{"id":153590,"date":"2025-09-19T08:58:06","date_gmt":"2025-09-19T05:58:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153590"},"modified":"2025-09-19T08:58:06","modified_gmt":"2025-09-19T05:58:06","slug":"amir-temur-sulolasi-oila-tort-ustunlik-va-tort-fazilat-uygunligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-oila-tort-ustunlik-va-tort-fazilat-uygunligi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Oila: to\u2019rt ustunlik va to\u2019rt fazilat uyg\u2019unligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadimdan hamma dinlarda oila tashkil topishi, jipsligi asoslari muqaddas kitoblar yo\u2019riqlari bo\u2019yicha shakllangan va amal qilgan.oila tarixiga oid g\u2019oya va fikrlarning dastlabki namunalarini aynan diniy-tarixiy manbalardan izlash lozimligi haqiqatga yaqin, deyilgan qarashlada jon bor. Oilaning tenglik, to\u2019g\u2019rilik, halollik asosiga qurilishi \u201cAvesto\u201dda \u2013 Zardushtiylik dinining muqaddas kitobida bosh e\u2019tibor qaratilgan jihatdi. \u201cYasht\u201dning 3-bobidagi Axura Mazda qonunlarida bu xususiyat yaqqol ko\u2019zga tashlanadi: \u201cTangri Mitrani ulug\u2019laymiz. Unga hech kim yolg\u2019on gapira olmaydi \u2013 na uyda oila boshlig\u2019i, na urug\u2019 oqsoqoli, na qabila yo\u2019lboshchisi van a mamlakat sardori. Agar uy egasi\u2026 yolg\u2019onchi bo\u2019lsa, g\u2019azablangan Mitra ularni tamoman yo\u2019q qiladi\u201d. Bu muqaddas so\u2019zlar oila mustahkamligi asosi to\u2019g\u2019rilikda, yolg\u2019on aralashmagan turmush tarzida ekanligini o\u2019zida ifoda etib turadi. \u201cAvesto\u201ddagi ikkinchi hikmat \u2013 oila bardavomligining tamal toshi mehnat bilan uzviy bog\u2019lanadi, chunki \u201ckim yerni sevsa, uni o\u2019ng va chap qo\u2019li bilan hamda chap va o\u2019ng qo\u2019li bilan ishlasa, ueri serhosil bo\u2019ladi. Uni mehnat evaziga o\u2019z hosili bilan boy-badavlat qiladi. O\u2019n besh yoshli qizni erkak sevsa va uni xotin qilib qilib o\u2019z mehrini bersa, qiz uning avlodini ko\u2019paytiradi, dardavom qiladi. Demak yerni va qizni sevgan er ham o\u2019zini boyitadi, oilasini farovon qiladi\u201d. \u201cAvesto\u201ddagi uchinchi muqaddas yo\u2019riq-sog\u2019liq talabadir. Sog\u2019liq ko\u2019p tomondan taomga bog\u2019liq bo\u2019ladi. \u201cAvesto\u201dda ta\u2019kidlanishicha, \u201cyeb-ichmaydigan insonning toat-ibodat qilishicha kuchi bo\u2019lmaydi. Er-xotinlik vaizfalarini ado etishga quvvati yetmaydi, bola tug\u2019dira olmaydi\u201d. Ajdodlarimiz amal qilgan bu muqaddas kitobdagi oilaga qo\u2019yiladigan talablardan yana biri totuvlikdir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAvesto\u201d ta\u2019limotidan anglashiladiki, qizlar 15, o\u2019g\u2019illar 16 yoshda balog\u2019atga yetgan deb hisoblangan. O\u2019sha paytlarda ham yoshlarnign o\u2019zboshimchalik qilib, oila qurishlariga yo\u2019l qo\u2019yilmagan. Keltiriladigan yan bir iqtibos fikrni oydinlashtiradi: \u201cSug\u2019oriladigan bir bo\u2019lak yeri, podasi, ayvonli hovlisi, 15 yoshli xotini bo\u2019lgan, o\u2019chog\u2019i, bola-chaqasi bo\u2019lgan, oilasini o\u2019z mehnati bilan boquvchi, yerni yaxshi parvarish qiladigan, mol-holga qaraydigan odam begunohdir\u201d. Qadimgi ajdodlarning oilani muqaddas tutishi mehnatga, yerga, oilasiga e\u2019tiborsiz erkaklarni tartibga chqirganliklarida ham namoyon bo\u2019ladi. Zurriyot qoldirishga qobiliyati bo\u2019lib uylanmagan erkakka temir qizdirilib, tamg\u2019a bosilgan, beliga zanjir bog\u2019lab yurishga majbur etilgan. Turmush qurishni xohlamagan qiz, inson nasliga va uning ko\u2019payishiga qarshi deb, qopga solingan va 25 darra urish bilan jazolangan \u201cAvesto\u201dda yaqin qarindoshlarning o\u2019zaro oila qurishlari qat\u2019iy man etilgan. Mehnatga yaroqli bo\u2019ladigan, sog\u2019lom bolalar tug\u2019ilish rag\u2019batlantirilgan, sharob ichmaslik, hushdan ketkazadigan vositalar iste\u2019mol qilmaslik ta\u2019kidlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Rayhon Beruniy \u201cHindiston\u201d asarida, \u201cXalqlarning hech biri ham nikohdan hali emasdir. Nikoh o\u2019z urg\u2019ochisini qizg\u2019anish va talashish kabi yomon oqsoqollarga yo\u2019liqishdan saqlaydi, hayvonlarning bir-biriga qarshi g\u2019azabini qo\u2019zg\u2019otadigan sabablarni kesib, yomon holatga tushuvdan qutqazadi. Kimki hayvonlarning juftlanishini va har hayvon o\u2019z urg\u2019ochisini qo\u2019riqlab, boshqa hayvonlarni yo\u2019latmasligini, undan begona hayvonlar ham umid uzishini o\u2019ylasa, aql-idroksiz hayvonlardan ham umid uzishini o\u2019ylasa, aql-idroksiz hayvonlardan tuban darajada qilishdan or qilib, zinodan saqlanadi va nikohni juda ham lozim topadi\u201d, deb yozadi. Ko\u2019pgina xalqlarda o\u2019g\u2019illarnin o\u2019smirlik davridan uylanish odati bo\u2019lgan. Turkiy xalqlarda bo\u2019lgani singari hindlar ham farzandlarini erta uy-joyli qiladilar, qudalashuvchi tomonlar nikoh shartlarini bajo keltiradilar. Er bilan xotin o\u2019rtasidagi nikohni o\u2019limdan boshqa biror sabab buza olmagan. Hindlar ham islomiy nikoh aqidalarida ko\u2019zda tutilganidek, to\u2019rttagacha xotin olishga haqli bo\u2019lganlar. Musulmonlarda ham er va xotinning ajralishi, garchi mumkin bo\u2019lsa-da oilani isnodga va halokatga olib keladigan jiddiy vajlar bo\u2019lmasa, taloq tizimi juda murakkab qilib qo\u2019yilgan. Bu jihatdan Imom Shoge\u2019iy hazratlarining quyidagi so\u2019zlari ahamiyatlidir. Unda er-xotinlik aqdi amalga oshishdan burun, oila qurishning nozik jihatlariga rioya qilish uqdiriladi: \u201cTo\u2019ydan oldin, kuyov bo\u2019lajak kelin bilan, hech bo\u2019lmasa, bir marta ko\u2019rishuvi kerak. Tanlangan kelin qiz bo\u2019lsin. Shunday qizni saylash kerakki, u bo\u2019lajak eridan to\u2019rt fazilati bilan ustun bo\u2019lsin va to\u2019rt sifati bilan undan quyida tursin: kelinning yoshi, bo\u2019yi, boyligi va kelib chiqishi kuyovdagi shu sifatlardan pastroq bo\u2019lishi lozim. Lekin go\u2019zallik, fe\u2019l atvor, odamshavandalik, nazokat kuyovga nisbatan kelinda baland bo\u2019lsin. Ikkinchi tomondan, tug\u2019maydigan ayollarga uylanish yaramaydi. Nihoyat, ko\u2019rinishda toza, aqlli va odobli, go\u2019zal bo\u2019lib ko\u2019rinadigan, amalda esa buning teskarisi bo\u2019lgan ayollarga uylanmaslik kerak\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu aytilgan va keltirilgan so\u2019zlardan chiqadigan xulosalar nafaqat islomiy oilalar vujudga kelishida, balki turli e\u2019tiqoddagi elatlar turmush qurish tarzida ham asqotadigan, nafaqat qadim uchun, qolaversa, barcha zamonlar uchun qimmatli oyinlar hisblanishga loyiqdir. Asrlar davomida shakllangan bu urf-odat XX asrning birinchi choraklariga qadar bardavom bo\u2019lib keldi. Umum rioya qiladigan oilaviy qonun-qoidalardan, hatto hukmdorlar ham chetga chiqa olamagn. Lekin, istisnolar, haramni ko\u2019paytirish, kanizaklar saqlash ham mavjud bo\u2019lganligini inkor etish qiyin. Buning misollarini G\u2019arb va Sharqda hukm surgan sulolalar oilaviy hayotlaridan istalgancha topish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon 9 yoshida uylangan. Uning Tinch okeanidan to Qora dengizgacha cho\u2019zilgan istilo mulklarida harbiy yo\u2019sindagi oilalar \u2013 safarlarda erlariga hamroh bo\u2019ladigan xon, shahzodalar, no\u2019yonlar oilalari vujudga keladi. \u201cAbdullanoma\u201d (XVI asr) asarida qayd etilishicha, Chingizxonning 500 ga yaqin xotini va kanizaklari bo\u2019lgan. Haramidagi shu ayollar orasidan faqat beshtasi e\u2019tiborli bo\u2019lgan. Birinchi ayoli qo\u2019ng\u2019irot qavmidan bo\u2019lgan Burta Kuchin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamam xalqlarda ham yangi oilani vujudga keltirishda qiz tomonga mahr berish odati bo\u2019lgan. Lekin asilzodalar podshohlar, amirlar, xullas, o\u2019ziga to\u2019q kishilar nikohning tantanali bo\u2019lishiga, qalin mollarining miqdori oshirilishiga, to\u2019ylarning mahobatli o\u2019tishiga alohida e\u2019tiborni qaratgan. O\u2019zbek xalq dostonlarida bejizga qirq kunlik to\u2019ylar haqida gapirilmagan. Bunday an\u2019analardan XIV-XVI asrning xonlariga, shahzodalariga, amirlariga xos bo\u2019lgan to\u2019ylar ham mustasno bo\u2019lmagan. Tarixiy asarlarda yo\u2019l-yo\u2019lakay aytib o\u2019tilgan uzoq-yuluk xabarlar uylanish marosimining ikki xonadan, qolaversa, qavm va ulus hayotida muhim o\u2019rin tutganligini dalolat etadi. Avvalo, xotin-xalaj bu ishda tashabbusni qo\u2019lga oladi, kimda, qanday qiz borligini aniqlaydi, to\u2019ydami, sayildami, mehmonchilikdami o\u2019shanday qizlarni ko\u2019z ostiga oladilar. Qudalarnign mavqeiga qarab, taniqli kishilar sovchilikka boradilar. Bu udumlar, urfu odatlar asrlar bilan barobar qadam tashlab, bardavom yashab keladi. Gohida maqomi baland nikohlar zurriyot nuqtai nazaridan ko\u2019ra, siyosiy maqsadlarga bo\u2019ysundiriladi. Bunda elchilik, tazyiq, tuhfa, hatto jangu jadal kabi \u201cusul\u201dlardan ham foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn Movarounnahr taxtini egallagach, bunga zamin hozirlagan sarbadorlarni yo\u2019q qiladi va Nizomiddin Shomiy guvohlik berganidek, \u201cO\u2019rnashib olgach, uning tabiatidagi xasislik g\u2019olib kelib, mol to\u2019plashga berilib ketdi. Uni deb boshini xavf-xatarga qo\u2019ygan jamoatni o\u2019zidan nafratlantirdi, ularning molini tortib olishga qasd qildi\u201d. Uning hokimiyatga kelishida xizmati katta bo\u2019lgan Amir Temurning yaqinlari \u2013 Amir Choku, Amir Sayfiddin, Oq bug\u2019o bahodir, Elchi bahodir, Davlatshoh bahodirlar katta tovon to\u2019lashga majbur etiladi. Muarrix, \u201cBu amirlar boshidan turli savdolar kechganligi natijasida aksar mollari yo\u2019q bo\u2019lib ketganligi boisdan Amir Husayn talab qilgan molni to\u2019la yig\u2019ib bo\u2019lmadi. Amir Sohibqiron ularning ishiga bosh qo\u2019shib, madad va yordam ko\u2019rsatdi. Ularning muammolarini hal etish uchun ko\u2019p oltinu kumush sarfladi. Jumladan, o\u2019zining nikohida bo\u2019lgan Amir Husaynning singlisi ulug\u2019 og\u2019o \u2013 Uljoy Turkon Og\u2019oning ziragi va bilak uzugini ham olib, amirlarning musodara etilgan mollari hisobiga topshirdi\u2026 So\u2019zning qisqasi, talab qilingan mablag\u2019dan yana uch ming dinor qolgan edi. Amir Sohibqiron uning evaziga o\u2019zining xos otlarini peshkash qildi. Amir Husayn otlar unga tegishli ekanligini bilib, qabul qilmadi va qaytarib yubordi. U \u201cMen Soli Saroyga ketayapman, oltinga ehtiyojim bor, madad ber va yordam qil, mening mollarimni to\u2019ldir, o\u2019sha naqd uch ming dinorni ham yuborgin. Men uni Husayn So\u2019fiyga (Xorazm hukmdori) qizining qalin moli sifatida yuboraman, dedi\u201d so\u2019zlarini keltirib o\u2019tadi. Amir Temur, muarrix dalolat etganidek, \u201cMolning qolgan qismini jamlab, Amir Husayn ortidan yuboradi\u201d. Amir Husayn bu mollar va mablag\u2019ni to\u2019liq olganidan keyin Xorazm asliysi qizini nikohiga kiritgan bo\u2019lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadim turkiy xalqlarda bo\u2019lganidek, Yevropada ham bolalikdan belgi qilish \u2013 o\u2019g\u2019ilga qizni atash udum bo\u2019lgan. Plutarx tarixida bu haqda anchagina msiollar uchraydi. Iskandar Moqiduniyning otasi Filipp bo\u2019lajak xotini Olimpiadaga bolalik paytida \u201cunashtiririb\u201d qo\u2019yilgan. Olimpiadaning ota-onasi erta o\u2019lib ketishiga qaramay, ikki oila o\u2019rtasidagi ahd buzilmagan, qinzning akasi Aribba voyaga yetgan qizni Filippga nikohlab beradi. Filipp yoshi bir joyga borganida ham, shoh sifatida, ishqiy mojarolardan tiyilmaydi. O\u2019g\u2019li Aleksand (Iskandar) 16 yoshga to\u2019lganida Kleopatra degan yosh bir qizni xotinlikka oladi. Aysh-ishratga berilish oqibatida, muhimi, toju taxt havosida amalga oshadigan xotinbozliklar, shubhasiz, Olimpiada va Iskandarda otaga qarshi tuyg\u2019ularni uyg\u2019otmay qolmaydi. To\u2019y paytida qizning amakisi Attala, \u201ctaxtning qonuniy vorisi\u201d tug\u2019ilishini tilak qiladi. Bunday qadah so\u2019zidan junbishga kelgan Iskandar \u201cYaramas, nima, men senga noqonuniy tug\u2019ilganmanmi?\u201d deydi va yuziga mayni sepib yuboradi. Filipp, mast-alast holda, o\u2019g\u2019li Iskandarga qilich yalang\u2019ochlab tashlanadi. Baxtga, u o\u2019ralashib yiqiladi. Shunda Iskandar, \u201cOdamlar, qaranglar, bu odam Yevropadan o\u2019tib, Osiyoni zabt etmoqchi, holbuki, to\u2019rt oyoqda xonada emaklashdan nariga o\u2019ta olmayotir\u201d, deydi zaharhanda bilan. Shu voqeadan keyin, oradan to\u2019rt yil o\u2019tib, Iskandar 20 yoshida, fitna qurboni bo\u2019lgan otasi o;rnini egallaydi. Doro ustiga yurish qilgan Iskandar ustma-ust zafarlar kucha boshlaydi. Janglarning birida Doro harami \u2013 uy ichi asirga olinadi. Doroning onasi, xotini va ikki bo\u2019y qizi Iskandar oldiga olib kelinadi. Xotin-qizlar shohona izzat-hurmatdan mahrum etilmaydi. Plutarx yozadiki, Doroning ayoli ham uning o\u2019ziga o\u2019xshash sarvqomat, malikalar ichida eng go\u2019zali bo\u2019lgan. Qizlari ham nihoyatda suluv, ota-onalariga tortgan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aleksandr bungacha Damashqda asirga olingan Barsinaga uylangandi. Barsina Shom sultoni Memnonning bevasi edi. Barsina yunoncha tarbiya olgan, unign otasi Artabaz podshoh qizining o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Bu nikohga qadar Iskandarning biror ayol bilan ishqiy munosabatlari bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Doro ustidan to\u2019la g\u2019alaba qozonilgandan keyin Suzda Iskandar Doroning sohibjamol qizi Istatiraga uylanadi. Katta to\u2019y tashkil etiladi. Sarkardalarning o\u2019zini janglarda ko\u2019rsatganlariga chiroyli fors qizlarini xotin qilib beradi. Plutarxning xabar berishicha, to\u2019yga 9 ming odam taklif etilgan va ularning har biri uchun bittadan oltin qadah tayyorlangan. Jahon fotihlari orasida Iskandarning oilaviy hayoti nisbatan tamkinligi bilan ajralib turadi. Uning mazlum etilgan o\u2019lkalar hukmdorlarining qizlariga uylanishi Chingizxon qiyos etilganda tafovut yaqqol bilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oila va oilaviy munosabatlarga o\u2019z davri nuqtai nazaridan yondashgan holda fikr yuritish voqelikni asliga monand talqin etishga imkon beradi. Shu jihatdan XIV-XV asrlar oila tarixida Sohibqiron Amir Temur asoslangan xonadonning o\u2019rni alohida ekanligini ta\u2019kidlash hojat emas. Bu xonadonda na Iskandar va na Chingizxon singari oilaviy munosabatlar toju taxt vositasida asoslangan emas. Amir Muhammad Tarag\u2019ay kelib chiqishi sipohiylardan bo\u2019lsa-da, bu sohada uzoq xizmat qilmagan, o\u2019z xo\u2019jaligini yuritgan, mol-mulki bilan shug\u2019ullangan, taniqli ruhoniylarga ixlosmand, e\u2019tiqodli va obro\u2019li kayvonilardan edi. Ota-onasi vafot etganda Temurbek o\u2019gay onasi Qadoq Xotun va singlisi Shirinbeka Og\u2019o, xotini va ikki o\u2019g\u2019li bilan ixchamgina ro\u2019zg\u2019or egasi bo\u2019lib qolgan edi. Otasi Muhammad Tarag\u2019ay hayotligi paytida uning Umarshayx va Jahongir ismli farzandlari tug\u2019ilgan edi. Bunday olganda, Temurbek elimizda aksar ko\u2019pchilikni tashkil etadigan ixcham oila boshlig\u2019i edi. Jahonga larza slogan sulolaning tarixi ana shunday oddiy, nisbatan kichik oiladan boshlanadi. To\u2019rt asrdan oshiq Movarounnahr, Xuroson, fors va arab, hind mulklarida hukm surgan Temuriylarning oila tutumi, tarmoq yoyishi, sulola tusini olishi bir shaxsda mujassam bo\u2019lgan hayratomuz qobiliyat bilan izohlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimdan hamma dinlarda oila tashkil topishi, jipsligi asoslari muqaddas kitoblar yo\u2019riqlari bo\u2019yicha shakllangan va amal qilgan.oila tarixiga oid g\u2019oya va fikrlarning dastlabki namunalarini aynan diniy-tarixiy manbalardan izlash lozimligi haqiqatga yaqin, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-oila-tort-ustunlik-va-tort-fazilat-uygunligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153590","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153590","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153590"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153590\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153591,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153590\/revisions\/153591"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153590"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153590"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153590"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}