{"id":153695,"date":"2025-09-25T08:38:50","date_gmt":"2025-09-25T05:38:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153695"},"modified":"2025-09-25T08:38:51","modified_gmt":"2025-09-25T05:38:51","slug":"amir-temur-sulolasi-malika-tumon-ogo-qissasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-malika-tumon-ogo-qissasi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Malika Tumon og\u2019o qissasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu qissa ancha mahzun. Sohibqiron Amir Temur Turkiston hukmdori sifatida hukm sura boshlaganining oltinchi yili Tumon Og\u2019oga uylanadi. Tumon Og\u2019o bu paytda o\u2019n ikki yoshda edi. Hukmdor tariqasida, Amir Husayn haramidagi to\u2019rt xotindan keyin, Tumon Og\u2019oning Sohibqiron xotinlari safiga kiritilishi ikkinchi rasmiy shohona nikoh edi. Dilshod Og\u2019odan keyin Tumon Og\u2019oning yosh bo\u2019lishiga qaramay, ulug\u2019 maqomga \u2013 malikalikka noil etilishi ham ulusning ichki ofiyatini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning oilaviy hayoti, uning keyingi uylanishlari sabablari haqida mulohaza qilganingda, Sohibqironning qadimiy udumlarga, ota-bobolardan meros bo\u2019lib kelayotgan qarindoshlik rishtalarini bog\u2019lash odatlariga qattiq ishonganligi va amal qilganligi amir bo\u2019lasan kishi. Buni Xorazm voliysi Yusuf So\u2019figa nisbatan bo\u2019lgan munosabat misolida ham ochiq-oydin ko\u2019rish mumkin. 1373 yilda Xorazm hukmdorlari avlodidan Oq so\u2019fining qizi Xonzoda Begimning Sohibqiron Amir Temurning o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzo bilan turmush qurishi ikki hokimiyat o\u2019rtasidagi ziddiyatni yumshatganday bo\u2019lgan edi. Xorazm taxtiga kelgan Yusuf So\u2019fi o\u2019rtada uch-to\u2019rt yil qaror topgan tinchlik va qarindoshlik oyinini qo\u2019pol tarzda buzib, Amir Temur 1376 yilning oxirlarida To\u2019xtamish himoyasi uchun O\u2019rusxonga qarshi lashkar tortib ketganida, vaziyatdan foydalanib, Buxoro ustiga bosib kelib, uni talashga tushadi. Qo\u2019lga ilashadigan narsa borki, hammasini ship-shiydam qilib, olib ketadi. Bundan xabar topgan Amir Temur Yusuf So\u2019fi huzuriga elchi yuborib, \u201cqarindosh bo\u2019lganimizdan keyin, bunday dushmanlikning sababi nima?\u201d, degan savolni qo\u2019yadi. Yusuf So\u2019fi javob o\u2019rniga, Sohibqiron elchisini zindonga soladi. Amir Temur shundan so\u2019ng ham, yana elchi yo\u2019llab, \u201cpodshohlarga elchilarni jazolash yarashmaydi, ularning aybi yo\u2019q. Aytmoqchi bo\u2019lgan biror gaping bo\u2019lsa, uni ichingda saqla, elchilarda nima o\u2019ching bor? Elchilarni qaytarib yubor va bunday nomaqbul ishga qo\u2019l urma, pushaymon bo\u2019lib qolasan\u201d, degan mazmunda muloyim qilib noma yuboradi. Yusuf So\u2019fining nodonligi shu darajaga yetadiki, Sohibqiron yuborgan ikkinchi elchini ham zindonband etadi. Ustiga ustak, lashkarboshi To\u2019y Bug\u2019oni yana Buxoroga qo\u2019shin bilan yuborib, talon-tarojni amalga oshiradi, mol-hollarni, tuyalarni haydab olib ketadi. Yusuf So\u2019fining bu qilmishi Amir Temurning qo\u2019shnichilik va qarindoshlik munosabatlarini o\u2019zboshimchalik bilan buzgan Yusuf So\u2019figa qarshi to\u2019rtinchi marta qo\u2019shin tortishiga sabab bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yusuf So\u2019figa qarshi qo\u2019shin torib borgan paytda Amir Temur qirq uch yosh ustida edi. Elchilarni qamab qo\u2019yish, quda-andachilikka xilof o\u2019laroq, dushmanlikni kuchaytirish, oxir-oqibatda, 1379 yilning fevralida to\u2019rtinchi bor qilichlarni qindan chiqarishga olib keladi. Bu o\u2019rinda Sohibqironning jismonan nihoyatda kuchli bo\u2019lganligini shu yurishda sodir bo\u2019lgan bir voqea vositasida aytib o\u2019tish joiz ko\u2019rinadi. Yusuf So\u2019fi, Sohibqironga maktub yuborib, \u201cIkkalamiz sababimizdan odamlar qiyinchilik tortayotir, yaxshisi, maydonga ikkalamiz chiqaylik-da, jang qilaylik\u201d, deb uni yakka kurashga chorlaydi. Bu so\u2019zlar Sohibqironga juda ma\u2019qul keladi va, \u201cXudodan aynan shuni so\u2019ragan edim\u201d, deya xitob qiladi. Shu so\u2019zlarni aytib u harb liboslarini kiyib, qurollanib qal\u2019a tomonga otlanadi. Beklar uning yo\u2019lini to\u2019sib, borishga yo\u2019l bermaydilar. Oriyatli hukmdor ular so\u2019ziga bovar qilmay, jilov siltaydi. Shunda ot yuganidan eng yaqin do\u2019sti va safdoshi Hoji Sayfiddinbek ushlab, Sohibqironga yig\u2019lamoqdan beri bo\u2019lib, \u201cQachonki bizlar, sizning qullaringiz tirik ekanmiz, sizni jang qildirib qo\u2019ymaymiz\u201d, deydi. Amir Temur achchiqlanib, do\u2019stini koyiydi-da, bir o\u2019zi qal\u2019a tomonga ot surb ketadi. Qal\u2019aning chohiga yetib, baland ovozda, \u201cYusuf So\u2019figa aytinglar, uning shartiga muvofiq, biz keldik. Qani, endi, o\u2019z va\u2019dangda turib, shahardan chiqda, bu yerga kel. Ko\u2019ramiz, Alloh taolo g\u2019alabani kimga yor qilarkan\u201d, deydi. Yusuf So\u2019fi jangga hozir bo\u2019lib turgan Sohibqiron oldiga kelishga botina olmaydi, qo\u2019rqoqlik qiladi. Amir Temur uni yana bir bor jangga chorlaydi. Yonidagilar uni qancha da\u2019vat qilmasinlar, Amir Temur bilan yakka jang qilishga urushga yuragi betlamaydi. Sohibqiron shunda, \u201cSo\u2019zga amal qilmagandan ko\u2019ra, o\u2019lgan afzal\u201d, deydi. Odamlar bu qahramonlikdan hayratga tushadilar. Holbuki, bu voqea yuz bergan 1379 yilda Amir Temur 43 yoshga kirgan edi. 1362 yilda Seyistonda kamon o\u2019qi qo\u2019lini yaralagan, Sohibqiron o\u2019n yetti yildan buyon jangda yetgan zahmdan o\u2019ng oyog\u2019i bukilmay, qilib tutib jang qilish noqulay tug\u2019dirishi tabiiy edi. Bu yoshda ham, ko\u2019ramizki, Amir Temur nihoyatda kuchli, chap qo\u2019lda shamshir to\u2019lg\u2019ashning urishish hadisini olgan, dovyurak, oriyatli insonligicha qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Quda-andachilik vositasida vujudga keladigan qarindoshlikka sof oilaviy nuqtai nazardangina emas, davlat ahamiyati tushunchasi bilan yondoshadigan Sohibqiron bu boradagi qarashlarga og\u2019ishmay amal qiladi. Bu sohada yanglishganligiga,&nbsp; ko\u2019p bora pand yeganligiga qaramay, shu yo\u2019lni mahkam tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur hayotda faqat uylanish emas, o\u2019z qizlarini va qarindoshlari qizlarini boshqalarga uzatishda ham shu andozaga rioya qiladi. Sohibqironning Amir Joku Barlosning qizi Nurmish Og\u2019odan tug\u2019ilgan katta qizi Tog\u2019ay Shoh Og\u2019o Begim (ba\u2019zi tadqiqotlarda kichik qizi deyiladi. Og\u2019o Begimni Sohibqironning to\u2019ng\u2019ich qizi deganda, Turg\u2019un Fayziyev haq. Umarshayx Mirzo bilan Og\u2019o Begim bir onadan tavallud topgan) Amir Musoning o\u2019g\u2019li Muhammadbekka uzatiladi. Bu nikoh Og\u2019o Begim 14-15 yoshlarda ekanligida bo\u2019ladi. Aniqrog\u2019i, Amir Temur 1370 yilda Saroy Mulk Xonimni o\u2019z haramining birinchi malikasiga aylantirgach, Saroy Mulk Xonimga tog\u2019a bo\u2019lmish Amir Muso bilan quda kirishadi. Amir Muso qaltis odam, og\u2019machi amaldor edi. Uning kimligi, fe\u2019l-atvori, tarozi shayiniga qarab, turlanib turishi to\u2019g\u2019risida yo\u2019l-yo\u2019lakay gapirib o\u2019tildi. Sohibqironning bag\u2019rikengligiga, kechirimli hukmdor bo\u2019lganligiga qoyil qolmay bo\u2019lmaydi. Amir Husayn, sarbadorlar vositasida Turkiston taxtini egallab, Soli Saroyga qaytayotganida, Amir Temurga o\u2019lganining kunidan \u201ciltifot qilib\u201d, Kesh shahrining amirligini berishga mayl qiladi. Amir Husayn So\u2019fining qizini olishi uchun Amir Temur zimmasiga uch ming dinor va ko\u2019p mol-hollar yetkazishni yuklaydi. Muarrix Shomiy, \u201cAmir Sohibqiron bu taklifni qabul qilib: \u201cMen molning chorasini ko\u2019raman, ammo sening xizmatingdan ayrilmayman, chunki kimda-kim o\u2019z amirining suhbatidan va xizmatidan uzoqlashsa, dushmanlar imkon topadilar va payt poylab, yolg\u2019on so\u2019zga rostlik libosini kiygizadilar-da, hokimning tilini o\u2019zgartiradilar. Men bunga toqat qilolmaydman. Agar suhbatdoshlikka ijozat bermasang, unga ijozat begilki, toki bu xizmatkoring xonayi Ka\u2019baga yuz tutib, o\u2019tgan umrining tadorikini ko\u2019rsin va yo\u2019l qo\u2019ygan gunohlari uchun uzr so\u2019rash bilan mashg\u2019ul bo\u2019lsin\u201d, dedi. Amir Husayn bu gaplarni ma\u2019qul ko\u2019rmadi va juda ko\u2019p urinishlardan keyin Kesh shahrining hukmdorligi va amirligini Amir Sohibqironga topshirdi. Ertasi kuni Amir Husayn Soli Saroyga ravona bo\u2019ldi. Amir Sohibqiron o\u2019zining izzat qarorgohiga kelib tushdi, molning qolgan qismini jamlab, Amir Husayn ketidan yubordi\u201d, degan so\u2019zlarni keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cLoy jangi\u201d, sarbadorlarning nohaq jazoga tortilishi, do\u2019stlarinign shubha ostiga olinib katta tovon to\u2019lashga mustahiq etilishi, Amir Husaynning kuyovi, singlisi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning eri \u2013 Amir Temurga nisbatan qilingan kalondimog\u2019lik, u bilan vaziyat taqozosiga ko\u2019ra, murosa qilishga bo\u2019lgan majburiyatidan, muarrix qavli bilan aytganda, \u201cnosoz davron mashaqqatlaridan charchagan\u201d, hammasidan qo\u2019l siltab, hatto hajga ketishni ixtiyor qilgan Amir Temur, shunday og\u2019ir vaziyatda ham o\u2019zini bosishga, aql bilan ish ko\u2019rishga kuch topa oladi. Keshda bir muddat o\u2019zini o\u2019nglash va dam olish uchun ovga chiqishni lozim ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn o\u2019z qarorgohiga ketganidan keyin noilojlikdan Kesh idorasi Amir Temurga topshirilganligi, uning azaliy raqiblariga xush kelmaydi. Amir Husayn ra\u2019yi bilan Qarshini idora qilib turgan Amir Muso o\u2019n ikki ming kishilik qo\u2019shini bilan bundan sal burun Amir Temurdan sharmandalarcha mag\u2019lub bo\u2019lgan edi. Amir Husayn bilan Amir Temur o\u2019rtasida nishlay boshlagan ixtilofdan u ustalik bilan foydalandi. U, Qozonxondan oldin Chig\u2019atoy ulusida xonlik qilgan Tarmashirinxonning xotini O\u2019rdu Xotun, Ali Darvesh va Farhod bilan ittifoq tuzib, ikki amir o\u2019rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirish uchun ig\u2019vo maslahatini qiladilar. Ular Soli Saroyga, Amir Husayn nomiga bo\u2019htondan iborat xat jo\u2019natadilar. Tuhmat bilan oq qog\u2019ozni qoraytirgan bu kaslar, \u201cAmir Temur Amir Husaynga qarshi dushmanlik yo\u2019liga kirib, bu ishni amalga oshirish bilan band. Bizlar buni xayrixohlik yuzasidan qildik\u201d, deb yozadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husaynga ham shunday bahona kerak edi. Xatni olgandan so\u2019ng, darhol Samarqandga taftish yuboradi va \u201cAmir Temur, Amir Muso, Ali Darvesh va Farhodlar O\u2019rdu Xotun oldiga borsunlar. U yerda so\u2019rov o\u2019tkazib aniqlasinlar: kimning so\u2019zi to\u2019g\u2019ri bo\u2019lsa, u izzat ikromga sazovor bo\u2019lsin, aks holda qahru g\u2019azab ostiga olinsin\u201d, deya amir qiladi. O\u2019rdu Xotun Amir Husaynning qaynonasi edi. Uning qizi Qutlug\u2019 Sevinch Og\u2019o Amir Husayn haramida bosh malika hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keshga ham bu itobli farmon yetadi. Taajjub va hayratga tushgan Amir Temur, Amir Husayn talab qilgan pul va mollarni yuborib, endi bir oz orom olganida, bu bo\u2019hton uni, o\u2019zining haqligini dalolat etmog\u2019i uchun Samarqandga otlantiradi. Amir Temurning Samarqand yo\u2019liga chiqqanligidan vahimaga tushgan Amir Muso bilan Ali Darvesh Xo\u2019jandga qarab qochadilar. Amir Temur, \u201cBu mufsidlar yolg\u2019on so\u2019zlashni boshlab, fitna-yu fasodga asos soldilar. Hokim bo\u2019lib turgan amir Husayn bo\u2019lsa, fe\u2019li buzilib, xalqning moliga ta\u2019ma qilmoqda va fasodchilarning gapiga quloq solmoqda\u201d, degan qarorga keladi va muhofaza choralarini ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu voqea kechganidan besh-olti yil o\u2019tib, Amir Temur, hokimiyatdan ag\u2019darilgan Amir Husayn haramiga egalik qilganida, O\u2019rdu Xotunning shu nomatlub qilmishi uchun, ehtimol, uning qizini Bahrom Jaloyirga xotinlikka berib, Qutlug\u2019 Sevinch Og\u2019oning saroy bosh malikasi maqominigina emas. Chig\u2019atoy xonlari ichida hurmati katta bo\u2019lgan Tarmashirinxonning ham rutbasini Qozonxondan quyi tushiradi. Oilaviy hayotdagina emas, siyosatda ham ayol makri nimalarga olib kelishida, bu, shunchaki bo\u2019lmagan bir misoldir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qabihlikka qo\u2019l urgan Amir Musoning kechirilishi insoniy bag\u2019rikenglikdan tashqari, mamlakat kelajagini o\u2019ylovchi hukmdorning jipslik, birlik uchun yon berishi bilan ham chambarchas bog\u2019liq edi. Bu tag\u2019in oilaviy hayot doirasidan chiquvchi, tor shaxsiy qobiqlardan ijtimoiy mohiyati bilan baland turuvchi jo\u2019mardlik namunasi ham edi. Chunki Amir Temur hokimiyatga kelganidan so\u2019ng, bemalol Amir Muso yanglig\u2019 fitnagarlarni, og\u2019machilarni jazolashi, bir yo\u2019la ulardan qutulib qo\u2019ya qolishi, hech bo\u2019lmaganda, munosabatlarni tag-tomiri bilan uzishi mumkin edi. Uzoqni o\u2019ylamaydigan, aholi kafiyati bilan hisoblashmaydigan kekchi, o\u2019ch oluvchi podshohlarda bunday holat ko\u2019p bora kuzatilgan. Chunki bir yo\u2019la daf etiladigan raqiblar ortida ham odamlar turadi, ularning qarindosh-urug\u2019lari, bola-chaqalari bo\u2019ladi. O\u2019z osoyishini o\u2019ylab, yomonlarga nisbatan eng oxirgi chorani qo\u2019llash fikridan Amir Temur umri bo\u2019yi uzoqda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1371 yilda Sohibqiron suyukli qizi Tog\u2019ay Shoh Og\u2019o begimni Amir Musoning o\u2019g\u2019li Muhammadbekka beradi. Bu Amir Musoning unga qarshi ig\u2019vogarligidan besh-olti yil o\u2019tib, Sohibqiron Movarounnahr taxtida o\u2019rnashganining ikkinchi yilida voqe bo\u2019ladi. Bu to\u2019yning o\u2019tkazilishida Saroy Mulk Xonimning ham ta\u2019siri sezilarli bo\u2019lgan. Amir Temur 1370 yilda dushmanlikni haddan oshirgan, amirlar va elning nazaridan qolgan Amir Husayn ustiga qo\u2019shin tortganida, boshda Amir Muso ham unga qo\u2019shiladi. Balx yurishida Amir Muso Huzorga yetib, qasamyodini unutadida, yo\u2019ni chapga burib, sotqinlik fe\u2019lini namoyish etadi. Qachonki, Amir Husayn mag\u2019lubiyati haqidagi xabarni eshitadi-da, qo\u2019rqqanidan Turkiston tarafga qochib ketadi. Amir Temur ulkan odamgarchilik ko\u2019rsatib, g\u2019arib bo\u2019lib, sarson-sargardon tog\u2019u tosh, dashtu qir kezib yurgan Amir Muso ortidan uni topib kelish uchun odam jo\u2019natadi. Jangga Qovchin (Yangi qovchin) degan manzilda uni topadilar. Amir Muso ularni ko\u2019rib qochishga tushadi. Tog\u2019lar, vodiylar osha yashirinib yurish davom etadi. Sohibqiron yana bir marta uni daraklatadi. Bu safar Amir Musoni topib olib kelish uchun marhum Amir Husaynning kichik ukasi Qoralchog\u2019bek jo\u2019natiladi. U Sohibqironning qaynog\u2019asi (O\u2019ljoy Turkon ukasi edi) sifatida saroy xizmatida bo\u2019lgan. \u201cZafarnoma\u201dda faqat shu munosabat bilan u bir marta tilga olinadi. Bu yerda ham Amir Temurning mag\u2019firatli hukmdor bo\u2019lganligi ayon bo\u2019ladi \u2013 akasi, Sohibqironga dushman bo\u2019lgan Amir Husayn sababidan jazoga tortilmagan, aksincha, zimmasiga muhim topshiriqlar yuklangan, ishonch bildirilgan, Amir Qarolg\u2019ochbek nihoyat uning turgan joyini izlab topadi, amir Muso yana qochishga tushadi. Uni qanchalik quvmasinlar, baribir, yeta olmaydilar. Amir Muso qochib-qochib, oxiri, Jayhundan o\u2019tadi va Shibirg\u2019onga, Amir Temurga azaliy yov bo\u2019lgan Zinda Chashm huzuriga panoh istab keladi. Bu joyda u Sohibqironga qarshi suiqasdga qo\u2019l uradi va pirovard natijada, unga hamfikr bo\u2019lgan Zinda Chashm hayot bilan vidolashadi. Amir Musoning gaplariga uchgan Zinda Chashm Sohibqiron anjumanga chorlaganda kelmaydi, yuborgan odamlarini esa o\u2019ldirib yuboradi. Sohibqironga bo\u2019ysunmaslikni shior qilib, Termiz xonzodalaridan bo\u2019lgan Abul Ma\u2019oliy bilan hamkorlikda Balx va Termiz aholisini talashga tushadi. Oqibat esa yuqorida zikr etilganday yakun topadi. Amir Muso, viloyat beklarini Amir Temurga qarshi kish-kishlagan kimsa esa qutulib qoladi, kechiriladi, mol-hol, tuyalar, xachirlar bilan mukofotlanadi, avvada o\u2019ziga talluqli bo\u2019lgan mulklarga egalik qiladi. Bularning hammasini, aytilgan sabablardan tashqari, bosh malikaning \u2013 Saroy Mulk Xonimning hurmati bilan, istaymizmi, yo\u2019qmi, bog\u2019lashga to\u2019g\u2019ri keladi. Tog\u2019ay Shoh Begim bilan Amir Musoning o\u2019g\u2019li Muhammadbek to\u2019ylari ham ana shunday paytda Amir Musoga nisbatan bemisl muruvvat ko\u2019satilgan kezlarda bo\u2019lib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadbek qo\u2019shin boshlig\u2019 bo\u2019lib xizmat qilgan. Jetaga qilingan yurishlarda uning ishtiroki xususida manbalarda ayrim xabarlar beriladi. Harholda, Saroy Mulk Xonim o\u2019z jiyani, Amir Musoning 12 yoshli qizi Tumon Og\u2019oni Sohibqiron nikohiga kiritish harakatiga tushganda, bu oilalarni nikoh rishtalari bilan bir meas, ikki martadan o\u2019rab-chirmab, mustahkamlashni, yovlashishga tamomila barham berishdek olijanob niyatni ko\u2019zlaganligiga ishonaman.<\/p>\n\n\n\n<p>1376 yilning oxirlarida Amir Temur Tumon Og\u2019oni o\u2019z nikohiga oladi va ulug\u2019vor to\u2019y beradi. Tumon Og\u2019o, bu voqeadan 12 yil avval 1365 yilda Temurbek Qarshini qamal qilib, Amir Muso oilasini quvishga tushganida, otda qochayotgan onasi Orzu Malik Og\u2019o qornida erta indin tug\u2019ilajak qizaloq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha paytda, ba\u2019zi istiholalar bilan uni otda quvib yeta olmagan Sohibqiron oradan o\u2019n ikki yil kechib, taqdir bedovida unga yetib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tumon Og\u2019oning maqomi Sohibqiron haramida Saroy Mulk Xonimdan \u2013 ammasidan keyin ikkinchi o\u2019rinda bo\u2019ladi. Shu tariqa, Sohibqiron Amir Temur Qarshi mavzeidan \u2013 amakisi Joku Barlosning qizi Nurmush Og\u2019oga, Saroy Mulk Xonimga, amir Shamsiddinning qizi Dilshod Og\u2019oga va Qarshining sobiq hokimi Amir Musoning qizi \u2013 Tuman Og\u2019olarga uylanadi. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o Amir Qazag\u2019onning nabirasi bo\u2019lib, Qo\u2019ng\u2019irot qavmidan edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qirq yoshida Tuman Og\u2019oga uylangan Amir Temurning bu sohibjamol malikaga atab, Samarqandda yashgan bog\u2019-rog\u2019lar yaratisga amr qilganligini aytadi. O\u2019n ikki burcha oyiniga muvofiq, shaharning g\u2019arbiy qutbida bir-biriga tutashib, ketgan Dilkusho bog\u2019 majmuasi barpo etiladi. Bog\u2019 ichida ko\u2019shkli qasrlar bunyod etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tumon Og\u2019o yurt hukmdori bilan to uning umri oxirigacha baxtli hayot kechiradi. U Amir Temurga bir qiz tuhfa etadi, ammo umri qisqa bo\u2019ladi. Sohibqironning uch, besh va yetti yillik yurishlarida Saroy Mulk Xonim va boshqa malikalar qatorida Fors viloyatlarining aksariyatida bo\u2019ladi. 1384 yilda, Amir Temur Balxda qo\u2019shinar yig\u2019ilishinii kutib, to\u2019xtab turgan paytida, uning yonida malikalar ham bor edi. Eron podshohi Jaloliddin Shoh Shuj\u2019aning qizi shu yerda hashamatlar bilan kutib olinadi. Tumon Og\u2019o ham Saroy Mulk Xonim bilan birgalikda Fors podshohi bilan qudalashishga, uning Balxga olib kelingan qizini Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzoga katta to\u2019y berib, nikohlatishga taraddud ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>1392 yil yozida Amir Temur Eron yurishi oldidan Buxoro tarafga otlanadi va Jo\u2019yizar (Shofirkon tumanida) degan yerda o\u2019rnashadi. Hukmdorda kasallik alomatlari kuchaya boshlaydi. U Samarqandga kishi jo\u2019natib, ayollari va farzandlarini olib kelishni buyuradi. Saroy Mulk Xonim, Tumon Og\u2019o va Sulton Baxt Begimlar tezlikda yetib keladilar. Amir Sayfiddin boshchiligida, muarrix aytganidek, turk va tojik tabiblari davolash bilan astoydil mashg\u2019ul bo\u2019ladilar. Malikalar va Sohibqironning qizi Sulton Baxt Begim ulug\u2019 avliyolar mozorlariga, muhtojlarga ko\u2019pdan ko\u2019p nazr-ziyozlar ulashadilar. 1392 yilning 7 iyuli (795 hijriyning 15 shaboni, yakshanba kuni) Sohibqironning hayotga qaytish kuni sifati, muarrixlar tomonidan ta\u2019kidlab aytilgan sana hisoblanadi. Shunday og\u2019ir damlarda Tumon Og\u2019oning ham Sohibqiron yonida bo\u2019lishi, uning mavqei va qadrini ko\u2019rsatuvchi jihatlardan, desam bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hijriy yetti yuz to\u2019qson oltinchi yilning (1394 yil 25 avgust) seshanba kuni \u2013 shavvol oyi oxirlarida Shohruh Mirzoning o\u2019g\u2019li Ibrohim Sulton dunyoga keladi. Saroy Mulk Xonim Sohibqironga odam yuborib, quvonchli xabarni yetkazdiradi. Xushxabarni eshitgan Amir Temur ham uning yonidagi beklar suyunchini bisyor qiladilar. Xazina eshiklari ochilib, katta-yu kichiklarga tuhfa ulashiladi. Adolat va saxovat bardavom bo\u2019lib, aholi bir yillik xaraj solig\u2019idan ozod etiladi. Chaqaloq Ibrohim Sulton tarbiyasi mas\u2019iluyati 19 yoshli Tumon Og\u2019oga topshiriladi. Shohona mas\u2019uliyatni zimmaga olgan Tumon Og\u2019o shahzoda sharafiga katta to\u2019y beradi, ulug\u2019 ishonchdan benihoya darajada quvonadi. Amir Usmon Abbos chaqaloq shahzodaning Otabegi etib tayinlanadi. Amir Usmon Abbosning xotini Sotqin Og\u2019o esa enagalikka qo\u2019yiladi. Sotqin Og\u2019o Amir Temurning yaqin qarindoshlaridan bo\u2019lgan ayol edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur vafot etganda, Tumon Og\u2019o 40 yoshda edi. U Sohibqiron bilan 29 yil umrguzaronlik qiladi. Zamon voqealarining yevrilishini qarang, Amir Temur o\u2019limidan keyin, Tumon Og\u2019o Sohibqironning eng ishonchli vazirlaridan biri Shayx Nuriddinga xotinlikka beriladi. Amir Temur O\u2019trorda, Shayx Nuriddinning ukasi Berdibek saroyga jon bergandi. Berdibek O\u2019tror hokimi edi. Shayx Nuriddin Tumon Og\u2019oni xotinlikka olishga qanday jazm qilgan, tarixlarda bir so\u2019z aytilmaydi, harholda, u bir muddat Xalil Sulton bilan yaqinlashgan, uni qo\u2019llab-quvvatlagan. Xalil Sulton undan vaqtida etagini yiqqan. Sohibqiron vafotidan besh yil o\u2019tib, 1410 yilda Shayx Nuriddin Samarqandga katta kuch bilan bostirib keladi. Shohruh Mirzo ko\u2019rgan tadbirlar, Shayx Nuriddinning Amir Shoh Malik tomonidan sharmandali qatlga yetkazilishiga olib keladi. Amir Shoh Malik ham Shayx Nuriddin singari, taniqli vazirlardan edi&nbsp; Amir Temur o\u2019limi yuz bergach, kimning kimligi aniq bo\u2019lib, uzoq vaqt bir kelgan yo\u2019llar tezlik bilan turli tomonlarga bo\u2019linib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tumon Og\u2019oni Sohibqiron farzandlaridan beijozat o\u2019ziga xotinlikka olgan Shayx Nuriddinni jazolashga Shohruh Mirzo Amir Shoh Malikni mutasaddi qiladi. U Shayx Nuriddin oldiga Xurqadoq degan navkarni jo\u2019natadi va unga, \u201cSen menga xuddi birodar o\u2019rnida balki undan ham azizroqda, agar bugun jur\u2019at qadamini ilgari qo\u2019yib, mening xotirimga kelgan ma\u2019nini bajarishga kirishsang, shoyad zafar yuz ko\u2019rsatar va sening dilovarlik noming ham tiriklik sahifasida boqiy qolar\u2026 Sen Shayx Nuriddinning oldiga borishing kerak, u seni ko\u2019rgach albatta huzuriga chaqiqib, og\u2019ushiga tortmoqchi bo\u2019ladi. Sen yaqin borganingda otdan tushgin, u seni og\u2019ushiga olaman deb boshingni eggan paytda, uni dadil va mardona shunday bag\u2019ringga torgilki, qo\u2019llaring uning orqasiga o\u2019tib birlashsin. Shunda uni mahkam ushlab, otdan tortib tushir. Uni otdan tushirish sening uhdangda, seni qo\u2019riqlash esa bizning uhdomizda\u201d, deya topshiriq beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hurqadoq navkar Shayx Nuriddin turgan qal\u2019a darvozasiga boradi. Sobiq vazir, endilikda Amir Temur davlati va xonadoniga ko\u2019z olaytirgan, dushmanlik va isnod yo\u2019liga kirgan Shayx Nuriddin navkarni ko\u2019rib, uni huzuriga chorlaydi. Hurqdoq otdan tushadi-da, bir necha bor ta\u2019zim qilib, ot ustida ko\u2019rishish uchun engashgan Shayx Nuriddinni otdan tortib, shamshirni belidan sug\u2019iradi. Bu holni ko\u2019rib, Shayx Nuriddinning nariroqda turgan ikki navkari kelib, Hurqadoqqa tashlanadi. Navkar abjirlik bilan ularning otlariga shamshir havola qilib, hurkitib yuboradi. U Shayx Nuriddinning boshiga shunday zarb bilan qilich soladiki, Shayxning tig\u2019ni ushlamoqchi bo\u2019lgan qo\u2019llari, barmoqlari va bosh kosasining yarmi bilan burni uzilib tushadi. Shu asnoda, bu hodisani uzoqdagi tepalikda kuzatib turgan Amir Shoh Malik ikki yuzta mukammal qurollangan suvoriylari bilan voqea joyiga zudlik bilan yetib keladi. Hurqadoq Shayx Nuriddinning boshini tanasidan judo qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Nuriddinning ukasi Shayx Hasan Shohruh Mirzoga xat bilan murojaat etib, itoat izhor etadi. Shohruh Mirzo uning oldiga To\u2019kal degan kishini yuborib, \u201cAgar bizga el bo\u2019lsang, Tumon Og\u2019oni huzurimizga yubor\u201d, degan talabni qo\u2019yadi. Shundan so\u2019ng Shohruh Mirzo Shayx Nuriddin ishini bartaraf etib, Hirotga keladi. Oradan bir oz vaqt o\u2019tib, \u201cUlug\u2019 bonu Tumon Og\u2019o\u201d ham Hirotga, Shohruh Mirzo o\u2019rdusiga qadam qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Padari buzrukvori hurmati, Shohruh Mirzo, \u201cU bonuni ulug\u2019lashda izzat-hurmat shartlarini ado etib, Kusaviya qasabasini suyurg\u2019ol tarzida uning noiblariga topshiradi\u201d. Qusaviya qasabasi Shohruh Mirzoning xotini Gavharshod Og\u2019oga tegishli mulk edi. Tumon Og\u2019oni kutib olishda Gavharshod Og\u2019o ham ishtirok etadi va unga katta ehtirom ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fasih Xavofiy o\u2019zining \u201cMujmali Fasixiy\u201d degan yilnomasida 1405-1406 yil voqea-hodisalari haqida hikoya qilganida \u201cMalika Tumon Og\u2019o Mirzo Halil Sulton farmoniga muvofiq Shayx Nuriddinga erga beriladi\u201d, degan so\u2019zlarni keltiradi. Xalil Sulton hokimiyat ilinjida, o\u2019ziga xayrixohlar orttirish uchun shu qadar tubanlikka borgan, ulug\u2019 xonadon, ulkan oila sha\u2019niga isnod bo\u2019lib tushadigan bu qabihlikdan qaytmagan. Oila sha\u2019ni Shohruh Mirzoning sa\u2019y-harakatlari bilan tiklangan. Shohruh Mirzo Samarqandda olti kun turganida, Shoh Malik tomonidan Shayx Nuriddinning boshi unga keltiriladi. \u201cMujmali Fasihiy\u201dda Tumon Og\u2019oga berilgan mulklar adadi yana ko\u2019proq bo\u2019lganligi aytiladi. Gavharshod Og\u2019oning saroy a\u2019yonlari xotinlari qurshovida Tumon Og\u2019oning kutib olishga chiqishi, Shohruh Mirzo tomonidan Sohibqiron bevasiga \u2013 o\u2019gay onasiga mol va mutavajihat, Xobushon viloyatidan Majroh degan qishloqni ham berganligi aytiladi. Gavharshod Og\u2019o Qusaviya qishlog\u2019ini tuhfa etgan bo\u2019lsada, o\u2019z navbatida Shohruh Mirzo ham Tumon Og\u2019oning to\u2019kinlikda hayot kechirishiga barcha sharoitlarni yaratishga intilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tumon Og\u2019oning qachon vafot etganligi aniq emas. Zikr etilayotgan \u201cMujmali Fasihiy\u201d 1441-1442 yilga qadar bo\u2019lgan voqealarni qamraydi. Muarrix shu davrga qadar yashagan va hayotdan ko\u2019z yumgan taniqli tarixiy shaxslar haqida ma\u2019lumotni jamlar ekan, 845 hijriygacha (1442 yil) olamdan o\u2019tgan Temuriylar xonadonida mansub kishilar orasida Tumon Og\u2019oning ismi sharafasini keltirmaydi. Malika Tumon Og\u2019o bu paytda hayot bo\u2019lganida, 77 yoshga kirgan bo\u2019lardi. Hikoyamning avvalida \u201cbu qissa mahzun\u201d degan edim. Malika Tumon Og\u2019oning qismati Sohibqiron vafotidan keyin kutilmagan tarzda evrilishi, qadrsizlantirilishi, oradan shuncha asrlar kechgan bo\u2019lsa-da, yuraklarda achinish uyg\u2019otmay qolmaydi. Hokimiyat, manfaat aqli qisqa, g\u2019urusiz, hamiyatsiz odamlarni qaysi qo\u2019ylar tentiratmaydi, esiz, esiz\u2026<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu qissa ancha mahzun. Sohibqiron Amir Temur Turkiston hukmdori sifatida hukm sura boshlaganining oltinchi yili Tumon Og\u2019oga uylanadi. Tumon Og\u2019o bu paytda o\u2019n ikki yoshda edi. Hukmdor tariqasida, Amir Husayn &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-malika-tumon-ogo-qissasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153695","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153695","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153696,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153695\/revisions\/153696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}