{"id":153600,"date":"2025-09-19T13:40:18","date_gmt":"2025-09-19T10:40:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153600"},"modified":"2025-09-19T13:40:19","modified_gmt":"2025-09-19T10:40:19","slug":"amir-temur-sulolasi-hirot-tashrifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-hirot-tashrifi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Hirot tashrifi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Samarqand taxtiga julus qilgandan buyon (1409), mamlakatning asosiy poytaxti Hirotga birinchi marta, oradan besh yil o\u2019tib, 1414 yilning 25 noyabrida kelgan edi. Shundan keyin, hash-pash deguncha yana uch yil kichadi. 1417 yilning bahorida Ulug\u2019bek Mirzo Hirotga tomon otlanadi. Movarounnahr hukmdorining Jayhundan o\u2019tishi xabari Shohruh Mirzoga yetkaziladi. Uning oldingi tashrifi mahobatsiz qarshilangan bo\u2019lsa, bus afar kutib olishga onasi Gavharshod Og\u2019o, ukasi Boysung\u2019ur Mirzo, Muhammad Jo\u2019tiy Mirzo, amakizodasi Muhammad Jahongir va boshqa shahzodalar, ulug\u2019 amirlar bir necha tosh masofaga peshvoz chiqib, kutib oladilar. Kutib olish juda tantanavor, bajo keltirish lozim bo\u2019lgan hamma udumlarni amalga oshirish darajasida, shoxona tarzda amalga oshiriladi. 1417 yilning 6 mayi kuni ota-bola quchoq ochib ko\u2019rishadilar. Shohruh Mirzo bu tashrifdan juda shodmon bo\u2019lib, o\u2019g\u2019li sharafiga to\u2019ylar va xusravona bazmlar uyushtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo Hirotda turgan paytda Xitoy elchilari ham shu yerda edilar. Xorazmdan amir Shoh Malik bilan Jahongir Mirzolar kelishgan edi. Ulug\u2019bek Mirzo Movarounnahr hukmdori sifatida 1405 yilda yonida birga bo\u2019lgan, otaliq bek, ustoz maqomidagi Shoh Malik va amakizodasi Muhammad Jahongir sharafiga katta to\u2019y beradi, ular bilan birga kelgan kishilarga tuhfalar ulashadi. Hirotda bir oycha turgan Ulug\u2019bek Mirzo 1417 yilning 16 iyunida Movarounnahrga otlanadi. U bilan birga ukasi Muhammad Jo\u2019giy ham Samarqandga birga ketadi. Sulton Uvaysning qilgan gunohlari kechiriladi va Samarqandga ketishiga ijozat beriladi. Xitoy elchilari tashrif buyurgan vaqtda Ulug\u2019bek Mirzoning Hirotda bo\u2019lishi tasodifiy bo\u2019lmasa kerak, deb o\u2019ylayman. Xitoy podshohi Doy Mingning oldingi maktubi Samarqandga, Shohruhga deb atab yuborilgan edi. Endi, asosiy poytaxt Hirot ekanligini muqarrar bo\u2019lgandan so\u2019ng, elchilar to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri Shohruh Mirzo poytaxtiga keladilar. Movarounnahr hukmdori rasman Shohruh Mirzoga itoat bo\u2019lsa-da, muzokalarda uning ham shaxsan ishtirok etishi Xitoy tomonining shartlaridan bo\u2019lgan, deb o\u2019ylashga asoslar bor. Muarrix, afsuski, Ulug\u2019bek Mirzoning ikkinchi bor Hirotga kelishi sabablari haqida so\u2019z aytmagan. Xitoy tomoni aloqalarni kuchaytirish, ochiq bordi-keldini yo\u2019lga qo\u2019yish, savdogarlarga erkinlik berish masalalarini o\u2019rtaga qo\u2019ygan. Xitoy Xuroson va Movarounnahr bilan tenglik asosida hamkorlik taklifini o\u2019rtaga qo\u2019yadi. Bu safargi Xitoy elchilari uch yuz otliq kishilar bo\u2019lib, ularga Bi Bochin, Tu Bochin, Jon Bochin va Tatq Bochinlar boshliq bo\u2019lib keladilar. ELchilar Shohruh Mirzo saroyiga sovg\u2019a-salomlar, shunqorlar, atlas va kimxoblar, chinni idishlar, xullas, juda ko\u2019p tuhfalar, tortiqlar keltirishadi. Podshoh Doy Ming maktubida, \u201cHar ikki tomondan ham g\u2019ayrlik va begonalik pardasi ko\u2019tarilmog\u2019i, muvofiqatchilik, birdamlik eshigi ochilmog\u2019i lozimdir, toki raiyyatlar va savdogarlar o\u2019z istak-ixtiyorlari bilan borib kelsinlar, yo\u2019llar bexavotir bo\u2019lsin\u201d, deyiladi. Muzokaralarda Ulug\u2019bek Mirzoning ishtirok etishi Xitoy tomonidan qo\u2019yilgan shartlarinign to\u2019liq qabul etilishi deb tushunilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ulug\u2019bek Mirzo Samarqand taxtiga julus qilgandan buyon (1409), mamlakatning asosiy poytaxti Hirotga birinchi marta, oradan besh yil o\u2019tib, 1414 yilning 25 noyabrida kelgan edi. Shundan keyin, hash-pash deguncha yana uch &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-hirot-tashrifi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153601,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153600\/revisions\/153601"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}