{"id":153727,"date":"2025-10-01T09:05:35","date_gmt":"2025-10-01T06:05:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153727"},"modified":"2025-10-01T09:05:37","modified_gmt":"2025-10-01T06:05:37","slug":"amir-temur-sulolasi-uchinchi-valiahd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-uchinchi-valiahd\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Uchinchi valiahd"},"content":{"rendered":"\n<p>Sohibqiron Amir Temur farzandi, valiahd Muhammad Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo oilaviy hayoti qissasini boshlash fursati keldi. Hozirgacha birinchi o\u2019g\u2019il Muhammad Sulton va uning oilaviy tarmog\u2019i to\u2019g\u2019risida hikoya qildik. Muhtaram o\u2019quvchiga bir narsani aytishni burchim deb bildim, bu tarixning cheksizligidir. Amir Temur va Temuriylar bilan hozirgi avlodlarni qariyb 7-8 asrlik masofa ajratib turibdi. Shu asrlar davomida qanchalar kitoblar yozilmagan, deysiz. Ularning aksariyati yetib kelmagan, yetib kelganlarining bir qismi hozirga qadar ilmiy-badiiy istifodaga kiritilmagan. Temuriylarning XV asr birinchi yarmi hayotini aks etdiruvchi manbalar bilan tanish bo\u2019lmaslik bu haqdagi bilimimiz va qarashlarimizning tor doirada qolishga sabab bo\u2019lmay qolmaydi. Shu ishimizda takror-takror murojaat qilayotganimiz Abrurazzoq Samarqandiyning \u201cMatlai sa\u2019dayi va majmayi bahrayn\u201d asarining birinchi jildi bundan 43 yil muqaddam, 1969 yilda nashr etilgan bo\u2019lsa, uning ikkinchi kotibi 2008 yilda chop qilindi. Bu keyingi nashrni varaqlay turib, muarrixlarning ham ayrim dalillarni chalkashtirganlari yoki e\u2019tibor bermay o\u2019tganligiga amin bo\u2019lamiz. \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201d Temuriylarning XV asrdagi hayotini, siyosiy faoliyatini o\u2019ta salmoqli tarzda yoritgan eng ishonchli manbalardan, deyish mumkin. Asar 1467-1470 yillar davomida saroy hujjatlari asosida yaratilgan. Shunga qaramay, ba\u2019zi o\u2019rinlarda yuqorida aytganim nozik dalillarda aniqlik yetishmayotgandek tuyuladi. Bir misolga murojaat qilaman. Fasih Xavofiy o\u2019zining \u201cMujmali Fasihiy\u201d degan yilnoma kitobida hijriy 816 (1413) voqealari haqida so\u2019zlar ekan, 1413 yilning avgust-sentabrida Muhammad Sultonning o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongirning Shohruh Mirzoning qizi Maryam Sultonga uylanganligini yozadi. Abdurazzoq Samarqandiy esa 1441-1442 yilda kechgan voqea-hodisalar haqida to\u2019xtalar ekan, shu yili \u201cMuhammad Sultonning o\u2019g\u2019li Yahyo nikohida bo\u2019lmish Onhazratning qizi (Shohruhning) Maryam Sulton beka jannat bog\u2019iga rixlat qildi va o\u2019z onasi madhi ulyo Gavharshod Og\u2019oning madrasasi gumbazi ostiga dafn etildi\u201d, deb yozadi. Boshqa tarixlardan topolmaganim dalilni Yahyo Mirzo xususidagi ma\u2019lumotni bu asarda uchratganimdan mamnun bo\u2019ldim, ammo uning akasi xotini bo\u2019lmish Maryam Sulton bekaning eri sifatida talqin etilganligi meni ajablantirib qo\u2019ydi. Muarrix yanglishtirgan sabab boshqa ekanligini navbatdagi sahifalardan bilib, ko\u2019nglim bir oz taskin topdi. Abdurazzoq Samarqandiy Shohruh Mirzoning vafoti bilan bog\u2019liq voqealarni naql qilganida, \u201cShunday qilib, hazratning vafoti ro\u2019y bergan zamonda, uning pushti kamaridan bo\u2019lgan farzandlaridan Mirzo Ulug\u2019bek ko\u2019ragondan boshqa birortasi ham hayot emasdi, uning ikkita qizi esa Mirzo Muhammad Sultonning o\u2019g\u2019illari Mirzo Yahyo va Mirzo Muhammad Jahongirlar nikohida edilar\u201d, deydi. Ha, gap bu yoqda ekan. Maryam Sulton Beka, Fasih Xavofiy shahodat etganidek, Muhammad Jahongirning jufti haloli bo\u2019lsa, uning singlisi (Yahyo Mirzo Muhammad Jahongirdan 4 yosh kichik edi) esa Yahyo Mirzoning xotini bo\u2019lgan ekan. 1414-1415 yillarda bo\u2019lgan bu voqealar 55-56 yildan keyin yozilgan asarda, tabiiyki, yangilashtirilishi e\u2019tibordan soqit etilmaydigan holder. Muhimi, shu \u201cxatolik\u201d tufayli, Yahyo Mirzo to\u2019g\u2019risida bir chizgidan xabar topdik. Ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Yahyo Mirzo hokimiyat kurashlarida ishtirok etmagan, harbu zarblarda qatnashmagan. U, aftidan, Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. XV asr boshlarida yuz bergan alg\u2019ov-dalg\u2019ovlarda qatnashmaslik uning borasida tarixiy asarlarda ma\u2019lumotlar berilmaganligiga sabab bo\u2019lgan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi, Pir Muhammad Mirzo oilaviy hayoti haqidagi hikoyamizni boshlasak bo\u2019ladi. Sohibqiron Fors o\u2019lkasiga yurishni davom ettirgan 80-yillarda Sheroz hukmdori, Eronda mo\u2019g\u2019ul saltanati yiqitilgandan keyin, taxtga chiqqan Muzaffariylar avlodidan bo\u2019lgan Shu\u2019joiddin Shoh Shu\u2019jo Amir Temurnign kuchiga to\u2019g\u2019ri baho beradi. Qarshilik ko\u2019rsatish befoyda ekanligini anglab, o\u2019z beklaridan Umarshohni juda katta peshkashlar bilan Sohibqiron huzuriga jo\u2019natadi. Amir Temur itoat izhor qilib kelgan elchini iliq qarshi oladi. Shoh Shu\u2019jo yo\u2019llagan xatda: \u201cUlug\u2019 ehtirom va yurtimizdan olinadigan tuhfalar bilan odamimni yuboryapman. Oltin egar va yuganlari, uzanglari tillodan bo\u2019lgan otlar, xachirlar, tuyalar yuboryapman. Shohi matolar va qimmatbaho ashyolar maqsad do\u2019stlikdir, undan bo\u2019lak muddaom yo\u2019q\u201d deyilgan bo\u2019ladi. Sohibqiron bu iltifotdan mamnun bo\u2019ladi. Umarshohga zotdor otlar, zar to\u2019nlar va ko\u2019pdan ko\u2019p hadyalar tortiq etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshoh olib kelgan xatga javob yozib, elchi bilan birga o\u2019z odamlarini qo\u2019shib, Shoh Sho\u2019jo oldiga jo\u2019natadi. Fors hukmdoriga turfa in\u2019omlar yuborilar ekan, ayni vaqtda, uning qizini nabirasi Pir Muhammadga so\u2019ratadi. Sohibqiron maktubida, \u201cOramizda do\u2019stlik vujudga kelgan ekan, endi qarindoshlik aloqalarini ham o\u2019rnatishimiz lozim bo\u2019ladi, shunda oramizda hurmat-ehtirom yanada mustahkam bo\u2019ladi\u201d, deyiladi. Abdurazzoq Samarqandiy tarixida berilgan bu ma\u2019lumotni, Fasih Xavofiy asarida uchratmadim. Har xolda, Shoh Shu\u2019jo bilan bo\u2019lgan munosabatlar Pir Muhammadning 7-9 yoshlik paytiga to\u2019g\u2019ri kelishini aytish joiz bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hijriy 786 yilning (sichqon yili) bahorida Sohibqiron qo\u2019shinlari bilan Mazondaronga qarab yuradi. U bir necha kun Balxda to\u2019xtab, Sohibqiron 1383 yilning martida Uzun O\u2019ljoytuni Shoh Shu\u2019jo saroyiga sovchilikka yuborgan edi. Sovchilar Amir Temur Balxda turgan kezlarda Shoh Shu\u2019joning qizini, muarrix aytganidek, ming ehtiyot va avalashlar bilan olib keladilar. Shu kuni Sohibqiron kelin bilan kelgan quda taraf odamlarini qabul qilib, katta mamnuniyat bildiradi. Kelin istiqboliga Saroy Mulk Xonim va Tumon Og\u2019o, malikalar chiqib, uni katta qadrdoshlar bilan qarshi oladilar. Kelin yerga oyoq qo\u2019yganda uning boshidan sochqilar sochib xursandchilikni boshlab yuboradilar. Safardagi to\u2019y shodiyonasi katta-kichikni qamrab oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovchilardan biri Hoji xoja o\u2019ziga yuklatilgan vazifa doirasidan chiqib, katta xatoga yo\u2019l qo\u2019ygan. Sohibqironning hufya ishlar xizmati a\u2019lo darajada yo\u2019lga qo\u2019yilganligi sabab, Hojaning gunohidan tezda voqif bo\u2019ladilar, taftish o\u2019tqaziladi va u jazoga tortiladi. To\u2019y bilan bog\u2019liq voqealar tafsilotida oldinda muammo tarzida aytib o\u2019tilgan ba\u2019zi qutblarni oydinlashtiradigan ma\u2019lumotlar borilishi diqqatga loyiq. Pir Muhammad Mirzoning to\u2019yi munosabati bilan Xonzoda Begim ham Balxga yetib keladi. Xonzoda Begim bu paytda Amir Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li Amironshoh Mirzoga nikohlangan edi. Xonzoda Begimning to\u2019yga yetib kelishi uning Pir Muhammad Mirzo onasi ekanligini yana bir marta tasdiq etadi. Agar uning onasi Baxt Mulk Og\u2019o bo\u2019lganida edi, to\u2019y munosabati bilan u tilga olingan bo\u2019lar edi. To\u2019yga yetib kelgan Xonzoda Begim sharafiga katta ziyofat beradi. Xonzoda Begim to\u2019yga ikki oylik chaqalog\u2019i \u2013 Xalil Sulton Mirzo bilan tashrif buyurgan edi. Xalil SUlton Mirzo shu kundan e\u2019tiboran Saroy Mulk Xonim tarbiyasiga beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1388 yilning kuzida Sohibqiron Amir Temur Xorazm yurishidan qaytib, Samarqandda katta taraddudni boshlab yuboradi. Amir Temur kenja o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzo bilan bir qatorda, marhum farzandi Muhammad Jahongir Mirzoning ikki o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton va Pir Muhammadni g\u2019uriy asilzodalarning, qizlariga uylantiradi. Behisht bog\u2019i deb atalgan xushmanzara, obod bo\u2019stonda boshlangan to\u2019y bir necha kunlarga cho\u2019zilib, davom etadi. Bu to\u2019y va kelinlar to\u2019g\u2019risida \u201cMujmali Fasihiy\u201dda, nima sababdandir, eslatilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelganiga 20 yil to\u2019layotgan edi. Bu o\u2019tgan davr ichida Turkiston o\u2019z mustaqilligini mustahkamlabgina qolmay, qo\u2019shni davlatlardagi mo\u2019g\u2019ullar hukmronligiga ham barham berishga ulgurgan, davlat sarhadlarini bir qadar kengaytirishga muvaffaq bo\u2019lgan edi. Biroq, uning yo\u2019lida o\u2019zi yaxshilik qilgan, qo\u2019llab-quvvatlagan, qarindoshlashgan kimsalar to\u2019ganoq bo\u2019lgan edi. Shulardan biri Dashti Qipchoq taxtiga Sohibqiron o\u2019tkazib qo\u2019ygan To\u2019xtamish edi. Bir vaqtlar Sohibqiron huzuriga yarador bo\u2019lib, o\u2019lar holatida boshpana so\u2019rab kelgan To\u2019xtamishxon toju taxtga ega bo\u2019lib, katta qo\u2019shin tuzganidan so\u2019ng, otam deb murojaat qilgani Amir Temurga oshkora xiyonat qilayotgan chog\u2019ida uning mulklariga bostirib kelib, talonchilik ishlarini amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1391 yilning boshlarida Amir Temur Dashti Qipchoqqa, To\u2019xtamishxonga qarshi otlanar ekan, nabirasi Pir Muhamamd bilan o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzolarni o\u2019z o\u2019rniga qoyim maqom qilib, yo\u2019lga chiqadi. Mamlakat ichkarisida xushyorlikni qo\u2019ldan bermasdan ko\u2019z-quloq bo\u2019lib turish mas\u2019uliyatining bu ikki shahzodaga topshirilishi katta ishonch edi. To\u2019xtamishxonga qarshi yurish o\u2019n bir oyga cho\u2019ziladi. G\u2019alaba yor bo\u2019lgan hukmdor Samarqandda ulug\u2019 izzat-ikrom bilan qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oqar sahroga qo\u2019nib, bir necha kunni osoyishta o\u2019tkazgan Sohibqiron nabirasi Pir Muhammad Mirzoga G\u2019azna, Kobul va Zabulistondan Hindiston va Qandahor sarhadlariga qadar bo\u2019lgan yurtlarni esa sevimli nabirasi Pir Muhammadga bag\u2019ishlaydi. Sohibqiron davlatida xizmati katta bo\u2019lgan beklardan Ali Ganchi (Amir Musoning o\u2019g\u2019li), Islom (Hoji Barlosning o\u2019g\u2019li), Temur Hoja (Oq Bug\u2019oning o\u2019g\u2019li), Husayn So\u2019fi (G\u2019iyosiddin Tarxonning o\u2019g\u2019li) singari atoqli beklarni Pir Muhammad Mirzoga qo\u2019shib, unga suyurg\u2019ol etilgan mulklarni boshqarishga safarbar etadi. Sohibqiron Dashti Qipchoq harbiy safaridan 1392 yilda qaytib, Samarqandga \u2013 poytaxtga yetib keladi. Uning odati shu ediki, zafar yor bo\u2019lgan yurishlardan keyin, poytaxtda bo\u2019lgan kunlarida albatta eli yurtiga to\u2019y berar, bayramlar uyushtirar edi. Bu gal ham shunday reja amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur o\u2019g\u2019illari va nabiralari to\u2019ylarini Samarqand tashqarisida, yo bog\u2019larda, yoinki, Konigil dalasida, keng-mo\u2019l maydonda, xalq ko\u2019p qatnashishi mumkin bo\u2019lgan joylarda o\u2019tkazishni xush ko\u2019rgan. U, Konigil dalasiga ko\u2019chib chiqadi, shohona o\u2019tovlar tikiladi. Samarqand hunarmandlari butun dashtni avji bahor yanglig\u2019 kiritadi. Qator ketgan o\u2019choqlarda, doshqozonlar to\u2019lib, go\u2019shtlar pishiriladi, oshlar damlanadi. Dasturxonlar to\u2019kin-sochinligini ta\u2019riflash qiyin. Uzoq yaqindan, Sohibqiron qadami yetgan o\u2019lkalardan izzatli mehmonlar yetib keladi. Sohibqiron shu 1392 yili Umarshayx va Amironshoh Mirzolarning uch farzandini uylantiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo oilaviy-sulolaviy udumga muvofiq, harb ishlariga erta aralashadi. Shahzodalar esini tanigandan boshlab, savod chiqarishga, bilim egallashga va harbu zarb mahoratini erinmay o\u2019rganishga burchli bo\u2019lganlar. Pir Muhammad Mirzoga ishonch bildirilib, Sindga qadar bo\u2019lgan mulklar ixtiyori topshirilishi uning yuqoridagi qattiq talablarga javob bera oladigan shahzoda va sarkarda bo\u2019lib yetishayotganligidan darak edi. 1392 yilning avgust oyi oxirlarida Sohibqiron Eron sarhadlarida bo\u2019lganida, Yolg\u2019uz Yog\u2019och Xabushon (Kuchan, Ashxaboddan 200 km janubroqda) degan joyda to\u2019xtab turadi. Uning huzuriga shahzodalar, yaqinlari yetishib keladi. O\u2019n olti yoshga to\u2019lgan Pir Muhammad Mirzo ham bobosining huzuriga o\u2019z qo\u2019shinlari bilan kelib, qo\u2019shiladi. Bu yerga Hirotdan Xonzoda Begim ham tashrif buyuradi. Xonzoda Begim qaynotasi Amir Temur sharafiga katta to\u2019y beradi. Bir oz oldinroqqa ketib, bir mulohazamni aytishga ehtiyoj sezdim. Sohibqiron Muhammad Jahongir Mirzoning ulug\u2019 maqomi ayoli Sevin Bekani \u2013 Xonzoda Begimning uning vafotidan ancha yil o\u2019tib (6-7 yil chamasi), uchinchi o\u2019g\u2019li Amironshoh Mirzo nikohiga kiritadi. Muarrixlar qaynota, nabira va kelin uchrashuvlari to\u2019g\u2019risida gapirganda, rasmiy bayondan nariga o\u2019tmaydilar. Nazarimda, Xonzoda Begim Amironshohga nikohlanganda, Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzolar 6-7 yoshli bolalar bo\u2019lishgan. Sohibqiron farzandlari va nabiralarning yo\u2019li har qachon ham birga tushavermagan. Shu sababdan, imkon bo\u2019ldi deguncha, Amir Temur hazratlari aka-ukalarni, ota-bobolarni o\u2019z huzurida uchrashtirishga, oilaviy yaqinlik rishtalarini yanada mustahkamlashga intilgan ko\u2019rinadi. 1392 yilning 26 avgusti kuni ham shu jihatdan e\u2019tiborli. Xonzoda Begim o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo bilan Xabushonda diydor ko\u2019rishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aka-uka Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzolar 1393 yilning boshlariga qadar cho\u2019zilgan Iroq va Fors yurishlarida bobosi qo\u2019shinlarining ilg\u2019or qismini boshqarib, e\u2019tiborga sazovor bo\u2019ladilar. Sherozning zabt etilishi, Shoh Mansurning halokatida Pir Muhammad Mirzo hujumlari muhim o\u2019rin tutadi. Shoh Mansur lashkarining chap qanotini u jasurlik bilan tor-mor etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo Sohibqiron bobosiga ko\u2019rnamaklik qilgan To\u2019xamishxonga qarshi yurishlarida ham o\u2019zini ko\u2019rsatadi. Saroy shahrining olinishi bevosita Pir Muhammad Mirzo nomi bilan bog\u2019lanadi. 1395 yilda Amir Temur Hoja Tarxonga (Ashtarxon, Astraxon) yaqinlashib kelganida, Saroyni mag\u2019lub etish uchun Pir Muhammad Mirzo boshliq Shayx Nuriddin, Temur Hoja Oq Bug\u2019olarni yuboradi. Amir Temur davlatiga katta iqtisodiy ziyon yetkazgan, u Eron safarida bo\u2019lgan vaqtida Movarounnahrni talagan, Zanjirsaroyni yoqib yuborib, tag-tugi bilan kultepaga aylantirgan To\u2019xtamishxon o\u2019rdasini butkul vayron etish shahzodaning javob yurishi bo\u2019lgan edi. Pir Muhammad Mirzo va uning qo\u2019shini Idil (Volga) daryosi muzi ustidan o\u2019tadilar. Sohibqiron sipohiylarning jangovar tayyorgarligiga qoyil qolmay bo\u2019lmaydi, ular quruqlikda ham, tog\u2019u toshlarda ham birdek mardonavor kurash olib borganlar. Suv kechib, muzni yorib yoxud uning ustidan o\u2019tib urushish manzaralarini biz ikkinchi jahon urushiga bag\u2019ishlangan kinolar orqali bilamiz. Sohibqiron qo\u2019shinlari bunday janglar hadisini necha asrlar burun ko\u2019nikma qilganligini esa deyarli bilmasdik. Pir Muhammad Mirzoning harbiy salohiyatini shundan ham tasavvur qilsa bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hind yurishi vaqtida ham Pir Muhamamd Mirzo o\u2019zining aqli va kuchi bilan hamisha bobosi nazarida bo\u2019ladi. Sohibqiron g\u2019arblarga qarshi janglar olib borayotganda, bir kuni shunday holat bo\u2019ladiki, uch marta hujumga qilishga to\u2019g\u2019ri keladi. Ikki jangda g\u2019olib kelgan hukmdor, endi tin olib, hordiq yozay deb turganda, Qubl darasida juda ko\u2019p g\u2019arblar qo\u2019shini yig\u2019ilganligi xabari olinadi. 1399 yilning boshlarida Hindiston g\u2019azavotida 63 yoshli Sohibqiron mislsiz qahramonliklar, shahsiy jasoratlar ko\u2019rsatadi. G\u2019arblar bilan bo\u2019lgan to\u2019qnashuvlardan birida yuz bergan voqea Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsida ham aks etgan. Lashkar jang harakatlarini olib borayotgan mahalda Amir Temur yonida 100 tacha sipoh bor edi. Shu payt dushmanlardan biri, Malik Shayx ismli pahlavon 200 kishilik otliq piyodalar bilan Sohibqiron ustiga tashlanadi. Ikki tomon yuzma-yuz bo\u2019lganda bahaybat bir kishi oldinga chiqib, \u201cMen Shayx Ko\u2019kariyman, g\u2019olib qo\u2019shinga xizmat qilaman\u201d, deb na\u2019ra tortadi. Shunday deb, u Sohibqiron odamlaridan bir nechtasini qilichdan o\u2019tkazishga ulguradi. Buni ko\u2019rgan Amir Temur uning tomoniga ot qo\u2019yadi. Sohibqironning kamondan otgan o\u2019qi uning qorniga sanchiladi, sermagan qilichi \u2013 Shayxning boshini sapchaday uzib tushadi va u otdan ag\u2019anab tushadi. Shu tariqa, bir kunda ikki jangni o\u2019tkargan Sohibqironga Qubl darasida g\u2019arblarning ko\u2019p sonli lashkari to\u2019planganligi xabari yetib keladi. Charchagan, toliqqan bo\u2019lishiga qaramay, Amir Temur dushmanga zarba berishga otlanadi. Hindning bu sarhadlarida to\u2019qayzorlar, o\u2019rmonlar ko\u2019p bo\u2019lib, katta qo\u2019shinning yurishi nihoyatda qiyin edi. Aytilganidek, o\u2019sha kuni Sohibqiron odamlar yuz kishi nari-berisida edi. Muarrix qavlidan fahmlash mumkinki, oz odam bilan ko\u2019pga qarshi borish, bir kunda uchta jangni amalga oshirish Sohibqironga ham bir oz malollik tug\u2019dirgan. Uning ko\u2019nglidan, chakalakzorlarni oralab borishda bir fikr kechadi, \u201cQaniydi, shu payt nabiram Pir Muhammad bilan Sulaymonshohbek (opasining o\u2019g\u2019li va kuyovi) shu yerda hozir bo\u2019lsaydi, deb o\u2019ylaydi. Gap shundaki, shu voqeala yuz berishidan uch kun avval Amir Temur ularning ikkalasini qo\u2019shin bilan uzoq bir joyga jo\u2019natgandi. Hech kim ularni tez orada qaytib keladi, deb o\u2019ylamagandi, deydi muarrix. Yakshanba kuni, peshin namozi vaqtida, Sohibqiron mushtoqlik bilan kutib turgan paytida, Shahzoda Pir Muhammad va Sulaymonshohbeklar yetib keladi. Birgalikda g\u2019arblarga hujum qiladilar, g\u2019olib bo\u2019ladilar, qancha mol-hol, shohi, matolar, sanoqsiz ho\u2019kiz, sigir, qo\u2019ylar, tuyalar o\u2019lja qilinadi. Amir Temurning ko\u2019nglidan kechgani, xohish-istagining dast berishida bu birgina misol emas. Uning istiqbolini ko\u2019ra bilishi, ko\u2019nglidan kechgan fikrining uzatilishi \u2013 kerakli yerga va odamga yetib borishi hollari ko\u2019p marta sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzoning bobosi Amir Temur tirikligidagi eng oxirgi uchrashuvi 1404 yilning sentabr oyi boshlarida, aniqrog\u2019i, 7-kunida yuz beradi. Buning sababi shunday. 1404 yilning saratoni oxirlarida Amir Temur Xurosondan Samarqandga qarab yo\u2019lga chiqadi. Qurlon degan yerda, buloq yaqinidagi rabotda to\u2019xtab turganida, Samarqanddan Temur Hoja Oq Bug\u2019o 9 ta yo\u2019rg\u2019a ot keltiradi. Amir Temur Jayhun bo\u2019yiga yetib daryodan o\u2019tadi-da, Termizda Xonzoda Aloulmulk uyiga tushadi. Termiz mashoyihi Sohibqiron sharafiga katta to\u2019y beradi. Shundan so\u2019ng Amir Temur Kesh shahriga qadam qo\u2019yadi. Oqsaroyda tinim olgan Amir Temur Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasini ziyorat qilib, otasi Amir Tarag\u2019ay qabriga o\u2019tadi. Qur\u2019oni Karim tilovatidan so\u2019ng yo\u2019lga chiqadi va Taxta Qoracha bog\u2019ini ko\u2019zdan kechiradi. Taxta Qorachadan Qorato\u2019baga kelib, Qasri Jahonnamoga tushadi. Samarqanddan uning istiqboliga Hoja Yusuf, Arg\u2019unshoh va Shahzoda Pir Muhammadning 8 yoshli o\u2019g\u2019li Qaydular yetib kelishadi. Sohibqironni kutib olishga To\u2019kal Xonim boshliq malikalar, kelinlar ham peshvoz chiqadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur shu safardan qaytguncha Suriya, Misr va Rumni o\u2019z itoatiga olishga muvaffaq bo\u2019lgandi. Uzoq yo\u2019lni juda tez bosib o\u2019tgan hukmdor bir haftaga yaqin o\u2019zini yaxshi his qilmagan. Muolajalardan keyin uning sog\u2019lig\u2019i tezda tiklanadi. Baribir, yosh bir joyga borib yetgan, olis va toliqtiruvchi yo\u2019l o\u2019z ta\u2019sirini bu po\u2019lat vujudga ham ko\u2019rsata boshlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur tuzalganidan keyin Bog\u2019i Shimol oromgohiga o\u2019tib, bu yerda bir necha kun turadi. Shu orada Amironshoh va Xonzoda Begimning Bekisi Sulton ismli qizidan o\u2019g\u2019il evara tug\u2019ilishi munosabati bilan to\u2019y beriladi. To\u2019ydan so\u2019ng Sohibqron Baland Bog\u2019ga o\u2019rnashadi. Bir necha kun hordiq chiqarib, shaharni ko\u2019zdan kechirishga otlanadi. U, dastavval nabirasi, marhum Muhammad Sulton Mirzoning madrasasiga tashrif buyuradi. Sohibqiron madrasa yonida gumbaz tiklashni amir qiladi. Tez orada gumbaz va sardoba quriladi, jannatmonand bog\u2019 barpo etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur fuqarolar ahvoli bilan tanishishga kirishadi. Muarrix aytgani kabi, u alohida kishilar va omma bilan birma-bir gaplashib, hol-ahvol so\u2019rab chiqadi, borlarga ham, yo\u2019qlarga ham katta in\u2019omlar beradi. Uning yo\u2019qligida, amri bilan bunyod etilgan juma masjidini qadam-baqadam nazardan o\u2019tkazadi. Masjidning eshigi kichik va tor bo\u2019lganligini aniqlab, shu zahoti eshikni buzib olishni, katta va keng qilib, yangisini qurishni buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda, elning o\u2019zi yo\u2019qligida kechgan ahvolini o\u2019rgangan hukmdor xatoga yo\u2019l qo\u2019ygan, ishonchni oqlamagan, nafsi gazaklagan ayrim amaldorlarni qattiq jazoga tortadi. Bu haqda Ibn Arabshoh ham, Rui Gonsales de Klavixo ham gapirib o\u2019tgan. Bu voqealarni mufassil hikoya qilishdan maqsad, Amir Temur ulug\u2019 ishlar, maqsadlar oldidan ahli fuqaroning ahvolini bilishni, uning ko\u2019ngliga to\u2019yu tantanalar sig\u2019adimi-yo\u2019qmi, aniqlashni lozim ko\u2019rgan deb o\u2019yladim. Sohibqiron har safar zafar quchib yurtiga qaytganida, albatta, to\u2019y-tomoshalar bergan, xalqiga juda katta nazr-niyozlarni tortiq etgan. Bu safar ham shunday bo\u2019ladi. Yana bir tomoni, 1404 yilning kuzida tayyorgarlik ko\u2019rilayotgan ulug\u2019 to\u2019y Sohibqiron Amir Temur hayotidagi eng oxirgi to\u2019y sifatida ham tarixda o\u2019z o\u2019rniga ega. Shu maqsadni anglatish ucun yuqoridagi daromad so\u2019zlarni keltirib o\u2019tishni maqsadga muvofiq bildim. To\u2019y oldidan el va saltanat mulkiga xiyonat qilgan, lavozimi sabab, zulm o\u2019tkazgan, toshu tarozidan urgan, narxni oshirgan kimsalarning jazoga tortilishi fuqaroning ruhiyatini ko\u2019tarmay qolmasdi. To\u2019y arafasidagi Samarqanddagi muhit ana shunday bo\u2019ladi. Shu tariqa, Saroy Mulk Xonim madrasasini ko\u2019zdan kechirgan Amir Temur Chinor Bog\u2019iga o\u2019tadi. Shu vaqtda Dashti QIpchoqdan, Idikudan elchi keladi, ular itoat va bo\u2019ysunishini zimmaga olib kelgan bo\u2019ladilar. Chinor Bog\u2019idan Sohibqiron Dilkusho Bog\u2019iga ko\u2019chadi. Bu joyda turganida, muarrix qayd etganidek, Farang yurtidan (Ispaniya elchisi Klavixo) elchilar keladi. Bunga qadar, Shimol Bog\u2019i janubidan har burji 1500 qari bo\u2019lgan bog\u2019 va uning o\u2019rtasida qasr qurish topshirig\u2019i bo\u2019lgan edi. Elchilar yetib kelgan paytda bog\u2019 va qasr bitkazilgan. Sohibqiron bu joyni ko\u2019zdan kechirib, katta to\u2019y boshlashga amru farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019yning maslahati ham katta bo\u2019ladi. Chingizxon naslidan bo\u2019lgan Tayzi O\u2019g\u2019lon va Toshtemir O\u2019g\u2019lonlar Xurosondan Shohruh mIrzoni, G\u2019aznondan (G\u2019azna) Pir Muhammad Mirzolarni ham taklif etishni so\u2019raydilar. Sohibqiron maslahatga rizolik berar ekan, \u201cMayli, Pir Muhammad kelsin, ammo Shohruhning kelishini bir sabab ila ma\u2019qul ko\u2019rmayman. Iroq va Ozarbayjon hukmdorining g\u2019animlari kuchli, mamlakatni egasiz qoldirib bo\u2019lmaydi\u201d, deydi. Davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan Shohruh Mirzoning to\u2019yga tashrifi ma\u2019qul ko\u2019rilmaydi. To\u2019y o\u2019tadigan joy qilib Konigil belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hijriy 807 yilning robi\u2019 oyi boshida, yakshanba kuni (7 sentabr, 1404) Sohibqiron Konigilga chiqadi. Muarrix nasf etganidek, uning kelishi Konigilga o\u2019zgacha tarovat va barokat baxsh etadi. Uning uchun to\u2019rt sarapardali ulkan oq o\u2019tov quradilar, uning ustunlari tillodan naqshlangangan marvaridlar bilan bezatilgan bo\u2019ladi. Ustalar, xizmatchilar bir hafta ichida o\u2019n ming odamni sig\u2019dira oladigan o\u2019n ikki burjli chodirni tiklab bo\u2019ladi. Chodirlarnign sirtqi tomoni qizil jundan, ich tarafi esa bahmaldan, arqonlari ipakdan tanlanadi. O\u2019n ikki ustun ham tillo bilan bezatiladi. Har bir shahzoda va beklar uchun xos sarapardalar tortiladi, mehmonlarni qabul qiladigan chodirlar, o\u2019tovlar turnaqator tiziladi. Viloyatlardan hokimlar, taniqli kishilar, qozilar va ruhoniylar to\u2019yga aytiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019aznadan Shahzoda Pir Muhammad Mirzo yetib keladi, unga vaqtida chopar jo\u2019natilgan bo\u2019lgan. Sohibqiron shahzoda nabirasi bilan quchoq ochib ko\u2019rishadi, uni mahkam bag\u2019riga bosadi. Ular sarapardali chodir ichida shahzodaning bultur olamdan qaytgan akasi Muhammad Sultonni esga olib, ko\u2019ngillar buzilib, yig\u2019laydilar. Pir Muhamamd Mirzo bobosi uchun ko\u2019p tuhfalar, sovg\u2019alar olib kelgan edi. Ertasiga Muhammad Sulton yilligi marakasi berilib, aza mavsumi tugaydi. Amir Temur nabirasi Pir Muhammad oltin hilli to\u2019n kiydirib, boshiga toj qo\u2019ndiradi, beliga tillo kamar bog\u2019laydi, navkarlariga ham qimmatbaho to\u2019nlar tortiq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019y tayyorgarligi hamon davom etadi. Hunarmandlar Samarqandni o\u2019z kasbi korlari taqozosi bo\u2019yicha bezaydilar. Bu tantanalarning boisi nabira va evaralarni uylantirish bilan bog\u2019liq edi. Shahzodalardan Ibrohim Sulton, Iyjil \u2013 Amironshoh va Shohruh Mirzo o\u2019g\u2019illlari; Umarshayx Mirzo va farzandlaridan Ahmad, Saydi Ahmad va Boyqaro Mirzolarning birgalikdagi nikoh to\u2019ylari o\u2019tkaziladi. Muarrixlar kelinlar ismi sharifalarini zikr etmagan bo\u2019lsalarda, besh shahzodaning har qaysi ichki nikoh \u2013 o\u2019z amakilari yoki ularning o\u2019g\u2019illari qizlariga uylanayotgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrixning so\u2019zlarini keltiray.<\/p>\n\n\n\n<p>Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy to\u2019y kunini, uning ishtirokchilarini shunday ta\u2019riflaydi: \u201cSohibqiron davlatidan kambag\u2019al va qashshoqlar boyidi. Hukmdor ulug\u2019vorlik bilan taxtga chiqdi, to\u2019y tantanalari boshlandi. Xonimlar, begimlar va kelinlar yasan-tusan qilishib, o\u2019zlarini bo\u2019yab-chirmab, buyuk bir hashamat bilan nazokatla yonma-yon o\u2019ltirdilar. Shahzodalar va beklar har qaysisi o\u2019z o\u2019rinlarida hozir bo\u2019ldilar. Yetti iqlimdan kelgan elchilar 12 ustun soyasida joylashadilar. Yasovullar, oltin halli to\u2019nlar kiyib, tillo kamarlar taqib, tillo yuganli, tillo egarli otlarga minib, qo\u2019llarida tillo o\u2019rimli qamchilar tutib, har tarafga yurib turdilar, yasovullik qildilar. Tantanaga maxsus bezatilgan fillar ham hozir qilib qo\u2019yildi. Ichimliklar tillo qadahlarga qo\u2019yildi, idishlar zarrin toshlar bilan bezatilgan edi. Qancha boda, qimiz, asaldan tayyorlangan ichimlik, may, aroq, muadd tayyorlangan edi. Shahzodalar navbatma-navbat o\u2019rinlaridan turib, ichimliklardan icha boshladilar. Tortilgan taomlarning xili va ta\u2019mini yozishga qalam ojiz. To\u2019y bo\u2019layotgan joy tashqarisida to\u2019plagan odamlarga ham ichimlik va yeyimliklar mo\u2019l-ko\u2019l berildi. Havoda \u201cbaxtli bo\u2019linglar, ichinglar\u201d, degan ovozlar yangrab turardi. Oltin piyolalarda oltinday tovlanib turgan maylar tarqatiladi. Shirin zabon mug\u2019aniylar kuylaridan olam sel bo\u2019ldi, g\u2019azallar, qasidalar aytiladi. To\u2019da turkiycha ham, uyg\u2019ur va mo\u2019g\u2019ul, xitoycha ham, arab va fors tilida ahulalar basma-basiga aytildi. Ular orasida Hoja Abdulqodirga teng keladigan topilmadi. U ko\u2019biz, yotug\u2019on va ud navolari bilan hammani qoyil qoldirdi. To\u2019y tantanalarida podshohlarga, shahzodalarga, beklarga qimmatbaho to\u2019nlar kiydirildi, bezatilgan tojlar va tillo kamarlar tuhfa etildi. Vaqti-vaqti bilan oltin va kumush tangalar sochib turildi, bu xuddi kuz faslida daraxtlardan oltin burglar to\u2019kilayotgandek bir manzarani eslatardi. Nihoyat, yangi uylangan yosh kuyovlar \u2013 shahzodalar o\u2019zlariga ajratilgan chodirlarga kirdilar. To\u2019y oxirida, kim qayerda o\u2019tirgan bo\u2019lsa, u xohlagan narsani olishi mumkin, unga hech qanday to\u2019siq bo\u2019lmasin\u201d degan farmoni oliy bo\u2019ldi. Ertasiga Sohibqiron shahzodalarning uylariga tashrif buyurib, ularni qutladi va oltin pullar hadya qildi. Sohibqiron bilan kelgan beklar ham pullarni ayamadilar. Yetti iqlim mamlakatlaridan kelgan elchilarga ham zarbaf to\u2019nlar va tillo kamarlar tuhfa qilindi. To\u2019yning shodiyonasi ikki oy davom etdi, yurtda hamma orom oldi, bayram qildi. To\u2019ydan keyin Sohibqiron davlat ishlari bilan band bo\u2019ldi, shunday farmoni oliy bo\u2019ldi. \u201cBundan keyin hech kim ichmasin\u201d. Shahzoda Pir Muhammad Mirzo G\u2019aznadan maxsus taklif etilgan shahzodalar yo\u2019yi shunday tantanavor o\u2019tkaziladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron odati shunday edi, doimo ulug\u2019vor ishlar, rejalar oldidan katta to\u2019ylar berar elu yurtning fotihasini olar edi. To\u2019ydan keyin uning fikri xayoli Xitoy yurishi bilan bog\u2019liq bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Konigildan qaytgan Amir Temur Saroy Mulk Xonim qurdirgan madrasaga tushadi. Shahzoda Pir Muhammad Mirzoga toj, kamar va ot taqdim etib, Kobul va G\u2019aznaga qaytishiga ijozat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzoning bobosi oldida hurmati katta edi. Buni yana bir misolda aytib o\u2019tish joiz ko\u2019rinadi. Sohibqiron Xitoy yurishiga otlanib, Samarqanddan chiqqanida Xalil Sulton Sohibqiron nomaqbul ishga qo\u2019l uradi. Xalil Sulton Amironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Muhammad Jahongir Mirzoning beva qolgan xotini Xonzoda Begimga uylangan va bu nikohdan Xalil Mirzo va Pir Muhammad Mirzo ona bir aka-uka edilar. Xalil Sulton Amir Temur singlisining o\u2019g\u2019li Alining qizi Jahon Sultonga uylangan edi. Shunday bo\u2019ladiki, Xalil Sulton bobosining do\u2019sti, safdoshi Xoji Sayfiddinbekning kanizagi Shodi Mulkni sevib qoladi. Sohibqiron Samarqandni tark etishi bilan uni o\u2019z nikohiga oladi. Jahon Sulton Begim o\u2019z ustiga zoti past kanizakni kundosh qilib olishiga chiday olmaydi va bu haqida bobosiga arz qiladi. Amir Temur bu gapni eshitib, qattiq g\u2019azablanadi, \u201cShodi Mulkni topib keltiringlar\u201d, deb amr qiladi. Xalil Sulton qallig\u2019ini yashiradi. Sohibqiron yanada qattiqroq achchiqlanadi va \u201cuni topib, o\u2019ldiringlar\u201d degan farmonni beradi. Shunday qaltis va halokatli bir vaziyatda Shodi Mulk joniga Pir Muhammad Mirzo ora kiradi va bu muammo bir necha kunga tinchiydi. Bi qissaning davomini Xalil Sulton va uning otasi Amironshoh Mirzo oilaviy hayoti haqida hikoya qilganimda, batafsil keltirish niyatim bor. Xonadonning oilaviy sha\u2019nini qattiq qo\u2019riqlagan Sohibqiron bunday o\u2019zboshimchalikni kechira olmagan. Shu sabab, yechimiga u yana qaytgan. Muhimi, gapi ikki bo\u2019lishini aslo odat qilmagan Amir Temur bir sira nabirasi Pir Muhammad Mirzo so\u2019zini olgan. Shuning o\u2019zi katta inoyat edi. Bu hol, takror aytaman, Pir Muhammad Mirzoning saltanatidagi o\u2019rni va hurmati nechog\u2019lik bo\u2019lganligini tasavvur etish kifoyadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo Sohibqiron Amir Temur tanlagan so\u2019nggi valiahd edi. Buning tarixi shunday. Hukmdor Samarqandda to\u2019yni o\u2019tkazib, Xitoyni zabt etish maqsadida, yo\u2019lga chiqqaniga besh oycha bo\u2019lib qolgan edi. Uning shavkatli qo\u2019shini bu vaqtda O\u2019trorga yetib keladi. O\u2019tror bilan Samarqand oralig\u2019idagi yetmish olti yog\u2019ochlik yo\u2019l tay etiladi. Sohibqiron O\u2019trorga 1405 yilning 11 fevralida kelib tushadi. Bu sha\u2019bon oyining chorshanba kuni bo\u2019ladi. Muarrixning shahodat berishicha, shu kundan Amir Temur hazratlarining issig\u2019i chiqib, holida o\u2019zgarish paydo bo\u2019ldi. Tabib Mavlono Fazlulloh Tabriziy muolaja qancha sa\u2019y ko\u2019rsatmasin, xastalik kundan-kunga kuchaya bordi. Xolbuki, Mavlono Fazlulloh Tabriziy o\u2019z zamonasining ulug\u2019 hakimlaridan bo\u2019lib, uning oldiga tushadigan bo\u2019lmagan. Bu kasallik alomatlari shunday bo\u2019ladiki, birini davolasang, ikkinchisi kuchaya boshlaydi. Shunga qaramay, Sohibqiron o\u2019zini juda mahkam va osoyishta tutadi, qo\u2019shinni o\u2019z izmida tutib turadi. Amir Temur sog\u2019liqni endi o\u2019nglab bo\u2019lmasligini payqab, yoniga ayollarini, nabiralarini, shaxsiy qurolbardorlarini, ulug\u2019 beklarni chorlab vasiyat qiladi Vasiyat so\u2019zlari yaxshi ma\u2019lum. U, shu kuni Pir Muhammad Mirzo Jahongir Mirzo o\u2019g\u2019lini \u2013 yuqorida zikrini qilganimiz nabirasini valiahd qilib tayinlashini aytib, Samarqandga tobe bo\u2019lgan mamlakatlar uning izmida tayin qiladi. Uning mustaqil va kuchli hukmdor bo\u2019lishini, davlat ishlari, qo\u2019shin holati va ahli doimo uning nazar-e\u2019tiborida bo\u2019lishi kerakligini aytadi. Hamma katta-yu kichik unga bo\u2019ysunishi, amri farmonlari so\u2019zsiz bajarilishi, bunda ahi musulmonga biror aziyat yetmasligi kerak. Shnday bo\u2019lganda, mening ko\u2019p yillik mehnatlarim zoye ketmagan bo\u2019ladi. Sizlardagi ittifoqchilikni chetdagilar ham bilishi lozim. Bu ularni har xil isyonlardan saqlaydi, deydi Sohibqiron.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur shu vasiyatlarini qilar ekan, \u201cBeklar va sarkardalar jam bo\u2019lsinlar va mening aytganlarimni bajarishga qasamyod qilsinlar. Bu yerda qatnasha olmayotgan boshqa sarkardalar va beklar ham xuddi shunday yo\u2019lni tutsinlar\u201d, degan amri farmonni beradi. Jam bo\u2019lganlar bu so\u2019zlarni eshitib bari tiz cho\u2019kadilar va yig\u2019lashga tushadilar. Vazirlardan Shoh Malik va Shayx Nuriddinlar, ko\u2019zyoshlari to\u2019ka turib, \u201cJonimiz sizga sadqa bo\u2019lsin, Alloh Taolo Sizning o\u2019rningizga bizning jonimizni olsin\u201d, deya xitob qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Vido onlarida hozir bo\u2019lganlar, \u201cXalil Sulton bilan birga Toshkentda qishlayotgan beklar ham shu yerga kelsalar, bu so\u2019zlarni o\u2019z quloqlari bilan eshitsalar\u201d degan tilakni bildiradilar. Sohibqiron bunga imkon yo\u2019q, bu yog\u2019i oz qoldi, imkon bo\u2019lganda edi, o\u2019g\u2019lim Shohruhni bir ko\u2019ra olsam, degan xohishni bildiradi. Bu so\u2019zlardan hozir bo\u2019lgan sarkardalar va beklar ko\u2019nglida Xalil Sultondan biror beboshlik chiqmasa, degan xavotir bo\u2019lganligini sezish qiyin emas. Ularning xavotirlari asossiz bolmaganligini Sohibqiron vafotidan keyingi voqealar dalolat etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron oxirgi soatlarini kechirayotganida, beklar maslahatlashib, Toshkentga shahzoda Xalil Sulton va Sulton Husaynlarga Xizr Qovchinni jo\u2019natadilar va \u201cSohibqiron kasalligi kuchayib borayotir, yaqinlar bilan tezlikda yetib kelinglar\u201d, deb tayin qiladilar. Shahzoda Pir Muhammad Mirzoga elchi orqali xat jo\u2019natib, \u201cHukmdor sizni valiahd qilib tayinladi. Sohibqironning ishlari boshqacha bo\u2019ldi, Samarqandga tezroq yetib kelishga harakat qiling\u201d, deyiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron vafotidan keyin Pir Muhammad Mirzoning qanday yo\u2019l tutganligi Abdurazzoq Samarqandiyning \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201d asarida o\u2019z ifodasini topgan. Unda aytilishicha, \u201cHazrati Sohibqironni davlat oftobi zavol topgandan keyin Mirzo Pir Muhammad bu mudhish xabarni eshitgan ondayoq yurish jilovini madinatturijol Balxga qarab burdi\u201d. Ammo vaqtdan yutqazilgan edi. Xalil Sulton taxtni o\u2019zboshimchalik bilan egallab olgan, xazinada Pir Muhammad Mirzoga tegishli mablag\u2019larni berdirmay qo\u2019ygan edi. Balxga Amir Ollohdod, Amir Arg\u2019unshoh, Temirhoji va Hoja Yusuflarni yuborib, ularga Mirzo Sulton Husaynni boshchi qilib qo\u2019ygandi. Ularning vazifasi Pir Muhammadnign harakatlaridan ogoh bo\u2019lib turish bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yillar voqealarini tarixlardan o\u2019qib, mushohada yuritar ekanman, manfaat, toju taxt qutqusi shunga matlublarni ham, nomatlublarni ham junbishga keltirganidan hayratga tushaman. Matlublar \u2013 Sohibqironning o\u2019g\u2019lonlari va nabira-evaralari hokimiyatga ega bo\u2019lish poygasida ot surayotgan qarindoshlarni o\u2019ng\u2019ay kelgan burimda itarib tashlashga jon-jahdlari bilan intilgan bo\u2019lsalar, nomatlublar \u2013 parchalanayotgan saltanatdan kattaroq nasiba olib qolishga kirishayotgan vazirlar, beklar, amirlar, hatto saroyga yaqin bo\u2019lgan ayollar ham bu kurashga mukkadan ketgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cPir Muhammad Mirzo bilan Xalil Sulton bir onadan tug\u2019ilgan \u2013 Xonzoda Begim ularning volidalari edi. Uka maqomida bo\u2019lgan Xalil Sulton Sohibqiron bobosi vasiyatini buzib, taxtni uning qonuniy egasi Pir Muhammad Mirzoga bermaydi. Pir Muhammad Mirzo ulug\u2019 vazir Shoh Malikni Balxga chaqirib, Xalil Sulton ustidan ko\u2019p shikoyatlar qildi\u201d, deb yozadi Abdurazzoq Samarqandiy. Pir Muhammad Mirzo odamlari, \u201cMirzo Pir Muhammad hazrati Sohibqironning valiahdidir. Taxt unga tegishli, chunki u og\u2019a, Mirzo Xalil esa inidir, deydilar. Mirzo Pir Muhammad Mirzo Xalilga elchi yo\u2019llab, \u201cHazrati Sohibqiron taxti mamlakat Xalil Sultonga qoladi, deb qachon vasiyat qilgan?\u201d degan mazmunga maktub yubordi. Mirzo Xalil Sulton unga javoban, \u201cAmir Temur hazratlariga taxtu mamlakatni bergan qodir Egam menga ham inoat qildi\u201d, degan bepisand so\u2019zlarni yozib yuboradi. Orada bo\u2019lib o\u2019tgan gap so\u2019zlar, jangu jadallar alohida mavzu bo\u2019lgani bois, bu yerda hikoyatni ixtisos qilib, Pir Muhammad Mirzo bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan fojia voqealarni eslatib o\u2019taman.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzo Pir Muhammad tabiatan hokimiyatga o\u2019ch kishi bo\u2019lmagan. Yoshlik va o\u2019spirinlik yillarida harbu zarblarda bir muddat jadal ishtirok etgan bo\u2019lsa-da, keyinchalik Kobul va G\u2019azni mulklarini boshqarish bilan mashg\u2019ul bo\u2019lgan yillarida osoyishta va hashamatli hayot kechirishga ko\u2019nikib qolgan. Bobosi vafotidan keyingi taxt kurashlariga boshda bir oz bosh qo\u2019shgan bo\u2019lsa-da, ko\u2019p o\u2019tmay, undan etak silkishini muarrix shunday yozadi: \u201cJang maydoni bazm ayvoniga almashtirildi, u ertadan kechgacha xusravoni kuylar tinglash bilan bo\u2019lib, podshohlik viloyatlarini boshqalarga tashlab qo\u2019ydi. Uning ishrat bilan bandligi haddidan o\u2019tgach, mamlakat ishlarida tartibsizlik zohir bo\u2019lgan. Pir Ali Tozning kuch-imkoniyatlari ziyodalashdi\u2026 1407 yil 27 fevral kuni nipon Pir Ali Toz benuqson qalbli shahzodaning sarapardasi ichiga bostirib kirib unga va uning bir necha kishilariga shahidlik sharbatini ichirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Jangu jadallardan bezib o\u2019zini xilvatga olgan valiahd taqdiri shu taxlit fojeiy yakuniga yetadi. Pir Ali Tozning shahzodaning o\u2019z xizmatkorlikdan beklik darajasiga yetkazgan edi. Pir Ali Toz ham turgan gapki, qilmishiga loyiq jazoga mustahik etiladi. Ulug\u2019vor xonadon, shu tariqa, dastlabki qurbonlarini bera boshlaydi. Oila sha\u2019nidan putur ketib, Sohibqiron jasadi sovumay, hokimiyatga o\u2019ch, manfaatparast, bobosining qattiqqo\u2019ligidan shum niyatlarini ichiga saqlab kelgan nabira, evaralar o\u2019zaro yovlarga aylanishadi. Valiahd Pir Muhammad Mirzo bu yo\u2019ldagi birinchi qurboni edi. Uning o\u2019limi xonadonni larzaga keltirmay qolmaydi. Xalil Sulton, Sulton Husayn kabi o\u2019zboshimchalarni mahv etadigan kuch \u2013 Shohruh Mirzo tez orada barcha tashabbusni o\u2019z qo\u2019liga oladi. Oila sha\u2019ni oyoq osti qilinishiga yo\u2019l qo\u2019yilmaydi. Pir Muhammad Mirzodan yetti o\u2019g\u2019il qoladi. Ularning to\u2019ng\u2019ichi Qaydu 9 yoshda edi. Sharafiddin Ali Yazdiy Pir Muhammad Mirzo 27 yoshida halok bo\u2019ldi, deydi. Yaxshi bilamizki, u otasi Muhammad Jahongir Mirzo vafotidan (1376 yil) 40 kun o\u2019tib, dunyoga kelgan edi. Demak, u 31 yil umr ko\u2019rgan edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sohibqiron Amir Temur farzandi, valiahd Muhammad Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Pir Muhammad Mirzo oilaviy hayoti qissasini boshlash fursati keldi. Hozirgacha birinchi o\u2019g\u2019il Muhammad Sulton va uning oilaviy tarmog\u2019i to\u2019g\u2019risida hikoya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amir-temur-sulolasi-uchinchi-valiahd\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153727","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153727","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153727"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153727\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153728,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153727\/revisions\/153728"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153727"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153727"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153727"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}