{"id":153583,"date":"2025-09-19T06:59:08","date_gmt":"2025-09-19T03:59:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153583"},"modified":"2025-09-19T08:04:03","modified_gmt":"2025-09-19T05:04:03","slug":"amir-temur-sulolasi-oila-tarixidan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-oila-tarixidan\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Oila tarixidan"},"content":{"rendered":"\n<p>Oilaviy hayot hamma zamonlarda, barcha davrlarda ham shaxsiy turmushning mo\u2019tabaru muqaddasi sanalib kelingan. Uning asoslari o\u2019ziga xos huquqiy me\u2019yorlar bilan himoyalangan. Oila jamiyatning muhim bo\u2019g\u2019ini ekanligi tushunchasi azaldan umum tomonidan qabul qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAvesto\u201d shohidligiga ko\u2019ra, ulug\u2019 ajdodlarimiz makoni bo\u2019lib kelgan yurtimizda oilaning vujudga kelishi, shakllanishi tarixi ko\u2019p ming yillarni qamraydi. Miloddan burungi IX-VIII asrlarda er va xotin bo\u2019lib yashash, bu ikki jins shaxsning o\u2019zaro ittifoqi-birgalikda hayot kechirish, ro\u2019zg\u2019or yuritish, bola-chaqa tarbiyalash, oilaviy idora usullari amalda shakllangan bo\u2019lib, hayotda amal qila boshlagan edi. \u201cAvesto\u201dda oila nmana deb atalgani aytiladi. Patriarxal \u2013 ota boshqaruviga asoslangan xonadon boshlig\u2019i \u201cnmanopati\u201d \u2013 uy hukmdori deyilgan. Oilada ayolning, onaning o\u2019rni va hurmati katta bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyoda bo\u2019lgani kabi, qadim O\u2019zbekistonda oilaning bir qancha turlari mavjud bo\u2019lgan va uzoq asrlar davomida o\u2019z ideal shakllarini saqlab qola olgan. Bu siraga, eng avvalo, uch yoxud undan ortiq avlod birgalikda yashaydigan xonadonni kiritish joiz bo\u2019ladi. Bu ulkan oilada ota-ona, uylangan farzandlar, ularning bola-chaqalari, uylanmagan o\u2019g\u2019illar, uzatilmagan qizlar birga, jipslikda yashagan. Bunday xonadonda uylantiriladigan farzand uchun kelin ota uyiga tushirib kelingan va oila yana bir xalqaga kattalashgan. Oilalarning ulkanlashib borishi shu \u2013 o\u2019g\u2019illarning uylanishi hisobiga bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir yaxlit oila shakli ikkinchi turga mansub deb hisoblanadi. Bu oilada ikki, yoyinki, undan ortiq aka-ukalar \u2013 uylanganlari ayollari, bolalari bilan, uylanmaganlari hamda uzatilmagan opa-singillari birgalikda istiqomat qilib kelganlar. Bu xonadonni katta aka boshqargan. Oilaning bu turi anchayin murakab ko\u2019rinishiga ega bo\u2019ladi. Er va xotin, ularning balog\u2019atga yetmagan bolalaridan iborat oila uchinchi xil xonadon deb e\u2019tirof etiladi. Oila tarixiga doir bu chekinuvlarni bejizga keltirmayotirman. Oilaviy hayotning bu ko\u2019rinishlari qancha asrlar kechgan bo\u2019lsa-da, keyingi davrlarga qadar aytarli o\u2019zgarishlarsiz voqe bo\u2019lib keldi. XIV-XVI asrlarga, Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga murojaat etilganda ham, oilaviy shamoyilning zikr etilgan shakllari va xillarini kuzatish mumkin bo\u2019ladi. Boshqacha aytganda, dunyoda hamma narsa vaqtlar o\u2019tishi bilan nomini, mohiyatini, ko\u2019rinishini o\u2019zgartirishi mumkin, ammo oilaviy hayotda shakl va mazmun deyarli asl holida bardavom ekanligini, shu xususiyatiga ko\u2019ra, uni olimlar ideal hisoblashlarini ta\u2019kidlashga hojat yo\u2019q. Dinlar, e\u2019tiqodlar o\u2019zgaradi, jamiyatlar almashinadi, siyosatlar turlanadi, biroq oilaviy hayot \u2013 jamiyatning asosiy bo\u2019g\u2019ini bo\u2019lgan er-xotin birligi shakliga, mohiyatiga putur yetmaydi. O\u2019zgaruvchan omillar, o\u2019z navbatida, oila mustahkamligiga diniy, mafkuraviy jihatdan ma\u2019lum tahrirlar kiritishini ham istisno etib bo\u2019lmaydi. Bu o\u2019rinda Markaziy Osiyoda islom dinining qabul qilinishi va oila, nikoh masalalaridagi tamoyillarni ko\u2019zda tutayotirman.<\/p>\n\n\n\n<p>Islom dini ahkomlari yurtimizda qadimdan hukm surib kelayotgan oila tizimiga monelik qilmadi, aksincha, oilada kattalarga, ota-onalarga hurmat, kichiklarga muruvvat g\u2019oyasini g\u2019oyasini singdirish bilan uni yanada mustahkamladi. Katta xonadonlarning muhim ijobiy jihati inoqlikda edi. Bunday oilalarda yoshlar kattalardan yashash sirlarini, hunar, kasb-ijtimoiy va oilaviy hayot tajribalarini, dunyoqarash va o\u2019zligini o\u2019rganadilar. Bunday oilalarda asriy an\u2019aalar, urf-odatlar avloddan-avlodga bekamu ko\u2019st o\u2019tib, jamoaviy yashashning afzal tomonlari o\u2019zlashtiriladi. Katta xonadonlarning el-ulusning tinchligi, ravnaqida hissasi sezilarli bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning so\u2019nglarida V.Nalivkin va M.Nalivkina Farg\u2019ona vodiysida ulkan patriarxal oilalar mavjudligi haqida ma\u2019lumot bergan edilar. Namanganda XX asr boshlarida 60,70, ba\u2019zida 100 kishini qamragan oilalar bo\u2019lgan. Masala mohiyatiga shu nuqtai nazardan yondashiladigan bo\u2019lsa, Amir Temur va Temuriylar xonadoni unchalik katta patriarxal oilalardan emasligi aniq bo\u2019ladi. Fasih Xavofiyning \u201cMujmali Fasihiy\u201d asarida qayd etilganidek, Sohibqiron Amir Temur vafot etgan payda uning o\u2019g\u2019illari va nabiralari 36 kishidan iborat edi. Bunga xotin-xalaj va kelinlarni qo\u2019shadigan bo\u2019lsak, 60, 70 nari-berisidagi raqam kelib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonshumul hukmdor Osiyo va Afrika qit\u2019asida joylashgan qanchadan-qancha mamlakatlarni idora qilgan, bu xonadondan yetishgan avlod-sulolaning umumiy hisobda 347 yil toju taxtda bo\u2019lgani dalili, hech bir istisnosiz, oila, tarbiya, qobiliyat va turkiy davlatchilik an\u2019analariga uzviy bog\u2019lanadi. Bularning hammasini jamlab, bir kalimada oila sha\u2019ni va bardavomligi deb ifodalash mumkin. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrida oila, uning sha\u2019ni qay darajada tutilganligini, mazkur sulolaning boshlovchilari va davomchilari turmushi misolida, o\u2019sha asrlarda joriyda bo\u2019lgan oila munosabatlaridan kelib chiqilgan holda hikoya qilishni maqsadga muvofiq bildim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oilaviy hayot hamma zamonlarda, barcha davrlarda ham shaxsiy turmushning mo\u2019tabaru muqaddasi sanalib kelingan. Uning asoslari o\u2019ziga xos huquqiy me\u2019yorlar bilan himoyalangan. Oila jamiyatning muhim bo\u2019g\u2019ini ekanligi tushunchasi azaldan umum tomonidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-oila-tarixidan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153583","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153583","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153583"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153583\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153585,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153583\/revisions\/153585"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153583"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153583"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153583"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}