{"id":153700,"date":"2025-09-26T12:43:45","date_gmt":"2025-09-26T09:43:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153700"},"modified":"2025-09-26T12:43:47","modified_gmt":"2025-09-26T09:43:47","slug":"amir-temur-sulolasi-umarshayx-mirzo-avlodi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-umarshayx-mirzo-avlodi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Umarshayx Mirzo avlodi"},"content":{"rendered":"\n<p>Umarshayx Mirzo tavallud topan 1354 yil nari-berisida kechgan voqea-hodisalar o\u2019sha davr ruhi bilan bir qatorda, Amir Temur oilasida barqaror bo\u2019lgan iqlimni ham bir qadar oydinlashtiradi. Chunki, hozirgacha bu haqda yozilgan kitoblarda Temurbekning to\u2019ng\u2019ich farzandi tug\u2019ilgan yillarda ahvoli qanday, nima ishlar bilan mashg\u2019ul bo\u2019lgan \u2013 bu xususda deyarli so\u2019z yuritilmay kelinadi. Xonadon Qashqa vohasining yuqori va quyi hududlarida azaldan tug\u2019dir-bitdi bo\u2019lib yashab kelgan. Muarrix Nizomiddin Shomiy aytgani kabi, \u201cTurklar Kesh deb atalgan Shahrisabz va unga qo\u2019shiluvchi tobe joylar o\u2019sha vaqtda Amir Sohibqiron, ya\u2019ni jahon mamlakatlarini fath etuvchi Amir Temur Ko\u2019ragon va Hoji Barlos tasarrufida edi. U joylar qadimdan ularga taalluqli edi\u201d. Hoji Barlos Qozonxon hukmronligining oxirgi yillarida ham Kesh shahrinig idorasini o\u2019z qo\u2019lida saqlab kelardi. Aka-ukalarning farzandlari bo\u2019lgan Muhammad Tarag\u2019ay va Hoji Barloslarning o\u2019zaro munosabatlari qanday bo\u2019lgan, manbalarda bu xususda bir so\u2019z atilmaydi. Bu munosabat ravishini bir voqea misolida fahmlash mumkin bo\u2019ladi. 1361 yilda Mo\u2019g\u2019ulistondan Tug\u2019luq Temur bosib kelgan paytda, Temurbek ham hoji Barlosga, qo\u2019shilib, Jayhundan nariga o\u2019tib ketish uchun daryo bo\u2019yiga qadar boradi va undan ijozat olib orqaga \u2013 Kesh elini qutqazish uchun qaytadi. Bundan shunday ma\u2019no chiqarish mumkin: Hoji Barlos Kesh hokimligi vaqtida Temurbek uning xizmatida bo\u2019lgan. Lekin qarindoshlik aloqalari juda ham mustahkam edi, deyishga asoslar kamdek. Temurbek Mo\u2019g\u2019ul hukmdorini ko\u2019ndirib, yurtiga qaytarib, Keshni idora qila boshlaganida, Hoji Barlos qochuvdan qaytib kelib, Keshning hokimiyatini talab qiladi. Ish jangga qadar yetib boradi. Xizr Yasavuriy bilan Temurbek munosabatlarining buzilishi ham Hoji Barlos sababidan bo\u2019ladi. Xizr Yasavuriy o\u2019z do\u2019stidan shubha qilib, uni o\u2019ldirishga qasdlanadi, ammo bunga muvaffaq bo\u2019la olmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu daromad gaplarni keltirishimdan maqsad, amakizodalar \u2013 Tarag\u2019ay va Hoji Barlos, garchand, yaqin qarindoshlar bo\u2019lsa-da, o\u2019zaro daxl qilmaslik oyiniga amal qilgan ko\u2019rinadilar. Shu sababdan ham, Muhammad Tarag\u2019ay Kesh shahrida emas, uning mulklarida, Tarag\u2019ay, Ochig\u2019iy, Niyozaa, Hoja Ilg\u2019r singari manzillarda yashab kelgan. Muhammad Tarag\u2019ayning ota-bobolari hozirda uning nomi bilan atalib kelinayotgan tog\u2019oldi qishlog\u2019iga yashagan, bu joyda ularga tegishli xilxona ham saqlanib qolgan. Hoja Ilg\u2019orga o\u2019tish Temurbek tug\u2019ilishidan bir necha yillar oldin yuz bergan bo\u2019lishi mumkin. O\u2019sha paytlarda Kesh va uning tevarak-atroflarida ekin-tikin qilinadigan, bog\u2019-rog\u2019li yerlardan tashqari, yaylovlar ham ko\u2019p edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbekning Keshda o\u2019rnashuvi XIV asrning 60-yillari boshlariga to\u2019g\u2019ri keladi. To\u2019g\u2019luq Temur Mo\u2019g\u2019ulistonga qaytayotganida Kesh va unga qarashli qishloqlarni Temurbekka berib ketgandi. Bu, shubhasiz, Temurbekning bevosita shaharda yashashini taqozo etar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo Keshning qaysi bir mavzesida tug\u2019ilgan bo\u2019lishi mumkin? Tarixlarni har qancha varaqlamang, bu savolga javob topa olmaysiz. Fasih Xavofiy yilnomasida ham, \u201cZafarnoma\u201dlarda, Natanziy asarida ham Umarshayx Mirzo tug\u2019ilishi vaqti va joyi chetlab o\u2019tiladi. Uning tug\u2019ilgan yilini ham, Yazdiy ma\u2019lumoti bo\u2019yicha, vafot etgan \u2013 1394 yildan kelib chiqib, 1354 yil deb, belgilash mumkin bo\u2019ladi. Umarshayx tavallud topganda Temurbek 18 yoshda bo\u2019lgan. Bu paytda u amakisi Amir Joku Barlosning qizi Nurmish Og\u2019oga uylangan edi. Otasi Amir Tarag\u2019ay keksayib, \u201cAmir Qazag\u2019onning ulus va qo\u2019shunlar bobida qilgan savollaridan ojiz kelur edi\u201d. Bekzodalar qadimiy turkiy odatga ko\u2019ra, o\u2019z yigitlari bilan hukmdor xizmatida bo\u2019lishi kerak edi. Temurbek ham, \u201clashkar intizomi vositasida\u201d Amir Qazag\u2019on majlislarida qatnasha boshlaydi. Temurbek, \u201cMalfuzot\u201ddan ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Amir Qazag\u2019on saroyida tez orada uning harbiy maslahatchisi darajasiga ko\u2019tariladi. Buni tubandagi e\u2019tirofdan ham anglash mumkin. Amir Qazag\u2019on Hirotga qo\u2019shin tortganda, Temurbek harb maydonini ko\u2019zdan kechirib, muhorabani qanday olib borish rejasini tuzadi. \u201cAmir Qazag\u2019on mani hirovul qildi va man farog\u2019ati tamom birla Murg\u2019ob suyidan o\u2019tub, Boston yo\u2019lidan kirib, Hirot dorussaltanasining qandlarida nuzul etdim va so\u2019nggi kun otlanib bir baland ustigakim. Gozurgo yerida voqe edi, chiqdim va urush joyin mulohaza qilib, Amir Qazag\u2019on qoshig\u2019a kelib urush va joyining past va balandlig\u2019in Amirga ko\u2019rsatdim va ul holda Amir Qazag\u2019on lashkar safin tuzatib hamul baland ustiga chiqib, urush joyin e\u2019tibor ko\u2019zi bila ko\u2019rib, mulohaza qilib, manga tahsin va ofarin dedi. Va oftob chun bizlarning orqamizda bo\u2019lub va g\u2019animga ro\u2019baru edi. Amir dedikim, oftobining shu\u2019oyi ga\u2019nim ko\u2019zin tiyra qilgusidir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qazag\u2019ondek tajribali, Chig\u2019atoy hukmdori Qozonxonni mag\u2019lub etgan sarkardaga olib berilajak jang hozirligini ko\u2019rib, maslahatlar berib, uning tahsiniga sazovor bo\u2019lish Temurbekning o\u2019smirlikdan harb san\u2019atini puxta egallaganidan darak beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qazag\u2019onning Xorazmni tobe etish rejasini amalga oshirishda ham Temurbekning hissasi katta bo\u2019lgan. Shu boisdan ham, Urganch viloyatining idorasini unga bag\u2019ishlaydi. Umarshayx Mirzo ana shunday bir sharoitda dunyoga keladi. Ishlar ravnaqqa yuz bura boshlaganda, omadning belidan chil soladigan g\u2019animliklar ham oshkora yuz ko\u2019rsata boshlaydi. Amir Qazag\u2019on suiqas tufayli shikor paytida o\u2019ldiriladi. Amir Qazag\u2019onni uning o\u2019z kuyovi, mo\u2019g\u2019ulparastlar domiga ilingan To\u2019g\u2019luq Temur qatlga yetkazadi. Kuyovning qasdlanganligi oldindan ma\u2019lum bo\u2019lgan. Bir safar Temurbek uni muqarrar o\u2019limdan olib qoladi. \u201cUl vaqtda To\u2019g\u2019luq Temurxonkim, Amir Qazag\u2019onning kuyovi erdi, &#8212; deyiladi \u201cMalfuzot\u201dda, &#8212; ko\u2019b dushmanlar birla jam bo\u2019lub, Amirni o\u2019ldurg\u2019ali fursat axtarur erdi. Shul holda vaqtni g\u2019animat anglab, yetti nafar shamshirzan birla Amir Qazag\u2019onga hamla qildi va chun kecha qorong\u2019u erdi, man otdin tushub, na\u2019ra urub otimg\u2019a mihmiz berib, Amir Qazag\u2019onning bo\u2019ynig\u2019a qo\u2019limni hamoyil qildim va Amir Qazag\u2019on otdin yiqilib qilichiga qo\u2019l urub, bir toshni o\u2019ziga panoh etdi. Va man o\u2019rtog\u2019a kirdim va mirshikorlar dog\u2019i yetushib, urushmoqqa kirishdilar. Shul holda To\u2019g\u2019luq Temurxon shikasta rikob bo\u2019lib, qochib chiqdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu voqeadan so\u2019ng, Amir Qazag\u2019on kuyoviga qasdalanadi. Amir Qazag\u2019onning qizi esa erining ta\u2019qib etilayotganidan o\u2019zini \u201cdevona qiladi\u201d. Amir Qazag\u2019on rahmdil kishi bo\u2019lganligi bois, qizi va xotinining makriga uchib, kuyovini kechiradi. U, \u201cTo\u2019g\u2019luq Temurxonning gunohini avf etib, anga yorlig\u2019 yuboradi\u201d. Temurbek shunda Amir Qazag\u2019onga, \u201cxotunlarning so\u2019ziga amal qilmaslik kerakdur\u201d, degan gapni aytadi. Oqibatda, u haq bo\u2019lib chiqadi \u2013 navbatdagi ov chog\u2019ida kuyov uni o\u2019ldirishga muvaffaq bo\u2019ladi. Amir Qazag\u2019on halokati sabab, ishlar chigallashadi. Hokimiyatga uning o\u2019g\u2019li Abdulloh keladi. Boyon Sulduz va Hoji Barlos ko\u2019p o\u2019tmay, uni o\u2019ldiradilar. Yurtda parchalanish, bo\u2019linish avj nuqtaga ko\u2019tariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo, shu voqea-hodisalarga qarab, mulohaza etilganda, Keshda emas, uning qishloqlaridan biri \u2013 Tarag\u2019aydami tug\u2019ilgan, deyish asosli ko\u2019rinadi. Asarlarni o\u2019qib, Umarshayx Mirzoni g\u2019oyibona taniganimdan beri (bunga yarim asrcha bo\u2019lib qoldi), doimo ko\u2019nglimdan bir savol kichadi. Nega endi bekzodaning ismi sharifi Umarshayx bo\u2019lgan, bunda nomni kim tanlagan, degan o\u2019ylar xayolimdan kechaveradi. O\u2019zimcha, bunga bobosi Tarag\u2019ayning dinu diyonatli kishi bo\u2019lganligi, chaqaloqning uning xonadonida tug\u2019ilganligi, ruhoniylar orasida e\u2019tiqod qo\u2019yganlari ko\u2019p bo\u2019lganligi sabab bo\u2019lsa kerak, degan xulosani chiqaraman. Temurbekning o\u2019zi ham diyonatli yigit bo\u2019lgan. Otasi hayotligida tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019ilga ismni, turgan gapki, bobosi tanlagan, pirlar bilan bu borada maslahatlashgan. Avvalgi qismda qayd etilgani kabi, Umarshayx tug\u2019ilgandami, yoinki, bu voqeadan ozmi-ko\u2019pmi vaq o\u2019tibmi, uning onasi olam bilan vidolashgan. CHaqaloqning parvarishi va tarbiyasi bilan Muhammad Tarag\u2019ayning yana bir ayoli Qadoq Xotun shug\u2019ullangan, deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Yosh bekzoda 10 yoshga to\u2019lganida, otasi Temurbek Amir Husayn bilan birgalikda, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi shiddatli kurashlar olib borayotgan edi. Bungacha, qancha ta\u2019qiblarni boshdan o\u2019tkargan. Jayhun ortiga necha bor qochib o\u2019tib jon saqlagan, turkmanlar qo\u2019lida asirlikni boshdan kechirgan. Ilyosxo\u2019janing amiri Bekichak ta\u2019qiblaridan yashirinib, Yakkabog\u2019 tog\u2019larida, Samarqand shahrida g\u2019aribona hayot kechirgan Temurbek, norasida o\u2019g\u2019li Umarshayxni uzoq vaqtlar ko\u2019rmagan. Umarshayx ham 60-yillar o\u2019rtalarida hayotga faol aralasha boshlagan. U, bekzodalar uchun udum bo\u2019lgan harbiy hayotga erta kirishadi. Ot minishi, jang san\u2019atini o\u2019rganadi. Ukasi Jahongir Mirzo undan ikki yosh kichik bo\u2019lib, u shu yillarda tog\u2019asi Amir Husayn saroyida, Balxda yashab turadi. Bu, ochig\u2019ini aytganda, Amir Husayn bilan Temurbek munosabatlarini muvozanatda muvozanatda saqlab turadigan o\u2019ziga xos kafolat vositasi edi. Umarshayx 14-15 yoshlaridan boshlab, otasi yonida bo\u2019ladi, tez-tez muhorabalarda qatnashib, o\u2019zini ko\u2019rsata boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo tarjimai holida aniq sanalardan biri uning 16 yoshi bilan bog\u2019liq bir voqea hisoblanadi. 1370 yilning 28 martida Sohibqiron turkiy amirlar va taniqli din arboblari ittifoqida ishonchdan qolgan Amir Husayn ustiga qo\u2019shin tortadi. Balxning qadimiy, nihoyatda mustahkam Hinduvon qal\u2019asiga kirib olgan Amir Husaynga qarshi bemisl jang bo\u2019ladi. Bir vaqtlar bu qal\u2019ani Chingizxon qo\u2019shinlari ham zabt etolmagandi. Amir Husayn hukmronligiga nuqta qo\u2019ygan bu mahorada Umarshayx Mirzo ham qatnashadi. Shomiy bu haqda, \u201cO\u2019n olti yoshli Umarshayx bahodir qal\u2019a darvozasi tomon yurti. Uni bu ishdan har qancha qaytarmasinlar, foyda bermadi. Shu yoshida haqiqiy mardonalik ko\u2019rsatib, dushmanlarni to\u2019xtatdi. Ammo jang oxirida oyog\u2019iga o\u2019q tegib, majruh bo\u2019ldi. Usta jarrohlar yarali joyni dog\u2019ladilar (qonni to\u2019xtatish uchun cho\u2019g\u2019 qilib qizdirilgan temirni bosish). U kamoli g\u2019ayrati va mardonaligidan oh demadi, qoshini ham chimirmadi\u201d. Umarshayxning jasorati va bardoshini Yazdiy ham takrorlaydi. Har ikkala muarrixda ham Umarshayx Mirzoning 1370 yilda 16 yoshda bo\u2019lganligi ko\u2019rsatiladi. Bu tag\u2019in bir marotaba Umarshayx Mirzoning to\u2019ng\u2019ich farzand ekanligini dalolat etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbek mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib borgan, ichki ixtiloflarni bartaraf etishga butun kuch va g\u2019ayratini bag\u2019ishlagan. 1360-1370 yillarda uning yonida bo\u2019lgan, ayniqsa, Turkiston hokimiyatini Amir Husayndan tortib olishda faol qatnashgan. Umarshayx Mirzo shu kechgan yillarda oddiy sipohiy \u2013 bekzoda sifatida harakat qilgan. Sohibqiron tarixini bitgan musanniflar hali Amir Temur taxtga chiqmagan, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib borgan yillar to\u2019g\u2019risida yozganlarida, Umarshayxni shahzoda deb tasnif etadilar. Bunga qo\u2019shilib bo\u2019lmaydi. Shahzodalik 1370 yil bahoridan, Balxdagi porloq g\u2019alabadan keyin boshlanadi. Bu fikrni Jahongir Mirzo, Sulton Baxt Begim, Tog\u2019ay Shoh Og\u2019o Begim va Amironshoh Mirzolar haqida ham aytish joiz. Sulton Baxt Begim va Amironshoh Mirzolar Kesh shahrida tavalluf topganlar. Jahongir Mirzo ham Umarshayx singari, hali Temurbekning Kesh idorasiga kirshuvidan avval, qishloq mulklarida tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzoning og\u2019ir jarohatga, qizdirilgan temir azobiga chidaganligiga qarab, uning boshdan qattiq hayot tarziga ko\u2019nikkanligini fahmlash mumkin. Umarshayx shahzodami yoki oddiy bekzoda sifatidami, xullas, qanday maqomda uylangan, degan savol ham oldimizda ko\u2019ndalang turadi. Muarrixlardan birgina Sharafiddin Ali Yazdiy Umarshayxning uchta xotini ismi sharifasi tilga oladi. Ular Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019o, Bek Og\u2019o (Beka Og\u2019o), Malikat (Malik) Og\u2019olardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ayollarning Umarshayx Mirzo haramiga qachon kirganligi to\u2019g\u2019risida biror dalilli fikr aytish amir mahal. O\u2019ylashimcha, to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019il yo ancha kechikib uylangan, yo farzandlari tug\u2019ilgan bo\u2019lsa-da, turmagan. Muarrixlar Umarshayx Mirzo 1394 yilda, 40 yoshida halok bo\u2019lganida, eng katta o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo 16 yoshda ekanligini aytadilar. Iskandar Mirzo va Boyqaro Mirzolar Malikat Og\u2019odan tug\u2019ilganlar. Malikat Og\u2019oning Xizr O\u2019g\u2019lonning qizi ekanligi Abdurazzoq Samarqandiyning \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201d asarining ikkinchi jild, ikkinchi qismida (2008 yil) zikr etiladi. Xizr O\u2019g\u2019lonni mo\u2019g\u2019ul xoni Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019londan farqlash kerak. Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019lonning qizi Tukal Xonim 1398 yilda Sohibqiron Amir Temur nikohiga kiritilganligi haqida oldinda so\u2019z aytiladi. Xizr O\u2019g\u2019lon mo\u2019g\u2019ul xonidan farqli o\u2019laroq, XV asr boshlarida ham hayot bo\u2019lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yuqorida nomi ko\u2019rsatilgan kitobining ikkinchi jild, birinchi qismida 1411 yil voqealari bayonida Xorazmni muhosara qilib turgan amirlar ichida \u201curug\u2019 jihatidan eng ulug\u2019i Xizr O\u2019g\u2019lon\u201d ekanligi keltiriladi. Xizr O\u2019g\u2019lon ismi, sharifi, taassufki, Amir Temur tarixida boshqa joyda biror munosabat bilan zikr etilmaydi. Uning bo\u2019lib o\u2019tgan shuncha ulug\u2019 voqealardan chetda turishi sabablarini mavjud tarixlardan aniqlab olish mashaqqat. Malikat Og\u2019o uzoq yosh yashagan, XV asrning birinchi yarmi oxirlarida, ham aniqrog\u2019i, 1441 yilga qadar hayot bo\u2019lgan. Shunga qarab hukm qilganda, Xorazmni qamalga olgan amirlar orasida urug\u2019i jihatdan ulug\u2019i bo\u2019lgan Xizr O\u2019g\u2019lonning Malikat Og\u2019o otasi bo\u2019lishi, ehtimoldan holi ems.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim manbalarda Umarshayx Mirzo vafot etganda uning yana bir o\u2019g\u2019li Pir Muhamamd Mirzo 16 yoshga to\u2019lgan edi deb ko\u2019rsatiladi. Shahzodaning yoshi masalasida ikki xil fikr mavjudligini aytib o\u2019tishim lozim. Chunki rasmiy tarixlarda otasi halok bo\u2019lganda Pir Muhammad Mirzoning 10 yoshda ekanligini Sharafiddin Ali Yazdiy ta\u2019kidlaydi. 16 yoshni esa, Turg\u2019un Fayziyev keltiradi. Pir Muhammad, aftidan, Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019odan tug\u2019ilgan Sohibqiron Amir Temur Umarshayx Mirzo vafotidan keyin uni Fors mamlakatining hukmdori etib tasdiq qiladi. Iskandar va Boyqaro Mirzolar onasi Malikat Og\u2019o bo\u2019lganligi ham faqat Abdurazzoq Samarqandiy kitobida uchraydi. Beka Og\u2019odan qaysi farzandlar dunyoga kelgan, aniq aytish mushkul.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo qirq yoshida halok bo\u2019lganida, Fasih Xavofiyning ko\u2019rsatishicha, undan olti o\u2019g\u2019il va uch nabira qolgan ekan. Pir Muhammad Mirzo 1378 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lsa, Rustam Mirzo undan keyin, tamin qilish mumkinki, bu ikkala shahzoda Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019odan dunyoga kelganlar. Iskandar Mirzo va Boyqaro Mirzolarning onasi Malikat Og\u2019o ekanligi aytildi. Iskandar Mirzo 1384 yilda tavallud topgan. Yazdiy, otasi halok bo\u2019lganda Pir Muhammad Mirzo 10 yoshda deganida, aslida Iskandar Mirzoni yanglishtirgan Umarshayx Mirzo o\u2019lgan kezda Iskandar Mirzo o\u2019n yosh ustida bo\u2019lgan. Umarshax Mirzoning Ahmad (1387 yil, 18 yosh). Saydi Ahmad (1390 yil, 15 yosh) ismli farzandlari onasi, ehtimolki, Beka Og\u2019odir. Malikat Og\u2019oning farzandlari \u2013 Iskandar Mirzo 1384 yilda, Boyqaro Mirzo esa 1393 yilda dunyoga kelganlar. Bir onadan farzandlarning tug\u2019ilishi orasidagi muddat cho\u2019zilib ketganligidan ajablanmasa ham bo\u2019ladi. Buning sabablari turlicha bo\u2019lishi mumkin edi. Shahzodalar harami ham doimiy ravishda yurishlarda erlar yonida bo\u2019lganlar. Olis yo\u2019llarning tay etilishi, otliq uzoq sarhadlar bosilishi xotin-qizlar sog\u2019lig\u2019iga ta\u2019sir qilmay, qolmagan. Bunday mushohada qilganda, Umarshayx Mirzo oilasida tug\u2019ilish nisbatan kam bo\u2019lganligini payqamaslik mumkin emas. Masalan, Pir Muhammad Mirzoning Umarshayx ismli bir o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Bu o\u2019g\u2019il 1398 yilda, bobosi Umarshayx Mirzo vafotidan to\u2019rt yil o\u2019tib, yorug\u2019 olamga kelgan. Rustam Mirzoning Usmon (olti yosh) va Sulton Ali (bir yosh) degan ikkita farzandi tarixlarda tilga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzoning harami, ko\u2019ramizki, nisbatan kichik bo\u2019lgan. Shunga qaramay, Sohibqironning bu tarmog\u2019ining taxtdagi umrboqiyligi bir qadar fuzun bo\u2019lgan. Bu, shubhasiz, Umarshayx Mirzoning oilaviy hayotga bo\u2019lgan e\u2019tibori, farzandlar tarbiyasi bilan uzviy bog\u2019lanadigan jihatlarga borib taqaladigan hol, deyish o\u2019rinlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriylar saltanatinign zabardast tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy Umarshayx Mirzo to\u2019g\u2019risida fikr yuritganida, unga juda katta baho beradi. \u201cShahzoda Umarshayx, &#8212; deb yozadi u, &#8212; juda aqlli va donishmand bahodir edi. Sohibqiron uni Fors viloyatini boshqarishga qo\u2019ygan edi. Bir yil ichida yog\u2019iylar qo\u2019lida bo\u2019lgan Fors qal\u2019alarini zabt etishga muvaffaq bo\u2019ldi. U, Istaxr va Fadaq qal\u2019alarini, Garmsirdagi Shahriyor qal\u2019alarini jang bilan oldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur XIV asrning 90-yillariga kelib, nabiralarni ham uylantirish taraddudiga tushadi. 794 hijriyda \u2013 1392 yilda Amir Temur hazratlari Samarqandda turgan edi. U, o\u2019z poytaxtida orom olayotgan kunlarda bo\u2019y yetib qolgan nabiralarini uylantirishga qaror qiladi. To\u2019y haqda fikr yuritar ekan, Sohibqiron shahardan Konigil yayloviga chiqib, shohona chodirlar tikdiradi, o\u2019tovlar qurdiradi. To\u2019y tayyorgarligi qizib ketadi. Turnaqator tizilgan chodirlar, oq o\u2019tovlar turli rangdagi matolar bilan o\u2019ralib, chiroyli bir manzara hosil qiladi. Aql hayratda qoladigan turli-tuman o\u2019yinlar, tomoshalar tashkil etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saltanatda katta obro\u2019ga ega bo\u2019lgan G\u2019iyosiddin Tarxonning ikki qizini Umarshayx Mirzoning ikki o\u2019g\u2019li \u2013 Pir Muhammad va Rustam Mirzolarga nikohlatadi. Qo\u2019shaloq to\u2019ylar bugungi kunda ham tez-tez bo\u2019lib turadi. Aslini olganda, ikki aka-ukani bir vaqtda uylantirish g\u2019oyasi, boshqacharoq aytilsa, guruhlab to\u2019y o\u2019tkazish urfini Sohibqiron Amir Temur taomilga kiritgan edi. 1392 yilda Konigilda bo\u2019lib o\u2019tgan ulkan to\u2019yda Umarshayx Mirzo o\u2019g\u2019illaridan tashqari, Amironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li Abu Bakr ham Hoji Sayfiddinning qizini nikohiga olgan edi. Hoji Sayfiddin, aytganimdek, Sohibqironning bolalik do\u2019sti, eng yaqin safdoshi edi. Umarshayx Mirzoning o\u2019limidan ikki yil oldin bo\u2019lgan bu to\u2019y katta quvonchlarga sabab bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temurga qadar musulmon urfida qo\u2019shaloq to\u2019yar bo\u2019lganmi-yo\u2019qmi, aniq bir dalillarga duch kelmadim. Bir vaqtda bir necha nikoh to\u2019yini o\u2019tkazish dabdabali bo\u2019lgani singari, o\u2019ta mas\u2019uliyatli ham hisoblanardi. O\u2019sha paytda, bunday yo\u2019l tutish, ehtimol, vaqt nuqtai nazaridan taqozo etilgandir. Amir Temur hazratlari poytaxtida to\u2019ylarga chalg\u2019ib uzoq qololmas, uning rejalari nihoyatda ulkan edi. To\u2019ydan ko\u2019p o\u2019tmay Sohibqironning g\u2019olib yalovi yana ko\u2019tariladi. Sheroz ikkinchi bor istilo etiladi, Ozarbayjon va Bog\u2019dodga yurish qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyosiddin Tarxon \u2013 shahzoda Umarshayx bilan quda-anda bo\u2019lgan bu kishi Amir Temur lashkarida ko\u2019zda ko\u2019ringan sarkardalardan biri edi. Uning ota-bobolari Qishliq urug\u2019idan bo\u2019lib, Chingizxon davridayoq tarxonlik rutbasiga erishgan edilar. Sohibqiron yurishlarida o\u2019zini ko\u2019rsatgan G\u2019iyosiddin Tarxonning alohida hurmati bor edi. 1398 yilda, Amir Temur Mo\u2019g\u2019ulistonga, Xizr Xo\u2019ja xon qiziga uylanishida G\u2019iyosiddin Tarxonni sochiboshi qilib yuborgan edi. G\u2019iyosiddin Tarxonning farzandlari ham saltanatga sadoqat bilan xizmat qilganlar. U Sohibqiron davrida amirlik darajasiga ko\u2019tarilgan edi. G\u2019iyosiddin Tarxonning qizi Gavharshod Og\u2019o keyinchalik Shohruh Mirzo tekkan, uning haramida madhi ulyo \u2013 birinchi malika maqomini egallagandi. G\u2019iyosiddin Tarxonning o\u2019g\u2019li Alouddin Ali Tarxon Shohruh devonida amirlik lavozimida bo\u2019lgan. Uning vafotidan keyin (1417 yil) amir ul-umarolik ukasi Hasan So\u2019fi Tarxonga beriladi. Ko\u2019ramizki, Sohibqiron davrida bog\u2019langan qarindoshlik rishtalari uning farzandlari davrida ham mustahkam tarzda davom etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur vafot etgan vaqtda Umarshayx Mirzoning katta o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo Sherozda hukmronlik qilib turardi. Uning ukasi Rustam Mirzo Isfahonda, Iskandar Mirzo esa Hamadonda boshqaruvchi qo\u2019lga olgan edilar. Pir Muhammad Mirzo Sohibqiron vafotidan keyin qanday yo\u2019l tutish maslahati bilan amirlarni yig\u2019ib, kengash qiladi. Biri, \u201ctartibni o\u2019zgartiramiz, alohida bo\u2019lamiz\u201d, deydi. Ikkinchisi, Mirzo Umarga, uchinchisi, Amironshoh Mirzoga bo\u2019ysunamiz\u201d, deydi. Betayin, jipslikni emas, boshboshdoqlikni ko\u2019zlaydigan fikrlar o\u2019rtaga tashlanadi. Jo\u2019yali gap chiqmaydi. Abdurazzoq Samarqandiy, \u201cZamona oqili bo\u2019lmish Mirzo Pir Muhammad mazkur fikrlarning buzuq ekanligini amirlarga uqdirib: \u201chazrat Sohibqiron hayotlik vaqtida bizning volidamiz Malikat Og\u2019oni hazrat xoqoni sa\u2019idga (Shohruh Mirzoga) topshirib, bizni unga bog\u2019lab qo\u2019ygan. Demak, katta yurt unga tegishlidir va uni og\u2019a va ulug\u2019 deb bilib, pul zarbi tepasida va xutbaning unvonida u hazratning nomini yod qilmoqlik munosibdir, toki u kishining zoti muboraklarida salomatlik mavjud ekan, shoyad kishilar ana shu nasibaga rozi bo\u2019lishsa, u qadar notinchlik bo\u2019lmas\u201d, degan gapni aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo Sohibqiron bobosi o\u2019lganda 27 yoshda edi. Uning qaltis bir vaziyatda, buyuk hukmdor jasadi sovumay turib, boshlanib ketgan toju taxt kurashlarida qanday yo\u2019l tutish bobidagi xulosalari chindan ham maqtovga loyiq. Samarqandda Amironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton o\u2019zboshimchalik bilan poytaxtni tasarrufiga kiritgan. Xurosonda Shohruh Mirzo hokimiyatni qo\u2019lga olgan, boshqa mulklarda ham shahzodalar mamlakatning qonuniy egasi bo\u2019lishi kerak bo\u2019lgan valiahdga \u2013 Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzoga itoat qilishni xohlamayotgan, aksincha, hokimiyat poygasida boshqalardan o\u2019zishga urinayotgan edilar. Shunday bir paytda, Shohruh Mirzoni yoqlash to\u2019g\u2019ri yo\u2019l tutish namunasi edi. Shohruh Mirzo, oxir-oqibatda, otasi mulklarining yagona hukmdori darajasiga ko\u2019tariladi. Bu o\u2019rinda, Pir Muhammad Mirzoning Malikat Og\u2019oning vosita qilib aytgan so\u2019zlarida oila sha\u2019niga mas\u2019ullik yalt etib ko\u2019zga tashlanadi. Malikat Og\u2019o, bilamizki, Umarshayx Mirzoning uch xotinidan biri bo\u2019lib, Iskandar va Boyqaro Mirzolarning onasi edi. Otasi vafotidan keyin o\u2019n yil o\u2019tib, Malika Og\u2019oni xuddi o\u2019z tuqqan onasiday, uning ehtiromidan kelib chiqib, Shohruh Mirzo tarafida bo\u2019lishni yoqlash, ayni vaqtda mustahkam oilaviy jipslik, tarbiya namunasi edi. Gap shundaki, Umarshayx Mirzo 1394 yilda halok bo\u2019lgandan keyin, Sohibqiron Amir Temur Malikat Og\u2019oni kichik o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzoning nikohiga kiritgan edi. Bu nikoh oradan to\u2019rt yil o\u2019tib, 1398 yilda amalga oshiriladi. Malikat Og\u2019o yosh bo\u2019lgan, Shohruh Mirzo bilan ular orasida bir farzand dunyoga keladi. Uning oti Suyurg\u2019atmish Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron kelinlari taqdiriga befarq bo\u2019lmaganligini, ularga hamisha g\u2019amxo\u2019rlik va e\u2019tibor ko\u2019rsatganini hali hikoyamiz davomida ko\u2019p bora kuzatamiz. Amir Temur 1399 yilning 14 mayi kunida Jomning Sariqamish degan mavzeida to\u2019xtab turganida o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzo uning xotinlaridan Malikat Og\u2019o, Gavharshod Og\u2019olar ham bo\u2019ladi. Malikat Og\u2019oning Suyurg\u2019atmish ismi qo\u2019yilgan farzandi shu uchrashuvdan 4 oy oldi (1399 yil, yanvar) tug\u2019ilgan edi. Yazdiy e\u2019tiroficha, Malikat Og\u2019o va uning chaqalog\u2019ini ko\u2019rib, Sohibqiron juda suyunib ketgan ekan. Ehtimol, o\u2019sha lahzalarda Amir Temur Ota sifatida to\u2019g\u2019ri yo\u2019l tutganligini, Malikat Og\u2019oning yosh umrini xazon qilmaslik uchun o\u2019ylagan tadbir qo\u2019l kelganligidan ham mamnun bo\u2019lgandir. Aslida, qadim turkiylarda, aka vafotidan keyin uning yosh bevasiga ukani uylantirish odati bo\u2019lgan. \u201cSulton suyagini xo\u2019rlamas\u201d, deganlaridek, bu eng avvalo, oila sha\u2019ni bilan bog\u2019liq urflardan sanalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur shu yili, yetti yillik yurishni boshlar ekan, Jom manzilida to\u2019xtab, ulug\u2019 avliyolardan bo\u2019lgan Zinda Fil Ahmad Jomiy maqbarasini ziyorat qildi. O\u2019zi bilan birga bo\u2019lgan Umarshayx Mirzoning o\u2019g\u2019li Rustam Mirzoni Sherozga, akasi oldiga jo\u2019natadi. Maqsadi, aka-ukalar bamaslahat Bog\u2019dod yurishida ishtirok etishlari edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron farzandlarining jasurligiga, kuchli bo\u2019lishiga e\u2019tibor qaratgani kabi, nabiralarining ham mard va botirlik ko\u2019rsatishini qattiq talab qilgan. Shaxsiy namuna, katta qo\u2019shinni boshqara olish, salohiyati yoshlikdan singdirilgan. Shahzodalar tarbiyasi \u2013 odob-axloqi, muomala madaniyati, tahsili Sohibqiron ayollari \u2013 malikalar zimmasida bo\u2019lgani kabi, chiniqish, harb ilmini bilish, to\u2019lg\u2019ama jang san\u2019ati, lashkarni boshqarish ko\u2019nikmalari Otaliq beklar (Bek atka) tomonidan berilgan. Bir shahzodaga rahnamo malika, enaga va otaliq beklarning tayin qilinishi bu ishga davlat ahamiyati darajasida qaralganidan darak berdi. Shu boisdan shahzodalar 12-14 yoshidan boshlab harbiy yurishlarda, janglarda ishtirok eta boshlaganlar. Umarshayx Mirzoning 16 yoshida Hinduvon qal\u2019asida ko\u2019rsatgan jasorati uning oilaviy hayotiga, farzandlarinign keyingi taqdiriga ham ta\u2019sir ko\u2019rsatmasligi mumkin emasdi. Jang qilish, mardonalik, shaxsiy namuna ko\u2019rsatishda Temuriyzodalarga qoyil qolmaslik mumkin emas. Lekin shahzodalar ham inson bolalari edi, ularda ham ba\u2019zan nuqsonlar sodir bo\u2019lib turardi. Bobosi hayotligida shunday qusurga Pir Muhammad Mirzo ham yo\u2019l qo\u2019ygan va qattiq jazolagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bog\u2019dodda qilinadigan yurishda Pir Muhammad Mirzo lashkarning bir qismiga boshchilik qilishi buyurilgandi. U, ukasi Rustam Mirzo bilan yo\u2019lga otlanib, ikki-uch manzil yo\u2019l bosib o\u2019tgandan keyin, o\u2019zini kasalga solib, orqaga qaytadi. Sherozga keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Shahzodani bunday nomatlub ishga uning yonida bo\u2019lgan bir to\u2019da tojik g\u2019alamislar da\u2019vat etganligini yozadi. Voqea bir navkar tomonidan Sayyid Barlosga yetkaziladi, xiyonat taftish etilganda, hammasi o\u2019z tasdig\u2019ini topadi. Pir Muhammad Mirzo hibsga olinadi va qal\u2019a qo\u2019rg\u2019oniga qamab qo\u2019yiladi. Sheroz mulki undan olinib, ukasi Rustam Mirzoga beriladi. Shahzodanii xiyonatga boshlagan Allohdod va uning odamlari Sherozda qatl etiladi. Pir Muhammadni bandi etib, bobosi oldiga olib borish farmoni bo\u2019ladi. Muarrix Yazdiy qatlga amr etilgan \u201cyomon odamlar\u201d \u2013 Mavlono Muhammad Xalifa, Sayyid Jarroh va Rustam Xurosoniylar ekanligini aytib o\u2019tadi. Musavviy Qushchining oyoq va qo\u2019li kesiladi. Harbiy davr intizomi xiyonatni shu tartibda jazolashni taqozo etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Pir Muhammd Mirzo oradan bir necha yil o\u2019tib, kechirilgan. Bungacha u o\u2019zini Yildirim Boyazidga qarshi olib borilgan kurashlarda ko\u2019rsatishiga, oqlashiga to\u2019g\u2019ri kelgan. 1403 yilda Sheroz mulklari yana uning tasarrufiga beriladi. Bunda, Sohibqiron keng o\u2019ylovli hukmdor sifatida ish tutgan. Otasining jang payti halok bo\u2019lanligi, uning ruhi hurmati shahzodani muqarrar og\u2019ir jazodan qutqarib qolgan va unga o\u2019zini oqlash imkoni berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzoning Malikat Og\u2019odan tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019li Iskandar Mirzo 14 yoshga to\u2019lganida bobosi uni amakisi Amironshoh Mirzoning qizi Bekisi Sultonga uylantirib, katta to\u2019y beradi. Shu tariqa, aka-ukalar \u2013 Umarshayx (marhum) va Amironshoh Mirzolar quda-anda kirishadilar. Umarshayxning hurmati hamisha musallam tutilgan, uning bolalari aslo kamsitilmagan. Yazdiy, Iskandar Mirzo va Bekisi Sulton to\u2019yida o\u2019sha davrning mashhur mug\u2019anniysi va hofizi Xoja Abdulqodir noyob sa\u2019natini namoyish etganini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo o\u2019g\u2019illarining qismati Sohibqiron hayotligi paytida teskariga evrila boshlagandi. O\u2019n besh yoshli Iskandar Mirzo 1399 yilda bir necha g\u2019addor beklar tezlashi bilan o\u2019zboshimchalik qilib, Mo\u2019g\u2019ulistonni bosqin qiladi. Bu ishdan Samarqandda qoldirilgan valiahd shahzoda Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Sulton Muhammad g\u2019azabga kelib, Iskandar Mirzoni jazolaydi, yaqin maslahatchilarining o\u2019limga hukm qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin vujudga kelgan alg\u2019ov-dalg\u2019ov yillarida, aniqrog\u2019i, 1410 yilda Pir Muhammad Mirzo o\u2019z mulohizmi, sharbatdorlikdan navkarlik darajasiga ko\u2019targan Hoja Husayn tomonidan qatl ettiriladi. Akaning o\u2019chi Iskandar Mirzo tomonidan olinadi. Pir Muhammad Mirzodan (u 31 yoshida o\u2019ldiriladi) Umarshayx va Solih Mirzo degan ikki o\u2019g\u2019il qoladi. Umarshayx Mirzo otasi Pir Muhammad Mirzo o\u2019limidan bir yil oldin \u2013 1398 yilda tug\u2019ilgan edi. U, o\u2019smirlik paytlarida amakisi Iskandar Mirzo xizmatida bo\u2019ladi. Iskandar Mirzo uning hokimiyat da\u2019vosini qilishdan cho\u2019chib, o\u2019z qo\u2019l ostidagi mulklardan chiqib ketishni amr qiladi. Umarshayx Mirzo 1411 yil bahorida Shohruh Mirzo huzuriga najot istab boradi va bo\u2019lgan voqealarni unga arz qiladi. U Shohruh Mirzo saroyida umri oxirigacha xizmatda bo\u2019ladi. U ham 31 yil umr ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Solih Mirzo 1406 yilda tug\u2019ilgan. U ham Shohruh Mirzo saroyida xizmatda bo\u2019lgan. Gap shundaki, Shohruh Mirzoning bosh xotini Gavharshod Og\u2019o ikkala Mirzoga ham xola bo\u2019lar edi. Solih Mirzo Shohruh vafotidan so\u2019ng (1447 yil), uning nabirasi Alouddavla sipohilaridan bo\u2019ladi. Solih Mirzo 46 yil umr ko\u2019rgan, 1452 yilda olamdan o\u2019tgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hokimiyat talashuvlari Umarshayx Mirzo farzandlarini ham bir-biri bilan yovlashtirib qo\u2019yadi. Iskandar Mirzo 1415 yilda akasi (ota bir) Rustam Mirzo tomonidan qatl etiladi. Uning tug\u2019ishgan ukasi Boyqaro Mirzo Shohruh Mirzo huzuriga bosh egib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzoning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Ahmad Mirzo 1388 yilda dunyoga kelgan. U ham jangu jadallar girdobiga tushib, Ulug\u2019bek Mirzo bilan nizoga boradi. Hirotda yarim mahbuslikda saqlanadi. Farg\u2019ona hokimiyatidan mosuvo bo\u2019lgan shahzoda ichkilikka beriladi. Nihoyat, unga hajga jo\u2019nash farmoni beriladi. Ahmad Mirzo Ka\u2019batullohga borib, qaytib kelmagan, 1425 yilda Makkada olamdan o\u2019tgan. Umarshayx Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li ismi sharifi Saydi Ahmad Mirzoni ayrim manbalarda Amironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li deb talqin qilish hollari uchraydi. Sharafiddin Ali Yazdiy tarixi bu o\u2019rinda inobatli, unda Saydi Ahmad Mirzo Umarshayx Mirzoning farzandi sifatida beriladi. Saydi Ahmad Mirzoga Shohruh Mirzo davrida Shibirg\u2019on suyurg\u2019ol qilinadi. Saydi Ahmad Mirzodan Ahmad Mirzo degan o\u2019g\u2019il tug\u2019ilgan. Ahmad Mirzo saltanatdan olisda, Qorabog\u2019da yashagan. U amakisi Boyqaro Mirzo avlodidan bo\u2019lgan qizga uylangan. Bu ayol Oqo Begim bo\u2019lib, Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning kichik opasi edi. Qachonki, saltanat taxtiga Husayn Boyqaro kelgach, Ahmad Mirzo Hirotga ko\u2019chib keladi. Ahmad Mirzo Hirot shahrining dorug\u2019asi bo\u2019ladi, umrining oxirigacha shu vazifada ishlab, 1498 yilda hayotdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzo Umarshayx Mirzoning oltinchi o\u2019g\u2019lidir. Otasi halok bo\u2019lgan paytda u bir yoshli chaqaloq edi. Boyqaro Mirzoning taqdiri bolalikdan to\u2019g\u2019ri o\u2019zanga tushmagan. Malikat Og\u2019o u to\u2019rt yoshga kirganida amakisi Shohruh Mirzo nikohiga kiritiladi. Uning tarbiyasi bilan enagalar mashg\u2019ul bo\u2019ladi. Boyqaro Mirzo o\u2019z tug\u2019ishgan amakisi Iskandar Mirzo huzurida 17 yoshidan boshlab xizmat qiladi. Uning tabiatida tavakkalchilik kuchli bo\u2019lgan, odamlar gapiga chalg\u2019ish, noo\u2019rin xatti-harakatlar qilish, oxir-oqibatda, o\u2019z hayoti zavoliga sabab bo\u2019ladi. Shohruh Mirzo tomonidan bir isyoni uchun kechirilib, Qandahorga, Qaydu Mirzo oldiga yuborilgan Boyqaro Mirzo yana buzg\u2019unchilikka qo\u2019l uradi va Qaydu Mirzo tomonidan hibsga olinadi, sherikliklari qatl etiladi. Turg\u2019un Fayziyev, Boyqaro Mirzo Ulug\u2019bek Mirzo farmoniga ko\u2019ra 1423 yilda lashkargohda qatl etiladi, degan fikrni aytadi. Fasih Xavofiy esa \u201cMujmali Fasihiy\u201d degan kitobida, Boyqaro Mirzoning Bodg\u2019isda qo\u2019lga olinganligi, Shohruh Mirzo huzuriga olib kelinganligi haqida ma\u2019lumot beradi. Shohruh Mirzo amriga ko\u2019ra, undan, \u201ckimsan?\u201d, deb so\u2019raydilar. U, \u201cMen Boyqaroman, deb javob beradi. Hozir bo\u2019lganlarning ayrimlari \u201cbu Boyqaro\u201d, deb tasdiq qiladilar, ba\u2019zilari \u201cBoyqaro emas\u201d, deydilar. Fasih Xavofiy, \u201coxir-oqibatda, bahsning yechimiga kelisholmay, uni tanib-tanimay, Bodg\u2019isda o\u2019ldirib yubordilar\u201d, deydi. Fikrimcha, bu dalil haqiqatning ifodasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzo fe\u2019lida avboshlik ustun bo\u2019lganiga qaramay, u botir, nozik ta\u2019b inson bo\u2019lgan. Uning bir necha farzandlari bo\u2019lib, ular orasida G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo alohida ajralib turadi. Boyqaro Mirzo boshiga tushgan falokatlar, shubhasiz, avlodi qismatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Oila oddiy kishilar xonadoni misol hayot kechiradi. Hirotda 1445 yilda G\u2019iyosiddin Mansur olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur to\u2019ng\u2019ich farzandi Umarshayx Mirzo oilaviy hayoti bilan tanishish davomida, shu tarmoqning ravnaqi, ko\u2019payishi, davlat-hokimiyat ishlaridagi ishtiroki, muvaffaqiyat va tanazzuli borasida ma\u2019lum xulosalarga kelish mumkin bo\u2019ladi. Sohibqiron o\u2019z farzandlarini ulus amirlari, o\u2019zga mamlakatlar podshohlari qizlariga uylantirishni oilaviy manfaatlar doirasidan davlat ahamiyati darajasiga ko\u2019tarish yo\u2019lini tutadi. Naviralarga kelganda, o\u2019z safdoshlarining, davlatni qaror topdirish va mustahkamlashda xizmati singan ulug\u2019 amirlarning xonadonlari bilan qarindoshlashishni taomilga&nbsp; kiritadi. Bunda, yana bir jihat yaqqol ko\u2019zga tashlanadiki, Sohibqiron ichki oilaviy nikohlarga ham e\u2019tiborni qaratgan. Bu yo\u2019l uning vafotidan kein ulug\u2019 xonadonda keng joriyda bo\u2019ladi. Aka-ukalarning qudalashishi, tog\u2019a-jiyan, amma, xolalarning qiz berib, kuyov qilishi mustahkamlana boradi. Muhimi, davr va udum, sharoit taqozosiga ko\u2019ra, olamdan o\u2019tgan akaning xotinini ukaga nikoh qilish ham amalda bo\u2019ladi. Bunga bir necha misollar keltirish mumkin. Umarshayx Mirzo halok bo\u2019lgandan keyin, oradan to\u2019rt yil o\u2019tib, uning ayoli Malikat Og\u2019oning Shohruh Mirzoga, Jahongir Mirzoning xotini Xonzoda Begimning Amironshohga olib borilishi fikrimning dalilidir. Bunday misollarni tag\u2019inda keltirish mumkin. Umarshayx Mirzo va Amironshoh Mirzo avlodlarining o\u2019zaro qudalashuvi Boyqaro Mirzo oilasi misolida ham namoyon bo\u2019ladi. Feruza Begim Amir Temurning qizi Tog\u2019ay Shoh Og\u2019o Begimning o\u2019g\u2019li Sulton Husaynning qizi edi. Feruza Begimning onasi Qutluq Sulton Begim esa Amironshoh Mirzoning qizi edi. Feruza Begim Boyqaro Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li G\u2019iyosiddin Mansur Mirzoga turmushga chiqqan edi. Feruza Begim 1469 yil yozida vafot etadi. Bu nikohdan 2 o\u2019g\u2019il va 2 qiz dunyoga keladi. Jumladan, 1469 yilda toju taxt sohibi bo\u2019lgan Husayn Boyqaro G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo bilan Feruza begimdan tug\u2019ilgan edi. Zahiriddin Muhammad Bobur aytganidek, Husayn Boyqaro Sohibqiron bobosiga \u201ckaramut tarafayn\u201d \u2013 ham ota, ham ona tomondan evara hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzo avlodidan Husayn Boyqaro, Muhammad Sulton Mirzo (Kichik Mirzo) kabi shoirlar yetishadi. Muhammad Sulton Mirzo Husayn Boyqaroning kichik opasi Oqo Begim bilan Umarshayx Mirzoning beshinchi o\u2019g\u2019li Saydi Ahmad Mirzo nikohidan tavallud topgan farzand edi. Kichik Mirzo iste\u2019dodi haqida Alisher Navoiy hazratlari \u201cMajolis un-nafois\u201d asarida ma\u2019lumot berib o\u2019tganlar. Umarshayx Mirzo avlodi, ayniqsa, bu xonadon tarmog\u2019ining yalovini XVI asr boshlariga qadar balan ko\u2019targan Boyqaro Mirzo sulolasi davrning farog\u2019atidan ko\u2019ra, zahmatini ko\u2019proq chekkan, hokimiyat yo\u2019lida qurbonlar bergan bo\u2019lsa-da, Sohibqiron Amir Temur vafotidan so\u2019ng, o\u2019rta darajadagi sipohiylik hayot bilan qanoat qilganlar, ko\u2019pincha, oddiy kishilardek hayot kechirganlar. Qonda bo\u2019lgan zakovat, aql-idrok, mardonalik ulug\u2019 xonadonnign katta bir tarmog\u2019ining o\u2019zini saqlab qolishgina emas, toju taxt poygasida bedovini o\u2019zdirishiga \u2013 Husayn Boyqaro shaxsida 1469 yildan to 1507 yilga qadar hukm surishiga zamin va asos yaratadi. Husayn Boyqaroga taxt sulolaviy \u2013 merosiy tarxda emas, qattiq kurashlar vositasida o\u2019tadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umarshayx Mirzo tavallud topan 1354 yil nari-berisida kechgan voqea-hodisalar o\u2019sha davr ruhi bilan bir qatorda, Amir Temur oilasida barqaror bo\u2019lgan iqlimni ham bir qadar oydinlashtiradi. Chunki, hozirgacha bu haqda yozilgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-umarshayx-mirzo-avlodi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153700","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153700","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153700"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153700\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153701,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153700\/revisions\/153701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153700"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153700"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153700"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}