{"id":15715,"date":"2022-01-26T06:28:11","date_gmt":"2022-01-26T03:28:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15715"},"modified":"2022-01-26T06:28:12","modified_gmt":"2022-01-26T03:28:12","slug":"bahor-ansambli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bahor-ansambli\/","title":{"rendered":"&#171;BAHOR&#187; ANSAMBLI"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;BAHOR&#187; ANSAMBLI, Mukarrama Turg&#8217;unboyeva nomidagi &#171;Bahor&#187; xalq raqs ansambli \u2014 &#171;O&#8217;zbekraqs&#187; birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 yil tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg&#8217;unboyeva (1979 yilgacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayev ham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari:Qunduz Mirkarimova (1979 &#8212; 88), Ravshanoy Sharipova (1988 \u2014 90), Ma&#8217;mura Ergasheva (1990 yildan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev (1965 yildan). 1964 yildan O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan ansambl. 1979 yildan M. Turg&#8217;unboyeva nomida. &#171;Bahor&#187; ansambli ijrochilarining asosini Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan qizlar va Toshkent davlat konservatoriyasi. O&#8217;zbekiston musiqa maktablarini tugatgan jo&#8217;rnavoz sozanda. Xonandalar tashkil etadi. Z. Rahmatullayeva, D. Kerimova, N. Atamanova, T. Yunusova, A. To&#8217;laganova, D. Abdullayeva, N. Bashirova, E. Rasulxo&#8217;jayeva, K. Rahmatullayeva, N. Alimboyeva kabi raqqosalar, B. Aliyev, R. Hamdamov, E. Karimov, Q. Dadayev, R. Akbarbekov, O&#8217;. Rizayev, S. To&#8217;xtasinov, B. Xoliqov, K. Nosirov, K. Komilov singari sozandalar hamda O. Matyoqubov, B.Yo&#8217;ldoshev va boshqa xonandalar ansamblning dastlabki ijodkorlaridir. Ansambl repertuarida 200 dan ortiq yakka va ommaviy raqslar bor. &#171;Bahor&#187; ansambli o&#8217;zbek xalqining ko&#8217;p asrlar mobaynida to&#8217;plangan an&#8217;anaviy raqs madaniyati bilan jahon zamonaviy raqslari yutuqlarini mujassamlantirgan. U tarixiy-etnografik va zamonaviy xalq raqslari asosida yangi mazmun kasb etuvchi sahna raqslari ijod etdi. &#171;Zang&#187;, &#171;Davra&#187;, &#171;Katta o&#8217;yin&#187;, &#171;Tanavor&#187;, &#171;Lazgi&#187;, &#171;Munojot&#187; kabi o&#8217;zbek mumtoz raqslari shular jumlasidandir. Ansambl repertuarini yanada boyishi, jahonga tanilishida 60-yillarning oxiri va 70-yillarda ansamblga kelib qo&#8217;shilgan M. Ergasheva, G. Foziljonova, O&#8217;. Muhamedova, G. Jo&#8217;rayeva, F. Nizomitdinova, D. Ziyoxonova, R. Nizomova, R. Sharipova, V. Romanova, G. Hamroyeva, M. Haydarova, D. Yunusovalarning xizmatlari kattadir. &#171;Bahor&#187; ansambli o&#8217;z dasturini O&#8217;zbekistonning turli hududlariga xos yangi-yangi raqslar bilan ham boyitmoqda. Farg&#8217;ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm raqslari qatorida O&#8217;zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha xalqlar va qoraqalpoq xalqining raqslari ansambl dasturidan o&#8217;rin olgan. &#171;Bahor valsi&#187;, &#171;Diddor&#187;, &#171;Farg&#8217;ona ruboiysi&#187;, &#171;Gulnoz&#187;, &#171;Namanganolmasi&#187;, &#171;Andijon polkasi&#187;, &#171;Piyola&#187; singari Farg&#8217;onacha uslubda yaratilgan raqslar, shuningdek &#171;Samarqand beshqarsagi&#187;, &#171;Buxoro davrasi&#187;, &#171;Xorazm lazgisi&#187;, &#171;Qirq qiz&#187;, &#171;Nilufar&#187;, &#171;Oq oltin&#187;, &#171;Dugonalar&#187;, &#171;Sho&#8217;xi pari&#187;, &#171;Nozanin&#187;, &#171;Guldasta&#187; kabi raqslar tomoshabinlarga manzur. Mehnat shavqi aks etgan &#171;Pilla&#187;, &#171;Paxta bayrami&#187; raqs syuitalari va &#171;Gulsara&#187;, &#171;Namangancha&#187;, &#171;Rohat&#187;, &#171;Pomir raqsi&#187; qizlarning eng sevgan raqslaridir. &#171;Yetti Sayyora&#187;, &#171;Samarqand bahori&#187;, &#171;Quda-andalar&#187;, &#171;Cho&#8217;pon&#187;, &#171;Qo&#8217;g&#8217;irchoq&#187; kabi syujetli raqslar ansambl repertuarining xilma-xilligini oshirdi. Jamoa repertuaridan hind, Pokiston, birma, yapon, koreys, Arab, turk, afg&#8217;on, Kuba, Venger, Vetnam, Chex kabi jahon xalqlarining raqslari munosib o&#8217;rin olgan. Ansamblning ko&#8217;pgina raqslari qo&#8217;shiq bilan ijro etiladi. Qo&#8217;shiqlarni xonandalar (Ahmadjon Shukurov, Xayrulla Lutfullayev va boshqalar) dan tashqari qizlarning o&#8217;zlari ham sozandalar bilan aytadilar. &#171;Intizor&#187;, &#171;Uloq&#187;, &#171;O&#8217;zbegim&#187; kabi qizlar lapari mashhur. Keyingi yillarda &#171;Bahor&#187; ansamblining &#171;Besh go&#8217;zal&#187;, &#171;To&#8217;yona&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston qizlari&#187;, &#171;Navro&#8217;z&#187;, &#171;Mukarramaxonim o&#8217;ynasa&#187;, &#171;Bahor nashidasi&#187;, &#171;Erkalab&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston istiqloli&#187;, &#171;Majnuntol&#187; kabi ommaviy va kompozitsiyali raqslari shuhrat qozondi. Ansambl raqslarini sahnaga qo&#8217;yganlar: Mukarrama Turg&#8217;unboyeva, Galiya Izmaylova, G&#8217;affor Vallomatzoda, Isoxor Oqilov, Qunduz Mirkarimova, Amina Dilboziy, Ma&#8217;mura Ergasheva va boshqalar. &#171;Bahor&#187; ansambli 1996 yildan &#171;O&#8217;zbekraqs&#187; birlashmasida faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ansamblda 60 kishi qatnashadi (2000). Toshkentda Mustaqillik maydonida o&#8217;z kontsert zaliga ega. Yetakchi artistlari: Rushana Sultonova, Gulnora Nizomova, Roza Adamboyeva, Yelena To&#8217;xtayeva, Olima Yokubova (raqqosalar), N. To&#8217;raxo&#8217;jayev, I. Hamdamov, K. Mirzayev, M. Foziljonov (sozandalar), Erkin Ro&#8217;zimatov (xonanda). Ansambl Liviya, Marokash, Jazoir, Tunis, Hindiston, Singapur, Malayziya, Pokiston, Afg&#8217;oniston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo&#8217;lgan. Moskvada bo&#8217;lib o&#8217;tgan jahon yoshlari va talabalari 6-festivali, Leypsigda o&#8217;tkazilgan xalq raqslari 8-festivali (1971) laureati. Muhsin Qodirov, Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;BAHOR&#187; ANSAMBLI, Mukarrama Turg&#8217;unboyeva nomidagi &#171;Bahor&#187; xalq raqs ansambli \u2014 &#171;O&#8217;zbekraqs&#187; birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 yil tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg&#8217;unboyeva (1979 yilgacha), shuningdek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bahor-ansambli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15715","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15715"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15723,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715\/revisions\/15723"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}