{"id":153561,"date":"2025-09-18T11:55:24","date_gmt":"2025-09-18T08:55:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153561"},"modified":"2025-09-18T13:39:22","modified_gmt":"2025-09-18T10:39:22","slug":"amir-temur-vasiyatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-vasiyatlari\/","title":{"rendered":"Amir Temur vasiyatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>1404 yilning kuz kunlaridan birida Ko\u2019ksaroyda o\u2019tkazilgan harbiy kengashda Xitoyga yurishni kelgusi yil (1405 yil)ning bahorida boshlashga qaror qilindi. Kengashda har bir qo\u2019shining yurish paytidagi o\u2019rni aniqlanib, qishlaydigan joylari belgilandi. Amirzoda Xalil Sulton bilan Amirzoda Ahmad va barong\u2019or (o\u2019ng qanot) amirlari Xudoydod Husayniy, Shamsiddin Abbos va boshqalar Shohruhiya, Toshkent va Sayramda, Amirzoda Sulton Husayn javong\u2019or (so\u2019l qanot)ning bir qismi bilan Yassi (Turkiston) va Sabronda, Amir Temurning o\u2019zi qo\u2019shinning markaz qismi va nabiralari \u2013 Mirzo Ulug\u2019bek, Ibrohim Sulton, Jahongir Mirzo va amirlardan Berdibek, Shohmalik, Shayx Nuriddin, Sor Bug\u2019o va Xoja Yusuflar bilan Oqsulotda qishlaydigan bo\u2019lishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, yurishni boshlash fursati ham yetib keldi. Hijriy 807 yil jumodi ul-avval oyining 20-si payshanba kuni (miloduy 1404 yil 27 noyabr kuni) Amir Temurning xos munajjimi mavlono Badriddin Sohibqiron hazratlarining amri bilan fol ochib, safar vaqtini belgiladi. 1404 yil 28 noyabr kuni erta bilan Amir Temur 200 ming kishilik katta qo\u2019shinni yetaklab Samarqanddan chiqdi va qishlov joyi etib belgilangan Oqsulotga qarab yo\u2019l oldi va Qora buloq, Ilon o\u2019ti va Tomliq orqali Oqsulotga kelib tushdi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Oqsulotda 50 kun turdi. Mirzo Ulug\u2019bek, Ibrohim Sulton va Jahongir Mirzo ham bobosi bilan shu yerda bo\u2019lishdi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Osmon hali Jadi burjidan og\u2019magan, sovuq shiddati hali pasaymagan, qahraton qish va sovuq butun borliqni qaqshatib turardi. Deyali har kuni qor yog\u2019ardi. Shunga qaramay, Amir Temur o\u2019sha hijriy 807 yil jumodi ul-oxir oyining 21-kuni (milodiy 1404 yil 26 dekabr kuni) Oqsulotdan ko\u2019chib, O\u2019trorga qarab yo\u2019l oldi. Oqsulotdan Uzun otaga, undan Sutkanga, u yerdan Qamarsho otaga bordi va nihoyat, Sulton shayx bilan Zarnuqni ham bosib o\u2019tdi, Sayhun (Sirdaryo) sohiliga yetib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oxirgi kunlar, o\u2019chakishganday, qor tinim bilmay yog\u2019ar, sovuq avvalgidan ham zo\u2019rayib borar edi. Mol-holga ham, odamlarga ham qiyin bo\u2019ldi o\u2019sha kunlari. Ba\u2019zi odamlarning qo\u2019l-oyog\u2019ini sovuq oldi. Daryo ham qattiq va qalin muzlagan edi. Oldinga yuborilgan qorovullar, ko\u2019p taftishu tekshirishlardan keyin, muzning qalinligi ikki-uch gazga (taxminan 2 metrga) yetganligini aniqlab qaytdilar. Oliy o\u2019rdu muz ustiga tashlangan namat va gilamlar ustidan o\u2019tdilar. Daryoning o\u2019ng sohilida Amir Temurni xotinlari, shahzodalar, katta amirlar va hazrat Sohibqironning navkarlarini O\u2019tror hokimi amir Berdibek boshliq shahar boyonlari, Yassi (Turkiston) hokimi Arslonxo\u2019ja tarxon va Turkistonning ko\u2019zga ko\u2019ringan ulamolari, mashoyixlar va zodagonlar kutib olishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur o\u2019sha yili rajab oyining 12-kuni (milodiy 1405 yil 13 yanvar kuni) O\u2019trorga yetib bordi va amir Berdibekning saroyiga kelib tushdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrat Sohibqiron O\u2019trorda bir oydan ko\u2019proq vaqt turdi. G\u2019ulda (markazda) turishi kerak bo\u2019lgan qo\u2019shinlar esa O\u2019tror tevaragidagi qishloqlarga olib borib joylashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha kunlari Amir Temur qatti betob edi. Shunga qaramay, tez-tez Toshkent, Shohruhiya, Sayram va Turkistonga choparlar yuborib, u yerda turgan lashkarlarning umumiy ahvolidan xabar oldilar, amirlar, vazirlarini to\u2019plab majlis va kengashlar o\u2019tqazar, yaqin orada boshlanadigan katta harbiy yurish bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan masalalarni qayta-qayta muhokamaga qo\u2019yardi. Kengashlarda Chingiziy o\u2019g\u2019lonlar ham qatnashar edilar. Ularning orasida Jo\u2019chixonning avlodi Tog\u2019atemirxonning o\u2019g\u2019li Chehra o\u2019g\u2019lon, O\u2019gaday qoonning avlodi Toyzi o\u2019g\u2019lonlar ham bor edilar. Ular ham o\u2019z qo\u2019shini bilan shu yurishda qatnashayotgan edilar\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin bus afar buyuk jahongirning omadi kelmadi. Xitoyga yurish yarim yo\u2019lga bormasdan to\u2019xtatildi. Hijriy 807 yil sha\u2019bon oyining 10-kuni (1495 yil 11 fevral kuni) hazrat Sohibqironning kasali birdan zo\u2019rayib ketdi. O\u2019sha zamonlarda yozilgan kitoblarda uning kasali haqida aniq bir ma\u2019lumot uchratmadik. Amir Temurning Hindistonga qilgan harbiy yurishi (1398-199 yillar) tarixini yozib qoldirgan olim G\u2019iyosiddin Ali Amir Temur Hindiston ustiga qilgan yurishi paytida og\u2019rib qolganligi va uni qaytishda taxtiravonga solib olib kelganliklarini ma\u2019lum qiladi. \u201cZafarnoma\u201d asarining muallifi Sharafuddin Ali Yazdiy: \u201cHazrat Sohibqironni o\u2019sha vaqtlarda ko\u2019p kasalliklar chulg\u2019ab olgan edi\u201d, deb yozadi. Nima bo\u2019lganda ham, bu galgi xastalik Amir Temur uchun oxirgi kasallik bo\u2019ldi. Bunga oliy o\u2019rdadagilarning ko\u2019pchiligi ishonch hosil qilishgan edilar. Hoziki zamon (mashhur shifokor) mavlono Tabriziy podshohni muolaja qilishda ko\u2019p tirishib harakat qildi, lekin foydasi bo\u2019lmadi. Bemorning ahvoli kun sayin, soat sayin og\u2019irlashib boraverdi. Lekin, hazrat Sohibqiron ham, hamma qatori, hayotdan umid qilardi. Chunki hali qiladigan yumushlari ko\u2019p. Muhimi, oldinda Xitoy turibdi\u2026 Bir kuni u nonushtadan keyin o\u2019rdadagi va yaqin o\u2019rtadagi bor tabiblarni huzuriga chorladi. U aniq gapirolmasdi, ammo nursiz ko\u2019zlarida \u201cnima qilib bo\u2019lsa ham meni kasallik balosidan xalos qilinglar\u201d, degan yolvorish alomatlari yonib turardi. Lekin, ming afsuslar bo\u2019lsinkim, eng hech kim, hech narsa yordam berolmasdi. Bora-bora Amir Temurning o\u2019zi ham sog\u2019ayib ketishiga unchalik ko\u2019zi yetmay qoldi. Shipga termulib yotgan kezlari bir umr ot ustida o\u2019ltirib, qilib chopib kechirgan hayoti ko\u2019z o\u2019ngidan bir-bir o\u2019tdi. Movarounnahrdan mo\u2019g\u2019ullarni surib chiqargani, mahalliy hokimlar, boy-badavlat kishilarning boshboshdoqligini bartaraf qilib, el-ulusda tinchlik o\u2019rnatgani va bu bilan kosibu dehqonning tinch mehnat qilishi va xotirjam yashashiga imkon yaratganligi, kasb-hunar va savdo-sotiqqa rivoj berganligi, shaharlar, muhtasham qasrlar, qal\u2019alar, masjidu madrasalar va bog\u2019u rog\u2019lar barpo qilgani, nahrlar qazdirib, qaqrab yotgan yerlarga suv chiqarganini eslaganda ko\u2019ngli bir qadar taskin topganday bo\u2019lardi. El-yurtning tinchligi vas hon-shuhrati deb o\u2019zga yurtlarda olib borgan qirg\u2019inbarot urushlarni eslaganda esa a\u2019zoyi badanini titroq bosib, sovuq terga botardi, qilgan ishidan bir qadar pushaymon bo\u2019lardi, lekin tavba-tazarru\u2019 qilmasdi. Nima, bunday ishni u bir o\u2019zi qilganmi? Axir, mamlakatning tinchligi va xavfsizligi shunday qilishni talab qilgan-ku. Shu yerda uning esiga o\u2019tgan yili Konigilda Xitoy elchisi aytgan bir gap eshiga tushdi. \u201cBojni bizdan berib yuborasizmi yoki o\u2019zingiz olib borib berasizmi?\u201d degan edi u bezbetlarcha. Temur javob qilgandi: \u201cSiz ovora bo\u2019lmang, o\u2019zimiz olib boramiz!\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrat Sohibqiron 15 fevral kuni katta xotinlari, shahzodalar, naqib, qozi va katta amirlari: Berdibek, Sor Bug\u2019o, Shayx Nuriddin, Shohmalik va Xoja Yusuflarni huzuriga chaqirtirib, o\u2019zining so\u2019nggi hukmini e\u2019lon qildi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cKunim bitganga o\u2019xshaydur. Sizlarni Tangri taoloning lutfu marhamatiga topshirdim. Aslo obidiyda qilib (yig\u2019i-zor qilib) o\u2019ltirmanglar, undan ne foyda? E, attang! Tamom Eronu Turonni zabt etdim, bechoralarga ozor yetkizdim. Uning uchun Tangri taolo gunohimni kechirsin. Lekin uni el-yurt va raiyyat tinchligi va omonligi uchun deb qildim. Jahon xalqlari etagidan zolimlarning zo\u2019ravonlik qo\u2019lini yulib tashladim Lekin, aksiga olib, dun menga bevafolik qildi. U sizlarga ham vafo qilmaydi. Ammo, nima bo\u2019lganda ham, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun deb qilingan ishlar qiyomat kuni kechirilgay.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 farzandimiz Pirmuhammad Jahongirni valiahd (toj-taxt vorisi) etib tayinladik. Samarqand taxtini unga topshirdik. Endi barchangiz ul xumoyun tole\u2019lik shahzodaga tobe\u2019 va mute\u2019 erursizlar. Unga tobe\u2019lik va itoatkorlik halqasini bo\u2019yinlaringizga osib, xizmatkorlik kamarini belga mahkam qilib bog\u2019lashingiz zarur. Hamma vaqt, hamma yerda u bilan bir jonu bir tan bo\u2019lingizlar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu gaplarni aytdi-yu, so\u2019ng bir necha daqiqa o\u2019zidan ketdi. So\u2019ng yana o\u2019ziga keldi va boshqa amirlar va vazirlarni ham chaqirtirdi, boshda aytgan gaplarini yana bir karra takrorladi, so\u2019ng buyurdi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMening vasiyatlarimga sodiqmiz\u201d, deb qasam ichinglar!\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keyin, amir Shayx Nuriddin bilan Shohmalik hazrat Sohibqironning atrofiga yig\u2019ilganlarning hammasini tiz cho\u2019ktirib, \u201cAmirzoda Pirmuhammadga sodiqmiz\u201d, deb qasamyod qildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Duo va fotihadan keyin yig\u2019ilganlar o\u2019rinlaridan qo\u2019zg\u2019aldilar va qo\u2019llarini ko\u2019ksiga qo\u2019yib, orqasi bilan eshik tomon yurtdilar. Ostonaga yetganlarida Shayx Nuriddin bilan Shohmalik kelgan joylarida to\u2019xtab qoldilar va orqaga burilib, bemorga nazar tashladilar. Ular xushsiz bo\u2019lsa-da, ko\u2019zlari ochiq edi. Unga ikki bukilib yana bir bor ta\u2019zim qildilar. Amirlar bir-birlari bilan ko\u2019z urishtirib oldilar-u, to\u2019xtagan joylaridan jilolmay qoldilar. Ular vaziyatni angladilar. Amirlar hazrat Sohibqironning bizga biron maxsus ko\u2019rsatmasi, biron gapi border, deb o\u2019yladilar. Amir Temurning ko\u2019ngliga esa, amirlarning boshqalardan yashirincha unga aytaturg\u2019on muhim gapi border degan fikr kechdi. Hazrat Sohibqiron oyoq tarafida o\u2019ltirgan Ulug\u2019bekka imo-ishora bilan amirlarni qaytarib kelishni buyurdi. Lekin bola uqmadi. U xayolan nimalarnidir o\u2019ylab o\u2019ltirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, otasi ham, onasi ham unga zarur g\u2019amxo\u2019rlikni ko\u2019rsatishmagan. U bir umr bobosi va katta onasi Bibixonimning qo\u2019ltig\u2019ida katta bo\u2019ldi. Yirik davlat arboblari, olimlar va shoirlar bilan to\u2019lib-toshgan saroy unga makon bo\u2019ldi. U shu yerda hech narsadan kamchilik tortmay katta bo\u2019ldi. Endi bo\u2019lsa bu-hamma vaqt jiddiy, talabcha, shu bilan birga hammaning mushkulini oson qilgan bobosi og\u2019ir ahvolda, chorasiz yotibdi. Og\u2019ir dard bilan olishib yotibdi. U, xudo saqlasin, o\u2019lib-netib qolsa, unda nima bo\u2019ladi? U qanday kun kechiradi? Ulug\u2019bekning xayolini asosan shu narsa olib ketgan edi. Uni Bibixonimning chaqirig\u2019i xushiga keltirdi. <\/p>\n\n\n\n<p>-Ulug\u2019jon, darhol borib amir Shayx Nuriddin bilan Shohmalikni chaqirib keling.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek darrov o\u2019ziga keldi va bobosining boshida o\u2019ltirgan katta onasiga ikki bukilib ta\u2019zim qildi, so\u2019ng eshikka qarab chopdi. Amirlar tez orada qaytib keldilar va hazrat Sohibqironning imo-ishorati bilan uning oyoq tarafida tiz cho\u2019kdilar. So\u2019ng Temur kuchsiz, bo\u2019g\u2019iq ovoz bilan ularga murojaat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>-Menga janoblarning ne gapi bor edi?<\/p>\n\n\n\n<p>Shohmalik o\u2019rnidan turdi va chuqur ta\u2019zim qilib, Sohibqironga murojaat qildi:<\/p>\n\n\n\n<p>-Oliy hazrat, Xalil Sulton bilan Sulton Husaynlarni chaqirtirsakmikin? Valiahd xususidagi gaplarni ular ham podshohi olamning muborak og\u2019izlaridan eshitsalar durust bo\u2019larmidi?<\/p>\n\n\n\n<p>Hazrat Sohibqiron nimalarnidir pichirladi. Lekin faqat Bibixonim reining lab ishoralariga qarab, taxminan tushundi. Amir Temur boshini xiyol chayqadi va zo\u2019r qiyinchilik bilan yana nimalarnidir pichirladi. Butun vujudi bilan quloqqa aylanib o\u2019ltirgan xonim \u201cShoxrux\u201d so\u2019zini xiyol angladi va podshohning Shohruhni ko\u2019rish niyati borligini uqli va bu fikrni amirlarga bildirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur ko\u2019zlarini yana yumib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, o\u2019tgan yili yozda Konigilda bo\u2019lib o\u2019tgan to\u2019yu tomoshalar arafasida Berdibek, Shayx Nuriddin va Shohmalik G\u2019aznadan Amirzoda Pirmuhammad Jahongirni va Hirotdan Mirzo Shohruhni chaqirtirish haqida o\u2019rtaga maslahat solganlarida, hazrat Sohibqiron Amirzoda Pirmuhammad Jahongirni chaqirtirishga rozilik berdi-yu, lekin Shohrux xususida, avval, bir nima demadi. Keyin o\u2019ylab ko\u2019rib, \u201cIroq bilan Ozarbayjonning tinchligi Shohruhning Xurosonda bo\u2019lishligini taqozo etadur\u201d, deb qo\u2019ya qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>16 fevral kuni ertalab Amir Temur tamom tildan qoldi. Nonushtadan keyin xonaga saroy imomi taklif qilindi. Fotiha va Qur\u2019on tilovatidan keyin hamma imomga ergashib, hazrat Sohibqironni uzundan-uzoq duo qildi. O\u2019sha kuni choshgohdan yarim kechagacha hazrat Sohibqiron behush yotdi. Lekin, ertasi kuni sahar payti u yana bir oz o\u2019ziga keldi, ko\u2019zlari yorishib, lablari qimirlab qoldi va nimalarnidir shivirlab ketdi. Tevarak-atrofida o\u2019ltirganlar \u201cmamlakat\u201d, \u201craiyyat\u201d, \u201cg\u2019ofil\u201d, \u201cshamshir\u201d, \u201cEron\u201d, \u201cTuron\u201d, \u201cixtilof\u201d so\u2019zlarini zo\u2019rg\u2019a uqdilar. Bibixonim hazrat Sohibqiron aytmoqchi bo\u2019lgan gapini shu so\u2019zlarga qarab tikladi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMamlakat bilan raiyyatning rifohiyati (yuksalishi) xususida nima deyilgan bo\u2019lsa yodda tutinglar, raiyyat ahvolidan g\u2019ofil (bexabar) qolmangiz, Eron bilan Turonni ehtiyot qilinglar. Shamshirni mahkam tutinlar. Mabobo orangizda ixtilof (kelishmovchilik) chiqib qolguday bo\u2019lsa oqibati yaxshi bo\u2019lmaydi\u201d, dedilar valine\u2019matimiz\u201d, &#8212; dedi Bibixonim ko\u2019zlariga yosh olib. Shundan keyin, Amir Temur yana o\u2019zidan ketdi va hijriy 807 yil sha\u2019bon oyining 17-kuni (milodiy 1405 yil 18 fevral kuni) shom bilan xufton oralig\u2019ida bu ulug\u2019 inson olamdan ko\u2019z yumdi. (Sharafuddin Ali Yazdiy. \u201cZafarnoma\u201d kitobidan).<\/p>\n\n\n\n<p>**** **** ****<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMamlakatlarni fath etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma\u2019lum bo\u2019lsanki, Tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko\u2019plab farzandlarim, avlodim va zurriyotim saltanat taxtiga o\u2019tirib mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish bobida o\u2019zim qo\u2019llagan ishlarni bir necha tuzukka bog\u2019ladim va saltanatni boshqarish haqida bir qo\u2019llanma yozib qoldirdim. Har birlari unga muvofiq ish tutsinlar, mehnatu mashaqqatlar, ko\u2019p harbiy yurishlar va urush-taloshlar bilan, Tangri taoloning inoyati, hazrat Muhammad payg\u2019ambarning, unga Tangri taoloning marhamatlari va salomlari bo\u2019lsin, tole\u2019 baland millatining sharofati, onhazratning ulug\u2019 ahvoli va himmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do\u2019stligim tufayli qo\u2019lga kiritgan saltanat va davlatni saqlagaylar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tuzuklardan saltanat ishlarini boshqarishda qo\u2019llanma o\u2019rnida foydalangaylar, toki mendan ularga qoladigan saltanat va davlat zararu tanazzuldan (o\u2019pirilishlardan) omon qolgay.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi mening nomdor va baxtiyor farzandlarim va mamlakatlarni zabt etuvchi iqtidorli (qudrati) nabiralarimga yo\u2019l-yo\u2019rig\u2019im shulki, men o\u2019n ikki tuzukni o\u2019zimga shior qilib olib saltanatdorlik martabasiga erishdim. Shu o\u2019n ikki tuzuk yordamida mamlakatlarni zabt etib, davlatimni boshqardim va saltanat taxtiga zeb-ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Mening va o\u2019zlarining davlatu saltanatlarini ehtiyot qilsinlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat va saltanatdorlikka bog\u2019lagan <strong>birinchi tuzugim<\/strong> shulki, Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga jahonda rivoj berdim. Har yerda va hamam vaqt Islom dinini quvvatladim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ikkinchisi<\/strong> shulki, o\u2019n ikki tabaqa (sayyidlar, ulamo, duog\u2019oy, taqvodorlar, amirlar, sipohiylar, raiyyat, vazirlar, mansabdorlar, hokimlar, hunarmandlar, dehqon va boshqalar) yordamida mamlakatlarni zabt etdim va ularni idora qildim. Saltanat va davlat ustunlarini o\u2019shalar yordamida mustahkamladim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Uchinchisi<\/strong> shulki, maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik, xushyorlik va ehtiyotkorlik bilan g\u2019anim lashkarini yengib, mamlakatlarni o\u2019zimga bo\u2019ysundirdim. Saltanat va davlat ishlarini murosayu madora, muruvvat, sabr-toqat bilan yurgizdim. Ko\u2019p narsani bilim tursam ham o\u2019zimni bilmaslikka soldim, do\u2019stu dushman bilan murosayu madorada bo\u2019ldim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>To\u2019rtinchisi<\/strong>, davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. Tura va tuzukka tayanib, saltanatda o\u2019z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyyat, har biri o\u2019z lavozim va martabasidan mamnun holda xizmatimda bo\u2019lib, undan ortig\u2019iga da\u2019vogarlik qila olmadilar.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Beshinchisi<\/strong>, amirlarim va sipohiylarimni martaba va unvonlar, oltin va kumush bilan xushnud qildim, bazmlarda ularga o\u2019z yonimdan joy berdim. Shuning uchun janglarda fidoyilik qildilar. Dirhamu dinorni ulardan ayamadim. Ularning yumushlarini yengillashtirish uchun mehnatu mashaqqatlarini o\u2019zimga oldim va ularni tarbiya qildim. Amirlar, sipohsolorlar, bahodirlar bilan ittifoq bo\u2019lib va ularning mardligu mardonavorligiga tayanib, shamshir zarbi bilan yigirma yetti podshohning toj-taxtini egalladim. Turon, Eron, Rum, Mag\u2019rib, Misr, Shom, har ikkala Iroq, Mozandaron, Gilon, Shirvon, Ozarbayjon, Fors, Xuroson, Jete (Mo\u2019g\u2019uliston), Dashti qipchoq, Xorazm, Xo\u2019tan, Kobuliston, Boxtarzamin (Balx) va Hindistonga podshoh bo\u2019lib, hukm yurgizdim.<\/p>\n\n\n\n<p>Saltanat choponini kiygach, o\u2019z to\u2019shagimda rohatda uxlash va huzur-halovatdan voz kechdim. O\u2019n ikki yoshimdan turli yurtlarni kezdim, ranju mehnat tordim. Har turli tadbirlar qo\u2019lladim, g\u2019anim to\u2019dalarini sindirdim. Amirlar va sipohiylarning isyonlarini ko\u2019rdim, ulardan achchiq so\u2019zlar eshitdim. Lekin, sabru bardosh bilan o\u2019zimni eshitmagan va ko\u2019rmaganga solib ularni tinchitdim. Qilich ko\u2019tarib, jang maydoniga otildim va shu tariqa dunyoda nom chiqardim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Oltinchisi<\/strong>, adolatu insof bilan Tangri taoloning yaratgan bandalarini o\u2019zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasigan hukm chiqardi. Xayru ehson ishlarim bilan odamlarning ko\u2019nglidan joy oldim.<\/p>\n\n\n\n<p>Siyosat va insof bilan sipohiylarim va raiyyatni umid va qo\u2019rqinch orasida tutdim. Fuqaro va qo\u2019l ostimdagilarga rahmdillik qildim, sipohiylarga in\u2019omlar ulashdim.<\/p>\n\n\n\n<p>Zolimlarga qarshi mazlumning arz-dodiga yetdim. Zolim yetkizgan moddiy va jismoniy zararni isbotlaganimdan keyin, uni shariatga muvofiq odamlar orasida muhokama qildim, bir gunohkor o\u2019rniga boshqasiga jabr-zulm o\u2019tkazmadim.<\/p>\n\n\n\n<p>Menga yomonliklar qilib, boshim uzra shamshir ko\u2019tarib, ishimga ko\u2019p ziyon yetkazganlarga ham, iltijo qilib, tavba-tazarru\u2019 qilib kelganda hurmatlarb, yomon qilmishlarini xotirimdan o\u2019chirdim. Aksincha, ularning martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo\u2019l tutdimki, xotiralarida menga nisbatan shubha va qo\u2019rquv bo\u2019lsa, tamoman unutadigan bo\u2019lishdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Yettinchisi<\/strong>, sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar, muhaddislar va tarixshunoslarni sara va e\u2019tiborli kishilar deb hisoblab, hurmat-izzatlarini o\u2019rniga qo\u2019ydim. Shijoatli kishilarni do\u2019st tutdim, chunki Tangri taolo jasur kishilarni yoqtiradi. Olimlar bilan suhbatda bo\u2019ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpinib yashadim. Ularning himmatlaridan ulush tilab, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qildim. Darvish, faqir va miskinlarni o\u2019zimga yaqin tutdim, ularning ko\u2019ngillarini oldim, biron talablarini rad etmadim. Buzuqi, og\u2019zi shaloq, g\u2019iybatchi odamlarni majlislarimga yo\u2019latmadim. So\u2019zlariga amal qilmadim. Biron kimsa xususida tuhmatu g\u2019iybat qilsalar, quloq solmadim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sakkizinchisi<\/strong>, azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishni o\u2019ylasam, butun zehnim va vujudim bilan bog\u2019lanib, uni bitirmagunimcha undan qo\u2019l uzmadim. Har neki desam, unga amal qildim. Hech kimga g\u2019azab bilan qattiq muomalada bo\u2019lmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g\u2019azabiga duchor bo\u2019lmayin va ishimni buzib, ahvolimni tang etmasin, deb. Odam Atodan boshlab Muhammad payg\u2019ambargacha, undan to hozirgi kungacha o\u2019tgan sultonlarning qonunlarini va turish-turmushlarini donolardan so\u2019rab-surishtirdim. Har qaysilarining yo\u2019l-yo\u2019riqlari, turish-turmushlarini, qilish-qilmishlari va aytgan gaplarini xotirimda saqladim, yaxshi xulq-atvorlari, ma\u2019qul sifatlaridan o\u2019rnak olib, ularga amal qildim. Davlatlarinign tanazzulga (buzilishga) uchrashi sabablarini surishtirdim va davlat va saltanat zavoliga sabab bo\u2019luvchi ishlardan saqlandim. Asli buzuvchi, ocharchilik va vabo kasali keltiruvchi zulm va buzuqchiliklardan saqlanishni o\u2019zimga lozim, deb bildim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>To\u2019qqizinchisi<\/strong>, raiyyat ahvolidan ogoh bo\u2019ldim. Ulug\u2019larini ota qatorida, kichiklarini farzand o\u2019rnida ko\u2019rdim. Har yerning tabiati, har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif bo\u2019lib turdim. Har bir yurt va shahar aholisining ulug\u2019lari bilan do\u2019st tutindim. Ularning mizojlari va tabiatiga to\u2019g\u2019ri kelgan, o\u2019zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim. Har bir mamlakat xalqining ahvolidan ogoh bo\u2019lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipoh va raiyyatning kayfiyatini, turish-turmushini, qilish-qilmishlarini, o\u2019rtalaridagi aloqalarini xatga bitib, menga bildrib turishlari uchun diyonatlik, to\u2019g\u2019ri so\u2019z kishilarni belgiladim. Bordi-yu, egri yozganlari menga ma\u2019lum bo\u2019lib qolsa, ularni jazoladim. Hokimlar va sipohdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini eshitsam, ularga nisbatan darhol adolat va insof yuzasidan chora ko\u2019rdim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2019ninchi<\/strong>, turku tojik, arabu ajamning turli toifa va qabilalaridan bo\u2019lgan va xizmatimga kirgan kishilarning ulug\u2019lariga izzat-ikrom ko\u2019rsatdim, qolganlarini ham o\u2019z holiga yarasha siyladim. Yaxhilariga yaxshilik qildim, yomonlarini o\u2019z yomonliklariga topshirdim.<\/p>\n\n\n\n<p>Kim menga do\u2019stlik qilsa qadrladim, xizmatini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko\u2019rsatdim. Kimki xizmatimni qilsa, xizmati haqini berdim. Kimki menga dushmanlik qilsa-yu, keyin pushaymon bo\u2019lib, iltijo qilib, himoya istab, huzurimga kelib tiz cho\u2019ksa, dushmanligini unutib, muruvvat va do\u2019stlik qildim. Masalan, ulug\u2019 amirlardan Sher Bahrom, avval menga hamroh edi, boshimga mushkullik tushganda meni tashlab ketdi va g\u2019animlarimga qo\u2019shildi, menga qarshi qilich ko\u2019tardi. Oxiri bergan tuzim haqqi tiz cho\u2019ki, yana iltijo bilan huzurimga keldi. Haqiqiy er yigit ekani va jangu jadal bilan suyagi qotgan mard kishilardan bo\u2019lganligi sababli, qilgan barcha yomon ishlarinign hammasiga ko\u2019z yumdim. Huzurimga kelganda o\u2019zini hurmatlab, martabasini oshirdim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2019n birinchisi<\/strong>, farzandlar, qarindoshlar, yoru birodarlar, qo\u2019shnilar va men bilan bir paytlar do\u2019stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne\u2019mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etdim. O\u2019z farzandlarim, qavmu qarindoshlarimdan qarindoshlik mehrini uzmadim. Ulardan noravo ish o\u2019tgan bo\u2019lsa ham darhol qo\u2019l-oyog\u2019ini bog\u2019lab o\u2019ldirishga buyurmadim. Turli yo\u2019llar bilan sinab, bilib oldim va ular bilan shunga yarasha muomala qildim. Hayotning ko\u2019p issiq-sovug\u2019ini ko\u2019rib, ulardan saboq oldim, tajribamni oshirdim. Shu sababdan, do\u2019stu dushman bilan kelishib yashadim.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>O\u2019n ikkinchisi,<\/strong> do\u2019st dushmanligiga qaramay, hamam yerda sipohiylarni hurmat qildim, chunki ular boqiy mato bo\u2019lgan jonlarini foniy dunyo moli uchun sotadilar, o\u2019zlarini jang maydoniga, halokatga otib, jonlarini qurbon qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar dushman sipohiyidan biron kimsa o\u2019z valine\u2019matiga, ya\u2019ni non-tuz bergan sohibiga sidqidiqldan xizmat qilib, urush kunlarida menga qarshi qilib ko\u2019targan bo\u2019lsa ham, unday odamga nisbatan lutf-marhamat ko\u2019rsatdim. Panoh istab qoshimga kelganda, uni qadrlab ishonchini qozondim, vafodorligi va haqqoniy xizmat qilishiga ishondim.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaysi bir sipohiy tuz-non haqqi va vafodorlikni unutib, xizmat paytida o\u2019z egasidan yuz o\u2019girib, mening oldimga kelgan bo\u2019lsa, unday odamni o\u2019zimga eng yomon dushman, deb bildim. Chunonchi, To\u2019xtamishxon bilan bo\u2019lgan urushda uning amirlari menga har xil xabarlar va shikoyatlar yozib, o\u2019z hukmdori, ya\u2019ni mening dushmanim bo\u2019lmish To\u2019xtamishxonning non-tuz haqqini unutdilar. Vafodorlik va haqiqatni bir chetga yig\u2019ishtirib qo\u2019yib, mening huzurimga panoh izlab kelgan edilar, ularni la\u2019natladim va o\u2019zimcha \u201cbular o\u2019z sohibiga vafo qilmagandan keyin, menga vafo qilarmidilar\u201d, deb o\u2019yladim.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, davlat agar dinu qonun asosiga qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi (ulug\u2019ligi), qudrati va tartibi yo\u2019qoladi. Bunday saltanat yap-yalang\u2019oc odamga o\u2019xshaydirkim, uni ko\u2019rgan har qanday odam undan yuzini olib qochadi. Yoki u har turli qalang\u2019i-qasang\u2019ilar tap tortmay kirib-chiqadigan tomsiz, eshigi va to\u2019sig\u2019i yo\u2019q uyga o\u2019xshaydir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu sababdan, men o\u2019z saltanatim binosini islom dini, tur ava tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. <\/p>\n\n\n\n<p>\u2026Baxtiyor farzandlarim, qudratli nabiralarimga va bir kuni saltanat tepasiga keladigan zurriyotimga saltanat ko\u2019rish, davlat tutish bobida shularni yozib qoldirdim\u201d. (\u201cTemur tuzuklari\u201ddan).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1404 yilning kuz kunlaridan birida Ko\u2019ksaroyda o\u2019tkazilgan harbiy kengashda Xitoyga yurishni kelgusi yil (1405 yil)ning bahorida boshlashga qaror qilindi. Kengashda har bir qo\u2019shining yurish paytidagi o\u2019rni aniqlanib, qishlaydigan joylari belgilandi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-vasiyatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-153561","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153561","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153561"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153565,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153561\/revisions\/153565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}