{"id":153566,"date":"2025-09-18T13:50:47","date_gmt":"2025-09-18T10:50:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153566"},"modified":"2025-09-18T15:55:47","modified_gmt":"2025-09-18T12:55:47","slug":"amir-temur-maslahatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-maslahatlari\/","title":{"rendered":"Amir Temur maslahatlari"},"content":{"rendered":"\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Saltanat ishlarida to\u2019rt ishni qo\u2019llash kerak: 1) kengash; 2) mashvarat va maslahat; 3) xushyorlik va mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik.<\/li>\n\n\n\n<li>Saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bitgay. Yana bir qismi bilib bilmaslikka, ko\u2019rib-ko\u2019rmaslikka solish bilan bitur.<\/li>\n\n\n\n<li>Donishmandlar aytgan ekanlarki, o\u2019z o\u2019rnida qo\u2019llanilgan tadbir bilan katta lashkarning qilichi ojizlik qilgan gar qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj (to\u2019da-to\u2019da) askarini yengib bo\u2019lur.<\/li>\n\n\n\n<li>Azmi qat\u2019iy, tadbirkor, hushyor, urush ko\u2019rgan, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir.<\/li>\n\n\n\n<li>G\u2019anim lashkarini sindirish askarning ko\u2019pligi bilan emas, mag\u2019lub bo\u2019lish esa siphoning kamligidan bo\u2019lmaydi. Balki Ollohning madadi va bandasinign tadbiri bilan bo\u2019ladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ostida yashiringan bo\u2019lsa ham, aqli raso va hushyor kishi mulohazakorlik, tadbir va kengashga tayanishi lozim.<\/li>\n\n\n\n<li>Yuz ming otliq askar qilolmagan ishni bir to\u2019g\u2019ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.<\/li>\n\n\n\n<li>Qaysi bir ishda ikki xatar mavjud bo\u2019lsa, uni qilmas edim. Bir xatarlik ishni ixtiyor qilardim.<\/li>\n\n\n\n<li>So\u2019zlarida ittifoqlik bo\u2019lgan kishilargina kengash ahli bo\u2019la oladilar.<\/li>\n\n\n\n<li>G\u2019animlarimni chuchuk so\u2019z, shirin hikoyatim bilan o\u2019z tarafimga og\u2019darib olmoqni va ularning vujudidagi g\u2019azab o\u2019tini to\u2019g\u2019ri tadbir suvi bilan o\u2019chirmoqni maslahat ko\u2019rdim.<\/li>\n\n\n\n<li>Saltanatni egallashga da\u2019vogarlik qilib xuruj qilgan ekansan, saltanat sha\u2019ni va martabasiga loyiq ish tutishing lozim.<\/li>\n\n\n\n<li>Men adolat bilan hamkorlik qilishga azmu jazm qildim.<\/li>\n\n\n\n<li>Maslahatni shunda ko\u2019rdimki, epchillik, uddaburonlik qilib, dushman lashkar to\u2019plab ulgurmasdan burun, ularga zarba berib, to\u2019zitib yubormoqni munosib ko\u2019rdim.<\/li>\n\n\n\n<li>Mo\u2019g\u2019ullar men turgan yer va lashkarim qay ahvolda ekanligini bilib kelish uchun oldimga elchi jo\u2019natdilar. Elchini chalg\u2019itish maqsadida lashkarimni ikki marta qayta-qayta uning oldidan o\u2019tkazdirdim.<\/li>\n\n\n\n<li>Men bilan ittifoqi buzilgan amirlarni birma-bir xoli joyga chaqirtirib, har qaysisi bilan alohida gaplashdim. Mol-dunyoga hirs qo\u2019ygan ochko\u2019z va ta\u2019magirlariga mol-dunyo va\u2019da qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko\u2019z tikkan amalparastlarga qo\u2019lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim. Ularning hammasini umid va qo\u2019rqinch orasida saqladim. Qolgan sipohiylarni ham yemak-ichmak va kiyim-kechak umidi, shirin so\u2019z va ochiq chehra bilan o\u2019zimga rom qildim. Bir xizmatini o\u2019n barobar qilib taqdirlab, dilini xushnud etdim. Natijada, meni qo\u2019llab-quvvatlaganlar ham, teskari bo\u2019lgan munofiqlar ham, hammalari endi atrofimda birlashdi. Har ishda birlik \u2013 ittifoqlikni qo\u2019ldan bermaslikka, amrimdan chiqmaslikka va\u2019da berib, men uchun molu jonlarini ayamay, jang maydonida jonbozlik qilishga ahd qildilar.<\/li>\n\n\n\n<li>Amir Bayon sulduznign o\u2019g\u2019li amir Shayx Muhammad o\u2019zini amir, deb hisoblar edi. Uning ham ko\u2019nglini olib, o\u2019z tarafimga og\u2019darib oldim va yetti qo\u2019shinga boshliq qilib, o\u2019zmga mute\u2019 va mulozim qildim. Mazkur qo\u2019shinlarning amirlaridan har qaysisiga viloyat in\u2019om qildim.<\/li>\n\n\n\n<li>Amir Husayn bilan oramizda qarindoshlik rishtasi bo\u2019lganligidan unga har turli muruvvatlar ko\u2019rsatib, u bilan murosayu-madora maqomida bo\u2019ldim, lekin baribir, do\u2019st bo\u2019lmadi. Ish shu darajaga borib yetdiki, Balx va Xisori shodmon viloyatlarini mendan tortib oldi. Men esam, uning singlisi haramimda ekanligini mulohaza qilib, Amir Husaynni siquvga olmadim. U bilan murosayu-madorada bo\u2019lishga shunchalik harakat qildimki, bu hatto uning amirlariga ham ta\u2019sir qilib, oxiri menga bo\u2019ysundilar. Lekin, Amir Husayn hamma vaqt meni mag\u2019lub etish payiga tushib, firib berib keldi. Oxir-oqibat, uni qilich vositasi bilan bo\u2019ysundirishga qaror qildim.<\/li>\n\n\n\n<li>Amir Boyazid jaloir Xo\u2019jand viloyatini tasarruf etgan edi. Unga do\u2019stona nasihat bersam, qabul qilmadi. Oxir-oqibat, o\u2019zining odamlar unga qarshi chiqishib, oldimga kishanlab olib keltirdilar. Men esam, o\u2019tgan ishlarini yuziga solmay, unga iltifot ko\u2019rsatdim. Buni ko\u2019rib o\u2019zi uyatdan sharmanda bo\u2019ldi.<\/li>\n\n\n\n<li>Elchi Bug\u2019o sulduz Balxda saltanat tug\u2019ini ko\u2019targan edi. Bobosi Amir Qozag\u2019onning taxti shu yerda bo\u2019lganligi uchun Balx taxtiga da\u2019vo qilayotgan Amir Husaynni Elchi Bug\u2019oga qarshi qayrab soldim.<\/li>\n\n\n\n<li>Muhammadxo\u2019ja Aperdi nayman aymog\u2019idan bo\u2019lib, Shibirg\u2019on viloyatini bosib olgandan keyin menga qarshi isyon ko\u2019tardi. Men unga boshqa viloyat berib, uni o\u2019zimga sodiq navkar qilib oldim.<\/li>\n\n\n\n<li>Badaxshon viloyatiga egalik qilib turgan Badaxshon shohlari ham menga qarshi duhmanlik yo\u2019lini tutdilar. Ularning har biri bilan gaplashib, turlicha kelishuvlar qildimki, oxir-oqibat, bir-birlari bilan urushib ketdilar va mening panohimga kelib bo\u2019ysundilar.<\/li>\n\n\n\n<li>Amir Kayxusrav Xuttalon viloyatini, O\u2019ljoytu Aperdi Arhang saroy viloyatini egallab olgan edilar. Amir Kayxusravga O\u2019ljoytu Aperdinign viloyatini bosib olishi uchun madad kuchi jo\u2019natdim. Oqibatda, O\u2019ljoytu Aperdi panoh izlab xizmatimga keldi.<\/li>\n\n\n\n<li>Amir Xizr Yasavuriy o\u2019z xalqi bo\u2019lmish Yasavuriylarning madadi bilan Toshkand viloyatini bosib olgan edi. Amir Kayxusrav bilan O\u2019ljoytu Aperdini bir-birlari bilan yarashtirib qo\u2019ydim. Ularga yordamchi kuch yo\u2019sunida bir to\u2019da odam qo\u2019shdim. Ikkovlari birlsahib, Yasavuriylar ustiga hujum uyushtirdilar va ularni talon-taroj qildilar. Amir Xizr Yasavuriy ojiz qolib, panohimga keldi.<\/li>\n\n\n\n<li>Menga saltanat g\u2019ayrati tug\u2019yonga kelib, Qarshi qal\u2019asini undan (Amir Husayndan) tortib olishga undadi. Ba\u2019zi amirlarim uning ustiga yurish qilib, qal\u2019ani jang bilan qo\u2019lga kiritishni menga maslahat berdilar. Qal\u2019ani olish rejasini tuza boshladim. Ular aytganday, uni urush bilan oladigan bo\u2019lsam, xatarli tomonlari ko\u2019pligi ko\u2019nglimdan o\u2019tdi. O\u2019zimcha, \u201cMabodo qal\u2019ani jang bilan olmoqchi bo\u2019lsamu dushman lashkarinign yomon ko\u2019zidan qo\u2019shinimga zarar yetsa-chi?\u201d deb o\u2019yladim. Keyin jang qilish fikridan vaqtincha qytdim va boshqa tadbirni qo\u2019llashga tutindim. Xuroson tarafga yuzlanib, bu bilan Qarshi beklarini xotirjam qilib qo\u2019ymoqchi bo\u2019ldim. Keyin yigitlarim bilan yashirincha orqaga qaytib, tunda to\u2019satdan qal\u2019aga hujum qilib, uni bosib olishni rejalashtirdim. Xullas, turgan yerimdan ko\u2019chib, Xurosonga qarab yo\u2019lga tushdim. Amudaryodan kechib o\u2019tganimda, Xuroson tarafdan Qarshiga kelayotgan karvonga duch keldim. Karvonboshi menga sovg\u2019a-salomlar taqdim etdi. Men undan Xuroson amirlarining hol-ahvolini surishtirdim va Xurosonga ketayotganligimni aytdim va ularning ketishlariga ijozat berdim. Ammo karvonga o\u2019z ayg\u2019oqchimni qo\u2019shib yubordim va Qarshidan xabar kelgunga qadar daryo sohilida joylashib kutdim. Tez orada ayg\u2019oqchi qaytib keldi. U olib kelgan xabarga ko\u2019ra, karvondagilar Qarshi hokimi Amir Musoga shunday debdilar: \u201cAmir Temurni Amudaryo yoqasida ko\u2019rdik, Xuroson tarafga ketayotgan ekan\u201d. Bu gap Amir Muso va Amir Husaynning lashkalariga yetgach, xursand bo\u2019lib, o\u2019yin-kulgi va aysh-ishratga berilibdilar. Bu xabarni eshitishim bilan lashkarlarim orasida eng ishonchli, dovyurak, urush ko\u2019rgan bahodir yigitlardan ikki yuzu uchtasini tanlab oldim va Amudaryodan o\u2019tib, oldinga yubordim. Shirkent deb atalgan yerga yetdim va o\u2019sha yerda bir kecha-kunduz to\u2019xtab, keyin yan yo\u2019lga tushdim va Qarshidan bir farsax masofada to\u2019xtadim. Yigitlarimga arqondan zina yasashlarini buyurdim. Shu payt amir Joku barlos tiz cho\u2019kib: \u201cBir guruh bahodirlar orqada qolishdi. Ular yetib kelgunlaricha to\u2019xtab turish kerak\u201d, deb o\u2019tinch qildi. Shunda xotirimga bir fikr keldi. Orqada qolgan bahodirlar yetib kelgunlaricha, qal\u2019ani o\u2019zim borib ko\u2019rmoqchi bo\u2019ldim. O\u2019zim bilan qirq kishini olib, Qarshi qal\u2019asiga qarab yo\u2019l oldim. Yiroqdan qal\u2019aning qorasi ko\u2019ringanda, bahodirlarimni kelgan yerida to\u2019xtatib, uyimizda tug\u2019ilib o\u2019sgan Mubashshir bilan Abdullolarni birga olib, bir o\u2019zim qal\u2019a sari jo\u2019nadim. Shu zaylda xandaqga yetdim, qarsam, xandaq suv bilan limmo-lim ekan. Tevarak-atrofga nazar tashlab, xandaq ustidan o\u2019tkazilgan va qal\u2019aga suv olib boradigan tarnovga ko\u2019zim tushdi. Otimni Mubashshirga qoldirib, o\u2019sha tarnov orqali xandaq ustidan o\u2019tdim v qal\u2019aning xokreziga yetdim. Darvoza oldiga borib eshik qoqdim. Darvozabonlar qattiq uxlab qolishgan bo\u2019lsalar kerak, ichkaridan sado chiqmadi\u2026 Qal\u2019a devori atrofini ko\u2019zdan kechirib, Narvon va arqon zinalarni qo\u2019ysa bo\u2019ladigan joyni topdim. So\u2019ng otlanib, bahodirlarim turgan yerga bordim. Orqada qolgan lashkar favji ham narvonlarini olib yetib kelishgan ekanlar. Hammalari shaylanib, narvonlarni olishdi va qal\u2019a sari yuzlandik. Xandaqdan tarnov orqali qal\u2019a tarafga o\u2019tdik. Zinalarni devorga qo\u2019ydilar. Er yigitlardan qirqtasi devor ustiga chiqib, qal\u2019aga kirib oldilar\u2026 Tangri taoloning qo\u2019llashi bilan qal\u2019ani qo\u2019lga kiritdim.<\/li>\n\n\n\n<li>Lashkarim besh oy davomida To\u2019xtamishxonning orqasidan quvib yurgani sababli, ko\u2019p vaqt och qola boshladilar. Chunonchi, bir necha kun boshbalmoq o\u2019ti, ov go\u2019shti, sahro qushlarining tuxumi bilan kun kechirdilar. Lashkarni bunday og\u2019ir ahvolga tushib qolganini eshitgan To\u2019xtamishxon fursatdan foydalanmoqchi bo\u2019ldi; chumoli va chigirtkadan ham ko\u2019p lashkar bilan ustimizga yopirilib keldi\u2026 Farzandlarim va nabiralarim huzurimga kelib tiz cho\u2019kib, men uchun jon fido qilishga tayyor ekanliklarini bildirmagunlaricha, sarkardalarim va askar boshliqlari jang qilishga ro\u2019yxushlik bermadilar. Shu payt To\u2019xtamishxonning bayroqdori bilan til biriktirib, jangni boshlaganimda va ikki tomon lashkari yuzma-yuz kelganda, bayroqdor bayroq bayrog\u2019ini tuban qilishi haqida u bilan kelishib oldim. Jangu jadal o\u2019ti osmonu falakka ko\u2019tarilganda, chodirlar tikib, taom tayyorlashni buyurdim. Xuddi shu payt To\u2019xtamishxonnign bayrog\u2019i tuban bo\u2019ldi va To\u2019xtamishxon sarosimaga tushib qoldi. U Jo\u2019chi ulusini talon-tarojga tashlab, jang maydoniga orqa o\u2019girib qochib qoldi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bag\u2019dodni zabt etish uchun avval Sulton Ahmad jaloir huzuriga, Bag\u2019dod lashkarining qanday ahvolda ekanligi, yurish-turishi, kuch-qudrti haqida ma\u2019lumot olib kelish uchun elchi yubordim. Elchi Bag\u2019doddan menga \u201cSulton Ahmad ikki ko\u2019zli bir parcha go\u2019shat ekan\u201d, degan mazmunda xat yozib yubordi\u2026 Tez fursatda Bag\u2019dodga yetib bordim. Sulton Ahmad jaloir qolishdan ko\u2019ra qochishni afzal ko\u2019rib, Karbalo tarafga qarab qochdi. Shu bilan dorussalom Bag\u2019dod menga bo\u2019ysundi.<\/li>\n<\/ul>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-153566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153566"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153566\/revisions\/153573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}