{"id":15636,"date":"2022-01-24T20:20:09","date_gmt":"2022-01-24T17:20:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15636"},"modified":"2022-01-24T20:20:11","modified_gmt":"2022-01-24T17:20:11","slug":"bagdod","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagdod\/","title":{"rendered":"BAG&#8217;DOD"},"content":{"rendered":"\n<p>BAG&#8217;DOD \u2014 Iroqning poytaxti (1921); Bag&#8217;dod muhofazasining ma&#8217;muriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Janubiy Osiyo hamda O&#8217;rta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yo&#8217;llar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. Aholisi 4 million kishi (1990). Bag&#8217;dodda arablar (aksariyat), kurd, arman, turk, yahudiy va forslar yashaydi. Iqlimi O&#8217;rta dengiz iqlimi; yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 10\u00b0, iyulniki 34\u00b0, yiliga o&#8217;rtacha 163 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Bag&#8217;dodni 762 yil xalifa Mansur (754 \u2014 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. Bag&#8217;dod etimologiyasi to&#8217;g&#8217;risida bir necha rivoyatlar bo&#8217;lib, shulardan eng ko&#8217;p tarqalgani: bog&#8217;i dod (Dodning bog&#8217;i) va but (sanam) tuhfasi. 9-asrda Bag&#8217;dod xunarmandchilik, savdo va o&#8217;rta asr Sharq madaniyatining markazi bo&#8217;lgan. Bag&#8217;dodni eronlik buvayhiylar (945), Saljuqiylar sultoni To&#8217;g&#8217;rulbek (1055) va mo&#8217;g&#8217;ul xoni Hulokuxon (1258) bosib olgan. 1393 va 1403 yillarda Amir Temur saltanati tarkibiga kirgan. 1410 \u2014 1508 yillarda Bag&#8217;dod Qora qo&#8217;yunli va oq qo&#8217;yunli ko&#8217;chmanchi turkman xonlari qo&#8217;l ostida bo&#8217;ldi. 1508 yilda Eron safaviylari egallagan, 1534 yil esa Usmonli turklar davlatiga qo&#8217;shib olindi. 1623 yilda Bag&#8217;dodni Eron shohi Abbos I bo&#8217;ysundirgan. 1638 \u2014 1917 yillarda Usmonli turklar tasarrufida bo&#8217;ldi. 18-asrda Bag&#8217;dod Osiyodagi yirik savdo markazlaridai biriga aylandi. 1-jahon urushi davrida Bag&#8217;dodni Angliya qo&#8217;shinlari bosib oldi (1917 yil mart), 1920\u2014 21 yillarda Angliyaning mandatli hududi tarkibida. 1921-58 yillar Iroq Qirolligining, 1958 yildan Iroq Respublikasining poytaxti. Bag&#8217;dod \u2014 mamlakatning transport-sanoat, savdo-moliya markazi. Temir yo\u2019l, avtomobil va havo yo&#8217;llarining tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Yirik daryo porti (chetga don. xurmo, jup, teri va boshqalar chiqariladi). Mamlakatdagi sanoat korxonalari (asosan to&#8217;qimachilik, ko&#8217;nchilik, tikuvchilik va oziq-ovqat) ning 25%i Bag&#8217;dodda. Metallsozlik, kimyo, tsement sanoati, elektrotexnika zavodi bor. Hunarmandchilikda ro&#8217;zg&#8217;or asboblari, zargarlik buyumlari, gilam, poyabzal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bag&#8217;dod yaqini (Dora)da neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. Shaharda ko&#8217;plab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning chap sohildagi qismida ma&#8217;muriy muassasalar, parlament, xukumat binolari, o&#8217;ng sohilida ishlab chiqarish korxonalari va ustaxonalar joylashgan. Dajlaga bir necha yirik ko&#8217;prik qurilgan. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Zubayda maqbarasi (13- asr), Xon marjon karvonsaroyi (1358 &#8212; 59), Abbosiylar saroyi (12 -13-asrlar), Oltin masjid (16-asr) va boshqalar saqlangan. Bag&#8217;dodda universitetlar, Fanlar akademiyasi, Nafis san&#8217;at instituti (1936), yuridik, savdo, tibbiyot, o&#8217;qituvchilar kollejlari, ko&#8217;plab muzeylar, jumladan Iroq muzeyi, Arab osori atiqa muzeyi, kutubxonalar bor.<\/p>\n\n\n\n<p>BAG&#8217;DOD \u2014 shaharcha, Farg&#8217;ona viloyati Bag&#8217;dod tumani markazi. Tumanning shimoli-sharqiy qismida. Katta Farg&#8217;ona kanali yaqinida. 1894-1962 yillarda Serovo deb atalgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Furqat. Bardoddan Farg&#8217;onagacha bo&#8217;lgan masofa 70 kilometr. Aholisi 12,8 ming kishi (2000). asosan, paxtachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Mebel, poyabzal fabrikalari, qishloq xo\u2019jalik mashinalarini ta&#8217;mirlash ustaxonasi, aktsiyadorlik jamiyatlari, tumanlararo ta&#8217;minot bazalari (neft, kimyo va boshqalar), kichik va xususan korxonalar, telestudiya mavjud. 3 umumiy ta&#8217;lim maktabi, 2 litsey, 2 kutubxona. 1 aloqa bo&#8217;limi, 1 kasalxona, 2 poliklinika, muzey va 25 dan ziyod maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAG&#8217;DOD \u2014 Iroqning poytaxti (1921); Bag&#8217;dod muhofazasining ma&#8217;muriy markazi. Dajla daryosining har ikki sohilida; Markaziy va Janubiy Osiyo hamda O&#8217;rta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yo&#8217;llar chorrahasida. Mamlakatning eng katta shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bagdod\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15636","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15636","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15636"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15636\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15636\/revisions\/15637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15636"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15636"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15636"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}