadan yaratdimi?! Nabirasining yolg\u2018iz bir xislati unga ma\u2019qul kelmasdi. Ko\u2018pchilik boshini qovushtirishni bilmaydi. Mardlik odamlar dilini maftun etsa, oqibatbardorlik, farosat yuraklarni abadiy bandi etishini hali anglamaydi.
Amir Temur o\u2018g\u2018li SHohruh mirzodan keyin o\u2018z mulohazasini aytishga biron bir amir shoshilmayotganini ko\u2018rib, hushyor tortdi. Sukut cho\u2018zilganidan toqatsizlanib:
\u2014 Xo\u2018sh, \u2014 dedi u baland ovoz bilan. Ammo amirlar jim o\u2018tiraverdilar. Sohibqiron jahli chiqsayam, ichidagini yuziga chiqarmadi. Indamay kutishni ma\u2019qul ko\u2018rdi. Bu baxti chopgurlar uning necha yildan buyon Hind mulkini zabt etish haqida orzu qilishidan yaxshi xabardor. Nahotki, bilib ham bilmaslikka olsalar, jim o\u2018tirishni ma\u2019qul ko\u2018rsalar? U o\u2018zining deyarli barcha yurishlarida qatnashgan, sadoqatlarini necha marta jangu jadalda namoyish etgan amirlarga bir-bir tikilar, amirlar esa unga bosh ko\u2018tarib qarashga majol topolmasdilar. Oxiri u amir SHohmalikka qattiq tikilib turaverdi. Uning bu boqishini tuygan amir sekin boshini ko\u2018tarishga majbur bo\u2018ldi.
\u2014 Taqsirimning so\u2018zlari yo\u2018qmi? \u2013 dedi sohibqiron bo\u2018g\u2018iq ovoz bilan.
Amir SHohmalik o\u2018rnidan turishga majbur bo\u2018ldi. Amir Temur unga: \u201cO\u2018tirib gapiraver\u201d deb ishora qilgach, o\u2018rnini egalladi. Biroz taraddudlanib, keyin ohista arz qildi:
\u2014 A\u2019lohazrat, sizning amringiz biz uchun vojibdur, undan yuz o\u2018girish tuzingizni unutmoqdur. Biz bu tadbir xayolini dillarimizdan, bamisli javohir tuynuklaridan o\u2018tgan ipdek shoshilmay o\u2018tkardik, \u2014 u biz deganda amirlar Xoja YUsuf, Saribug\u2018o, SHayx Nuriddinlarga ishora qildi. \u2013 Boringki, Hindistonni oldik ham deylik. Biroq, ul mulkda turg\u2018un bo\u2018lib qolsak naslimiz yo\u2018qolmagaymu, avlodlarimiz o\u2018z aslidan ayri tushmagaymu, begona yurtda tillarini unutmagaymu?..
\u2014 Taqsir, \u2014 deb amirning gapini bo\u2018ldi Amir Temur xotirjam. \u2013 Biz ul mulkda uzoq qolishni o\u2018ylaganimiz yo\u2018q. Qolaversa, shuni yodda tutingkim, dilda e\u2019tiqod butun bo\u2018lsa, aslo naslimiz yo\u2018qolmagay, tilimiz unutilmag\u2018ay\u2026 E\u2019tiqod susaysa, til emas, imon ham unutilg\u2018ay\u2026
U xoturjam gapirar, ammo qoshining yig\u2018ilib turishi, ko\u2018zidagi o\u2018tning yanada kuchliroq tovlana boshlaganini payqagan amirlar Sohibqiron ichida qanday kuchli to\u2018fon o\u2018ynayotganini sezib turishardi.
\u2014 Ko\u2018pchilikda shubha bo\u2018lsa, yo\u2018lga chiqmagan ma\u2019qul. SHubha nafaqat aqlni, u dildagi o\u2018tniyam o\u2018chiradi. Kelingiz, Tangri taologa murojaat qilaylik. Hind mulkiga yurish borasida istixora etaylik \u2013 Amir Temur yonida turgan Qur\u2019onni qo\u2018liga oldi. \u2013 Tangri taolo neni buyursa, shunga amal qilg\u2018aymiz. Davradagilar o\u2018sha zahot uning taklifini ma\u2019qullab ovoz berdilar. Sohibqiron Qur\u2019oni karimni oldidagi shira ustiga qo\u2018ydi, chuqur nafas olib, biroz sukut saqladi-da, ko\u2018zini yumib kitobni ochdi. U avval ochilgan sahifadagi oyatni ichida o\u2018qidi, so\u2018ng baland ovozda takrorladi:
\u2014 \u201cEy, Rasululloh, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jahl qilg\u2018il\u201d.
Amir Temur bir chetda turgan mavlono Faxriddinga tikildi. Mavlono darrov Sohibqiron istagini uqdi, ohista o\u2018rnidan turib oyat mazmunini izohlab berdi. Amirlar mavlononing izohini eshitgach, boshlarini egib, jimib qoldilar.
\u2014 Xo\u2018sh, \u2014 dedi Amir Temur.
Ammo bu gal ham amirlar o\u2018z fikrlarini aytishga shoshilmadilar. Buni ko\u2018rgan sohibqiron jahlini yashirolmadi.
\u2014 Taqsirlarim, nechun jimsiz? YO Alloh taolo hukmi sizga hush kelmadimi?.. Men sizni saltanatim ustunlari deb bildim, hamisha izzatingizni unutmadim. Siz esa unutdingiz\u2026 Sababi nedir? Siz bilmasangiz, men yaxshi bilurman. Turgan suv sasiydi, yurgan odam yosharadi. Agar siz toliqqan bo\u2018lsangiz, ilgingizda mador qolmog\u2018on bo\u2018lsa, lashkarni topshiring. Necha-necha bo\u2018z yigitlar bizgayam navbat etadimu, deb kutib turg\u2018aylar. Olloh guvoh, Hindistonni siz emas, shul o\u2018g\u2018lonlar albat zabt etg\u2018aylar\u2026
Sohibqironning vajohatini ko\u2018rib, ayniqsa, uning so\u2018nggi so\u2018zlarini eshitgan amirlar birin-ketin o\u2018rinlaridan turib avf tiladilar. Amir Temur ularning so\u2018zini xotirjam eshitib dedi:
\u2014 Siz ila ne-ne jangu jadallarda bo\u2018ldim. Siz menga, men esa sizga suyandim\u2026 Har qancha yuragimni qon qildingiz, avf etdim. Butun boringg\u2018iz, ertagacha o\u2018ylang\u2018iz\u2026
Ertasi davom etgan qurultoy ahli bir ovozda bo\u2018lajak yurish rejasini ma\u2019qulladilar. Dili ravshan tortgan Amir Temur qo\u2018l ko\u2018tarib, zafaru fath fotihasini o\u2018qidi.
Qurultoydan yarim oy o\u2018tar-o\u2018tmas, Sohibqiron boshchiligidagi ulkan qo\u2018shin Qashqadaryo vohasini tark etib, Termizga yaqin erda Jayhundan kechib, Xuroson hududiga o\u2018tdi.
U butun yoz davomida Andarob degan joyda bo\u2018ldi. Sakkiz yuzinchi yil zulhijja oyining boshida \u2013 1398 yilning avgustida Amir Temur Panjshir daryosi yoqalab Qobulga qarab yo\u2018naldi. SHu erda unga bo\u2018lajak yurishda omad tilagan Oltin O\u2018rda elchilarini qabul qildi. Elchilar bir necha muddat o\u2018tib qaytishga ruxsat so\u2018ragandan keyin, ularning karvonini qo\u2018riqlash uchun bir guruh askar ajratdi. U bu ishni elchilarni o\u2018ylab emas, shu karvon bilan dorilmulkka qaytish lozim topilgan Saroymulkxonim bilan SHohruh mirzoning o\u2018g\u2018li, to\u2018rt yashar nabirasi Muhammad Tarag\u2018ay xavfsizligini ta\u2019minlash uchun qilgan edi.
Bundan o\u2018n etti yil avval qo\u2018lga kiritilgan Xuroson mulkining bu qismi hamisha notinch bo\u2018lib kelgan. Hindiston yurishini maqsad qilgan Sohibqiron shu sababdan ham qo\u2018shin ortini mustahkamlash niyatida Kobulni tark etib, Sulaymon tog\u2018lari yaqinida yashagan afg\u2018on qabilalari va isyonkor qora kiyimlilar \u2013 siyohpo\u2018shlar nomi bilan mashhur isyonchilarni tavbasiga tayantirish, o\u2018zining ko\u2018nglini tinchlantirish bilan mashg\u2018ul bo\u2018ldi. Qolaversa, bu tadbir Hind sultonini chalg\u2018itishning yo\u2018li ham edi. Go\u2018yo o\u2018zini Hindistonni zabt etish uchun emas, mana shu bebosh qabilalarni itoatga keltirish uchun kelgan qilib ko\u2018rsatmoqchi bo\u2018ldi.
U vaqt etishi bilan o\u2018ttiz ming askarga rahbar bo\u2018lmish amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog\u2018ini oshib, Sind daryosini to\u2018xtamay kechib o\u2018tib Mo\u2018lton viloyatiga, amirzoda Muhammad Sulton bilan amirzoda Rustam boshchiligidagi o\u2018ttiz minglik qo\u2018shinga esa Sind daryosi yoqalab Kashmir tog\u2018i etagidagi yo\u2018ldan yurib Lohur viloyatiga yurish qilishga farmon berdi. O\u2018zi bo\u2018lsa qo\u2018shinning asosiy qismi \u2013 g\u2018ul bilan Badaxshon tomonga yo\u2018naldi va tog\u2018 oshib Hindiston sarhadlariga bostirib kirdi. Hindiston yurishi haqida boshqa bir hikoyamizda batafsil to\u2018xtalish niyatimiz borligi sabab, biz asosiy maqsadimiz \u2013 sizga so\u2018zlab bermoqchi afsonani keltirib chiqargan voqealarga o\u2018tishni ma\u2019qul ko\u2018rdik.
Amir Temur, yuqorida aytganimizdek, qo\u2018shin ortini mustahkamlash maqsadida afg\u2018on qabilalari tomonidan vayron etilgan bir qator qal\u2019alarni qayta tiklatgan va ularda o\u2018z odamlarini qoldirgan edi. Mana shu qal\u2019alarning biri Irob qal\u2019asi edi. Pirmuhammad Jahongir Mo\u2018ltonga yurishi oldidan o\u2018ziga sodiqlik so\u2018zini aytgan Lashkarshoh afg\u2018onni mana shu qal\u2019aning kutvoli qilib tayinlagandi. Amir Temur qo\u2018shini Hindistonga qarab yo\u2018lga chiqishidan foydalangan karkas deb atalgan afg\u2018on qabilasining boshlig\u2018i Muso afg\u2018on kelib qal\u2019ani qo\u2018lga kiritdi va kutvol Lashkarshoh afg\u2018onni qatl etdi. O\u2018ldirilgan og\u2018asining qasosini tilagan Malik Muhammad Sohibqiron huzuriga bosh urib bordi. Amir Temur uzoqni ko\u2018zlab ish tutdi: go\u2018yo bechora inining o\u2018tinchiga quloq solmagan bo\u2018lib, uni qamab qo\u2018yishni buyurdi. So\u2018ng Muso afg\u2018onga huzuriga kelishni talab qilib yorliq yubordi. Muso afg\u2018on kelgan chopardan qon o\u2018chi talab qilib borgan Malik Muhammad qamoqqa tushganini eshitib , xotirjam tortdi. Ammo Amir Temur qo\u2018shini qal\u2019aga qarab kelayotganidan voqif bo\u2018lgach, unga peshvoz chiqib, qal\u2019ani peshkash qilishni ma\u2019qul deb topdi. Ammo u o\u2018z askarlaridan biriga Amir Temur qal\u2019aga kirishi bilan o\u2018q uzib, uni halok etishni buyurgan edi. Ammo pastkash niyatiga etmadi. Uzilgan o\u2018q xato ketdi. Muso afg\u2018on qilmishiga yarasha jazolandi, u qatl etildi.
Aynan mana shu voqea yillar o\u2018tib afsonaga asos bo\u2018lganiga shakshubha yo\u2018q. Lashkarshoh afg\u2018ondan avval qal\u2019ada Pirmuhammad Jahongir turgani uchunmi, afsona Amir Temur o\u2018g\u2018lining o\u2018limi haqida hikoya qiladi. Nabiraning o\u2018g\u2018ilga aylanishi esa faqat afsonalarda emas, hatto tarixiy kitoblarda uchrab turadigan holdir. Qolaversa, Pirmuhammad Jahongir Amir Temurning kenja o\u2018g\u2018li SHohruh bilan deyarli tengqur edi. Endi navbat afsonaga..<\/p>\n\n\n\n
2-rivoyat<\/p>\n\n\n\n
Dunyoning to\u2018rt tarafiga ko\u2018z tikkan Sohibqiron Amir Temur qo\u2018shini jangari afg\u2018on qabilalari bilan bo\u2018lgan og\u2018ir jangu jadaldan so\u2018ng daryo yoqasida qo\u2018qqayib turgan ulkan qoya ustidagi qal\u2019ani qo\u2018lga kiritdi. Qal\u2019a juda kichik, ammo baland devor bilan o\u2018ralgani uchun g\u2018oyatda kuchli istehkom edi. SHuning uchun ham qal\u2019aning qo\u2018lga kirishi qiyin bo\u2018ldi. Aniqrog\u2018i qiyin bo\u2018lishi mumkin edi. Ammo kutilmagan xiyonat tufayli qal\u2019a uning qo\u2018liga juda oson o\u2018tdi.
Xiyonat qal\u2019a jiybaxonasi boshlig\u2018i tomonidan bo\u2018ldi. U dastlab maktub qatib bog\u2018langan yoy o\u2018qini Sohibqiron askarlari tomon uchirib, tun yarimdan og\u2018ganda mag\u2018rib tomondagi darvozani ochajagini xabar qildi. Munshiy xatni unga o\u2018qib berar ekan, Sohibqiron hali aftini ko\u2018rmagan jiybaxonachidan qattiq nafratlandi. \u201dKo\u2018rnamak\u201d, \u2014 deb o\u2018yladi u munshiy xirgohdan chiqib ketgach. U uzoq o\u2018yladi. Hukmdorlari bergan tuz haqini unutib, vafodorlik va sadoqatni bir chekkaga yig\u2018ishtirib, uning oldiga ne-ne odamlar bosh urib kelmagan. Lekin u har safar bu xoinlarni la\u2019natlagan. Tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o\u2018z sohibidan yuz o\u2018girib uning qoshiga kelgan har bir yuzsizni o\u2018ziga va saltanatiga eng yomon dushman deb bilgan. Ular o\u2018z sohibiga vafodorlik qilmagach, unga qilarmidi?
Ammo Sohibqiron xiyonatdan foydalanishdan yuz o\u2018girmas, undan ustalik bilan foydalanardi. Axir, qay bir sarkarda o\u2018z jangchilarining bekordan-bekor qurbon bo\u2018lishidan saqlaydigan yo\u2018ldan foydalanishni istamaydi. Xiyonat inson yuragini qurt kabi kemirgan fasoddan, mamlakatda loqaydlik tufayli yuzaga chiqqan parokandaligu tanazzuldan tug\u2018ilishini u yaxshi bilardi. SHu sababdan ham muttasil har bir sipohiy, har bir qo\u2018shin boshlig\u2018i, har bir amir boshi ustida uning qahri aylanib turishi zarurligini unutmas, ularni umid va qo\u2018rquv o\u2018rtasida tutishni lozim ko\u2018rardi.
Agar jiybaxonachi xiyonatga yuz tutgan ekan, undan foydalanmog\u2018i savobdir, inchunin uni bu harom yo\u2018ldan qaytarishning iloji yo\u2018q. Iloji\u2013 o\u2018lim.
Qal\u2019a tongga yaqin g\u2018arbiy darvozaning kutilmaganda ochilishi tufayli uning qo\u2018liga o\u2018tgach, qarorini farmonga aylantirib, qal\u2019a qutvoli bilan jiybaxona boshlig\u2018ini o\u2018limga buyurdi.
Bir-ikki kun lashkarga dam berib bo\u2018lgach, sohibqiron qal\u2019ada o\u2018g\u2018li boshliq qo\u2018shinni qoldirib, boshqa shahru qal\u2019alarni zabt etish qasdida shitob bilan otlanib, yo\u2018lga tushdi.
Yo\u2018lga tushgan qo\u2018shindagi askarlarning son-sanog\u2018i yo\u2018q edi. Ularning otlari ming farsangdan ortiq yo\u2018l bossayam hali toliqmagan va shamoldek uchqur, qilichlari olmosday o\u2018tkir, yuraklariga qo\u2018rquv tushmagan edi. Qo\u2018shin shunday shiddat bilan borardiki, xuddi saraton mahali qamishzorga tushgan o\u2018tdek to\u2018xtovsiz edi. Boshlaridagi simobiy dubulg\u2018alar kun tig\u2018ida yalt-yult tovlanar ekan, o\u2018sha zamonda yashagan muarrix ta\u2019riflagandek, \u201cqo\u2018shin kejim, zirh va javshanlar ko\u2018pligidan bamisoli temir tog\u2018i kabi edi, go\u2018yo temir tog\u2018i erib, daryo bo\u2018lib oqub borar, bu qoim yuz ming koinotni yutib yuboradigan ulkan nahangdek jilvagar edi\u201d.
Bu qo\u2018shin o\u2018tgan yo\u2018llar changi haftalar davomida bosilmasdek, bu temir oqim to\u2018xtab hordiq olgan yam yashil o\u2018langlar go\u2018yo qayta o\u2018t unmasdek taassurot qoldirardi. Go\u2018yo o\u2018t unishi uchun yomg\u2018ir oylar davomida otlar tuyog\u2018idan ezilib o\u2018lgan tuproqni yumshatishi, quyosh yillar mobaynida bu taqir maydonlarga o\u2018z mehrini tinmay sochmog\u2018i kerak edi. Olis tog\u2018lar qoyalari ustida poda o\u2018tlatib yurgan afg\u2018on cho\u2018ponlari biyobon o\u2018rtasida to\u2018satdan paydo bo\u2018lgan simobrang daryoni ko\u2018rib, Alloh taoloning irodasidan hayratlanib, tasannolar aytishardi.
Mana shu ulkan qo\u2018shin to\u2018xtab Sind daryosi sohilida hordiq olayotgan paytda Amir Temurga kuni-kecha zabt etilgan qal\u2019adan chopar kelganini aytdilar. \u201cKirsin!\u201d \u2013 dedi Sohibqiron daryodan urilgan salqin shabadadan ohista tebranib turgan xirgoh pardalariga tikilganicha. Amir Temur yugurib ichkariga kirgan choparni tanidi. U shahzoda o\u2018g\u2018li xizmatida yurgan uyo\u2018g\u2018lonlarning biri edi. Uyo\u2018g\u2018lon kira solib, tizza cho\u2018kib va boshini egib, siniq ovoz bilan so\u2018zladi:
\u2014 Onhazrat, shum xabar keltirganim uchun boshimni oling.
Uning bu so\u2018zini eshitgan Amir Temurning bir mo\u2018yi ham qimirlamadi. U huzuriga kirgan sonsiz choparlardan bu so\u2018zni necha marta eshitgan, sanasa, sanoqdan adashmog\u2018i mumkin. Ko\u2018pincha bu so\u2018z bilan boshlangan xabarlar uning qulog\u2018iga etishga ham arzimas bir gap bo\u2018lib chiqar, Sohibqiron odamlarning vahimaga o\u2018chligidan hayron qolardi. Birdan o\u2018yiga: \u201cNahotki, o\u2018g\u2018limga bir gap bo\u2018lgan bo\u2018lsa?\u201d degan gap keldi-da, sergak tortdi.
\u2014 Sening joning Allohniki, oldin so\u2018yla, agar Alloh oldida javobgar bo\u2018lsang, boshing shaksiz kesilg\u2018ay. Agar menga nisbatan aybli bo\u2018lsang, hukmni mashoyixlar ayturlar\u2026
\u2014 Avval bir qoshiq qonimdan keching, onhazrat, \u2014 dedi uyo\u2018g\u2018lon sapchadek kichik boshini ko\u2018tarmay.
Amir Temurning g\u2018azabi qaynadi. \u201cNima balo, bu sakbachcha, mening irodamni sinamoqchimi?\u201d
Birdan daryodan esgan shabada yuziga urildi-yu, Allohning bu ne\u2019matidan yana ko\u2018ngliga xotirjamlik cho\u2018kdi.
\u2014 Kechdim, gapir, \u2014 dedi horg\u2018in tovush bilan Sohibqiron.
CHopar ortiq paysalasa, aytadigan gapi o\u2018zi bilan rixlatga ketishini angladi-yu, boshini sal ko\u2018tardi. SHunda ham hukmdorning yuziga qarashga jur\u2019at qilolmay, gap boshladi:
\u2014 Ulug\u2018 Sohibqiron, siz qal\u2019ani tark etgandan so\u2018ng la\u2019nati yog\u2018iylar nogahon uni qamal ayladilar. Necha kun jang bo\u2018ldi. Ammo kuchimiz ozlik, zahiramiz nosozlik qilib mag\u2018lub bo\u2018ldik. YOg\u2018iylar qal\u2019aga biz bilmagam yashirin er osti yo\u2018ldan kirib oldi. Qal\u2019aning qo\u2018ldan ketmog\u2018i ayon bo\u2018lgach, bemonand shahzoda meni sizning huzuringizga jo\u2018natdi. Necha o\u2018limdan qolib, ming g\u2018avg\u2018o bilan qal\u2019adan chiqishga muvaffaq bo\u2018ldim.
\u2014 O\u2018g\u2018limga nima bo\u2018ldi, u tirikmi? \u2013 deb sekin so\u2018radi Amir Temur. Uning ovozidagi sovuqdan choparning etlari jimirlab ketdi. So\u2018ngra zo\u2018rg\u2018a ovoz chiqardi:
\u2014 Bilmayman, olampanoh, bilmayman \u2013 uning jag\u2018lari titrardi, \u2014 Men qal\u2019adan chiqish sa\u2019y-harakatini qilayotganimda, jang jiybaxona oldida borayotgan, shahzoda jangning o\u2018rtasida edi.
Amir Temurning ichiga o\u2018t tushgandek bo\u2018ldi. Sekin atrofida turgan ichkarilaru nombardorlarga razm soldi. Biror bir ko\u2018z ochiqdan-ochiq unga tikilib turganini ko\u2018rmadi. Ammo, hammaning yuzida tashvish alomati zohir edi. U bir dam o\u2018yga botib turdi-da, sekin pichirladi:
\u2014 Hozirning o\u2018zidayoq qo\u2018shin yo\u2018lga otlansin. YOg\u2018iylar munosib jazolonsunlar. O\u2018g\u2018lim tirikmi, o\u2018likmi topilsin.
Nazarida farmonini qo\u2018shinga etkazishga javobgar tovachi sust harakat qilayotgandek tuyuldi. Bir harakat bilan o\u2018rnidan irg\u2018ib turdiyu, g\u2018azab bilan baqirdi:
\u2014 Bo\u2018g\u2018ozmisan, enag\u2018ar. Agar yana paysallasang qorningni yorib, qoningni oqizg\u2018anim bo\u2018lsin.
Pak-pakana, qorindor tovachi xirgohdan o\u2018qday otilib chiqdi. \u201cXudo bir asradi, xudo bir asradi!\u201d degan o\u2018y chopib borayotgan tovachining miyasini kemirardi.
Dam o\u2018tmay temir tog\u2018 yana erib, ulkan oqimga aylandi va kechagina o\u2018tilgan, hali chang-to\u2018zoni bosilmagan yo\u2018llardan ilondek buralib oqa boshladi. Endi bu qo\u2018shinning shiddati yana ham jadal , navkarlar dilida qasos o\u2018ti yonar, otlar qamchi zarbidan alamzada yo\u2018rtib borar edilar. Temir oqim bir necha kundan so\u2018ng dushman qo\u2018liga o\u2018tgan qal\u2019ani uch tomondan o\u2018rab oldi. To\u2018rtinchi tomonda esa yuksak qorli tog\u2018lardan tushib hali qo\u2018lga o\u2018rgatilmagan beasov toydek hapriqib, guvillab ulkan daryo oqib turardi. Agar o\u2018sha tog\u2018lar tomonda poda o\u2018tlatib yurgan o\u2018sha afg\u2018on cho\u2018poni hozir qal\u2019a tomonga ko\u2018z tashlay olganida edi, ulkan biyobon qa\u2019rida tug\u2018ilgan noma\u2019lum simobrang daryo ulkan qoyaga \u2013 qal\u2019aga urilib ikkiga bo\u2018linib asrlar davomida oqib turgan o\u2018zlariga tanish daryoga qo\u2018shilayotganiga ko\u2018zlari tushardi. Agar ular ertasi ham o\u2018sha tomonga qaraganlarida edi, kechagi birdan paydo bo\u2018lgan simobrang daryo yo\u2018qligini, ulkan qoya atrofida esa ulkan qo\u2018l paydo bo\u2018lib qolganini ko\u2018rgan bo\u2018lardilar. Bu ko\u2018l kechasi olov komiga aylanib, undan taralgan yog\u2018du yuksak tog\u2018larning qorli cho\u2018qqilariga urilib, ularni nimqizil rangga bo\u2018yaldi. Bu qal\u2019adan yiroq-yiroqlardagi qishloqlar olislardan kelayotgan er zirillashiga vahima bilan quloq solar, allaqanday noma\u2019lum, shu sababdan qo\u2018rqinchli halokatlardan darak beruvchi g\u2018aroyib manzaraga \u2013 yuksak tog\u2018 cho\u2018qqilarining qori alvon rangga bo\u2018yalib tovlanishini ko\u2018rib dahshatga tushardi.
Eng qo\u2018rqinchlisi, noma\u2019lumlik edi. Noma\u2019lumlik ularni o\u2018zlari asrlar davomida yashagan maskanlarini, molu mulklarini tashlab g\u2018arq pishib yotgan tutlar hidi anqib turgan chorbog\u2018lar oralab o\u2018tgan yo\u2018llar orqali bu vahimadan bexabar va aldamchi farog\u2018at og\u2018ushida uxlayotgan o\u2018lkalarga ketishga, bu noma\u2019lumlikdan yosh kelinchaklarning ko\u2018ksida suti qurib, hali kindik yarasi bitmagan chaqaloqlar yig\u2018isi otalarni yarim kechalari turib olisda tobora qizilashib tovlanayotgan tog\u2018larga notinchlik bilan uzoq boqishga majbur qilardi. Er zirillashi to\u2018xtagani bilan ularning yuragidagi zirillash battar avj olardi. Ular o\u2018sha tuni bilan nimqizil rangda tovlangan tog\u2018lar tomondan biror bir xabar kelarmikan deya ilonizli yo\u2018llarga intiq boqib kutishar; ammo nomoz paytidagi kentlar ko\u2018chasidek bu qadimiy yo\u2018llarda biror kishining qorasi ko\u2018rinmasdi. Noma\u2019lumlik tomonga qarab borib, u yoqdan biror gap olib kelishga hech kim jur\u2019at qilolmasdi. Undan ko\u2018ra ular keng dashtda dushman lashkari bilan yuzma-yuz turib jang qilishga rozi edilar. Ammo dushman o\u2018sha noma\u2019lum tomonda edi.
O\u2018sha noma\u2019lumlik tarafda, kechalari nimqizil rangda tovlangan tog\u2018lar tomondan oqib tushgan daryo yoqasidagi qal\u2019ani Amir Temur qo\u2018shini iskanjaga olgan edi. Sohibqiron qal\u2019aning sharqiy darvozasi ro\u2018parasida sarkob tiklashni buyurdi. U qal\u2019aga taslim bo\u2018lishni talab qilib nishon jo\u2018natmadi. U sarko\u2018b tiklanishini va sharq tomondan oqib kelayotgan temir oqimni mana shu sarko\u2018b poyida yig\u2018ilishini ham kutib o\u2018tirmadi. O\u2018rtada beomon jang boshlandi. Amir Temur ham YAratganning bir bandasi kabi, olisdagi qishloqlarda yashagan fuqarolarga o\u2018xshab noma\u2019lumlikdan qo\u2018rqardi. Ammo u noma\u2019lumlik qarshisida qo\u2018l qovushtirib o\u2018tirishni yoqtirmasdi. U har qanday jumboq echilgandan keyingina yuragida farog\u2018at topajagini yaxshi bilar; bu jumboq, bu noma\u2019lumlik \u2013 farzandning qismati uni qiynagan sayin, u mana shu noma\u2019lumlikni yo\u2018q etuvchi quroli \u2013 qo\u2018shinlarini jangga soldi. Ko\u2018zlarida ham qasos olovi, ham o\u2018g\u2018il tashvishi baravar aks etgan Amir Temur tundayam askarlariga dam bermadi. Har erhar erda yoqib qo\u2018yilgan gulxanlar yorug\u2018ida qal\u2019aning to\u2018rt darvozasi yonida beomon jang davom etdi. YUgan suvloqlarini chaynab, og\u2018zi ko\u2018piklangan bezovta otlarning qo\u2018rqinchli kishnashi, kuragiga botgan yoy o\u2018qi og\u2018rig\u2018idan dunyoni buzib baqirayotgan jangchilar, palaxmonlar otgan toshlar gursillab devorlarga, darvozalarga urilishidan taralgan bo\u2018g\u2018iq tovushlar, guruh-guruh jangchilar goh oldinga, goh orqaga chopganlarida zilzila paytidagidek erning silkinishlari orasida allaqachonlar tiklangan sarko\u2018b ustidagi xirgoh yonida turgan Sohibqironning: \u00abBosing! Bosing!\u00bb degan hayqirig\u2018i!..
Jang avjiga chiqqan yarim tunda tinim bilmay yo\u2018l bosib, kela solib jang boshlagan hukmdor ko\u2018zining bir zumgagina yumilganini bilmay qoldi. SHu bir zum ichida u tush ko\u2018rdi.
Osmonu falakdan quyulgan kumush shu\u2019la og\u2018ushida bir ayol belanchak tebretardi. Belanchak iplari qaerga osilgani bilinmasdi. U ayolni tanidi \u2013 u Tegina Mohimbegim, onasi edi. Ammo beshikda o\u2018g\u2018li yotardi\u2026 \u201cOta \u2013 dedi o\u2018g\u2018li jilmayib, \u2014 Ota\u2026\u201d Birdan o\u2018g\u2018lining qichqirig\u2018ini eshitdi: \u201cOnajon!\u2026\u201d
U birdan uyg\u2018onib ketdi-yu, sarko\u2018b poyida yotgan yarador jangchilardan birining bo\u2018g\u2018zidan chiqqan o\u2018lim oldi nolasi uni uyg\u2018otib yuborganini bilmadi. \u201cO\u2018g\u2018lim!\u201d \u2013 shivirladi birdan dili yonib o\u2018zidan-o\u2018zi. Sohibqiron ko\u2018zidan oqib chiqqan bir tomchi yoshda gulxan yorug\u2018i aks etgandek bo\u2018ldi. U o\u2018sha zahoti ko\u2018zlarini engi bilan artib, hech kim sezmadimi, degandek atrofiga nazar tashladi. Hammaning xayoli jang maydonida edi. Faqat uning hamma yurishlarida qatnashgan qari munajjim osmonga bezovta tikilardi. Qariya Sohibqironning o\u2018ziga tikilganini sezib, o\u2018girildi. Amir Temur munajjimni yoniga chorlab, bezovtaligi sababini surishtirmoqchi bo\u2018ldi. Ammo xayoli bo\u2018lindi. Askarlari sarko\u2018b qarshisidagi darvozaga o\u2018t qo\u2018ygan edilar. Qoramoy sepilgan ulkan naqshkor darvoza o\u2018tga mahtal turgandek lovillab yona boshlagandi. Olov pastdan tepaga jadal o\u2018rlab, darvoza ustunlariga urilib tobora baland lovillardi.
To\u2018satdan havo buzilib, kuchli shamol qo\u2018zg\u2018aldi, osmondan bir-ikki tomchi tomgandek bo\u2018ldi. SHuni o\u2018zi kifoya bo\u2018ldi-yu, gulxanlar o\u2018chdi, yonayotgan darvoza ham omon qoldi. Biroq, bu jang shiddatini susaytirmadi, muhosara kuchaygandan kuchayar, har ikki tomon bir-birini ayashni xayoliga ham keltirmasdi.
Jang avjiga chiqqan sayin Amir Temurning g\u2018azabi kuchayar, atrofida turgan nombardorlar sohibi taxtning qahrini ko\u2018rib, nafaslarini ichlariga yutgan holda sukut saqlashardi. Faqat qal\u2019a tarafdan kelayotgan suron bu sukutni eshitishga yo\u2018l qo\u2018ymasdi. Temir oqim qal\u2019a devorlariga bo\u2018ron paytida quturgan dengiz to\u2018lqinlaridek borib urilar \u2013 sada ketidan hazora, hazora ketidan tuman kelardi. Manjaniqlaru arradalar qal\u2019a devorlarini buzish uchun tinmay ishlar, cho\u2018moqlaru xarbalarning bir-biriga urilgandagi jaranglari to\u2018xtamasdi.
Tong yaqinlashib, atrof yorisha boshlagan g\u2018ira-shiralikda Amir Temur amri bilan yasovulboshi qodirandozlarni ishga soldi, ularning yoydan bexato o\u2018q uzishlari tufayli shahrband ustidagilar tutdek to\u2018kildi.
Oxiri sabri tugagan Sohibqiron xirgoh ayvonidagi o\u2018rnini tark etib, bu holdan vahima tushgan xos navkarlar o\u2018rovida pastga \u2013 qal\u2019aga yaqinroq borishga, bu bilan askarlari ruhini ko\u2018tarishga qaror qildi. U shiddat bilan sarko\u2018bdan tushib borarkan, zahira ortilgan aravalardan birining yonida o\u2018chib qolgan, ammo daryo tomondan esayotgan salqin shamoldan qip-qizarib tovlangan gulxan cho\u2018g\u2018lariga qo\u2018llarini toblab, isinib turgan bir cholga ko\u2018zi tushdi. U cholni sezmay o\u2018tishi mumkin edi. Ammo shuncha shovqin suron orasida cholning ming\u2018irlab kuylagan qo\u2018shig\u2018i noxosdan uning diqqatini tortdi:
Voy, o\u2018g\u2018lima, voy o\u2018g\u2018lim,
Yigitlarning nobudi.
Ko\u2018tarilmay qoldi-ya,
O\u2018g\u2018ilginam tobuti.
Maymananing yigiti,
Oyog\u2018ida bor-buti.
Qo\u2018ldan qo\u2018lga o\u2018tmadi
O\u2018g\u2018ilginam tobuti.
Qora erda yotarsan,
Kimsa bilmas aslingni,
Do\u2018stlaringni xor etding,
Kim oladi qasdingni.
Voy, o\u2018g\u2018lima, voy, o\u2018g\u2018lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo\u2018ldan-qo\u2018lga o\u2018tmadi
O\u2018g\u2018ilginam tobuti\u2026
Amir Temur cholni tanidi. U qal\u2019ani o\u2018sha ilk marotiba ilgiga olganda, o\u2018z sohibi, o\u2018z safdoshlariga xiyonat qilganligi tufayli o\u2018limga buyurilgan qal\u2019a jiybaxonasi boshlig\u2018ining otasi edi.
3-rivoyat<\/p>\n\n\n\n
O\u2018shandayam jang juda dahshatli kechgan bo\u2018lsa-da, bugungichalik bo\u2018lmagandi. Unda muxoliflar o\u2018zaro ilk marta to\u2018qnashayotganlari uchun hali bir-birlaridan qo\u2018rqishmas, dillarda faqat: \u00abKimning qo\u2018li baland kelarkan?\u00bb degan hadik bor edi, xolos. Ammo qilichlar birbiriga urilgan ilk daf\u2019adayoq bu hadik o\u2018rtadan yo\u2018qolib, uning o\u2018rnini yog\u2018iyga nisbatan g\u2018azab va nafrat egallagan edi. Tongga yaqin boshlangan jang kechgacha davom etgan va ertasi kuni quyosh endi qizarib chiqa boshlagan mahalda chol o\u2018g\u2018li \u2013 jiybaxona boshlig\u2018i xiyonati tufayli Turon hukmdorining g\u2018alabasi bilan tugagan edi. Ammo g\u2018alaba unga tatimadi. YUborilgan nishonidagi talabiga bo\u2018ysunish o\u2018rniga qarshilik ko\u2018rsatgan qal\u2019a kutvoli bilan unga qal\u2019a darvozasini ochib bergan jiybaxona boshlig\u2018ini qatl ettirdi. Engilgan qo\u2018shin askarlarini esa qatl maydoniga olib kelib, o\u2018z boshliqlarining sharmandali o\u2018limini ko\u2018rishga majbur etdi. Qatldan so\u2018ng asirlarni qo\u2018yib yubordi.
Qatl oldidan asir askarlar turgan tomondan dod-faryod eshitildi. Amir Temur sukunatni buzgan bu yoqimsiz baqir-chaqirni eshitib, \u201cNima gap?\u201d degandek qurchilar \u2014 xos navkarlari boshlig\u2018iga o\u2018qraydi. Hukmdorning noroziligini payqagan qurchiboshi, devdek kelbatiga yarashmagan chaqqonlik bilan pastga otildi. Uning shunday og\u2018ir gavdasi bilan chaqqon harakati o\u2018rtasida bog\u2018liqlik topolmagan hukmdor shovqin chiqqan tomonga tikildi. U mag\u2018lub yog\u2018iy askarlari ichidan qurchilar sudrab olib chiqqan cholni ko\u2018rdi. CHol ikki qo\u2018lini ombirdek qisib, maydon chetiga sudragan qurchilarga dastlab qarshilik ko\u2018rsatishga urindi-yu, ammo dam o\u2018tmay, nafasi o\u2018chib, qo\u2018l-oyog\u2018i majolsiz shalvirab tushdi.
\u201cU kim?\u201d \u2014 deb so\u2018radi Amir Temur qurchilar boshlig\u2018i qaytib, o\u2018z o\u2018rnini egallagach. \u201cJiybaxona boshlig\u2018ining otasi ekan\u201d, \u2014 dedi qo\u2018rchiboshi. Sohibqiron birinchi marta qon shimaverib alvon tus olgan kunda oldida qo\u2018li bog\u2018liq turgan, qal\u2019ani xiyonat tufayli unga olib bergan jiybaxona boshlig\u2018iga tikildi. U o\u2018g\u2018li tengi yigit edi.
Xuddi o\u2018sha lahza tovachining ishorasi bilan qatl boshlanganidan xabar berib nog\u2018oralarning gumbir gumbiri boshlandi. Maydon o\u2018rtasidagi kunda qo\u2018yilgan supada qo\u2018qqayib turgan jallod qiblaga qarab tilovat qildi. Botayotgan quyoshda uning yuzi qip-qizil tusda tovlanardi. Tilovatni tugatgan jallod o\u2018rnidan turdi va kundaga birinchi bo\u2018lib kutvol boshini qo\u2018ydi. Ammo kutvol boshini kundadan olib, yana qad tiklashga urindi. Mushtumining zarbi bilan buqani o\u2018ldirishga qodir zabardast jallod bir siltash bilan yana uning gavdasini bukib boshini kundaga qo\u2018ydi, so\u2018ng yuksakdagi xirgoh peshayvonidagi taxtda ichkilaru nombardorlar qurshovida turgan hukmdorga tikildi. Aniqrog\u2018i, tikilgandek bo\u2018ldi, zero jallod boshini ko\u2018tardi-yu, o\u2018z sohibiga tik boqishga jur\u2019at qilolmadi. Uning qo\u2018lidagi oybolta hali qonga bo\u2018yalmagan, ammo g\u2018urub shu\u2019lasi tushib qipqizarib tovlanardi.
Endi buyog\u2018i faqat Sohibqironning irodasiga, uning g\u2018azabi yoki rahmshafqatiga bog\u2018liq edi. Ammo dunyoning to\u2018rt tarafining zir-zir titratgan, G\u2018arbu SHarq hukmdorlariga o\u2018zining marhamatini ayamay, ularni farzandi qatoriga qo\u2018yib, \u00abo\u2018g\u2018illarim\u00bb deb murojaat qilishga ko\u2018nikkan jahongir bu lahza nimalar haqida o\u2018ylayotganini hech kim bilmasdi.
Qutvol ham, jiybaxona boshlig\u2018i ham o\u2018g\u2018li tengi yigitlar edi. Ammo kutvol mardonalik bilan qal\u2019ani saqlashga uringan bo\u2018lsa, jiybaxona boshlig\u2018i xiyonat bilan uni yog\u2018iyga ochib bergani ular o\u2018rtasida bir ulug\u2018 jar hosil qilganini o\u2018ylagan Sohibqiron dunyoning g\u2018alati ishlarini anglashga urinardi. Mana, deyarli tengdosh yigitlar. Balki ular bitta ko\u2018chada o\u2018ynab ulg\u2018ayishgan jo\u2018ralardir, balki qilich chopqilashni birga mashq qilishgan saboqdoshlardir. Ammo ular hozir bir-biriga dushman. Kutvol o\u2018zini mag\u2018rur tutar, o\u2018zini dushmanga sotgan jiybaxonachiiga qayrilib ham qaramasdi. Jiybaxonachi bo\u2018lsa, allaqachonlar tiriklik nishonasini bildirmay munkayib yotardi. O\u2018z qilmishini anglab, pushaymon bo\u2018lganidan, ajalni allaqachonlar bo\u2018yniga olganidanmi yoki o\u2018z xiyonati bois marhamat kutib, uning o\u2018rnida o\u2018lim topayotgani tufayli qo\u2018rquvdanmi uning devor rangiga kirgan basharasi ma\u2019nosiz, unda na g\u2018azab, na iltijo namoyon edi.
Hukmdor o\u2018lim oldida ham o\u2018zini xo\u2018rlashlariga qarshilik ko\u2018rsatayotgan kutvolga qarab, ikkilangandek bo\u2018ldi. Keyin birdan sergak tortib, o\u2018g\u2018liga ko\u2018z qirini tashladi. U o\u2018g\u2018lining chehrasida ham ikkilanish alomatini sezdi-yu, qarori qat\u2019iylashdi. \u201cIkkilanish, bu bo\u2018lajak mag\u2018lubiyatdir\u201d \u2014 deb o\u2018yladi Amir Temur. Agar u hozir ikkilanganini o\u2018g\u2018liga bildirib qo\u2018ysa, o\u2018g\u2018li saltanat va harbning har bir ishida ikkilanishi mumkin. Bunga esa yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmasdi. Unda saltanatda orom, dushmanlarda qo\u2018rquv, do\u2018stlarda sadoqat, o\u2018g\u2018lida sobitlik qolmaydi. Illo, podshoh bir tadbir qilishni oldindan qasd qildimi, har qanday sharoit va vaziyatga qaramay, o\u2018sha ishda qattiq turmog\u2018i, to bitirmaguncha undan qo\u2018l tortmagani ma\u2019qul. Agar bugun u ikkilansa, ertaga o\u2018g\u2018li ham ikkilanadi, sobitligi sinadi, oqibatda mamlakat bo\u2018linadi. Ikkilangan hukmdor baribir oxir-oqibat adashadi, so\u2018ng ularga yaqin turganlar ham adashadi.
U bir paytlar, endi saltanat izmi ilgiga o\u2018tgan kunlarda piri yo\u2018llagan maktubdagi muborak so\u2018zlarni esladi: \u00abMamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor erda turolmaydi\u00bb. Xo\u2018sh, undan shafqat tilash o\u2018rniga o\u2018limni indamay kutayotgan kutvolni o\u2018ldirish zulmmi, zulm emasmi?! \u201cZulm!\u201d \u2014 deb o\u2018ziga javob berdi Sohibqiron. Ammo yana shu narsa ma\u2019lumki, kutvol yosh bo\u2018lishiga qaramay, zulm yo\u2018liga o\u2018tgan. Sohibqiron qon to\u2018kilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik niyatida o\u2018z nishonini yuborib taslim bo\u2018lishni taklif qilganida, bu talabga rizolik bildirish haqida maslahat solgan ikki-uch yuzboshini mashvaratning o\u2018zidayoq chopib tashlagan. La\u2019nati jiybaxonachi, allaqachonlar ko\u2018nglida xiyonat fitnasini boshlagan jiybaxona boshlig\u2018i ham o\u2018sha yuzboshilarga qilich peshlagan. Nodon kutvol xavf-xatarni unga oqilona maslahat bergan yuzboshilardan emas, mana shu yonida turib qilich peshlagan jiybaxonachidan kutish kerakligini bilmagan. Oqibatda o\u2018rtada jang sodir bo\u2018ldi, necha yuz askar bekordan-bekor qurbon bo\u2018ldi. Bu zulmmi, zulm emasmi?! \u201cZulm!\u201d \u2014 deb hukm chiqardi buyuk jahongir.
Qolaversa, yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish mumkinmi? U holda yaxshilikka nima bilan javob qaytarish lozim. Yo\u2018q, yomonlikka adolat, yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerakdir. Aksincha bo\u2018lsa, xatodir.
Amir Temur yana o\u2018g\u2018liga ko\u2018z qirini tashladi. Uning yuzida hamon ikkilanish alomati zohirligini sezdi va o\u2018g\u2018li unga qayrilib bir nima deyishga hozirlanganini payqashi bilan ko\u2018zini olib qochdi. Yo\u2018q, o\u2018g\u2018li hozir nima demoqchiligini u eshitmasligi kerak. Zero, hozircha bu ikki iqlimni ichiga olgan cheksiz hududda va shu hududning markaziga aylangan erda \u2013 u o\u2018tirgan makonda har bir narsa, har bir kimsaning taqdiri yolg\u2018iz uning irodasiga, uning qaroriga bog\u2018liq. SHunday ekan, kecha yolg\u2018iz o\u2018zi bilgan qaror, uni boshqalarning qulog\u2018i eshitmagan bo\u2018lsa-da, bugun amalga oshmog\u2018i shart.
Sohibqiron yuzida bir daqiqa paydo bo\u2018lib, o\u2018sha lahza o\u2018chgan ma\u2019noni uqqan tovachi jallodga \u201cBoshla!\u201d degandek qo\u2018l siltadi. O\u2018sha lahza jallodning qizil damli oyboltasi kutvol boshi ustida yalt etdi-yu, kesilgan bosh kundadan supaga, supadan pastga dumalab ketdi. Navbat jiybaxona boshlig\u2018iga etdi. YAna jallod oyboltasini erga tirab, bosh egib izn kutdi. Tovachi hukmdor yuziga tikildi. Ammo Amir Temur yuzida hukm ma\u2019nosini ko\u2018rmay, vujudi diqqatga aylandi.
Navbat jiybaxona boshlig\u2018iga etdi-yu, jahongir dastlab kutvolni boshidan judo etganiga o\u2018kindi. Avval battol xoinni o\u2018ldirish kerak edi. Illo, o\u2018zini yog\u2018iyga sotgan xiyonatkorning o\u2018limini kutvol ko\u2018rishi kerak edi. Jahongirning birdan g\u2018azabi ko\u2018pchib, tovachiga o\u2018qraydi. Gap nimadaligini anglolmagan bechora tovachining tizzalari bo\u2018shashib, rang-ro\u2018yi ko\u2018pikdek oqarib ketdi. Ha, kutvol bu la\u2019natining o\u2018limini ko\u2018rishi shart edi\u2026 SHart edi\u2026 Nega avval shu narsani o\u2018ylamadi. Bu lahza o\u2018z ona yurti hifzida turgan qal\u2019ani unga olib bergan jiybaxona boshlig\u2018i uning nazarida lunyodagi eng past, eng manfur kimsa edi.
Birdan yuztuban yotgan jiybaxonachining tanasiga jon kirgandek bo\u2018ldi. Hukmdor o\u2018yga botgan vaqtni paysallash, deb, Sohibqiron uni faqat qo\u2018rqitish uchun kunda yoniga olib keltirganligiga, aslida qilgan ishi uchun albatta marhamat topajagiga ishona boshlagan xoin zo\u2018rg\u2018a ko\u2018zlarini ochib hukmdorga boqdi. Majol topib, imdod tilamoqchi bo\u2018ldi, ammo muzlab qolgan lablarini qanchalik ochishga urinmasin, ocholmadi, faqat qaqragan, qonga to\u2018lgan bo\u2018g\u2018zidan nolaga o\u2018zshash bir tovush chiqdi. Keyin hukmdorning o\u2018ziga qahr bilan nafratomuz qarab turganini arang ilg\u2018adi-yu, murda nuqsi urgan yuzini yana erga bosdi.
Amir Temur g\u2018azab bilan tovachiga baqirdi:
\u2014 Nimani kutyapsan, boshlamaysanmi?
Tovachining ishorasi bilan jallod bir siltash bilan jiybaxona boshlig\u2018ining majolsiz gavdasini erdan ko\u2018tardi-da, ikki bukdi va boshini kunda ustiga qo\u2018ydi. O\u2018sha zahoti mahkumning og\u2018zidan ko\u2018pik oqib tusha boshladi. Jiybaxona boshlig\u2018ining boshi ham kundadan pastga dumalashi bilan hammaning qulog\u2018i ko\u2018nikib qolgan og\u2018ir va qo\u2018rqinchli sukunat og\u2018ushida maydon chetida bog\u2018liq turgan otlar yonida chalqancha yotgan cholning yuragidan otilib chiqqan mungli faryod yangradi. Ammo bu faryod egasiga hech kim jur\u2019at etib qaray olmadi. YOlg\u2018iz Amir Temur o\u2018rnidan turib, qatl maydonini tark etayotgan asirlar osha cholga uzoq tikildi. \u00abZulm!\u00bb \u2014 deb o\u2018yladi yana u. SHu o\u2018y ongida yalt etgan zahotiyoq, shart orqasiga o\u2018girildi. O\u2018shandan buyon cholni uchratmagan edi\u2026<\/p>\n\n\n\n
4-rivoyat
So\u2018nib borayotgan gulxan cho\u2018g\u2018larini qo\u2018lidagi shox bilan titayotgan cholga ko\u2018z tashlab, bir lahzagina to\u2018xtab qolgan sohibqiron qadamini tezlashtirdi. Ortidan cholning qo\u2018shig\u2018i etib kelardi:
Voy, o\u2018g\u2018lima, voy o\u2018g\u2018lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo\u2018ldan qo\u2018lga o\u2018tmadi
O\u2018g\u2018ilginam tobuti\u2026
\u201cCHol esdan og\u2018gan!\u201d \u2014 deb o\u2018yladi Amir Temur, ammo oldida durbosh ko\u2018tarib borayotgan qurchi \u201cVoh\u201d \u2014 deya yuztuban yiqilganini ko\u2018rdi-yu, o\u2018sha zahoti cholni unutdi. Qal\u2019a tomondan uchib kelgan to\u2018qmor uchi qurchining ko\u2018ksini techib, kuragidan chiqib turardi. Jahongirning xavfsizligi uchun javobgar qurchilaru ichkilar tezda uni turalar bilan to\u2018sib olishdi.
Tuni bilan davom etgan jang tong yorishgach, battar avj oldi. Kechasi qo\u2018zg\u2018algan shamol va bir-ikki tomchilab o\u2018tgan yomg\u2018ir tinib, osmon shundayam yarqirar ediki, bamisoli artilgan shishadek beg\u2018ubor edi. Osmonda bir hovuch bulut ham ko\u2018rinmasdi. YOz quyoshi odamlarga, chechaklarga, dala-yu dashtlarga, yuksak tog\u2018larga o\u2018z nurini shunday mehr bilan sochardiki, bo\u2018layotgan voqealar o\u2018ngda emas, tushda ko\u2018rinayotgandek tuyulardi. Ammo har ikki tarafning jangchilari buni sezishmas, ularning ko\u2018zi bir birlaridan uzilmas, qo\u2018llaridagi qilichu zulinlar tovushi, ko\u2018zlaridagi g\u2018azab, dillaridagi qahr g\u2018ubori ham osmonni, ham quyoshni to\u2018sib olgan edi. Toliqqan otlarning ham, odamlarning ham o\u2018ngi tushga aylangan. Ular butun dunyoni unutgan, go\u2018yo yolg\u2018iz o\u2018limgina ularga hordiq olish uchun imkon beradigandek. Tuni bilan sovutlar va dubulg\u2018alar aks etgan oy nuri so\u2018nib, quyoshdan tushgan shuur qip qizarib oqayotgan daryoda tovlana boshladi. Uning suviga qon qo\u2018shildi. U qal\u2019a turgan qoyadan oqib tushib, olis tog\u2018lar tarafdan dalalarni yashnatish, odamlar, gullar, bulbullar chanqog\u2018ini qondirish uchun oqib tushayotgan daryoga borib quyilar, ko\u2018m-ko\u2018k daryo bir-ikki farsang davomida bu qonni hazm etolmay qiynalar\u2026 va oxiri qon rangini ichiga yutib, yana o\u2018zining azaliy yo\u2018lidan olg\u2018a talpinardi.
O\u2018lim topgan jangchilar qiynalmay jon berishar, o\u2018lim ularga farog\u2018atli uyqu bo\u2018lib tuyular, ular \u00abo\u2018layapman\u00bbdeb emas, \u00abuyqu bosyapti\u00bb, \u2014 degan xayolda ko\u2018z yumishardi. Ochiq qolgan ko\u2018zlarda tip tiniq osmon bilan bab-baravar ko\u2018pik sochayotgan otlar, qilich peshlagan suvoriylar, har ikki tomondan uchib kelayotgan novaklaru nayzalar aks etardi. Bu urush chizgan surat edi.
Tongdan o\u2018tib qal\u2019adagilarning zaiflashgani sezildi. Zero, ular o\u2018zlari uchun o\u2018limdan boshqa yo\u2018l yo\u2018qligini anglab, matonat bilan jang qilishar, biroq, erigan temur tog\u2018i oqimi shiddat bilan to\u2018xtashni bilmay, qal\u2019a devorlariga urilar, har urilganda yana ham balandlashardi. Oxiri bu oqim devorlardan oshib, qal\u2019a ichini to\u2018ldirdi.
Amir Temurga qal\u2019adagilar butunlay tor-mor qilinganini aytishdi. Sohibqiron bu xabarni eshitar ekan, boshqa narsani o\u2018ylardi. U betoqat edi. U o\u2018zi kutgan gapni eshitishni intiq kutar, ammo o\u2018zi ochiqdan ochiq so\u2018rashga yuragi betlamasdi. \u201cDemak, o\u2018g\u2018lim\u2026\u201d Amir Temur ko\u2018ksi zirqirab og\u2018ridi. U qurchilar boshlig\u2018iga tikilib: \u201cO\u2018g\u2018limni toping!\u201d deb buyurdi. Ammo qidirishlar bekor ketdi. O\u2018g\u2018lining na tirigi, na o\u2018ligi topildi. Amir Temur bu haqda xabar bergan yaqinlariga darg\u2018azab tikilar, ularni qayta-qayta qidirishga majbur qilardi.
Jahongir o\u2018g\u2018lini jasur va o\u2018ktam qilib tarbiyalagan edi. Qilich tutgan qo\u2018li baquvvat bo\u2018lsin deb kecha kunduz mashq qildirdi, yuragi qo\u2018rquvni bilmasin deb sher yuragini edirdi, farosatli bo\u2018lsin deb kitobga oshna qildi. Yigirmaga chiqqan o\u2018g\u2018li o\u2018n yillab sohibqiron yurishlarida qatnashgan, qilich chopqilashda chiniqqan tajribali jangchilar \u2013 bahodirlar bilan bir safda turish huquqiga ega bo\u2018ldi.
Amir Temur ichida farzandini qanchalik suymasin, haligacha biror marta uning boshini silab erkalamagan. Erkalash dilni buzadi deb hisoblardi. O\u2018g\u2018li ham shu paytgacha otasiga biror marta kulib boqmagan, hamisha ko\u2018zlarida olov chaqnab turardi. Bu olov o\u2018sha jang ko\u2018rgan bahodirlar ko\u2018zlaridagi olovdek sovuq porlamasdi. Bu olov o\u2018tli va yosh edi. Nahotki shunday o\u2018g\u2018li dushman qo\u2018lida xor bo\u2018lgan bo\u2018lsa? Nahotki?! Yo\u2018q, u o\u2018zini xor qilishlariga yo\u2018l qo\u2018ymaydi. U yog\u2018iy qo\u2018lida xor bo\u2018lishdan o\u2018limni afzal ko\u2018radigan yigit. Zero u o\u2018g\u2018lini qal\u2019ada qoldirib ketar ekan, xayrlashish oldidan, shunday degandi: \u201cSaltanatga da\u2019vogarchilik qilgan har bir kishi saltanat sha\u2019ni va martabasiga loyiq ish tutishi zarur. Mudom yodingda bo\u2018lsinkim, bu yo\u2018lda jangga kirib, yo zafar quchib g\u2018olib bo\u2018lg\u2018aysan, yo o\u2018ldirilg\u2018aysan. O\u2018limini bo\u2018yniga olgan kishigina bu yo\u2018ldan yurmog\u2018i mumkin\u201d.
Amir Temur rahmatli otasi, barloslarning ulug\u2018 amirlaridan biri bo\u2018lmish Muhammad Tarag\u2018ay uni qanday tarbiyalagan bo\u2018lsa o\u2018g\u2018lini o\u2018sha ruhda: beshafqatlik, mardlik va farosatlik, faqat shundan keyingina oqibatlik ruhida voyaga etkazdi. Oqibat, otasining nazarida, yolg\u2018iz mehr-shafqatdan, shu bilan birga dilovarligu qattiqqo\u2018llikdan tug\u2018ilmog\u2018i darkor. U oqibatning inkori bo\u2018lmish xiyonatni yomon ko\u2018rardi. Qo\u2018rqoqlikni kechirsa kechirar. Ammo xiyonatchiga rahmdillik qilishni o\u2018ylamas, hatto bunday qilishni gunoh deb bilardi. Agar Amir Temur dunyoning to\u2018rt tomonidagi eng boy o\u2018lkalarni zabt etib, ularning podshohlarini o\u2018ziga tobe etgan bo\u2018lsa, bu sharafga shu dilovarligi va oqibatdorligi, xiyonatga yo\u2018l qo\u2018ymagani sababli erishdi.
Amir Temur o\u2018g\u2018lida uch xislat mujassam bo\u2018lishini istardi. Eng avvalo, insonparvarlik, so\u2018ng tejamkorlik va nihoyat bosiqlik. Insonparvar odamgina dovyurak bo\u2018lmog\u2018i mumkin. Tejamkor bo\u2018lgan odamgina saxiy bo\u2018lishi mumkin. Bosiq odamgina hukmdor bo\u2018lishi mumkin. Kimki jasur bo\u2018lsa-yu, insonparvar bo\u2018lmasa, tejamkor bo\u2018lmasa-yu, saxiylik qilsa, dono bo\u2018lsa-yu bosiqlik qilmasa, unday odam o\u2018zi bosh-qosh ishniyam, o\u2018ziniyam halok etadi. Kimki, dushmani bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, engadi. Alloh taolo hamisha unga madad beradi, insonparvarlik unga panoh bo\u2018ladi.
U o\u2018g\u2018liga mamlakat adolat, urush esa dilovarlik va ayyorlik bilan boshqarilishini, mamlakatda ta\u2019qiq qancha ko\u2018p bo\u2018lsa, avom shuncha qashshoqlanishi mumkinligi, illo, erkinlik va adolat bo\u2018lsa, ulus, demak, mamlakat boy bo\u2018lishini, qonun va buyruqlar qanchalik ko\u2018paysa, adolatsizlik, o\u2018g\u2018rilik va beboshlik shunchalar ko\u2018payishi mumkinligini uqtirdi. \u201cO\u2018g\u2018lim, \u2014 deb aytardi rahmatlik otasi, \u2014 uzoqni ko\u2018rolmagan hukmdor yaqinidagi balolarga giriftor bo\u2018ladi. Ammo, yaqinni ko\u2018rib ish tutgan hukmdor ham xato yo\u2018ldadir\u201d. Amir Temur otasining bu gapini o\u2018g\u2018liga aytar ekan, o\u2018zidan qo\u2018shib ushbuni uqtirgan edi: Podshohlar hulqi bamisoli shamol, avomniki maysadir. SHamol qay tarafga essa, maysa ham o\u2018sha tomonga egiladi. SHu sababdan podshoh hech qachon o\u2018z qudratining asosi mana shu ulus ekanini unutmasligi kerak.
Amir Temur tutab yonayotgan, vayrona qal\u2019aga kirmay daryoga yaqin yalanglikda chodir tiktirdi. Sohibqiron o\u2018zining oddiy jangchilari libosidan deyarli farq qilmaydigan jangovar libosida, Damashqni olganda qo\u2018lga kiritgan oltin chiroqdon osilgan shohchodirda qunduz bo\u2018rkli boshini eggan ko\u2018yi o\u2018g\u2018lidan darak kutardi. U kamdan-kam yolg\u2018iz qolar, shu boisdan har gal shu ahvolga tushganda dilini allaqanday anglab bo\u2018lmas og\u2018riq qisa boshlardi. Hozir ham shu og\u2018riq uyg\u2018ondi-yu, sohibqiron chuqur oh tortdi. U og\u2018riq sababinii bilmas, bu esa og\u2018riqni yo\u2018qotish chorasini topishga imkon bermasdi. Tuni bilan kechgan jang tufayli uyqudan, hordiqdan qolgan jahongir ongida quyuq va horg\u2018in bir zulmat paydo bo\u2018lgan, og\u2018riq esa mana shu zulumot ichida yonib turgan chiroqdek goh pirpirab, goh tovlanib turardi. To\u2018satdan tashqarida shovqin-suron ko\u2018tarildi-yu, sergak tortdi. Ammo o\u2018zini tutib, bu shovqin-suronlardan xayolan uzoqlashish uchun ko\u2018zini yumdi. O\u2018sha zahoti kechagi tushi o\u2018ngida yalt etib namoyon bo\u2018ldi. Kumush shu\u2019la og\u2018ushida belanchak chayqalardi. Bu safar onasi yo\u2018q edi. Belanchak ham bo\u2018m-bo\u2018sh edi. \u201cO\u2018g\u2018lim, o\u2018g\u2018lonim\u2026\u201d \u2013 deya pichirladi Amir Temur. Ammo tashqaridagi shovqin tobora unga yaqinlashib kelar, ortiq undan qochib bo\u2018lmasdi\u2026
SHu payt shoshilib ichkariga nombardorlardan biri kirdi. Uning yuzida qo\u2018rquv bor edi. U gapni qanday boshlashni bilmay Sohibqiron qarshisiga kelib tiz bukdi. Amir Temur nega nombardorlaru amirlar har galgidek rasm-rusmga binoan o\u2018z munosabatlaridan kelib chiqqan tartibda kirib kelmaganlari haqida o\u2018yladi-yu, huzuridagi nombardor ko\u2018pchilik aytishga qo\u2018rqqan gapni unga etkazishni bo\u2018yniga olib kirganini angladi.
\u2014 So\u2018yla, \u2014 dedi sohibqiron.
\u2014 Onhazrat, \u2014 dedi nombardor, \u2014 bir qoshiq qonimdan kechsangiz\u2026
\u2014 Kechdim,, so\u2018yla, \u2014 dedi Amir Temur.
\u2014 Onhazrat, o\u2018g\u2018lingizning na tirigi, na o\u2018ligi topildi. Qal\u2019ani elakdan o\u2018tkazdik, ammo\u2026 \u2014 nombardor jim qildi.
O\u2018rtada jimlik cho\u2018kdi. Bu jimlik cho\u2018zilgan sayin nombardorning qo\u2018rquvi oshib borar, bu qo\u2018rquv yuragidan qon tomirlari orqali vujudiga tarqalib, a\u2019zoi-badanini shol etganday bo\u2018lardi.
\u2014 SHovqin-suronning sababi nedir? \u2013 dedi boshini ko\u2018tarmay Amir Temur.
Qo\u2018rquv daryosiga cho\u2018kib borayotgan nombardor birdan hushyor tortib, bor irodasini yig\u2018ib, taqdir in\u2019om qilgan xasga yopishdi:
\u2014 Qatl etilgan jiybaxona boshlig\u2018ining otasi sizning huzuringizga kiraman deb shovqin ko\u2018tardi. Qurchilar uni qo\u2018l-oyog\u2018ini bog\u2018lab, daryoga tashlamoqchi bo\u2018ldilaru bu ishni ixtiyoringizsiz qilishga jur\u2019at topolmay to\u2018xtadilar.
\u201cMana kim o\u2018g\u2018limga nima bo\u2018ganini menga aytib beradi?\u201d- degan nogahoniy o\u2018ydan o\u2018rnidan turib ketgan Amir Temurning vajohatini ko\u2018rib nombardor hayot bilan vidolashish muddati etganini tushundi. Ammo Sohibqiron unga yaqinlashib, yoqasidan ushlab dast ko\u2018tardiyu, qahrli ko\u2018zlarini tikib, baqirdi:
\u2014 CHolni huzurimga olib kiring!
Boyagina qo\u2018rquvdan qo\u2018l-oyog\u2018i bo\u2018shashgan nombardor hukmdor yoqasini bo\u2018shatishi bilan shohchodirdan o\u2018qday otilib chiqdi. Zum o\u2018tmay, qurchilar cholni olib kirdilar. CHol hozirgina arqon siquvidan bo\u2018shagan qo\u2018llarini uqalab, qarshisida o\u2018tirgan Sohibqironga, ko\u2018zlarini yashirmay, ochiqdan ochiq razm soldi. Ular bir-biriga uzoq tikildilar. Allaqachon o\u2018z o\u2018rinlarini egallagan nombardorlaru amirlar \u201cbu yog\u2018i nima bo\u2018larkin?\u201d deganday voqealar davomini kutardilar.
\u2014 So\u2018yla, kimsan? \u2013 deb birinchi og\u2018iz ochdi nihoyat Amir Temur.
\u2014 Bandaman, \u2014 dedi chol unga tik boqqancha.
\u2014 Kimning bandasi? \u2013 deb so\u2018radi yana Amir Temur.
\u2014 Hukmdorimning, \u2014 dedi chol.
\u2014 Hukmdoring kim?
\u2014 Alloh taolo! \u2013 dedi chol.
Amir Temur cholning javobiga ichida tahsin o\u2018qidi. Bir lahzalik bu savol-javob uni ancha tinchlantirgan edi.
\u2014 Ey Alloh bandasi, \u2014 deya gap boshladi yana Amir Temur, \u2014 mening kimligimni bilasanmi?
\u2014 Bilaman. Sen ham Alloh bandasisan! \u2013 dedi chol.
\u2014 Inshoollo, xudoning bandasi Amir Temurman, \u2014 dedi Sohibqiron.
\u2014 Amir Temurligingni yaxshi bilaman.
Atrofdagilarning butun vujudi quloqqa aylanib, hukmdor bilan chol musohabasini tinglashardi.
\u2014 Allohniing mo\u2018jizasi, Xudovandi karimning marhamatiga erishgan Amir Temurman, \u2014 dedi sohibqiron har bir so\u2018ziga alohida urg\u2018u berib.
\u2014 Har bir bandaning dunyoga kelishining o\u2018zi Alloh mo\u2018jizasi, Xudovandi karimning marhamatidir, \u2014 dedi chol.
Amir Temur \u00abrost aytding\u00bb degandek bosh silkib, cholning so\u2018zini ma\u2019qulladi. Ammo o\u2018sha zahoti yodiga o\u2018g\u2018li tushdi-yu, lablari mahkam qisildi.
\u2014 O\u2018g\u2018limga nima bo\u2018lganini bilasanmi? \u2013 deb sekin so\u2018radi Sohibqiron. Ammo uning ovozini sukunat quchgan shohchodirda o\u2018tirgan hamma eshitdi.
\u2014 Kecha qal\u2019ada bir yigitni qatl etdilar. Uning ko\u2018z-qoshi senikiga o\u2018xshardi. O\u2018sha yigit o\u2018g\u2018lingmi? \u2013 dedi chol savolga savol bilan.
\u2014 Sen aytgan yigit o\u2018g\u2018limmi, o\u2018g\u2018lim emasmi, men hali bilmayman. U tirikmi, o\u2018likmi, bundan ham bexabarman, \u2014 dedi Amir Temur.
\u2014 Yigit taxminan yigirma yoshda edi, \u2014 dedi chol.
\u2014 Ha, o\u2018g\u2018lim yigirmaga chiqqan edi, \u2014 dedi Sohibqiron.
\u2014 Uni sening kelishing arafasida tongda qatl etishdi, \u2014 dedi chol.
\u2014 O\u2018sha yigitni qanday o\u2018ldirishdi, so\u2018ylab ber, \u2014 dedi Amir Temur.
\u2014 Uni qal\u2019a o\u2018rtasidagi maydonda qatl etishdi. O\u2018sha sen mening o\u2018g\u2018limni qatl etgan supada\u2026
CHol bu gapni aytib to\u2018xtadi. Amir Temur birdan yolg\u2018izlikda qiynab, ko\u2018pchilik orasida uni tark etadigan og\u2018riq yana dilida uyg\u2018onganini sezdi. Bu safar og\u2018riq har safargidan kuchlioq edi. U bor irodasini to\u2018plab, dilidagi azob yuzida zohir bo\u2018lmaslik yo\u2018lini tutdi. CHoldan boshqa biror kishi jahonni qo\u2018rquvda tutgan inson dilida qanday azob uyg\u2018onganligini sezmadi.
-Tong mahali edi, \u2014 deb nihoyat gapini davom etdi chol. \u2013 Mashriqdan chiqqan quyosh charaqlab tursa- da, mag\u2018rib tomondagi oy hali botib ulgurmagan edi.
\u2014 Uni qanday o\u2018ldirdilar? \u2013 deya toqatsizlandi Amir Temur.
\u2014 Avval o\u2018ng qo\u2018lini elkasi osha chopdilar\u2026
\u2014 Ingradimi? \u2013 deb so\u2018radi Amir Temur.
\u2014 Yo\u2018q, oh degan tovush ham chiqarmadi.
\u2014 Mening o\u2018g\u2018lim ekan! \u2014 dedi hayajonlangan Amir Temur.
\u2014 Keyin\u2026keyin chap qo\u2018lini chopdilar, \u2014 dedi chol.
\u2014 Ingradimi?
\u2014 Yo\u2018q, miq etmay chidadi.
\u2014 Mening o\u2018g\u2018lim ekan! \u2013 dedi Amir Temur.
\u2014 So\u2018ng yigitning o\u2018ng oyog\u2018ini chopdilar, \u2014 dedi chol, o\u2018sha dahshatli qatl manzarasini ko\u2018z o\u2018ngiga keltirish niyatida ko\u2018zini yumgancha.
\u2014 Ingradimi?
\u2014 Yo\u2018q. CHidadi, ko\u2018zidan bir tomchi yosh, bo\u2018g\u2018zidan bir un chiqmadi.
\u2014 Mening o\u2018g\u2018lim ekan u! \u2013 dedi Amir Temur.
\u2014 Keyin bechoraning chap oyog\u2018ini chopdilar, \u2014 deb hikoyasini davom etdi chol hamon ko\u2018zini ochmay.
\u2014 Ingradimi? \u2013 deb so\u2018radi sohibqiron.
\u2014 Yo\u2018q, ingramadi.
\u2014 Mening o\u2018g\u2018lim ekan o\u2018sha yigit! Mening o\u2018g\u2018lim! \u2013 dedi Amir Temur ko\u2018zidagi alam o\u2018rnini g\u2018urur egallab. \u2013 Keyinchi, keyin?..
\u2014 Keyinmi?.. \u2013 dedi chol mahzun ko\u2018zlarini ochib, sohibqironga tikilar ekan, \u2014 keyin yigitning ko\u2018ksini tars yordilar-da, yuragini uzib oldilar!
\u2014 Ingradimi? \u2013 dedi Amir Temur.
\u2014 Yo\u2018q, ingramadi. Faqat\u2026 \u2014 CHolning tovushi hayajondan bo\u2018g\u2018ilgandek bo\u2018ldi, u ko\u2018zlaridan oqqan yoshlarni gulxan qoraytirgan engi bilan artar ekan davom etdi. \u2013 Faqat yuragini uzib olganlari bilan, \u00abOh!\u00bb deb yubordi.
\u2014 Yo\u2018q, u mening o\u2018g\u2018lim emas ekan! \u2013 deb yubordi cholning so\u2018nggi so\u2018zini eshitib o\u2018rnidan sapchib ketgan Amir Temur.
Davradagilar Sohibqiron so\u2018zini eshitib, baravariga qalqib ketdilar. Amir Temur ularning har birining ko\u2018ziga tikilmoqchi bo\u2018lgandek, davradagilarga bir boshdan tikildi va o\u2018ziga boqib turgan cholga navbat etganda yana takrorkadi:
\u2014 Yo\u2018q, u yigit mening o\u2018g\u2018lim emas! \u2014 SHu gapni aytishi bilan sohibqironning ko\u2018z o\u2018ngini bir zum kumush yog\u2018du to\u2018sdi. Kumush yog\u2018du aro chayqalgan belanchakni ko\u2018rdi. Belanchak bo\u2018m-bo\u2018sh edi. \u201cO\u2018g\u2018lim!\u201d \u2013 deya tovushsiz o\u2018rtandi jahongir\u2026
Sohibqiron qal\u2019ani buzib tashlashni , cholga bo\u2018lsa, nima tilasa o\u2018shani berib, o\u2018zi xohlagan manziliga etkazib qo\u2018yishni buyurdi. O\u2018sha zahoti uning amri bajo keltirildi. Temir tog\u2018i erib, yana qal\u2019a tomonga oqdi va bir pasda qal\u2019adan nom-nishon qolmadi. Ertasi kuni bu simobiy oqim daryo yoqalab mag\u2018rib tomonga oqdi. Nima\u2019lumlikdan sarosimada qolib oromni unutgan olisdagi shaharu qishloqlar temir oqim qay tomonga burilishini bilmay, vahima ichida qoldi. Noma\u2019lumlik sarhadi kamaygan sayin temir oqim ularga shunchalik yaqinroq kelardi. Temir oqim chetlab o\u2018tgan manzillarda bir pasda talvasa o\u2018rnini farog\u2018at, qo\u2018rquv o\u2018rnini xotirjamlik egallar, hayot yana eski oqimiga qaytardi. Kelinchaklar yig\u2018ishtirilgan belanchaklarini yana daraxtga ilardi, yana alla aytib bolalarini uxlatib, dalaga hosil yig\u2018ish bilan ovora erlari uchun ovqat tayyorlashga urinishar, ayrim uddaburonlari o\u2018sma ezib, qoshlariga surish uchun ham vaqt topardi.
CHol Sohibqirondan hech nima so\u2018ramadi. U devorlari buzilib, er bilan tekislangan qal\u2019a atrofini tark etmadi. Bir necha kundan so\u2018ng Amir Temur to\u2018satdan cholni eslab, surishtirdi. Unga cholning qal\u2019a yonida qolganini aytdilar. Sohibqiron qo\u2018shindan bir guruh ajratib, cholni o\u2018z huzuriga olib kelishlarini buyurdi. Guruh bir necha kun yo\u2018l bosib, manzilga etib keldi, ammo chor-atrofni qidirib cholni topa olmadi. Jangchilar chol daryo sohilida bir kun oldin paydo bo\u2018lgan qabrda ko\u2018milganidan bexabar edilar. Uni dafn etgan podachilar esa sharqdagi tog\u2018 qoyalaridan haydab tushgan podalari bilan allaqachonlar olislab ketgan, ular cholning Amir Temur va uning o\u2018g\u2018li haqidagi mahzun hikoyasini allaqachonlar afsona qilib aytib borardilar\u2026
Afsona mana shu erda yakunlanadi.
Vassalom.
<\/li>\n<\/ol>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"