{"id":153598,"date":"2025-09-19T13:21:45","date_gmt":"2025-09-19T10:21:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153598"},"modified":"2025-09-19T13:21:45","modified_gmt":"2025-09-19T10:21:45","slug":"amir-temur-sulolasi-otadan-otgan-bagrikenglik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-otadan-otgan-bagrikenglik\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Otadan o\u2019tgan bag\u2019rikenglik"},"content":{"rendered":"\n<p>Shohruh Mirzo Xuroson va Movarounnahr hukmdori bo\u2019lganidan buyon ancha yillar o\u2019tayotgan edi. Hijriy 819 (1416) yilga kelib hamki, u yoki bu viloyatlarda itoatdan chiqadigan, mulkni ajratib olishga intiladigan kimsalar topilib turardi. Shulardan biri Sulton Uvays ibn amir Idiku edi. Shohruh Mirzo uni tinchitish bobida otasi Sohibqiron tutgan yo\u2019lni tanlaydi \u2013 taniqli kishilarni oraga solidi, muammoni tinch yo\u2019l bilan, muloqot va kelishuv asosida hal qilishga intiladi. Sulton Uvaysni tinchitish ishini Sayyid Shamsiddin Bumiy bo\u2019yniga oladi. U Kermonga borib, Sulton Uvaysga ko\u2019p va\u2019zu nasihatlar qiladi. Biroq, ish quyushqondan chiqqan, va\u2019z-nasihatlar kor qilmaydigan darajaga kelgan edi. Janob Sayyid amir Shamsiddin Hirotga qaytib, Sulton Uvaysning gapiga kirmaganligini arzga yetkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo qirq ming otliq qo\u2019shin bilan 1416 yilning 29 mayida Kermon sarhadiga yetadi. Sulton Uvays jangga hozirlik ko\u2019rgan, urush asbobini taxt qilib, urushmoq uchun shahar tashqarisiga chiqadi. Hirot lashkari haybatidan qo\u2019rqib, ro\u2019baro\u2019 turishga o\u2019zida kuch topolmaydi va elchilar yuborishga shoshiladi. Muarrix aytadi: \u201cHazrat xoqonning tabiati aslida tug\u2019ma marhamatg\u2019a ega bo\u2019lganidan iltimosni qabul qilib, \u201cSulton Uvays bir necha bor va\u2019da qildi-yu, lekin va\u2019dasiga vafo qilmadi, endi agar shu so\u2019ziga sodiq bo\u2019lsa, biror ishonchli kishini yuborsin, ammo, lashkar bo\u2019ysunmagunicha, amirlar o\u2019rinlaridan jilmasinlar\u201d, deydi. Endi, qarang-da, bir tajriba qilib ko\u2019raylik. Sulton Uvays o\u2019rniga Xorazm podshohi Husayn So\u2019fini, Shamsiddin Bumiy o\u2019rniga Xoja Afzaliddin Keshiyni, Shohruh Mirzo o\u2019rniga Sohibqiron Amir Temur ismi-shariflarini qo\u2019yaylik. Bu holda o\u2019tgan XIV asrning 70-yillaridagi, Amir Temur hazratlari amalga oshirgan siyosat va harakat aynan takrorlangan bo\u2019lib chiqadi. Ha, buning sira ajblanadigan yeri yo\u2019q. Sohibqiron davlat boshqaruvida o\u2019zining bag\u2019rikenglik, ittifoqlashish, muammolarni tinch yo\u2019l bilan hal etishdek ulug\u2019 yo\u2019lni asoslab ketgan edi. Shohruh Mirzo shu yo\u2019lni og\u2019ishmay amalga oshira borayotgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Uvays taniqli kishilardan biri amir Shayx Xasanni Shohruh Mirzo huzuriga yuboradi. Pixini yorgan Sulton Uvays, Shayx Hasanga Shohruh Mirzodan, uning kechirimi haqida yozma ravishdagi yorliqni olib kelasan, degan topshiriqni beradi. Uning bunday talab qo\u2019yishga haqi bo\u2019lmasa-da (u mag\u2019lubiyatga taqab qo\u2019yilgan edi), Shohruh Mirzo ranjimaydi. Amir Shayx Hasan, \u201cOnhazratning (Shohruh Mirzoning) bebaho iltifoti va asl xushfe\u2019lligi, garchi uning har bir farmoni uchun biror vasiqa bo\u2019lishi yoki biror ahdnoma lozimligidan yuqori tursa ham, ammo olam va odamzod tabaqalari orasida muvaffaqiyat va yaxshi alomat tilash maqsadida Tangri nomini o\u2019rtaga qo\u2019yib ahdlashib olish oddiy bir sunnat va mashhur bir odatdir va qullar bilan egalari orasida shu xildagi munosabatlar voqe bo\u2019lib kelgan. Shu tufayli, Sulton Uvays ham o\u2019zida ishonch hosil qilib, hech taraddudsiz yer o\u2019pishga otlanmog\u2019i uchun xoqoni said hazratlaridan ahdnoma olib kelishga bu qulni yubordi, deb arz qildi\u201d. Shohruh Mirzo iltifot jildiga o\u2019rab aytilgan bu surbetlikka javoban, shunday deydi: \u201cTangriga hamd bo\u2019lsinki, agar istasak yaxshilik bilan ham, kuch qo\u2019llab ham unga o\u2019z hukmingizni eshittirishga yetarli kuch-qudratga egamiz, ammo Sulton Uvaysning iltimosiga asosan yaxshi niyat vas of e\u2019tiqod bilan Allohi Taoloni yod qilamizki, oramizda bu ahdnoma bunyodga kelgan ushbu soatdan boshlab, dilu tilda va botinu zohirda ushbu so\u2019zlarni birdek e\u2019tirof etaman, ya\u2019ni Sulton Uvaysga qarshi dilimda hech bir yomonligim yo\u2019q va unga qasd ham qilmayman, imkon boricha unga qasd qiluvchilarni daf etishga harakat qilaman. Agar ilgarilari men mamlakat ishlarini yaxshilash yuzasidan hukm qilgan yo bahslashgan, buyruq bergan yo biror noma yozgan bo\u2019lsam, endi uning xilofini qilaman. Toki u o\u2019z va\u2019dasiga vafo qilib borar ekan, biz ham ushbu bitilgan so\u2019zlarda qat\u2019iy turamiz va bu ahdga, toki uning tarafidan biror nuqson yetmaguncha, vafo qilamiz. Endi u bizning panohimizga sig\u2019inib, bu tomonga yuzlanmog\u2019i lozimdir. Muxolifatchilik gap-so\u2019zlari oraga tushganligi sababli agar u kelishdan bosh tortsa, unda lashkar yuborish saltanat himmati zimmasidagi vazifadir, balki o\u2019zimiz shaxsan otlanishimiz ham lozim bo\u2019lar. Agar kelsa, birodaru farzandlardan ham azizroq bo\u2019ladi\u201d. Bu so\u2019zlarni \u201cMatlai sa\u2019dayn\u201d sahifalaridan o\u2019qib, avvaliga, Shohruh Mirzo taslim bo\u2019lishga taqab qo\u2019yilgan bir viloyat hokimi oldida juda past ketmadimikin, degan xayolga bordim. Ayniqsa, isyonkor, bo\u2019ysunishdan bosh tortgan hokimning poytaxtga bosh egib kelishining bahosini nihoyatda oshirib yuborish, \u201cbirodaru farzandlardan\u201d \u2013 ukalar, amakizodalar, o\u2019g\u2019illaridan ham azizroq ko\u2019rish va\u2019dasi erish tuyulgan edi. Bunday o\u2019ylab ko\u2019rsam, Sulton Uvays gapida turmay, kelishdan bo\u2019yin tovlasa, yana qirq ming otliq askar Kermon shahrini o\u2019rab olsa va qonga botirsa, qancha begunoh kishilar qirilsa, podshohning yon berishi bilan bu qirg\u2019inning bahosini tenglashtirib bo\u2019ladimi? Shohruh Mirzo bitta yovni el qilish uchun shunday yo\u2019lni tutgan. Vaqtida Sohibqiron razil To\u2019xtamishni o\u2019g\u2019lim deb qabul qilganligini bir yodga olib ko\u2019raylik-a? Bunday jo\u2019mardlik mamlakat, davlat taqdirini o\u2019z taqdiridan ustun qo\u2019yish bilan barobar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shohruh Mirzo Xuroson va Movarounnahr hukmdori bo\u2019lganidan buyon ancha yillar o\u2019tayotgan edi. Hijriy 819 (1416) yilga kelib hamki, u yoki bu viloyatlarda itoatdan chiqadigan, mulkni ajratib olishga intiladigan kimsalar topilib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-otadan-otgan-bagrikenglik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153598","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153598","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153598"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153598\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153599,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153598\/revisions\/153599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153598"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153598"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153598"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}