{"id":153725,"date":"2025-10-01T06:38:01","date_gmt":"2025-10-01T03:38:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153725"},"modified":"2025-10-01T06:38:02","modified_gmt":"2025-10-01T03:38:02","slug":"amir-temur-sulolasi-etiqod-va-qadr-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-etiqod-va-qadr-2\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. E\u2019tiqod va qadr"},"content":{"rendered":"\n<p>Sohibqiron Amir Temur hazratlari qayerga bormasin, o\u2019sha joyning buzrugvorlari qabrlarini ziyorat qilar, barhayot ulamolarga, ulug\u2019 zotlarga ulug\u2019 ehtirom ko\u2019rsatar edi. O\u2019tgan aziz-avliyolar, el e\u2019tiqod qo\u2019ygan pirlar manzillarini obod qildirar edi. Shohruh Mirzo ham bu bobda otasidan ko\u2019p yaxshi jihatlarni o\u2019zlashtirgan edi. Hijriy 809 yili (1406) Shohruh Mirzo Jom sariga lashkar tortganida bu joydagi Ahmadi Jomning muborak mozorini ziyorat qiladi. Zindafil avliyoning avlodlariga marhamatlar ko\u2019rsatadi, muhtojlarga hadya va sadaqalar ulashadi. Shu ziyoratning ertasiga, misli Sohibqiron kabi, qo\u2019shinlar ko\u2019rigini o\u2019tkazadi. Mashhadga yuzlangan Shohruh Mirzo Ali ibn Muso Rizo ziyoratini bajo keltiradi, sayyidlarga in\u2019omu ehsonlar tarqatadi. Bu ziyoratlarning natijasi chakki bo\u2019lmagan, ulug\u2019 avliyolarining ruhi yor bo\u2019lib, Sayyid Xoja kabi g\u2019animlar mag\u2019lubiyat alamini chekkan edi. Oradan 6-7 yil o\u2019tib, Shohruh Mirzo tag\u2019in Mashhadga, Imom Rizo ziyoratiga otlanadi. Bu ziyorat 1412 yilning fevral oyiga to\u2019g\u2019ri keladi. Odatdagiday, nazr-niyozlar, sadaqalar tarqatiladi. \u201cMatla\u201dda, garchi, zikr etilmagan bo\u2019lsa-da, Shohruh Mirzo Movarounnahrda bo\u2019lgan paytlarida ham Kesh va Samarqanddagi muqaddas qadamjolarni borib ko\u2019rgan, otasi va qarindosh-urug\u2019lari qabrlarini tavof qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1414 yilda Isfaxon fath etilganda, Shohruh Mirzo, muarrix guvohlik berganidek, \u201camnu omonlik soyasini Isfaxonning xosu omlari ustiga tushirdi, hammaga adlning daxlsiz yeri-yu ehsonning huzur-halovat joyidan boshpana qurdi: mozorlarga nazr atagani yuz ming kepakiy dinoriy faqirlar va muhtojlarga yetkazdi hamda devonga yig\u2019ilishi tegish bo\u2019lgan molning uchdan birini raiyyatga bag\u2019ishladi\u201d. Shohruh Mirzo Sherozga qilgan yurishi chog\u2019ida ham bu mulklardagi qadamjolarni, o\u2019tgan ulug\u2019larni yodlash yo\u2019lini tutadi. Jumladan, Abu Isxoq Ibrohim qabrini ziyorat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eronda aholining ma\u2019lum qismi azaldan shiiylik mazhabiga mansub edi. Shohruh Mirzo qo\u2019l ostidagi raiyyatning e\u2019tiqodiga hurmat ko\u2019zi bilan qaragan. Shiiylarning asosiy qadamjo ziyoratgohi Ali ibn Muso Rizo marqadi bo\u2019lib, u Mashhadda joylashgan edi. 1418 yilning 3 sentabrida Shohruh Mirzo o\u2019z yaqinlari bilan Imom Rizo qabri ziyoratiga otlanadi. Hukmdor xonadonining Mashhadga, Imom Rizo marqadiga hurmati juda katta bo\u2019lgan. Gavharshod Begim Imom Rizo maqbarasi ustiga qurilgan gumbazli bino yonida ulkan masjid qurilishini boshlagan va Shohruh Mirzo tashrifi kunlarida u bitish arafasida edi. Masjid podshoh ishtirokida tantanavor ochiladi. Imom Rizo qabri ustidagi gumbazli maqbara ham ta\u2019mirdan chiqarilgan bo\u2019ladi va Shohruh Mirzo yaxshi niyat bilan yasattirgan uch ming misqol oltindan ishlatilgan qandil maqbara gumbazi ichiga osiladi. Ziyorat kunlarida Shohruh Mirzo shahar bilan tanishadi, shaharning sharqiy tomonida choharbog\u2019 va qasr barpo etishni tayin qiladi. Bog\u2019 va qasrning tarixini uning o\u2019zi belgilab beradi. Qsr Shohruh Mirzo qachon bu shaharga ziyoratga kelsa, unga qo\u2019nish uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019ladi. Ziyorat kunlarida eli xalqqa berilgan tortiqlar, nazr-niyoz va sadaqalar hammaning ko\u2019nglini ko\u2019taradi. Shohruh Mirzo tashrifidan shahar ham, mashhur imom Ali ibn Muso Rizo qadamjosi ham obod bo\u2019ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sohibqiron Amir Temur hazratlari qayerga bormasin, o\u2019sha joyning buzrugvorlari qabrlarini ziyorat qilar, barhayot ulamolarga, ulug\u2019 zotlarga ulug\u2019 ehtirom ko\u2019rsatar edi. O\u2019tgan aziz-avliyolar, el e\u2019tiqod qo\u2019ygan pirlar manzillarini obod qildirar edi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-etiqod-va-qadr-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153725","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153725","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153725"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153725\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153726,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153725\/revisions\/153726"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153725"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153725"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153725"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}