{"id":15714,"date":"2022-01-26T06:27:50","date_gmt":"2022-01-26T03:27:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15714"},"modified":"2022-01-26T06:27:51","modified_gmt":"2022-01-26T03:27:51","slug":"bahor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bahor\/","title":{"rendered":"BAHOR"},"content":{"rendered":"\n<p>BAHOR (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1886.10.12, Mashhad &#8212; 1957.21.4, Tehron) \u2014 Eron shonri, jamoat arbobi. Malik ush-shuaro (1903). Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy Majlisiga bir necha bor vakil bo&#8217;lib saylangan. Boshlang&#8217;ich saboqni Bahor otasi Xuroson shoiri, Malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. Bahor &#171;Eronga Xudo yordir&#187;, &#171;Ser Eduard Grenga maktub&#187; (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. Bahor &#171;Nai-bahor&#187; gazetrasini nashr etadi (1905 \u2014 11). U adabiy jamiyat tuzib, &#171;Donishkada&#187; (&#171;Ilmxona&#187;) jurnal chiqaradi (1918). Bahor she&#8217;rlari ichki va teskarichi guruhlarga, ba&#8217;zi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan she&#8217;rlari uchun Isfahonga badarga qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi &#171;Jaxannam&#187;. &#171;Zindon kundaliklari&#187;, &#171;Tong qushi&#187; kabi asarlari shu yerda yozilgan. Bahor 3 jildli &#171;Stilistika&#187; (1958) ilmiy asarini yaratgan. Bahor qadimgi pahlaviy tilidan &#171;Yodgore Zariron&#187; (&#171;Zarirlar yodgorligi&#187;) dostonini fors tiliga tarjima qilgan. Uning fors she&#8217;riyatiga bag&#8217;ishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz o&#8217;z qimmatini saqlab qolgan. Ad.: Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.<\/p>\n\n\n\n<p>BAHOR \u2014 Toxaristondagi o&#8217;rta asr shaharlaridan biri. Arab tarixchisi Qu-doma ibn Ja&#8217;farning ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Bahor shahri Xulmdan 7 farsax (45\u2014 50 kilometr) narida, cho&#8217;lda joylashgan. Bahorda suv faqat bir quduqdagina bo&#8217;lib, unga narvon bilan tushilgan. Sam&#8217;oniy (12-asr) Balx viloyatida Shobuxor qishlog&#8217;ini, Yoqut Hamaviy shu viloyatda Bahoriza qishlog&#8217;ini qayd etganlar, ularni Bahor bilan aynan bir deb hisoblash mumkin. &#171;Bahor&#187; atamasi bu yerda Islom dinidan avval vixara, ya&#8217;ni buddaviylar monastiri \u2014 ibodatxonasi bo&#8217;lganidan dalolat beradi. &#171;Narvon bilan tushiladigan kuduq&#187;, ya&#8217;ni Sardoba bo&#8217;lgan. Atamalardan biri tarkibidagi &#171;sho&#187; qadimgi &#171;xsha&#187; \u2014 &#171;podshoh&#187; so&#8217;zidan, ya&#8217;ni &#171;shohona vixara&#187; turgan yer. Ikkinchisida \u2014 &#171;za&#187; qo&#8217;shimchasi sug&#8217;dcha &#171;Zay, zaya&#187; \u2014 &#171;joy, o&#8217;rin, yer&#187; ma&#8217;nosiga ega. Qiyos qiling: Toshkentda Novza mavzei \u2014 &#171;yangi yer&#187; deganidir.<\/p>\n\n\n\n<p>BAHOR, ko&#8217;klam \u2014 1) yil fasli, mavsum. Yerning Shimol yarim sharida bahorgi kecha-kunduz tengligi (20 yoki 21 mart)dan yozgi quyosh turg&#8217;unligigacha, ya&#8217;ni kunduz eng uzun, kechasi eng qisqa bo&#8217;lgan kungacha (21 yoki 22 iyungacha) davom etadi. Shartli ravishda mart, aprel va may oylarini Bahor deb atash qabul qilingan. Yerning Janub yarim sharida bu vaqtda kuz fasli bo&#8217;ladi. Bahor qishdan yozga o&#8217;tish mavsumi hisoblanadi. Bahor kelishi bilan kunlar tez isiy boshlaydi, daraxtlar barg yozadi, maysalar ko&#8217;karadi, qushlar uchib kela boshlaydi va hokazolar. Bular turli joylarda har xil paytlarda ro&#8217;y beradi, Qutb kengliklarida Bahor qisqa bo&#8217;ladi, tropiklarda sezilmay o&#8217;tib ketadi; 2) qadimgi og&#8217;irlik o&#8217;lchov birligi; Musulmon davlatlarida qo&#8217;llanilgan. Klimata ishlatilish joyi va davriga qarab har xil bo&#8217;lgan: a) vazni 229 kilogrammga teng bo&#8217;lgan kichkina va vazni 422 kilogrammga teng bo&#8217;lgan katta Bahorlarga bo&#8217;linadi. Bahorning 207.4 kilogrammli turi ham bor; b) Makkada 1 Bahor 183,7 kilogrammga teng bo&#8217;lgan (16-asr).<\/p>\n\n\n\n<p>BAHOR \u2014 ertapishar gilos navi. R. R. Shreder nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Frantsis va Savri Surxon navlarini chatishtirish yo&#8217;li bilan chiqarilgan (1952). Daraxti kuchli o&#8217;sadi, keng shox-shabbali, shakli piramidasimon, bir yillik novdalari yo&#8217;g&#8217;on, to&#8217;g&#8217;ri, jigarrang. Bargi yirik, qizg&#8217;ish-yashil, cho&#8217;zinchoq, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Guli oq, hushbo&#8217;y, kattaligi bilan boshqa navlardan farqlanadi. Mevasi yirik (8 gramm), dumaloq, yaltiroq, to&#8217;q-qizil yoki qoramtir-qizil rangda, seret, sersuv, shirin (13,8% qand). Ko&#8217;chati ekilgandan keyin 3 \u2014 4-yili hosilga kiradi. Aprelning birinchi yarmida gullaydi, mayning o&#8217;rtalarida pishadi. Mevasi 30 kungacha sifati buzilmay daraxtda turishi mumkin. Kompot, murabbo tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonning barcha zonalarida ekiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAHOR (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1886.10.12, Mashhad &#8212; 1957.21.4, Tehron) \u2014 Eron shonri, jamoat arbobi. Malik ush-shuaro (1903). Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy Majlisiga bir necha bor vakil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bahor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15714","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15714","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15714"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15714\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15722,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15714\/revisions\/15722"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15714"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15714"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15714"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}