{"id":153610,"date":"2025-09-22T07:38:47","date_gmt":"2025-09-22T04:38:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153610"},"modified":"2025-09-22T07:38:48","modified_gmt":"2025-09-22T04:38:48","slug":"amir-temur-sulolasi-xonadonga-sadoqat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-xonadonga-sadoqat\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Xonadonga sadoqat"},"content":{"rendered":"\n<p>Sohibqiron Amir Temur tarixlarida uning safdoshlari nomma-nom keltiriladi. Ularning ko\u2019pchiligi Temurbek bilan yonma-yon turib, Movarounnahrni mo\u2019g\u2019ullar zulmidan xalos qilishda fidoiylik ko\u2019rsatganlar, jon berib-jon olganlar. Eng sodiqlari og\u2019ir damlarda ham u bilan birga bo\u2019lgan, vaqtincha tog\u2019u toshlarda, g\u2019orlarda, o\u2019zga yurtlarda yashab, yovga qarshi kuch to\u2019plaganlar. Vatanni mo\u2019g\u2019ul bosqinchilaridan ozod qilish istagi ularni Sohibqiron atrofida birlashtirgan. Hokimiyat talashuvlari, o\u2019zimbo\u2019laychilik ba\u2019zida bir marrada turib kurashgan vatanparvarlar saflarini siyraklashtirgan, xudbinlik, nafs balosi bir tarafgam el-ulus manfaati ikkinchi tomonga ajralib qolgan holler ko\u2019p bo\u2019lgan. Amir Husayn ham dastlab qo\u2019lda qilich bilan mo\u2019g\u2019ullarga qarshi jang qilgan, biroq hokimiyat havosi uni o\u2019zgartirib, oyog\u2019i tagini ko\u2019rolmaydigan hukmdorga aylantiradi, ikki do\u2019st, qaynog\u2019a va kuyov qarashlari ikki qutbga ajralib, biri ayshu ishrat, boylikka ruju qo\u2019yadi. Vatan taqdiri uchun hayot-mamot kurashi uni qiziqtirmay qo\u2019yadi. Ikkinchisi esa eng og\u2019ir, mashaqqatli vaqtlarda ham, necha o\u2019limdan omon qolib, yurtning daho xaloskoriga aylanadi. Temurbek tarafida doim uni quvvatlovchilar bo\u2019lgan. Movarounnahrning taniqli amirlari, beklari, ruhoniylari, sarkordalari, eng muhimi, oddiy xalq \u2013 raiyyat vakillari bo\u2019lgan sipohiylar, navkarlar Sohibqiron rahbarligi ostida, o\u2019limni bo\u2019yniga olib, kurash maydoniga kirganlar, unga qattiq ishonganlar, qattiq bog\u2019lanib qo\u2019lga qilich olganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Tomuqa Qovchin oddiy va tanti yigitlardan bo\u2019lgan. 1360-61 yillarda Temurbek mo\u2019g\u2019ullar ta\u2019qibidan Moxon tomon ketganida va vaziyatni bilish uchun qaytganida (O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oni Buxorzindon qishlog\u2019ida qoldirib), uning kelganidan xabar topgan Tomuqa Qovchin o\u2019n besh yigitni boshlab Temurbek huzuriga, xizmatga keladi. Temurbek shu yigitlar bilan Xuzorga qadar yetib boradi. Ular hamkorligida Samarqandga borgan Temurbek opasi Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o uyida mo\u2019g\u2019ul iskovichlaridan 48 kun yashirinib turadi. Oradan bir qancha vaqt o\u2019tgandan keyin, ancha kuch to\u2019plangan Temurbek Tomuqa Kovchinni 300 kishiga bosh qilib, Kaxlak qishlog\u2019iga, ma\u2019lumotlar yig\u2019ib kelish uchun yuboradi. Jayhundan Termiz kechuvidan o\u2019tgan Tomuqa Kahlakka yetib keladi. Bu vaqtda mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shini yurtni talab, xarobaga aylantirib qaytayotgan bo\u2019ladi. Tomuqaning yo\u2019li, ittifoqo, o\u2019z qishlog\u2019i ustidan tushadi. Qishloqdoshlarini ko\u2019radi, ular bilan salomlashadi, bolalari haqida so\u2019raydi. Ular \u201cbolalarning va oiling hammasi yaxshi yurushibdi, sog\u2019-salomat, ular hozir Ushmun (balkim, Uyshundir) qishlog\u2019ida, bu yerdan uncha uzoq bo\u2019lmagan joyda yashab turibdilar, ularni borib ko\u2019rsang bo\u2019lardi\u201d, deyishadi. Tomuqa, bosh chayqagach, ular yana \u201chech bo\u2019lmaa, bir soatga uyigga kir, o\u2019g\u2019illaringni ko\u2019r\u201d, deb qistaydilar. U Temurbekni sadoqat bilan yaxshi ko\u2019rardi, shu sababli, ular taklifini qabul qilolmay, \u201cTo Sultoni G\u2019oziy (Temurbek) o\u2019z ayoli va bolalarini ko\u2019rmaguncha, mening o\u2019z farzandlarim yuzini ko\u2019rishim insofdan emas\u201d, deb javob beradi. U qo\u2019yilgan topshiriqni muvaffaqiyatli ado etib, qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqironning mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash tarixi avvaliga taalluqli ana shu dalilni Muiniddin Natanziy, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy o\u2019z asarlarida talqin etilganlar. Fors mamlakati fath etilganda, 1396 yilda Tomuqa Qovchin Yazd o\u2019z asarlarida talqin etilganlar. Fors mamlakati fath etilganda, 1396 yilda Tomuqa Qovchin Yazd shahrining dorug\u2019asi bo\u2019lib turgan edi. Bunday misollar zikr etilgan manbalarda istalgancha topiladi. Sohibqiron sadoqatli xizmatni juda qadrlagan. Fikrimni yana bir salmoqli dalil bilan to\u2019ldirishni joiz deb bildim. Amir G\u2019iyosiddin Shoh Malik Tarxon ismi sharifi so\u2019z yuritilayotgan davr tarixlarida Sohibqironning yetti yillik yurishlari talqinida ko\u2019p uchraydi. Uning ismiga, ayrim manbalarda, \u201ctarxon\u201d, \u201cbarlos\u201d degan nisbalar ham qo\u2019shilganligini uchratdim. Tarxonlik alohida xizmat ko\u2019rsatgan shaxslarga butun avlodiga taalluq qilib beriladigan yuksak unvon bo\u2019lgan, qishloqlar, mulklar suyurg\u2019ol etilgan, oliq-soliqlar to\u2019lanmagan va hokazo. O\u2019sha davrning qahramonlarigina tarxonlik unvoni bilan siylangan, barlos nisbasi, urug\u2019, qavmga tegishlilikni ifoda etadi. Amir Shoh Malik ham kelib chiqishi, avlodi jihatidan Kesh barloslaridan bo\u2019lgan, deb taxmin qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMatla\u201d asarining muallifi Abdurazzoq Samarqandiy amir Shoh Malik haqida shunday deb yozadi: \u201cU tadbirkor ulug\u2019 amir edi va hazrat Sohibqironning zamonida yaxshi xizmatlar ko\u2019rsatib oliy daraja va mansabg\u2019a erishgan edi. Onhazrat Temur uning peshonasida baxtu omad asarlari va saodatu baxtiyorlik nurlarini mushohada etgach, uni tarbiyalashga mayl ko\u2019rsatgan edi. U, hanuz yosh yigit ekanligiga qaramay, unga nisbatan ko\u2019rsatilgan inoyat asosi shunday ediki, bir kuni Onhazrat Temur uni xos xilvatga chaqirib buyurdi: \u201cAmirlar falon podshohning qonidan o\u2019tishimni so\u2019radilar, men ularning so\u2019zlariga quloq solmadim, ular buni yana arzga yerkazdilar, men esa man qilaman. Sen shunday qilishing kerak: men ularning so\u2019ziga quloq solmay turgan vaqtimda sen dalirona tiz cho\u2019kib iltimos qilasan, men sen senga o\u2019shqiraman, sne o\u2019rningdan turib orgaqa chekinasanu, ammo shu haqda so\u2019z ochilganda qo\u2019rmasdan oldinga chiqib tiz cho\u2019kasan\u201d. Shunday qilib amir Shoh Malik bir necha bor tiz cho\u2019kib, iltijo qilgach, Onhazrat\u201d, \u201cAmirlar menga aytgan bu so\u2019zlarga men iltifot ko\u2019rgazmagan edim, endi, agar bu go\u2019dakning so\u2019zini tinglamasam, dili og\u2019diydi va o\u2019z tengqurlari orasida sharmanda bo\u2019ladi\u201d, &#8212; dedi va uning talab iltimosini qabul qildi. Shu tarzda Onhazrat Temur uni kundan-kunga tarbiyat qilib bordi va oxiri amirlikning oliy darajasiga ko\u2019tarildi. Onhazrat Temurning unga nisbatan inoyati shu darajada ediki, u: \u201cQasi bir mamlakat fath qilinsa va u mamlakatdagi qaysi bir qishloqni Shoh Malik ixtiyor qilsa, u qishloq uning suyurg\u2019ali bo\u2019ladi\u201d, &#8212; deb buyurgan edi. Hayoti muddatida uning suyurg\u2019ali uzluksiz ko\u2019payib bordi. Shoh Malik o\u2019ziga tegishli mulklarda madrasalar, xonaqohlar, masjidlar, rabotlar va hovuzlardan iborat ko\u2019p xayrli imorat qurilishlarini yodgor qoldirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyosiddin Shoh Malik, fikrimcha, jangu jadallarda Sohibqiron nazariga tushgan. Yetti yillik yurish yilnomalarida Shoh Malikning faol ishtiroki muntazam tarzda zikr etiladi. Nizomiddin Shomiy \u201cZafarnoma\u201dsini varaqlab ko\u2019raylik. Avnik, Arzirum va Ko\u2019histonning bo\u2019ysundirilishi va itoatga olinishida Shoh Malik o\u2019zini ko\u2019rsatadi. Mulg\u2019utu mavzesidan o\u2019tib, Xizr Xoja o\u2019g\u2019lon bilan qilingan jangda g\u2019oliblik muyassar bo\u2019ladi. Shoh Malik Tarxon (Shomiy 1390-1391 yil voqealariga to\u2019xtalayotganida uni \u201ctarxon\u201d deb tilga oladi) Nikotu mavzesida Amir Temur hazratlariga g\u2019alaba mujdasini yetkazadi. 1391 yilda Sohibqiron Dashi Qipchoqqa, To\u2019xtamishxon ustiga yurish qiladi. To\u2019xtamishxonga qarshi kurashda Shoh Malik mardlarcha jang qiladi. Shomiy aytadi: \u201cKimda-kim u kuni biror jangovorlik hunarini ko\u2019rsatgan yoki mardlik yo\u2019liga qadam qo\u2019ygan bo\u2019lsa, Amir Sohibqiron uni tarbiyat qilib, ko\u2019nglini ko\u2019tardi, unga tarxonlik nishonini berdi hamda ularni o\u2019z huzuriga kirishda hech kim man qilmasin, ularni va farzandlarini to\u2019qqiz gunoh sodir bo\u2019lmagunicha so\u2019roq qilinmasin va otlaridan ulov uchun olinmasin, barcha favqulodda yig\u2019in-takliflardan mutlaqo ozod qilinsin, deb buyurdi. Shoh Malikning martabasini ko\u2019tarib, unga parvonachi mansabining xos muhrini topshirdi. Uning yaqinlari va qarindoshlarini ham tarbiyat qilib, o\u2019z inoyat va marhamatiga musharraf etdi va unga vazirlik to\u2019nini kiygizdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu jangga qadar ozchilik bilib, ko\u2019pchilik tanimagan sipohiy yigit xizmati yuksak qadrlanadi. Parvonachili, tarxonlik, vazirlik, buning ustiga qarindosh urug\u2019lariga ko\u2019rsatilgan inoyat \u2013 bular Sohibqironning adolatidan, buyuk davlat arbobligidan navbatdagi misollar edi. Xizmat va uning rag\u2019bati muntazam va muttasil tarzda olib borilgan. Sohibqiron armiyasidagi qattiq intizom, yuksak jangovorlik moddiy va ma\u2019naviy rag\u2019batga juda-juda bog\u2019liq edi. Tikrit qal\u2019asining olinishi, Qatur uchun bo\u2019lgan janglar qanchalik og\u2019ir va tog\u2019li joylarda kechmasin, Shoh Malik sipohlari hamisha o\u2019zlarini ko\u2019rsatadilar. Qaturning talonchi, yarim yovvoyi janglari tunda Shoh Malik qo\u2019nalg\u2019asiga hujum qiladilar. Amir Temur hazratlarining \u201cg\u2019ayrati tutib, &#8212; deydi Shomiy, &#8212; ular tomonga yo\u2019naldi va bir hamladayoq g\u2019olib keldi\u201d. Bu misol Sohibqironning Shoh Malikni qanchalik yaxshi ko\u2019rishidan bir dalil, desam bo\u2019ladi. Hindistonning fath etilishida ham amir Shoh Malikning mardligi va jasurligi ko\u2019p bora namoyon bo\u2019ladi. Ko\u2019hna Dehli Shoh Malik boshchiligidagi besh yuz sipohiy tomonidan qo\u2019lga kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Misr, Damashq va Rum fathida ham amir Shoh Malikka lashkarning sara qismlari ishonib topshiriladi. Shunday kunlar bo\u2019ladiki, Sohibqiron lashkarlari bir yo\u2019la uchta qal\u2019ani qo\u2019lga kiritadilar. Tartum, Birtis qal\u2019alari nihoyatda mustahkam, baland tog\u2019da qurilgan istehkomlar bo\u2019lgan. Shu janglarning bevosita ishtirokchisi Nizomiddin Shomiyning shohodatiga ko\u2019ra, Birtis qal\u2019asini fath etishda katta mas\u2019uliyat amir Shoh Malikning zimmasiga tushadi. Shomiy bu to\u2019g\u2019rida, \u201cAmir Sohibqiron amirlarga qal\u2019a aylanasining har tarafidan o\u2019rab olishni buyurdi. Qal\u2019aning bir darvozasi bor ediki, u o\u2019z holiga yana ikkinchi qal\u2019a edi. Chunonchi, donishmand kishilar aqli uni olishni tasavvur qilishdan ham ojiz, donolar fikri uni egallashga qisqalik qilar edi. Amir Sohibqiron u darvozani amirzoda Shoh Malik bahodirning uhdasiga topshirdi va u qal\u2019a ro\u2019baro\u2019sida g\u2019oyatda mustahkam bir qal\u2019a qurishni buyurdi. Boshqa amirlarga esa ikki yonda yana ikki qal\u2019a ko\u2019tarishni topshirdi, toki agar qal\u2019ani olish uzoqqa cho\u2019zilsa, bahodirlar vaqt o\u2019tishi bilan g\u2019animlarni tanglikka tushirgunlaricha shu qal\u2019ada turadilar, dedi. Amir Shoh Malik davlat quvvatini qo\u2019llovi va Amir Sohibqiron inoyatining barakoti bilan uch kun muddatda shunday bir qal\u2019a qurdiki, unda uch ming odam turishi mumkin edi\u201d, degan so\u2019zlarni qoniqish va iftixor bilan yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shoh Malikning Rum yurishidagi jasorati haqida Sharafiddin Ali Yazdiy ham qiziqarli dalillar keltirgan. Yildirim Boyazidga qarshi boshlangan yurishda Sohibqiron qo\u2019shinlari Qirshahrga yaqinlashib keladilar. Darakchilar shu yaqin orada Yildirim Boyazid lashkarlari qorasi ko\u2019rinayotganligi xabari olib keladilar. Qo\u2019shinlarga hamma tomon bo\u2019ylab yonga qarshi bori amri farmoni bo\u2019ladi. Har to\u2019xtalgan joyda chohlar qaziladi. Amir Temur hazratlari amir Shoh Malikni ming kishi bilan \u201ctil\u201d olib kelishga jo\u2019natadi. Shoh Malik otliqlari tunda yo\u2019lga chiqib, Yildirim Boyazid armiyasi qo\u2019ngan hududga yaqinlashib keladi. Dushman lashkarida qorovul almashadigan payt bular yashiringan joylaridan chiqib, ularga tashlanadilar, o\u2019rtada qattiq olishuv yuz beradi. Yildirim Amir Temurning bir guruh botir sipohiylari ilg\u2019or qilib kelganligini eshitib, qattiq ta\u2019sirlanadi. Bu hol uning sha\u2019niga soya tashlanganidan xafa bo\u2019ladi. Yildirim joyidan qo\u2019zg\u2019alib, Qirshahr tarafga ton payti yo\u2019l oladi. Amir Shoh Malik Rum Qaysariga qarshi olib borilgan janglarda doim Sulton Mahmudxon bilan bir safda bo\u2019lgan. Sulton Mahmudxon Sohibqiron tomonidan nomiga qo\u2019yilgan Chig\u2019atoy xonlari avlodidan bo\u2019lgan kishi edi. Shu orada u Yildirim Boyazidni qo\u2019lga oladi. Oradan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay o\u2019zi ham bandalikni bajo keltiradi. Yildirim Boyazidni ta\u2019qib qilgan Sulton Mahmud guruhi safida amir Shoh Malik ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki atoqli vazir amir Shoh Malik va Shayx Nuriddinning hukmdor o\u2019limidan keyingi xatti-harakatlari, birining xonadonga metin sadoqati, ikkinchisining hokimiyat ilinjida xoinlik yo\u2019lini tanlashi manbalar asosida ko\u2019rsatildi. Ayniqsa, Shayx Nuriddinning o\u2019ldirilishi, Tuman Og\u2019oning Hirotga, Shohruh Mirzo huzuriga qaytilishi, Samarqandda Ulug\u2019bek Mirzoning Movarounnahr hukmdori bo\u2019lishi va amir Shoh Malikning unga Otaliq bek etib tayinlanishi Yazdiy \u201cZafanoma\u201dsi asosida hikoya qilindi va ularni ortiq takrorlashga hojat yo\u2019q. Bu o\u2019rinda faqat Fasih Xavofiyning \u201cMujmal\u201didan ayrim chizgilarni qo\u2019shimcha qilishni maqbul ko\u2019rdim. Asarda, Sohibqiron O\u2019trorda qishlab turganida uning yonida amir Shoh Malik, Shayx Nuriddin va amir Hoja Yusufdan boshqa xos kishilar bo\u2019lmaganligi aytiladi. Sarkardalar, qo\u2019shin bilan bo\u2019lgan ulug\u2019 kishilar hammasi \u2013 bir qismi Dashti Qipchoqda, yana bir bo\u2019lagiToshkentda qish chiqishini kutib turganlar. Bu ham Sohibqironning amir Shoh Malikni nihoyat darajada o\u2019ziga yaqin olganligini tasdiq etadi. Shunday muruvvat Shayx Nuriddinga ham ravo ko\u2019rilgan. Sohibqironning o\u2019ng va so\u2019l tomonida tiz bukib o\u2019tiradigan bu ikki vaziri a\u2019zam, oradan hech vaqt o\u2019tmay, biri xonadonning haqiqiy himoyachisiga, unisi esa ashaddiy dushmanga aylanadi, hatto Sohibqironning haramiga ko\u2019z ola qiladi, deb kim o\u2019ylagan edi? Odamni anglash, baribir, qiyin ish ekan. Shayx Nuriddin imkon kelishi bilan o\u2019zini hokimiyatga urdi, o\u2019ylovsizlik va besabrlik qildi \u2013 o\u2019zini muqarrar tig\u2019ga urdi, ajalidan burun o\u2019ldirildi. Amir Shoh Malik esa e\u2019tiqodida sodiq qoldi, xonadonga bo\u2019lgan mehr-muhabbatini na xazinaga, na yuksak amallarga almashtirmadi, aksincha, qo\u2019liga shamshir olib, Sohibqiron vasiyatini himoya qilishga, toju taxtining qonuniy egalariga tegishli yo\u2019l ochish uchun kurashdi. U to\u2019g\u2019ri yo\u2019l tutgan edi. Sadoqat, metin iroda uni yuksaklikka ko\u2019tardi. Shohruh Mirzo davrida Xorazmni boshqardi. Xorazmshoh deb ulug\u2019landi. Hatto, Husayn va Yusuf So\u2019filar ham Xorazmni idora qilib turganlarida Xorazmshoh deb atalmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shoh Malik juda to\u2019g\u2019ri so\u2019z bo\u2019lgan. \u201cMatla\u201dda keltirilishicha, Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019zining otaliq begidan \u2013 amir Shoh Malikdan arazlagan, undan xafa bo\u2019lgan. Oraga tushgan bu sovuqlik 1411-1412 yillar tegrasida yuz beradi. Shohruh Mirzo huzuriga \u201cMirzo Ulug\u2019bekning navkari Malik yasovul kelib, Mirzo Ulug\u2019bek bilan amir Shoh Malik orasida bir qudurat mavjud ekanligini arzga yetkazdi, deyiladi. \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201d asarida, &#8212; amir Sayyid Ali tarxonni xabarni tekshirib aniqlash uchun Samarqandga jo\u2019natdilar. Amir Sayyid Ali ahvolni surishtirib ko\u2019rib bildiki, Onhazrat (Shohruh Mirzo) amir Shoh Malikka inoyat ko\u2019rsatib, Movarounnahr mulklariga sohib ixtiyor qilib tayinlaganidan buyon amir Shoh Malik barcha ishlarni ko\u2019pchilik ra\u2019yiga muvofiq, to\u2019g\u2019ri fikr va o\u2019tkir nazar bilan tartibga solgan, Mirzo Ulug\u2019bekka nisbatan esa pand-nasihat qilish va davlatxohlik ko\u2019rsatish maqomida ekan. Ammo ko\u2019pchilik tabiatiga, xususan podshohlarga, nasihat achchiq tuyuladi, chunki ular hamma vaqt tiriklik ta\u2019mini o\u2019zlari uchun shirin va mazali bo\u2019lishini istaydilar va butun olamni o\u2019zlaridan past deb biladilar. Agar amir Shoh Malik biror maslahatga binoan Shahzodaning ra\u2019yiga xilof ish qilgudek bo\u2019lsa, g\u2019arazli kishilar uni betartiblik va bemulohazalikka yo\u2019yib, boshqa bir suratda ko\u2019rsatadilar. Nasihat adovatga sabab bo\u2019lib chiqishini oldindan qanday gumon qilish mumkin?!\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Bu nizoning oqibati amir Shoh Malikning Xorazmga ketishi bilan yakun topadi. Xorazmda bu paytlarda yana g\u2019ulu qo\u2019pgan, viloyat qo\u2019ldan chiqish holiga kelib qolgandi. Amir Shoh Malik Xorazmda ishlarni qo\u2019lga oladi, adolatni qaror topdiradi va 1413 yilning aprelida Hirotga qaytib keladi. Shundan keyin ko\u2019p o\u2019tmay, Shohruh Mirzo Xorazm hukumatini boshqarishni amir Shoh Malik zimmasiga yuklaydi. Ulug\u2019bek Mirzo va Shoh Malik o\u2019rtasidagi ixtilof, muarrix aytgani kabi, o\u2019rtadagi g\u2019arazli kishilarning ishi, tezlashlari oqibati edi. Qachonki, amir Shoh Malik Xorazmni idora qila boshlaganidan keyin, bu nizo o\u2019z-o\u2019zidan barham topib ketgan. Shu voqeadan keyin oradan to\u2019rt yil o\u2019tib, Ulug\u2019bek Mirzo Hirotga kelganida, Xorazmdan tashrif buyurgan Muhamamd Jahongir Mirzo va amir Shoh Malik sharafiga katta to\u2019y beradi. Bu, endi, ustozga, Otaliq bekka hurmat va, ayni vaqtda, xatoni tan olish, degani ham edi. Shohruh Mirzo 1420 yilda Iroq va Ozarbayjonga yurish qilganida Ulug\u2019bek Mirzo Movarounnahrdan o\u2019n ming otliq qo\u2019shin bilan ko\u2019makka keladi, amir Shoh Malik ham Xorazmdan katta lashkarni boshlab Hirotga qadam qo\u2019yadi. Bu yurishnign qanday yakun topganligi, Qaro Yusufning foniy dunyodan adam bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida avvalroq so\u2019zlab o\u2019tdim. Qaro Yusuf bilan to\u2019qnashuvdan oldin amir Shoh Malik o\u2019z nomidan unga Poyanda ismli bir navkarini Qaro Yusuf oldiga yuborib, oqilona nasihat qiladi. Unga, jumladan, Iroq va Ozarbayjonda hukumat qilish uchun Shohruh Mirzoga Sultoniya va Qazvinni tinch yo\u2019l bilan topshirish sharti qo\u2019yilgan edi. Qaro Yusuf bu shuhratli amir gapini olmaydi va yuborgan elchisini Tabrizda hibsga oladi. Qaro Yusuf bilan urush muqarrar bo\u2019lib, Shohruh Mirzoning hisobsiz lashkari Ray shahri yaqinida turganida, Qaro Yusuf to\u2019satdan hayotdan ko\u2019z yumadi. \u201cMatla\u201d muallifi bu haqda, \u201cQaro Yusufning vafoti voqeasi Ujon atrofida yuz berganligiga qaramay, turkmonlar shunchalik sarosimaga tushilarki, murdani chodirda qoldirib, qoshish yo\u2019lini changitdilar, kishilardan ba\u2019zilari chodirni g\u2019orat qilib, mayitning kiyimlarini egnidan yechdilar va uning qulog\u2019ini tillo halqasi bilan qo\u2019shib kesib oldilar. Bu voqea payshaba kuni yettinchi zulqal\u2019ada (13 noyabr, 1420) sodir bo\u2019lgan edi. Juma kuni, oyning sakkizinchida (14 noyabr, 1420) Seydi Muhammad Kajujoniy va Tabrizning boshqa akobirlari amir Shoh Malikning navkari Poyandani hibsdan ozod qilib, uzrxohlik bildirdilar\u201d. Endi, muhtaram o\u2019quvchim, solishtiring: Amir Temur va Shoh Malik qayoqda-yu, Qaro Yusuf va uning yonidagi kechagi \u201csadoqatli\u201d kimsalar qayoqda? Amir Shoh Malik ham Sohibqiron O\u2019trorda vafot etganida uning huzurida edi, hukmdor jon taslim qilganda maliklar, shahzodalar bilan kengash qurgan ham u edi. Sohibqiron jasadini olis yo\u2019ldan urintirmay olib kelgan kishilar guruhini har doim nazoratda tutgan u edi. Bularchi? Kuni kecha Qaro Yusuf desa yerga peshonasini turaydiganlar, uning jasadini sarishta qilish u yoqda tursin, ustidagi kiyimlari va qulog\u2019ini halqasiga qo\u2019shib kesib olib ketadilar. Ana hamiyat, ana qadriyat.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shoh Malik dong\u2019i ketgan amir edi. U 1426 yilning 21 yanvari kuni vafot etadi va Mashhad shahrida dafn etiladi. Mashhadda uning mulklari, vaqflari, ekinzorlari bo\u2019lgan. Chamasi, o\u2019zining vasitatiga ko\u2019ra, xoki shu joyga olib borilgan. \u201cMatla\u201d muallifi yozadi: \u201cHazrat xoqoni sa\u2019id (Shohruh Mirzo) ham unga nisbatan shunday bir mehribonlik ko\u2019rsatar ediki, hatto, Xorazm viloyatini unga darbasta (tamomila bog\u2019liq qilish) suyurg\u2019ol qilib tayinladi va u Xorazm mulkida osoyishta hayotni shu darajaga yetkazdiki, dunyo sarkashlari ham O\u2019zbek viloyatlariyu Dashti Qipchoq mutakabbirlarini el qilib itoatga keltirdi. Hazrat xoqoni sa\u2019id Saraxs viloyatida ekanligida marhum amirning haq rahmatiga yetishganligini xabarini eshitdi. Onhazrat uning dunyodan o\u2019tganligiga ko\u2019p qayg\u2019urib, ma\u2019yusu mahzun bo\u2019ldi. Shoh Malikning xotini va o\u2019g\u2019li Ibrohim Sultonlar qora liboslar kiyib, hazrat Imomning qabri yoniga, Shoh Malikning o\u2019zi qurdirgan maqbaraga dafn qildilar. Onhazrat amir Shoh Malikning suyurg\u2019oli bo\u2019lgan Xorazmni idora qilishni uning farzandi Ibrohim Sultonga inoyat qildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shoh Malik, ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Mashhadda, ulug\u2019 imom Ali ibn Muso Rizo dahmasi yonida o\u2019zi qurdirgan maqbaraga dafn etilgan. Amir Shoh Malikning xotini ismi sharifasi Xond Og\u2019o bo\u2019lganligi manbalarda zikr etiladi. O\u2019g\u2019li ismini esa \u201cMatla\u201ddagidan farqli o\u2019laroq, Fasih Xavofiy to\u2019liq keltirib, Nosiriddin Sulton Ibrohim deb ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shoh Malik Movarounnahrda ham qurilishlarga bosh-qosh bo\u2019lgan. Bu haqda V.V.Bartold \u201cRashohot\u201d asariga asoslanib, \u201cSamarqanddagi madrasa qurilishida Ulug\u2019bekning vasiyi amir Shoh Malik boshchilik qilgan\u201d, deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmda amir Shoh Malik asos solgan sulola 1468 yilga qadar hukm suradi. Nosiriddin Ibrohim Sultondan Nur Saidbek dunyoga keladi. Nur Saidbek ham siyosiy hayotga erta aralashadi. Otasi va bobosi singari Shohruhiylar saroyida, shahzoda Muhammad Jo\u2019giy xizmatida bo\u2019ladi. Samarqand hukmdori Abu Said Mirzo tarafida turib, Xuroson hokimiyati uchun olib borilgan janglarda ishtirok etadi. Nur Saidbek Abu Said Mirzo Hirot taxtini egallaganidan keyin, otasi Amir Shoh Malik mansabiga \u2013 Xorazmni idora qilishga jo\u2019natiladi. U bu joyda bir necha yil davomida yaxshi hokimlik qiladi. Nur Saidbeknng o\u2019g\u2019li Muhammad Solih shoir bo\u2019lib yetishadi. Unng \u201cShayboniynoma\u201d degan dostoni bor. Muhammad Solih ikki sulola \u2013 Temuriylar va Shayboniylar toju taxt uchun kurashni avj oldirgan mahalda yashab ijod qiladi. Uning otasi Nur Saidbek Xorazmda 1468 yilda Husayn Boyqaroning talon-tarojiga yo\u2019l qo\u2019yganligi, uni viloyatga kiritganligi uchun, hujumni qaytara olmagan hokim sifatida Abu Said Mirzo tomonidan Hitorga chaqirib olingan va gunohi bir sira kechirilgan. Abu Said Mirzo obro\u2019dan tushgan Nur Saidbekka Marvda yashashga ijozat berdi. Biroq, oradan ko\u2019p o\u2019tmay u qatl etiladi. Yosh Muhammad Solihning ana shu vajhdan Temuriylarda o\u2019chi bo\u2019lgan. Qachonki, Temuriylarga qarshi g\u2019anim sulola Shayboniylar kurash maydoniga chiqqach, Muhammad Solih ular tomoniga o\u2019tadi va Muhammad Shayboniyning Movarounnahr va Xuroson uchun olib borgan kurashlarida qatnashadi. \u201cShayboniynoma\u201d boshdan-oyoq Temuriylarni tanqid qilish, Shayboniylarni esa ulug\u2019lashdan iborat mazmun-mohiyatga ega. Asarning qimmati \u2013 unda hokimiyat talashlari va uning jabrini el ko\u2019rishi aks etganligida\u201d, deyish o\u2019rinli bo\u2019ladi. Temuriylarning o\u2019zaro qirpichoq bo\u2019lganligi, avvalgi jipslik, qudrat boy berilganligi, oqibatda, ikkinchi turkiy sulola \u2013 Shayboniylar yurtni qonga botirib, elni talab, hokimiyatga kelganligi haqqoniy voqealar talqini orqali ochib beriladi. Bir so\u2019z bilan aytganda, Amir Shoh Malikdek umri bo\u2019yi Temuriylarga sadoqat bilan xizmat qilgan, buning orqasidan Xorazmshoh darajasiga ko\u2019tarilgan ulug\u2019 amir avlodidan uning e\u2019tiqodlariga qarama-qarshi bo\u2019lgan zurriyot yetishganligi juda ajablanarlidir. Buni davr taqozosi, sulolalar almashinuvi bilan izohlab bo\u2019lmaydi. Buning birgina sharhi bor, u ham bo\u2019lsa manfaat. Bu so\u2019z birgina Muhammad Solihga taalluqli bo\u2019lib qolmay, Abu Said Mirzoga ham to\u2019lasincha tegishlidir. Abu Said Shohruh Mirzo xonadoniga nima ko\u2019rgiliklar solmadi, deysiz. Yoshi saksonni qoralab qolgan Gavharshod Begimning burdalab o\u2019ldirilishi oldida Nur Saidbekning qatli nima bo\u2019libdi. Amir Shoh Malikning Sohibqiron davlati poydorligi uchun kurashlari Abu Said Mirzo uchun mutlaq ahamiyatsiz edi. Muhammad Solihdan o\u2019pka-gina qilish pirovardida kechasi kunni unutishning oqibatlari bundan-da yomonroq bo\u2019lishini tasavvur etishga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Solih, \u201cKo\u2019rmadim xayre Mirzolardin, tiladim royi donolardin\u201d, deydi. Mirzolar \u2013 Temuriylar uning bobolarini unutib bo\u2019lgan edi. Shohruh Mirzo olamdan qaytgandan so\u2019ng, Sohibqiron safdoshlarini esga oladigan shahzodalar deyarli yo\u2019q edi. Shohruh Mirzo vafot etganda uning bir o\u2019g\u2019li \u2013 Ulug\u2019bek Mirzo hayot edi, xolos. Muhammad Solih aytayotgan, ko\u2019zda tutayotgan \u201cdonolar\u201d \u2013 Shayboniylar ham u o\u2019ylagan hukmdorlar bo\u2019lib chiqmaydi. \u201cXorliqlar\u201d bilan o\u2019sgan, \u201czorliqlar\u201d bilan ozor ko\u2019rib, voyaga yetgan Muhammad Solih Shayboniylar misolida o\u2019z elini, xalqini talaydigan, kiradigan hukmdorlarni ko\u2019radi. Maqtovlar, madhlar zamirida haqiqat manzaralari namoyon etiladi. Bu asar, ya\u2019ni \u201cShayboniynoma\u201d ikki jondosh-qondosh sulolaning Sohibqiron Amir Temur jahonshumul qilgan davlatni, ulug\u2019 saltanatni qanday barbod qilganligini ro\u2019yi-rost gavdalantirishi bilan katta tarixiy ahamiyatga egadir. Amir Shoh Malik qissasi ana shunday. Biz uning shaxsida sadoqatining mumtoz namoyishini ko\u2019ramiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sohibqiron Amir Temur tarixlarida uning safdoshlari nomma-nom keltiriladi. Ularning ko\u2019pchiligi Temurbek bilan yonma-yon turib, Movarounnahrni mo\u2019g\u2019ullar zulmidan xalos qilishda fidoiylik ko\u2019rsatganlar, jon berib-jon olganlar. Eng sodiqlari og\u2019ir damlarda ham u &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-xonadonga-sadoqat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153610","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153610","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153610"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153610\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153611,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153610\/revisions\/153611"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153610"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153610"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153610"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}